Mavzu: B. Umidjonovning vokal xor ijodi mundarija: kirish xor san`atining ahamiyati va roli I bob. Xor san`atining rivojlanishi


Xor san`atining ahamiyati va roli



Yüklə 254 Kb.
səhifə2/11
tarix16.05.2023
ölçüsü254 Kb.
#114122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
B.UMIDJONOVNING VOKAL XOR IJODI

Xor san`atining ahamiyati va roli
Musiqa janrlari ichida eng xalqqa tushunarli va yaqin bo`lgan tur bu xor san`atidir. Xorda adabiy va musiqiy ijodiyot o`zaro uyg`unlashib, yaxlit obraz yaratadi. Xor xalqlar milliy musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim o`rin tutadi. O`tmishda bizning respublikamiz xor ijrochiligiga ega bo`lmagan, xozirda esa shahar va qishloqlarda akademik va xalq (havaskorlik va professional) xor jamoalari ko`plab mavjud.
Professional va havaskorlik xorlari badiiy va texnik jihatdan bir-biriga yaqin bo`lib, professional xor havaskorlik xoriga saviyasini oshirishga yordam bersa, o`z navbatida havaskorlik va professional jamoasiga xushovoz, iqtidorli yoshlarni etishtirib beradi. San`at bayramlarida professional va havaskorlik xorlar birga ishtirok etadilar.
I BOB. XOR SAN`ATINING RIVOJLANISHI

    1. Rossiyada xor madaniyatining rivojlanishi

Qadim zomonlardan buyon xalqlar o`z orzu-umidlari, quvonchlari va tashvishlari, his-tuyg`ularini pantamimo orqali ifodalab kelganlar.
Bizga tarixdan ma`lumki G`arb davlatlarida xalq qo`shiqlari bilan bir qatorda cherkovda aytiladigan professional xor ijrochiligi paydo bo`ldi. Qadimiy cherkov qo`shiqlari unison (yoki oktava) xolatda ijro etilgan, ular grigorian xoral deyilgan.
X asrlarda ikki ovozli qo`shiqlar paydo bo`lgan. Uyg`onish davrida ko`p ovozli xor ijrochiligi rivojlandi. XV-XVI asrlarda ijod qilgan bastakorlar: O. Lasso, K. Janiken, J. Depre. Professional xor qo`shiqchiligi vaqt o`tishi bilan cherkovdan tashqari podshox, knyaz’, pomeshchiklar saroylarida ham keng tarqaldi. O`zlarining ijodi orqali xor san`atining yuqori pog`onalarga ko`targan bastakorlar: Bax, Gendel’, Betxoven, Glyuk, Gaydn, Motsart, Verdi, Bize, Shubert, Mendel’son, Shuman rus bastakorlaridan: Glinka, Rimskiy-Korsokov, Musorgskiy, Chaykovskiy, Borodin, Kyui, o`zbek bastakorlaridan M. Burxonov, S. Yudakov, M. Ashrafiy, B. Umidjonov, S. Boboev, Sh. Yormatov, A. Mansurov, N. Norxo`jaev, D. Omonullaeva.

Yüklə 254 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin