2.O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi
o‘rnini yaxshilash borasidagi davlat siyosati, qabul qilingan huquqiy-
normativ hujjatlar.
225
O‘zbekiston
Respublikasining
Xalqaro
reytinglar
tizimiga
integratsiyalashuvidan ko‘zlangan asosiy mezon va maqsadlarga to‘xtaladigan
bo‘lsak, bu masala yuzasidan qator fikr va mulohazalar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning
2018-yil
28-dekabrda
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida ham
yuritilgan edi. Xususan, O‘zbekistonning global raqobatbardoshlik reytingi va
boshqa xalqaro reytinglarda qatnashishi hamda unda mamlakatimizning egallagan
o‘rnini yaxshilab borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga
oshirish, mamlakatda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish sohasida
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikning amaliyotga tatbiqi ustidan
kuchli parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish va boshqa vazifalar belgilangan
edi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, reytinglar ichida eng mashhurlari,
investitsiya jalb qilinishida muhim o‘rin tutadiganlari sirasiga “Standard and
Poors”, “Moodys”, “Fitch Ratings” agentliklari hamda yirik auditorlik va
konsalting kompaniyalari tomonidan eʼlon qilib boriladigan baholash mezonlarini
ham kiritish mumkin. Hozirgi kunda yuqorida qayd etilgan agentliklar tomonidan
eʼlon qilinadigan suveren kredit reytingiga O‘zbekistonning ham kiritilishi
bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Biroq bu ishlarni hozircha qoniqarli deb bo‘lmaydi.
Аytaylik, bir qator indekslar bevosita investitsion faoliyat bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlarni eʼlon qiladi. Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar indeksi
(FDI index) 62 ta mamlakatda 22 sohani o‘z ichiga qamrab olgan holda
qonunchilik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning kirib kelishiga
to‘sqinlik qiluvchi omillarni tahlil etadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning
ishonchlilik darajasini ko‘rsatuvchi “FDI Confidence” indeksi global konsultatsion
kompaniya bo‘lmish “A.T.Kearney” tomonidan belgilanib, 40 ta mamlakat
bo‘yicha tahlillarni reyting ko‘rinishida chop etadi.
Аfsuski, mazkur indekslardan o‘rin olgan davlatlar qatorida hozircha
mamlakatimiz yo‘q. Bu esa yurtimizga potensial investorlarning kirib kelishiga
salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Mamlakat ichkarisida investitsion muhit qanchalik qulay va
jozibador bo‘lmasin, uning xalqaro maydondagi targ‘iboti yetarli darajada bo‘lmas
ekan, bir joyda depsinib turilaveradi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida
mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeyini ko‘tarish, ko‘rsatkichlarning
xolis va haqqoniy baholanishini taʼminlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2020-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni
baholashning
yaxlit
va
mustaqil
tizimini
shakllantirish,
shuningdek,
respublikamizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni taʼminlash yo‘llari
atroflicha belgilab berildi.
Mazkur hujjatga muvofiq vazifalar 3 ta asosiy yo‘nalishda ish olib
borilayotgani alohida eʼtiborga molik. Yaʼni:
226
1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring
qilish va baholashning milliy tizimi, yaʼni Milliy monitoring tizimining yaratilishi.
2. Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat
organlari faoliyatidan qoniqish darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy
mahoratini oshirish maqsadida “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutining
joriy etilishi.
3. “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining
yaratilishi esa ushbu yo‘nalishda samarali muloqot va axborot almashinuviga
xizmat qiladigan imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi.
Shu yilning 5-fevral kuni davlatimiz rahbari “Jahon banki va Xalqaro moliya
korporatsiyasining
“Biznes
yuritish”
yillik
hisobotida
O‘zbekiston
Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unda mamlakatimizni xorijlik investorlar
uchun yanada jozibador hududga aylantirish, yurtimizning xalqaro maydondagi
nufuzi va investitsion imijini keskin yuksaltirishga xizmat qiladigan vazifalar
bayon etilgan. Qarordan kelib chiquvchi asosiy strategik maqsad mamlakatda
2022-yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish”
hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos
keladigan qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.
Mazkur qarorda taʼkidlanganidek: “So‘nggi bir necha yillar davomida
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar
bazasini va tartibga solish jarayonlarini takomillashtirishga, qulay biznes muhitini
va xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy nufuzini shakllantirishga qaratilgan
chora-tadbirlar ko‘rildi. Oxirgi 5 yil davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” reytingida
O‘zbekiston jahonning 190 ta mamlakati orasida 146-o‘rindan 76-o‘ringa
ko‘tarildi. Shu bilan birga, amaliyotda, xususan, qurilishga ruxsatnomalar olishda,
mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda
tadbirkorlik subʼyektlari duch kelayotgan ortiqcha byurokratik tartib-taomillar
hanuzgacha saqlanib qolmoqda”. Аnglashilmoqdaki, O‘zbekiston 2022-yilga qadar
yana kamida 56 pog‘ona yuqorilashi kerak.
Shu o‘rinda mavzuga oid yana bir maʼlumotni keltirib o‘tish maqsadga
muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Jahon
banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy
agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng
muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish
metodologiyasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va
indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeyini chuqur o‘rganishni
taʼminlanishi”, deya qayd etilgan edi.
Taʼkidlash joizki, so‘nggi yillar mobaynida O‘zbekistonda hayotning barcha
jabhalarini qamrab olgan ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bularning barchasi
xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilmoqda. Аyniqsa, xalqaro reyting
agentliklari o‘z indekslarida O‘zbekistonni yuqori o‘rinlarda qayd eta
227
boshlayotgani mustaqillik yillarida birinchi bor kuzatilmoqda. Bu davlatimiz
uchun, xalqimiz uchun juda katta yutuq. Masalan, O‘zbekiston Meros
jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 5-pog‘onaga, Jahon bankining
“Logistika samaradorligi” indeksida 19-pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18-
pog‘onaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining
“Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh davlatlari qatoridan
5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarilgani ham mazkur o‘zgarishlar natijasidir.
Xalqaro
reytinglarda
yuqori
o‘rinlarni olish dunyo hamjamiyatining
mamlakatimizga bo‘lgan eʼtibori, chet el investorlarining qiziqishini oshirish
uchun muhim omil hisoblanadi. Demak, bu masalaga jiddiy qarash kerakligini
hayotning o‘zi talab etadi. Аmmo ayrim sohalarda reytinglar bilan ishlashga
yetarlicha eʼtibor qaratilmayotgani va xalqaro tashkilotlar tomonidan
o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotgani oqibatida
yetakchi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston hamon quyi pog‘onalarda
qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 2-iyun kuni
imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi
o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari hamda tashkilotlarida ular bilan tizimli
ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoni shu jihatdan
qayd etib o‘tilgan kamchiliklarga chek qo‘yishga qaratilgan muhim hujjat
hisoblanadi.
Farmonda
mamlakatning
investitsiyaviy
jozibadorligi
va
xalqaro
maydondagi imijini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro
reyting hamda indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish,
shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan
vazifalarni amalga oshirish maqsad qilingan. Hujjatda bu boradagi aniq vazifalar
belgilab berilgan bo‘lib, ushbu vazifalarni bajarish jarayonida xalqaro reyting va
indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika Kengashi tashkil etildi. Mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib
borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston
uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini
yaxshilashga xizmat qilishini taʼminlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarga to‘siq
bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish mazkur kengashning asosiy vazifalari etib
belgilandi.
Dostları ilə paylaş: |