2.2. Mobil ilovaning ishlashi bo'yicha tafsilotlar
2.2.1-2.2.2-rasmlar. Asosiy va kategoriya oylari.
Yuqoridagi va quyidagi oynalarda mahsulotlarni talash va buyurtma berish mumkin. Bunda foydalanuvchi mahsulotlarni uyga yetkazib berish xizmatidan ham foydalana oladi. Shuningdek, foydalanuvchi xavfsizlikni ta`minlash maqsadida ilovadan chiqib ketishi ham mumkin.
Mobil qurilmalar sonining hozirgi kundagi keng suratlarda o’sib borishi, ayniqsa, Android operatsion tizimida ishlovchi smartfon va qurilmalar jahon bozorining katta qismini egallayotgani, mobil ilovalarga bo’lgan talabga ham proportsionaldir. Shuningdek, odamlar o’z muammolarini smartfonlarda hal qilishga o’rganmoqda, masalan onlayn haridlardan tortib, virtual o’yinlar va tabriklargacha.
Kurs ishinini yaratish davomida mobil ilovalar yaratish uchun zarur bo‘lgan dasturlarni o‘rganib chiqdim va mavzu yuzasidan amaliy izlanish olib bordim. Bu haqiqat, mobil qurilmalar uchun dasturlarni yaratish web dasturlarini yaratishga nisbatan ancha murakkab hisoblanadi. Shu sababli bu mobil ilovani ishlab chiqish davomida ko‘pgina dasturlarni o‘rganib chiqdim. Qaysi dastur orqali mobil ilova ishlab chiqish qulay va soddalik vujudga keltirish haqida fikr bildiradigan bo‘lsam bu java va kotlin dasturlash tillari. Shu sababli mobil ilovani java dasturlash tilida yaratdim.
Supermarket mobil ilovasini ishlab chiqish davomida sohaga oid bilimlarni o‘rgandim. Oddiygina ko‘ringan bu ilova yaratish juda ko‘p ma‘lumot talab qilar ekan. Shu bois internet orqali mashhur supermarketlarning, onlayn savdo-sotiq qiladigan tashkilotlarning mobil ilovasini o‘rganib chiqdim. Ulardan namuna sifatida va o‘z yangiliklarimni qo‘shgan holda ilovamni yaratdim.
Men duch kelgan eng katta qiyinchilikdan biri bu ilovani imkoniyatlarini oshirish maqsadida turli dasturlash tillarini sinxronizatsiya qilish jarayoni bo’ldi. Shu sababli ilovani faqat bir dasturlash tilida javada qildim.