Mavzu: B. Umidjonovning vokal xor ijodi mundarija: kirish xor san`atining ahamiyati va roli I bob. Xor san`atining rivojlanishi


II BOB. BOTIR HOSHIMOVICH UMIDJONOV HAYOTI VA IJODI



Yüklə 254 Kb.
səhifə8/11
tarix16.05.2023
ölçüsü254 Kb.
#114122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
B.UMIDJONOVNING VOKAL XOR IJODI

II BOB. BOTIR HOSHIMOVICH UMIDJONOV HAYOTI VA IJODI.
2.1. B. Umidjonov xor uchun qayta ishlagan asarlari (Olmacha anor asari misolida)
O‘zbekiston xalq artisti, mohir xor dirijyori va kompozitor Botir Umidjonov O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi safiga 1982 yili qabul qilingan. Uning dirijyorlik faoliyati respublikamiz ko‘p ovozli xor san’atini rivojlantirishda alohida o‘rin egallaydi. 1960 yilda O‘zbekiston radiosi huzurida u tashkil etgan xor jamoasi madaniy haёtimizda muhim rol o‘ynab kelmoqda. O‘zbek va boshqa xalqlar an’anaviy qo‘shiq, lapar, ashulalarini ko‘p ovozli xor uchun moslashtirib, kompozitorlarning original xor asarlarini mohirona ijro etib, bu janr rivoji va targ‘ibotiga katta hissa qo‘shdi.
Umidjonov Botir Hoshimovich Dushanbe shahrida 1933 yilning 31 yanvarida tavallud topdi. Uning oilasi 1939 yili Toshkentga ko‘chib keladi. Botir 1941-1948 yillarda bolalar mehribonlik uyida tarbiyalanadi, xor va drama to‘garaklariga qatnashadi. 1952 yildan Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtining xor-dirijyorligi bo‘limiga o‘qishga kiradi va O‘zbek davlat filarmoniyasining akapella xoriga ishga joylashadi. 1955-1960 yillarda Toshkent davlat konservatoriyasining xor dirijyorligi fakultetida E.A.Gudkova sinfida ta’lim oldi. 1960 yilda respublika radiosi huzurida xor jamoasini tuzadi va 1993 yilga qadar bu jamoaning badiiy rahbari va bosh dirijyori bo‘lib ishlaydi.
Botir Umidjonov kompozitorlik mutaxassisligidan diplomga ega bo‘lmasa ham uning amaliy tajribasi yildan yilga o‘sib, musiqaning turli janr va shakllarida ijod qilib, milliy ohanglar negizida musiqiy asarlar yaratdi. Uning ijodida xor uchun yozilgan asarlar ustuvor ahamiyatga ega. Kompozitorning qalami ostidan quyidagi original akapella xor asarlari bunyodga keldi: «Ey sanam» (Hamza so‘zi), «Go‘zal» (M.Turobov so‘zi), «Jangchi qabrida» (Mahbuba Rahim qizi so‘zi), «Oltin vodiy» (H.Sharipov so‘zi), «Tarixiy imzo» (B.Isroilov so‘zi), «Ruboiy» (U.Xayyom so‘zi), «Ruboiy» (Navoiy so‘zi), «Ruboiy» (H.Dehlaviy so‘zi), Akapella (jo‘rsiz) xor syuitalari: tojik xalq qo‘shiqlari asosida «Dilbarume» nomli syuitasi, to‘rt qismli «Baxt nuri» (O.Haydarov, M.Ashurboev, U.Mirzaev va J.Umarovlar so‘zlari) syuitasi, D.Zokirov bilan hamkorlikda «Asrim sadosi» (Oybek so‘zi) kantatasi, tatar xalq qo‘shiqlari asosida «Yashlar uyyuni» syuitasi, «O‘ynang, dildoralar» (H.Muhammad so‘zi), «Tabriknoma» (Oybek so‘zi), «Bayram g‘azali» (H.G‘ulom so‘zi) kabi noyob xor asarlari, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri jo‘rligida xor poemasi.
Kompozitor o‘tgan yillar davomida ko‘p ovozli xor uchun moslab turli xalq qo‘shiqlarini qayta ishlagan: o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan «YOr nimalar devdim sizga», «Olmacha anoringga balli», «Qora soch», «O‘zgancha», «Jon Andijon», «Ililla yorim», «Xurshidi jahon keldi», «Gal bari», «Baxt yallasi» (N.Hasanov musiqasi, A.Po‘lat so‘zi), «Segoh» (Sh.Xurshid so‘zi), «Chorgoh» (Furqat so‘zi), «Sarahbori Navo» (Hofiz so‘zi), «Zarafshonda to‘y bugun» (Otaev so‘zi); uyg‘ur xalq qo‘shiqlaridan: «O‘ynamdu yaxshi», «Kolxoz yoshlari»; qirg‘iz xalq qo‘shiqlaridan: «Qomuzchi», «Qizil gul», «Oy tobo»; qozoq xalq qo‘shig‘i «Yapuray»; qoraqalpoq xalq qo‘shiqlaridan: «Chimboy», «Mungli qiz», «Dad alingnen»; tojik xalq qo‘shiqlaridan: «Gar namedoni bidon», «Diliman»; ozarbayjon xalq qo‘shig‘i «Chal oyna» va boshqalar professional va havaskor xor jamoalarining repertuarida munosib o‘rin egalladi.
B.Umidjonov zamondosh va klassik shoirlarning she’rlariga
ko‘plab qo‘shiq va romanslar yaratdi, masalan: «Dilrabo» (A.Isroilov so‘zi), «Yor o‘zing» (A.Po‘lat so‘zi), «Oromijon tun» (T.Rajabiy so‘zi), «Bilganmisiz» (O‘.Rashid so‘zi), «Meni eslagin» (X.Saloh so‘zi), «Gul bargi» (H.Yahyo so‘zi), «Bahoriya» (M.Baxti so‘zi), «Oshiq» (Jomiy so‘zi), «Sandadir ko‘zlarim» (Oybek so‘zi), «Eshitdim» (E.Samandarov so‘zi), «Ayriliq o‘tida» (Q.Maqsumov so‘zi), «Jonon xiromon» (Aminzoda so‘zi), «Sevgi» (Oybek so‘zi), «Soch oqligi — ko‘ngil oqligi» (Mirtemir so‘zi), «Hajir» (Nodira so‘zi), «Mo rui Samarqand» (M.Baxti so‘zi), «Olisdagi rimga» (Z.Obidov so‘zi) va boshqalar.
Shuningdek, B.Umidjonov quyidagi radio spektakllarga musiqa bastaladi: «Odam bo‘lish qiyin», O‘.Umarbekov romani asosida «Jiyda gullaganda» va «Afrosiyob go‘zali» (M.Qoriev qissasi va romani asosida), «O‘tgan kunlar» (A.Qodiriy romani asosida). 1990-yillarda Yu.Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat teatri sahnasida «Zulmat yutgan ziyokor» (O‘.Rashid pesasi) va Muqimiy nomidagi musiqiy teatr sahnasida «Oqibat» (R.Ma’diev pesasi) musiqali dramalari bunyodga keldi. «Shiddat» (rejissyor azarov) nomli o‘zbek badiiy filmiga musiqa bastaladi. Botir Umidjonov kompozitorlik, dirijyorlik va jamoatchilik faoliyati bilan zamonaviy o‘zbek musiqa san’atining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgani uchun «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.



Yüklə 254 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin