маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

Nazorat savollari: 
1. Dastlabki odamlar Nil vodiysiga qaysi davrda kelib o’rnashishgan? 
2. Nil vodiysining eng qadimgi aholisi (Badariy madaniyati) qaysi 
xo’jalik turi muhim rol o’ynagan? 
3. Fir’avn Amenxotep IV (Exnaton) islohotining mohiyati nimadan 
iborat edi? 
4. Misr sivilizatsiyasining fir’avnlar davri qachon o’z nihoyasiga yetdi? 


44 
5. Misr sivilizatsiyasining diniy e’tiqodlari uchun xos bo’lgan 
xususiyatni aniqlang 
Adabiyotlar: 
1. Ерасов Б.С. Культура, религия и цивилизация на Востоке. – М., 
1990. 
2. Замаровский В. Их величества пирамиды. - М., 1986 
3. Веллар К. Архитектура страны фараонов. - М., 1990. 
4. История письма: эволюция письменности от Древнего Египта 
до наших дней./ Перевод с немецкого. – М.: Эксмо, 2002. -398 с. 
5. Абдуллаев Н. Санъат тарихи. Том-1, - Т.: Ўқитувчи, 1986.
6. «МААТ» Ассоциация по изучению Древнего Египта. - М., 2001-
2013. - URL: http://www.maat.org.ru 
5-mavzu. Qadimgi Kichik Osiyo va Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi 
sivilizatsiyalari 
Asosiy savollar: 
1. Kichik Osiyo va Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yining qadimgi 
madaniyat markazlari 
2. Xett sivilizatsiyasi
3. Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi sivilizatsiyalari. 
1-savolning bayoni: 
Qadimgi yunonlar Kichik Osiyoni Anatoliya deb atashgan. XX 
asrning 20-yillaridan Turkiyaning Osiyo qismi ushbu nom bilan ataladi. 
Anatoliya dastlab qadimgi sivilizatsiyalar tadqiqotchilarini jalb 
etmagan. Ammo Chatal-Guyuk manzilgohining ochilishi bu hudud 
qadimgi 
sivilizatsiya 
markazlaridan biri ekanligini ko’rsatdi. 
Anatoliyada turli davrlarda Xett, Mitanni, Ossuriya, Frigiya, Lidiya, 
Urartu kabi davlatlar gullab-yashnadi.
Mitanni davlatiga m.a. XVI asrda xurrit qabilasi mitannilar asos 
soladi. Mitanni poytaxti yuqori Xaburdagi Vassokanda joylashgan edi. 
M.a. XVI asr Mitanni Zagros va Nineviyadan Shimoliy Suriyagacha 
bo’lgan hududni egallab, ulkan davlatga aylandi. Shu vaqtdan boshlab 
bir yuz ellik yil davomida Old Osiyoda Mitannidan kuchli bo’lgan 
qudratli davlat yo’q edi. Mitanni bu davrda Misr bilan Mesopotamiya 
va Sharqiy O’rta yer dengizi havzasi uchun uzoq kurash olib bordi. 
XV asrda xalqaro vaziyat o’zgarib Misr bilan Mitanni o’rtasida 
ittifoqchilik munosabatlari o’rnatildi va sulolaviy nikohlar tuzildi. M.a. 
XIV asr boshlaridagi Mitannidagi sulolaviy nizo, saroy fitnalari 


45 
davlatni zaiflashtirdi. Xettalar va Ossuriya tomonidan katta hududlari 
istilo qilingan Mitanni shimoliy Mesopotamiyadagi kichik bir 
davlatchaga aylanib qoldi. Qachonlardir qudratli davlat qoldig’i
sifatida Mitanni Ossuriya tomonidan tugatildi. 
M.a. XIII asr o’rtalarida Bolqon yarim orollaridagi o’zini frigiyali 
deb atagan qabilalar Kichik Osiyoga kirib keldilar. Yuz yildan keyin 
boshqa Bolqon qabilasi Qora dengiz bo’yi briglari Kichik Osiyoga 
kelib bu yerdagi birinchi to’lqin frigiyaliklarni qisman assimilyatsiya 
qilib, qisman siqib chiqardi. Yangi birlik frigiyaliklar Ilion (Troya) 
shahrini to’la buzib tashladilar. M.a. VIII asr o’rtalarida Frigiya davlati 
amalda butun Kichik Osiyoni Egey dengizidan Tavr va Urartugacha 
bosib olib o’zini gullab yashnagan pallasiga kirdi. M.a. 675 yilda 
kimmeriy va Urartu ittifoqchi qo’shinlarini zarbasi ostida Frigiya 
davlati quladi. Frigiyada o’ziga xos madaniyat shakllangan edi. 
Frigiya mabudalari Attisa va Buyuk ona Kibela antik madaniyatga
kuchli tasirini o’tkazdilar.
Poytaxti Sard bo’lgan Lidiya podsholigi taxminlarga ko’ra
eramizdan avvalgi XII asrda Anatoliyaga egey-bolqon bosqinlaridan 
keyin xett kolonistlari, mahalliy liviya qabilasi bo’lgan meonlar 
tomonidan tashkil etilgan. Eramizdan avvalgi VIII asrda Lidiya 
Frigiyaga bo’ysunadi. 675-yildan Lidiya mustaqil bo’ldi. Biroz vaqt
o’tmay Lidiyaga kimmeriylar bostirib kirdi. Lidiya podshosi
Ossuriyaga yordam so’rab murojaat qildi va uning hokimiyatini 
rasman tan oldi. M.a. 654-yil Lidiya zaiflashgan Ossuriya tarkibidan
chiqib Misr bilan ittifoq tuzdi. Eramizdan avvalgi 644 yilda 
kimmeriylar Sardni bosib oldilar. Skif-Ossuriya urushi Lidiyaning
mustaqil bo’lishiga imkon yaratdi. Lidiya Likiyadan tashqari Galis 
daryosidan g’arbdagi butun Kichik Osiyoni bo’ysundirdi. Lidiya 
dunyoda birinchi bo’lib oltin va kumushning tabiiy qo’shilmasi-
elektradan (m.a. VII asr) tanga zarb qildi va oltin tanga VI asrda zarb 
qilindi. M.a. VI asrda Lidiya Fors davlati tarkibiga kirdi.
Tavr tog’laridan va Frot daryosining o’rta oqimining Misrgacha
bo’lgan Sharqiy o’rtayer dengizi qirg’ogi hududi va Suriyani qadimda 
yunonlar Finikiya va Falastin deb nomladilar. Qadimda bu hududning 
katta qismini Xanaan deb atalgan dengiz qirg’ogi tashkil etardi.
M.a. IV ming yillik oxirida Sharqiy o’rtayer dengizi qirg’ogi 
jamoalarida hunarmandchilik va dehqonchilik rivojlanadi va m.a. III 
ming yillikda shahar tipidagi manzilgohlar paydo bo’ldi. Ana shunday 
shaharlardan Finikiyada yuzaga kelgan Bibl, Ugarit, Sidon va Tirlarni 


46 
sanab o’tish mumkin. Mamlakat ichkarisida shimoliy Suriyada Alalax
shahri (m.a. IV ming yilliklar oxiri- III ming yilliklar 2-yarmida), M.a. 
III ming Ebla shahri shakllandi. M.a. III ming yillikda Falastinda
Megiddo, Quddus va Laxesh shaharlari shakllanadi. M.a. III ming 
yillikda Sharqiy o’rtayer dengizi qirg’og’i aholisi o’z tarkibiga ko’ra 
xilma-xil edi. 
M.a. XVIII asrda shimoliy Suriyaga bostirib kirgan amoriy 
qabilalaridan biri tashkil etgan, bir necha shahar va davlatlarni 
birlashtirgan siyosiy birlashma Yamxad nomini oldi. Dastlab bu 
birlashma qabilalar ittifoqi shaklida bo’lgan. U shimolda
Karxemishdan janubda Oront daryosigacha bo’lgan bepoyon hududga 
hukmronlik qilgan. (tax. m.a. XVII asrning II yarmida) Xalpa
(hozirgi Aleppo) shahri poytaxt vazifasini o’tadi. M.a. XVII asrda 
Yamxad zaiflashib tushkunlikka yuz tutadi. M.a. 1600-yillar atrofida 
Yamxad davlatini xettlar bosib oladilar. 
M.a. XIII-XVII asrda Yamxaddan janubroqda bir qancha 
shaharlarni birlashtirgan qudratli giksoslar ittifoqi vujudga keladi. 
Zarbdor qism jang aravalari bo’lgan qo’shinga ega bo’lgan giksoslar 
o’z hokimiyatlarini Misrda o’rnatdilar, Falastin va Suriyada ham 
egalik qildilar. Giksoslar ittifoqiga Kadesh va Megiddo shaharlari ham 
kiradi. Giksoslar davlati qurama bo’lib, unga semit qabilalari yetakchi 
o’rin egallab, bu davlat birlashmasiga xurrit va xett qabilalari
qo’shildilar.
Giksoslar Misrdan haydalgach, Falastin va Suriyaga chekinib bu 
yerda qariyib yuz yil hukmronlik qildilar. Shimoliy Suriyada xettlar 
hokimiyatni qo’lga oldilar, lekin tez orada Mitanni davlati bu hududni 
egallab oladi. M.a. XVI asr oxiriga kelib, Sharqiy O’rtayer dengizi 
Misr va Mitanni tomonidan bo’linib olinadi. M.a. XV-XIV asrlarda 
Sharqiy O’rtayer dengizi siyosiy tarqoqlik, o’zaro urushlar girdobida 
qoldi.
M.a. XIII-XII asr boshlarida Suriya va Falastin O’rtayer dengizi 
qirg’og’i egey-anatoliya xalqlari («dengiz xalqlari») bosqiniga 
uchraydi. Shundan so’ng ular Misrga hujum qiladilar, lekin misrliklar 
hujumni qaytaradilar. Misrdan uloqtirib tashlangan kelgindilar Falastin 
qirg’og’iga o’rnashib, Filistim (“Peleset”) nomi bilan davlat tuzdilar. 
Tez orada ular bu yerdagi mahalliy aholining tili va madaniyatini 
o’zlashtirdilar, ularning nomidan “Falastin” nomi kelib chiqdi. 
M.a. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlarida Sharqiy 
o’rtayer dengizi qirg’og’i shaharlari qayta tiklandilar. Sharqiy o’rtayer 


47 
dengizi qirg’og’ida finikiyaliklar xalqaro savdoda yetakchi o’rinni 
egalladilar. Finikiya shaharlarida kemasozlik, dengizchilik yuqori 
darajada rivojlanadi. Finikiyaliklar O’rtayer dengizi havzasida
o’zlarining o’nlab koloniyalarini barpo qiladilar. Tir va Sidon 
shaharlari bu yo’nalishda faol harakat qiladilar va o’zaro birlashib 
yagona davlat tuzadilar.
Finikiyaning koloniyalari ichida Tir shahri asos solgan Shimoliy 
Afrikadagi Karfagen yoki Karxemish (m.a. 825 yoki 814 yilda barpo 
qilingan) iqtisodiy jihatdan yuqori darajada taraqqiy qilgan va siyosiy
qudratga erishgan. Karfagen shahri G’arbiy o’rtayer dengizidagi
Finikiyaning boshqa koloniyalarining markaziga aylanadi va o’z 
koloniyalarini barpo qila boshlaydi. M.a. III-II asr o’rtalarida Puni 
urushlari natijasida Karfagen batamom tor-mor qilinib, uning hududi 
Rim respublikasining Afrika profintsiyasiga aylantiriladi ( m.a. 146- 
yil).
M.a. II ming yillik oxirlarida kontinental Suriyada savdo yo’llari 
kesishgan nuqtada Arabistondan kelgan somiy qabilalaridan biri 
oromiylarning Suriyadagi bosh markazi Damashq shahri kuchayib
ketadi. Damashq podsholigining iqtisodiyoti rivojlangan chorvachilik, 
butun Yaqin Sharqqa mashhur bo’lgan qurolsozlik va oliy navli jun 
bilan vositachilik savdosiga asoslangan. M.a. IX asr oxirida beto’xtov 
urushlar sababli zaiflashib qolgan Damashq Ossuriya tomonidan bosib 
olindi. 
M.a. XII asrda Falastin hududida kelgindi ko’chmanchi isroil 
qabilalari va mahalliy xananlar birlashib 12 qabila ittifoqini 
shakllantiradilar. M.a. XI asr boshlarida Falastinda temir qurollar ishlab 
chiqarishda yetakchi bo’lgan filistimlar hukmronligi o’rnatiladi. Isroil 
qabilalari filistimlarga qarshilik ko’rsata olmaydi. Falastinda isroil 
qabilalari Misrdan kelib o’rnashadilar. M.a. XIII asrda o’n ikki 
yahudiy qabilalari Falastinga bostirib kirib, mahalliy Xanaan shahar-
davlatlarini bo’ysundirganlar. Yahudiy so’zi etimologik jihatdan 
«daryo ortidagi aholi» degan ma’noni bildiradi. 
M.a. XI asrning oxirida yahudiy jamiyatida ibtidoiy jamoa 
tuzumidan sinfiy jamiyatga o’tish yuz bergan. Saylab quyiladigan
yo’lboshchilar o’rniga merosiy podsho hokimiyati shakllanadi. Dovud 
(1010-970 yillar) podsholigi davrida markazlashgan davlat tuziladi. 
Bosib olingan Quddus yangi davlatning poytaxti bo’lgan.
Dovudning o’g’li Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi 
bo’lgan 10 shimoliy yahudiya qabilalari ajralib chiqib, Isroil 


48 
podsholigini tashkil qiladilar. Uning poytaxti yangi qurilgan Samariya
shahri bo’lgan. Dovud sulolasi hukmdor bo’lgan Quddus podsholigi 
uning bosh qabilasi nomi bilan Yahudiya deb atalgan. Ikkala podsholik 
ham bir-biri bilan dushmanchilik munosabatida bo’lib vaqti-vaqti bilan 
konfederatsiya 
tashkil 
qiladilar. 
Yahudiyani 
parchalanganidan 
foydalangan Misr Falastinga yurish qilib Yahudiya va Isroilni bosib 
oladi.
M.a. VIII asr o’rtalarida Ossuriya Damashq va Isroil davlatlarini 
tor-mor qiladi. Tir-Sidon podsholigining katta qismi Ossuriya 
tomonidan bosib olinib, tobe hududga aylantiriladi. Ossuriyaning 
g’arbiy qismiga skiflarning hujumi Sharqiy o’rtayer dengizi qirg’og’ida 
Ossuriya hukmronligiga chek qo’yadi. Ossuriyaning halokatidan keyin 
Sharqiy o’rtayer dengizi Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat maydoniga 
aylanadi. Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat oxir-oqibatda m.a. 587-
yilda Yahudiyani halokati, yahudiylarning Mesopotamiyaga asir qilinib 
olib ketilishi, butun Sharqiy O’rtayer dengizini Bobilga tobe bo’lishi 
bilan yakunlanadi. M.a. 539-yilda ahamoniylar tomonidan Bobilni 
bosib olinishi bilan bu hududda forslar hukmronligi o’rnatiladi. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin