маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

2-savolning bayoni: 
Janubiy Arabiston sivilizatsiyasining o’ziga xosligi uning Misr
Ikki daryo oralig’i va boshqa sivilizatsiya markazlardan to’liq 
bo’lmasa-da, ajralganligi bilan belgilanadi.
Janubiy 
Arabistonning 
bo’g’ozdagi 
qirg’oqbo’yidan 
to 
Xadramautning g’arbiy rayonlarigacha bo’lgan hududida olduvay 
tipidagi ilk paleolit qurollarining, shuningdek Rub-al-Xalining shimoliy 
chegaralarida ko’plab ilk paleolit manzilgohlarining topilishi Janubiy 
Arabiston inson paydo bo’lgan va shakllangan hududga kirishini 
ko’rsatadi. Dastlab qulay tabiatga ega bo’lgan Arabiston yarimorolida 
m.a. XX ming yillikdan boshlangan tabiatdagi o’zgarishlar m.a. XVIII-


57 
XVII ming yilliklarga kelib qurg’oqchil iqlimning shakllanishiga olib 
keldi. Insonlar Arabiston yarimorolini tark etadi va faqat uning janubi 
va sharqida “ekologik boshpanalar” da hayot davom etdi.
M.a. VIII ming yillikdan boshlab iqlim yana o’zgara boshladi va bu 
safar insonlar uchun qulay sharoit tufayli ushbu hudud Jamdat-Nasr 
madaniyati vakillari tomonidan egallanadi. M.a. III ming yillikka kelib 
Sharqiy Arabiston, ayniqsa Ummon (qadimgi Magan) Ikki daryo 
oralig’i va “Dilmun mamlakatlari” (Baxrayn)ning Shimoli-G’arbiy 
Hindiston bilan savdosida faol ishtirok eta boshlaydi.
M.a. III ming yillik oxiri – II ming yillik boshlarida Janubiy 
Arabistonga dehqonchilik bilan tanish bo’lgan va sug’orish, qurilish 
ko’nikmalariga ega bo’lgan semit qabilalari kirib keladi. Janubiy 
Arabiston tabiatining o’ziga xos xususiyatlari ko’chib kelgan xalqlarni 
alohida guruhlar va urug’lar bo’lib joylashib, biqiq madaniyat 
o’choqlarini shakllantirishiga olib keldi.
M.a. III m.y. ning ikkichi yarmiga oid shumer hujjatlarida 
Ikkidaryo oralig’i bilan aloqada bo’lgan Magan va Meluxxa 
mamlakatlari tilga olinadi.
M.a. II ming yillik oxiridan to m.a. VI asrga qadar yuzaga kelgan 
Sabey, Kataban, Xadramaut va Mayn sivilizatsiyalari o’ziga xos yorqin 
xususiyatlarga ega bo’lib, m.a. I ming yillik davomida yonma-yon 
mavjud bo’lgan.
Qadimgi Xadramaut madaniyatida uzoq vaqtgacha janubiy 
Ikkidaryo oralig’i ta’sirida bo’lgan Arabiston yarimorolining eng 
chekka sharqiy viloyatlariga xos alohida qirralar saqlanib qolgan.
M.a. I ming yillikning birinchi yarmida bu sivilizatsiyalar sun’iy 
sug’orishga asoslangan dehqonchilik, ko’plab shaharlar, rivojlangan 
me’morchilik va san’atga ega bo’lgan. M.a. VII asrda barpo etilgan va 
o’n uch asr faoliyat ko’rsatgan Marib to’g’oni bu sohada erishilgan 
hayratlanarli natijalardan guvohlik beradi. 
Bu hududlarda yetishtirilgan ko’plab ekinlarga Yaqin Sharq va 
O’rtayer dengizi mamlakatlarida talab kuchli bo’lgan. Xushbo’y hidli 
daraxtlarni o’stirish qadimgi Yaman davlatlarining gullab-yashnashiga 
asos bo’lgan. M.a. X asrda Sharqiy O’rtayer dengizi bilan savdo va 
diplomatik aloqalarini o’rnatgan Saba davlati m.a. VIII asrda Ossuriya 
davlati bilan muloqotga kirishgan va m.a. VII asrda hozirgi Shimoliy-
Sharqiy Efiopiya hududlarini koloniyalashtirgan.
Xushbo’y o’simliklar yetishtirish asosan Xadramaut (qisman 
Kataban) rayonlarida jamlangan bo’lib, tashqi karvon savdosi esa m.a. 


58 
VI asrdan Mayn qo’lida bo’lgan. 
Janubiy Arabistonning Hindistondan Afrika va Misr hamda 
O’rtayer dengiziga boruvchi dengiz yo’li ustida joylashganligi m.a. I 
ming yillikdayoq uning Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq, Hind okeani va 
O’rtayer dengizi havzasining qadimgi sivilizatsiyalari orasidagi 
mahsulot ayirboshlashda vositachilik vazifasini belgilab berdi. 
M.a. VII asrdan butun Janubi-g’arbiy Arabistonga Sabaning 
siyosiy hukmronligi tarqaldi, ammo VI-IV asrlardan uzoq urushlar 
tufayli Mayn, Kataban va Хadramaut Saba hukmronligidan ozod bo’ldi. 
Urushlar m. a. I ming yillikning ikkinchi yarmida davom etgan va 
milodiy III asrga kelibgina hududda barqarorlik o’rnatilgan. Urushlar 
natijasida Mayn Saba tomonidan zabt etilgan, Kataban tarix sahnasidan 
yo’q bo’lib ketgan, Sabada esa Janubiy Arabistonning janubi-sharqiy 
burchagida joylashgan viloyat – Ximiyara sulolasi hukmronligi
o’rnatilgan. Ximiyara davlatining poytaxti Zafar bo’lib, IV asrga kelib 
u butun Janubiy Arabiston ustidan o’z hukmronligi o’rnatgan. 
Milodimiz boshlariga kelib Qizil dengiz va Adan ko’rfazining 
g’arbiy 
qismmining 
yunon, 
misr 
dengizchilari 
tomonidan 
o’zlashtirilishi Janubiy Arabistonning Hindiston va Misr o’rtasidagi 
savdoda yakkahukmronlik mavqeiga zarba bergan hamda mahalliy 
sivilizatsiyalar taraqqiyotiga katta ta’sir o’tkazgan. Suriya va Misrning 
Rim tomonidan egallanishi esa vaziyatni yanada murakkablashtirgan. 
Endi kurash savdo yo’llarida hukmronlik uchun emas, balki hosildor 
yer va qulay ko’rfazlarga ega dengizbo’yi hududlari uchun olib 
boriladigan bo’ldi.
Qadimgi Yaman sivilizatsiyalarining asoschilari o’zlari bilan 
Janubiy Arabistonga xo’jalik va madaniy hayotning ko’plab sohalarida 
mustahkam bilim, ko’nikma va malakalarni olib kelishgan. Ajoyib tosh 
inshootlar, vodiylardagi baland tepaliklarda barpo etilgan ulkan 
shaharlar, sug’orish tizimlari shundan dalolat beradi. Marib, Timna, 
Shabva va Karnava shaharlari xarobalariga ko’ra, shaharlar to’g’ri 
to’rt burchak shaklida qurilib, balandligi 10-12 metrli tosh devorlar 
bilan o’rab olingan. Shahar devorlarida kvadrat shaklida minoralar 
bunyod qilingan. Haykaltaroshlik taraqqiy etgan, alebaster, jez va 
loydan haykallar yasalgan. Oltin va bronzadan yasalgan hayvonlar 
(ho’kiz, tuya, ot) dinamik va ifodali tasvirlangan. 
Qadimgi janubiy arabistonliklar Sharqiy O’rtayer dengizining 
(finikiya yoki protosinay) alifboli yozuvi asosida yaratilgan o’ziga xos 
yozuvdan foydalanishgan.


59 
Ushbu xalqlarning ma’naviy hayoti haqida bizgacha u qadar ko’p 
narsa yetib kelmagan. Ilk bosqichlarda bu yerda qadimgi semit xudosi 
Astar yetakchilik qilgan. Astral xudolar va ikkinchi darajali mahalliy 
xudolar muhim rol o’ynagan. Erkak ilohalar bilan bir qatorda ayol 
ilohalar ham e’zozolangan. Yagona xudolar panteoni shakllanmagan. 
Sabeylar Almakax deb atagan oy xudosi Janubiy Arabiston qabilalarida 
katta rol o’ynagan. Eramiz boshlarida Astar asta-sekin siqib chiqarilib, 
“mahalliy xudolar” birinchi o’ringa chiqqan. Kohinlik funksiyasini 
Janubiy Arabistonda boshqaruv ishlari va ijroiya hokimiyatiga ega 
bo’lgan mansabdor shaxslar - mukarriblar bajargan 
Janubiy 
Arabiston 
sivilizatsiyalarining 
ichki 
hududlardagi 
ko’chmanchilar bilan doimiy qo’shnichiligi ularning taraqqiyotiga o’z 
ta’sirini o’tkazgan. Nisbatan past taraqqiyot bosqichida turgan
chorvador qabilalar asrlar davomida Yaman yerlarida o’rnashib 
mahalliy sivilizatsiyalar bilan bevosita aloqaga kirishgan. Bu o’z 
navbatida xo’jalik hayoti va madaniyatning tushkunligiga olib keldi. 
Kuchayib borayotgan salbiy omillar ta’sirida Janubiy Arabiston 
tsivlizatsiyalari milodiy asrning ilk asrlaridan yemirila boshladi va VI 
asrda halokatga uchradi. Ammo Janubiy Arabistonning qadimgi 
sivilizatsiyalari halokatiga ma’naviy hayotning yuksak taraqqiyoti 
hamroh bo’ldi.
Janubiy Arabistonning qulay geografik joylashuvi buyuk 
imperiyalarning nazaridan chetda qolmadi. Milodiy asr boshlarida
Janubiy Arabistonning dengiz bo’ylaridagi shaharlarida joylashgan 
yunon va misr savdogarlarining savdo manzilgohlari so’nggi ellin 
(keyinchalik xristianlik) ta’siri tarqalishining tabiiy markazlariga 
aylandi. Milodimizning birinchi asrlarida Adan va Sokotradagi yunon-
rim muhitida xristianlik ham tarqala boshladi.
IV asrdan sharqiy Rim imperiyasi Aleksandriya cherkovidan 
hamda Efiopiya (Habashiston) hududida milodimiz boshida yuzaga 
kelgan va ayrim qirg’oqbo’yi hududlari, janubiy-G’arbiy Arabistonni 
bosib olgan Aksum davlatining xristianlashgan yuqori tabaqasidan 
foydalangan holda bu hududda xristianlikni yanada keng yoyishga 
harakat qildi. Ko’p o’tmay Arabistonda arianlar, monofistlar, 
nestorianlar ko’payib, mahalliy majusiy dinlar, ibtidoiy e’tiqodlar bilan 
birgalikda Arabiston yarimorolining janubidagi siyosiy hodisalarga o’z 
ta’sirini o’tkaza boshladi.
Arabiston janubidagi g’oyalar kurashi kuchayib, butun yarimorolga 
yoyila boshladi. Bu kurashda bosh siyosiy g’oya – birlik g’oyasi o’z 


60 
o’rnini egallay boshladi va islom tug’ildi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin