Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

2. 2017-2021
-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar. 
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlari. 
O‘zbekistonda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlarning 
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan aynan davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi yaqin 
hamkorlikka bog‘liq jarayondir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev: “Bizning yana bir muhim vazifamiz – fuqarolar, davlat va 
jamiyat o‘rtasida o‘zaro masʼuliyat, huquq va burch bog‘liq ekaniga oid prinsipni 
izchil amalga oshirishdan iborat. Bu prinsip mamlakatimiz oldida turgan muhim 
vazifalarni hal qilishda davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida samarali hamkorlikni 


207 
taʼminlaydigan konstitutsiyaviy asosdir. Biz barchamiz – fuqarolar ham, jamiyat 
ham, davlat ham Vatanimiz ravnaqi uchun, mamlakatimizda tinchlik-barqarorlikni 
mustahkamlash uchun, tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosimizni saqlash, boyitish 
va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish uchun birdek masʼulmiz” – deb 
taʼkidlagan edi. 
Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb 
nomlangan birinchi yo‘nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy 
Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan 
yaxshilash, davlat boshqaruvida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda 
tutilgan. 
Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo, davlat xizmatini isloh 
qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy 
sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron 
hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish 
rejalashtirilgan. 
Xalq bilan samarali muloqotni taʼminlash Davlat dasturining eng muhim va 
dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini 
takomillashtirish, nodavlat-notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini 
yanada rivojlantirish, shuningdek, mahallaning jamiyat hayotidagi rolini 
kuchaytirish nazarda tutilmoqda. 
Mamlakatimizda fuqarolarning ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini 
amalga oshirish institutlari orqali jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish 
uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida 2018-yil 12-aprelda “Jamoatchilik 
nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qonunga binoan fuqarolar, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, 
ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subʼyektlari etib belgilandi. 
Yangi O‘zbekiston rivojining muhim jihatlaridan biri davlatning fuqarolar 
bilan doimiy muloqoti hisoblanadi. Ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada 
mustahkamlash maqsadida davlat bunday muloqotning tashabbuskori bo‘lib 
chiqmoqda 
va 
quyidagi 
shakllarda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
muloqotni 
rag‘batlantirmoqda: 
– Davlat boshqaruvi organlarida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha 
ixtisoslashtirilgan matbuot xizmatlari; 
– 2018-yilda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi uchun 
tashkil etilgan regulation.gov.uz veb portali; 
– fuqarolarning qonun hujjatlari loyihalari yuzasidan jamoatchilik 
murojaatlari Mening fikrim portali yordamida fuqarolar jamiyat va davlat hayotiga 
oid dolzarb masalalar yuzasidan elektron shaklda jamoaviy murojaat qilish uchun 
imkoniyat yaratildi. Portal ishga tushirilishi natijasida jamoatchilik tashabbuslari 
uchun yagona maydon shakllandi, kelgusida u fuqarolarning qonunchilik 
tashabbuslarini ifoda etib, fuqarolik jamiyati rivojlanishining kuchli impulsi bo‘lib 
xizmat qiladi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini yaratish va rivojlantirish 
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar fuqarolik jamiyatining shakllanishi bo‘yicha 


208 
quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000-yillarni 
qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatda, fuqarolik jamiyatining asoslari 
yaratildi. Ikkinchi bosqich 2000-2010-yillarda mamlakatni demokratlashtirish va 
modernizatsiyalash bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi. Uchinchi bosqich 
2011-2016-yillar. Bu davrda fuqarolik jamiyati qurishga doir huquqiy asoslar 
rivojlantirildi, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tayanchi – o‘rta ijtimoiy qatlam 
yanada mustahkamlandi. To‘rtinchi bosqich 2017-yilda boshlanib, fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishning amaliy jihatlarini namoyon bo‘lishi bilan 
xarakterlanadi. Fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyalari “2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi” va “Taraqqiyot strategiyasi”da yanada rivojlantirilib, bu 
sohadagi tub burilish davrini boshlab berdi hamda fuqarolik jamiyati shiddat bilan 
rivojlanib, o‘zini har tomonlama namoyon eta boshladi. Bu davrda Prezident 
Sh.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar mazmuni yangi bosqich 
boshlanganidan dalolat bermoqda. 
Аyni paytda Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini 
takomillashtirish” yo‘nalishi ijrosi doirasida fuqarolik jamiyati institutlarini 
rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan 
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimizda fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish uchun davlat siyosati darajasida izchil, tizimli ishlar 
amalga oshirilayotganiga yaqqol dalildir. 
Maʼlumki, kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan islohotlarni kompleks o‘rganish, tahlil qilish va baholashning yaxlit, 
mustaqil tizimini shakllantirish lozim. Qolaversa, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik 
nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirishga oid 
takliflarni ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy maydon yaratish, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha 
maslahat kengashining samarali faoliyatini taʼminlash bu boradagi ishlar 
samaradorligini oshirishda muhim o‘ringa ega. Shu maʼnoda Prezidentimizning 
mazkur qarori bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil 
institutini taʼsischilar kengashi tomonidan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
markazi” etib qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik bildirilgani ayni muddao 
bo‘ldi. Shuningdek, ushbu hujjat asosida markazning asosiy vazifalari va faoliyati 
yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur yo‘nalishlarning har biri fuqarolik jamiyatida 
olib borilayotgan islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid 
aniq bo‘limlardan iborat. 
2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Xalq bilan samarali muloqotni taʼminlash dolzarb 
vazifalardan biri bo‘ldi. Ushbu qaror bilan endilikda bu borada olib borilayotgan 
ishlarni, xalq bilan muloqotning holati va rivojlanishini o‘rganish, davlat organlari 
faoliyati ochiqligini tizimli tahlil qilish zarurligi ko‘rsatildi. Mamlakatimizda 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida ilmiy va ekspert doiralar ishtirokida 
amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida kelajakda 


209 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modelini yanada takomillashtirish va 
strategik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 
Bu jarayonda yangi tashkil etilayotgan markaz tomonidan fuqarolik jamiyati 
rivojlanishining normativ-huquqiy tartibga solinishi holatini hamda ushbu sohada 
huquqni qo‘llash amaliyoti, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirishni o‘rganish, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan 
samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va 
rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar 
ishlab chiqildi. Bundan tashqari jamiyatda siyosiy partiyalar rolini oshirish, 
raqobatdosh ko‘p partiyali tizimning rivojlanish darajasini tahlil qilish va siyosiy 
Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin