N. A. Tashpulatova stomatologik


XII BOB  TISH OLISH OPERATSIYASI



Yüklə 8,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix22.10.2019
ölçüsü8,96 Mb.
#29404
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
stomatologik kasalliklar


XII BOB 
TISH OLISH OPERATSIYASI
Tish olish deb tish ildizini alveola katagi devori va milk cheti bilan 
biriktirib turuvchi bog‘lamlarni kuch ishlatish yo‘li bilan o‘z o‘rnidan 
sug‘urib olishga aytiladi. Tish olish operatsiyasi bemorning psixo-
emotsional travmasi bilan kechadi.
Tish olish operatsiyasiga ko‘rsatmalar:
1.  Odontogen osteomiyelitning o‘tkir fazasidagi tishlarni;
2.  Odontogen yiringli periostitga sababchi tishni;
3.  Tishni konservativ usullarda davolashning natijasi bo‘lmasa;
4.  Tishni toj qismi yemirilib va tish ildizini protezlash uchun qo‘l-
lab bo‘lmasa;
5.  Jag‘lar singanida, siniq chizig‘ida joylashgan tishlarni;
6.  Retensiyalangan tishlarni;
7.  Shilliq pardani surunkali jarohatlovchi tishlarni;
8.  Tish qimirlashning 4-darajali tishlarni;
9.  Makrognatiyada 3-molyar murtaklarini;
10.  Ortodontik davo maqsadida;
11.  Ortiqcha tishlarni.
Tish olish operatsiyasiga qarshi ko‘rsatmalar nisbiy bo‘lib ular 
quyidagilardan iborat:
1. Yurak – qon tomir kasalliklari (yurak infarktidan oldingi holat 
va infarkt o‘tkazilganidan keyin 3–6 oygacha), hafaqonlik kasalligi-
ning xuruj davri, tez-tez stenokardiyasi tutib turuvchi yurak ishemiya-
si va boshqalar;
2.  Buyrak kasalliklari (o‘tkir diffuz glomerulonefrit, o‘tkir nefroz);
3.  Yuqumli gepatitning o‘tkir davri;
4.  O‘tkir leykoz, agronulositoz;
5.  Gemorragik diatez (gemofiliya, Verilgof kasalligi);
6.  Xuruj davridagi ruhiy kasalliklar;
7.  Miyani qon bilan ta’minlanishining buzilishi;

115
8.  O‘tkir yuqumli kasalliklar (gripp, yuqori nafas yo‘llarining yal-
lig‘lanish kasalliklari);
9.  O‘tkir nurlanish kasalligi;
10.  Homiladorlikning 1, 2, 9 oylik davri;
11. Stomatitlar;
12.  O‘sma kasalliklarini nur bilan davolash jarayoni.
OMBURLAR YORDAMIDA TISH OLISH  
OPЕRATSIYASI
Tish olish uchun maxsus asboblar omburlar va elevatorlar qo‘lla-
niladi. Omburda quyidagi qismlar farqlanadi: tish tojini yoki ildizini 
tishlab, ushlab oluvchi qismi – tishlari; shifokor qo‘llari bilan ushlash 
uchun tutqichlari. Tishlarning anatomik tuzilishlariga, guruhlariga va 
qaysi jag‘da joylashganligiga qarab omburlar turlicha bo‘ladi (35-rasm).
Agar tishning toj qismi yemirilib ildiz qismi qolgan bo‘lsa eleva-
torlardan foydalaniladi. Elevatorlar uch qismdan iborat: ishchi qismi, 
biriktiruvchi qismi va tutqichdan.
Tish olish vaqtida milklarni yirtilib ketishini oldini olish va ombur 
tishlarini milk tagiga surib kiritishni osonlashtirish uchun yumshoq 
to‘qimalarni tish ildizidan ajratishdan boshlanadi. Buning uchun tish 
aylana bog‘lamini ildizdan, milkni esa alveola suyagidan silliqlovchi 
(gladilka) asbobi yordamida ajratiladi.
Tish olish operatsiyasi, ma’lum tartibda, ketma-ket bajariladigan 
bos qichlardan iborat. Bular quyidagilar:
35-rasm. Ombur:
1 – tishlari; 2 – qulfi; 3 – tutgichlari.

116
1. Omburni qo‘yish;
2. Omburni milk ostiga surib kiritish;
3. Ombur yordamida siqib ushlash (fiksatsiya);
4. Tish ildizini o‘z joyida siljitish (lyuksatsiya, rotatsiya);
5. Tishni yoki tish ildizini sug‘urib olish (traksiya).
Lyuksatsiya tish ildizini orol yoki dahliz tomonga qaratib ketma-
ket tebratma harakat qildirish yo‘li bilan, rotatsiya – tish ildizini o‘z 
o‘qi atrofida aylantirish yo‘li bilan siljitishdir.
Omburni qo‘yish.Ombur tutqichlari ochilib, tishning toj qismi 
ombur tishlari o‘qi bilan bir chiziqda mos keladigan holda joylanadi. 
Ombur tishga to‘g‘ri o‘rnatilgach, uning tishlari olinadigan tish o‘qi 
bo‘ylab yo‘naltirib, milk ostiga kiritiladi (37-rasm).
Olinadigan tishni ombur yordamida siqib ushlash (fiksa tsiya). 
Ombur yordamida tish shunday mahkam siqiladiki, tish va ombur bir 
butun yagona sistemani hosil qilishi kerak. Ammo siquvchi kuch o‘ta 
katta bo‘lmasligi lozim. Aks holda kariyes bilan yemirilgan tish par-
cha lanib ketishi mumkin. Kuchsiz siqilganda esa ombur siljib chi qib 
ketishi mumkin.
Tishni o‘rnidan siljitish. Tishni o‘z o‘rnida siljitish lyuksatsiya 
va rotatsiya harakatlari yordamida bajariladi. Bu bilan tish ildizi atro-
fidagi bog‘lamlardan uzish yo‘li bilan periodontning qarshiligi yen-
giladi. Rotatsiya harakatini bir ildizli tishlarda qo‘llash mumkin. 
Bunda tishni o‘z o‘qi atrofida 15°–20° ga burish kerak bo‘ladi. Ko‘p 
ildizli tishlarni mayatniksimon harakat bilan qo‘zg‘atiladi. Harakatning 
boshlanishi kuchsizroq bo‘lib, asta-sekin amplitudasi oshirib boriladi. 
 
a 
b
36-rasm. a – yuqori jag‘ uchun omburlar; b – pastki jag‘ uchun omburlar.

117
Pastki jag‘ tishlarni o‘rnidan siljitilganda birinchi harakat til tomonga 
qaratib bajariladi.
Tishni sug‘urib olish. Tish o‘z o‘rnidan barcha bog‘lamlardan uzib 
ozod qilingandan so‘ng sug‘urib chiqariladi. Tishni olish ro tatsiya va 
traksiya harakatlari bilan amalga oshiriladi. Qaysi tishni olinishiga 
qarab shifokorning va bemorning holati har xil bo‘ladi.
Tish ildizini olish. Ildizlarni maxsus omburlar va elevatorlar yor-
da mida olinadi. Elevatorlarning bir necha xillari mavjud. Ele vator 
yorda mida ildiz olish richag prinsipiga asoslangan. Elevator yordamida 
tish olish uchun chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i yor damida alveola 
o‘sig‘i ushlanadi, o‘ng qo‘ldagi elevatorning ishchi qismini olinadigan 
ildiz periodontal yorig‘iga kiritiladi. Elevatorni 0,4–0,6 sm kiritgandan 
so‘ng richagsimon harakat yordamida ildiz surib chiqariladi. Molyar 
tishlar ildizlarini olishdan, avval, ildizlarni bir-biridan fissur bor yor-
damida ajratiladi. So‘ng to‘g‘ri elevator yordamida ildizlar birin-ketin 
sug‘uriladi.
37-rasm. Tishlarni olish vaqtida yuqori va pastki jag‘larda  
omburlarning joylashishi.

118
Tish olingan yaraga ishlov berish. Olingan tish yoki ildiz  to‘ liq 
olinganligiga ishonch hosil qilish maqsadida to‘liq ko‘zdan kechi riladi. 
Olib tashlangan tish katagida taftish o‘tkaziladi. Taf 
tish 
ni, avval, 
alveola katagi devorida so‘ng tubida kichik yoki o‘rta jarrohlik qoshiq-
chasi yordamida amalga oshiriladi. Bu yerda mavjud bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan granulyatsion to‘qimalar, katak ichiga tushib qolgan suyak 
siniqlari, maydalanib ketgan ildiz qoldiqlari izlanadi va olib tashlanadi. 
Yuqori molyarlarni olingan dan so‘ng alveola katagini taftish qilish 
ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Aks holda yuqori jag‘ 
bo‘sh lig‘i (Gaymorov bo‘sh lig‘i) tubida perforatsiyasi sodir bo‘lishi 
mum 
kin. Tish katagi atrofidagi yumshoq to‘qimalar holati tahlil 
qilinadi. Osilib qolib, qayta tiklanishga shubha bo‘lgan laxtaklar kesib 
olib tashlanadi. Katta yirtilgan yaralar bo‘lsa, ular chetiga ingichka 
ketgut chok qo‘yiladi. Natijada tish katagidagi ortiqcha qon ketishi 
to‘xtaydi.
Steril dokali tamponlar yordamida alveola katagi devorlarini bir-
biriga yaqinlashtirish maqsadida bosiladi va tamponni 15–20 daqi-
qaga tishlab turish tavsiya etiladi. Bemor 15–20 daqiqa o‘tirib turi shi 
kerak bo‘ladi. Shifokor tamponlarni olib tashlab, qon ketmayotgan-
ligiga iqror bo‘lgandan so‘ng bemorga ruxsat beradi. Bemorga 2 soat 
ovqatlanmaslik, issiq yoki sovuq ovqatlarni iste’mol qilmaslik tavsiya 
etiladi.Olingan tishlarning o‘rni, asoratsiz bitganda, bu jarayon deyarli 
og‘riqsiz kechadi va 12–14 kun ichida tekis granulyatsiya bilan 
qoplanib, 1–4 oy ichida to‘liq bitadi.
TISH OLISH OPERATSIYASI ASORATLARI
Tish olish operatsiyasini amalga oshirish jarayonida umumiy va 
mahalliy asoratlar kuzatilishi mumkin. Umumiy asoratlarga qisqa 
mud datli hushdan ketish, kollaps va ayrim holatlarda shok holati paydo 
bo‘lishi mumkin. Mahalliy asoratlar yuzaga kelish davriga qarab tish 
olish operatsiyasi jarayoni vaqtida va operatsiyadan keyingi davrlarga 
bo‘linadi.
1. Qisqa muddatli hushdan ketish. Tish sug‘urishda eng ko‘p 
uchraydigan asorat bu bemordagi kuchli his-hayajon, qo‘rquv va 

119
noturg‘un nerv tizimi sabab bo‘lishi mumkin. Hushdan ketish oldidan 
bemor holsizlanadi, rangi oqaradi, sovuq ter bosadi, ko‘ngli aynaydi, 
oyoq-qo‘lining so‘vqotishi kuzatiladi, qulog‘i shang‘illaydi va ko‘z 
oldi qorong‘ulashadi. Bu holda muolajani to‘xtatish, bemor boshini 
engashtirish yoki uni gorizontal holatga keltirib, erkin nafas olishni 
ta’minlash kerak bo‘ladi. Bemorga novshadil spirtini hidlatish va yurak 
faoliyatini aktivlashtiruvchi tadbirlarni o‘tkazish lozim. Buning uchun 
teri ostiga 10% li kofein benzoat natriy yuboriladi. Agar tish olish 
operatsiyasi tugallanmagan bo‘lsa, operatsiya boshqa kunga qoldiriladi.
2. Kollaps. Kollaps – kishi hayotini xavf ostida qoldiradigan og‘ir 
holat. Kollapsda arterial va venoz qon bosimi keskin pasayadi. Mar-
kaziy nerv sistemasi faoliyati susayadi, moddalar almashinuvi buzi-
ladi, qon tomirlari devorining tonusi to‘satdan susayadi. Kollaps ko‘p 
qon ketganda, jismoniy va emotsional holsizlanishda, o‘tkir yuqumli 
kasalliklarda, zaharlanishlarda kuzatiladi. Kollapsda bemor ning to‘sat-
dan rangi oqarib, badani ko‘karadi, sovuq ter bosadi, nafasi yuzaki-
lashadi, pulsi susayadi, sistolik arterial bosim pasayadi va 60–50 mm 
simob ustuniga teng bo‘ladi.
Bemorni kollaps holatidan chiqarish uchun bemorni gorizontal 
holatga keltiriladi, mushak orasiga 1 % kordiamindan 1 ml, 1 % li me-
tazin 1 ml, teri ostiga 20 % kamfora eritmasidan 2 ml yubori ladi.
3.  Asfeksiya holatining kelib chiqishi. Olingan tishni, tam ponni 
qon laxtalarini nafas yo‘liga tushib qolishi asfeksiya holatini keltirib 
chiqaradi. Bemorda yo‘tal xuruji boshlanadi. Bemorni tezda rentgen 
tekshiruvidan o‘tkazib pulmanolog shifokor bilan birgalikda davo 
rejasi tuzilishi va yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.
4. Alveolalar osig‘ining sinishi. Alveolalar o‘sig‘i yoki jag‘ning bir 
qismini olinayotgan tish bilan birga qo‘porib chiqish.
5. Pastki jag‘ning sinishi. Kam uchraydigan asorat. Bunday asorat 
jag‘da patologik jarayon kechayotgan bo‘lsa sodir bo‘ladi (o‘smalar, 
osteomilit, tuberkulyoz, sifilis). Jag‘ sinishi agar tish olish operatsiyasi 
uslubi buzilib, qo‘pol harakat qilinsa ham sodir bo‘lishi mumkin.
6. Pastki jag‘ning chiqishi. Og‘iz o‘ta katta ochilsa va unga ver-
tikal bosim bilan ta’sir ko‘rsatilsa, sodir bo‘lishi mumkin. Shun day 

120
aso rat sodir bo‘lmasligi uchun chap qo‘l barmoqlari yordamida pastki 
jag‘ mahkam ushlab turiladi.
7. Tish ildizlarini atrofi yumshoq to‘qimalarga surib chi qarish
Tish ildizlarini olish texnikasini qo‘pol ravishda buzilishi, elevatordan 
noto‘g‘ri foydalanish va noto‘g‘ri kuch ishlatishi oqibatida kelib chi-
qadi.
8.  Qon ketish sabablari mahalliy va umumiy bo‘lishi mumkin. 
Ma halliy sabablar tish olish vaqtida alevola o‘sig‘ini, yumshoq to‘qima-
larni kuchli jarohatlash, granulatsiya to‘qimasining qolib ketishi. 
Umu miy sabablarga qon ivishi jarayonining buzilishi bilan kechuvchi 
qon kasalliklari yoki qon tomir tuzilishini buzilishi bilan kechuvchi 
kasalliklar kiradi.
Qon ketayotgan joyni aniqlash maqsadida og‘riqsizlantirish usulini 
o‘tkazgandan so‘ng tish katagi va atrof to‘qimalarda taftish o‘tkaziladi 
va qon laxtalaridan tozalanadi. Qon ketish sabablari aniqlanib to‘xta-
tiladi. Ko‘pincha qon ketish tish katagi yodoforomli tampon qo‘yish 
yordamida to‘xtatiladi.
9. Olingan tish operatsiyasidan keyingi og‘rishi. Odatda olingan 
tish o‘rni, og‘riqsizlantirish ta’siri o‘tgandan so‘ng ozroq og‘riydi va 
og‘riq bir necha soatdan so‘ng yo‘qoladi. Lekin ayrim hollarda oradan 
1–3 kun o‘tgandan so‘ng og‘riq paydo bo‘ladi. Bu og‘riqning sababi 
alveola katagiga yot jinsning (tish siniqlari, plomba bo‘laklari va 
boshqalar) tushib qolishi yoki tish olish paytida tish katagi devorlarini 
o‘ta kuchli bosimli shikastlantirish sabab bo‘ladi. Bunda alveola 
katagining yallig‘lanishi kuzatilmaydi.
10. Alveolit kasalligi. Bu kasallik olingan tish katagi devorlari-
ni, infeksiya tushishi va travma oqibatida to‘qimalarni reaktiv ligini 
pasayishi natijasida hosil bo‘ladigan yallig‘lanishdir. Uning sabablari 
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: tish olish paytida alveola 
katagi devorlarini va kataklararo to‘siqni o‘ta maydalanib ketishi, milk 
va shilliq qavatlarni operatsiya paytida ezilib, yirtilib ketishi natijasida 
alveola suyagini ochilib qolishi, tish olingandan so‘ng ildizlararo yoki 
tishlararo suyak to‘siqlarini katakni o‘tkir qirrali devorlarini ortiq cha 
joylari olib tashlanmaganligi va tekislan maganligi, elevator va kacha-
valar bilan alveola suyagiga kuchli jaro hat yetkazilganligi, tish olish 

121
ope ratsiyasini uzoq va travmali kechganligi, olingan tish katagida 
infek siyani bo‘lishi (o‘tkir yoki xuruj qilgan periodontit, asoratlangan 
parodontit va boshqalar), kechi rilgan somatik kasalliklar oqibatida 
organizmning umumiy reaktivligi pasayganligi.
Olingan tish o‘rnida doimiy kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘riq-
lar ba’zan quloqqa, chakkaga, ko‘zga, jag‘ osti va iyak osti sohalar-
ga uzatiladi. Bemorning umumiy holati yomonlashadi, holsizlanadi 
hamda tana harorat 37,3–37,8°C gacha ko‘tariladi. Og‘riqning kuchlili-
gidan bemorni ovqatlanishi o‘ta qiyinlashadi, uyqusi buziladi. Bemor 
og‘zidan qo‘lansa hid keladi.
Olingan tish katagi qizaradi biroz shishadi, odatda ivigan qon bo‘l-
maydi, uning devorlari kulrang karash bilan qoplanadi. Atrofidagi shil-
liq parda qizargan, shishgan, palpatsiya og‘riqli. Yaqin joylashgan lim-
fa tugunlari kattalashgan, shu sohada yuzning yumshoq to‘qimalari 
shishgan bo‘lishi mumkin.
Davolash. Bemorda mahalliy og‘riqsizlantirish o‘tkazilgach, quyi-
dagi ikki usuldan birini qo‘llab davolanadi.
1. Tish katagi antiseptiklarning iliq eritmasi bilan bosim ostida 
(shpris va uchi o‘tmaslashtirilgan ignadan foydalanib ) yuviladi.
2. Buning uchun 3% li vodorod peroksidi, 1:5000 nisbatdagi fura-
tsillin, 1:1000 nisbatdagi permonganat kaliy, xlorgeksidin erit malari 
ish latiladi. Katakdagi karash, ovqat qoldiqlari va so‘lak yuvib chiqa-
riladi. So‘ng o‘tkir jarrohlik kichkina qoshig‘i hamda qir g‘ich lar yorda-
mida katakdagi qon laxtagining qoldiqlari, suyak va tish bo‘lak lari, 
granulyatsion to‘qimalar ehtiyotlik bilan olib tashlanadi.
Tayanch iboralar:
Tish olish – tish ildizini alveola katagi devori va milk cheti bilan 
biriktirib turuvchi bog‘lamlarni kuch ishlatish yo‘li bilan o‘z o‘rnidan 
sug‘urib olishga aytiladi;
Ombur – tish tojini yoki ildizini tishlab ushlab oluvchi qul f va 
tutqichlardan tashkil topgan, tish olishda foydalaniladigan asbob;
Elevator – tish ildizini olishda foydalaniladigan asbob;
Fiksatsiya – ombur yordamida tishni siqib ushlash;
Lyuksatsiya, rotatsiya – tish ildizini o‘z joyida siljitish;
Traksiya – tishni yoki tish ildizini sug‘urib olish;

122
Asfeksiya – nafas yo‘lining to‘silib qolishi oqibatida nafas olol-
maslik;
Alveolit kasalligi – olingan tish katagi devorlarini, infeksiya tushi-
shi va jarohat oqibatida to‘qimalarni reaktivligining pasayishi nati-
jasida hosil bo‘ladigan yallig‘lanish.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Tish olish operatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Tish olishda qanday ko‘rsatmalar bor?
3. Tishni qanday asboblar yordamida olinadi?
4. Tish olish operatsiyasi nechta bosqichdan iborat?
5. Tish olishning fiksatsiya bosqichida qanday ish amalga oshiriladi?
6. Tish ildizini o‘z joyida siljitish bosqichi qanday nomlanadi?
7. Tish olish operatsiyasida qanday asoratlar kuzatilishi mumkin?
8. Tish olish operatsiyasi jarayonida qanaday qilib asfeksiya holati sodir bo‘lishi 
mumkin?
9. Alveolit qanday klinik ko‘rinishga ega?
10. Tish oldirgan bemorlarga qanday tavsiyalar beriladi?

123
XIII BOB 
YUZ-JAG‘ JAROHATLARI
Sinish deb suyak butunligining kuch ta’siri ostida qisman yoki 
to‘liq buzilishiga aytiladi. To‘liq sinishda suyak bo‘laklari to‘liq ajra-
ladi. To‘liq bo‘lmagan sinishlarda darz ketadi yoki yuzasi sinadi. 
Sinish chizig‘iga ko‘ra ko‘ndalang, qiyshiq va bo‘ylama bo‘ladi. 
Siniqlar soniga ko‘ra qo‘shaloq, ko‘p sonly, parchasimon bo‘ladi. Bun-
dan tashqari ochiq va yopiq sinishlar kuzatiladi. Ochiq sinishlar 
to‘qima larning uzilishi, og‘iz shilliq qavatining yirtilishi bilan o‘tadi-
gan sinishlardir. Yopiq sinishlarda suyakning shikastlangan qismi 
yum shoq to‘qimalar bilan yopilgan holatda bo‘ladi.  Sinish yuz berish 
mexa nizimiga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinishlar va bilvosita sinishlarga 
bo‘li nadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sinishlar zarba tushgan joyda sodir bo‘ladi, 
bilvosita sinishlar esa zarba tushgan joyga qarama-qarshi tomonda, 
suyak ning yupqa yoki egilgan qismida ro‘y beradi. Sinishda suyak 
usti pardasining butunligi buziladi, atrofdagi yumshoq to‘qimalar, 
qon tomirlar va nerv tolalar shikastlanadi. Bu o‘zgarishlar chaynash, 
yutish, so‘zlashish va nafas olish funk siyalarining buzilishiga olib 
keladi. To‘liq sinishlarda sinishga sabab bo‘lgan kuch ta’sirida, muskul-
larning tortilishi va suyak siniq bo‘lak larining o‘z og‘irligi ta’sirida 
suyak bo‘laklari siljiydi.
PASTKI JAG‘ JAROHATLARI VA SINISHLARI
Pastki jag‘ sinishlari yuz skeleti suyaklari sinishlariga nisbatan 
ko‘p sodir bo‘ladi.
Agar, pastki jag‘ o‘rta chiziq bo‘ylab iyak sohasida sinsa siniq 
bo‘laklari siljishi minimal bo‘ladi yoki siljimaydi. Chaynov muskul-
larining tortishish kuchi oqibatida suyak bo‘laklari orasida kichik yoriq 
paydo bo‘lishi mumkin. Agar, pastki jag‘ qoziq tish sohasida sinsa, 
siljish kuzatiladi. Chaynov muskullarining qisqarishi natija sida kichik 
suyak bo‘lagi yuqoriga ko‘tariladi, katta suyak bo‘lagi pastga suriladi.

124
Qoziq tishlar sohasidagi ikki tomonlama sinishda o‘rtadagi siniq 
bo‘lagi orqaga va pastga siljiydi bu esa tilni orqaga ketib qolib asfek-
siyani keltirib chiqishiga sabab bo‘ladi. Pastki jag‘ burchagi sohasidagi 
sinishlarda sinish chizig‘i muskullar yopishgan joy burchagining o‘rta-
sidan o‘tadi. Bunda agar muskullarning tortishish kuchi ikkala siniq 
bo‘lagiga bir hil taqsimlansa siljish sodir bo‘lmaydi yoki biroz siljiydi. 
Pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ning sinishlari aksariyat hollarda ikki tomon-
lama bo‘ladi. Siljish sodir bo‘lib ochiq prikus hosil bo‘ladi (38-rasm).
Pastki jag‘ tish qatorlari sohasining sinishlarida suyak bo‘laklari 
siljishidan tashqari prikusning o‘zgarishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq par-
dasining butunligi buziladi. Jag‘ oldi to‘qimalarining jaro hatli zarar-
lanishi, yallig‘lanish jarayonining boshlanishiga, bu esa jag‘ harakatini 
chegaralanishiga olib keladi. Pastki jag‘ singan bemor larning og‘zi 
yarim ochiq bo‘lib, qonli so‘lak ajralib turadi. Pastki jag‘ning majburiy 
holatda bo‘lishi og‘iz yopilganda hosil bo‘ladigan keskin og‘riq bilan 
bog‘liq. Ko‘pincha iyak va pastki labning sezuvchanligi va tishlarning 
elektr sezuvchanligi pasayadi.
38-rasim. Pastki jag‘ sinishlari.

125
YUQORI JAG‘ JAROHATLARI VA SINISHLARI
Yuqori jag‘ suyagining kalla skeleti suyaklari bilan mustahkam 
choklar hosil qilib birikkanligi uchun ko‘pincha sinish vaqtida boshqa 
suyaklar sinishi ham kuzatiladi. Katta asosiy suyak sinishi ham sodir 
bo‘lishi mumkin.
Yuqori jag‘ning bir necha zaif joylari mavjud bo‘lib, sinishlar shu 
sohada yuz beradi.
1900-yilda Le-For tomonidan yuqori jag‘ sinishlari ta’rifi bayon 
etilgan.
Le-For bo‘yicha 1-tip. Bu tipda sinish chizig‘i noksimon teshik 
asosi bo‘ylab yuqori jag‘ do‘ngchalari tomon yo‘nalishda asosiy suyak-
ning qanotsimon o‘simtalari uchiga gorizontal yo‘naladi. U alveo lyar 
o‘siq asosidan oz-moz yuqoriroqdan, qattiq tanglay gum bazi ustidan 
o‘tadi, yuqori jag‘ bo‘shlig‘ini kesib o‘tib, bo‘shliq ning tubi sinib 
tusha di. Burun to‘sig‘i sinishi ham qayd qilinadi. Agar to‘liq sinish 
yuz bergan bo‘lsa, sinish butunligicha pastga siljiydi, noto‘liq sinishda 
uning qimirlab qolishi qayd qilinadi.
Le-For bo‘yicha 2-tip. Sinishning bu turida yuqori jag‘ yonoq 
suya gi va bosh suyagi asosidan boshlab burun suyaklari bilan birga 
uzi lib tushadi. Sinish chizig‘i ko‘z kosasining ichki devorini kesib o‘ta-
di, orbita tubi bo‘ylab pastki orbital qirg‘oq orqali yonoq suyagi bilan 
birikish sohasida o‘tadi. Sinishning orqa ichki chizig‘i burun to‘si g‘i va 
qanotsimon o‘simtalar asosi orqali o‘tadi. Bu tip sinishda g‘alvirsimon 
suyak va bosh suyagi asosining sinishi qo‘shilib kelishi mumkin.
Le-For bo‘yicha 3-tip. Sinish chizig‘i ko‘z kosasining ichki devo-
ridan uning tashqi devoriga o‘tadi, ko‘z kosasining tashqi orbital 
cheti ni va yonoq ravog‘ini kesib o‘tadi. Yuqori jag‘ning burun o‘sig‘i 
va yonoq suyagi bilan uzilib tushishi ro‘y beradi. Ko‘pincha bosh 
suyagining asosidagi suyaklarining sinishi ham kuzatiladi. Yuqori jag‘ 
sinishida siniqning siljishi, siniq chizig‘i bo‘ylab og‘riq, ko‘z kosasi 
sohasiga qon quyilganligi (ko‘zoynak simptomi) kuzatiladi (39-rasm).
Le-For hamma sinish variantlarini aks ettirmaydi. Yuqori jag‘ 
sinishida bemor bosh og‘rig‘i, jag‘larini jipslashtira olmasligi, qir sil lash 
sezgisi paydo bo‘layotganidan shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tka zil ganda 
yuzning o‘rta qismidagi shishi ayrim hollarda ko‘z kosasi ning ichki 

126
burchagining qontalashgan holatda bo‘lishi kuzatiladi. Burun suyagi 
sinishi bilan kechganida burun deforma tsiyaga uchraydi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘rikdan o‘tkazilganda prikusning o‘zgargan-
ligi, suyak bo‘laklarining orqaga siljishi oqibatida ochiq prikus hosil 
bo‘lishi mumkin.
YUZ-JAG‘ SOHASI JAROHATLARI VA SINISHLARIDA 
BIRINCHI TIBBIY YORDAM
Yuz-jag‘ sohasi jarohatlarida, avvalombor qon ketishini, asfeksiya 
va shokni bartaraf etish zarur. Yuz-jag‘ sohasi jarohatida bemorning 
ahvo li singan suyak bo‘laklarining siljishidan og‘irlashishi mumkin. 
Birinchi yordam quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak: qon 
oqishini to‘xtatish, asfiksiyani oldini olish, shokka qarshi kurash va 
jag‘larni immobilizatsiya qilinishi.
Yüklə 8,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin