Android Studio Android Studio JetBrains ning IntelliJ IDEA dasturiy loyihasi bo’lib, Google ning Android operatsion tizimi uchun dasturiy taminot yaratish uchun mo’ljallangan rasmiy IDE (Integrated Development Environment) si hisoblanadi. Ushbu dasturlash muhiti macOs, Windows va Linux operatsion tizimlari uchun mo’ljallangan versiyalari mavjud. Android uchun avvalgi alternativ dasturiy muhit Eclipse Android Development Tools (ADT) o’rnini xozirgi kunga kelib aynan Android Studio egallagan.
Android Studio 2013-yil, 16-mayda Google I/O konferensiyasida e`lon qilingan. Eng birinchi versiyasi 0.1 dan boshlangan va 2014-yil iyunda 0.8-beta versiyasi chiqarilgan. Muqobil 1.0 versiyasi 2014-yil dekabr oyida taqdim qilingan.
Xususiyatlari
• Gradle-based qurishni qo’llab-quvvatlash
• Android-maxsus kodni refaktrolash va tuzatish
• Lint-tools unumdorlikni oshirish, barqarorlashtirish, versiyalar nazorati va boshqa muammolarni yechish
• ProGuard integratsiyasi va ilovani (app-signing) identifikatsiya qilish
• Template-based umumiy Android dizaynlarni va komponentlarni yaratish
• Drag and drop orqali komponentlarni boshqarish imkoniga ega bo’lgan va ko’p ekranlarda ilovaning ko’rinishini ko’rish qobiliyatiga ega layout tahrirlovchi.
• Android Wear uchun ilovalarni yaratishni qo’llab-quvvatlash
• Google Could Platform uchun qurishni qo’llab-quvvatlash, Firebase Could Messaging va Google App Engine larni integratsiya qilish imkoniyati
• Android Virtual Device (AVD Emulator) ilovalarni virtual debug qilish
Android Studio IntelliJ ning deyarli barcha dasturlash tillarida ishlay oladi. Masalan, Java, C++ va boshqa kengaytirilgan tillar, Go kabilar. Android ning 3.0 versiyasidan boshlab Kotlin dasturlash tili kiritildi. Shuningdek, Java 7, Java 8 va Java 9 ning bazi xususiyatlaridan foydalanadi.
Java
Java obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (inglizcha: OOP — Object Oriented Programming) tili va u C++ ga ancha oʻxshash. Eng koʻp yoʻl qoʻyildigan xatolarga sabab boʻluvchi qismlari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi.
Java kod yozilgan fayllar (*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod (inglizcha: bytecode) ga oʻtadi va bu bayt kod Java Virtual Mashinasi JVM tomonidan oʻqib yurgizdiriladi.
Java afzalliklari:
WORA — (inglizcha: Write Once, Run Anywhere - portable). Platforma tanlamaydi;
xavfsizlik (ishonch yoʻq kodni xavfsiz ishga tushirish);
xotirani xavfsiz boshqarish (avtomat ravishda chiqindilarni yigʻadi);
tarmoq uchun dasturlar yozish;
koʻp oqimli (inglizcha: Multi-thread) dasturlash;
dinamik & kengaytirish;
Class lar alohida fayllarda saqlanadi.
Java SE (inglizcha: Java Standart Edition) — serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlay oladi (Windows NT, Macintosh, Linux va Solaris). Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.
JVM (Java Virtual mashinasi) JVM ning vazifasi tarjimonlik ya’ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kod ga o’giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo’lsa, kodlarni ham o’sha platformaga moslab beradi. JVM ni ko’pgina qurilmalar va dasturiy ta’minotlar uchun ishlatish mumkin. Har bir OT (operatsion tizim) uchun JVM JRE va JDK lar konfiguratsiyasi farq qiladi, chunki bular platformaga bog’liq. Lekin java mustaqil platforma hisoblanadi.
JVM ning amalga oshiradigan asosiy vazifalari
Loads code (kod yuklanishi)
Verifies code (kod tekshirilishi)
Executes code (kod bajarilishi)
Provides runtime environment (dasturni bajarilish muhitini ta’minlash)
JRE (Java bajarilish muhiti)
JRE – Java Runtime Environment
JRE – bu faqat dastur bajarilishi uchun kerak bo`lgan muhit xolos. Dasturchi bo`lmagan oddiy foydalanuvchilarga Java dasturlari bajarilishi uchun JRE yetarlidir.
JDK (Java Development Kid) - JDK tarkibida JRE va boshqa qo'shimcha dasturlash uskunalari bo'ladi.