Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


 O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan aloqalari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

4. O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan aloqalari. 
Maʼlumki, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) shiddat bilan o‘zgarib 
borayotgan hozirgi zamonning eng dolzarb muammolarini samarali hal qilishda
xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashda katta hissa qo‘shib kelayotgan 
nufuzli xalqaro tashkilot hisoblanadi. Tarixiy o‘lchovlar bo‘yicha nisbatan qisqa 
muddatda Shanxay hamkorlik tashkiloti obro‘li, nufuzli xalqaro tuzilma sifatida 
shakllandi.1996-1997-yillari “Shanxay beshligi” nomi bilan tashkil etilgan hamda 
2001-yili O‘zbekistonning aʼzo bo‘lib kirishi bilan “Shanxay hamkorligi 
tashkiloti” nomini olgan mazkur tuzilmaning asosiy maqsadi aʼzo davlatlar 
o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhitini mustahkamlash 
hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, shuningdek, xavfsizlik, 
energetika, transport, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa ustuvor 
sohalardagi samarali hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Mustaqil O‘zbekiston 
2001-yilning iyun oyida “Shanxay beshligi” deb yuritilgan xalqaro tashkilotning 
XXRni Shanxay shahrida chaqirilgan Sammitida bu tashkilotning to‘la huquqli 
aʼzosi bo‘ldi. Shundan keyin “Shanxay hamkorlik tashkiloti” nomi bilan yuritilib, 
hamkorlikning bosh maqsadi aʼzo davlatlar o‘rtasida har tomonlama aloqalar 
o‘rnatishdan iborat bo‘lib, ayni paytda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi 
kurash tashkilotning faoliyat markazida turadigan bo‘ldi.
O‘tgan 20 yil mobaynida mintaqaviy va xalqaro vaziyatda keskin 
o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bir sharoitda ShHT o‘zini ko‘p tomonlama 
hamkorlikning taʼsirchan mexanizmi sifatida namoyon etmoqda. Qisqa davrda 
tashkilot salmoqli shartnomaviy-huquqiy bazaga ega bo‘ldi, institutsional jihatdan 
to‘laqonli tuzilma sifatida shakllandi, qator tarkibiy organlari tashkil qilinib, 
ularning barqaror faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 
Bugungi kunda mintaqaviy xavfsizlikni kafolatli taʼminlash, terrorizm
ekstremizm, ayirmachilik va giyohvand moddalarining noqonuniy savdosiga qarshi 
kurashish tashkilotning asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Terrorizmga qarshi kurash 
qarorgohi (shtabi) Bishkekdan Toshkentga ko‘chirildi. Tashkilotning aniq 
vazifalari tashqi ishlar va mudofaa vazirliklarining kengashlarida hal qilinishi 
kelishib olindi. 
O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotini terrorizm va ekstremizmga, 
narkotik va qurolning noqonuniy oborotiga, uyushgan jinoyatchilikka qarshi 


187 
kurashishda hamkorlik uchun vosita sifatida baholaydi. O‘zbekiston uchun 
Shanxay 
hamkorlik 
tashkilotining 
iqtisodiyot, 
jumladan, 
transport 
kommunikatsiyalarini qurish va qayta tiklash sohasidagi faoliyatini ham 
faollashtirish, Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikdan manfaatdor 
boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish ustuvor 
vazifa hisoblanadi. 
2005-yilning 2-iyul kuni Qozog‘istonning Аstana shahrida “Shanxay 
hamkorligi tashkiloti”ning o‘ninchi marta uchrashuvi o‘tkazildi. Sammitda doimiy 
aʼzo davlat rahbarlaridan tashqari Mo‘g‘uliston Respublikasining vakili kuzatuvchi 
sifatida qatnashdi. Kengashda Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga 
kuzatuvchi sifatida qabul qilindi. Аstana uchrashuvi qatnashchilari “Terrorizm va 
ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi”ni yakdillik bilan qabul qildi. O‘zaro 
iqtisodiy aloqalarni kengaytirish to‘g‘risida hujjatlarni imzoladi. Tashkilotning 
faoliyat ko‘lamini kengaytirish maqsadida 2005-2006-yillarda ShHTning 
Banklararo birlashmasi, Ishbilarmonlar kengashi va Forumi tashkil qilindi. 2016- 
yil iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTning yig‘ilishida Pokiston va 
Hindiston davlatlari tashkilot tarkibiga kiritildi. 
Mamlakatimizning 
so‘nggi 
yillarda 
ShHT 
doirasidagi 
faoliyatini 
tashabbuskorlik va pragmatizm tamoyillari ustuvor bo‘lib borayotgani bilan 
ifodalash mumkin. ShHT doirasida milliy manfaatlarimizga javob beradigan ko‘p 
tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ilgari surilgan barcha taklif va 
tashabbuslarimiz mintaqadagi barqarorlik hamda hamkorlikni mustahkamlashning 
ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi. 
Chunonchi, so‘nggi yillarda O‘zbekiston ShHT doirasida yangi hamkorlik 
platformalarini ishga tushirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi. Prezident 
farmoni bilan Toshkentdagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazi ochildi. 2017-yil 9-
iyunda Аstanada (hoz. Nur-Sulton) bo‘lib o‘tgan ShHT davlatlari yig‘ilishida 
iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy hayot borasidagi qator masalalar bo‘yicha fikr 
almashilib, umumiy xulosalarga kelindi. 
Ushbu sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoуev 
tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarini ShHT doirasida madaniy hamkorlik aloqalarini 
kuchaytirish hamda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan har tomonlama 
foydalanishga chaqirdi. Buning natijasi o‘laroq 2018-yilda Toshkentda Shanxay 
hamkorlik tashkilotining Halq diplomatiyasi markazi tashkil etildi. Haqiqatdan 
ham O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Xalq diplomatiyasi 
markazini yaratish g‘oyasi, xalqaro vaziyatdagi beqarorlik va noaniqlik omillari 
hamda turli xatarlar sonining ko‘payishi fonida o‘ta dolzarbdir. Shu nuqtayi 
nazardan Toshkentdagi Xalq diplomatiyasi markazining faoliyati ShHT 
mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning xilma-xil imkoniyatlarini ochishga, o‘zaro 
ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, millatlararo va konfessiyalararo 
totuvlikni mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot 
vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. 
Tashkilotga aʼzo davlatlar temir yo‘l maʼmuriyatlari rahbarlarining 
uchrashuvlari mexanizmi yo‘lga qo‘yildi. Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm 


188 
instituti barpo etildi. Bu poytaxtimizda muqaddam ochilgan Mintaqaviy aksilterror 
tuzilmasiga qo‘shimcha tuzilmalar sifatida O‘zbekistonning ahamiyatini yanada 
kuchaytiradi. 
2018-yil 9-10-iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik 
tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Аʼzo davlatlar 
rahbarlari 2017-yilgi Аstana sammiti yakunlarining ijrosini hamda jahon siyosati 
va iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlar asnosida ShHTni yanada rivojlantirishga 
doir birinchi galdagi vazifalarni ko‘rib chiqdilar. Tomonlarning o‘zaro kelishilgan 
pozitsiyasi qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi. 
Аʼzo davlatlar ShHT Xartiyasining maqsad va tamoyillariga rioya etgan 
hamda “Shanxay ruhi”ga tayangan holda ShHTni 2025-yilgacha mo‘ljallangan 
rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari 
qayd etildi. Bugungi kunda ShHT noyob, nufuzli va obro‘li mintaqaviy birlashma 
sifatida qaror topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston aʼzo bo‘lgandan so‘ng 
uning salohiyati sezilarli darajada oshgani taʼkidlandi. 
Umuman olganda, o‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston tomonidan 30 dan 
ortiq tashabbusni ilgari surdi. Bu ancha jiddiy va katta ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Eng muhimi, O‘zbekiston tashkilot doirasida o‘z tashabbuslarini shunchaki eʼlon 
qilmasdan, balki ularni amaliy chora-tadbirlar orqali hayotga faol joriy etayotgani 
bilan ajralib turadi. 
ShHT Davlat rahbarlari kengashining 2020-yil oktabr oyida Rossiya 
Federatsiyasi raisligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sammitida davlatimiz rahbari 
pandemiya sharoitida “Shanxay ruhi”ni mustahkamlashning muhimligiga katta 
eʼtibor qaratib, global xatar va tahdidlarni yaxshi qo‘shnichilik, teng huquqlilik, 
o‘zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish yo‘li bilan yengish mumkinligini 
taʼkidladi. “Har birimiz kuchli bo‘lgan taqdirdagina, ShHT ham kuchli bo‘ladi, – 
deb alohida taʼkidladi Prezidentimiz. – Buning uchun bir-birimizni qo‘llab-
quvvatlashimiz, kun tartibimizdagi asosiy masalalarga birgalikda murosa 
izlashimiz, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega”. 
Mamlakatimiz 
ShHT 
faoliyatini 
yangi 
mazmun 
bilan 
to‘ldirish, 
mintaqalararo transport va tranzit yo‘laklarini yaratish, innovatsion va raqamli 
texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini izlash, iqlim 
va ekologik tahdidlarga qarshi kurashda aʼzo davlatlarning saʼy-harakatlarni 
birlashtirish kabi istiqbolli yo‘nalishlarga katta eʼtibor qaratmoqda. 
O‘zbekiston ShHTning amaliy ahamiyatini va xalqaro obro‘sini oshirish 
uchun uning yangi kun tartibini shakllantirishga o‘z konstruktiv hissasini 
qo‘shishga tayyorligini namoyon etmoqda. 
ShHTning 2021-yil 16-17-sentabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan 
yubiley sammitida ShHTning 20 yillik faoliyatining asosiy natijalari, tashkilot 
doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollari atroflicha 
muhokama qilinib, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tashkilot samaradorligini 
oshirish maqsadida 10 ta ustuvor vazifa ilgari surildi. Davlatimiz rahbari Dushanbe 
shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida tashkilot doirasida uyushqoqlik va o‘zaro 
qo‘llab-quvvatlashni yanada mustahkamlash, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni 


189 
kuchaytirish, 
Аfg‘onistondagi vaziyatga nisbatan kelishuvga asoslangan 
yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha dolzarb tashabbuslari qatorida, mintaqa 
parlamentlari va keng jamoatchilik darajasida xalq diplomatiyasini rivojlantirishga 
qaratilgan takliflarni ham ilgari surdi.
Shular orasida mintaqada “xalq diplomatiyasi”da birgalikda erishilgan 
natijalar ijobiy baholanib, 
O‘zbekiston rahbariyati tomonidan mintaqa 
mamlakatlari hududlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma 
madaniy, fan-taʼlim, sport va boshqa tadbirlarni o‘tkazishdan manfaatdorlik 
alohida taʼkidlanib, shu maqsadda “ShHT Ezgu niyat elchisi” institutini taʼsis etish 
taklifi bildirildi. 
Ishonchimiz komilki, “ShHT ezgu niyat elchisi” instituti aʼzo 
mamlakatlarning sanʼat, adabiyot, fan, musiqa va sport sohalaridagi mashhur 
arboblaridan tashkil topib, ular isteʼdodi va bor kuch-g‘ayratini tashkilotga aʼzo 
davlatlar hamda butun dunyo xalqlarining turmush darajasini oshirishda ShHT 
harakatlariga nisbatan jamoatchilik xayrixohligini oshirishga safarbar etadi.
Xulosa sifatida shuni taʼkidlash lozimki, o‘tgan davrda ShHT o‘zini samarali 
mexanizm sifatida namoyon etib, siyosat va xavfsizlikdan iqtisodiy hamda ijtimoiy 
hamkorlikkacha bo‘lgan keng qamrovli masalalarni o‘z ichiga olgan mintaqaviy 
muammolarning butun bir majmuini hal etishga qodir xalqaro forum sifatida jahon 
siyosat sahnasidan mustahkam o‘rin egalladi. Dunyo bo‘ylab keng tarqalgan 
pandemiya esa ShHTga bo‘lgan obʼyektiv hayotiy zaruratni yanada oshirmoqda. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin