3. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi
o‘rnini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.
O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda
mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi
tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga
asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish
bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish ham Respublika Kengash (yuqorida qayd
etilgan) oldidagi asosiy vazifa sifatida belgilab berildi. Shuningdek, Kengashning
asosiy vazifalari qatorida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy
228
taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan
o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash
maqsadlariga xizmat qilishini taʼminlash belgilangan.
Binobarin, bundan buyon davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini
tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari
O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga taʼsiri nuqtayi nazaridan
kompleks baholab boriladi.
Kengash O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda
mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan taʼsirchan choralar ishlab chiqilishi
va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib
borilishini nazorat qilib boradi. Farmonda belgilab berilgan vazifalar kengash
ishchi organlari bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, bundan buyon masʼul davlat
organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh
mezonlaridan biri etib O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro
reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash belgilandi. Mutasaddi
vazirlik va idoralar o‘zlari masʼul bo‘lgan reyting va indekslarning eʼlon qilinishi
uchun eʼlon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot
manbalari bilan hamkorlik qilishi nazarda tutiladi. Bu jarayonda Jahon iqtisodiy
forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekistonning o‘rnini aks
ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Dunyoning nufuzli reyting
agentliklari eʼlon qilib borayotgan mazkur reyting ko‘rsatkichlari ushbu ro‘yxatda
ishtirok etayotgan mamlakatlarning xalqaro maydondagi obro‘sini ham belgilab
beradi. Unda yuqori o‘rinlarni olgan mamlakatlarga investitsiyalar, ilg‘or
texnologiyalar, yangi g‘oyalar ham oqib kelishi barchaga maʼlum.
Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash
bo‘yicha tashkil etilgan Respublika Kengashi Parlament nazorati ostida bo‘ladi.
Senat raisi Kengashga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari Kengash ishchi organlari
sifatida Moliya va Аdliya vazirligi belgilangan. Ular mos ravishda ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reytinglar bo‘yicha ish olib borishadi. Shuningdek,
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda” yagona portali ham ishga
tushirildi.
Kengash
ishchi
organlari
Аxborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining
uzluksiz ishlashini taʼminlash va uni yangilab borish uchun masʼul etib belgilandi.
Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro
reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI)
tasdiqlandi. Shu bilan birga, masʼul davlat organlarining birinchi rahbarlari har
chorak yakuni kengash ishchi organlariga zarur statistik axborotlar va boshqa
materiallarni taqdim etadi. Bundan tashqari, farmonga muvofiq, Аdliya vazirligi
markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv
xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 6 ta shtat
birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil
etildi.
229
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining
asosiy vazifasi ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning
o‘rnini quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat:
1. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot
darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub
o‘zgarishlarni hisobga olish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning
samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;
2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni
demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi
sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
3. Davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan
NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o‘rniga taʼsiri nuqtayi nazaridan
kompleks baholab borish. Ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha
mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash – masʼul davlat organlari birinchi
rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri
bo‘lib, u bo‘yicha eng muhim ko‘rsatkichlar (KPI) belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va
indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlari quyigilardan iborat:
Tt/r Toifalar nomlanishi
Joriy holat 2020-yil
2022-yil
2030-yil
Suveren kredit reytinglar (Sovereign Credit Ratings)
11
Fitch Ratings
«BB-»
(barqaror) «BB-»
(barqaror) «BB»
(barqaror) «BBB-» (ijobiy)
12
S&P Global Ratings
«BB-»
(barqaror) «BB-»
(barqaror) «BB»
(barqaror) «BBB-»
(ijobiy)
2
“Biznes yuritish” indeksi (Doing Business Index) 69,90
(69-o‘rin)
72,43 77,08 89,36
21
Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (Starting a Business) 96,2 96,2
97,2 97,45
22
Qurilish uchun ruxsatnomalar olish (Dealing with Construction
Permits)
61,7 64,7 70,7 88,2
23
Elektr taʼminoti tizimiga ulanish (Getting Electricity)
86,9 88,4
91,4 97,4
24
Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish (Registering Property)
67,9 70,9
76,9 91,9
25
Kredit olish (Getting Credit)
65
70
75
90
26
Minoritar investorlarni himoya qilish (Protecting Minority Investors)
70
72
76
90
27
Soliqlar to‘lovi (Paying Taxes) 77,5 79
82
91
230
28
Xalqaro savdo (Trading across Borders)
58,2 61,2 67,2 88,2
29
Kontraktlar ijrosini taʼminlash (Enforcing Contracts)
71,9 74,4
78,9 85,9
210 To‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilish (Resolving Insolvency)
43,5
47,5 55,5 74,5
3
Boshqaruv sifati indikatorlari (Worldwide Governance Indicators)
31
Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik / terrorizmning mavjud emasligi
(Political Stabilityand Absence of Violence / Terrorism) 44,3 (136-o‘rin) 46,3
50,3 66,3
32
Hukumat samaradorligi (Government Effectiveness)
39,1
(139-
o‘rin) 41,1 45,1 61,1
33
Tartibga solish sifati (Regulatory Quality) 27,9 (184-o‘rin) 31,9
39,9 71,9
34
Аholini fikrini inobatga olish va hisobdorlik (Voice and
Accountability)
17,7 (182-o‘rin) 21,3 28,5 57,3
35
Huquq ustuvorligi (Rule of Law)
28,5 (191-o‘rin) 31,5 37,5
61,5
36
Korruptsiyani tiyib turish (Control of Corruption) 28,6 (183-o‘rin) 31
39
71,6
4
Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi (E-Government Survey)
41
Elektron
hukumatni
rivojlantirish
indeksi
(E-Government
Development Index)
0,62 (81-o‘rin)
0,66 0,70 0,86
42
Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi (Telecommunication
Infrastructure Index)
0,33 0,40 0,47 0,75
43
Inson kapitali indeksi (Human Capital Index)
0,74 0,76 0,78
0,86
44
Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksi (Online Service Index) 0,79 0,82
0,85 0,97
45
Elektron ishtirok etish indeksi (E-ParticipationIndex)
0,76
(59-
o‘rin) 0,78 0,80 0,88
5
“Korruptsiyani qabul qilish” indeksi (Corruption Perception Index) 25
(158-o‘rin) 27
31
65
6
“Logistika samaradorligi” indeksi (Logistics Performance Index)
51,55 (99-o‘rin) 56, 44 61, 28 80,61
61
Bojxona
42,07 48,07 54,07 78,07
62
Infratuzilma 51,40 56,40 61,40 81,40
63
Xalqaro jo‘natmalar
48,47 53,47 58,47 78,47
64
Logistika xizmatlarining sifati 51,75 55,75 59,75 75,75
65
Yuklarni kuzatib borish imkoniyati 54,18 59,18 64,18 84,18
66
Yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish imkoniyati 61,80 65,80 69,80
85,80
7
Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi (Statistical Capacity
Indicators of the World Bank) 64,4 67,8 74,4 100,0
231
8
Iqtisodiy erkinlik indeksi (Economic Freedom Index)
57,2
(114-
o‘rin) 57,2 63,6 82,3
81
Huquq ustuvorligi Mulkchilik huquqi 59,1 59,1 63,8 82,8
Sud faoliyati samaradorligi
34,20 34,20 43,02 78,30
Davlatning yaxlitligi
28,20 28,20 34,20 58,20
82
Davlat aralashuvi darajasi
Soliq yuki 91,60 91,60 92,42 95,70
Davlat xarajatlari 74,70 74,70 77,64 89,40
Fiskal salomatlik 98,90 98,90 98,80 99,50
83
Tartibga solish samaradorligi Biznes erkinligi
72,60 72,60 76,98
94,50
Mehnat bozori erkinligi 59,90 59,90 64,06 80,70
Monetar erkinlik 59,90 59,90 63,00 75,40
84
Bozorlarning ochiqligi Savdo erkinligi
67,60 67,60 68,80 73,60
Investitsiyalar erkinligi 20,00 20,00 40,00 80,00
Moliyaviy erkinlik 20,00 20,00 40,00 80,00
9
Iqtisodiy
hamkorlik
va
taraqqiyot
tashkilotining
(IHTT)
mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi (OECD Country risk classification)
5-guruh
10.
Inson kamoloti indeksi (Human Development Index)
0,71
(108-
o‘rin) 0,72 0,74 0,82
10.1 Kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi indeksi
0,79 0,80 0,82
0,90
10.2 Taʼlim indeksi
0,72 0,73 0,75 0,83
10.3 Daromad indeksi 0,63 0,64 0,66 0,74
11.
Huquq ustuvorligi indeksi (Rule of law, World Justice Project) 0,46
(94-o‘rin) 0,48 0,51 0,64
11.1 Hukumat vakolatlarining cheklanganligi
0,33 0,35 0,39 0,55
11.2 Korruptsiyaning mavjud emasligi
0,38 0,39 0,43 0,60
11.3 Hukumatning ochiqligi 0,31 0,33 0,37 0,53
11.4 Fundamental huquqlar 0,39 0,40 0,42 0,50
11.5 Tartib va xavfsizlik
0,91 0,91 0,92 0,96
11.6 Qonunlarga rioya etish 0,44 0,45 0,47 0,55
11.7 Fuqarolik odil sudlovi
0,51 0,53 0,57 0,73
11.8 Jinoiy odil sudlov 0,44 0,46 0,50 0,66
12.
Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi(Democracy Index) 2,01
(157-o‘rin) 2,07 2,29 4,8
12.1 Saylov jarayoni va plyuralizm 0,08 0,09 0,5
4
12.2 Hukumat faoliyati 1,86 1,95 2,2
5
12.3 Siyosiy ishtirok
2,22 2,27 2,35 5
12.4 Demokratik siyosiy madaniyat 5,0
5,1
5,3
6,0
12.5 Fuqarolar erkinligi 0,88 0,95 1,1
4,0
13.
Matbuot erkinligi indeksi (World Press Freedom Index) 53,07
(156-
o‘rin) 47
38
20
232
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va
indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini
tizimli rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilayotganiga uzoq vaqt
o‘tmagan bo‘lsada, ayrim sohalarda oldinga siljishlar kuzatildi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning
taʼkidlashicha: “Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning
sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon
hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki
davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida
qo‘llanib
kelinadi.
Masalan,
yaqinda
BMTning
Sanoatni
rivojlantirish
tashkilotining (YuNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha
hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta
mamlakat orasida 92-o‘rinni, MDHga aʼzo davlatlar orasida 5 o‘rinni, Markaziy
Osiyo mamlakatlari orasida 2 o‘rinni egallagan (2020-yil holatiga). Shuningdek,
iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni
taʼminlash, iqtisodiy o‘sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-
bosqich islohotlar 2020-yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-
o‘rindan
69-o‘ringa
ko‘tarilishimizga,
“Transparency
International”ning
Korrupsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun
ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o‘rni yaxshilanishiga olib kelgan”.
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari hamda
tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish
borasidagi davlat siyosati, bu tegishli huquqiy-normativ hujjatlarning qabul
qilinishi, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan
muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar, birinchi
navbatda, respublikada olib borilayotgan islohotlarning natijasini jahon miqyosida
eʼtirof etishga qaratilgan bo‘lsa, eng asosiysi, bu harakatlar xalqning farovonligi va
turmush tarzining yaxshilanishi va haq-huquqlarining himoya qilinishi tizimining
yanada yuqori saviyaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Bu jarayonda O‘zbekiston
Respublikasida olib borilayotgan islohotlar nafaqat ichki tartib-qoidalar, yaʼni
tegishli hukumat organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlar tomonidan, balki
jahonda tan olingan xalqaro reyting va indekslarning (mustaqil) identifikator-
laridagi reytinglari asosida baholanib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida,
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonini tezlash-
tirishga, dunyo miqyosida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda
olib borilayotgan islohotlarni amaldagi natijalarini yaqqol ko‘rsatishga xizmat
qilib, rivojlangan davlatlarning respublikaga turli ko‘rinishdagi investitsiyalar
kiritish imkonini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |