O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI «KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» kafedrasi “MOBIL ILOVALAR YARATISH” FANIDAN
Mavzu: Supermarket mobil ilovasini yaratish .
Bajardi: “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari ” ta’lim yoʻnalishi 4-kurs 110-20- guruh talabasi G‘ofurova Gulhayo Baxtiyor qizi.
Ilmiy rahbar: A.Ulashev
Jizzax – 2023
MUNDARIJA
KIRISH. 3 I. BOB. ANDROID STUDIO VA JAVA DASTURLASH TILI VA UNING IMKONIYATLARI. 6 1.1 Android va Java dasturlash tili va uning hozirgi kundagi o’rni. 6
1.2 Androidning asosiy va qo’shimcha komponentlari. Eng ko’p foydalaniladigan komponentlar va freymvorklar. 10
II. BOB. JAVA DASTURLASH TILIDA SUPERMARKETNING INTERAKTIV MOBIL ILOVASINI YARATISH 15 2.1. Android Studio Java dasturlash tilida ilovaning foydalanuvchi interfeysini (UI) ishlab chiqish 15
2.2. Mobil ilovaning ishlashi bo'yicha tafsilotlar 20
XULOSA 22 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 23
KIRISH.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilgʻor ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.Ma`lumki, dastur mashina kodlarining qanday ketma-ketligi bo'lib, aniq bir hisoblash vositasini amal qilishini boshqaradi. Dastur vositasini yaratish jarayoni osonlashtirishishi uchun yuzlab dasturlash tillari yaratilgan. Barcha dasturlash tillarini ikki toifaga ajratish mumkin:
- quyi darajadagi dasturlash tillari
- yuqori darajadagi dasturlash tillari
Quyi darajadagi dasturlash tillariga Assambler tili misol bo‘lishi mumkin. Bu tillar nisbatan qisqa va tezkor bajariluvchi kodlarni yaratish imkonini beradi. Lekin, Assambler tilida dastur tuzish qiyin, nistaban uzoq davom etadigan jarayondir. Bunga qarama qarshi ravishda yuqori bosqich tillari yaratilganki, ularda tabiiy tillarning (ingliz tilining) cheklangan ko'rinishidan foydalangan holda dastur tuziladi. Yuqori bosqich tillari operatorlar, berilganlarning turlari, o'zgaruchilar va dastur yozishning turli usullari tilning ifodalash imkoniyatini oshiradi va dasturni tinsonga tushunarli bo'lishini taminlaydi. Yuqori darajadagi tillariga Fortran, PL/1, Prolog, Lisp, Basic, Pascal, C va boshqa tillarni misol keltirish mumkin. Kompyuter arxitekturasi takomillashuvi, kompyuter tarmog'ining rivojlanishiga mos ravishda yuqori darajali tillarni yangi variantlarini yuzaga kelishiga, yangi tillarni paydo bo'lishiga, ayrim tillarni yo'qolib ketishiga olib keldi. Hozirda keng tarqalgan tillarga Object Pascal, C++, C#, PHP, Java, ASP tillari hisoblanadi. Xususan, C++ tilining takomillashgan varianti sifatida Java tilini olishimiz mumkin.