I.P.Pavlovning reflekslar nazariyasi. Faol xatti-harakatlarni o‘rganish bo‘yicha ko‘pgina olimlar mehnat qilgan. Birinchi bo‘lib fiziologik mexanizmlarni o‘rgangan olim I.M.Sechenov hisoblanadi. Uning ishlari asosidaRossiyada fiziologiya fani rivojlandi. XIX asrning oxiriga kelib I.P.Pavlovxazm qilish fiziologiyasi bilan shug‘ullandi va bu jarayon asab tizimining faoliyatiga bog‘liq ekanligini isbotladi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlari uchun I.P.Pavlov Nobel mukfotiga tavsiya qilingan. Eksperimental fiziologiya holatiga tayangan holda I.P.Pavlov shartli va shartsiz reflekslar to‘g‘risidagi nazariyasini.
Zoopsixologiyani tadqiqqilishning besh usuli Labirint usuli. Bu usulni amerikalik sotsiolog, sotsial darvinizmning namoyandasi Smoll Albion Vudberi taklif etgan. Vudberi 1892 yilda CHikago universiteti sotsiologiya fakultetiga, keyinchalik 1895 yilda “Amerika sotsiologiya jurnali”ga asos solgan. Tajriba hayvonchasi oldiga turli xildagi muammo qo‘yiladi va ularning echimini topgan taqdirda mukofot tariqasida ovqat beriladi. Hayvonchalar muammoni hal etishda omadsizlikka uchragan taqdirda esa jazo beriladi. Masalan, eng sodda labirint sifatida T shakldagi koridor yoki trubka olinadi. Bu holatda hayvon chiqish yo‘lini to‘g‘ri yo‘lni tanlasa, mukofot oladi, agar noto‘g‘ri yo‘lni tanlasa, mukofotsiz qoladi, hattoki jazo olishi ham mumkin. Murakkab labirintlar sifatida T shaklining murakkabroq turlaridan foydalanish mumkin. Natijalar hayvonlarning xatolari va reaksiya tezligi bo‘yicha tahlil etiladi. Labirint usuli hayvonlarning ko‘nikma va malakalarini o‘rganish juda foydalidir. Bu usul orqali hayvonlarda turli ko‘nikmalarni shakllantirish mumkin. Ko‘nikmalardan tashqari, hayvonlarda sezuvchanlik xususiyatini oshirish imkoniyati mavjud. Labirint usuli hayvonlarda xotira, diqqat, idrokni shakllantirishning asosiy usuli bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
To‘siqlarni aylanib o‘tish metodi.Hayvonlar muammoning echimini aylanib o‘tish orqali topishlari ham mumkin. Bunda muammoning echimiga kelishda bir qator to‘siqlar qo‘yiladi. Labirint usulidan farqli ravishdahayvonlar bu holatda ozuqani bevosita idrok etadilar va unga erishishga qaratilgan xatti-harakatlarni amalga oshiradilar. Tezlik inobatga olinadi va baholanadi. Bu metod orqali yuqorida sanab o‘tilgan muammolarning barchasi o‘rganiladi.
Insaytmetodi.Ob’yektlarni tanlash signallar, tasvirlar va ularnibir-biridanholatlarini ajratish usuli orqali tahlil qilinishi mumkin. Bu metod tajribadagi hayvonchalarning intellektual qobiliyatlarini aniqlashga mo‘ljallangan. Bunday tajribalarda ikkita bir xil turdagi hayvon ham ishtirok etishi mumkin. Bu usul orqali hayvonlarda rangni, shaklni, fazoni idrok qilishni aniqlash mumkin. Bu metod orqali hayvonlarda turli ko‘nikmalarnishakllantirish mumkin. Hayvonlarning xotiralarini shu yo‘l orqali shakllantirish imkoniyati mavjuddir. Bundan tashqari, hayvonlarda noverbal muloqotga kirishish imkoniyati ham paydo bo‘lar ekan.