Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə56/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Namunani tanlash usuli. (ob’yektlarning orasidan aynan kerakli bo‘lgan namunani tanlash). Dressirovka usulining birturi hisoblanadi, buni faqat yuqori darajada rivojlangan hayvonlarni tadqiq etishda qo‘llash mumkin. Hayvonga ob’yektlarning orasidan tanlash holati beriladi. Bunda tadqiqotchi tomonidan maxsus apparatda ko‘rsatishi mumkin. To‘g‘ri tanlov amalga oshirilgan taqdirda hayvon mukofotlanadi.
Ochiq maydon metodi.Bundahayvonga erkin tanlash imkoniyati va erkin joy tanlovi imkoniyati beriladi.
Zoopsixologiya metodlarining ayrim o‘ziga xos xususiyatlari. Zamonaviy psixologiya metodlari muayyan bir muammolarning echimini topishga qaratilgan bo‘lib, zoopsixologiyaning ma’lum bir qismi himoya qiluvchi metodlar qatoriga kiritilishi mumkin. Hayvonlarni asosan kuzatish bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun ham zoopsixologik tadqiqotlarda foto va video s’yomkalar keng qo‘llanilishi mumkin, boshqa texnik vositalardan ham samarali foydalanishimiz mumkin. Albatta texnik vositalar tadqiqotchining o‘tkir nigohio‘rnini bosa olmasligi mumkin. Biroq natijalarni tahlil qilish imkoniyatini tabiiy sharoitda kuzatish natijalarini berishi mumkin. Umuman olganda, zoopsixologiya usullari birlamchi natijalarni tahlil qilishda keng qo‘llanilishi mumkin.
Asab tizimigacha bo‘lgan davr va asab tizimining paydo bo‘lishi
Amerikalik tadqiqotchi Jennigs eng sodda jonzotlarda tadqiqot ishlarini olib borgan. Ma’lumki, amyobaning tanasiga tegilsa, uning holati o‘zgaradi. Tegilgan joyda yolg‘on oyoqlar paydo bo‘ladi. Bular psevdopodiyalar deb ataladi, amyoba shu oyoqlari bilan ob’yektni ushlab oladi, agar bu ob’yekt ozuqa bo‘lsa amyoba uni o‘zlashtiradi, agar ozuqadan boshqa narsa bo‘lsa amyoba uni tashlab yuboradi. Bunga yaqin javobni distant qo‘zg‘atuvchilar orqali ta’sir qilinganda kuzatishimiz mumkin. Ba’zi bir holatda amyoba ma’lum bir masofada turgan ob’yektga yaqinlasha boshlaydi va uni ushlab oladi, boshqa vaziyatlarda esa ular teskari xatti-harakatlarni amalga oshira boshlaydilar. Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra buni quyidagicha izohlash mumkin, zaif qo‘zg‘atuvchilar amyobalarda faol reaksiyani vujudga keltiradi va aksinchakuchli qo‘zg‘atuvchilar teskari effektni vujudga keltiradi, bu esa amyobani qo‘zg‘atuvchidan uzoqlashishiga sabab bo‘ladi. Amyobaning tanasi bir xil bo‘lmagan qavatlar protoplazmasidan iborat. Tashqi protoplazmagel holatida bo‘ladi, ichki protorlazma zol (suyuqlik) holatida bo‘ladi. Protoplazmaning tashqi qavati tashqi ta’sirga qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi, shundan so‘ng u zol holatiga o‘tadi. Bu yolg‘onoyoqlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi, shundan so‘ng amyoba harakatlanadi.
Foterning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, amyobaga 20 marta zaif mexanik ta’sirdan 2 tasiga javob qaytaradi, zaif yorug‘likka esa umuman javob bermagan, biroq kuchli yorug‘lik va mexanik stimullarning 20 tasidan, 16 tasiga javob qaytargan.
Mayer va SHreyr taxminlariga ko‘ra zaif qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan ijobiy, kuchli qo‘zg‘ovchilarga nisbatan salbiy ta’sirotlar vujudga keladi.
Bless va Leont’yevlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, dafniya yorug‘likka nisbatan to‘g‘ri harakatlanmasdan, balki yoysimon harakatlanar ekan.
Polyak olimi Dembrovskiyning tadqiqotlarida ham sodda hayvonlarga kerakli harakatlarni amalga oshirishni o‘rgatish mumkinligi ko‘ringan. U bir hujayrali hayvonlarni dumaloq idishga solib qo‘yib, ularni qanday harakatlanishini kuzatgan, ularning harakatlari boshida xaotik xarakterga ega bo‘lgan, ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng esa, bu tartiblangan harakatga aylangan. Tadqiqotchilar juda qiziq ma’lumotlarni qo‘lga kiritishgan. Bir hujayrali hayvonlarda qo‘zg‘alishning tarqalishi sekundiga 1-2 mikrondan oshmasa, eng sodda asab tizimiga ega bo‘lgan hayvonlarda tezlikni tarqalishi ancha yuqori, u sekundiga 50 smni tashkil qiladi, qurbaqaning asab tizimida nerv impulsining tarqalish tezligi 25 metrga, insonniki esa sekundiga 125 metrni tashkil qilar ekan. Bu holatlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori tuzilishli asab tizimiga ega bo‘lgan hayvonlarda asab tizimining tezligi oshar ekan. Bularning hammasi evolyusiya jarayonida asab tizimining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Eng birinchi asab tizimi to‘rsimon asab tizimi hisoblanadi. Bu asab tizimining tolalari to‘rga o‘xshash bo‘lganligi sababli u to‘rsimon asab tizimi deb yuritilgan. Nerv tolalari juda kuchli sezuvchanlikka ega bo‘ladi. To‘rsimon asab tizimi yuqori umurtqalilarda «retikulyar formatsiya» deb nomlangan to‘rsimon tuzilmani eslatadi. Biroq retikulyar formatsiya yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda asab tizimining past bosqichi hisoblansa, ko‘p hujayrali past darajadagi hayvonlarda asab tizimining yagona shakli sifatida talqin etiladi. Bunday asab tizimi ko‘pgina afzalliklarga ega, lekin u harakatni boshqara olmaydi.
To‘rsimon asab tiziminafaqat kontakt qo‘zg‘atuvchilar, balki distant qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan ham sezuvchanlikning ortishiga asos bo‘ladi. To‘rsimon asab tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Banday asab tizimida asosiy boshqaruv funksiyalari mavjud emas. Nemis olimi Bets dengiz yulduzlari o‘rtasida tadqiqot o‘tkazgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dengiz yulduzchalarining bittasi etakchiga aylanadi, unga ta’sir qilinganda shu tola orqali hamma a’zolar javob bera boshlaydi. Biroq shu etakchi nur olib tashlansa, boshqa nur uning funksiyasini bo‘yniga olishi mumkindir. Bu esa dengiz yulduzining nera apparati o‘sha tamoyilda qolganligini ko‘rsatadi. Yangi asab tizimining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib, ular xatti-harakatini boshqara oladilar. Shu sharoitlar markaziy asab tizimini yanada shakllanishini ta’minlaydi.
Bunday asab tizimini chuvalchanglarda ham kuzatish mumkin. Ularda ko‘plab nerv tugunlari mavjud bo‘lib, ganglionar asab tizimi deb yuritiladi. Bu asab tizimida oldingi gangliyaning paydo bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u asab tizimining boshqaruv apparatini tashkil etadi. Chuvalchanglarning asab tizimini filogenezning nisbatan yakunlangan taraqqiyot bosqichiga kiritish mumkin.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin