маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

 
2-savolning bayoni: 
M.a. XX-XVIII asrlarda Kichik Osiyodagi Nesa (Kanish), 
Burusxan, Kussar va Xattusi kabi shaharlarni o’z ichiga olgan siyosiy 
birlashmalar vujudga kela boshlaydi. Kichik Osiyoning bu siyosiy
birlashmalarining ilk birlashuvi eramizdan avvalgi XVIII asrning 
birinchi yarmida yuz beradi.
Qadimgi Xett davlatida urug’-jamoa qoldiqlari hali kuchli 
bo’lgan. Xett podsholari o’z hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib 
amalga oshirganlar. Qurol ko’tarishga qobiliyatli bo’lgan barcha 
erkaklar podsho chiqaradigan «pankus» deb ataladigan yig’ilishga 
muntazam ishtirok etganlar. Zodagonlar davlat boshqaruvda faol 
qatnashib, o’zlarini kuchli tayanchi bo’lgan zodagonlar kengashi 
(Tuliya) orqali xalq yig’iniga boshchilik qilganlar.
Xett davlatining hukmdorlari mamlakatni birlashtirib, istilochilik
yurishlari olib boradilar va davlat chegaralarini “dengizdan-
dengizgacha” kengaytiradilar. Poytaxt xettlarning sobiq bosh markazi 
Xattusiga ko’chirilgach keyin davlat rasmiy ravishda “Xatti”, 
zamonaviy fanda “Xett” deb atala boshlandi. 
M.a. XVIII- XVI asrlar qadimgi Xett podsholigi davri deb
ataladi. Xett davlatining tushkunlik davri bo’lgan m.a. XV asr o’rta 


49 
Xett podsholigi davri deb nom oldi. M.a. XIV asr boshlarida Old 
Osiyoda Misr, kassitlar Bobili va Mitanni davlatlari zaiflashib, xalqaro 
munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun qulay shart-sharoit 
tug’iladi. Yangi Xet podsholigi davri sanalgan m.a. XIV -XII asrlarda 
ushbu davlat yana yuksaldi.
Yangi sulola podsholari qadimgi xett buyuk davlatchiligi 
g’oyalarini qaytarishga da’vo qilib, harbiy-byurokratik monarxiyani 
tashkil qildilar. Podsho ilohiylashtirilgan mutlaq hukmdorga aylandi. 
Xett hukmdorlari bu davrda Sharqiy O’rtayer dengizi qirg’og’i mayda 
davlatchalarini va Mitanni davlatini bosib oldilar. Mitanniga tegishli 
Suriya viloyatlarini va shaharlarini, Kichik Osiyodagi janubiy Frigiya 
va Lidiya, Milavan (Milet) hokimlarini bo’ysundiradilar.
Ammo Misr XIX sulola davrida yanada kuchayib va Sharqiy 
O’rtayer dengizi qirg’ogi uchun Xett davlati bilan yana raqobat 
boshlaydi. Xettlar Falastin, Finikiya va Suriyani katta qismidan siqib 
chiqariladi. Oxir oqibatda Misr va Xett davlati eramizdan avvalgi
1280 yilda tinchlik shartnomasini imzolaydilar. Shartnoma bo’yicha 
Suriyaning bir qismi, Shimoliy Finikiya Xett davlati ta’siri ostida
qoladi.
Endilikda Xett davlati kuchayib borayotgan Ossuriyaning harbiy
tazyiqiga qarshi Bobil bilan ittifoq bo’lishga harakat qiladi, lekin 
Ossuriyani Yuqori Mesopotamiyadan siqib chiqara olmadi. Xett davlati 
kuchli qo’shinga ega bo’lgan Ossuriya tazyiqini qiyinchilik bilan
qaytaradi. 
So’ngi xett podsholari davrida axeylar, Bolqondan kelgan 
frigiyaliklarni Kichik Osiyoning g’arbida hujumini zo’rg’a qaytaradilar. 
Axeylar tor-mor qilinganidan keyin Kichik Osiyo g’arbidagi Ilion 
shahri bosib olinadi. M.a. XII asr oxirida Egey dengizi qirg’oqlari va 
orollarining «dengiz xalqlari» Xett davlatini tor-mor qiladilar. 
Shunday qilib, yangi Xett davlati tarix sahnasidan abadiy tushib ketdi.
Markazlari Karxamesh va Melida bo’lgan so’nggi Xett podsholiklari 
qoldiqlari m.a. VIII asr oxirlarida Ossuriya tomonidan tugatiladi. 
Xettlar xo’jaligining asosi dehqonchilik, chorvachilikning 
qo’ychilik sohasi bo’lgan. Dehqonchilikda sun’iy sug’orish sezilarli 
bo’lmagan. Hunarmandchilikning taraqqiyoti to’g’risida qonunlar va 
boshqa hujjatlarda temirchi, kulol, duradgor va tikuvchi kasblari tilga 
olinadi. Mehnat qurollari va harbiy aslahalar ishlab chiqarish uchun 
asosiy xom ashyo dastlab mis, keyinchalik qalay edi. Temirdan faqat 
diniy marosimlar uchun haykalcha va boshqa buyumlar yasashda oz 


50 
miqdorda foydalanilgan. Xett davlatida podsho oilasi va podsho bosh 
koxin sifatida juda katta miqdorda yerga egalik qilgan. Podsho va 
ibodatxona yerlarida ishlovchilar o’z yerlariga berkitib qo’yilib, turli 
soliq va majburiyatlarni o’taganlar. 
Xett jamiyatida barcha aholi ikki guruhga bo’lingan. Soliq
to’lovlari va boshqa majburiyatlarni o’tovchi (podsho, ibodatxona eki 
xususiy shaxs foydasiga) kishilar erkin bo’lmagan mavqega ega bo’lib, 
kamsitilganlar. To’la ma’noda erkin kishilar deb zodagonlar, 
amaldorlar, kohinlar va katta yer egalari hisoblanganlar. Xett davlati 
bosib olgan hududlarni boshqarmagan, faqat ulardan xiroj olish bilan 
cheklagan. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin