N. A. Tashpulatova stomatologik



Yüklə 8,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix22.10.2019
ölçüsü8,96 Mb.
#29404
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
stomatologik kasalliklar


Qon oqishini to‘xtatish. Yuz-jag‘ sohasi qon tomirlar bilan juda 
yahshi ta’minlanganligi uchun jarohatlanishlarda ko‘p miqdorda qon 
yo‘qo tish mumkin. Yuz sohasidagi qon ketishni tampon yoki bosib 
turadigan bog‘lam bilan to‘xtatish mumkin. Ammo yumshoq tang lay 
va og‘iz tubi jarohatlarida bu usullar bilan qon to‘xtatish har doim ham 
samara bermaydi. Bunda tampanada qilinadi va tamponni barmoq 
bilan bosib malakali yordam ko‘rsatilgunga qadar ushlab turiladi. 
Tash qi uyqu arteriyasidan qon oqayotganida umumiy uyqu arteriya sini 
 
a 
b 
d
39-rasm. Le-For bo‘yicha yuqori jag‘ sinishlari: 
a – 1-tip; b – 2-tip; d – 3-tip.

127
VI bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang o‘simtasiga bar moqni bosib turish 
yo‘li bilan qon to‘xtatiladi. Yuqori jag‘ bo‘shlig‘idan burun bo‘shlig‘i-
ga qon oqganida qatlamma qatlam zich tamponlanadi. Suyak bo‘lak-
larining mahkamlanishi ham qon to‘xtatishda muhim o‘rin tutadi.
Asfeksiyani oldini olish. Yuz-jag‘ sohasi jarohatlarida eng og‘ir 
aso ratlardan biri asfeksiya hisoblanadi. Asfeksiya quyidagi turlarga 
bo‘li nadi: dislakatsion, obturatsion, stenotik, klapan va aspi ratsion. 
Dis la katsion asfeksiya tilning orqaga ketib qolishi oqibatida hosil bo‘-
la di. Obturatsion asfeksiya halqumning yot jinslar bilan berkilib qolga-
nida yuzaga keladi. Stenotik asfeksiya nafas yo‘llari gematomasi, shi-
shishi natijasida hosil bo‘ladi. Klapan asfeksiya nafas yollarini yum-
shoq tanglay to‘qimalari bilan yopilishi, aspiratsion asfeksiya esa hush-
siz bemorning nafas yo‘llari qon, so‘lak, qusuq massalari bilan berkilib 
qolishi oqibatida yuzaga keladi. Bunday hollarda shoshilinch yordam 
ko‘rsatish zarur bo‘ladi. Bunda og‘iz bo‘shlig‘ini qon laxtalari, yot 
jisim laridan tozalanadi, til orqaga ketib qolgan taqdirda dokali sochiq 
va barmoqlar bilan tilni ushlab turiladi, agar bemor behush bo‘lsa tilini 
to‘g‘nog‘ich bilan bemorning kiyimlariga mahkamlanadi. Hiqildoq 
shishi ortib borsa traxeotomiya qilinadi. Bemorni yuz tuban qilib 
yotqiziladi (40-rasm).
Shikastlanish shoki. Yuz-jag‘ sohasi to‘qimalarida juda ko‘p nerv 
oxirlari joylashganligi uchun kichik jarohat ham shikastlanish shokini 
keltirib chiqarishi mumkin. Yuz-jag‘ sohasi jarohatlarida birinchi yor-
40-rasm. Jarohatlangan bemorni yuz tuban qilib yotqizilishi.

128
dam ko‘rsatishda og‘riq sezgisini bartaraf etish, nafas olishni va yurak 
fao liya tini tiklashdan iborat bo‘ladi.
Suyak siniqlarini transportda immobilizatsiya qilish. Yuz-jag‘ 
sohasi jarohatlarida suyak bo‘laklarini albatta immobilizatsiya qilish 
shart. Immobilizatsiya suyak sinishlari asoratlarini oldini oladi. Sin-
gan suyak bo‘laklarining o‘tkir qirralari natijasida qon tomirlarini 
jaro hat lashini va qon ketishni bartaraf qilinadi hamda og‘riq sezgisini 
kamay tiradi va dislakatsion asfeksiya yuz bermasligini ta’minlaydi. 
Vaq tin chalik immobilizatsiyaning eng oddiysi iyak sopqoni bog‘lami-
ni qo‘yish hisoblanadi. Agar bint bo‘lmasa matoni uchburchak shakli-
ga keltiriladi va bemor iyak ostidan o‘tkazib boshining tepa qis mi ga 
bog‘lab qo‘yiladi. Bu bog‘lamni ham yuqori ham pastki jag‘ sinishlari-
da qo‘llash mumkin.
Birinchi malakali tibbiy yordam ko‘rsatilguncha standart bog‘lam-
lar yordamida jag‘lar immobilizatsiya qilinishi kerak. Standart bog‘-
lam lar bir tomonda rezina bog‘ichlari bo‘lgan boshga kiyiladigan hi-
moya qalpoq va qattiq iyak sopqonidan iborat. Qalpoqni boshga zich 
qilib mahkamlanadi, iyak sopqoniga individual bog‘lov paketi qo‘yi-
ladi va bog‘ichlar yordamida boshga kiyiladigan qalpoqqa mahkam-
lanadi (41-rasm).
Yuqori jag‘dagi sinishlar ham og‘izdan tashqarida turadigan richag-
lari bo‘lgan plastinka shina yordamida davolanadi. Bu richaglar rezina 
 
a 
b
41-rasm. a – A.A.Limbergning iyak sopqonli standart bog‘lami;  
b – Yuqori jag‘ sinishlarini oddiy usulda fiksatsiya qilish.

129
tortqichlar yordamida boshdagi bog‘lovga mahkamlab qo‘yiladi. Bu 
shinadan singan yuqori va pastki jag‘larni bir vaqtda davolash uchun 
ham foydalanish mumkin. Bunday hollarda mazkur shinaga yuqo riga 
qarab to‘g‘ri burchak ostida qayirib qo‘yilgan changaksimon halqa-
chalar yopishtirib qo‘yiladi va ular rezina halqalar o‘rnatish hamda 
pastki jag‘ siniqlarini tortib qo‘yish uchun xizmat qiladi.
JAG‘ SINISHLARINI DAVOLASH USULLARI
Jag‘ sinishlarini davolashning maqsadi qisqa muddat ichida singan 
bo‘laklarning bitishi, prikusning to‘liq tiklanishi. Buning uchun quyi-
dagi tadbirlar amalga oshiriladi.
1. Suyak bo‘laklarining bimanual repozitsiyasi.
2. Suyak bo‘laklarini qattiq va stabil mahkamlash.
3. Suyak singan sohada regeneratsiya uchun sharoit yaratish.
4. Davolashni kechiktiruvchi ikkilamchi yallig‘lanish jarayonlarini 
profilaktika qilish.
SUYAK BO‘LAKLARI REPOZITSIYASI
Repozitsiya bu singan suyak bo‘laklarini joyiga to‘g‘iralshdir. 
Suyak bo‘laklari repozitsiyasini bir momentli yoki bosqichma-bosqich 
amalga oshirish mumkin. Mahalliy infiltratsiyali va o‘tkazuvchi og‘-
riq sizlantirish usuli yordamida bir momentli qonsiz repozitsiyani amal-
ga oshiriladi. Doimo suyak bo‘laklarini maksimal repozitsya qilish ga 
intilish zarur. Agar bir momentli qonsiz repozitsiya samara ber masa, 
bos qichma-bosqich repozitsiya qilinadi. Bu bosqichda repo zitsiya jag‘-
lararo va mahsus apparatlar yordamida amalga oshiriladi. Agar bos-
qich 
ma-bosqich repozitsiya samarasiz bo‘lsa jarrohlik yo‘li bilan 
erishiladi.
PASTKI JAG‘NING SILJISHINI IMMOBILIZATSIYA 
QILISH
Davolash suyak butunligini va funksiyasini tiklashga qaratil gan 
bo‘ladi. Buning uchun suyak bo‘laklarini repozitsiya va immobili-

130
zatsiya qilinadi. Ushbu muolajalarni o‘tkazish uchun mahalliy og‘riq-
sizlantirish o‘tkaziladi, so‘ng suyak bo‘laklari repozitsiya qilinadi. 
Agar og‘iz bo‘shlig‘ida saqlanib qolgan tishlar ko‘p bo‘lsa, ligaturali 
bog‘ lam lardan foydalaniladi. Bular, Ayvi, Vilga, Geykin bog‘lamlari 
(42-rasm).
Bundan tashqari alyuminiy simi yordamida S.S.Tigershted shinasi 
qo‘yiladi. Bemor shinani 25–30 kun davomida taqib yuradi.
Pastki jag‘ning chiqishi og‘iz haddan tashqari katta ochilganda: 
esna ganda, tish oldirilganda, me’daga zond yuborilganda, og‘izni og‘iz 
ken gaytirgich bilan ochishda, pastki jag‘ tanasiga zarb tekkanda va shu 
kabi larda yuz beradi.
Eng keng tarqalgan chiqishlardan biri oldinga chiqish, bunda bo‘-
g‘im boshchasi bo‘g‘im do‘mbog‘idan sirpanib o‘tib, uning oldi da turib 
qoladi, bu holat bo‘gim yon boylamlarining tarangligi va chaynov 
muskullarining reflektor qisqarishi natijasida ushlanib turadi.
Jag‘larni kuch bilan joyiga solishda bo‘g‘im boshchasini bo‘g‘im 
do‘mbog‘idan orqaga surishdan iborat. Bemor stul yoki kresloga o‘tka-
ziladi. Yordam beruvchi bosh barmoqlarini sochiq bilan o‘rab, pastki 
jag‘dagi katta oziq tishlarning chaynov yuzasiga, bunday tishlar bo‘l-
 
a 
b
42-rasm. Suyak bo‘laklarini ligature simlar bilan bog‘lab mahkamlash:
a – yuqori va pastki jag‘larni mahkamlash; b – Ayvi bo‘yicha simli  
bog‘lamlar qo‘yish.

131
ma sa – alveolyar o‘siqqa qo‘yadi. Qolgan barmoqlar bilan pastki jag‘ 
tanasini tashqi tomondan ushlanadi. Shifokor biomonual bosimni asta 
orttirib pastki jag‘ bo‘g‘im boshchasini pastga siljitadi so‘ng bir turtki 
bilan orqaga, bo‘g‘im chuqurchasiga tushiradi. Bemor pastki jag‘ini 
10–15 kun iyak sopqoni bilan fiksatsiya qilinadi.
Jag‘ning orqaga chiqishi juda kam uchraydi. Unga ko‘pincha iyak-
ka qattiq zarb tushishi sabab bo‘lishi mumkin. Bunday chiqishda be-
morning og‘zi yumilgan, pastki jag‘ esa orqaga surilgan. Bunday 
chi qishni joyiga solishda pastki jag‘ni oldinga va ayni vaqtda pastga 
tortiladi.
YUZ-JAG‘ SOHASI SHIKASTLANGAN BEMORLARNI 
PARVARISH QILISH
Yuz-jag‘ sohasi yaralanishlarining xususiyatlari orasida emotsio-
nal – ruhiy momentlar muayyan ahamiyatga ega. Depressiv holatlar 
ko‘ pincha yaralanishning og‘ir yengilligiga emas, balki yuz qiyofasi-
ning xunuklashish darajasiga bog‘liq bo‘ladi, chunki nisbatan yen gil 
yara lanish hollarida ham yuzning xunuklashib qolishi qayd qilinadi.
Yaralanishlar aksariyat hollarda chaynash, yutish aktining buzili-
shi, nutqning o‘zgarib qolishi bilan o‘tishi mumkinligi sababli bemorlar 
o‘z jismoniy nuqsonlaridan iztirobga tushadilar.
Yuz-jag‘ sohasidagi shikastlanishlarda bemorni, ayniqsa birinchi 
hafta mobaynida o‘rinda qaddini baland vaziyatda yotqizish kerak. 
Bun day noilojlik holati qon oqish xavfini, qon, shilimshiq, yiring, 
ovqat qoldiqlaridan aspiratsiya yuz berish imkoniyatini kamaytiradi. 
Noiloj lik holati va og‘ir bemorlarni vaqti bilan u yonboshidan bu 
yonbo shiga yotqizish o‘pkadagi dimlanish hodisalarini va o‘pkada yal-
lig‘ lanish asoratlari yuz berish xavfini bartaraf etadi. So‘lak oqishi-
ni kamaytirish uchun kuniga 3 marta 5–6 tomchidan belladonna 
nastoykasi, 0,5–1 gr atropinning 1% li eritmasi teri ostiga yuboriladi. 
Agar, jarohat atrofidagi terida doimo namlanib turish ta’sirida bichilish 
paydo bo‘lsa, bu sohalarga rux mazi yoki 2% li metilen ko‘ki eritmasi 
surtiladi, shundan so‘ng ustidan yupqa vazelin qavati qoplanadi.

132
OG‘IZ BO‘SHLIG‘INI PARVARISH QILISH
Yuz-jag‘sohasidagi yaralanishlarda chaynash akti buzilishi oqiba-
tida og‘iz bo‘shlig‘ining o‘z-o‘zini tozalashi ro‘y bermaydi. Odatdagi 
parvarish qilishning esa (tishlarni tish cho‘tkasi va pasta bilan yuvish) 
iloji bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat qoldiqlari, jarohat 
ekssudati va boshqalar yig‘ilib qoladi. Ularni tozalash uchun og‘iz 
bo‘shlig‘ini muntazam yuvib turish (Esmarx krujkasidan va boshqa 
moslamalardan) kerak bo‘ladi (43-rasm).
43-rasm. Og‘iz boshlig‘ini yuvish.
Og‘iz bo‘shlig‘ini yuvishdan maqsad ovqat qoldiqlarini mexanik 
tozalashgina emas, balki yoqimsiz hidni bartaraf etish hamdir. Buning 
uchun odatda ma’lum darajada hid yo‘qotuvchi xossalari bo‘lgan pushti 
rangli kaliy permanganat eritmasi qo‘llaniladi. Zarurat bo‘lganda 
oqim ni uzib qo‘yish uchun rezina nay va mahsus zajim kiygiziladi.
SHINALARNI KUZATIB BORISH
Og‘iz bo‘shlig‘ini muntazam yuvib turishga qaramay, ovqat qoldiq-
lari va halok bo‘lgan to‘qima elementlarining bir qismi qo‘yilgan shina-
larda qoladi, ligatura bilan rezina halqalar orasida shuningdek tish-
lararo oraliqlarda tiqilib qoladi. Shuning uchun og‘iz bo‘shlig‘ini mexa-
nik tozalash ham kerak bo‘ladi. Bemorning og‘iz bo‘shlig‘idagi qolgan 
ovqat bo‘lakchalarini pinset yordamida olib tashlanadi. So‘ngra vodo-
rod peroksid eritmasida ho‘llangan paxta tampon bilan tishlar, tishlar 
aro oraliqlar, shinalar, ligatura va rezina halqalar qunt bilan artiladi, 

133
shun 
dan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘i qayta irrigatsiya qilinadi. So‘ng 
ra 
shinalar to‘g‘ri turganligi, bo‘shashib ketmaganligi, rezina ipining bo‘-
shashib ketmaganligi va shu kabilarni ko‘zdan kechirish zarur bo‘ladi.
Tayanch iboralar:
Jag‘ sinish – jag‘ suyak butunligining kuch ta’siri ostida qisman 
yoki to‘liq buzilishi;
To‘liq sinish – suyak bo‘laklari to‘liq ajralishi bilan kuzatiladigan 
sinish turi;
To‘liq bo‘lmagan sinish – darz ketishi yoki suyak yuzasining si-
nishi;
Le-For – yuqori jag‘ sinishlarini ta’riflagan jarroh;
Dislakatsion asfeksiya – tilning orqaga ketib qolishi oqibatida ho-
sil bo‘lgan asfeksiya;
Obturatsion asfeksiya – halqumning yot jinslar bilan berkilib qoli-
shi oqibatida yuzaga keladigan asfeksiya;
Stenotik asfeksiya – nafas yo‘llari gematomasi, shishishi natijasida 
hosil bo‘ladigan asfeksiya;
Klapan asfeksiya – nafas yollarini yumshoq tanglay to‘qimalari 
bilan yopilishi oqibatida hosil bo‘ladigan asfeksiya;
Aspiratsion asfeksiya – hushsiz bemorning nafas yo‘llari qon, so‘-
lak, qusuq massalari bilan berkilib qolishi oqibatida yuzaga kela digan 
asfeksiya;
Repozitsiya – singan suyak bo‘laklarini joylash;
Immobilizatsiya – suyak bo‘laklarini mahkamlash.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Jag‘ sinishi deb nimaga aytiladi?
2. Pastki jag‘ sinishining nechta turi bor?
3. Nima uchun singan suyak bo‘laklari siljiydi?
4. Yuqori jag‘ sinishining nechta turi farqlanadi?
5. Yuqori jag‘ sinishlarini kim ta’riflagan?
6. Sinishlarda birinchi yordam qanday tartibda amalga oshiriladi?
7. Asfeksiya deganda nimani tushunasiz?
8. Asfeksiyaning qanday turlarini bilasiz?
9. Nima uchun jag‘lar sinishida immobilizatsiya qilish shart?
10. Repozitsiya deganda nimani tushunasiz?

134
XIV BOB
 
YUZ-JAG‘ SOHASI O‘SMA KASALLIKLARI
Turli sabablar oqibatida to‘qimalarning patologik ko‘payishi natija-
sida o‘smalar hosil bo‘ladi. O‘smalarda hujayralarning beto‘h tov ko‘pa-
yishi kuzatiladi. O‘sma o‘zini tashkil qilgan asl to‘qimaga o‘hshash 
bo‘l sa ham sog‘lom a’zo yoki to‘qimaning tuzilishidan keskin farq 
qiladi.
Yuz-jag‘ sohasi o‘smalari epiteliy, mezinxema, melanin hosil qiluv-
chi va nerv to‘qimalaridan rivojlanadi. O‘smalarning xavfsiz va xavf-
li turlari bor. Xavfsiz o‘smalar sekin rivojlanib, chegarasi aniq bo‘lgan 
tarzda o‘sadi, odatda metastoz (o‘sma hujayralarining limfa, qon tomir-
lar orqali tarqalishi) qaytalanmaydi. Bemorda umumiy holsizlik ka 
sabab bo‘lmaydi, ya’ni kaxeksiyani olib kelmaydi. Xavfsiz o‘sma lar 
faqat to‘qima atrofida kuzatiladi va to‘qimalarning yemirilishi natija-
sida parchalanmaydi.
Xafli o‘smalar yoshi yetilmagan to‘qimadan rivojlanadi, tez o‘sadi, 
qo‘shni to‘qimalarga o‘sib kiradi, metastazlanadi. Xafli o‘smalarda 
orga nizmni holdan toyishi-kaxeksiya kuzatiladi. Xafli o‘smalar to‘qi-
ma larning yemirilishi natijasida parchalanadi.
YUZ-JAG‘ SOHASI XAVFSIZ O‘SMALARI
Yuz-jag‘ sohasining xavfsiz o‘smalari 4 guruhga bo‘linadi: kistalar, 
odontogen o‘smalar, yumshoq to‘qimalarning xavfsiz o‘smalari va jag‘-
larning suyak o‘smalari.
ODONTOGEN KISTALAR
Odontogen kistalar ikki hil bo‘ladi: ildiz oldi (radikulyar) va toj 
qismi (follikulyar). Ildiz oldi kistalari ko‘proq uchraydi. Kistalar epi-
teliy qavati bilan o‘rangan bo‘shliq bo‘lib, ushbu bo‘shliqni sa riq 

135
yoki jigarrangga ega bo‘lgan suyuqlik bilan (transudat) to‘lib turadi. 
Suyuq likda xolesterin kristallari bor. Ildiz oldi kistasi sekin bir necha 
yil davomida rivojlanadi va 2–5 sm kattaligida bo‘la di. Alveola o‘sig‘i 
va jag‘ tanasi kattalashadi. Suyak to‘qi ma sining yupqalanib qolishi 
nati 
jasida kripitatsiya paydo bo‘la 
di. Keyinchalik suyak to‘qimasi 
nuq soni kuzatiladi. Kista ta’siri da tishlar o‘z o‘qlarini o‘zgartiradilar. 
Kistani aniqlashda rentgeno grafiya va elektrodontometriyadan foy-
dala niladi. Rentgenogramma yordamida kistaning hajmi, joyla shishi, 
burun bo‘shlig‘i, yuqo ri jag‘ bo‘shlig‘i bilan, tishlar bilan munosabati 
aniqlanadi. Folliku lyar kista chiqmagan tishning emalidan rivojlanadi. 
Ko‘pincha past ki va yuqori jag‘dagi 2-premolyar 3-molyar, qoziq tish-
larga bog‘liq bo‘ladi. Kista jag‘ning alveolyar qirrasida joylashadi. 
Uning devori yupqa va ko‘p qavatli yassi hujayra bilan qoplanadi. 
Kis ta bo‘shlig‘ida bir yoki bir necha, yetilgan yoki chala tishlar 
bo‘ladi.
SO‘LAK BEZI KISTALARI
Kichik so‘lak bezlarining retensiyalangan kistalari
Lab yoki lunjlarni tishlash natijasida, so‘lak ajralish qiyinlashishi 
oqibatida kelib chiqadi. Kista sharsimon shaklda bo‘lib qattiq elastik 
bo‘ladi. Kista kapsulasi butunligi buzilganda ichidan sarg‘imtir suyuq-
lik ajraladi. Davolash jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirilib kista kapsu-
lasi bilan birgalikda olib tashlanadi va chok qo‘yiladi.
Til osti so‘lak bezining retensiyalangan kistasi (ranula)
Til yuganchasi yonida, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi ostida joyla-
shadi. Kista yumaloq, ko‘kimtir pushti rangda bo‘lib palpatsiyada elas-
tik konsistensiyaga egaligi aniqlanadi. Kista kattalashib tilni tanglayga 
ko‘tarib qo‘yishi mumkin. Ayrim hollarda kista jag‘ til osti mushagi 
ostida joylashishi mumkin. Kista o‘lchamlarini aniq lash uchun kontrast 
sistorontgenografiya tekshiruvi o‘tkaziladi. Til osti so‘lak bezi kistasini 
lipoma, kavernoz gemangioma va limfangioma bilan solishtirma tash-
xis o‘tkaziladi.

136
ODONTOGEN O‘SMALAR VA O‘SMASIMON 
O‘ZGARISHLAR
Ameloblastoma (adamantinoma). Ameloblastoma odontogen epi-
teliydan rivojlanadigan xavfsiz o‘sma bo‘lib, ammo atrofidagi to‘qima-
larni yemirish xususiyatiga ega. Ko‘pincha pastki jag‘ning molyar 
tish lar sohasida joylashadi. O‘sma juda sekin va uzoq vaqt belgi ber-
masdan o‘sadi. Keyinchalik yuz va suyaklarning shakli buziladi. Tash-
xisni aniqlashda rentgenografiya muhim o‘rin tutadi. Rentgeno gra-
fiyada suyakda bir yoki ko‘p bo‘shliqlar paydo bo‘lib, bo‘shliqlar yupqa 
suyak plastinkasi bilan ajralgan. Ameloblastomani odontogen kista, 
osteoblastoklastoma, xavfli o‘smalar bilan taqqoslash zarur.
Odontoma tishlar rivojlanishining buzilishi natijasida kelib chiqib, 
tish to‘qimalarining hammasi mavjud va yetarli, yaxshi shakllangan, 
ammo ularning nisbati, umumiy tuzilishi noto‘g‘ri. O‘sma odatda pre-
molyar va molyar qismida paydo bo‘ladi. Rentgenologik tekshirish da 
chegarasi aniq bo‘lgan, suyakning yumshoq o‘chog‘i ko‘rinadi va unda 
zichlashgan ohakli moddaga o‘xshash tugunlar hosil bo‘ladi.
Odontogen fibroma. Odontogen fibroma xavfsiz, fibroplastik o‘s-
ma. O‘smaning kelib chiqishi mezinxemal dentin to‘qimaga bog‘ liq 
bo‘ lib tish ildizi yoki chiqmagan tish tojchasiga bog‘liq holda joylasha-
di. O‘sma odatda sekin va bilinmasdan o‘sadi.
Epulis. Epulis jag‘ sistemasida uchraydigan o‘smasimon o‘zga-
rishdir. Jag‘larning alveola qirrasida joylashadi. Periodont to‘qimasidan 
rivojlanadi. Epulis uch turdan iborat: fibromatoz, angiomatoz, gigant 
xujay rali. Epulisning o‘lchami 2–4 sm ga yetadi. Ko‘pincha fron tal 
tish lar sohasida alveola o‘sig‘i qirrasida, vestibulyar yuzada joylasha-
di. Shakli qum soat shakliga o‘xshaydi, uning toraygan qismi tishlar 
ora sida joylashadi. Gigant hujayrali epulis to‘q qizil rangga ega. Epu-
lisning o‘sishi natijasida tishlar qimirlaydi va siljiydi. Rentgenogram-
mada jag‘ suyak to‘qimasining yemirilishi kuzatiladi.

137
YUMSHOQ TO‘QIMA O‘SMALARI
Fibroma. Tolali biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan. Yumaloq 
shaklga ega, och pushti rangli shilliq parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. 
Uchin chi molyar tishlar sohasidagi alveola o‘sig‘ining tanglay yuzasida 
joyla shadi (44-rasm) yoki pastki jag‘ning alveola o‘sig‘ida til yuzasida 
joylashadi.
Papiloma. Milk so‘rg‘ichining va til so‘rg‘ichlarining o‘sishidir. 
Och pushti yoki jigarrangga ega bo‘lib, gul karamga o‘xshab ketadi. 
Yum shoq va zich papilomalarning turi mavjud. Papiloma tilda, tang-
layda va lunj shilliq pardasida joylashadi. U tez jarohatlanishi va yal-
lig‘lanishi mumkin.
Gemangioma. Qon tomirlarining tug‘ma rivojanishining buzilishi 
oqibatida kelib chiqadi. Ko‘proq yumshoq to‘qimalarda bo‘ladi. Ge-
man giomalar uchga bo‘linadi: kapillar, kavernoz va tarmoqlangan. 
Gemangioma turlari aralashgan holda ham uchrashi mumkin. Oddiy 
gemangioma yuza joylashib alvon qizil yoki to‘q ko‘kimtir tusga ega 
bo‘ladi. Uning rangi tashkil etuvchi komponentlariga bog‘liq (arteriya 
yoki vena).
Limfangioma. Limfangioma limfa tomirlari rivojlanishining buzi-
lishi. O‘sma til, lab sohasida joylashadi va tez o‘sadi. Yallig‘lanishi 
ham mumkin. Bunda bemorning tana harorati ko‘tariladi. Tili to‘q 
qizil tusga kiradi va so‘rg‘ichlari bo‘rtib qoladi.
44-rasm. Alveola o‘sig‘ining odontogen fibromasi.

138
Ateroma. Yog‘ bezlari sekretining ajralishi va chiqishining to‘si-
lishi oqibatida kelib chiqadi. Ateroma yuzda, boshda bo‘lib katta 
hajm larga yetishi mumkin. Ateromalar bitta va ko‘p bo‘lishi mumkin. 
O‘sma yumaloq shaklga ega bo‘lib, yumshoq va elastik bo‘ladi. Ustini 
qoplab turgan terining rangi o‘zgarmaydi.
OSTЕOGЕN JAG‘ O‘SMALARI
Xondroma.  Tog‘ay to‘qimasidan tashkil topadi, kam uchraydi. 
Jag‘ning ichki yuzasida bitta yoki ko‘plab tugunchalar paydo bo‘ladi. 
Ko‘pincha jag‘larda jarrohlik muolajasini o‘tkazilganidan so‘ng paydo 
bo‘ladi.
Osteoma. Suyak to‘qimasidan hosil bo‘ladi. Tuzilishiga ko‘ra zich, 
spangioz va aralash turlari bor. O‘sma funksional o‘zgarish larga olib 
kelishi mumkin.
XAVFLI O‘SMALAR
Xavfli o‘smalar tez rivojlanib, metastaz berish xususiyatiga ega. 
Atrofdagi a’zo va to‘qimalarga invaziya (infiltrativ) o‘sib kiri shi nati-
ja sida yemiradi, o‘smaning chegarasi noaniq bo‘lganligi uchun jarroh-
lik yo‘li bilan olib tashlanganda qayta o‘sishi mumkin, organizmni 
zaharlab umumiy ta’sir ko‘rsatadi va kasalni ozdiradi. Xavfli o‘sma lar-
da to‘qima atipizmidan tashqari hujayra atipizmi kuzatiladi. Hujayra-
ning shakli, hajmi, sitoplazmaning rangi har xil bo‘ladi. O‘zaklarning 
soni, shakli, joylanishi, hajmi va bo‘linishi xilma-xil bo‘ladi. Xavfli 
o‘sma lar to‘qimasi tuzilishi atipizimidan tashqari biokimyoviy, immu-
no logik va funksional atipizmga ham ega bo‘ladi.
Yuqori jag‘ raki. Kalla skeleti suyaklari orasida yuqori jag‘ning 
xastalanishi ko‘proq 40–60 yoshlar orasidagi erkaklarda uchraydi. 
Kasal lik kelib chiqishi tanglay, yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining, alveola qir-
ra 
sining shilliq pardasidan boshlanadi. Kasallik, avval sezilarsiz 
bosh lanadi. O‘sma yuqori jag‘ bo‘shlig‘ida joylashsa bemorning bu-
rundan nafas olishi buziladi, burnidan yiring, qon aralash noxush hidli 
ajralma chiqadi. Bemorning tishlar sohasida uvishish sezgisi paydo 

139
bo‘ladi. Keyinchalik alveola o‘sig‘i kengayadi, tanglay gum bazi pasa-
ya di, tishlari qimirlab qoladi. Rinoskopiya o‘tkazil ganda yuqori jag‘ 
bo‘shlig‘ining old devorining shishganligi, shilliq par daning yallig‘ la-
nib, ko‘kimtir tus olganligi aniqlanadi. Tashxisni tomografiya va sito-
logik tekshirish natijalari asosida aniqlanadi.
Yüklə 8,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin