Mavzu: B. Umidjonovning vokal xor ijodi mundarija: kirish xor san`atining ahamiyati va roli I bob. Xor san`atining rivojlanishi


«OLMACHA-ANOR» (1974 y.) ASARIGA QISQACHA ANNOTATSIYA



Yüklə 254 Kb.
səhifə11/11
tarix16.05.2023
ölçüsü254 Kb.
#114122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
B.UMIDJONOVNING VOKAL XOR IJODI

«OLMACHA-ANOR» (1974 y.) ASARIGA QISQACHA ANNOTATSIYA
Botir Umidjonov (tug’ilgan yili—1933 y.) qayta ishlagan xalq qo’shig’i. Jumaniyoz Jabborov (tug’ilgan yili — 1930 y.) she'ri.
Asar jo’rsiz aralash xor uchun qayta ishlangan. Shakli oddiy, uch qismli. Muqaddima 4 takt, I qism 16 takt, II qism 8 takt, III qism 8 takt va xotima I takt. Jami 37 takt.
Tonligi: MI — minor.
Ijro sur'ati: «Allegro-moderato»—tez qoniqarli.
Temp o’zgarishi: asarning ikkinchi qismi oxirida temp susayishi —«ritenuto» uchraydi.
Ulchovi ikki hissali  
Ritmik xususiyatlari: sinkopalar, uziladigan fermatolar, farshlaglar, hissaning bo’linishi (28 takt).
Dinamika: muqaddima «f», birinchi kupletda «mf», kulminatsiyada yana «f», uchinchi qismda «mf». Naqoratning ikkinchi .qaytarilishida «r» da kuylanadi va oxirgi taktda yana «f».
Tovush yo’llash, asosan, bog’langan («legato») holda olib yuriladi.
Faktura yozuvi akkord-garmonikdir. Muqaddimada bir marta kanonik imitatsiya uchraydi.
Xor tarkibi: S—A—T—B.
Xor partiyalarining diapazonlari:
Soprano: re1 — mi2
Alt: re1 — re2
Tenor: fa diez-fa diez1
Bas: si — mi1
Umumiy xor diapazoni: Si — mi2
Tessitura o’rta, qulay.
Xor yozuvi usullari: unison (S—A), oktava unisoni (T—B), xor «tutti»si ovozlar takrorlanishi (S—T, A—B).
So’z talaffuzi — diksiya aniq bo’lishi kerak. Nafas jumlalar bo’yicha olinadi. Asar muqaddimasida ketma-ket zanjir nafas olish usuli qo’llaniladi.






XULOSA
Ma’lumki, XX asr musiqa ijodiyoti yangi oqimlar bilan boyidi. O‘zbekiston musiqa madaniyati tarkibida Yevropadan ko‘p ovozli kompozitorlik ijodi va ijrochiligi kirib keldi, musiqa ta’limida va ijodda ustuvor yo‘nalish sifatida unga katta e’tibor qaratildi. Uzoq o‘tmishli, muayyan shakl tarkibiga ega bo‘lgan va ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan an’anaviy bastakorlik ijodiyoti nazardan chetda qoldi. Shunday bo‘lsa-da, bastakorlik ijodiyoti o‘ziga xos tarzda davom ettirilganligi hamda zamonga mos yaratilgan asarlar o‘zining shakl-u shamoyilini asragan holda, ammo uslub jihatidan davrga moslashganligini kuzatish mumkin. Bastakorlarning yangi avlodi, o‘tmish ijodkorlar an’analarini davom ettirgan holda o‘ziga xos uslublarni yaratdilar. Ijod etilgan asarlar ham xalqonaligi, an’anaviyligi va zamonaviyligi bilan ijro amaliyotida ommalashib, rivojlandi. Ijodiyotda janrlik xususiyat kengaydi. Qolaversa, bastakorlik ijodiyoti an’anasi zamonaviy musiqa ijodiyoti bilan boyiganligini e’tirof etish mumkin. O‘zbek kompozitorlik ijodiyotining negizida ham bastakorlik an’analari, tafakkuri va musiqa merosiga bo‘lgan munosabatlari o‘z aksini topganligi bunga sababdir.
Oxirgi chorak asr xalq musiqa ijodiyotida o‘ziga xos davr bo‘ldi. Bastakorlik ijodiyotida ushbu davrni qayta tiklanish sinovi desa bo‘ladi. Chunki bastakorlikda turli uslublarning jonlanishi va ularning ichida an’anaga xos uslubning afzalligi isbotini topayotgandek. Bular, asosan, kuylarni qayta ishlash, nag‘ma pardozlikka (aranjirovka), taqlid va ko‘chirmachilikka e’tibor kuchaygan jabhaga taalluqlidir. Mumtoz musiqaga bo‘lgan e’tiborning tiklanishi va qayta inobatga olinishi, ommaviy musiqa madaniyatining kirib kelishi va taqlidchilikning kuchayishi, ularga ergashish va badihago‘ylikka berilib ketishlik o‘z natijasini ko‘rsatdi. Oqibatda, o‘zbek bastakorligining azaliy an’analari, ustoz-shogird saboqlarining asosliligi, tarix davomida shakllangan bastakorlik ijodiyoti hamda ta’limi amaliyotda o‘z ijobatini topdi.
Mustaqillik davrida esa, ana shu barcha tarixiy jarayon, ijrochilik amaliyotining bosqichlari, bastakorlik ijodiyotining uslub, yo‘nalish va namoyandalar faoliyatini teran o‘rganish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bu imkoniyatlar ta’lim jarayoniga joriy etilgan, yoshlarning bu boradagi ma’naviy dunyosini rivojlantiradi. Kelajakda milliy musiqa merosimizning rivoji, bastakorlik ijodiyotining kamoloti xalqimizning qadriyatlariga xos, an’analariga mos, zamon talabidagi jihatlar bilan sug‘orilgan holda rivoj topishi begumondir.
Ta’lim jarayonini tarixiy saboqlar bilan amaliy o‘zlashtirish zamon talabidir. An’anaga asoslangan va zamon talabida ijodiy yondashgan amaliyotning natijasi samarali bo‘lishi shubhasiz. Shu bois mazkur fanning o‘quv dasturiga binoan, o‘rta maxsus musiqa o‘quv yurtlarining «An’anaviy ijrochilik», «O‘zbek xalq cholg‘ulari» va «Musiqa nazariyasi» bo‘limlari ta’limi uchun quyidagi o‘quv qo‘llanma o‘quvchilarga tavsiya etilmoqda. Shu bilan birga bastakorlik, san’atshunoslik, musiqashunoslik va cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishlari uchun bastakorlik ijodi bevosita zarur ekanligini ham e’tiborga olish lozimdir.
Asosiy maqsadimiz ma’naviy boyligimiz bo‘lmish mumtoz musiqa ijodkorlari, millatimizning ma’naviy dunyosini ohanglarda ifoda etib kelgan namoyandalar, ko‘p asrli tarixni bosib o‘tib, o‘zining muayyan musiqiy an’analarini avloddan avlodga boyitib kelgan bastakorlik ijodiyoti tarixi va taraqqiyot yo‘lini bilib va unga hissa qo‘shgan avlodlarning ilmiy va ijodiy merosini ardoqlashdir. Kelajak ijodiy ishlarida ushbu an’analarga asoslanish, zamon talabi doirasida ijod etishda zamonaviy va umumbashariy jihatlarni inobatga olgan holda munosabatda bo‘lishdir.
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar



  1. Hamidov H. O’zbek an’anaviy qo’shiqchilik madaniyati tarixi. Toshkent, «O’qituvchi», 1996.

  2. Odilov A. O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi. Toshkent, «O’qituvchi», 1995.

  3. Matyokubov O. Maqomot. Toshkent, “Musiqa”, 2004.

  4. Jabborov A. Musiqiy drama va komediya janrlari o’zbek kompozitorlarining ijodiyotida. Toshkent, «G’.G’ulom», 2000.

  5. Trigulova A.X. Chet el musiqa tarixi. (romantizm davri, Shubert, Shopen, List). Toshkent, Nizomiy nomli TDPU, 2008.

  6. Trigulova A.X. Xorijiy musika adabiyoti. Toshkent, «Ilmziyo», 2009.

  7. Urmanova L.A. Rus musiqasi tarixi. Toshkent, «Musiqa», 2011.

Qo‘shimcha adabiyotlar





  1. Jabborov A. O’zbeklar turmush tarzi va madaniyati. Toshkent,” G’.G’ulom”, 2003.

  2. Hamidov H. Avesto fayzlari, Toshkent, “Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi”, 2001.

  3. Abdullaev R. Markaziy Osiyo xalqlari marosim musiqasi. Toshkent, 1994.

  4. SHokirov O’., Ashrafiy F., SHokirova I. O’zbek madaniyati namoyandalari. 1-kitob. Toshkent, “Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi”, 2001.

  5. SHokirov O’., SHokirova I. O’zbek madaniyati namoyandalari. Toshkent, Toshkent avtomobil va yo’llar insituti, 2005.

  6. Akbarov I.A. Musiqa lug’ati. Toshkent, “O’qituvchi”, 1997.

  7. Rajabov I. Maqom asoslari, Toshkent, «Ibn Sino» 1992.

  8. Тригулова А.Х. Тексты лекции по история зарубежное музыки. T., TДПУ., 2007.

  9. Тригулова А.Х. Тексты лекции по история узбекское музыки. T., TДПУ.,2014.

  10. Урманова Л.А. Тексты лекции по истории русского музыки, T., TДПУ., 2001.

Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet.uz
4. www.edu.uz
5. tdpu-intranet.Ped


Yüklə 254 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin