Mavzu: B. Umidjonovning vokal xor ijodi mundarija: kirish xor san`atining ahamiyati va roli I bob. Xor san`atining rivojlanishi



Yüklə 254 Kb.
səhifə9/11
tarix16.05.2023
ölçüsü254 Kb.
#114122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
B.UMIDJONOVNING VOKAL XOR IJODI

OLMACHA-ANOR
(JO’RSIZ XOR QO’SHIG’INING TAHLILI)
B. Umidjonov qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i.

O’zbek xalq qo’shig’i «Olmacha-anor» xalq orasida keng tarqalgan. Ushbu qo’shiq, iste'dodli xormeyster-kompozitor Botir Umidjonov tomonidan 1974 yili xor uchun qayta ishlangan va O’zbekiston SSR- ning 50 yilligiga bag’ishlab Toshkentda o’tkazilgan viloyatlararo «Marxabo, talantlar!» telefestivalida Qashqadaryo viloyat xavas- korlari xori tomonidan xormeyster Ibroximjon Umarov rahbarligida katta mahorat bilan ijro qilingan edi. Shundan so’ng «Olmacha-anor» xor qo’shig’ respublika xavaskorlik kollektivlari va o’quv yurtlari xorlari tomonidan sevib kuylana boshlandi. Asar matniga xalq so’zlaridan tashqari, shoir Jumaniyoz Jabborovning baxtiyor hayotimizni kuylovchi to’rtliklari kiritilgan. J. Jabborov qo’shiqning naqorat so’zlarini qisman o’zgartirgan xolda uning yangi bir variantini yaratgan.


Qo’shiqning o’rta qismiga esa butunlay yangi kuplet kiritadi:
Asarda mehnat mavzusi kuylanadi, ya'ni cho’li biyobonlarga suv keltirib, bog’lar, paxtazorlar barpo qilgan va mo’l hosil ko’targan dehqonlarning mehnati sharaflanadi.
Jumaniyoz Jabborov (1930)—badiiy adabiyotning poeziya va dramaturgiya janrlarida samarali ijod tsilayotgan adibdir.
U o’zbek adabiyotining keng dargohiga 50-yillarda «Vatanimni kuylayman», «Baxor nafasi», «Maqsad yo’lida» kabi she'riy to’plamlari bilan kirib keldi.
Uning she'rlarida izchillik, qarashlarda ustivorlik, kommunizm insoniyatning oliyjanob g’oyalariga sadoqat ruhi asosiy o’rinni egallab turadi.
J. Jabborovning «O’jarlar», «Cho’l chaqmog’i», «Muxabbat naqqoshi », «To’ydan oldin tomosha» kabi dramalarida o’zbek paxtakori ishchisi, quruvchisi qilayotgan olamshumul mehnatini tarannum etadi.
Xormeyster Botir Umidjonov (1933) qator jo’rsiz va jo’rli xorlar, syuita va kantatalar muallifidir. B. Umidjonov yaratgan asl xorlardan «Jangchi qabrida», «Go’zal», «Ey sanam», qayta ishlangan o’zbek xalq qo’shiklaridan « Qorasoch», «Ililla yor», «Lapar», «Yallama yorim», «Chamanda gul», qozoq xalq qo’shig’i «Yakuray», uyg’ur xalq qo’shig’i «O’ynamdu yaxshi», tojik xalq qo’shiqlaridan «Diliman», «Gar namedoni bidon», ozarbayjon xalq qo’shig’i «Chal o’yna», qirg’iz xalq qo’shig’i «Qomuzchu», o’zbek klassik qo’shig’i merosidan «Segox», «Chorgox», «O’zgancha», «Ruboiy» kabi jo’rsiz xorlar va «Asrim sadosi» kantatasi, «Dilbarume» xor syuitasi va boshqalar xalq orasida keng tarqalgan. B. Umidjonov ijodida a-kapella janri asosiy urin tutadi. Uning ijodiy faoliyati respublika radio xori faoliyati bilan bog’liq xolda kamol topdi. B. Umidjonovning sho’x lapar, yallalari va lirik qo’shiqlari bugungi kunda xavaskorlik va professional xorlar tomonidan sevib kuylanmoqda. Yetuk xormeyster, iste'dodli kompozitor B. Umidjonov respublika xor madaniyatining rivojlanishiga salmoqli xissa qo’shib kelmoqda. B. Umidjonov va J. Jabborovlar oddiy xazil xalq qo’shigidan zamonaviy syujetli ozod mehnat mavzusi tarannum etilgan xor qo’shig’i yaratdilar. Uning ijrosi ham yangicha shakl kasb etgan. Masalan, asar erkaklar xorining (avval tenorlar, keyin baslar) katta bir tantanaga—hosil to’yiga chaqirishi bilan boshlanadi. Yigit va qizlar birin-ketin o’yinga tushib ko’y laydilar, paxtakorlar mehnati tarannum qilinadi. Asar yoshlarning jo’shqin, serzavq taronalari bilan yakunlanadi.
Bu a-kapella xor asarida so’z va ohang uyg’unligi, mazmunining yaxlit, tushunarliligi, ijroning ravon bulishiga imkon beradi.

Yüklə 254 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin