Mavzuning maqsad va vazifalari: Supermarket mobil ilovasini yaratishning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardir:
Supermarket mobil ilovasi yaratish uchun maqsad va vazifalarni boshqarish asosiy qadam bo'lib, bu dasturning muqova va foydalanuvchilar uchun yaxshi tajribani ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi. Quyidagi vazifalar supermarket uchun mobil ilova yaratishda muhim bo'lgan maqsadlardan ba'zi o'rin olganidek:
Xizmatlar va qulayliklar: Foydalanuvchilar ushbu ilova orqali turli xil mahsulotlarni sotib olishi va yetkazib berish xizmatidan unumli foydalanishdir.
Mahsulotlar to'lovi va buyurtma hisobotlari: To'lov tizimi va moliyaviy operatsiyalarni boshqarish. Foydalanuvchilar to'lovlarini bajarishlari va to'lovlarini nazorat qilishlari mumkin bo'lishi kerak.
Foydalanuvchilar bilan aloqalar: Foydalanuvchilar bilan interaktiv aloqalar o'rnating. Shikoyatlar, so'rovnoma, sharhlar va tajribalarni qo'llash imkoniyatini yaratish.
Ma'lumotlar bazasi va statistika: Foydalanuvchilar aktivliklarini monitoring qilish, ularning ma'lumotlarini saqlash va saytni yanada yaxshi boshqarish uchun statistik ma'lumotlarni tahlil qilish.
Kurs ishi tuzilmasining tavsifi: Mazkur tadqiqot ishi kirish, tanlangan ob’ektlar va tadqiqot usullari, kurs ishi boblari, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
Kurs ishining kirish qismida qaralayotgan ishning dolzarbligi, ishning maqsadi, ishning ilmiyligi, tadqiqotning amaliy ahamiyati va kurs ishining tuzilishi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishining tanlangan ob’ektlar va tadqiqot usullari bo‘limida tadqiqot olib borilayotgan ob’ekt haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga tadqiqot ob’ektini o‘rganish usullari va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo‘ladigan qurilma va dasturiy ta’minotlar, ishni amalga oshirish usullari haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi.
Tadqiqot ishning birinchi bobida Java dasturlash tili va turli framevorklar bilan ishlash, ulardan foydalanish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishining ikkinchi bobida supermarket mobil ilovani kuzatuvchilar foydalanishi uchun kerak buladigan bo`limlari va imkoniyatlar haqida ma`lumotlar berib o’tilgan.
Kurs ishining xulosa qismida bajarilgan ishning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida kelib chiqadigan xulosalar va tavsiyalar keltiriladi.
Kurs ishining so‘ngida esa foydalanilgan adabiyotlar, elektron kitoblar ro‘yxatlari keltirilgan.