Mavzu: B. Umidjonovning vokal xor ijodi mundarija: kirish xor san`atining ahamiyati va roli I bob. Xor san`atining rivojlanishi



Yüklə 254 Kb.
səhifə1/11
tarix16.05.2023
ölçüsü254 Kb.
#114122
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
B.UMIDJONOVNING VOKAL XOR IJODI




Mavzu: B.UMIDJONOVNING VOKAL XOR IJODI
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………….2
Xor san`atining ahamiyati va roli…………………………………..3
I BOB. XOR SAN`ATINING RIVOJLANISHI……………….…5
1.1. Rossiyada xor madaniyatining rivojlanishi…………………...5
1.2. O`zbekistonda xor madaniyati…………………………………10
II BOB. BOTIR HOSHIMOVICH UMIDJONOV HAYOTI VA IJODI………………………………………………16
2.1. B. Umidjonov xor uchun qayta ishlagan asarlari (Olmacha anor asari misolida)………………………………………………………..16
2.2.Qo’shiqning nazariy tahlili………………………………….23
XULOSA……………………………………………………………..
KIRISH
Jamiyatimizning madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma`naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog`liqdir. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov ta`kidlaganidek, bu negizlar, milliy qadriyatlarga sodiqlik, ma`naviy merosni mustahkamlash va rivojlanish, insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish, vatanparvarlikdan iboratdir.
Umuminsoniy va milliy qadriyatalar mushtarakligiga, mamlakatimiz barcha fuqarolarini ma`naviy madaniyatini shakllantirishga erishishiga jalb etadi. Tafakkurni boyitmasdan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jabxalardagi vazifani bajarish, milliy an`ana, istiqlol mafkurasini to`la yaratish mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida» gi Qonunida qayd qilinganidek ta`limda umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarning ustivorligi sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biridir.
Urug`chilik jamiyatining emirilishi va sinfiy jamiyatga o`tish Baqtriya, So`g`diyona va Xorazm davlatlarining paydo bo`lishi axmoniylarning harbiy-ma`muriy jihatdan birlashuvlari Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek-baqtriya podsholigining vujudga kelishi eramizdan oldingi IV asrdan to eramizning VII asrigacha bo`lgan juda katta tarixiy davrini o`z ichiga oladi.
Bu davr epik xarakterli mifologik qaxramonlik ustun bo`lgan qadimgi og`zaki musiqali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashxurdir. Qaxramonlik afsonalari epik qo`shiqlar O`rta Osiyo xalqlarining o`z mustaqilliklari uchun olib borgan mardonavor kurashlarining bo`yoqdor tasvirlari bilan to`la o`z xalqining ozodligi yo`lida jonini qurbon qilgan cho`pon- SHiroqning mislsiz jasorati, Vatanga bo`lgan munosabati to`g`risida hikoya qiluvchi Sak afsonalaridan parchalar bizgacha etib kelgan.
Uyg`onish davrida xususan XV-XVI asrlarda Dj. Palestrina, O. Lasso, K. Janeken, J. Depre kabi polifonistik kompozitorlar yashab ijod qilgan davrlarda xor san`ati a-kapella ijrochilik uslubi ravnaq topdi.
Keyinchlik Bax, Gendel’, Betxoven, Glyuk, Gaydn, Motsart, Verdi, Bize, SHubert, SHuman, Mendel’son o`z ijodlari bilan xor san`atini yuqori pog`onalarga ko`tardilar.

Yüklə 254 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin