Mavzu: B. Umidjonovning vokal xor ijodi mundarija: kirish xor san`atining ahamiyati va roli I bob. Xor san`atining rivojlanishi



Yüklə 254 Kb.
səhifə10/11
tarix16.05.2023
ölçüsü254 Kb.
#114122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
B.UMIDJONOVNING VOKAL XOR IJODI

2.2.Qo’shiqning nazariy tahlili
Tahlil qilinayotgan «Olmacha-anor» xor qo’shig’i shaklan uch qism- dan iboratdir.
Xalq qo’shig’i, asosan, kuy (yakkaxon) va naqorat (kollektiv)dan iborat. Lekin asosiy ohangdan oldin va keyin naqoratning qaytarilishi A+B emas, ABA tipidagi uch qismli shakl hosil qiladi.
naqorat ohang naqorat
II:AII + B + II:AII
Bu shakldagi qo’shiqlar ko’protq yalla janriga yaqinlashadi. Ma'lumki, an'anaviy yalla qo’shiqlari ijro qilinganda asosiy kuy yakkaxon yoki bir necha xonanda tomonidan, naqorat esa ko’pchilik (xor) tomonidan ijro qilinadi. Masalan, ushbu qo’shiqni Uztele radio «Dutorchi qizlar» ansambli ham asl variantida aytadi.
Muallif qo’shiqqa yangi, zamonaviy ohang kiritish bilan birga, uning an'anaviy ijrochilik shaklini ham saqlab qoladi.


VOKAL-XOR TAHLILI
«Olmacha-anor» xor o’zining sho’xchan kuyi, mazmundorligi va haqiqiyligi bilan birga, oddiy va ijroga ulkan fakturasi bilan xarakterlidir. Bu miniatyura akapella xori to’rt ovozli tarkibli aralash .xor ijrosi uchun yozilgan. Bu asarni ancha tajribali, yuqori tipdagi xavaskorlik xori xam ijro qilishi mumkin. Xor fakturasida ovozlarning bir-birlarini takrorlash hollari uchraydi. Masalan S—A yoki S—A—'T unisonda kuylaydilar. Umuman partiturada to’liq to’rt ovozli akkord kam uchraydi.
Xor ansambli, umuman, tabiiydir. Asarning boshidan-o’rtasigacha sun'iy ansambl qo’llash zaruriyati tug’ilmaydi. Asar, asosan, ovoz partiyalarining hamohangligida yangraydi. Ushbu xor qo’shig’ida umumiy (to’liq), yarim ansambl turlaridan foydalanilgan. Yarim ansambl erkaklar xori «solosi»da (I —III qismlarda) uchraydi (13, 29-taktlar). Bundan tashqari, 1 qismning muqaddimasida (erkaklar ovozi bilan «usul»ning birinchi marta berilishida) toza tembrlar ishlatilgan. Asarda ikkinchi kulminatsiya qismning birinchi frazasida (21 — 24 t.t.) ayollar ovoz partiyasi erkaklar bilan bir xil tessitur sharoitda bo’lmaganligi (ayollar pastki registrda, erkaklar yuqori registrda) sababli xorda dinamik ansamblga yoki to’liq sadoga erishib bo’lmaydi. Va asarning shu joyida sun'iy ansambl qo’llaniladi. Partiturada muallif tomonidan hamma partiyalar uchun bir xil «f» berilgan. Ayollar xori ovoz kuchini erkaklarnikiga tenglashtirish uchun uni dinamik jihatdan sun'iy kuchlantiriladi. Ya'ni, ayollar xoriga «ff» berib, erkaklar xorida «f» qoldiriladi va barcha partiyalarda ovoz kuchi dinamikasining tengligiga erishilib, xorda umumiy ansambl barpo qilinadi. Asar kulminatsiyasi to’liq sadoga ega bo’ladi. Ayollar partiyasi ham xorda yaxshi eshitiladi.
Shuningdek, asarning ko’p joylarida ayollar xorining asosiy kuyni unisonda kuylashi soprano va alt partiyalarining ovoz tembrlarini maksimal yaqinlashtirishini taqozo qiladi. Chunki bu tembral ansamblga erishish ham umumiy ansamblning muhim qismini tashkil qiladi.
Xor sozi. Xor asari jursiz uslubda ijro qilinganligi uchun ham soz masalasiga aloxida e'tibor beriladi. Ma'lumki, umuman, xor natural, ya'ni temperatsiya qilinmagan sozda kuylaydi. Umumiy xor sozi ustida ishlaganda, uning melodik (gorizontal) va garmonik (vertikal) sozi ustida ish olib boriladi.
Avval melodik soz ustida (aloxida partiyalar) ishlab, intervallarning toza intonatsiyasiga erishiladi va to’rttala partiya baravariga kuylanganda garmonik-umumiy xor sozi ustida ish olib boriladi. Bunda akkordlarning sof va to’g’ri intonatsiyasiga erishish lozim. Bu ish qo’shiqning lad qonuniyatiga, laddagi tovush tortilish qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Mana shu qoidalarga amal qilib ish ko’rilsa, bu asarda gorizontal va vertikal soz ustida kup vaqt sarflanmaydi. Asar diatonik ladda yozilgan. Fakturada xarakterli intervallar, xromatik kuy bo’ laklari, ton og’ish, modulyatsiya va tonal solishtirishlar yo’qligi soz ustidagi ishni birmuncha yengillashtiradi.
Bas partiyasida uchraydigan sof kvartaga, sof kvintaga va kichik septimaga ovoz sakrashlari deyarli qiyinchilik tugdirmaydi.
Masalan, alt partiyasida (26, 27 t.lar) kichik septimaga ovoz sakrashi uchraydi. Alt partiyasi bilan alohida kichik septimaga (re1dan do2 notasiga) ovoz sakrash bir necha bor mashq qilinsa, ular bu sakrashini yengil va toza intonatsiya qila oladilar. Do2 notasiga aniq tushish uchun alt bilan soprano partiyasining shu kuy bo’lagini unisonda aytish (ya'ni soprano ham re2dan do2 notasiga tushadi)ham alt partiyasiga ancha qulaylik tug’diradi. Partiturada uchraydigan kvarta va kvinta sakrashlar asosan, I bosqichdan IV va V bosqichlarga, yuqoriga va pastga qilinadi
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yaxshi sozga erishish uchun rahbar intervallarning sof intonatsiyasiga erishmogi lozim.
Xorning umumiy diapazoni: Si — mi2
«ishchi» diapazoni: mi — si1
Xor partiyalarining umumiy va «ishchi» diapazonlari:
Soprano: umumiy re1 — mi2
«ishchi» mi1 — si1
Alt: umumiy re1 — re2
«ishchi» mi1 — si1
Tenor: umumiy fa — diez — fa diez1
«ishchi» lya — re1
Bas:umumiy Si — mi1
«ishchi» si — si1



Yüklə 254 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin