Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, mundarija, xulosa va ilmiy-amaliy tavsiyalar hamda foydalangan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Men Supermarket mobil ilovasini java dasturlash tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ushbu mobil ilovani ishlab chiqishni o’z oldimga maqsad qilib oldim. Bu haqidagi mobil ilovalar ko’p bulsada bazi foydalanuvchilar mobil ilovalarni ko’p imkoniyatlaridan foydalana olishmaydi hamda tezkor yangiliklarni o’tkazib yuborishadi. Men esa bu mobil ilovani barcha osongina foydalana olishi uchun oddiy va soda ko’rinishda ishlab chiqishga qaror qildim
Ushbu mobil ilova insonlar uchun masofadan turib xarid qiladi va yetkazib berish xizmatidan foydalanadi va bu orqali ularning vaqti tejaladi va masofadan turib ishonarli mahsulotlarni xarid qiladi.
I. BOB. ANDROID STUDIO VA JAVA DASTURLASH TILI VA UNING IMKONIYATLARI.
1.1 Android va Java dasturlash tili va uning hozirgi kundagi o’rni.
Android operatsion tizimi Google kompaniyasi tomonidan yaratilgan mobil OS hisoblanadi. Bu tizim Linux kernel ning modifikatsiyalangan versiyasi asosida qurilgan bo’lib, asosan touchscreen ya’ni sensorli ekranda boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Masalan smartfonlar, planshetlar, aqlli soatlar va hokazo. Shuningdek, Google korporatsiyasi, Android tizimini Android TV lar, Android Auto avtomobillari, Wear OS soatlar va boshqa shu kabi qurilmalar uchun moslashtirilgan interfeysga ega tizim versiyalarini yaratib kelmoqda. Android turli xil variantlari o’yin konsollari, raqamli video kameralar, kompyuterlar va boshqa elektron qurilmalar uchun ham mavjud.
Shu bilan birga Android tizimi Google tomonidan yaratilgan xususiy dasturiy to’plamga ega. Ular Google Mobile Services (GMS) deb nomlanadi. Bu paket dasturlar to’plami juda ko’p qurilmalarga o’rnatilgan bo’lib, Google Chrome web brouzeri, Google Search qidiruv ilovasi, Gmail pochta ilovasi va shuningdek ilovalar do’koni va raqamli distributiv platforma Google Play ni o’z ichida oladi.
Android 2011-yildan beri dunyoda eng yaxshi sotiladigan smartfonlar va 2013-yildan boshlab eng ko’p sotilgan planshetlar operatsion tizimi hisoblanadi. 2017-yil may oyiga ko’ra oylik aktiv foydalanuvchilar soni ikki mlrd. dan ziyod operatsion tizim va 2018-yil dekabr oyidan Google Play ilovalar do’konida 2.6 milliondan ortiq ilovalar dasturchilar tomonidan joylashtirilgan.
Tizim interfeysi asosi to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv (direct manipulation) asosida tegish harakatlaridan (touch actions) foydalangan holda, real harakatlarni amalgan oshirish imkonini beradi. Masalan, surish, chertish, tegish, ushlab turish orqali obyektlarni boshqarish, virtual klaviatura va shu kabilarni o’z ichiga oladi. Ilovalar qurilma imkoniyatlarini kengaytiradi, ular Android Software Development Kit (SKD) va Java dasturlash tili yordamida yoziladi. Shuningdek tizim Go dasturlash tilini ham qo’llab-quvvatlaydi, garchi ilovalar interfeyslariga cheklovlar qo’yilgan bo’lsa ham. 2017-yil may oyida Google Android ilovalarni ishlab chiqish uchun Kotlin dasturlash tilini qo’llab-quvvatlashini e`lon qildi.