Broadcast Receiverlar Radioeshittirish qabul qiluvchilari – bu komponent ilovalar o’rtasida yoki tizim bilan ilova o’rtasidagi aloqani taminlash va xabarlar almashish imkonini beradi. Masalan, biror ilova internetdan fayl ko’chirib olsa, u bu haqda boshqa ilovani ogohlantirishi mumkin. Aynan manashu narsa broadcast deb ataladi. Broadcast Receiverlar BroadcastReceiver deb nomlanuvchi subklassni implement qiladi. Har bir broadcast Intent obyekti sifatida uzatiladi.
Content Providerlar Content taminlovchisi boshqa ilovalarga so’rov yuborib ularning malumotlarini qabul qilishi mumkin. Bu kabi so’rovlarni Content Resolver klassi metodlari amalga oshiradi. Ma`lumotlar fayl tizimida, malumotlar bazasida yoki boshqa biror joyda saqlangan bo’lishi mumkin. Content provider klassini implement qiladi va o’tkazmalarni yani malumotlar almashishni bajarish uchun boshqa ilovalarning API lari ishga tushirilgan bo’lishi kerak bo’ladi. Masalan, mobil raqamlar saqlangan bazani Content provider yordamida boshqa ilovalar ko’rishi va foydalanishi mumkin. Yoki shunga o’xshash SMS xabarlarni ko’rishi mumkin.
Qo’shimcha komponentlar Fragmentlar Androidda fragmentlar butunlay foydalanuvchi interfeysi hisoblanadi. Odatda, faqat ekranning malum bir bo’laklarini yoki butunlay yuzasini egallashi mumkin. Fragmentlar activitylar ichida foydalaniladi. Shuningdek, ular turli xil activitylarda qayta ishlatilishi mumkin. Fragment odatda ko’rinishlar (View) va ko’rinish guruhlari (ViewGroup) lar bilan deyarli bir xil bo’ladi.
Layout XML Fayllar Activitylar, fragmentlar va bazi ko’rinish guruhlari o’zlarining layuotlari va kontentlarida XML fayllarni ishlata oladi. XML fayl komponentlar xuddi GUI (Graphics User Interface) lar, fragmentlar va activitylar kabidir. Shunday qilib, bu komponent foydalanuvchi interfeysini qurishda ishlatiladi (o’lchamlar, chegaralar, oraliqlar va h.k).
Intentlar
Android intentlar kichik obyektlar bo’lib, activitylar ularni Android operatsion tizimiga uzatadi va foydalanuvchi harakatlariga kerakli javoblarni qaytaradi. Misol uchun, foydalanuvchi biror rasmni yuborishi kerak bo’lsa, ilova yuborilish haqidagi so’rovchi tizimga yuboradi va tizim unga mos ravishda javob qaytaradi, masalan qaysi xizmatlar orqali yuborishini so’rashi mumkin (bluethooth, mms va h.k). Ko’pincha intentlar “ulashish harakatini” bildiradi. Boshqa ilovalar qanday “ulashish harakati” qandayligi belgilaydi va kerakli buyruqni bajaradi.