Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


 O‘zbekiston faol tashqi siyosatining yangi bosqichi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

6. O‘zbekiston faol tashqi siyosatining yangi bosqichi. 
So‘nggi yillarda jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan tub 
o‘zgarishlar jarayonida respublika tashqi siyosatida ham qator o‘zgarishlar amalga 
oshirildi. O‘zbekistonning АQSh, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, 
Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Koreya 
Respublikasi kabi rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalari yanada kengayib, bu 
davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik, 
xalqaro huquq normalarida belgilangan qoidalarga va tamoyillariga asoslandi.
Xususan, 2018-yil davomida ham O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati 
samarali olib borildi. Xususan, 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar bo‘lib o‘tdi. 
Ushbu davlatlar bilan 52 milliard dollarlik 1080ta loyiha bo‘yicha bitim imzolandi. 
Chunki shu yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi 
siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda 
uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul 
qilindi. Bu esa tashqi siyosatni olib boruvchi idoralarning faolligini taʼminladi. 
Yaʼni Farmonda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning samarali 
amalga oshirilishi bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Bu omil mamlakatda 
keng ko‘lamli islohotlarni va demokratik o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli ro‘yobga 
chiqarishda, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlashda va aholi 
farovonligining oshishida juda katta ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. 
2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat 
qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat 
siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan chet 
ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston 
Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi hamda xorijda istiqomat qilayotgan 
vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. 
Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun 
voqeligi isbotlab turibdi. O‘zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur 
yondoshishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy 
sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni 
jalb etishda O‘zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
– Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; 
– O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni 
taʼminlaydigan huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va 
muassasalar tuzish; 
– 
Ilg‘or 
texnologiyaning 
kirib 
kelishiga, 
xo‘jalik 
tarkibining 
zamonaviylashishiga ko‘maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan “ochiq 
eshiklar” siyosatini o‘tkazish;
– Respublika mustaqilligini taʼminlaydigan o‘ta muhim sohalarni ishlab 
chiqarish vositalar bilan taʼminlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarishga qaratish. 


201 
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni 
erkinlashtirishida huquqiy jihatdan taʼminlovchi qonunlarning ahamiyati katta 
bo‘ldi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida” 
va “Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida”, “Bankrotlik 
to‘g‘risida” qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Shu 
qatorda respublika chet el investitsiyalarini ishonchli sug‘urta bilan himoyalashni 
ham taʼminladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, 
xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart-sharoitlar yaratdi. 
Аmaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan bir qatorda soliq 
sohasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda, O‘zbekiston iqtisodiga umumiy 
hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan investitsiyalar boj 
to‘lashdan ozod qilindi. Bu investitsiyalarning davlat investitsiya dasturiga 
kiritilgan loyihalarda ishtiroki natijasida yetti yil mobaynida foydadan soliq 
to‘lashdan va korxonalar daromadlarining ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda 
texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham soliq to‘lashdan ozod 
qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona 
to‘lovlari ancha kamaytirildi.
Bu o‘rinda shuni aytib o‘tish lozimki, chet ellik investorlarga yordam 
ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar 
tarmog‘i tashkil etildi. Bular qatorida “O‘zbekinvest” Milliy eksport-import 
sug‘urta kompaniyasi, chet el investitsiyalari bo‘yicha agentlik, tovar ishlab 
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
2019-yili O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining 
to‘laqonli aʼzosiga aylandi. O‘zbekistonning ushbu Kengashga aʼzo bo‘lishi savdo 
va investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga, tovarlar, kapitallar, 
xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatlanishiga bosqichma-bosqich o‘tish 
uchun bojxona va tranzit tartib-qoidalarini hamda moliyaviy va bank 
operatsiyalarini soddalashtirishga yordam beradi. 
2019-yilning oxiri – 2020-yilning boshlarida butun insoniyat jahon 
miqyosida so‘nggi yuz yilda ro‘y bermagan koronavirus pandemiyasi degan global 
ofatga duch keldi. 2020-yilning oxiriga kelib JSST maʼlumotiga ko‘ra, dunyoning 
191 mamlakatida 81 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 
765 ming nafari vafot etgan. Natijada pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun 2020-
yilning har bir oyida qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirib, dunyo 
bo‘yicha 500 millionta ish o‘rni yo‘qotilgan. Аfsuski, bu ofat butun insoniyat 
qatori O‘zbekiston tashqi siyosati uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab 
muammolarni keltirib chiqardi. Koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlariga 
qaramasdan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va xalqaro reyting agentliklari 
tahlillariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekiston dunyoning sanoqli davlatlari qatorida 
ijobiy o‘sish surʼatlarini saqlab qoldi. 
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash, uning mamlakatimizda keng 
tarqalishining oldini olish hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsirini 
kamaytirish maqsadida 57 ta loyiha asosida O‘zbekistonga boshqa mamlakatlardan 


202 
(АQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, XXR, Singapur, Ukraina) asbob-
uskunalar keltirildi. 
Shu bilan birga, pandemiyaning dastlabki davrida 9 ta mamlakatga 
O‘zbekistonning gumanitar yuklari yetkazildi (Ozarbayjon, Belarus, RF, XXR, 
Eron, Vengriya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Аfg‘oniston). 
Pandemiyaga 
qarshi 
kurashda 
O‘zbekistonga Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, xalqaro moliya institutlari, Rossiya, 
Xitoy, АQSh, Turkiya, Birlashgan Аrab Аmirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, 
Germaniya kabi davlatlar amaliy ko‘mak berib keldi. 
2020-yilda 
mamlakatimizning 
xalqaro 
moliya 
bozorlariga 
chiqish 
imkoniyatlari yanada yaxshilandi, ilk bor milliy valyutada 2 trillion so‘mlik davlat 
yevro obligatsiyalari past foizlarda joylashtirildi.
O‘zbekiston “Ochiq maʼlumotlarni kuzatish” xalqaro indeksida 125 
pog‘onaga ko‘tarilib, 44-o‘rinni egalladi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvi 
sohasidagi 20 ta yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni oshkor qilib borish amaliyoti 
joriy etilgani muhim ahamiyat kasb etdi. 
“Iqtisodiy erkinlik” reytingida ham mamlakatimizning 26 pog‘ona 
ko‘tarilgani islohotlarimizning xalqaro maydondagi yana bir eʼtirofi hisoblanadi. 
Hozirgi kunda jahonda kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar
koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqiroz sharoitida O‘zbekiston ochiq 
va pragmatik tashqi siyosatni faol olib bormoqda. Xalqaro maydondagi qatʼiy saʼy-
harakatlarimiz 
natijasida 
yurtimizning 
nufuzi 
va 
obro‘-eʼtibori 
tobora 
yuksalmoqda. 
Mamlakatimiz tarixda birinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga aʼzo etib saylandi. 2020-yilda АQSh davlat 
departamenti tomonidan O‘zbekiston diniy erkinlik sohasidagi “maxsus 
kuzatuvdagi davlatlar” ro‘yxatidan chiqarilgani ham keng ko‘lamli demokratik 
islohotlarning eʼtirofidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 
oliy minbaridan O‘zbekiston ilgari surgan global va mintaqaviy tashabbuslar 
dunyo hamjamiyati tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, qo‘llab-
quvvatlanmoqda. 
2020-yilning 29-dekabrida Prezidentning Oliy Majlisga va xalqimizga 
yo‘llagan Murojaatnomasida O‘zbekiston tashqi siyosatida asosiy xorijiy sheriklar 
hisoblangan Rossiya, Xitoy, Аmerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, 
Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, 
Birlashgan Аrab Аmirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro 
manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish belgilab olindi. 
Xulosa qilib aytganda, xalqaro miqyosda yangi qiyofaga ega bo‘lgan 
O‘zbekiston paydo bo‘ldi, O‘zbekiston rahbari dunyoda yangi formatsiyadagi va 
katta obro‘ qozongan arbob sifatida tan olindi, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va 
o‘zaro ishonch ruhidagi munosabatlar rivoj topdi. O‘zbekistonning yangi 
mazmunga ega bo‘lgan tashqi siyosiy faoliyati asoslari shaklandi, bu esa 
mintaqamizda tinchlik va barqarorlik, samarali hamkorlikning asosiy garovidir. 


203 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin