N. A. Tashpulatova stomatologik



Yüklə 8,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix22.10.2019
ölçüsü8,96 Mb.
#29404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
stomatologik kasalliklar


ENDEMIK FLYUOROZ
Tish qattiq to‘qimalarida qayd etiladigan bunday xastalik organizm-
ga tashqi muhitdan ichimlik suvi orqali me’yordan ko‘proq ftor ele-
mentining (suvda erigan holda) kirishi oqibatida yuzaga keladi. Flyuo-
roz bu ftor elementi chaqirishi mumkin bo‘lgan gipoplaziyadir, desak 
ham xato qilmaymiz. Kishi organizmining ftorga bo‘lgan bir sutkalik 
talabi 3,5 mg atrofidadir. Bu talab asosan ichimlik suvi tar kibida 
bo‘ladigan ftor orqali qondiriladi. Organizmning ana shunday talabini 
qondirish uchun ichimlik suvining 1 litrida 0,8–1,2 mg ftor bo‘lishi 
kifoyadir. Ichimlik suvi tarkibidagi ftor miqdori ko‘rsatil gandan oshib 
ketgan hollarda flyuoroz xastaligi kuzatiladi. Flyuoroz xastaligi 5 xil 
shaklda namoyon bo‘ladi.
Chiziqchali (shtrixli) shakli. Bunda tish emali sathida ko‘pincha 
vertikal yo‘nalishdagi bo‘rsimon chiziqlar paydo bo‘ladi. Ayrim hol lar-
da bu chiziqlar faqat lupa oynasi orqali qaralganda aniqlanishi mum-
kin bo‘lgan darajada nozik bo‘lishi tabiiy. Emal qavatining bu xil 
jaro hatlanishi ko‘pincha yuqori jag‘ markaziy va yon kurak tishlari 
sathi dagina, ba’zan esa pastki kurak tishlarda namoyon bo‘ladi. Bu 
xas talikda tish emal qavatining faqat dahliz (vestibulyar) sathigina 
o‘zgarishga uchraydi.
Dog‘simon shakli. Tish emal qavati sathida katta-kichik, yaqqol 
namoyon bo‘luvchi bo‘rsimon rangli dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘lar 
yalpi bo‘lib, unda chiziqlar bo‘lmaydi va ular butun emal qavati sathi 

52
bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Ayniqsa bunday dog‘lar kurak tishlarining 
kesuvchi qirralari atrofida ko‘plab hosil bo‘ladi. Emaldagi bu xil dog‘-
lar keskin sog‘lom to‘qimaga o‘tib ketadi. Dog‘li emal sathi silliq va 
yaltiroqdir. Dog‘lar aksariyat hollarda oldingi kurak tishlarda uchra-
sada, boshqa tishlar ham ulardan xoli bo‘lmaydi (13-rasm).
Hol-hol bo‘rsimon nuqtali shakli. Flyuoroz xastaligining bu xil 
shakli har xil klinik belgilar bilan kechadi. Odatda tish emal qavati 
bo‘r rangida bo‘ladi. Ba’zan esa u yaltiroqligini saqlashi yoki tiniqligini 
yo‘qotishi mumkin. Emal sathida jarohatli nuqta (chuqurcha)lar paydo 
bo‘lishi xususiy hol hisoblanadi. Bunday chuqurchalar atrofi (devorlari) 
notekis, qoramtir tusda bo‘lib, o‘lchamlari 1–1,5 mm diametrli, chu-
qurligi esa 0,1–0,3 mm bo‘ladi. Bu xil nuqtasimon chuqurchalar, ak-
sa 
riyat hollarda tish emalining dahliz sathida joylashgan bo‘ladi. 
Bun day sathlarda emalning jarohati natijasida ochilib qolgan dentin 
to‘qi masining yuzasi och sarg‘ish rangdan tortib, qo‘ng‘ir-to‘q jigar-
ranggacha bo‘yalgandir.
Flyuoroz xastaligi ba’zan emalning eroziyasi shaklida ham na mo-
yon bo‘ladi. Bo‘rsimon rangli emal sathida birmuncha keng va chu qur 
jarohatlar paydo bo‘lib, tish yuzasining katta qismini egalla shi mumkin. 
Hosil bo‘lgan jarohatlar har xil notekis shakllarga ega bo‘ladi. Emalning 
bu xil jarohatlanishi natijasida tishlar kuchli yemiriladi.
Destruksiya shaklida kechuvchi flyuoroz xastaligi. Emalning bu 
xil jarohatlanishi, aksariyat hollarda suv tarkibida ftorning me’yordan 
13-rasm. Flyuoroz.

53
bir necha marotaba ko‘p bo‘lishi natijasida, shu suv ichiladigan hudud 
va tumanlardagina qayd qilinadi. Bunday hollarda tishning nafaqat 
emal qavati jarohatlanib qolmay, balki dentin to‘qimasining jarohat-
lanishi ham kuzatiladi. Natijada tish koronkasining shakli o‘zgarishi, 
uning kuchli yemirilishi hollari namoyon bo‘ladi. Tish emal qavatining 
tusi keskin o‘zgaradi.
Flyuoroz xastaligida bemorlar tishlarining rangi o‘zgarishidan, ba’-
zan ularning yemirilayotganidan shikoyat qilishadi. Flyuoroz xasta-
ligidagi emal rangining o‘zgarishini kariyes va gipoplaziya natijasi-
da sodir bo‘ladigan aynan shu xildagi o‘zgarish lardan farqlay bilish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Solishtirma tashxis. Flyuorozni aniqlashda kariyes kasalligi bilan 
solishtirma tashxis o‘tkaziladi. Kariyesda nuqson bitta va bo‘yin qis-
mida joylashgan, flyuorozda esa bir nechta va tishning vestibulyar 
yuzasida joylashadi.
Davolash. Davo tadbirlari tish qattiq to‘qimalaridagi o‘zgarishlar-
ning chuqurligiga bog‘liqdir. Jarohatlarning chuqurligi natijasida tish-
larda yemirilishlar, toj qismi shaklining o‘zgarishi sodir bo‘lgan taq-
dirda davo tadbirlari ortopedik usulda olib boriladi. Yengil klinik 
belgilar bilan kechuvchi flyuoroz xastaligida terapevtik davo chora-
tadbirlari qo‘llaniladi. Tishlar sathida hosil bo‘lgan dog‘larga kuchsiz 
kislotalar eritmasi bilan ishlov berilib, undan keyin minerallashtiruvchi 
xususiyatga ega bo‘lgan eritmalar yordamida dog‘lar yo‘qotiladi. Pig-
mentli dog‘larni yo‘qotishda 10% li xlorid, fosfat kislotasini ishla tish 
maqsadga muvofiqdir. Fosfat kislotasi kompozit plomba to‘ldirgich-
lar tarkibida alohida shisha idishda bo‘ladi. Flyuorozni davolash va 
profilaktika qilish uchun suvdagi ftor miqdorini me’yorga olib kelish 
kerak. Hozirgi kunda flyuorozni fotopolimerlar bilan davolanadi.
TISH MILKNI YORIB CHIQQANIDAN SO‘NG HOSIL 
BO‘LGAN NUQSONLAR
Patologik yedirilish. Har qanday tish yoshga qarab sekin-asta 
yediriladi. Ushbu yedirilishni fiziologik yedirilish deyiladi. Lekin 
ayrim hollarda yedirilish tez kechadi va bu yedirilishni patologik yedi-

54
rilish deyiladi. Patologik yedirilish anomaliyali prikuslarda, yomon 
odatlar oqibatida, zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirida, masalan 
havoda kislota parlari ko‘p bo‘lganida sodir bo‘ladi. Tishlar yedirilishi 
yuqori va pastki jag‘larni bir-biriga yaqinlashtiradi. Bu esa prikus 
balandligining pasayishiga va natijada yuz shaklining o‘zgarishiga olib 
keladi. Ayrim hollarda patologik yedirilishda bemor gipersteziyadan 
(sezuvchanlik) shikoyat qiladi. Patologik yediri lishni davolash tish 
qatorlariga olinadigan yoki olinmaydigan orto pedik protezlar tayorlash, 
modda almashinuvini yaxshilash va kalsiy preparatlarini qabul qilishga 
qaratiladi, avvalambor, patologik yedirili shni keltirib chiqargan sabab-
chi faktor bartaraf etiladi, gipersteziya davolanadi. Ortoped stomatolog 
bilan maslahatlashgan holda prikus balandligi tiklanadi.
Ponasimon nuqson. Ponasimon nuqson o‘rta va katta yoshdagi in-
sonlarda uchraydi. Kasallikning kelib chiqishida mexanik ta’sir muhim 
o‘rin tutadi. Tishlarning vestibulyar yuzasining bo‘yin qismida «V» 
shaklida nuqson paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha premo-
lyarlarda kuzatiladi. Nuqson yuzasi silliq, yaltiroq, qattiq bo‘ladi. Ka-
sallik sekin, ikkilamchi dentin hosil bo‘lishi bilan kechadi. Shuning 
uchun ko‘pincha bemor og‘riqlardan shikoyat qilmaydi. Ayrim hollarda 
bemorlar ximik, termik, mexanik ta’sirlardan hosil bo‘lgan qisqa mud-
datli og‘riqdan va albatta kosmetik nuqsondan shikoyat qilishadi (14-
rasm).
14-rasm. Ponasimon nuqson.

55
Solishtirma tashxis. Ponasimon nuqsonni aniqlashda tish qattiq 
to‘qi 
malari eroziyasi bilan solishtiriladi. Ponasimon nuqson uning 
shak li, joylashish o‘rni, og‘riqli sezgilarning yo‘qligi bilan farqli.
Davolash. Davolash kasallikning rivojlanish darajasiga bog‘liq. 
Ka 
sallikning boshlang‘ich bosqichlarida remineralizatsiya terapiya-
si o‘tkaziladi. Agar nuqson 2 mm dan katta bo‘lsa kompazit plomba-
lovchi xomashyolar yordamida plombalanadi.
Tish qattiq to‘qimalari eroziyasi. Xastalik tish emalida ba’zan 
emal va dentinda hosil bo‘ladi. Tishning vestibulyar yuzasida bo‘yin 
qis miga yaqinroq oval, yumaloq, noaniq shaklga ega bo‘lgan nuqson 
paydo bo‘ladi.
Eroziya faqat kurak, qoziq va premolyarlarda kuzatiladi. Eroziya 
ikkitadan ortiq tishlarda uchraydi. Bemorlar mexanik va termik 
ta’sir lardan hosil bo‘ladigan keskin og‘riqdan (gipersteziya) shikoyat 
qiladilar. Xastalikning boshlanish shaklida, emal eroziyasida emal-
ning rangi o‘zgarmaydi, silliq, yaltiroq bo‘ladi. Rivojlangan shakl larida 
nuqson dentinni ham zararlab, och sariq ayrim hollarda to‘q rangga 
ega bo‘ladi. Klinik kechishiga ko‘ra ikki shaklga bo‘linadi: aktiv va 
stabil. Kasallikning aktiv shaklida gipersteziya bilan kechuvchi nuqson 
paydo bo‘ladi. Stabil shaklida nuqson sekin paydo bo‘ladi, bemor 
og‘riqlardan shikoyat qilmaydi.
Solishtirma tashxis. Eroziyani aniqlashda solishtirma tashxis pona-
simon nuqson va yuza kariyes bilan o‘tkaziladi. Kariyesda nuqson tubi 
va cheti g‘adir-budur, eroziyada esa aksi silliq bo‘ladi. Ponasimon nuq-
son nuqsonning shakli bilan farq qiladi.
Davolash.  Davolash kasallikning kechish shakliga bog‘liq. Kasal-
likning boshlang‘ich bosqichida gipersteziya bartaraf qilina di va remi-
neralizatsiya terapiyasi o‘tkaziladi. Nordon sharbatlar, mevalar iste’mol 
qilmaslik tavsiya etiladi. Kasallikning og‘ir forma larida nuq son kom-
pozit plomba xomashyolari bilan plombalanadi.
TISH JAROHATLARI
Tish jarohatlari o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir jarohat ta’sirida 
lat yeyishi, tishning chiqishi va sinishi kuzatiladi.

56
Lat yeyish
Lat yeyishda tish tish qatorlarini jipslashtirilganda va tishlaganda 
og‘riydi. Palpatsiya biroz og‘riqli bo‘ladi. Og‘riqlar ayniqsa tish ildizi 
sohasidagi o‘tuv burma sohasida, hamda tishni qimirlatilganda kuza-
tiladi. Tishning toj qismining rangi o‘zgarib, pushti tusga kiradi. 
Davo lash uchun og‘riqsizlantiriladi, tish bo‘shlig‘i ochiladi, pulpa eks-
terpatsiya qilinib, plombalanadi. Agar tish toj qismining rangi o‘z-
garmasa, pereodontdagi reaksiyani bartaraf qilish maqsadida tishga 
bir necha kun «dam» beriladi. Ya’ni shu tishda ovqat luqmasi uzib 
olinmaydi, chaynalmaydi.
Tishning chiqishi
Tishning chiqishi deb, uning alveola katagida bo‘shashib qolishiga 
aytiladi. Tishning chiqishi to‘liq, to‘liq bo‘lmagan va ezilgan bo‘lishi 
mumkin. Tishning to‘liq chiqishida tish pereodontal tolalardan to‘liq 
uzilib, alveola katagidan chiqishi oqibatida tishning tushishi kuzatiladi. 
To‘liq bo‘lmagan chiqish tish ildizining alveola katagida qisman 
nishablanishi va pereodontal tolalarning jarohatlanishi bilan kechadi 
(15-rasm). Tish chiqishida bemor tish holatining o‘zgarganligiga, 
15-rasm. Yuqori o‘ng markaziy kurak tishning to‘liq chiqishi, chap markaziy 
kurak tishning to‘liq bo‘lmagan chiqishi.

57
og‘riq dan va qimirlab qolganligidan shikoyat qiladi. Tishning ezilgan 
chiqishida tishni alveola katagidan jag‘ tanasi tomon qisman yoki 
to‘liq nishablanganligi va suyak to‘qimasining qisman buzilganligi 
kuzatiladi. Tish ildizi atrofidagi suyak to‘qimasining holati muhim 
ahamiyatga ega. Agar tish ildizining yarmidan ortiq qismi alveola 
katagida saqlanib qolgan bo‘lsa uni saqlab qolishga harakat qilinadi. 
Buning uchun, avval og‘riqsizlantiriladi va tishni o‘z o‘rniga to‘g‘ri-
lanadi. So‘ng tish qimirlashining oldini olish, «dam» berish maqsadida 
shinalanadi. Shinalangandan so‘ng pulpa holatini aniqlash uchun 
EOD qilinadi. Agar EOD u 2–3 mkA ga teng bo‘lsa pulpa faoliyati 
saqlangan, 100 mkA ga teng bo‘lsa pulpa nekrozga uchragan bo‘ladi. 
Agar pulpa zararlangan bo‘lsa eksterpatsiya qilinadi va plombalanadi.
Tishning sinishi
Tishning sinishi uning toj qismida yoki ildiz qismida sodir bo‘li shi 
mumkin. Toj qismi sinishi tish bo‘shlig‘ining berkligi yoki ochiq ligi 
bilan kuzatilishi mumkin. Tishning toj qismining sinishi tish bo‘sh-
lig‘ining yopiqligi bilan sodir bo‘lsa tishni kompazit plombalar yorda-
mida tiklanadi. Sinish tish bo‘shlig‘ining ochilishi bilan bog‘liq bo‘lsa 
og‘riqsizlantirib, pulpa eksterpatsiya qilinadi va plombalanadi.
Tish ildizi sinishining quyidagi turlari farqlanadi: ko‘ndalang, 
bo‘ylama, qiyshiq va parchalangan. Sinish turiga qarab tashxis va 
davo turi aniqlanadi. Tashhisni aniqlashda rentgenologik tekshiruv 
muhim o‘rin tutadi. Bo‘ylama, qiyshiq va parchalangan sinish turlarini 
davolash birmuncha qiyinchilik tug‘diradi va ulardan tayanch sifatida 
foydalanib bo‘lmaydi. Ko‘ndalang sinishda sinish yo‘li ildizning turli 
qismidan o‘tishi mumkin. Agar sinish yo‘li ildizning 1/4–1/3 qismi 
yoki o‘rtasidan o‘tsa depulpatsiya qilinadi, ildiz kanali plombalanadi va 
mahsus shtift (o‘zak) yordamida tutashtiriladi.
KARIYES
Kariyes – lotincha so‘z bo‘lib «chirish» degan ma’noni anglatadi. 
Kariyes keng tarqalgan kasallik bo‘lib, aholining 95% da uchraydi. 
Kariyes murakkab patologik jarayon bo‘lib, bunda tish to‘qimalari tez 

58
yoki sekin yemiriladi va tishda zararlangan bo‘shliq – kovak hosil 
bo‘la di. Hozirgi vaqtda kariyesning kelib chiqishi haqida bir necha 
yuz nazariyalar bor. Kariyesni kelib chiqishida ko‘pgina faktorlar o‘rin 
tutadi. Asosiy faktorlarga quyidagilar kiradi:
 
– og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi;
 
– ovqat va ovqatlanish rejimi;
 
– suv tarkibidagi ftorning miqdori;
 
– so‘lakning tarkibi va hajmi;
 
– organizimning umumiy holati;
 
– organizimga bo‘lgan ekstremal ta’sirlar;
 
– tashqi va ichki muhitdagi endogen va ekzogen faktorlar.
Kariyesning uch xil turi mavjud: anatomik, topografik va klinik. 
Anatomik tasnif asosan emal kariyesi, dentin kariyesi, sement kariyes-
dan iborat. Topografik tasnif xastalik chuqurligiga asoslangan bo‘lib 
quyidagicha bo‘linadi: dog‘ shaklidagi kariyes, yuza kariyes, o‘rta ka-
riyes va chuqur kariyes (16-rasm).
Klinik kechishi bo‘yicha tez kechuvchi va sekin kechuvchi kari-
yeslar mavjud. Klinik ko‘rinishiga ko‘ra oq va pigmentlangan dog‘lar 
(jigarrangdan qong‘ir ranggacha) bo‘ladi. Tekshirishlarda kariyes jadal 
kechganda oq, sekin kechganda pigmentlangan bo‘lishi aniq lan gan. 
Kariyesni kechishi esa davo rejasini tuzishda katta ahamiyatga ega.
Kariyes kovaklari Blek tasnifiga asosan V ta sinfga bo‘linadi:
I sinf kichik va katta oziq tishlarning fissuralari, tabiiy izlarda 
joylashgan kariyes kovaklari;
 
a 
b 
d 
e
16-rasm. Kariyes bosqichlari:
a – kariyes dog‘ shaklida; b – yuza kariyes; d – o‘rta kariyes; e – chuqur kariyes.

59
II sinf premolyar va molyarlarning kontakt yuzalarda joylashgan 
kariyes kovaklari;
III sinf kesuv qirraning butunligi saqlangan qoziq va kesuv tish-
larning kontakt yuzalaridagi kariyes kovagi;
IV sinf kesuv qirra burchagining butunligi buzilgan qoziq va kesuv 
tishlarning kontakt yuzasidagi kariyes kovagi;
V sinf tishlarning vestibulyar va oral yuzalarining bo‘yin qismida 
joylashgan kariyes kovaklari.
Dog‘ shaklidagi kariyes
Odatda dog‘ shaklidagi kariyesda bemorlar hech qanday subyek tiv 
sezgilarni qayd qilmaydilar. Ayrim hollarda bemorlar tishning qama-
shishidan shikoyat qiladilar. Emal demineralizatsiyasi chegara langan 
yuza da rangining o‘zgarishi, uni oq, och jigarrang, to‘q jigarrangdan 
qon g‘ir tusgacha bo‘lishi kuzatiladi. Kasallik tishning chegaralangan 
qismida emal yaltiroqligini yo‘qolishi bilan boshlanadi. Odatda bun-
17-rasm. Blek bo‘yicha kariyes kovaklari tasnifi:
a – I sinf; b – II sinf; d – III sinf; e – IV sinf; f – V sinf.
a
b
d
e
f

60
day o‘zgarishlar tishning bo‘yin qismida joylashadi. Zondlaganda ush-
bu yuza tekis, og‘riqsiz. Vital bo‘yash sinamasida dog‘ ko‘k rangga 
bo‘yaladi. EOD da tish pulpasi 2–6 mkAga javob beradi. Transillyumi-
natsiya dog‘ning hajmi va joylashishidan qat’iy nazar aniqlanadi. Dog‘ 
shaklidagi kariyes flyuoroz va gipoplaziya bilan solishtirma tashxis 
o‘tkaziladi.
YUZA KARIYES
Yuza kariyes hosil bo‘lgan dog‘ kariyes o‘rnida destruktiv o‘zga-
rishlar natijasida hosil bo‘ladi. Bemor ximik ta’sirlar shirin, sho‘r, 
nordondan hosil bo‘ladigan qisqa muddatli og‘riqdan shikoyat qiladi. 
Agar kariyes kovagi tishning bo‘yin qismida joylashgan bo‘lsa 
termik ta’sirdan ham og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘rik o‘tkazilib 
zondlaganda kichik nuqson aniqlanadi. Nuqson faqat emal qavatida 
joylashadi. Elektr sezuvchanlik 2–6 mkA teng bo‘ladi. Yuza kariyesni 
aniqlashda gipoplaziya, tish eroziyasi, pona 
simon nuqson bilan 
solishtirma tashxis o‘tkaziladi.
O‘rta kariyes
O‘rta kariyesda nuqson emal, dentin chegarasidan o‘tib o‘rtacha 
chuqurlikka ega bo‘ladi. Aksariyat hollarda bemor og‘riq sezmaydi. 
Kamdan-kam hollarda bemor termik, mexanik, ximik ta’sirlardan 
paydo bo‘ladigan qisqa muddatli og‘riqdan shikoyat qiladilar. Ko‘rik 
o‘tkazilib, zondlaganda o‘rtacha chuqurlikka ega bo‘lgan kariyes 
kovagi borligi, kovak tubida yumshagan dentin borligi uchun g‘adir-
budurliligi aniqlanadi. O‘rta kariyesni aniqlashda ponasimon nuqson, 
eroziya, surunkali periodontit bilan solishtirma tashxis o‘tka ziladi. 
Gipoplaziya, eroziya, ponasimon nuqson belgilari yuqo 
rida bayon 
etildi. Surunkali pereodontit bilan solishtirma tashxis o‘tkazilganda 
quyidagilarga e’tibor beriladi. O‘rta kariyesni charxlaganda sezuv-
chanlik emal dentin chegarasida mavjud. Surun kali periodontitda esa 
sezuvchanlik yo‘q. Elektr sezuvchanlik o‘rta kariyesda 2–6 mkA ga, 
pereodontitda esa 100 mkA ga teng bo‘ladi.

61
Chuqur kariyes
Chuqur kariyes uchun hamma turdagi ta’sirlardan hosil bo‘la digan 
qisqa muddatli og‘riq xosdir. Og‘riq ta’sir etuvchi muolajani olgandan 
so‘ng to‘xtaydi. Ko‘rik o‘tkazilib yumshagan dentin bo‘l gan chuqur 
kariyes kovagi borligi aniqlaniladi. Zondlanganda kariyes kovagi tubi 
og‘riqli, elektr sezuvchanligi 2–6 mkA ga teng, lekin ayrim hollarda 
10–12 mkA ga teng bo‘ladi. Chuqur kariyesni aniqlashda o‘rta kariyes, 
o‘tkir qisman pulpit va surunkali fibroz pul pit bilan solishtirma tash-
xis o‘tkaziladi. O‘rta kariyes ta’sirlardan hosil bo‘lgan og‘riq bilan, 
kovakning chuqurligi bilan farqlanadi. Pul pit lardan og‘riqning o‘z-
o‘zidan paydo bo‘lishi, og‘riqning davo miyligi bilan farqlanadi. Pul-
pitlarda elektr sezuvchanlik 15–20 mkA ga teng bo‘ladi.
Kariyeslarni davolash
Kariyesni davolash mahalliy va umumiy xarakterga ega. Umumiy 
xarakterga ega bo‘lgan davolash tadbirlari odam organizmining hi-
moya kuchlarini, to‘qimalar rezistentligini oshirishga qaratilgan. Shu 
maqsadda bemorga B, D, E vitaminlar hamda mineral komponentlar 
tavsiya etiladi. Masalan, glyukanat kalsiy, fitin.
Mahalliy davo to‘qimalarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga bog‘liq. 
Dog‘ shaklidagi kariyesda to‘qimalar charxlanmaydi va dog‘ hosil 
bo‘l gan demineralizatsiya bo‘lgan sohaga yo‘qotilgan mineral kompo-
nentlar kiritiladi. Buning uchun remineralizatsiyalovchi eritmalar 
apli katsiya qilinadi. Ushbu eritmalarning asosiy komponentini kalsiy, 
fosfor, ftor tashkil etadi. Remineralizatsiya terapiyasining effektivligini 
vital bo‘yash sinamasini o‘tkazib aniqlanadi. Tarkibida ftor saqlovchi 
tish pastalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Tishda kariyes kovagi bo‘lgan tishlarni davolash uchun patologik 
o‘zgarish sodir bo‘lgan to‘qimalarni olib tashlanadi.
O‘rta kariyesni davolashda kariyes kovagini charxlab, shakllan tirib, 
quritilib, avval taglik so‘ng doimiy plomba qo‘yiladi.
Chuqur kariyesni davolashda kariyes kovagining mikroflorasini 
zararsizlantirish pulpaning yallig‘lanishining oldini olish maqsadida 
davolovchi malham qo‘yiladi. Davolovchi malham sifatida tarkibida 

62
gid rookisid kalsiy bo‘lgan pastalardan foydalaniladi. Davo lovchi mal-
ham dan so‘ng ajratuvchi suvli dentin, fosfat sementli taglik so‘ng doi-
miy plomba bilan tiklanadi.
Yuza, o‘rta va chuqur kariyeslarda albatta patologik o‘zgargan to‘-
qi ma larini olib tashlash kerak bo‘ladi. Buning uchun tish charx lanadi.
Tishni charxlash kariyesni davolashning asosiy bosqichlaridan dir. 
Kariyes kovagi sinfidan qat’iy nazar charxlash va kariyes kova gini 
shakl lantirish quyidagi bosqichlardan iborat.
1. Zarur bo‘lsa og‘riqsizlantirish.
2. Kariyes kovagini ochish.
3. Kariyes kovagini kengaytirish va nekrotomiya qilish (yum sha-
gan va pigmentlangan dentinni olib tashlash).
4. Kovakni shakllantirish.
Kariyes kovagini charxlashda sog‘lom to‘qimalarni asrash prinsipi-
ga asoslangan holda patologik o‘zgargan to‘qimalarni olib tash lanadi.
5. Kariyes kovagini shakllantirilgandan so‘ng, tishning anatomik 
shaklini va funksional holatini tiklash maqsadida plombalanadi.
Plombalash uchun kovakni tayyorlanadi. U quyidagi bosqichlar dan 
iborat:
1. Plombalash uchun kerak bo‘lgan asboblarni tayyorlash;
2. Plombalovchi xomashyoni tayyorlash;
3. Plombalanadigan kovakni so‘lakdan himoya qilish;
4. Kovakni quritish;
5. Kovak kontakt yuzada bo‘lsa ajratuvchi matritsa qo‘yish;
6. Plombalovchi xomashyoni tayyorlash;
7. Kovakni qayta quritish;
8. Taglik qo‘yish;
9. Plombalovchi xomashyoni kovakka kiritish;
10. Plombani shakllantirish, silliqlash va sayqal berish;
11. Plombani so‘lakdan izolyatsiya qilish.
Kariyesni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xato  
va asoratlar, ularni bartaraf etish
Kariyesni davolashda quyidagi asoratlar kelib chiqishi mumkin. 
Ular quyidagilar:

63
1. Tashxis aniqlashdagi xatolik;
2. Kariyes kovagini charxlashda tish bo‘shlig‘ining ehtiyotsizlik 
oqibatida ochilishi;
3. Tishning kontakt yuzasini plombalashda matritsadan foyda lan-
maslik natijasida ortiqcha plomba milk so‘rg‘ichini ezib qo‘yishi;
4. Tishlarni plombalashda yon tish bilan kontakt nuqtaning yo‘q 
bo‘lishi, tishlarning orasi yoriq bilan ochilib qolishi natijasida milk 
so‘r g‘ichi  yallig‘laishi;
5. Plombalovchi xomashyoning toksin ta’siri natijasida pulpaning 
nekrozi;
6. Plombalashda prikusni ko‘tarib qo‘yish;
7. Kariyes kovagiga ishlov berishda qilingan xato oqibatida pul-
paning kuyishi;
8. Shakllantirilgan kovakka spirt yoki kuchli ta’sir etuvchi mod da 
bilan ishlov berishdagi xatolik oqibatida pulpaning yallig‘lanishi;
9. Karies kovagidagi patologik o‘zgargan to‘qimalarni to‘liq olin-
masligi oqibatida ikkilamchi yoki qaytalovchi kariesning kelib chi-
qishi;
10. Karies kovagiga to‘g‘ri shakl berilmaganligi oqibatida plomba-
ning darhol yoki tez muddatda tushib ketishi;
11. Plomba ashyosi, rangi to‘g‘ri tanlanmaganligi oqibatida tish ran-
gining o‘zgarishi.
Yüklə 8,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin