маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

 
3-savolning bayoni: 
Qadimgi Misr sivilizatsiyasining o’ziga xosligi va betakrorligini 
uning tabiiy-geografik joylashuvi, Nil vodiysining nisbatan yopiqligi va 
tashqi hujumlardan himoyalanganligi, fir’avnlar hokimiyati va butun 


41 
ijtimoiy tizimning barqarorligi, shuningdek misrliklarning yuqori 
turmush darajasi belgilab berdi.
Misr sivilizatsiyasiga chuqur konservatizm va an’anaviylik xos. 
Misrliklar o’zlarining madaniy qadriyatlar tizimiga biror bir yangilik 
kiritishdan qochdilar. Aksincha, ularda o’zlariga ma’lum g’oya, qonun, 
badiiy uslublarni asrash va taqlid qilish uzoq asrlar asosiy tamoyil 
bo’lib qoldi. Albatta bu hol yangi unsur, g’oya va uslublarni inkor 
qilmadi, ammo ular asta-sekin paydo bo’ldi. Shu sababli Misr ustalari 
doimo rioya qilgan an’anaviylik va konservatizm Misr san’ati uchun 
xos bo’lgan kontseptuallik va yuqori malakalilik, mohirlik, uyg’unlikni 
o’zida aks ettirib nihoyasiga yetkazib ishlangan.
Misrda din ilk urug’chilik jamoalarida vujudga kelib, juda uzoq 
taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Diniy an’analar mustahkam va turg’un 
bo’lgan, fetishizm, totemizm, ayniqsa hayvonlarga topinish Misrda 
uzoq davom etgan. 
Misr xudolarining panteoni juda katta bo’lib, u ilk davrda vujudga 
kelgan madaniyatga borib taqaladi. Misrliklarning xudolari hayvon 
qiyofasida tasvirlangan. Xudolar mahalliy va umumisr miqyosida 
e’tiqod qilingan ilohlarga bo’lingan. Oddiy odamlarning himoyachisi 
va homiysi bo’lgan Amonga topinish umumisr xarakteriga ega bo’lgan. 
Quyosh xudosi Raning o’g’li Gorning yerdagi ifodasi sifatida qabul 
qilinadigan, o’limidan so’ng xudo bo’lib Osiris bilan tenglashtirilgan 
fir’avn shaxsini ilohiylashtirish alohida o’rin egallagan. Yer osti 
saltanatining podshosi Osiris butun Misrda e’zozlangan.
Misrda fir’avn Exnaton tomonidan ilgari surilgan monoteizmning 
birinchi tarixiy shakli bo’lgan yagona xudoga sig’inish konsepsiyasi 
o’z o’rnini topmadi. 
Misr dinida u dunyodagi hayotga katta o’rin berilgan, o’limdan 
keyingi hayot bu hayotning davomi deb tushunilgan. Inson go’yoki, 
uch asosiy substansiya jismoniy tana, uning ma’naviy ko’rinishi («Ka») 
va uning ruhi («Ba») dan iborat. Faqat shu uch unsurning birligi boqiy 
yashashga imkon beradi. Mana shu boqiylikka intilish ko’mish 
marosimlarining shakllanishiga, inson tanasini abadiy saqlash uchun 
mumiyolashning paydo bo’lishiga olib kelgan.
Qadimgi Misr dini san’at taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Misr 
sivilizatsiyasi o’ziga xos, tuzilishi bo’yicha murakkab, mazmunan boy 
madaniyat yaratdi. Bu jahon madaniyati xazinasiga ko’plab 
durdonalarni yetkazib berdi. Bular qadimgi Misr yozuvi, yozuv uchun 
dunyodagi ilk material bo’lgan papirus, bugungi kungacha saqlanib 


42 
qolgan afsonalar, ertaklar, nasihatlar, ulug’vor piramidalar va 
ibodatxonalar, fir’avnlar va amaldorlar dahmalaridagi suratlardir.
Misrliklar yozuvning uch ko’rinishidan foydalanishgan: 
muqaddas hisoblangan iyeroglif yozuv, iyeratik yozuv va demotik 
yozuv. 
Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli g’oyalar, badiiy 
obrazlar bilan sug’orilgan boy adabiyotni yaratdilar. Adabiyot uchun 
qulay omil bo’lib xalq og’zaki ijodi xizmat qildi. Ilk abadiy asarlar 
m.a. IV ming yillikda paydo bo’ldi. Ertaklar, didaktik nasihatnomalar, 
zodagonlar tarjimai hollari, diniy matnlar va poetik asarlar Qadimgi
podsholik davridayoq paydo bo’ldi. O’rta podsholik davrida
janrlarning xilma-xilligi ko’paydi. Yuqori darajada yozilgan prozaik
asarlar paydo bo’ldi (Sinuxet hikoyasi). Yangi podsholik davrida
Misr adabiyoti g’oyaviy-badiiy tugallanish davrini boshdan kechirdi.
Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar didaktik janri
to’laroq aks etgan. Nasihatnomalardan «Ptaxotep nasihatnomasi», 
«Gerakleopol podshosi Axtoyning o’gli Merikaraga nasihati», 
«Fir’avn Amenxemxet I ning nasihatnomasi» kabi asarlarda davlatni 
boshqarish qoidalari bayon qilingan. «Axtoyning o’gli Dauafaga 
nasihati»da mirzolikni boshqa kasblardan afzalligi ko’rsatiladi. «Ani 
nasihati», «Amenemope nasihati»da turmush ahloqi va an’anaviy 
ahloq qoidalari batafsil bayon qilinadi.
Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir janr sifatida shakllandi. 
Ulardan eng mashhurlari: «Fir’avn Xufu va sehrgarlar», «Kema 
halokatiga uchraganlar to’g’risida», «Egri va to’g’ri to’g’risida», «Ikki 
aka-uka to’g’risida».
Sivilizatsion tuzilmaning tarkibiy qismi sifatida maorif ilk 
sivilizatsiyalardayoq birinchi o’ringa chiqqan. Misr sivilizatsiyasi 
savodxonlik va savodli odamlarni yuqori qadrlagan. Yozuv, xudo va 
xo’jayin ma’nolarini anglatuvchi tushunchalar bitta iyeroglif bilan 
ifodalangan. Kohinlar bir vaqtning o’zida olimlar ham bo’lishgan.
Misr sivilizatsiyasida ulkan bilim xazinasini yaratdi, ammo u tor 
doirada foydalanildi. Misr fani asosan matematika, astronomiya
tibbiyot yo’nalishlarida rivojlandi. Dunyodagi birinchi Quyosh 
kalendari bo’lgan Misr kalendari osmon jismlari va Nil daryosi rejimi 
asosida tuzilgan. Misrliklar Quyosh va oy tutilishini oldindan ayta 
olganlar, yulduzlarning aniq xaritasini tuzganlar, suv va quyosh 
soatlarini kashf qilganlar, o’nlik tizimga yaqin hisobni yaratganlar,
qo’shish, ayirish, bo’lish va ko’paytirishni bilganlar.


43 
Misr tabiblari butun Old Osiyoga mashhur bo’lganlar. Bizgacha
10 tibbiyot papirusi yetib kelgan. Tabiblar 100 ga yaqin kasalliklarni 
davolash usullarini bilganlar, qon aylanishi va yurak faoliyati 
to’g’risida bilimga ega bo’lganlar. 
Fadimgi Misr san’ati misrliklarning kundalik hayoti, ularning 
qadriyatlari va estetik qarashlarini aks ettiradi. Piramidalar Misr 
sivilizatsiyasining ramziga aylandi, shaharlarning paydo bo’lishi esa 
varvalik va sivilizatsiyaning chegarasi bo’lib xizmat qildi. Yirik 
madaniy markazlar bo’lgan Memfis, Fiva kabi shaharlar nafaqat boy 
moddiy madaniyatni, balki sivilizatsiyalashgan jamiyatining universal 
ma’naviy madaniyatini ham yaratdi. Misr sivilizatsiyasining qudrat
kuch va donishmandligini aks ettiruvchi Fivadagi Luksor va Karnak 
ibodatxonalari bugungi kungacha yetib kelgan.
Me’morchilikda fir’avnlarning piramida-qabrlari, ibodatxonalar 
qurish ustivor ahamiyat kasb etdi. Dahmalarning ikki xili: yer usti
dahmalari va qoyaga o’yilgan dahmalar keng tarqaldi. Piramida va 
dahmalar qurish uchun I-II sulola fir’avnlari dafn qilingan mastabalar
namuna bo’lib xizmat qildi. III sulola fir’avni Joser uchun balandligi 
60 m bo’lgan zinapoyasimon ilk piramida mastaba o’rnida qurildi. IV
sulola fir’avni Xufu, Xafra va Menkaura piramidasini qoyadan o’yib 
yasalgan 20 metrlik sfinks qo’riqlab turibdi. 
Dayr-al Baxrdagi malika Xatshepsut ibodatxonasi va Ramzes III 
ning Madinat Abudagi (Fiva) ibodatxonalari ulug’vor tarzda qurilgan. 
Yana shunday ibodatxonalar qoyalarga o’yib yasalgan (Ramzes III
ning Nubiyadagi Abu Simbel ibodatxonasi). Yana bir me’morchilik 
san’ati namunasi podsho saroyi qarorgohi monumental shaklda 
qurilgan. Barcha ibodatxona va saroylar rel’eflar, boy devoriy 
rangtasvirlar bilan bezatilgan. 
Misrda mahobatli haykaltaroshlikning eng qadimgi namunalarini 
ko’rish mumkin. Masalan, Ramzes II ning ulug’vor haykali, hayotga 
to’la Nefertiti haykalchalari.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin