Filologiya fakulteti



Yüklə 45,99 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü45,99 Kb.
#179906
  1   2
Habibiy hayoti va ijodi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Zahiriddin Muhammad Bobur nomli
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA FAKULTETI


Sirtqi ta’lim yo’nalishi 503-guruh talabasi
Tursunova Shaxnozaning
_____________________________ fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Habibiy hayoti va ijodi
BAJARDI: ___________________
ILMIY RAHBAR: ___________________

Reja:



1.Habibiy hayoti va ijodi
2. Habibiy g‘azal va she’rlari haqida
3. Habibiy ijodiga nazar
4. Habibiy she’rlari va o’zbek adabiyotiga qo’shgan hissasi
1.Habibiy hayoti va ijodi
Habibiy (taxallusi; asl nomi Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li) (1890, Paxtaobod tumani Qo‘qon qishlog‘i — 1980.16.4, Toshkent) — O‘zbekiston xalq shoiri (1974). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1970).
Qo‘qon va Andijondagi madrasalarda tahsil ko‘rgan. 
Navoiy, Fuzuliy, Muqimiy, Furqat asarlarini mutolaa qilib, aruz vaznining badiiy latofati va boy imkoniyatlarini qunt bilan o‘rgangan. Habibiyning g‘azalnavislik ijodi mazkur adabiy muhitda shakllanib borgan. Navoiyning 500 yilligiga tayyorgarlik ishlari boshlanishi bilan Habibiy safdoshlari Bokiy, Mahjuriy, Anisiy va Sayfiy bilan birga Navoiy komiteti tomonidan taklif etilib, Toshkentga ko‘chib kelgan (1938). G‘.G‘ulom, H.Olimjon, S.Abdulla, S.Mirzaev, S.Mutallibov singari allomalar bilan birga Navoiy adabiy merosinio‘rgangan. Habibiy 1939 yilda Farg‘ona kanali qurilishiga shoir sifatida safarbar etilgan. Shu vaqtdan boshlab uning g‘azallari respublika davriy matbuotida e’lon qilinib, mashhur hofizlar tomonidan ijro qilina boshlagan. O‘z g‘azallari hamda mumtoz adabiyot va musiqa sohasidagi bilimi bilan hurmat qozongan Habibiy 1940 yilda Yangiyo‘lda tashkil etilgan viloyat musiqali drama va komediya teatriga adabiy emakdosh etib tayinlangan va 1946 yilga qadar shu lavozimda xizmat qilgan. 
«Mehnat qo‘shiqlari», «Yangi yallalar» (1949), «Kolxozchilar ashulasi» (1951), «Ko‘ngil taronalari» (1957), «Zamon farhodlari» (1959), «Tanlangan asarlar» (1967), «Devon»(1971), «Navro‘zi olam» (1973) va boshqalar she’riy to‘plamlar muallifi. 
Habibiy ijodida sevgi va vafo, vatanga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hamda sadoqat g‘oyalari ustuvorlik qiladi. Habibiy mumtoz o‘zbek she’riyati va, ayniqsa, musiqasini nazar-pisand qilmaslik, hatto feodal davrlarning sotsializmga yot merosi sifatida rad etish hollari avj olgan zamonlarda Navoiy, Muqimiy singari mumtoz shoirlarning hayotbaxsh an’analarini izchil davom ettirgan. 
Habibiyning adabiy merosi mumtoz o‘zbek adabiyotining g‘azal, murabba, muxammas, musaddas, ruboiy, tuyuq, qasida va doston singari janrlarida yozilgan 40 mingdan ziyod baytdan iborat.
Uning 300 dan ziyod g‘azallariga kuy bastalangan bo‘lib, ularning aksari hozir ham ijro etiladi. 
Habibiy Toshkentning Kamolon qabristoniga dafn etilgan. Toshkent, Andijon shaharlari va Paxtaobod tumanidagi ko‘chalar Habibiy nomi bilan ataladi. Paxtaobod tumanida Habibiy uy-muzeyi barpo etilgan.
Zokirjon Holmuhammad o‘g‘li Habibiy mumtoz she’riyatimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirgan va rivojlantirgan shoirdir. U o‘z g‘azallari bilan xalqimizning umid va intilishlarini, ruhiy kamolotini ifodalab keldi. Habibiy 1890 yili Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga qarashli Qo‘qon qishloqda dehqon oilasida tug‘ildi. U eski maktabda, Andijon va Qo‘qon madrasalarida ta’lim oldi. Navoiy, Fuzuliy, Muqimiy va Furqat g‘azallarini mutolaa qildi, ularga ergashib, she’rlar yozdi, Sharq adabiyoti an’analarini davom ettirdi.
2. Habibiy g‘azal va she’rlari haqida
1919 yilda Habibiy Andijonning Bo‘taqora qishlog‘ida yashab, dehqonchilik bilan shug‘ullangan. 20-yillarda xalq qo‘shiqlari uslubida ko‘plab she’rlar yaratgan. Habibiy o‘z zamonasi mavzulari, kolxoz tuzumi, kanallar qurilishi, cho‘llarni o‘zlashtirish, Farhod GESining bunyod etilishi va boshqa o‘zgarishlarni qalamga oladi.
Shoir ijodida ona-Vatan va xalqimiz hayoti, kurashi va intilishlari haqidagi she’rlar yetakchi o‘rinni ishg‘ol etadi. Shu g‘oya uning «O‘lkam», «Farhod qo‘shig‘i», «Muborak yosh», «Inson aziz», «Ulug‘ burch», «Che-varlar», «Muddao bilan» kabi she’rlarida o‘z maromiga yetkazildi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida shoir qalamini nayzaga aylantirdi. Uning bu davrdagi g‘azallari orasida «Jang-chi yigit qo‘shig‘i», «Boladan ota-onaga xat», «Onadan bolaga xat» kabi g‘azallari, ayniqsa, xarakterlidir. Shuningdek, Habibiyning «Ko‘ngil taronalari» (1957), «Tanlangan asarlar» (1967), «Devon» (1971) kabi she’riy to‘plamlari ham xalq e’tiboriga sazovor bo‘ldi.
Habibiy 1974 yili 85 yoshga to‘lishi arafasida O‘zbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan. U o‘zbek she’riyatining g‘azal va qo‘shiqchilik bobida o‘ziga xos maktab yaratib, aruz vaznidan muvaffaqiyatli foydalangan katta iste’dod sohibidir.
Habibiy she’rlaridan
KOʻNGIL QUVONCHI
Kel ey koʻngilning azizi koʻp etma istigʻno,
Na deb oʻzingga meni avval aylading oshno.
Dilim charogʻi, koʻzim nuri, tan madorisan,
Azta boshing haqi, bir lahza boʻlma beparvo.
Qaro koʻzingga koʻzim tushmasa yomon holim
Firoqing oʻtiga yoʻq sabru toqatim aslo.
Zamonu asrim aro ey yagona farzona,
Jahonda bormu kishi sen kabi goʻzal zebo.
Kulib koʻzing qirida iltifot etar chogʻda
Qiyo-qiyo boqishing kimni qilmagay shaydo.
Chamanda koʻkka boqib qoldi bir koʻrib nargis,
Boʻlurmu dunyada koʻzlar koʻzing kabi shahlo.
Chin eʼtiqodim ila sofu toza mehringni,
Habibiy, safhai siynamda ayladim insho.
1941
KOʻZI SHAHLO
Karashma birla hushim oldi bir koʻzi shahlo,
Tagʻofil ayladi-yu, ketdi boqmadi aslo.
Koʻngilda ohi jahonsoʻzu yuz gʻamu anduh,
Dilimda dardi firoqu qoshimda ming savdo.
Teshik-teshik jigarimdan buloq oʻlib qonlar
Koʻzimda toʻlmogʻu toshmoq bila ulug daryo.
Xayoli laʼli labi mastu mayparast etdi,
Qaro koʻzin qarashi qildi volayu shaydo.
Ajabki har tunu kun yora-yor ekan, agʻyor,
Gʻaribu gʻamzodalardan hamisha beparvo.
Humori bodayi vasli bilan xarob oʻldim,
Xumorim achchigʻi to qilmagay meni rasvo.
3. Habibiy ijodiga nazar
Zamonamizning ko'zga ko'ringan shoirlaridan biri Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Habibiy yangi davrda mumtoz she'riyatimizning eng yaxshi an'analarini rivojlantirdi. U o'z g'azallari bilan xalqimizning umid va intilishlarini, ruhiy kamolotini ifodalab keldi. Habibiy 1890 yili Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi Qo'qon qishlog'ida kambag'al dehqon oilasida tug'ildi. 
U eski maktabda, Andijon, Qo'qon madrasalarida ta'lim oldi. Navoiy, Fuzuliy, Muqimiy va Furqat razallarini mutolaa qildi, ularga ergashib she'rlar yozdi. Xususan Sharq adabiyoti an'analariga ergashdi. Sa'diyning sehrli, falsafiy she'riyati, buyuk Navoiyning hayotbaxsh ijodi, Fuzuliyning she'riy kalomi uni qo'llab-quvvatladi.
Bir ming to’qqiz yuzi yigirmanchi yillarda xalq qo'shiqlari uslubida ko'plab she'rlar yaratdi. Habibiy o'z zamonasi mavzulari, kolxoz tuzumi, kanallar qurilishi, cho'llarni o'zlashtirish, Farhod GESining bunyod etilishi va boshqa yirik o'zgarishlarni qalamga oldi.
Shoir ijodida ona Vatan va xalqimiz hayoti va kurashi, intilishlari haqidagi she'rlar yetakchi o'rinni ishg'ol etadi. U bir she'rida:

Yüklə 45,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin