N. A. Tashpulatova stomatologik



Yüklə 8,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix22.10.2019
ölçüsü8,96 Mb.
#29404
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
stomatologik kasalliklar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZI
N.A. TASHPULATOVA 
STOMATOLOGIK 
KASALLIKLAR
Tibbiyot kollejlari o‘quvchilari uchun darslik
Qayta nashr
TOSHKENT– 2016

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi 
ilmiy-metodik Kengashi qaroriga asosan nashr etildi.
Taqrizchilar:
D.G. Abdurahmonova – «Dilshod denta» stomatologik klinikasi bosh shifokori; 
Sh.E. Utamov – M.Tursunxo‘jayeva nomli Toshkent tibbiyot kolleji o‘qituvchisi.
UO‘K 616.31(075)
КВК 56.6
T 29
N.A.  Tashpulatova.  Stomatologik kasalliklar. Kasb-hunar 
kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma. (Qayta  nashr).  
«Fan va texnologiya», 2016,  144 b.
Darslikda stomatologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, 
zamonaviy tekshirish usullari, davolash va oldini olish chora-tadbirlari atroflicha 
yori tilgan va rasmlar bilan boyitilgan. Darslikka OITV infeksiyasining oldini olish 
va og‘iz bo‘shlig‘ida kasallikning namoyon bo‘lish belgilari haqida to‘liq ma’lumot 
berilgan.
Darslik tibbiyot kollejlarining «Stomatologiya» yo‘nalishi o‘quvchilari va fao-
liyat yuritayotgan tish texniklari uchun mo‘ljallangan. Darslikni tayyorlashda ko‘p-
gina stomatologiya yo‘nalishi adabiyotlaridan, internet tarmog‘i ma’lumotlaridan 
foydalanilgan.
ISBN 978-9943-978-34-8 
© N. Tashpulatova, 2012; 
© «Voris-nashriyot», 2012;
© «Fan va texnologiya», 2016.
UO‘K 616.31(075)
КВК 56.6

3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishganidan so‘ng, barcha 
sohalardagi kabi ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshiril-
moqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tarmoq standartlari va o‘quv das-
tur larining yangilanishi natijasida zamonaviy, takomillashtirilgan dars-
lik lar yaratish ehtiyoji tug‘ildi.
Taqdim etilayotgan darslikda stomatologik kasalliklarning kelib 
chiqish sabablari, klinik belgilari, zamonaviy tekshirish usullari, davo-
lash va oldini olish chora-tadbirlari atroflicha yoritilgan va rasmlar 
bilan boyitilgan. Hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan OITV kasalligining 
yuqishida stomatologlarning o‘rni, uni oldini olish va og‘iz bo‘shlig‘ida 
namoyon bo‘lish belgilari haqida to‘liq ma’lumot berilgan.
Darslik tibbiyot kollejlarining «Stomatologiya» tayyorlov yo‘nalishi 
o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslikni tayyorlashda turli yillarda 
chop etilgan stomatologiya yo‘nalishi adabiyotlaridan, Toshkent Tibbi-
yot Akademiyasi oliygohi professor – o‘qituvchilari tomonidan yara-
tilgan o‘quv qo‘llanma va adabiyotlardan, internet tarmog‘i ma’lumot-
laridan foydalanildi.
Ushbu darslikda kamchiliklar bo‘lishi tabiiydir, shuning uchun 
bizga bildirilgan tanqidiy fikr-mulohazalarni, maslahatlarni samimiyat 
bilan qabul qilamiz.

4
I BOB
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I ORGANLARI ANATOMIYASI, 
GISTOLOGIYASI VA FIZIOLOGIYASI
YUQORI JAG‘ SUYAGI
Yuqori jag‘ – (maxilla) kalla skeletining yuz qismiga kiruvchi, juft 
suyak. Bu suyakning tanasi va to‘rtta o‘sig‘i bor. O‘siqlari: peshona, 
yonoq, tanglay, alveola. Yuqori jag‘ peshona, yonoq, tanglay o‘siqlari 
yor damida kalla skeleti suyaklari bilan tutashadi. Suyak tanasidan to‘rt 
tomonga to‘rtta o‘siq ketadi. Peshona o‘sig‘i peshona suyagiga birla-
shadi, yonoq o‘sig‘i yonoq suyagi bilan birlashadi. Alveola o‘sig‘i past 
tomonga qaragan bo‘lib unda tishlarning ildiz kataklari joylashadi. 
Tish ildizlari ushbu kataklarga kirib turadi. Tanglay o‘sig‘i o‘zaro tuta-
shib qattiq tanglayning oldingi 2/3 qismini tashkil etadi. O‘ng va chap 
tang lay o‘siqlari chok hosil qilib tutashadi. Chokning oldingi tomonida 
kurak tish teshigi ko‘rinib turadi va kanal bo‘ylab davom etadi (1-
rasm).
Yuqori jag‘ tanasining ichida havo saqlovchi bo‘shliq bo‘lib, ushbu 
bo‘shliqni Gaymorov bo‘shlig‘i deb ataladi. Gaymorov bo‘shlig‘i 
15–20 yosh larda to‘liq shakllanib bo‘ladi u o‘rtacha 3 smga ega bo‘-
1-rasm. Yuqori jag‘ suyagi:
1 – peshona o‘sig‘i; 2 – yonoq o‘sig‘i; 3 – alveola o‘sig‘i; 4 – tanglay o‘sig‘i; 
5 – yuqori jag‘ bo‘shlig‘i.

5
lib yuqori 4,5,6 tishlar sohasida joylashadi. Birinchi katta oziq 
(molyar) tishlarninrg ildiz uch lari Gaymorov bo‘shlig‘i tubiga juda 
yaqin joylashadi, ba’zi hollarda bo‘sh liq qobig‘i bilan to‘qnashadi. 
Ildiz larning bunday joylashishi kasal langan tish orqali yallig‘lanish 
Gaymorov boshlig‘iga siljishi va unung yallig‘lanishiga olib kelishi 
mum kin. Bundan tashqari qayd qilingan tishlarni olishda Gaymorov 
bo‘sh lig‘i tubining teshilishi natijasida oqmali yo‘l ochilishi kuzatiladi. 
Bunday yallig‘lanish odon togen gaymoritlar deb ataladi.
Yuqori jag‘da 4 ta yuza farqlanadi: yuqori tomondan ko‘z kosasiga 
qaragan yuza, oldingi tomondan yuzga qaragan yuza, medial burunga 
qaragan yuza va orqa tomondan chakka osti yuzasi.
Yuqori jag‘da burun bo‘shlig‘i va Gaymorov bo‘shlig‘i bo‘lganligi 
uchun nozikroq ko‘rinadi. Shunga qaramay bu ikkala bo‘shliq chay-
nash vaqtida hosil bo‘lgan bosimga qarshilik ko‘rsata oladi. Yuqori 
jag‘ning bunday chidamliligi undagi zich suyak moddasidan tashkil 
topgan kuchli ustunlarning borligidir. Ustunlarni kontrforslar deb ata-
ladi. Kontrforslar ovqatni uzib olish va chaynashda kelib chiqadigan 
kuchli zo‘riqishlarni jag‘ bo‘ylab taqsimlab, so‘ngra kalla skeletining 
boshqa suyaklariga uzatadi. Yuqori jag‘ kontrforslari to‘rtta bo‘lib ular 
quyidagilar: burun – peshona, yonoq, tanglay, qanot – tanglay.
PASTKI JAG‘
Pastki jag‘ (mandibula) suyagi kalla skeletining yagona harakat-
lanadigan suyagi. Pastki jag‘ ikki qismdan tashkil topgan: tanasi va 
o‘siqlari. Pastki jag‘ embrional davrda ikkita yarim bo‘lak lardan iborat 
bo‘lib, go‘dak 1 yoshga to‘lganida bitishi tugallanadi va u toq suyakka 
aylanadi. Suyak tanasining yuqori qismida alveola o‘sig‘i bo‘lib unda 
alveola kataklari joylashadi (2-rasm).
Pastki jag‘da ikkita o‘siq joylashgan. Orqada joylashgan o‘siq bo‘-
g‘im o‘sig‘i, oldingi o‘siq toj o‘sig‘idir. Pastki jag‘ shoxlarining ichki 
yuza sida pastki jag‘ teshigi bo‘lib, pastki jag‘ kanali shu teshikdan 
bosh lanadi.
Pastki jag‘ning tanasi shoxlari bilan tutashib burchak hosil qila-
di. Ushbu burchak inson hayoti davomida doimiy ravishda o‘zgarib 

6
boradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq da 
burchak 140° ga, tishlar chiq qa ni-
dan so‘ng 130°–138° ga teng bo‘li-
shi, yoshi ulg‘ayib tishlari tushib 
ketsa yana burchak kattalashadi.
Pastki jag‘ning yuzasi g‘adir-
bu durlikdan iborat. Ushbu g‘adir-bu dur liklarga chaynash muskullari 
birikadi. Pastki jag‘ o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra tashqi ta’sir-
larga chidamlidir, shuning uchun ham yuqori jag‘ga nisbatan pastki 
jag‘ning deformatsiyasi kam uchraydi.
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I
Og‘iz bo‘shlig‘i (cavum oris) hazm kanalining boshlang‘ich bo‘limi 
hisoblanadi. Bu bo‘shliq oldingi va yon tomondan lablar va lunjlar 
bilan, yuqoridan tanglay, pastdan og‘iz bo‘shlig‘ining tubi bilan che-
garalangan. Orqa tomondan og‘iz bo‘shlig‘ining devori yo‘q bo‘lib to-
moq orqali halqum bo‘shlig‘iga tutashadi. Tomoq yuqori tomondan 
yum shoq tanglay bilan, yon tomondan tanglay ravoqlari bilan, past 
tomondan til ildizi bilan chegaralanadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i ikki qisimdan iborat: og‘iz dahlizi va asl og‘iz 
bo‘sh lig‘i. Og‘iz dahlizi lablarning va lunjlarning ichki yuzasi bilan 
tishlar va milklarning orasidagi oraliq. Og‘iz dahlizi og‘iz teshigi orqa-
li tashqi muhitga tutashadi. Og‘iz bo‘shlig‘i og‘iz bo‘shlig‘ining tishlar 
va milklarning ichki tomondagi qismidir.
Lablar asosan og‘izning doira muskullaridan tashkil topgan. Lablar 
sirtdan teri bilan, ichkaridan esa shilliq parda bilan qoplangan. Lunjlar 
lunj muskullaridan tashkil topgan bo‘lib sirtdan teri bilan, ichkaridan 
esa shilliq parda bilan qoplangan.
2-rasm. Pastki jag‘ suyagi:
1 – molyar orqa chuqurchasi; 2 – iyak 
bo‘rtmasi; 3 – tanasi; 4 – pastki jag‘ 
burchagi; 5 – bo‘g‘im o‘sig‘i; 6 – toj o‘sig‘i.

7
Tanglay og‘iz bo‘shlig‘ining yuqori devorini tashkil etadi. Orqa 
tomonda qattiq tanglay yumshoq tanglayga o‘tadi. Yumshoq tanglay 
shilliq parda bilan qoplangan muskullardan tashkil topgan. Yumshoq 
tanglayning orqadagi qismi tanglay pardasini hosil qiladi. Unda o‘rta 
chiziq bo‘ylab tilcha joylashadi. Og‘iz bo‘shlig‘ining tubi til bilan 
qoplangan bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi (tunika, mucosa, oris) uch qavatdan 
tashkil topgan: epiteliy, asli shilliq qavat va shilliq osti qavati. Asl shil-
liq qavati epiteliy bilan qoplangan. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasini 
tang lay, labning qizil hoshiyasi va biroz milk qisimlaridagi epite liyda 
shohlanishga moyillik seziladi. Epiteliy ostida bazal mem branani hosil 
qiluvchi argirofil tolachalar chigali bor. Ushbu qavat lardan so‘ng ogiz 
bo‘sh lig‘i shilliq pardasining asl qavati joylashadi. Asl qavati yahlit bi-
rik tiruvchi to‘qimadan tuzilgan bo‘lib asosiy modda, tolali tuzilmalar 
va hujayralar bor. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining asl qavatida juda 
ham ko‘p kichik so‘lak bezlari joylashgan. Undan tashqari qon tomirlar 
va nerv oxirlari joylashgan.Shilliq osti qavati bir muncha g‘ovak birikti-
ruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, qattiq tanglay va milk sohalarda 
uchraydi.
Og‘izning turli qisimlardagi shilliq parda turlicha. Labning qizil 
hoshiyasi terining shilliq pardaga o‘tish chegarasi hisoblanadi. Labda 
yog‘ bezlari bo‘lib ter bezlari, soch va shilliq osti qavatida yo‘q. Lab 
shil liq pardasida juda ham ko‘p mayda so‘lak bezlari joylashgan. Lab-
lar milkka shilliq pardadan hosil bo‘lgan parda, lab yuganchasi yorda-
mida tutashadi. Ayrim insonlarda ushbu lab yuganchaning kaltaligi 
kuza tiladi, bu esa markaziy kurak tishlarning orasida yoriq bo‘lishiga 
sabab bo‘lishi mumkin.
Lunjning shilliq pardasida shilliq osti qavati yaxshi rivojlangan. 
Bu lunj shilliq pardasining harakatchangligini ta’minlaydi. Shilliq osti 
qava tida yog‘ bezlari, qon tomirlar joylashgan. Lunjning yuqori oltin-
chi tishlar sohasida quloq oldi so‘lak bezining ochilish nayi joylash-
gan bo‘lib undan doimiy ravishda shaffof suyuqlik so‘lak ajralib chi qib 
turadi. Milk anotomik uch qisimdan tashkil topgan: marginal, alveo-
lyar va milk so‘rg‘ichi. Milkda shilliq osti qavati yo‘q, shuning uchun 
milk alveola o‘sig‘ining suyak usti pardasiga jips birikib turadi.

8
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
himoya, plastik, sezish va so‘rilish. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi 
qator mikroorganizmlar uchun baryer hisoblanib himoya funksiyasini 
bajaradi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining plastiklik funksiyasi 
terining plastiklik funksiyasidan 3–4 barobar yuqori. Shunung uchun 
bu yerda regeneratsiya jarayoni tez kechadi va natijada jarohatlar tez 
bitadi. Sezish funksiyasi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida ko‘p gina 
retseptorlar (ta’mni, haroratni, bosimni sezuvchi hujayralar) joylash-
ganligi uchun amalga oshadi. Ushbu retseptorlar sovuqni, issiqni, og‘-
riqni, ta’mni va taktil sezgilarni (bosimni sezish) his qilishni ta’min-
laydi. Og‘iz bo‘sh lig‘i shilliq pardasida bir qator organik va noorganik 
moddalr so‘riladi. Bu moddalar aminokislotalar, antibiotiklar, dori 
moddalar va boshqalar.
TISHLAR
Tish-(dens). Tishlar inson hayoti mobaynida muhim rol o‘ynaydi. 
Ular ovqatni uzib olish, mexanik maydalash, so‘zlarni to‘g‘ri talaf fuz 
etish da ham ishtirok etadi. Inson hayotida tishlar ikki marotaba chi-
qadi. Tish murtaklari homilaning 6–7 haftaligidan boshlab rivojlanadi. 
Avval sut tishlar chiqib, so‘ng doimiy tishlar bilan alma shadi. Tishlar 
chiqish mexanizmi judayam murakkab va to‘liqligicna o‘rganilmagan.
Sut tishlar 20 ta bo‘lib, har bir jag‘da 10 tadan joylashgan. Sut tish-
larning hosil bo‘lish va ildizlarning so‘rilish muddatlari:
1-jadval
Sut tishlar murtagining minerallanishi, chiqish, ildizlarning shakllanish  
va so‘rilish muddatlari
Tishlar Minerallanishning 
boshlanishi
Chiqish 
muddati
Ildizning 
shakllanish 
muddati
Ildizlarning 
so‘rilishi
I
4 1/2
6–8 oy
2 yoshning oxiri
5 yoshdan
II
4 1/2
8–12 oy
2 yosh
6 yoshdan
III
7 1/2
12–16 oy
4 yosh
7 yoshdan
IV
7 1/2
16–20 oy
5 yosh
8 yoshdan
V
7 1/2
20–30 oy
4 yosh
7 yoshdan

9
Sut tishlar adabiyotlarda, tibbiyot hujjatlarida rimcha raqamlar bi-
lan belgilanadi.
Sut tishlarning anatomik formulasi:
2102
2102
2012
2102
Sut tishlarning klinik formulasi:
V IV III II I
I II III IV V
V IV III II I
I II III IV V
Agar og‘iz bo‘shlig‘ida faqatgina sut tishlar bo‘lsa, ushbu prikusni 
sut prikusi (tishlovi) deb ataladi.
Bolaning 6–7 yoshiga kelib doimiy tishlar chiqa boshlaydi va ushbu 
prikusni almashinuv prikusi deb ataladi. Almashinuv prikusi oxirgi sut 
tish tushguncha davom etadi.
Doimiy tishlar 28 tadan 32 tagacha bo‘ladi. Jag‘ning har yarmi 2ta 
kurak, 1ta qoziq, 2ta premolyar (kichik oziq tishlar), va 3ta molyar 
(katta oziq tishlar)dan iborat.
2-jadval
Doimiy tishlar murtagining minerallanish, chiqish va ildizlarining  
shakllanish muddatlari
Tishlar Murtak hosil bo‘lishning 
boshlanishi
Chiqish muddati
Ildizlarning 
shakllanish muddati
1
Homiladorlikning
8-oyidan
6–8 yosh
10 yosh
2
---------
8–9 yosh
10 yosh
3
--------
10–11 yosh
13 yosh
4
2 yoshdan
9–10 yosh
12 yosh
5
3 yoshdan
11–12 yosh
12 yosh
6
Homiladorlikning 5-oyidan
6 yosh
10 yosh
7
3 yosh
12–13 yosh
15 yosh
8
5 yosh
har xil
har xil

10
Doimiy tishlar adabiyotlarda va tibbiyot hujjatlarida arabcha ra-
qamlar bilan belgilanadi.
Doimiy tishlarning anatomik formulasi:
3212
2123
3212
2123
Doimiy tishlarning klinik formulasi:
87654321
12345628
87654321
12345628
BSU (VOZ) bo‘yicha tish formulasi:
18,17,16,14,13,12,11
21,22,23,24,25,26,27,28
48,47,41,45,44,43,42,41
31,32,33,34,35,36,37,38
Tishlar turli vazifalarni bajaradilar. Kurak va qoziq tishlar ovqat 
luqmasini kesib, uzib oladilar premolyar va molyarlar ovqat luqmasini 
maydalaydilar. Ularning shakli bajaradigan vazifasiga ko‘ra turlicha: 
kesuv tishlarda o‘tkir qirra, chaynov tishlarda do‘mboqliklar bor.
TISH GURUHLARI
Tishlar shakli va bajaradigan vazifasiga qarab 4 guruhga bo‘linadi:
1. Kesuv tishlar;
2. Qoziq tishlar;
3. Kichik oziq tishlar – premolyarlar;
4. Katta oziq tishlar – molyarlar.
Har bir tish beshta yuzadan iborat:
1.  Dahliz (vestibular) yuza – tishning lab va lunjga qaragan yuzasi;
2.  Oral yuza – tishning asl og‘iz bo‘shlig‘iga qaragan yuzasi;
3. Aproksimal medial yuza – tishning yuz markaziga yaqin bo‘l-
gan yon yuzasi;
4.  Aproksimal distal yuza – yuz markazidan uzoq joylashgan yon 
yuzasi;

11
5.  Kesuv yoki chaynov yuza – kurak tishlarda kesuv yuza, kichik 
oziq tishlar va katta oziq tishlarda chaynov yuza.
TISHNING ANATOMIK TUZILISHI
Har bir tish uch qismdan iborat: toj, bo‘yin, ildiz (4-rasm). Tishning 
toj qismi deb tishning milkdan tashqariga chiqib turgan qismiga ayti-
ladi. Bo‘yin deb tish tojning ildiziga o‘tish joyiga aytiladi. Ildiz deb 
tishning milk ostida, jag‘ suyaklarining alveo-
la kataklarida joylashgan qismiga aytiladi. 
Bir, ikki, uch ildizli tishlar bo‘ladi. Ayrim 
hol larda 4,5 ildizli tishlar ham uchraydi. Tish-
lar bajara digan vazifasiga mos ravishda har 
xil anatomik shaklga ega.
Har bir tishning ichida bo‘shliq bo‘lib, 
u har xil ko‘rinishga ega. Bu bo‘shliqni tish 
bo‘sh 
lig‘i deb ataladi. Tish bo‘shlig‘i ikki 
qisim dan iborat: toj va ildiz qismidagi ildiz 
ka nal laridan iborat. Ildiz kanali ildiz uchida 
teshik bilan tugaydi. Tish bo‘shlig‘ini pulpa 
(yum shoq to‘qima) to‘ldirib turadi.
3-rasm. Tish guruhlari:
a) kesuv tishlar; b) qoziq tishlar; d) premolyarlar; e) molyarlar.
4-rasm. Tishning 
anatomik tuzilishi:
a – toj, b – bo‘yin,  
d – ildiz.

12
TISHNING GISTOLOGIK TUZILISHI
Tish qattiq to‘qimalardan va yagona yumshoq to‘qimadan tashkil 
topgan. Tishning qattiq to‘qimalari: emal, dentin, sement. Tishning 
yum shoq to‘qimasi: pulpa (5-rasm).
Emal.  Tishning toj qismi emal bilan qoplangan. Emal to‘qimasi 
odam organizmidagi eng qattiq to‘qima, qattiqligi olmos qattiqligiga 
teng. Emal 96,4% anorganik va 1,2% organik moddalardan va 3,8 % 
suvdan tashkil topgan. Anorganik moddalardan mine ral tuzlar va 
gidro oksiapatitdan tashkil topgan bo‘lib, o‘rtacha kalsiy – 37%, fos-
for – 17% ni tashkil etadi.
Emalning asosiy tuzilishini den tinda tish sathiga yo‘nalgan emal 
prizmalar va prizmalararo modda lardan tashkil topgan.
Emal to‘qimasi tish toj qismini har hil qalinlikda qoplaydi. Masa-
lan, chaynov tishlarda emalning qalinligi bo‘yin qismda 0,01 mm, tish 
do‘mboqligida 1,7 mm, tish fissurasida 0,6 mm ni tashkil etadi. Emal 
do‘m boqlari orasidagi chuqurcha himoya vazifasini bajaradi, ya’ni den-
tinni tashqi muhit taassurotlaridan saqlaydi.
Dentin. Dentin to‘qimasi suyak to‘qimasiga o‘xshab ketadi. Suyak 
to‘qimasidan qattiqroq. Dentin 70–72 % anorganik moddalardan tash-
kil topgan. Anorganik moddalarning asosiy qismini: fosfat va karbonat 
kalsiy tuzlari, ftorid kalsiy, magniy, 
natriy va boshqa mikroelementlar tash-
kil etadi. 15–20%ni organik moddalar: 
oqsil, yog‘, 10–12%ni suv tashkil etadi.
Dentin tishning asosiy tayanch to‘-
qi 
masi bo‘lib ikki qismdan tashkil 
top gan: toj qismidagi dentin va ildiz 
qismidagi dentin. Toj qis midagi dentin 
emal to‘qimasi, ildiz qismidagi dentinni 
sement to‘qi masi qoplab turadi. Den-
5-rasm. Tishning ko‘ndalang kesmasi:
1 – emal; 2 – dentin; 3 – pulpa; 4 – ildiz 
kanali; 5 – sement; 6 – qon tomiri tutami.
1
2
3
4
5
6

13
tin da makro va mikro kanallar bor. Dentin kanallarining soni 1mm
2
da 
30 000 dan 75 000gacha yetadi. Dentin kanallarining ichida dentin 
suyuqligi bo‘lib u modda almashinuvida ishtrok yetadi. Dentin se-
mentni oziqlantirishda ishtirok etadi. Birlam chi va ikkilamchi den-
tindan tashkil topgan. Birlamchi dentin tish murtak davrida shakl-
lanayotganida hosil bo‘ladi. Ikkilamchi dentin tish milk ni yorib chiq-
qanidan so‘ng hosil bo‘ladi. Tish qattiq to‘qimalari kasal liklarida pul-
pa to‘qimasining himoya reaksiyasi ta’sirida uchlamchi dentin hosil 
bo‘ladi.
Sement. Tish ildizi sement to‘qimasi bilan qoplangan. Sement to‘qi-
masi ham suyak to‘qimasiga o‘xshaydi va u 60% neorganik va 40% 
organik moddadan tashkil topgan. Sement inson hayoti davomida doi-
miy ravishda paydo bo‘lib o‘zgarib turadi. Sement dentin va pereo dont 
hisobiga oziqlanadi. Sement tishni alveola katagida joylashib turishida 
muhim o‘rin tutadi.
Gistologik tuzilishiga ko‘ra ikki xil sementdan iborat: birlamchi 
hujayrasiz va ikkilamchi hujayrali sement. Ikkilamchi hujayrali se-
ment tuzilishi hamda tarkibiga ko‘ra dag‘al tolali suyak to‘qimasiga 
o‘x shaydi. Ikkilamchi dentin ildizning uchki qismi va bifurkatsiya qis-
mida joylashadi. Birlamchi hujayrasiz sement ildizning qolgan ham ma 
yuzasini qoplaydi.
Pulpa. Pulpa tishning yagona yumshoq to‘qimasi. Pulpa to‘qimasi 
biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, qon tomirlari, limfa tomirlari va nerv 
tolalariga boy bo‘lib u tish bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadi. Pulpa ikki 
qismdan iborat. Toj qismidagi pulpa va ildiz qismidagi pulpa. Toj 
qismidagi pulpa ildiz qismidagi pulpadan farq qiladi. Ildiz qismidagi 
pulpada kolagen tolalar ko‘proq bo‘lganligi uchun qattiqroq. Pulpa ildiz 
uchi teshigi orqali periapikal soha bilan tutashadi. Pulpa dentinni hosil 
qilish, oziqlantirish, qisman emalning modda almashinuvida ishtirok 
etish, turli taassurotlarni sezish funksiyalarini bajaradi.
PERIODONT
Periodont tish katagi devori bilan ildiz yuzasi oralig‘idagi bo‘sh-
liqda joylashgan. Bu bo‘shliq periodont yorig‘i deb ataladi. Periodont 

14
yorig‘ining kengligi ildizning turli sathlarida, yuzalarida bir xil emas 
va u 0,35–0,8 mm gacha bo‘ladi. Katakning o‘rta qismida periodontal 
yoriq toraygan bo‘lib, shu sababli uni qum soatiga o‘xsha tiladi. Perio-
dont to‘qimasi tolalari ildizning turli qismlarida turli yo‘nalishga ega 
va unda quyidagi guruh tolalari joylashgan: tish milk tolalari, tish 
alveola tolalari va tishlararo tolalar (6-rasm).
Tish milk tolalari milk cho‘ntagidagi sement chetidan boshlanib 
yelpig‘ichsimon yo‘nalishda milk to‘qimasi bilan birikadi. Tola tutam-
lari vestibulyar va oral (og‘iz bo‘shlig‘iga qaragan yuza) yuzada yax-
shi, aproksimal (yon) yuzalarda zaif rivojlangan. Ularning qalinligi 
0,1mm ni tashkil etadi.
Tishlararo tolalarning tutamlari 1–1,5 mm bo‘lib, bir tishning se-
mentdan boshlanib, yonida joylashgan tishning sementiga birikadi. Bu 
tolalar tish qatorining butunligini ta’minlashda ishtirok etadi.
Tish alveola tolalari ildizning butun yuzasidagi sementidan bosh-
lanib ildiz katagi devoriga birikadi. Ildiz uchi qismida tolalar vertikal 
yo‘nalishga ega. Ildiz uchiga yaqin qismida tolalar gorizontal, ildiz 
o‘rtasi va yuqori 1/3 qismida tolalar qiyshiq yo‘nalgan.
Periodont quyidagi funksiyalarni bajaradi: tishni alveola katagida 
ushlab turadi, tishga tushadigan bosimni tarqatadi (amortizatsiya), 
baryer-mudofa qilish vazifasini bajaradi, trofik ya’ni sementni oziqlan-
tirishda ishtirok etadi. Hamda tish almashinuvida ishtirok etadi.
6-rasm. Periodont:
1 – periodontal yoriq, 2 – periodont to‘qimasining tolalari,  
3 – tishning aylanma bog‘lami.

15

Yüklə 8,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin