Zoopsixologiyada kreatsion nazariya. Kreatsionizm(lotin tilidan olingan creator - yaratuvchi) – bu yo‘nalish tabiiy fanlarda nomaterial dunyoviy ongni shakllantirish imkonini beradi. Dunyoni yaratilishixudo tomonidan amalga oshirilgan deb e’tirof etiladi. Ushbu nuqtai nazardahamma narsa xudoning irodasiga bog‘liq deb e’tirof etiladi. Hozirgi zamon olimlari, ya’ni mazkur nuqtai nazar tarafdorlari kitoblardagi isbotdan tashqari faktlarni izlashadi. Etologiyada esa bu kam tadqiq qilingan. Biroq har doim ham bu shunday bo‘lmagan. Teologik nazariyaning ilmiy asoslarini XVII asrda yashab o‘tgan olim R.Dekart (Rene Decartes 1596-1650)tahlil qilgan. Bu nazariyaning asosida xristianlik dinidagi ruhning abadiyligi haqidagi g‘oya yotadi. Bu g‘oya Evropaning ko‘p qismida ustunlik qilgan. R.Dekart tanani ruhdan ayri rivojlanishi qabul qilgan, tafakkurni esa ruhning xususiyatlariga kiritgan. Ruh uchun aqliy jarayonlar kerak deb e’tirof etgan. Ruhning rivojlanishi faqat insonga xos deb ta’kidlagan. Hayvonlarni, uning fikricha, hissiyotsiz kimyoviy mashina sifatida talqin qilish mumkin.
Zoopsixologiyada metafizik qarashlar.Metafizik dunyoqarashteologik dunyoqarashning rivojlangan shakli bo‘lib hisoblanadi. Yangi tarixda teologik nazariyalarni ilmiy jihatdan asoslash majburiyati tug‘ildi. Metafizikada hayvonlar kreatsion xulq-atvor tashuvchilari bo‘lgan mustaqil mavjudotlar sifatida tahlil qilinadi. Metafizik psixologiyaning asosan oliy ongning mavjudligi haqidagi g‘oyaga tayanadi. Metafizika xulq-atvornitahlili qilish bilan shug‘ullangan. XIX asrda yashab o‘tgan Ernest Gekkelning asarlarida zoopsixologiya va metafizika tahlil qilingan.
Zoopsixologiyada ratsional farazlarning rivojlanish tarixi. Zoopsixologiyada hayvonlar psixologiyasining ratsional nazariyalari metafizikva teologik nazariyalardan avvalroq paydo bo‘lgan. Bizning qadimgi ajdodlarimiz avval hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, so‘ngra ijodiy g‘oyalarni talqin qilganlar. Zoopsixologiyada ratsionalizmilmiy va tabiiy-ilmiy yo‘nalish sifatida e’tirof etiladi. Ratsionalizm nazariyasining asosi birlamchi hayvonlarning xulq-atvorida ko‘rsatilgan. Dastlabki ratsionalistik yo‘nalishning vakili Arastu bo‘lgan. U turli xil hayvonlarni solishtirib, o‘zining fikrlarini Iskandar Zulqarnaynga jo‘natgan. U hayvonlarning xulq-atvorini inson xulq-atvoribilan solishtirib, hayvonlarda ham psixik jarayonlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tgan. Uning fikriga ko‘ra har bir hayvon o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Arastuning fikricha, eng aqlli hayvonlar bu fillardir. Arastuning ratsional qarashlari zoopsixologiyaning asosini tashkil etadi. XVIII asrda hayvonlar o‘rtasida turli tajribalarni o‘tkazish imkoniyati ochildi. Byuffon, Reomyur, Galler, Reymarus, Kondilyak, Lerua va Lamarklarning tadqiotlari sababli turli xil hayvonlarda instinkt va evolyusion rivojlanish tushunchalari o‘rganilgan.