N. A. Tashpulatova stomatologik


X BOB  OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ PARDASI



Yüklə 8,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix22.10.2019
ölçüsü8,96 Mb.
#29404
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
stomatologik kasalliklar


X BOB 
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ PARDASI  
KASALLIKLARI
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi butun organizm va organlar holatini 
o‘zida aks ettiradi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi doimiy ravishda 
tashqi ta’sir etuvchi omillar ta’siri ostida bo‘ladi. Undagi o‘zgarishlar 
organizmda yurak – qon tomir tizimi kasalliklari, modda almashinuvi 
kasalliklari, teri tanosil kasalliklari, yuqumli va oshqozon ichak kasal-
liklarida sodir bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasalliklari tash-
hisini aniqlashda kasallik elementlarini to‘g‘ri aniqlay bilish, pato-
logik o‘zgarishlarning joylashgan joyi muhim ahamiyatga ega. Og‘iz 
bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarida quyidagi elementlar kuzatiladi.
Shilliq pardasi va terida yuzaga keladigan toshmalar alohida ele-
mentlardan iborat bo‘lib, birlamchi va ikkilamchi turlarga ajratiladi. 
Birlamchi elementlar jarroh elementlari, dog‘, eritma, rozeola, tugun-
cha, tugun, do‘mboqcha, pufakcha, pufak, mikroabssess, kista, qabariq 
kiradi.
Ikkilamchi jarohatlanish elementlari: eroziya, afta, yara, yori lish, 
chandiq, gipertrofik chandiq, atrofik chandiq, atrofiya, karash, o‘sma, 
o‘smali hosilalar, tangacha kiradi.
Hozirgi kunda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi va lab kasallikla-
rida etiologik va patogenetik omillarga asoslanib, quyidagi tar-
tibdagi tasnifdan foydalanilmoqda:
1.  Jarohat oqibatida kelib chiqqan shikastlanishlar. Og‘iz bo‘sh lig‘i 
shilliq pardasi va lablarning yuqori va past harorati, nurlanish, noqulay 
meteriologik omillar, kimyoviy moddalar va boshqa jaro hatli taassurot-
lardan shikstlanish natijasida hosil bo‘lgan kasal liklari;
2.  Yuqumli kasalliklarda shilliq pardasi shikastlanishi;
3.  Allergik va toksik allergik kasalliklar;
4. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining ekzogen intoksikatsiyalarda-
gi o‘zgarishi;

91
5. Sistem kasalliklarda o‘g‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining o‘zga-
rishi;
6.  Dermatozlarda o‘g‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda kasalliklari;
7.  Til anamaliyalari va tegishli kasalliklari;
8. Xeylitlar;
9.  Rak oldi kasalliklari.
JAROHAT OQIBATIDA KELIB CHIQQAN 
KASALLIKLAR
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi doimiy ravishda tashqi muhit va 
mexanik, termik, fizik ta’sir etuvchi omillar bilan to‘qnashadi. Yuqo-
rida qayd qilingan taassurotlar meyordan ortsa og‘iz bo‘shlig‘i shilliq 
pardasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘zgarish darajasi jaro hat lovchi 
ta’sirning turiga, davomiyligiga va ta’sir etilgan maydon to‘qi masiga 
bog‘liq. Jarohatlovchi faktorlarga quyidagilar kiradi:
 
– mexanik,
 
– termik,
 
– nur,
 
– kimyoviy.
MEXANIK SHIKASTLANISH
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining mexanik shikastlanishida o‘tkir 
va surunkali jarohat kuzatiladi. Og‘iz shilliq qavatining o‘tkir mexanik 
shikastlanishi o‘tkir ashyodan yoki kamdan-kam holda tishlab olinishi 
oqibatida paydo bo‘ladi. Shilliq pardada qon uyumi-gematoma va 
eroziya bo‘ladi. To‘qima ichidagi qon uyumida kuchsiz og‘riq paydo 
bo‘lib, 1–3 kun vaqt o‘tgach og‘riq yo‘qolib, o‘rniga ko‘kish – qoramtir 
rangda gematoma hosil bo‘ladi.
Agar jarohat o‘rniga takroriy shikastlanish kuzatilmasa, eroziya 
tezda epitelizatsiyalanadi. Tashxislash qiyinchilik tug‘dirmay di: bemor 
anamnezidayoq sababchi omil to‘g‘risida xulosa oydinlashadi. Davo-
lash uchun eroziya va kichkina yaralarda shikast lov chi omilni bartaraf 
qilishga qaratiladi va 0,25–0,5 % vodorod perikisi, 2 % bor kislota 
bilan chayqab, «A» vitaminli malhamlar surtiladi.

92
Surunkali mexanik jarohat. Surunkali mexanik jarohat deyar li 
ko‘p uchraydi. Tishlarning o‘tkir uchlari, tish protezlar, tish ka rash lar 
va yomon odatlar (labni, lunjni tishlash) jarohatlovchi fak torlar bo‘lishi 
mumkin. Talabga javob bermaydigan olinadigan plas tinkali protezni 
uzoq muddat taqib yurish oqibatida ham shi kast lanish kelib chiqishi 
mumkin. Kasallikni klinik ko‘rinishi va kechishi shikastlanishning 
joylashish joyiga, bemorning yoshiga, jarohatlovchi ta’sirning kuchiga 
va jarohatning ikkilamchi yallig‘ lanishiga bog‘liq. Surunkali jarohatlar 
bemorni uzoq vaqt bezov 
ta qilmasligi mumkin. Ayrim hollarda 
shish, qizarish va kuchsiz og‘riq bezovta qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda 
og‘iz bo‘sh lig‘i shilliq pardasida yara borligi, qizarganligi, milk va til 
so‘rg‘ich larning kattalashganligi kuzatiladi. Aniqlangan yara jarohat-
lovchi omil ta’sir etgan sohada joylashadi. Yara palpatsiyasi og‘riqli 
bo‘ladi. Regional limfa tugunlarining shishi bilan kechishi mumkin. 
Bunda limfa tugunlari shishgan, harakatli va og‘riqli bo‘ladi.
Davolash uchun birinchi bo‘lib jarohatlovchi omilni bartaraf etish 
zarur. So‘ng yaraga antiseptik ishlov berish va keratoplastik mod-
dalardan aplikatsiya qilish kerak bo‘ladi.
Kimyoviy shikastlanish. Kimyoviy shikastlanish ham o‘tkir va 
surunkali bo‘lishi mumkin. O‘tkir kimyoviy jarohatlanish og‘iz bo‘sh-
lig‘i shilliq pardasiga yuqori konsentratsiyali moddalarni tegishi oqiba-
tida kelib chiqadi (formalin, kumush nitrat, polimeri zatsiya bo‘lmagan 
plastmassaning monomer va boshqalar).
Klinik ko‘rinishi. Klinik ko‘rinish shikastlantiruvchi moddaning 
tarkibi, miqdori va ta’sirning davomiyligiga bog‘liq. Kimyoviy mod-
da tushgan zahoti bemor keskin og‘riqni sezadi. Kislotalar ta’sirida 
kuyish sodir bo‘ladi va parodontda kogulyatsiyalangan nekrozga uch-
ragan po‘st paydo bo‘ladi. Bu po‘st atrofidagi to‘qimalar qizarib shi-
shadi. Ishqorlar ta’sirida kuyganda kogulyatsiyalangan nekrozga uch-
ragan po‘st paydo bo‘lmaydi. Shikastlanish chuqur bo‘lib, yum shoq 
to‘qi malarning barcha qatlamlarini shikastlashi mumkin. Bemor juda 
kuchli, azobli og‘riqdan shikoyat qiladi. Bir necha kundan so‘ng nek-
roz ga uchragan to‘qimalar tushib ketishi oqibatida eroziyali va yarali 
yuza hosil bo‘ladi. Bu yaralar juda sekin bitadi.
Davolash. Kimyoviy modda shilliq pardaga tushgan zahoti shu 
mod da ta’sirini neytrallaydigan modda bilan tezda yuvish kerak. Kis-

93
lotalar ta’sirini neytrallash uchun sovunli suv, 1% ishqoriy suv, nov-
shadil spirtining 0,1 % eritmasidan foydalaniladi. Ishqorlar ta’si rini 
neytrallash uchun 0,5 % sirka kislotasi, 0,5% limon kislota lari dan foy-
dalaniladi. Neytrallaydigan moddalar yordamida kimyoviy mod da larni 
to‘qimalar ichiga yanada kirib borib salbiy ta’sir qilishini to‘xtatish 
mumkin. So‘ng og‘riq qoldirish uchun 1% trimikain va 1–2% lidokain 
eritmalarini aplikatsiya qilinadi. To‘qimalar tiklanishini tezlashtirish 
uchun vitamin «A» malhami, shaftoli moyi va shipovnik moylaridan 
foydalaniladi.
Fizik shikastlanish. O‘tkir shikastlanish issiq ta’sir etuvchi omil 
(qaynoq suv, qaynoq ovqat), elektr toki, ionlovchi nurlar ta’si rida hosil 
bo‘ladi. Qaynoq suv yoki qaynoq ovqatdan kuyish sodir bo‘l ganida 
kes kin og‘riq paydo bo‘lib, shilliq parda g‘adir-budur bo‘lib qoladi, 
qizaradi, pufaklar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan pufaklar tezda yorilib 
ularning tagida eroziya va yazvalar hosil bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida bir necha xil metall qotishmalardan tashkil top-
gan tish protezining bo‘lishi og‘izda mikrotok – galvanik tok hosil 
bo‘li shiga olib keladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida galvanik tokni quyi dagi metall 
qotishmalar hosil qiladi; oltin qotishmasi + amalgama, zanglamaydigan 
po‘lat + kavshar, amalgama + kavshar va amalga ma + zanglamaydigan 
po‘lat. Hosil bo‘lgan galvanik tok og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Bemor og‘zida noxush hidlar paydo bo‘lganligidan, 
til chetlari achishishidan shikoyat qiladi. Agar og‘iz bo‘shlig‘idagi 
mikrotok 10 mkA dan ortsa og‘iz bo‘shlig‘idagi metall qotishmalarni 
boshqa homashyoga (plastmas sa) almashtirish kerak bo‘ladi.
Nurlanish kasalligi. Rentgen nurlari, gamma-nurlari butun orga-
nizmga yoki katta bir qismiga ta’siri nurlanish kasalligini keltirib chi-
qaradi. Nurlangan to‘qimalardagi qon tomirlar devorlari ning morfo-
logik strukturasi o‘zgarib ketadi, himoya funksiyasi pasayadi, rege-
ne ratsiya to‘xtaydi. Nurlanish kasalligining o‘tkir va surunkali shakl-
lari farqlanadi. O‘tkir nurlanishda stomatit kuzatiladi va bu stoma-
titni nur stomatiti deb ataladi. O‘tkir nur stomatitining birin chi bel-
gisi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida nuqta hajmidagi qontalashlar 
paydo bo‘ladi. Ovqatlanganda og‘riydi, og‘zi quriydi, ta’m sezishi 
o‘zgaradi, til g‘adir-budur bo‘lib qoladi. Shilliq parda ko‘kimtir tus 

94
oladi. So‘lagi quyuqlashadi. Bundan tashqari milk chet lari qizaradi, 
shishadi va tez qonaydigan bo‘lib qoladi. So‘ng shilliq pardada eroziya-
lar paydo bo‘ladi. Bemorning og‘zidan no xush hid keladi. Hosil bo‘l-
gan yazvalarning chetlari notekis bo‘lib, tubi kir kulrang karash bilan 
qoplanadi. Kuchli og‘riq sababli bemor ovqat qabul qilishdan bosh 
tor tadi. Natijada og‘iz boshlig‘i mexanik tozalanmaydi, bu esa ikki-
lamchi yalig‘lanish paydo bo‘lishiga olib keladi. Organizmning himoya 
finksiysi susayishi oqibatida yallig‘ lanishni yumshoq to‘qima larga tez 
tarqalishi undan jag‘ suyaklariga o‘tib sekvestrlar paydo bo‘lishiga 
olb kelishi mumkin. Jarayon juda sekin kechadi, so‘ng shilliq qavatda 
dag‘al chandiqlar qoldiradi.
Surunkali nurlanish organizmga yoki uning biror qismiga uzoq 
muddat kichik dozalardagi nurlarning ta’sirida hosil bo‘ladi. Avval 
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmas-
ligi mumkin. Asta og‘iz quriy boshlaydi, kataral gingivit hosil bo‘ladi 
va u yarali gingivitga aylanishi mumkin. Og‘iz dahlizining o‘tuv 
burma sohasida eroziyalar, so‘ng yazvalar paydo bo‘ladi va ular asta 
sekin milk, lablarni qoplaydi. Kasallikni uzoq muddat ke 
chi 
shi 
parodontit klinikasiga o‘xshash nur parodontitiga olib keladi.
Davolash. Kasallikni davolashda umumiy va mahalliy tera pevtik 
davo amalga oshiriladi. Umumiy davo terapiyasida organizm dagi ra-
dio kimyoviy reaksiyani susaytiruvchi, organizmning radiosezgirligi ni 
susaytiradigan, qon tarkibini tiklovchi, antigistomin dori modda lar va 
antibiotiklar qo‘llaniladi.
YUQUMLI KASALLIKLARDA SHILLIQ  
PARDA JAROHATI
Deyarli hamma yuqumli kasalliklarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq par
-
dasida patologik jarayon kechadi. Ushbu patologik hususiyatlarni bilish 
yuqumli kasalliklarni erta aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Yuqumli ka-
sal liklarning kelib chiqish sabablari, klinik ko‘rinishi har xil. Lekin bu 
kasalliklarning barchasini mikroorganizmlar (viruslar, bakteriyalar, 
spiro xetalar va zambrug‘lar) qo‘zg‘atadi. Har bir kasal likni aniq tegish-
li mikroorganizmlar keltirib chiqaradi.

95
O‘tkir gerpetik stomatit. O‘tkir gerpetik stomatit yuquvchan ligi 
yuqori bo‘lganligi uchun immun holati shakllanmaganlar orasida ko‘p 
uchraydi. Infeksiya havo tomchi yo‘li orqali yuqadi.
Organizmning umumiy zaharlanishi va kasallikning mahalliy bel-
gilarini yuzaga kelish darajasiga qarab, kasallik yengil, o‘rta va og‘ir 
shakllarda kechadi.
Bolaning tana harorati 40 °C gacha ko‘tariladi, kuchsizlanadi, bo-
shi og‘riydi, ishtahasi yo‘qoladi, ko‘ngil aynash va qusish kabi holat-
lar kuzatiladi. Jag‘ osti limfa tugunlari kattalashadi. Tana harorati 
ko‘ta ri layotgan vaqtda, shilliq pardada qizarish, shish kuzatiladi va 
pufak chalar paydo bo‘ladi. Pufakchalar tezda yoriladi, ularning o‘rni-
da 0,5–1 sm kattaliklardagi oval yoki dumaloq shaklda ega bo‘lgan 
yara chalarga o‘xshash nekrozli eroziya paydo bo‘ladi. Kasallik og‘ir 
kechganida toshmalar yuz terisida ham paydo bo‘ladi (27-rasm). 
O‘tkir gerpetik stomatitning aniq belgilaridan biri bu so‘lak ajra li-
shi kuchayishi, so‘lakning quyqalashishi, og‘izda hid paydo bo‘lish 
holatlari kuzatiladi. Tashxis kasallikning klinik ko‘rinishi va epidemio-
logiyasi asosida qo‘yiladi.
Davolash. Mahalliy davolash ya’ni virusga qarshi davo o‘tkazish 
kerak. Buning uchun oksalinning 0,25–1 % li tebrofenning 1–2 % li 
geliomitsinning 1 % li mazlari, interferon, prodigiozon va boshqa ara-
27-rasm. O‘tkir gerpetik stomatit.

96
lashmalar surtiladi. Bu dori vositalari kuniga 3–4 marta surtiladi. 
Kasal lik belgilari so‘nayotgan vaqtda kuchsiz antiseptik va kerato-
plastik vositalar qo‘llanadi.
Skarlatina. Skarlatinada o‘ziga xos kasallik belgisi – malinasimon 
til kuzatilishi: kasallikda uch kun yuqori tana harorati kuzatiladi. 
Til karash bilan qoplanadi, to‘rtinchi kundan boshlab bu karash til 
ipsimon so‘rg‘ichlari bilan yuvilib tushadi. Qachonki til yuzasi tamo-
man toza bo‘lganida, uning yuzasi malina mevalarini eslatadi. Bir qan-
cha vaqtdan so‘ng epitelial qoplama qayta tiklanadi.
Davolash: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida shaftoli yog‘ini anes-
tezin emulsiyasidagi 1–2% li aralashmasini surkash va har ovqat-
lanishdan keyin achchiq choy bilan chayqash kerak.
Qizamiq.  Qizamiq toshmalari terida paydo bo‘lishidan 1–2 kun 
oldin yumshoq va qattiq tanglayda 1 mm dan bir necha mm gacha 
bir-biriga quyiluvchi, noaniq ko‘rinishdagi qoramtir-qirmizi rangdagi 
enentemalar ko‘rinishida yuzaga keladi. Ayni vaqtda lunjda kichik oziq 
tishlar qarshisida, qizamiq uchun xos bo‘lgan belgi «Belskiy-Filatov-
Koplin» dog‘i yuzaga keladi. Bu dog‘ guruh-guruh bo‘lib joylashadi 
va bir-biriga sira qo‘shilmaydi. Bir ikki kundan so‘ng yo‘qolib ketadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining hamma sohasi qizarib ketadi.
Davolash. Og‘iz bo‘shlig‘ini kuchsiz antiseptik eritmalar bilan 
chayi ladi va kerotoplastik dori ashyolar surtiladi.
Zaxm. Zaxm surunkali davom etuvchi yuqumli venerik kasal lik. 
Zaxmning klinik belgilari turlicha bo‘lib uzoq, yillab davom etadi. 
Uning birlamchi ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchilari farqlanadi.
Birlamchi sifilis 6–7 hafta davom etadi. Bunda qattiq shanker 
oqish treponema epiteliyga kirgan, teri va shilliq pardada hosil bo‘ladi.
Qattiq yara bitta yoki ikki uchta bo‘lishi mumkin. Qattiq yara oval, 
yumaloq shaklda bo‘lib, diametri 1,0–1,5 sm gacha, yopgan nonga 
o‘xshab chetlari bo‘rtib, shishgan va tog‘ayga o‘xshash qattiq bo‘ladi. 
Og‘ rimaydi, biroz qizaradi. Qattiq yara tagida tog‘aysimon qattiq infil-
trat bo‘ladi, yaraning o‘rtasi toza, go‘shtdek tiniq, qip-qizil rangda 
bo‘ladi.
Zaxmning ikkinchi davri qattiq shanker hosil bo‘lganidan 6–7 
hafta vaqt o‘tgach boshlanadi. Bu davrda rozeola-papula toshmalari 

97
bir tekisda paydo bo‘ladi. Bu davr 3–5 yil davom etadi. Zaxmning 
uchlamchi davrida og‘iz shilliq pardasida, gummalar tarqalgan, gum-
mali infiltrat va bug‘orli toshmalar paydo bo‘ladi. Zaxmni davolash 
teri-tanosil kasalliklari shifokori bilan birgalikda olib boriladi.
Kandidoz. Kondida turkumiga kiruvchi achitqisimon zambu rug‘lar 
bilan chaqiriladigan kasallik. Kandidozning klinik yuzaga chiqishi va 
kechishi bemorning yoshiga, jismoniy holatiga, kechira yotgan umumiy 
kasalliklariga va boshqalarga bog‘liq.
Shilliq qavat kandidozi: kandidozli stomatit, milk kandidozi, til 
kandidozi va boshqalarga ajratiladi.
Kandidozli stomatit. Kasallik ko‘proq ko‘krak yoshidagi bolalarda 
uchraydi.
Og‘iz shilliq pardasida, tanglayda, milkda, lunjda oson tilinadigan 
karashlar paydo bo‘ladi (28-rasm). Bu karashlarni tilganimizdan keyin 
tekis, qisman shishli qizargan yuzani ko‘ramiz. Karashlar fibrini so‘ri-
ladi, natijada oq ko‘kish rangdagi qo‘pol qatlam hosil bo‘lib, u tubdan 
shilliq parda bilan qattiq birikadi.
Kandidozni profilaktika qilish maqsadida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi 
qoidalariga rioya qilish va antibiotiklar bilan davolaganda nistatinni 
yoki levorinni kuniga 1500000 ED dan qabul qilish kerak boladi.
Qo‘zg‘atuvchiga ta’sir qilish, umumiy yo‘ldosh kasallikni davo-
lash, organizmni kasalliklarga qarshiligini oshirish, og‘iz bo‘shli g‘ini 
28-rasm. Kondidoz.

98
sanatsiya qilish. Zamburug‘ qo‘zg‘atuvchiga ta’sir qilish uchun 20 % li 
natriy boratning glitserinli, lyugolning glitserinli eritma lari ishlatiladi. 
5% li levorin, 0,5% li depolin surtmalaridan foyda laniladi.
OITS – orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi
OITS – orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi virus qo‘zg‘atuv-
chi yuqumli kasallik bo‘lib immunitetni zararlaydi va natijada immun 
yetishmovchiligi yuzaga keladi. Kasallik qo‘shimcha o‘tkir infeksiya-
lar yoki o‘smalar rivojlanishi bilan kechadi. OITSda orga nizm zararla-
nishini shartli ravishda to‘rtta turga bo‘lish mumkin: o‘pka, oshqozon 
ichak, serebrospinal teri va og‘iz boshlig‘i turi.
Teri va og‘iz boshlig‘i turida kasallangan bemorning terisi va og‘iz 
bo‘shlig‘ida o‘zgarishlar ko‘p uchraydi. OITV – infeksiyali bemor yoki 
virus tashuvchi zararlanish o‘chog‘i hisoblanadi. Kasallik qon, sperma, 
qin ajralmasi va sut orqali yuqadi. Kasallik yuqqandan so‘ng bir necha 
yil bezovta qilmasligi mumkin. OITV – retrovirusi yuqqan bemorda 
hech qanday belgilar bo‘lmasada kasallik tashuvchi hisoblanadi. Kasal-
likning kechishi 4 ta bosqichga bo‘linadi.
I bosqich belgilarsiz kechishi mumkin yoki limfa tugunlarning 
1 sm gacha kattalashishi kuzatiladi.
II bosqichda tana vaznining keskin kamayishi, diareya, holsizlik, 
tez charchash, ishtaha yo‘qolishi, tunda terlash, hotirani pasayishiga 
olib keluvchi nevrologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Terida shikastlanishlar 
va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida tukli leykoplakiya, o‘tkir gerpetik 
sto 
matit, surunkali qaytalovchi (residivlanuvchi) gerpisning xuruji 
kuzatiladi.
III bosqichda og‘iz bo‘shlig‘ida kandidoz, tukli leykoplakiya, o‘tkir 
gerpetik stomatit, surunkali gerpes xuruji kuzatiladi. Bundan tashqari 
o‘pka tuberkulyozi va pnevmaniya rivojlanadi.
IV bosqich og‘ir kechadi. Bu bosqichda yallig‘lanish kasalliklari, 
KAPOSHI sarkomasini (hafli o‘smalar bo‘limiga qarang) hosil bo‘lishi 
(29-rasm), pnevmoniya, toksoplazmoz, sistemali kandidoz, kaxeksiya, 
xotirani yo‘qolishi va aqlan ojizlikka olib keluvchi nevrologik o‘zga-
rishlar sodir bo‘ladi.

99
OITV infeksiyasi tashxisi labarator tekshiruv o‘tkazib aniqla nadi. 
OITV infeksiyasi profilaktikasini amalga oshirish uchun sterillash va 
dezenfeksiya qoidalariga rioya qilish zarur. Asbob usku nalar yuqori 
harorat ta’sirida sterillanadi (qaynatish, avtoklav lash, quriq issiqlik 
bilan). Dezinfeksiyalash uchun 2% li glyutaral eritmasi, 30%li perikis 
vodorod eritmasidan foydalaniladi.
Stomatolog o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari o‘zlarini ham himoya 
qilishlari shart. Ular albatta bir marotabali steril rezinali qo‘lqop 
kiyishlari zarur. Qon va biologik suyuqliklar tekkan soha yaxshilab 
suv va so‘vun bilan yuviladi. Rezina qo‘lqopni yechgan dan so‘ng ham 
qaytadan yaxshilab yuvish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muolaja vaqtida 
qon va biologik suyuqliklarni sachrashini oldini olish maqsadida 
maska va maxsus ko‘zoynaklar kiyiladi.
ALLERGIK VA TOKSIK ALLERGIK KASALLIKLAR
Anafilaktik shok. Anafilaktik shok eng jiddiy allergik reaksiya. 
Stomatologiyada qo‘llaniladigan dori vositalari va ashyolari ichida 
aller genlari juda ko‘p. Bular antiseptiklar, anestetiklar, analgetiklar, 
antibiotiklar, vitaminlar, akril plastmassalar, plomba ashyolari, malham 
pastalar va boshqalar. Hozirgi kunda allergik kasalliklar kundan kunga 
ortib bormoqda. Dori moddalaridan betartib foydalanish allergik ka-
salliklarini hosil bo‘lishiga olib keladi.
29-rasm. KAPOSHI sarkomasi.

100
Allergiya-organizmnimg begona moddalarga nisbatan yuqori se-
zuv chanligidir. Bunday moddalar allergenlar deyiladi. Allergenlar ta’-
si rida anafilaktik shok, Kvinke shishi, dori moddalariga allergik reak-
siya va boshqa kasalliklar kuzatiladi.
Anafilaktik shokning klinik ko‘rinishi turlicha. Shunga asoslanib 
bir nechta variantlarga bo‘linadi. Gemodinamik variant yurak – qon 
tomir yetishmovchiligi bilan ifodalanadi. Bunda bemorning pulsi tez-
lashadi, terisi qizarib so‘ng oqaradi, sovuq ter bosadi, qon bosimi pa-
sayadi. Ayrim hollarda bemor hushidan ketadi. Anafilaktik shok mar-
kaziy nerv sistemasidagi o‘zgarishlar bilan kechganda bemor bezov-
talanadi, qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi, titroq bosadi, boshi og‘riy di, qayt 
qiladi. Anafilaktik shok nafas organlaridagi o‘zgarishlar bilan kech-
ganda bronxospazm kuzatiladi. Oshqozon ichak tizimidagi o‘zgarish-
lar ko‘ngil aynash, qusish, ixtiyorsiz ich ketish va siydik ajra lishi, 
oshqozon va ichaklar sohasida og‘riqlar paydo bo‘lishi bilan kechadi.
Anafilaktik shok dori moddasi yuborilganidan so‘ng 10 sekunddan 
10–15 daqiqa orasida, ba’zan 4–5 soatdan keyin ham rivojlanishi mum-
kin. Anafilaktik shokda bemorga o‘z vaqtida shoshilinch tibbiy yor-
dam ko‘rsatilmasa o‘limga olib kelishi mumkin. Anafilaktik shok 
og‘irlik darajasiga ko‘ra uch darajaga bo‘linadi: yengil, o‘rta va og‘ir. 
Be morlarda anafilaktik shokning tipik kechishi quyidagi klinik bel-
gilarga ega bo‘ladi. Avval bemor bezovtalanadi, qo‘rquv hissi paydo 
bo‘ladi. Badan birdan qizib ketadi. Yuz va bo‘yin terisida qichishish 
va igna sanchilish sezgisi paydo bo‘ladi. Bemor holsizlanadi, boshi 
og‘ riydi. Ko‘krak qafasi siqiladi. Yurak sohasida og‘riq paydo bo‘ladi, 
nafas olish qiyinlashadi, qorni og‘riydi. Og‘ir formalarida bemor shi-
koyatlarini aytishga ulgurmasdan hushidan ketadi.
Anafilaktik shokning obyektiv belgilari yuz va tana terisining 
gipe rimiyasi hosil bo‘lib, uni tezda oqarib ketishi. Ko‘z qovoqlari, lab-
lar, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalarida shish paydo bo‘lishi. Oyoqlar 
qal tirashi, ko‘z qorqchiqlari kengayishi va yoruqlikka reaksiya qil-
masligi.
Anafilaktik shokning birlamchi belgilari boshlangan zahoti shoshi-
linch tibbiy yordam ko‘rsatishni boshlash shart. Buning uchun birin-
chi bo‘lib organizimga kiritilayotgan allergenni toxtatish kerak. Agar 
allergen kiritib bo‘lingan bo‘lsa (imkoni bo‘lsa) o‘sha sohadan yuqo-

101
riroqqa jgut qo‘yish yoki ineksiya o‘rni atrofiga 0,3–0,5 ml 0,1% adre-
nalin eritmasidan inyeksiya qilish zarur. Bu muolaja allergenni to‘qi-
malarga so‘rilishini kamaytiradi. Bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa 0,1% 
adrenalin eritmasini 0,1–0,2 ml 3–5 daqiqa davomida tomir ichi ga 
yuboriladi. Bemorning qon bosimi mo‘tadillashganidan so‘ng antigis-
tamin dori vositalari kiritiladi. Anafilaktik shokning o‘rta va og‘ir 
for 
malarida glyukokartikosteroidlar vena ichiga yubori 
ladi. Bron-
xospazmni yo‘qotish uchun 2,4% eufilin eritmasidan foyda laniladi.
Anafilaktik shok juda tez rivojlanganligi uchun bemorga tez sho-
shilinch yordam ko‘rsatish zarur bo‘ladi. Shuning uchun har bir stoma-
tologik xonada quyidagi dori darmonlardan tashkil topgan to‘plam 
bo‘lishi shart:
 
– 0,1% adrenalin, 0,2% noradrenalin, 1% mezaton;
 
– antigistomin dori moddalari: 2% suprastin, 1% demedrol, tave-
gil;
 
– kortikosteroidlar: prednizalon gemisuksinat ampulalari, predni-
zalonning 5mg li tabletkalari;
 
– bronxospazmni yoqotish uchun: 5% efedrin gidroxlorid, 2,4% 
eufiln;
 
– eritmalar: 5% glukoza, 0,9% natriy xlorid eritmasi, 200–400 ml 
gemodez;
 
– penitsillinaza;
 
– dori moddalarni tomir ichiga yuborish uchun bir marotabalik 
steril sistema va shprislar, jgut, og‘iz ochgichlar.
Anafilaktik shokni profilaktika qilish uchun bemorni birinchi bor 
qabul qilayotganda anamnezni to‘liq aniqlash. Biror bir dori vosi tasini 
yuborishdan oldin bemorning qo‘llanilmoqchi bo‘lgan dori vositasini, 
avval, qabul qilganligi va shu dori vositasiga reak siyalar hosil bo‘lgan 
bo‘lmaganligi aniqlanadi. Anamnezida aller gik reaksiyalar kuzatilgan 
bemorlarga biror bir dori vositasini qo‘llash dan oldin antigistomin dori 
moddalarini qabul qilish tavsiya etiladi.
Yüklə 8,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin