Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


-MAVZU. O‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

11-MAVZU. O‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI. 
Reja: 
1. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor 
tamoyillari. 
2. 
O‘zbekiston Respublikasining BMTga aʼzo bo‘lishi hamda jahon 
hamjamiyatidagi o‘rni hamda nufuzining ortib borishi. 
3. 
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli 
hamkorligi. 
4. 
O‘zbekistonning ShHT bilan aloqalari. 
5. 
O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan 
o‘zaro hamkorlik aloqalari. 
6. 
O‘zbekiston faol tashqi siyosatining yangi bosqichi. 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor 
tamoyillari. 
XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri 
bo‘lib kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga 
qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va АQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy 
tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi 
bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga taʼsir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida 
har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin 
olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O‘zbekiston ham jahon 
hamjamiyatidan munosib o‘rin olish maqsadida o‘zining ijtimoiy-siyosiy 
yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari 
uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi 
siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi. 
Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni, bu hududda 
istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo‘lib kelgani Markaziy Osiyo 
mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda.
Maʼlumki, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston tashqi siyosatda boshqa 
davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo‘lib, 
respublikaning 
o‘rni faqat qog‘ozlarda federatsiya subʼyekti sifatida 
mustahkamlangan edi, xolos. O‘zbekiston o‘z imkoniyatlarini dunyo miqyosida 
ko‘rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati 
bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning 
dastlabki 
kunlaridan 
boshlab 
O‘zbekistonda xalqaro 
tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik 
aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali 
milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni taʼkidlash kerakki, 
O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi. 
“Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli aʼzosi bo‘lgan O‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subʼуekti 
sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z 


178 
hududini qurol-yarog‘lardan holi qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy 
qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal 
etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”, – deb 1991-yil 31-
avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi 
Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston 
Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-
moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi 
siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:
• 
milliy-davlat manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatda 
davlatlarning suveren tengligini hisobga olish; 
• 
umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘ygan holda nizoli mojarolarni 
tinch yo‘l bilan hal etish; 
• 
tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlikni 
o‘rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
• 
barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o‘rnatishga 
intilish; 
• 
xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida 
xalqaro talablarga rioya qilish; 
• 
tashqi siyosatda ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatishda xalqaro 
tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro 
huquqning umumjahon eʼtirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya 
darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining 
butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy 
deklaratsiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, 
Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy 
qonunga 
kiritilgan 
qonunlarni 
rivojlantirish 
maqsadida 
“Diplomatik 
munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, 
ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi 
siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi.
Shu o‘rinda aytib o‘tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning 
asosiy tashqi siyosiy doktrinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar 
yo‘nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish 
imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini 
mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida 
mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini taʼminladi. O‘zbekiston Respublikasi 
o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan 
holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo‘lgan davr 
ichida respublikani 111 davlat, 2015-yilga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 
180 dan ortiq davlat tan oldi. 2018-yilga kelib, ular 134 tani tashkil etgan bo‘lsa, 
2021-yilda 138 ta mamlakat bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy 
va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda АQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, 
Buyuk 
Britaniya, 
Xitoy, 
Hindiston, 
Pokiston 
va 
boshqa 
rivojlangan 
mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Poytaxtda 44 ta davlat diplomatik missiyasi 


179 
akkreditatsiyadan o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va 
xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning 
vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekistonning elchilari 
dunyodagi 46 ta davlatlarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. 
Mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng 
huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, 
respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga taʼsir qilish kabilar tashkil 
etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon eʼtirof 
etgan ochiq, yakdillik talablariga asoslanadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston barcha xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro foydali 
munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lib, asosiy tashqi siyosiy 
harakatlarini 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan eng 
muhim sohalarga qaratgan. 
Mazkur hujjat mamlakatning tashqi siyosat sohasida quyidagi eng muhim 
ustuvor yo‘nalishlarini shakllantiradi: 
– davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning 
xalqaro munosabatlarning to‘laqonli subʼyekti sifatida o‘rni va rolini yanada 
mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekiston 
atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik munosabatlar mintaqasini 
yaratish; 
– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, dunyo 
hamjamiyatiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida obʼyektiv 
axborotni yetkazish; 
– O‘zbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining meʼyoriy-
huquqiy bazasini, shuningdek, xalqaro hamkorlikning shartnoma-huquqiy 
asoslarini takomillashtirish; 
– O‘zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish 
masalalarini tartibga solish. 
Umuman, O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari 
barqaror, adolatli va demokratik davlat qurishga, mamlakatning tashqi 
oshkoraligini ilgari surishga hamda regional va ko‘p tomonlama o‘zaro 
hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. 
Mamlakat hozirgi tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 
Harakatlar strategiyasida ko‘rsatilgan vazifalar doirasida bo‘lib, xalqaro maydonda 
aloqalarni kengaytirishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy 
qadamlarda o‘z aksini topmoqda. 
Shu munosabat bilan Turkiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, 
Fransiya, Аfg‘oniston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi dunyo mamlakatlari bilan 
ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir bir qator tegishli dasturiy 
hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan, “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan. 
Oliy va yuqori darajalardagi tashriflar davomida mamlakatning milliy 
manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan 
aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan 


180 
tashqi siyosiy yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Tabiiyki, yangi ustuvor yo‘nalishlar va yondashuvlar tashqi siyosiy 
boshqarma tuzilishining tubdan isloh qilinishini talab etdi. Tashqi ishlar vazirligida 
yangi bo‘linmalar tashkil etildi, Belarus va O‘monda vakolatxonalar, Rossiya va 
Qozog‘istondagi shaharlarda bir qator bosh konsulliklar ochildi. Diplomatik 
faoliyatning iqtisodiy tarkibi kuchaytirildi. 
Xalqaro maydondagi hamkorlik ilg‘or dunyo tajribasini o‘rganish, xorijiy 
mamlakatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishga yordam berishi kerak, bu 
mamlakatda maksimal qulay amaliy va investitsion muhitni shakllantirishga o‘z 
hissasini qo‘shadi. 
Bu borada Respublika tashqi siyosiy strategiyasi xorijiy mamlakatlar bilan 
savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or 
texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, mahalliy eksport geografiyasini 
kengaytirish sohasida yangi qirralarni ochdi. 
O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi muhim ustuvor yo‘nalishi 
dunyoning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan strategik sheriklik 
hamda hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat. Bunday 
yondashuv iqtisodiyotni modernizatsiyalash, barqarorlik va xavfsizlikni qo‘llab-
quvvatlash, Markaziy Osiyoda hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish 
vazifalarining samarali hal qilinishini taʼminlashga qaratilgan. 
Bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligining tub 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda uning tashqi siyosat sohasidagi saʼy-
harakatlarining asosiy maqsadi davlat mustaqilligini mustahkamlashdan, 
mamlakatning xalqaro jabhada milliy maanfaatlarini ilgari surishdan, O‘zbekiston 
fuqorolari va yuridik shaxslarning haq-huquqlarini himoya qilishdan, tashqi 
iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan, O‘zbekiston tevaragida xavfsizlik, 
barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik makonini yaratishdan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 
amalga 
oshirilgan 
islohotlar 
natijasida 
vatanimizning 
tashqi 
siyosatini 
shakllantirish va amalga oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatning 
yangilangan tashqi siyosati ochiq, do‘stona va pragmatik tamoyillarga asoslangan. 
Xususan, O‘zbekiston barcha xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlari va jahon 
hamjamiyati bilan samarali hamkorligi xalqimiz va yurtimiz manfaatlaridan kelib 
chiqib belgilangan. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin