185
tashkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini taʼminlash
mumkinligini alohida taʼkidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga
qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini
qo‘shmoqda. Buni АQSh senatorlaridan biri bo‘lgan
Liberman tasdiqlab,
quyidagilarni taʼkidlagan edi: “O‘zbekistonsiz bizning Аfg‘onistondagi
aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, – deydi.
Bu o‘rinda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga
ham to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim
bo‘yicha ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996-
yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan
Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi bitim 1996-yil 21-22-iyun kunlari Italiyaning
Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida
imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qalʼasida Yevropa Ittifoqiga
kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi
uchrashuvi-sammitda
imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon
hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta
ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida
imzolangan “Sheriklik va hamkorlik” to‘g‘risidagi bitim 1999-yildan kuchga
kirgan bo‘lib, bitimning maqsadi quyidagilarga qaratilgan:
•
O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash;
•
Siyosiy aloqalarni rivojlantirishga, tomonlar bilan siyosiy muloqot
olib borishga sharoit yaratish;
•
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni
amalga oshirish va ularni
mustahkamlash, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoniga ko‘maklashish va
yakunlash;
•
savdoni rivojlantirishda investitsion sheriklar o‘rtasida iqtisodiy
hamkorlikni uyg‘unlashtirish va shu orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishni
taʼminlash;
•
huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, moliya, fuqarolik,
ilmiy va madaniy
sohalarda hamkorlikning huquqiy asosini yaratish.
Shunday qilib, “Sheriklik va hamkorlik” bitimining kuchga kirishi hamda
amaldagi faoliyati, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb
etib, hamkorlikning yangi qirralarining ochilishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Shu
o‘rinda taʼkidlash joizki, Yevropa Ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlik jarayonini
amalga
oshirish
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, xalqaro hamjamiyat va jahon xo‘jaligi bilan
integratsiyalashuvida muhim o‘rin tutadi.
Jumladan,
2017-yil
noyabrida
Yevropa
Ittifoqi
delegatsiyasining
Samarqandga tashrifi o‘zaro hamkorlik borasida yangi sahifani ochdi. 2018-yil 23-
noyabrda Bryusselda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari
tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ham bir qator dolzarb masalalarga eʼtibor
qaratildi.
Shuningdek, 2017-yilda olib borilgan diplomatik harakatlar natijasida
Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki, Yevropa investitsiya banki bilan aloqalar
186
qayta tiklandi, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi
bilan hamkorlik
munosabatlari yangi mazmun-mohiyat bilan boyidi.
Xorijiy davlatlar va moliya institutlari bilan savdo iqtisodiy, investitsiyaviy
texnologik va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirishda salmoqli natijalarga
erishildi. Jumladan, xorijiy hamkorlar bilan 340 dan ortiq kelishuvlar tuzilib, 43
millard dollardan ziyod bitimlar imzolandi.
BMT Bosh Аssambleyasi sessiyasi, ShHT, IHT, MDH sammitlari, Yevropa
Ittifoqi va 21 ta xorijiy davlatlar bilan muzokaralar hamda Xitoyda bo‘lib o‘tgan
“Bir makon, bir yo‘l” forumida O‘zbekistonning xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy
rivojlanishning dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan
ilgari surgan yangicha
yondashuv hamda tashabbuslari xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlandi.
Dostları ilə paylaş: