маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

3-savolning bayoni: 
Sharqiy O’rta yer dengizi bo’yi shaharlarida me’morchilik yuksak 
darajada taraqqiy etgan. Ugarit va Ebla shaharlarida hashamatli 
me’morchilik inshootlari, saroylar bunyod qilingan. Ebla saroy 
devorlarini bezalishida Mesopotamiya me’morchiligi bilan aloqa 
yaqqol ko’rinadi. Haykaltaroshlikda yog’och va toshdan podsho va 
ma’budalar haykallari yasalgan. 
Dengizchilik, kemasozlik sohalari ayniqsa Finikiyada yuksak 
darajaga ko’tariladi. M.a. 600-yillar atrofida fir’avn Nexo buyrug’i 
bilan finikiyaliklarning dengizchilik tarixida ilk bor Gibraltar orqali
Atalantika okeaniga chiqib, Afrikani aylanib o’tishlari buyuk kashfiyot 
edi. Finikiyaliklar mohir kemasoz bo’lganlar. Ularning kemalaridan 
misrliklar va boshqa Old Osiyo xalqlari keng foydalandilar. 
Xettlar madaniy tarqqiyotida Misr va Mesopotamiyaning yuksak 
madaniyatlari ta’siri yaqqol seziladi. Xett dini o’ziga xos belgilarga 
ega edi. Xettlarning ming ma’bud va ma’budalari to’g’risida 
manbalarda eslatishlar mavjud. Amalda esa, cheklangan miqdorda 
ilohlarga sig’inilgan. Podsho quyoshga o’xshatilib ilohiylashtirilgan.
Xett podsholigining boshqa xalqlar bilan yaqin aloqasi
mavjudligidan dalolat beradigan yana bir madaniy yutuq uch tilli 
shumer-bobil-xett lug’atlarining tuzilishidir.
Xett haykal va relyeflari vazmin va ulug’vorligi bilan ajralib
turadi. Mamlakatda ayniqsa, mudofaa inshootlari qal’a devorlari qurish
yuqori darajada bo’lgan. Xett madaniyati ko’p asrlik shimoliy 
Mesopotamiyada va unga yaqin boshqa hududlarda yashagan qabila 
va xalqlarning madaniyatini o’zida aks ettirgan va boshqa
madaniyatlarga xam o’z ta’sirini o’tkazgan. Xettlarning madaniy 


51 
merosi Xett davlati halokatidan keyingi asrlarda ham boshqa qo’shni 
mamlakatlar madaniyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi.
Karfagen Misr, Xett, Bobil va Osuriya madaniyatlarini doimiy
ta’siri ostida bo’lgan va shu sababli uning madaniyati sinkretik 
(madaniyatlar qo’shilmasi hosilasi) xususiyatiga ega edi. Karfagenliklar 
qadimda Afrika, O’rtayer dengizi, Atlantika qirg’og’i, Kanar va Azor
orollarining eng aniq geografik xaritasiga ega bo’lganlar. Karfagen 
madaniyati G’arbiy o’rtayer dengizi va Shimoliy Afrika tarixida 
muhim iz qoldirdi. 
Sharqiy o’rtayer dengizi hududining madaniy sohadagi eng katta 
yutug’i alifboli yozuvning yaratilishi edi. M.a. XV-XII asrlardayoq 
Ugaritda o’ttiz belgili mixxat alifbosi qo’llanilgan. Finikiya alifbosi 
yanada takomillashgan tizim bo’lib, yunonlar tomonidan qabul qilinib, 
keyinchalik barcha zamonaviy alfavitlarga asos bo’ldi. 
Sharqiy O’rtayer dengizi xudolar panteoni tabiat kuchlarini aks 
ettiradi. Har bir shaharni o’z homiy ma’budi bor edi. Falastinda m.a. 
VIII-VI asrlarda monoteistik ta’limot keng tarqaldi. Yahudiyada 
vujudga kelgan monoteistik ta’limot Yaxvani yagona xudo deb e’lon 
qiladi. Yaxva dastlab iuda qabilasining xudosi edi. Keyinchalik Isroil-
Yahudiy davlatining bosh xudosi deb e’lon qilingan. Yahudiy 
manbalariga ko’ra, Sulaymon payg’ambar Quddusda unga atab 
ibodatxona qurdirgan. Yaxudo dini insoniyat tarixidagi birinchi yakka 
xudolikka asoslangan dindir.
Yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar 
va risolalar majmuasi bo’lmish Bibliyaning “Qadimgi ahd” qismi o’sha 
davrda yaratila boshlangan. “Bibliya” eng qadimgi adabiy 
yodgorliklardan biri bo’lib, diniy pand-nasihatlar, aqidalar
bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, 
hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. Bibliya jahon bo’yicha keng 
tarqalgan, asrlar mobaynida ko’pgina xalqlarning axloqi, ma’naviyati, 
madaniyati, adabiyoti, musiqa va rangtasvir san’atiga barakali ta’sir 
ko’rsatgan. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin