маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

 
3-savolning bayoni:
Neolit inqilobi davrida dastlabki sivilizatsiyalarga asos bo’lgan 
ilk dehqonchilik majmualari yoki ilk dehqonchilik madaniyatlari 
vujudga keldi. Neolitda ilk dehqonchilik madaniyatlari shakllangan va 
rivojlangan bir nechta markazlar yuzaga keldi. Yaqin Sharqdagi Iordan-
Falastin majmuasi alohida madaniy mintaqani tashkil etdi. O’lik 
dengizdan shimolda, Iordan daryosi vodiysida Tell-as-Sulton tepaligi 
joylashgan. Ushbu tepalik Bibliyada tilga olingan, m.a. VIII-VII ming 
yilliklarda mavjud bo’lgan sopolsiz neolit manzilgohi bo’lmish 
Iyerixon qoldig’idir.
Ushbu madaniyat natufiya madaniyati an’analari asosida 
shakllangan. Sopolsiz neolit A manzilgohi 4 ga maydonni egallagan va 
haqiqiy ilk dehqonchilik manzilgohi bo’lgan. Iyerixonni o’rab turgan 
to’rt metr balandlikdagi tosh devorga balandligi 8 metr va diametri 7 
metr bo’lgan dumaloq tosh minora tutashib turgan. Mudofaa 
inshootlarining mavjudligi nafaqat o’sha davrda turli qabilalar 
o’rtasidagi murakkab ziddiyatli holatdan, balki yetarlicha moddiy 
boyliklarning to’planganidan ham dalolat beradi. Iyerixon B davridagi 
xom g’ishtdan barpo etilib, poli ohak bilan suvalgan, devorlari qizil va 
qaymoqrangga bo’yalgan to’rtburchakli uylar yangi davrning o’ziga 
xos xususiyati - aholining farvon hayot kechirganligidan dalolat 
beradi.
ichik Osiyo ham ilk dehqonchilik madaniyati rivojlangan alohida 
markazdir. Kichik Osiyoning janubi-g’arbidagi Xojilar manzilgohi m.a. 
VIII asr oxiri – VII asr boshlariga oid quyi qatlamlaridan poli va 
devorlari puxtalik bilan tekislangan va pardozlangan paxsa imoratlar 
topilgan.
Hozirgi Turkiyaning sharqida joylashgan Cheyyunyu Tepasida 
m.a. VIII ming yillikda tosh poydevorli, xom g’ishtdan qurilgan ikki 
qavatli uylardan iborat manzilgoh paydo bo’lgan. Yuqori qavatda turar 
joy xonalari, pastda omborxona va ustaxonalar joylashgan. Iyerixon 
singari, bu yerda ham poli ohak bilan tekis suvalgan, bo’yalgan qulay 
uylar jihozlarga ega. Sopol haykalchalar yasalgan, biroq spool idishlar 
uchramaydi.
Aholi ovchilik, ziroatchilik, chorvachilik bilan shug’ullangan. 
Cheyyunyudan topilgan tosh motigalar Old Osiyoning boshqa yerida 
uchramaydi. Va nihoyat, bu yerdan mis metallurgiyasining eng qadimgi 


22 
izi – malaxit (mis rudasi) parchalari, sof mis va mayda mis buyumlar 
topilgan.
M.a. VII ming yillikning ikkinchi yarmida Kunya vodiysining 12-
13 gektar yerida vujudga kelgan Chatal Xuyuk manzilgohi atrofdagi 20 
ga yaqin manzilgohlarning markazi bo’lgan. Aholisi 2-5 ming kishidan 
iborat bo’lgan manzilgohda uylar xom g’ishtdan barpo etilgan. Aholi 
chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan. Bu dehqonchilik 
markazida 14 turga yaqin o’simlik yetishtirilgan, shu jumladan bir 
necha bug’doy turlari, arpa, no’xat, pista va bodom yog’i va h.k. ishlab 
chiqarilgan. Chatal Xuyukda san’at va farovonlik taraqqiy etganligini 
uylarning jihozlari, devoriy suratlar, pardoz buyumlari, haykalchalar, 
taqinchoqlarda ko’rish mumkin. Nisbatan kam sonli sopol idishlar 
o’rninu yog’och idishlar to’ldirgan.
Ilk dehqonchilik madaniyatlarining uchinchi markazi Shimoliy 
Mesopotamiya va G’arbiy Eronning unga tutash viloyatlari bo’lgan. Bu 
yerda m.a. VII-VI asrlarda Jarmo madaniyati rivojlangan. Bu madaniyat 
yodgorliklari qatoriga 1950 yilda ochilgan Jarmo manzilgohining 
o’zini, shuningdek Zagros tog’ining Iroq hududida topilgan Tell-
Shamshir, Eron hududidan topilgan Sorab Tepa va Guran Tepalarni 
kiritish mumkin. Bu hududlar aholisi o’troq dehqonchilik bilan 
shug’ullangan, tosh poydevor ustida barpo etilgan xom g’ishtli 
mustahkam uylar fikrimiz dalilidir. Alohida manzilgohlar minorali 
mudofaa istehkomlari va darvozalarga ega bo’lgan. Ularning aholisi 
bug’doy, arpa, no’xat va yasmiq yetishtirgan, shuningdek echki, qo’y 
va cho’chqalar boqishgan. Kam sonli sopol idishlardan tashqari turli 
tosh idishlardan ham foydalanilgan. Bu yerda ilk bor bizga tanish egri 
shakldagi o’roq uchraydi.
Markaziy Osiyo ham ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan 
markazlardan 
biridir. 
Turkmanistondagi 
Joytun 
dehqonchilik 
madaniyati Markaziy Osiyodagi ilk dehqonchilik madaniyatining eng 
qadimgi va eng nodir yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Ashxobod 
shahridan 25 km shimolda joylashgan bu ibtidoiy manzilgoh bir necha 
uylardan tashkil topgan bo’lib, uylarning maydoni 25—30 kv. m ni 
tashkil etadi. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi uylar maydalangan somon 
qo’shilgan paxsadan qurilgan va bo’yalgan. Ularning yonida 
omborxona, saroy va xo’jalik uchun zarur o’ralar ham bor. Joytunliklar 
miloddan oldingi, VI—V ming yilliklarda yashab, asosan dehqonchilik, 
chorvachilik, qisman esa ovchilik bilan shug’ullanganlar. Joytun 
xarobalaridan bug’doy, arpa izlari, yorma tosh, tosh qurollar, 


23 
munchoqlar, urchuq, taqinchoqlar, hatto shaxmat-shashka donalariga 
o’xshash buyumlar ham topilgan. Joytundagi uylardan loydan ishlanib, 
pishirilgan odamlar va hayvonlarning haykalchalari topilgan.
Belujistonning tog’li hududlarida ochilgan Mexrgarx (Mergar) 
manzilgohi m.a. VI m.y. oid. Dastlabki bosqichlarda bu yerda 
dehqonlar va ovchilar xo’jaligi mavjud bo’lgan, u qisman termachilik 
bilan to’ldirilgan. Mustahkam paxsa uylarda yashagan Mexrgar aholisi 
feruza va chig’anoqlardan taqinchoqlar yasagan, nisbatan kechroq 
paydo bo’lgan sopol idishlarni yorqin naqshlar bilan bezagan.
M.a. VI—V m.y. da Gang vodiysidagi kichikroq manzilgohlarda 
yashagan qabilalar ovchilik va termachilik bilan shug’ullangan, 
chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar va relyefli bezak berilgan qo’pol 
sopol idishlardan foydalangan. Sopol bo’laklarida xonakilashtirilgan 
sholi izlari topilgan. Biroq mehnat qurollari rivojining va ijtimoiy 
tashkilotning past darajasi murakkab sug’orma dehqonchilikning 
taraqqiyotiga to’sqinlik qilgan.
Neolit davridagi ilk dehqonchilik markazlari qatorida Bolqon, 
Moldaviya, Ukrainaning janubi-g’arbi, Kavkaz, Xuanxening o’rta 
oqimi (Yanshao madaniyati) ni ko’rsatish mumkin.
Aynan 
ilk 
dehqonchilik 
madaniyati 
mintaqalarida 
ilk 
sivilizatsiyalar yuzaga keldi. Hamma joyda ham ilk dehqonchilik 
jamiyatlari taraqqiyoti tez va mustaqil ravishda sivilizatsiyalarning 
shakllanishi bilan tugallanmadi. Bu hodisa dehqonchilik ayniqsa 
mahsuldor va ijtimoiy taraqqiyot sur’atlari yuqori bo’lgan joylardagina
sodir bo’ldi.
Neolit davrida dehqonchilik va chorvachilikka o’tilishi bilan Yer 
yuzi aholisi 15 marta o’sdi, bu insoniyat tarixidagi birinchi demografik 
inqilobdir.
Neolit davrida me’morchilik, hunarmandchilik taraqqiy etdi. 
Neolit davri odami o’z atrofini chiroyli narsalar bilan o’rashga harakat 
qila boshladi. Ovchi, dehqon va chorvador qabilalarda dekorativ 
an’analar ularning turmushi va mashg’ulotni aks ettirgan holda turlicha 
edi. Neolit inqilobi natijasida moddiy madaniyat birinchi planga chiqdi, 
ma’naviy madaniyat esa madaniyatdagi moddiy omillarning jiddiy 
ta’siri ostida go’yo ikkinchi darajali hodisaga aylandi. Neolit davri 
san’atida tushkunlik kuzatiladi. Paleolit davrining realistik san’atidan 
farq qilgan holda u shartli-sxematikdir.
Ishlab chiqaruvchi xo’jalikning rivojlanishi jonli va jonsiz tabiat 
haqida bilimlarning to’planishi va ilk tizimlashuviga imkon berdi. 


24 
Neolit davri diniy e’tiqodlari markazida tabiat kuchlari, ayniqsa 
Quyosh va yer turar edi. Neolit davri diniy e’tiqodlari murakkablashdi, 
turli me’yorlar va ta’qiqlar paydo bo’ldi.
Neolit so’ngida ma’lumotni saqlash va uzatishning og’zaki 
usulidan yozma usuliga o’tish boshlandi, rasmli piktografik yozuv 
vujudga keldi. Haqiqiy yozuv esa keyinroq, sivilizatsiyaning belgisi 
sifatida vujudga keldi. Taraqqiyot sari harakat qilayotgan insoniyat 
sivilizatsiyaning birinchi pillapoyalariga qadam qo’ydi: ilk shahar 
tipidagi manzilgohlar, mahobatli me’morchilik, yozuv paydo bo’ldi.
M.a. IV ming yillikda insoniyat metall asriga qadam qo’ydi. 
Insoniyat dastlab qo’llagan metall mis edi. Misdan foydalanishning 
boshlanishi insonlarga juda katta imkoniyatlar berdi. Eneolit yoki 
xalkolit davrida insoniyat xo’jalik faoliyatining barcha tarmoqlari rivoj 
topdi va bu jarayon ishlab chiqarish texnologiyalari, iqtisodiy va 
ijtimoiy hayotdagi yirik o’zgarishlar, savdo ayirboshlashi va 
qabilalararo harbiy to’qnashuvlar kuchayishi bilan birgalikda kechdi. 
Natijada ilk dehqonchilik dunyosi asta-sekin sivilizatsiyaga o’ta 
boshladi.
Ammo urug’chilik jamoasidan sivilizatsiyaga o’tish taqsimlangan 
jamiyatda (mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish taqsimoti, jamiyat 
taqsimoti va h.k.) sodir bo’ldi, bu esa ilk dehqonchilik dunyosining 
tabiatiga zid edi. Mis – tosh davri eski urug’chilik an’analarini saqlab 
qolagnn holda, insonlar oldida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Shu 
tufayli eneolit davrining o’ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida 
beqarorlik, noturg’unlik, tartibsizlik va insoniyat tarixiy taraqqiyoti 
dinamikasining notekisligini ko’rsatish mumkin.
Sivilizatsiyaga o’tish davrida ma’lumot hajmining ko’payishi, uni 
saqlash va uzatishning yangi shaklini topish zaruriyatini yuzaga 
keltirdi. M.a. IV-III ming yilliklarda Shumerda yozuvni yaratishga ilk 
qadam qo’yildi. Buyumlarni va miqdorni tasvirlash uchun 
piktogrammalar (yoki suratli yozuv) qo’llanilgan. Piktogrammalar 
shartlilashib, abstrakt ramzlarga aylanib borib alohida so’z yoki 
bo’g’inlarni anglatuvchi ideografik yoki logografik yozuvni vujudga 
keltirdi. Yozuvning vujudga kelishi sivilizatsiya yo’lidagi muhim 
qadam, ibtidoiy insoniyat ma’naviy taraqqiyotining eng yuksak 
cho’qqisi bo’ldi. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin