205
Strategiya – bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u
izchillik bilan va to‘liq amalga oshirilganda uzoq
muddatli muvaffaqiyatni
taʼminlaydi.
Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish
asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni
loyihasi
ishlab
chiqilib,
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda
mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi tasdiqlangani o‘zbek davlat boshqaruvi tarixida yangi bosqichni
boshlab berdi.
Mazkur hujjatda aniq, hayotiy islohotlar va ularni amalga oshirish
mexanizmlari belgilab berilgani mamlakatimizda islohotlar samaradorligini tubdan
oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un, jadal rivojlantirish, barcha
sohani modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek buyuk maqsadlarga xizmat
qiladi.
Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in
muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga
joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi.
Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan
islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.
Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari taʼsirini baholash tizimi” portalida
yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1310 ta taklif va
mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib
chiqildi.
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar
vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan fikrlar
bilan birga mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar
rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.
Harakatlar
strategiyasining
maqsadi
olib
borilayotgan
islohotlar
samaradorligini
tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal
rivojlanishini
taʼminlash
uchun
shart-sharoitlar
yaratish,
mamlakatni
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi
belgilangan:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni taʼminlash,
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Mazkur
yo‘nalishlarning
har
biri
mamlakatdagi
islohotlar
va
yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. Harakatlar
strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lib, bunda
206
yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat
dasturi tasdiqlandi.
Davlat rahbarining 2017-yil 14-fevraldagi Farmoyishi bilan Harakatlar
strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari belgilandi. Mazkur
farmoyish asosida, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning
ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi saʼy-
harakatlarni birlashtirish, ularni
mukammal amalga oshirish, fuqarolik jamiyati
institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatimizni demokratlashtirish hamda
modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida “Taraqqiyot
strategiyasi” markazi tashkil etildi.
Markaz – nodavlat-notijorat tashkiloti bo‘lib, Harakatlar strategiyasidagi
islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va natijalarini izchil muhokama qilish,
davlat organlari va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni taʼminlash, jamoatchilik
nazoratini samarali tashkil etishda o‘ziga xos zamonaviy media-maydon vazifasini
o‘taydi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi aql markazi sifatida qisqa vaqt ichida
o‘zida Harakatlar strategiyasining 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha tajribali,
tahlilchi va kuchli ekspertlarni jamlay oldi. 170 ga yaqin davlat organlari va
tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatgan markaz xorijiy tajribani o‘rganish
bilan birga
xalqaro aql markazlari bilan hamkorlik qiladi va tajriba almashadi. Xususan, 2019-
yilda Markaz dunyodagi eng yaxshi yigirmatalik reytingidan mustahkam joy olgan
Italiyadagi “European House – Ambrosetti”, 700 dan ortiq ekspertlarni o‘zida
jamlagan Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar institutlari hamda Fransiyadagi
46 yillik tajribaga ega va o‘z safida kuchli mutaxassislarni jamlagan Tahlil,
prognozlash va strategiya Markazi (CAPS) kabi aql markazlari bilan o‘zaro
hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
2020-yilning mart oyiga qadar ekspertlik muhokamalarida 60 dan ortiq
qonun loyihalari o‘rganildi va tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Qolaversa, 2019-yilning o‘zida markaz jamoasi tomonidan 100 dan ortiq tahliliy
va mualliflik maqolalari chop etildi hamda shuncha miqdorda OАV orqali lavha,
ko‘rsatuv, intervyu va suhbatlar keng omma eʼtiboriga xavola etildi. 2020-yilda
“Harakatlar Strategiyasi bilan 3 yil: kutilgan natijalar, yuqori samaradorlik va
yuksak marralar” nomli risola ham chop etildi.
Dostları ilə paylaş: