N. A. Tashpulatova stomatologik



Yüklə 8,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix22.10.2019
ölçüsü8,96 Mb.
#29404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
stomatologik kasalliklar


KARIYES PROFILAKTIKASI
Hozirgi davrgacha kariyes kasalligining kelib chiqish sabablari oxi-
rigacha aniqlanmagan. Kariyesni keltirib chiqaruvchi uchta omil o‘rin 
tutadi:
1. Tish karashlari mikroorganizmlari;
2. Shirinliklar;
3. Ftor taqchilligi.
Shu uchta omilga ta’sir ko‘rsatish kariyes intensivligini kamayi-
shiga olib keladi. Kariyes intensivligini kamaytirish uchun tishni ka-
rash lardan tozalash, kunlik taomnomada shirinlikni kamay tirish, ftor 
taqchilligini bartaraf etish zarur bo‘ladi.

64
Tayanch iboralar:
Kariyes – tish qattiq to‘qimalarining yemirilishi natijasida za rar-
langan bo‘shliq – kovak hosil bo‘lishi bilan kechadigan kasallik;
Nokariyesli nuqsonlar – tish qattiq to‘qimalarining kariyes tabiati-
ga ega bo‘lmagan kasalliklari;
Gipoplaziya – tish to‘qimalarining rivojlanmasligi bilan xarak ter-
lanadigan nokariyesli nuqson;
Flyuoroz – organizmga  me’yordan ortiq ftor elementining kiri shi 
oqibatida yuzaga keladigan nokariyesli nuqson;
Patologik yedirilish – tish to‘qimalari  yedirilishining tez kechi-
shi;
Ponasimon nuqson – tishning vestibulyar yuzasining bo‘yin qis-
mi da «V» shaklida nuqson paydo bo‘lishi bilan kechadigan no kariyesli 
nuqson;
Tishning chiqishi – tishning alveola katagida bo‘shashib qo lishi;
Tishning sinishi – tish butunligining buzilishi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Kariyes deb nimaga aytiladi?
2. Nokariyesli nuqsonlar deganda nimani tushunasiz?
3. Gipoplaziya qanday klinik ko‘rinishga ega?
4. Flyuorozni kelib chiqish sababini bilasizmi?
5. Patologik yedirilishda bemor nimadan shikoyat qiladi?
6. Ponasimon nuqson qanday shaklga ega bo‘ladi?
7. Kariyesni kelib chiqishida qanday faktorlar o‘rin tutadi?
8. Tish chiqishining qanday turlari kuzatiladi?
9. Tish sinishi qanday davolanadi?
10. Kariyes nechta bosqichda kechadi?
11. Dog‘ shaklidagi kariyes qanday davolanadi?
12. Yuza kariyes qanday klinik ko‘rinishga ega?
13. O‘rta kariyesda bemor nimadan shikoyat qiladi?
14. Chuqur kariyes qanday klinik ko‘rinishga ega?
15. Kariyeslar qanday davolanadi?
16. Kariyesni profilaktika qilish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish kerak?

65
VII BOB 
PULPITLAR
Pulpit-pulpa to‘qimasining yallig‘lanishi. Pulpaning yallig‘lani shi 
unga ta’sir etgan taassurotlar oqibatida kelib chiqadi. Bu ta’sirlar ning 
asosini kariyes bo‘shlig‘idagi mikroorganizmlar, ularning tok sinlari, 
dentinning organik yemirilishi oqibatida hosil bo‘lgan taassurotlar, 
kimyoviy va termik ta’siri ostida kelib chiqadi. Pulpitni keltirib chiqa-
ruvchi sabablarga quyidagilar kiradi:
 
– Ko‘pincha karyies kovagidagi infeksiyalar dentin kanallari orqa-
li pulpa bo‘shlig‘iga kiradi va natijada yallig‘lanish hosil bo‘ladi.
 
– Pulpaning gematogen yallig‘lanishi ham kuzatilgan. Masalan 
gripp, osteomiyelit va boshqa kasalliklarda.
 
– Jarohat tishning ma’lum qismi sinishi oqibatida tish bo‘shlig‘i-
ning ochilib qolishi, kariyes kovagiga ishlov berish va shakl lant-
irish jarayonida tish bo‘shlig‘ining ochilib qolishi, tish ga sun’iy 
qoplama 
lardan metallokeramika qoplamasini qo‘ 
yish uchun 
charx langanda pulpa kamerasining ochilib qolishi.
 
– Parodontda jarrohlik davo muolajalarini o‘tkazayotganda.
 
– Kimyoviy moddalar ta’siri ostida (ayrim plomba ashyolari).
 
– Harorat ta’siri ostida (kariyes kovagiga ishlov berish va sun’iy 
qop lama qo‘yish maqsadida tish to‘qimalari charxlanganda).
Pulpitlar tasnifi:
I. O‘tkir pulpitlar.
a) qisman,
b) umumiy.
II. Surunkali pulpitlar.
a) fibroz,
b) gangrenoz,
d) gipertrofik.
III. Surunkali pulpit huruji.
Pulpitlarning har bir turi o‘ziga xos klinik belgilarga ega. Tashxis 
subyektiv va obyektiv belgilarga asoslanib aniqlanadi.

66
O‘TKIR PULPITLAR
O‘tkir o‘choqli pulpit. O‘tkir o‘choqli pulpitda bemor qisqa mud-
datli, xurujsimon termik ta’sir tufayli zo‘rayadigan og‘riqdan shi koyat 
qiladi. Og‘riqlar orasidagi oraliq davomli. Tunda og‘riqlar zo‘rayadi. 
Og‘riqlar mexanik, ximik va termik ta’sirdan zo‘rayadi.Tash qi ko‘rik 
o‘zgarishsiz. Bemor og‘rigan tishni aniq ko‘rsatadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida 
ko‘rik o‘tkazilganda chuqur kariyes kovagi borligi, zondlaganda pulpa 
bo‘shlig‘i yopiq va kovak tubi og‘riqliligi aniqlana di. Sovuq va issiq 
ta’sirdan hosil bo‘lgan og‘riq to‘xtamaydi va og‘riqlar 10–20 daqiqa 
davom etadi. Pulpitning elektr sezuvchanligi pasaygan bo‘ladi.
O‘tkir umumiy pulpit. O‘tkir umumiy pulpitda bemor o‘z-o‘zi-
dan hosil bo‘luvchi davomli, xurujsimon og‘riqdan shikoyat qiladi. 
Og‘ riqlar orasidagi oraliq qisqargan. Og‘riqlar uchlamchi nerv shox-
lari bo‘ylab uzatiladi va natijada bemor bezovta qilayotgan tishni aniq 
ko‘rsatib bera olmaydi. Zondlanganda pulpa bo‘shlig‘i yopiq. Termo-
metriya iliqdan og‘riqli bo‘lib sovuq ta’sirdan og‘riqlarning susayishi 
kuzatiladi. Pulpaning elektr sezuvchanligi tishning hamma do‘m-
boqlarida pasaygan bo‘ladi. Perkussiya ayrim hollarda og‘riqli. Tunda 
og‘riqlar zo‘rayadi.
SURUNKALI PULPITLAR
Surunkali fibroz pulpit. Kasallik anamnezi aniqlanganda bezov-
ta qilayotgan tish, avval o‘tkir pulpitga xos bo‘lgan og‘riqlar bilan 
bezovta qilganligi ma’lum bo‘ladi. Surunkali fibroz pulpitda og‘riqlar 
mexanik va termik ta’sirlardan hosil bo‘ladi. Zondlanganda chuqur 
kariyes kovagi borligi, kariyes kovagi tish bo‘shlig‘i bilan tutashma-
ganligi va aniq zondlanganda bir nuqtada og‘riqli bo‘ lib, qonaydi. 
Termometriya sovuq ta’sirdan og‘riqli bo‘lib hosil bo‘l gan og‘riq, avval 
sust bo‘lib borgan sari zo‘rayib boradi. EOD o‘tkazilganda pulpaning 
sezuvchanligi 20–40 mkA ga teng. Rentge nologik tekshirish ildiz 
uchi da suyak to‘qimasining so‘rilishi kuzatiladi.

67
Surunkali gangrenoz pulpit. Surunkali gangrenoz pulpit o‘tkir 
pulpit va uzoq davom etgan surunkali fibroz pulpit oqibatida kelib 
chi qadi. Bemor termik ta’sirdan ya’ni issiqdan hosil bo‘lgan og‘ riqdan 
shikoyat qiladi. Og‘izdan noxush hid keladi. Zondlan gan da kariyes 
bo‘sh lig‘i tish bo‘shlig‘i bilan tutashgan va ayrim hollarda tutashmagan 
ham bo‘lishi mumkin. Tish bo‘sh lig‘i zondlanganda og‘riq turli chuqur-
likda hosil bo‘ladi, bu esa gang renoz jarayoni ning qay darajada tar qa-
lganligiga bog‘liq. Zondlanganda og‘riq ning yo‘qligi pulpaning nobud 
bo‘lganligi  bel gisidir.  Pulpaning elektr sezuvchanligi pasaygan va 
u 40–90 mkA ga teng. Rentgeno grammada ildiz uchi to‘qimalarida 
so‘rilish kuzatiladi.
Surunkali gipertrofik pulpit. Surunkali fibroz pulpit oqibatida 
kelib chiqadi. Ba’zida qisqa muddatli og‘riq mexanik ta’sirdan va 
ayrim holatlarda issiq ovqatdan paydo bo‘lishi mumkin. Bemorlar 
mexa nik ta’sir natijasida tishidan o‘sgan to‘qimaning qonashidan shi-
koyat qiladilar. Tishning toj qismi biroz yemirilgan, kariyes kova gi dan 
o‘sib chiqqan granulyatsiyali o‘sma ko‘rinib turadi va zond langanda 
qonay 
di. Agar zondni chuqurroq kirgizsak og‘riqli reaksiya hosil 
bo‘ladi.
Surunkali pulpit huruji. Bemor o‘z-o‘zidan hosil bo‘luvchi huruj-
simon og‘riqdan shikoyat qiladi. Og‘riqlar kuchli bo‘lib uchlamchi 
nerv shoxlari bo‘ylab irradiatsiya qilinadi. Ayrim hollarda og‘riqlar 
simillovchi bo‘lib tishlaganda zo‘rayadi. Kasallik tarixi aniqlanganda 
tish, avval pulpitlarning biror bir turi bilan og‘riganligi ma’lum bo‘la-
di. Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq, og‘riqli. Pulpaning elektr se-
zuvchanligi pasaygan. Rentgenogrammada tishning ildiz uchida pe-
rio dontal yoriqning kengayganini va suyak to‘qimasining so‘rilishi 
kuzatiladi.
PULPITLARNI DAVOLASH
Pulpitlarni davolash. Pulpit kasalligini davolashdan asosiy maq-
sad tishning anatomik va funksional holatini tiklash. Pulpitlarni davo-
lashning barcha usullarini quydagi ko‘rinishda tizimlashtirish mumkin.

68
DAVOLASH USULLARI
 
 
 
PULPA FAOLIYATINI 
PULPANI OLIB TASHLASH
 
SAQLAB QOLISH 
(jarrohlik)
 
 
 
 
 TO‘LIQ 
QISMAN 
TO‘LIQ 
QISMAN
  (biologik)  (vital amputatsiya) 
(eksterpatsiya)   (devitalizatsiya)
 
 
 
(vital) (devital)
Biologik usulda davolash. Davolashning bu usuli tish pulpa sining 
to‘liq saqlanishini va hayotiy faolligini davom ettirishni ta’minlaydi. 
Davolash texnikasi klinik belgilarga qarab o‘ziga xos bo‘lishi mum-
kin. Tish kariyes kovagi charxlanayotgan paytda qo‘qqisdan pulpa 
bo‘sh lig‘i ochilib qolgan (travmatik pulpit) taqdirda, kariyes kovagiga 
so‘lak tushirmaslikka harakat qilish zarur. Tezlik bilan kovakni biror 
iliq antiseptik bilan yuvib, quritib jarohatlangan sohaga tarkibida gid-
ro oksi kalsiysi bo‘lgan pastadan qo‘yiladi. Kariyes kovagi suvli dentin 
bilan vaq tinchalik berkitiladi. Jarohatlangan tish 5–7 kun mo baynida 
bolani bezovta qilmasa, ikkinchi qat novda vaqtinchalik plom bani doi-
miy plomba bilan (18-rasm) almashtiriladi (chuqur karies davosiga 
qaralsin).
O‘tkir pulpitda birinchi murojaat payti-
da tish kariyes kovagi birmuncha kengay-
tirilib ochiladi. Kovak tub sathi dagi yum-
shoq dentin 3–4%li dikain 
ning suvdagi 
erit 
masi bilan yoki anes 
tezin kristallari 
yor damida 2–3 minut mobaynida og‘riqsiz-
lantiriladi. Shun dan keyin kariyes kovagi 
18-rasm. Pulpitlarni biologik usulda davolash:
1 – pulpa; 2 – davolovchi taglik; 3 – dentin; 4 – 
ajratuvchi taglik; 5 – plomba.

69
tub sathi va devorlaridan jarohatlan gan dentin to‘qi masi qavatma qavat 
ko‘chiriladi. Tish koronka bo‘sh lig‘i kichik shar simon bor yordamida 
ehti yotkorlik bilan ochi ladi. Bu hol umumiy o‘tkir diffuz pulpitda yal-
lig‘ langan pulpa kova gida yig‘ilgan ekssudatning oqib chiqishini va bir 
qadar pulpa to‘qimasida (qo‘yilgan davolovchi plomba ta’sirida) tikla-
nish jara yonlarini ta’minlaydi. Qisman (chega ralangan) o‘tkir pul pit da 
koronka bo‘sh lig‘ini ataylab ochish shart emas. Yallig‘lanish nati jasi-
da hosil bo‘lgan pulpa bo‘shlig‘idagi eks sudat shakllanmagan bo‘lib, 
anchagina keng ildiz kanallari orqali sizib oqib, pastga tushishi mum-
kin. Yupqa dentin qavati dentin yo‘llari orqali kovakka qo‘yil gan dori 
diffuz yo‘li bilan yallig‘langan pulpaga bemalol o‘tib, ta’sir ko‘rsatadi.
Vital amputatsiya usuli. Bu usul pulpaning faqat toj qismini olib 
tashlash va ildiz qismidagi pulpani saqlab qolishga asoslangan. Ushbu 
usulda davolash uchun ko‘rsatmalar:
1. Shakllanmagan ildizli sut va doimiy tishlarda (asosan oldingi 
guruh) kechadigan surunkali fibroz pulpitda;
2. O‘tkir mexanik jarohat natijasida koronka qismi sinib, pulpa 
ochilib qolgan hollarda (jarohatdan keyin 48 soat mobaynida).
Davolash quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Og‘riqsizlantirish;
2. Borlarni tez-tez almashtirib, kariyes kovagidagi nekrozga uch-
ragan to‘qimalarni qatlamma-qatlam olib tashlash;
3. Kariyes kovagini antiseptik eritmalar bilan yuvib quritish;
4. Sterillangan bor yordamida pulpa bo‘shlig‘ini ochish va toj qis-
midagi pulpani amputatsiya qilish;
5. Qonni to‘xtatish;
6. Pulpa bo‘shlig‘ining tub qatlamiga tarkibida gidrooksi kalsiysi 
bo‘lgan pasta qo‘yib steril paxta ustidan 5–7 kunga suvli dentin bilan 
berkitish;
7. 5–7 kun ichida bezovta qilmasa, doimiy plombaga almash tirish.
Vital eksternatsiya usuli. Vital eksternatsiya usuli bilan davolan-
ganda bemor bir marta keladi va pulpani nekroz qiluvchi vosita lardan 
foydalanmaydi. Vital eksternatsiya usuli quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Og‘riqsizlantirish. Buning uchun o‘tkazuvchi va infiltratsiya 
usul laridan  foydalaniladi;

70
2.  Kariyes kovagini charxlash, tish bo‘shlig‘ini ochish;
3.  Toj qismidagi va ildiz qismidagi pulpani olib tashlash;
4.  Ildiz kanaliga mexanik va dorili ishlov berish;
5.  Ildiz kanalini plombalash;
6.  Doimiy plomba qo‘yish.
Hozirda pulpitlarni davolashda vital eksternatsiya usulidan keng 
foydalaniladi.
Divital eksternatsiya usuli. Divital eksternatsiya usulida davo lash 
uchun bemor ikki marta keladi va pulpani nekroz qiluvchi vositalardan 
foydalaniladi. Ko‘rsatma: o‘tkir umumiy pulpit, surun ka li pulpitlar, su-
run kali pulpit huruji. Qarshi ko‘rsatmalar: ildizi shakllanmagan tishlar, 
ildizi so‘rilgan sut tishlar, ildiz kanali yomon o‘tuvchi premolyar va 
molyar tishlar.
Pulpani to‘liq olib tashlash nekroz qiluvchi pastalar (mishyakli pas-
ta) qo‘yilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Divital eksternatsiya usuli 
quyidagi bosqichlardan iborat:
Birinchi qatnov
1. Og‘riqsizlantirish;
2. Kichik o‘lchamli sharsimon yoki teskari konus shaklli bor yor-
damida tish bo‘shlig‘ini bir nuqtada ochish;
3. Tish bo‘shlig‘ining ochilgan, qonayotgan nuqtasiga mishyak 
pastasi, og‘riqsizlantiruvchi suyuqlikka xo‘llangan paxta tamponi bilan 
qo‘yish. So‘ng suvli dentin bilan berkitish. Nekroz qiluvchi pasta bir 
ildizli tishlarda 24 soatga, ko‘pildizli tishlarda 48 soatga qoldiriladi. 
Surunkali gipertrofik pulpitda nekroz qiluvchi pastani 1,5–2 marta 
oshirish lozim bo‘ladi.
Ikkinchi qatnov
1. Vaqtinchalik plombani olib tashlash;
2. Kariyes kovagini charxlash tish bo‘shlig‘ini ochish;
3. Nekroz bo‘lgan pulpani olib tashlash;
4. Ildiz kanalida mexanik va dori-darmon bilan ishlov berish;
5. Ildiz kanalini plombalash;
6. Ildiz kanalini to‘liq plombalanganligini rentgenogramma yorda-
mida tekshirish;
7. Doimiy plomba qo‘yib tishning anatomik shaklini tiklash.

71
Hozirgi vaqtda ushbu usul kam qo‘llaniladi.
Divital amputatsiya usuli. Divital amputatsiya usuli o‘tkir umu-
miy pulpit, surunkali pulpitlarni davolashda qo‘llaniladi. Bu usul quyi-
dagi bosqichlardan iborat.
1. Og‘riqsizlantirish;
2.  Kariyes kovagini charxlash, tish bo‘shlig‘ini ochish;
3.  Toj qismidagi pulpani olib tashlash;
4.  Ildiz qismidagi pulpani mumlash. Buning uchun rezorsin forma-
lin eritmasini ildiz kanallariga yuborish va plombalash.
Pulpitlarni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aso-
ratlar.
1.  Biologik usul bilan davolashda ko‘rsatmani to‘g‘ri aniqla maslik;
2.  Tashxisni noto‘g‘ri aniqlanishi;
3.  Ildiz yoki bifurkatsiya sohasi perforatsiyasi;
4.  Ildiz kanalida endodontik asbobning sinishi;
5.  Ildiz kanali uchun plombani noto‘g‘ri tanlanishi;
6.  Ildiz kanalini to‘liq plombalanmasligi;
7. Ildiz kanalini plombalashda plomba ashyosini ildiz uchi teshi-
gidan chiqarib yuborish;
8. Davolashning divitalizatsiya usuli qo‘llanilganda vaqtinchalik 
plombani noto‘g‘ri qo‘yilishi sababli tishda og‘riq paydo bo‘lishi;
9.  Arsenat kislotasining ortiqcha miqdorda qo‘yilganligi yoki ko‘r-
sa tilgan muddatdan uzoqroq vaqt mobaynida tish kovagida qolishi 
oqibatida periodontning yallig‘lanishi.
Tayanch iboralar:
Pulpit – pulpa to‘qimasining yallig‘lanishi;
Vital amputatsiya usuli – pulpaning faqat toj qismini olib tashlash 
va ildiz qismidagi pulpani saqlab qolishga asoslangan davolash usuli;
Vital eksternatsiya usuli – bemorning birinchi qatnovida pulpani 
nekroz qiluvchi vositalardan foydalanilmasdan to‘liqligicha olishga 
asoslangan davolash usuli;
Divital eksternatsiya usuli – pulpani nekroz qiluvchi vositalar dan 
foydalanilgan holda, ikki qatnovda davolashga asoslangan usul;
Arsenat kislotasi – nekroz qiluvchi vosita.
Ekssudat – suyuqlik.

72
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Pulpit deb nimaga aytiladi?
2. Pulpitning qanday turlari mavjud?
3. O‘tkir pulpitlarda bemor nimalardan shikoyat qiladi?
4. Surunkali fibroz pulpit chuqur kariyesdan qanday farq qiladi?
5. Surunkali gipertrofik pulpit qanday klinik ko‘rinishga ega?
6. Surunkali pulpitda tashxis qanday aniqlanadi?
7. Pulpitlarni davolashning qanday usullarini bilasiz?
8. Pulpitlarni davolashda qanday asoratlar vujudga kelishi mumkin?

73
VIII BOB 
PERIODONTITLAR
Periodont tish katagi devori bilan ildiz yuzasi oralig‘ida joylashgan 
biriktiruvchi to‘qima. Periodont jag‘ suyaklari bilan, tishning apikal 
teshigi orqali pulpa bilan, alveola katagi qirrasida milk va suyak usti 
pardasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashadi. Periodont to‘qimasining 
yalig‘lanishini periodontit deyiladi.
PERIODONTITLAR TASNIFI
Periodontitlarni kelib chiqishiga ko‘ra infeksiyali, jarohatli va 
kimyoviy turlarga bo‘linadi.
Infeksiyali periodontitni kelib chiqishida streptokokk mikrob lari 
asosiy o‘rin tutadi. Mikroblar va chirigan pulpa toksinlari ildiz kanali 
yoki milk cho‘ntagi orqali periodontal yoriqqa kelib tushadi. Kamdan-
kam hollarda infeksiya qon va limfa orqali kirib kelishi mumkin 
(gripp, tif va boshqalar).
Shikastlanish jarayonida hosil bo‘lgan periodontit tishga bir 
zum li shikast (zarb) va bir necha bor ta’sir etuvchi mikro shikastlar 
(pri kusni ko‘taruvchi plomba, qoplama), zararli odatlar (qalamni tish 
qatorida ushlash, tishlarda mix ushlash) kabi ta’sirlar natijasida paydo 
bo‘ladi.
Kimyoviy ta’sirdan kelib chiquvchi periodontit arsenat pasta, for-
malin, fenollar ta’sirida kelib chiqadi. Kasallikning klinik kechi shiga 
ko‘ra o‘tkir va surunkali periodontitlar bir biridan farqlanadi.
Yallig‘lanishning joylashishiga ko‘ra ildiz uchi – apikal va ildiz 
chetlarga bo‘linadi.
O‘tkir periodontitlar ekssudatiga ko‘ra o‘tkir seroz va o‘tkir yiring -
liliga bo‘linadi. Surunkali ildiz uchi periodontitlari periodont to‘qi-
masini zararlanish xarakteri va darajasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘-
linadi:
1. Surunkali fibroz;

74
2. Surunkali granulatsiyalovchi periodontit;
3. Surunkali granulematoz periodontit.
Surunkali periodontitlar noxush tashqi muhit ta’sirida o‘tkirla shishi 
kuzatiladi. Shunga asoslangan holda surunkali periodontit huruji ham 
farqlanadi.
O‘TKIR PERIODONTITLAR
O‘tkir ildiz uchi periodontit. Bemor keskin, doimiy chegaralan-
gan og‘riqdan shikoyat qiladi. Og‘riqlarning kuchi qizarish daraja-
si ga, shishning hajmiga va ekssudatga bog‘liq. Kasallikning boshla-
nishida og‘riqlar sust, simillovchi bo‘lib, sababchi tish atro fida bo‘ la-
di. So‘ng og‘riqlar kuchli, irradiatsiyalovchiga ayla nadi. Ko‘pchi lik 
av torlarning fikriga ko‘ra bunday og‘riq ekssudatning yiringli forma-
siga o‘tganligidan dalolat beradi. Ildiz uchidagi o‘tkir zaharlanish 
2–3 kundan ikki haftagacha davom etadi. O‘tkir perio dontitni shartli 
ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqich. Pulpitni o‘z vaqtida yoki xato davolash oqibatida 
kelib chiqadi. Bu bosqich uchun davomli, simillovchi og‘riqlar xarak-
terli. Ayrim hollarda sababchi tishni tishlab bosilganda ham og‘riqlar 
paydo bo‘ladi. Sababchi tish atrofidagi milkning holati o‘zgarmaydi. 
Vertikal perkussiyada periodontning sezuvchanligi aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda ekssudatlanish jarayoni ortib 
bora di. Og‘riqlar doimiy bo‘lib sekin-asta kuchayib boradi. Kasallan-
gan tishni tishlab bosilganda og‘riqlar zo‘rayadi, hatto tilning tegib ke-
b bosilganda og‘riqlar zo‘rayadi, hatto tilning tegib ke-
 bosilganda og‘riqlar zo‘rayadi, hatto tilning tegib ke-
tishi ham og‘riqlarni kuchaytiradi. Perkussiya keskin og‘riqli bo‘ladi. 
Tish qimirlab qoladi va xuddi o‘sib qolganga o‘xshaydi. Tish atrofidagi 
milk qizaradi, shishadi, palpatsiyada tishning ildiz uchi sohasi og‘riqli 
bo‘ladi. Pulpa nekrozga uchragani uchun tish termik ta’sirlardan, elektr 
taassurotlardan ta’sirlanmaydi.
Ayrim hollarda jag‘ atrofi to‘qimalarida shish kuzatiladi. Infiltrat 
yoki abssess hisobiga o‘tuv burma yassilashadi. Bu holda perkussiya 
kuchsiz og‘riqli bo‘lib palpatsiya keskin og‘riqga aylanadi. Pal patsiyada 
flyuktuatsiya aniqlanishi mumkin. Yiringli ekssudatning yorib chiqishi 
natijasida milk va yuz shishlari kichrayadi, og‘riqlar esa susayadi.

75
SURUNKALI PERIODONTITLAR
Surunkali periodontitlarning klinik belgilari o‘tkir periodontit larga 
nisbatan birmuncha oz ifodalangan. Shuning uchun solishtir ma tash-
hisni rentgenogrammasiz o‘tkazish o‘ta mushkul.
Surunkali fibroz periodontit. Surunkali fibroz periodontit kli-
nik belgilarsiz kechadi. Bemor og‘riqlarni sezmaydi. Faqatgina ka-
riyes kovagi borligiga, unga ovqat qoldiqlari kirib qolishi va og‘iz dan 
noxush hid kelishidan shikoyat qiladi. Surunkali fibroz perio dontit, 
avval, davolangan pulput, travmatik artikulyatsiya oqi ba tida kelib chi-
qi shi mumkin. Tish qimirlamaydi, perkussiya, palpatsiya og‘riqsiz, 
tish atrofidagi milk o‘zgarishsiz. Zondlanganda tish bo‘sh lig‘i ochiq, 
og‘riqsiz bo‘ladi. Surunkali fibroz periodontitga tashxis rentgeno-
gramma asosida o‘tkaziladi. Rentgenogrammada ildiz uchi dagi perio-
dontal yoriqning deformatsiyasi, kengayganligi aniq lanadi (19-rasm). 
Suyak to‘qimasining rezorbsiyasi kuzatilmaydi.
Surunkali granulatsiyalovchi periodontit. Periodontitning bu 
turida bemor sababchi tish atrofida yoqimsiz sezgi, qichishish, tish-
ga bosganda kuchsiz og‘riqni sezishi mumkin. Og‘riqli sezgi 
lar 
doimiy emas. Kasal tish atrofidagi milk qizarib, shishadi va yiring li 
ekssudatli oqma hosil bo‘lib granulyatsiyalar paydo bo‘ladi. Tish ning 
19-rasm. Surunkali fibroz 
periodontit.
20-rasm. Surunkali 
granulatsiyalovchi periodontit.

76
toj qismi rangi o‘zgargan, tukillatib ko‘rilganda og‘riq siz yoki kuchsiz 
og‘riqli bo‘ladi. Zondlanganda tish bo‘sh li g‘i ochiq, og‘riqli. Tish atrofi 
to‘qimalar palpatsiyasi og‘riqli. Iyak osti va jag‘ osti limfa tugunlarini 
shishishi ham kuzati lishi mum kin. Qol gan su run kali periodontitlarga 
nisbatan granulatsiyalanuvchi perio dontitning o‘tkirlashuvi sodir bo‘ lib 
turadi. Rentgeno gramma da ildiz uchida suyak to‘qimasining note kis 
so‘rilishi kuzatiladi (20-rasm).
Yüklə 8,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin