маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

 
2-savolning bayoni:
Mesopotamiya – jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar 
madaniyatining ilk o’choqlaridan biri. Bu madaniyatning ilk 
asoschilaridan biri shumerlar bo’lib, ularning yutuqlarini bobilliklar va 
Ossuriyaliklar o’zlashtirib, davom ettirdilar. Mesopotamiya
madaniyatining manbalari m.a IV ming yillikda shaharlar paydo 
bo’lishi bilan boshlandi.
M.a. IV-III ming yilliklarda shumer yozuvi paydo bo’ldi. 
Taxminlarga ko’ra bu yozuv shumerlar Mesopotamiyaga kelganga 
qadar noma’lum xalq tomonidan kashf qilingan. Shumerlar bu yozuvni 
sivilizatsiya xizmatiga qo’ydilar. Dastlab shumer yozuvi piktografik
shaklda alohida buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan. Dastlab 1500 
ga yaqin belgidan iborat piktografiya juda sodda bo’lib, haqiqiy yozuv 
emas edi, u so’zlarni ifodalamas edi. Shunday yozuvdan m.a. III ming
yillikdan boshlab akkadlar ham foydalanishgan. Sekin-asta bu yozuv 
mixxatga aylandi. Dastlabki shumer mixxatlari tarixiy hodisalar yoki 
hukmdorlar hayotini emas, oddiy xo’jalik hisob-kitoblarini qayd etgan.
Shumerliklar foydalangan mixxat dastlab 800 atrofidagi 
belgilardan iborat bo’lib, ular so’z yoki bo’g’inni tasvirlagan. Ularni 
eslab qolish qiyin edi, biroq shumerlar mixxati ko’plab qo’shni xalqlar 
tomonidan qabul qilingan. Yangi Bobil davriga kelib mixxat belgilar 
300 dan salgina ortiq bo’lgan. 
Akkad tili janubiy Mesopotamiyada m.a III ming yillikning 
ikkinchi yarmida paydo bo’ldi. Shumer va akkad tillari bir-biridan 


31 
ko’pgina so’zlarni o’zlashtirib oldi. M.a. III ming yillikning oxirida
qadimgi Shumer–akkad lug’atlari tuzilgan. Akkad tili Old Osiyo 
xalqaro diplomatiya tiliga aylandi. M.a. VII asrdan boshlab oromiy tili 
va yozuvi kirib kelgan paytda mixxat yozuvlari muomaladan chiqa 
bordi.
Mesopotamiya tsivilizatsiyasi ma’lumotli kishilarni tayyorlash 
bo’yicha ilk tajribalarni amalga oshirdi. Yirik ibodatxonalar, 
hukmdorlar saroylari, maktablar, shuningdek xususiy shaxslar qo’lida 
sopol taxtachalardan iborat kitoblar to’plangan. M.a. II ming yillikdan 
boshlab Ur, Nippur shaharlarida adabiy va ilmiy matnlardan iborat ilk 
kutubxonalar paydo bo’ladi. Qadimgi Sharqning eng mashhur
kutubxonasi Oshshurbanipalning (m.a. 669-635 yillar hukmronlik
qilgan) Nineviya shahrida to’plangan 30.000 taxtachadan iborat 
kutubxonasi bo’lgan.
Qadimgi Shumer va keyingi Bobil maktablarida asosan davlat va
ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Maktablar ta’lim va 
madaniyat o’chog’i bo’lgan. Maktabda asosan shumer tili va adabiyoti 
o’qitilgan. Yuqori sinf o’quvchilari kelajakda tor mutaxassislashuvga 
qarab grammatika astronomiya va matematikadan bilim olganlar. 
O’zini fanga bag’ishlamoqchi bo’lgan o’quvchi bo’lsa huquq,
astronomiya, tibbiyot va matematikani o’rgangan.
Qadimgi Mesopotamiya arxivlar makoni bo’lgan. Eng qadimgi 
arxivlar m.a. III ming yillikning birinchi choragiga tegishli. Bu davrda 
arxiv ma’lumotlari yozilgan taxtachalar namlikdan saqlash uchun 
mumlangan savatlarda saqlangan. M.a. XIX asrga oid Ur shahri arxivi, 
m.a. XVIII asrga oid arxiv Mari podshosi saroyidan, Uruk shahridan 
m.a. VIII-VI asrlarga oid 2500 xo’jalik hujjatlari arxivi topilgan.
Shumer adabiyotiga oid epik asarlar, afsonalar, madhiya, doston, 
ertak va maqollar to’plami bizgacha yetib kelgan. Shumer shahrini 
qo’shni qabilalar hujumlari natijasida halokati to’g’risida ma’lumot 
beradigan asarlar alohida o’rin tutadi. “Ur shahri aholisining falokati 
motam yig’isi” (m.a. XX asr oxiri) asarida ayollar, qariyalar va 
bolalarning ochlikdan qiynalishi, yong’indan qolgan uylarda halok 
bo’lganlarni tafsilotlari batafsil tavsiflagan.
Shumer 
adabiyotining 
eng 
mashhur-namunasi 
afsonaviy 
qahramon Gilgamesh to’g’risidagi epik afsonalar to’plamidir. Bu asar 
akkad tilida qayta ishlangan nusxada to’laroq ko’rinishda 
Oshshurbanipal kutubxonasida topilgan. Bobilda falsafiy, diniy 
g’oyalar aks etgan asarlar yaratilgan.


32 
Shumerliklar va so’ngra akkadlar dunyoqarashida dehqonchilik 
uchun muhim ahamiyat kasb etgan tabiat kuchlarini - osmon, нer, suvni 
ilohiylashtirish muhim rol o’ynagan. M.a. IV-III ming yilliklar 
chegarasida Shumerda batafsil ishlab chiqilgan, keyinchalik Bobilda 
o’zlashtirilib, rivojlantirilgan teologik tizim yuzaga keladi. Оsmon 
xudosi Anu, yer xudosi Enlil, suv xudosi Enki yoki Ea kabi ilohlar 
tabiat kuchlarini aks ettirganlar. Oliy xudo va Olamning yaratuvchisi 
Marduk sanalgan. Har bir shahar o’z xudo - homiysiga ega bo’lgan. 
Dehqonchilik, hosildorlik va farzand tug’ilishining homiysi bo’lgan 
ona ilohaga katta ehtirom bilan munosabatda bo’lingan. Shumer 
panteonidagi ayol ilohalar orasida markaziy o’rinni Uruk ilohasi Inanna 
egallagan. Mesopotamiya aholisining diniy tuyg’ulari pessimistik 
kayfiyat bilan sug’orilgan. Shumer va akkadlar u dunyoga ishonganlar. 
Ularning tasavvurida u dunyo soyalar podsholigi, qaysiki, o’liklar 
ochlik va chanqoqlikdan qiynaladilar.
Mesopotamiya rasmiy va xalq e’tiqodlarida sehrgarlik amaliyoti 
keng 
tarqalgan. 
Folbin-munajjimlar, 
bashoratchilar, 
tush 
ta’birchilarining roli katta bo’lgan.
Qadimgi Bobil sivilizatsiya tarixidailk bor huquqiy tizimni 
yaratdi. XX asrda Suzada fransuz arxeologilari tomonidan topilgan va 
bugungi kunda Luvrda saqlanayotgan Xammurapi qonunlari ikki 
metrli bazalt ustunga o’yib yozilgan. Ushbu qonunlar insoniyat tarixida 
ilk bor xususiy mulk himoyasiga qaratildi. Begona mulkiga ko’z 
olaytirish, patriarxal oila negizlariga daxl qilingandagi kabi 
qattiqqo’llik bilan jazolangan. Jazoni belgilashda ko’pincha aybdorning 
ijtimoiy holati hisobga olingan. Qullar ayniqsa shafqatsizlik bilan 
jazolangan. Xammurapi qonunlari qadimgi Sharq tsivilizatsiyalari 
qonunchiligi taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. 
Qadimgi Mesopotamiyada dunyoni ilmiy bilishda ma’lum 
yutuqlarga erishildi. Bobilda ayniqsa, matematika fanlari amaliy 
maqsadlar uchun yuzaga kelib, yuqori darajada rivojlanadi. 
Qadimdayoq bobilliklar zikkuratlarning yuqori qavatlaridan turib 
osmon jismlarini muntazam kuzatganlar. Ana shu ko’p asrlik 
kuzatishlari natijasida matematik astronomiya vujudga keldi. Bobilda 
ko’p sonli astronomik jadvallar vujudga kelgan. Shu davrda Bobilda 
mashhur astronomlar Naburian va Kiden yashaganlar. Naburian oy 
fazalarini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Kiden quyosh yilini 365 
kun, 5 soat 41 minut va 41,6 sekund hisobladi. U yil hisobi


33 
davomiyligida bor yo’g’i 7 minut, 17 sekundga xato qilgan. 
Astronomiya astrologiya bilan bog’langan edi.
Bizgacha juda ko’p Bobil tibbiyot matnlari yetib kelgan. M.a. III
ming yillikdayoq mesopotamiyaliklar Hindistonga boradigan yo’lni, 
m.a. I ming yillikda Efiopiya va Ispaniyaga boradigan yo’lni bilganlar. 
Bizgacha yetib kelgan xaritalar bobilliklarning o’z geografik 
bilimlarini tizimga solishga harakat qilganliklarini ko’rsatadi.
Qadimgi Mesopotamiyaning san’atini shakllanishi va keyingi 
taraqqiyotiga shumerlarning badiiy an’analari hal qiluvchi rol
o’ynaydi. Tosh o’ymakorlik m.a. III ming yillik boshlarida shakllandi. 
Toshga naqshlar o’yish (gliptika) m.a. I asrigacha yuksak darajada 
rivojlandi. M.a. XXIV-XXIII asrlarda Mesopotamiya yagona davlat 
bo’lib, birlashgan paytda podsholarning ideallashtirilgan portret-
tasvirlari paydo bo’ladi.
M.a. II ming yillik boshlaridan qurbonlik keltirish, saroy hayoti
manzaralari tasvirlangan freska san’ati rivojlanadi. Mesopotamiya 
san’ati m.a. VIII-VII asrlarda Ossuriya davlatining gullab-yashnagan 
davrida o’zining yuqori cho’qqisiga chiqadi. Bu asosan relyef
san’atida o’z aksini topgan. Bu davrda ulug’vor saroy va ibodatxonalar 
barpo qilina boshlandi.
M.a. 

ming 
yillikda 
Mesopotamiyada 
yirik 
savdo-
hunarmandchilik madaniyat markazlari bo’lgan katta shaharlar paydo 
bo’ladi. Mesopotamiyaning ilmiy bilimlari, san’ati, me’morchiligi, 
dini, yozuvi va adabiyoti, qadimda ko’pgina Sharq xalqlari madaniyati 
ravnaqining o’lchov mezoni bo’lib xizmat qildi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin