Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə5/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
амалиёт

2-AMALIY MASHG’ULOT
MINERALLARNING RANGI VA CHIZIG'INING RANGI, TINIQLII, YALTIROQLIGI.


1. Minerallarning rangi. Tabiiy birikmalarning rangi kelib chiqishiga qarab uch xil bo'ladi:
2. Idioxromatik (doimiy)
3. Alloxromatik (o'zgaruvchan)
4. Psevdoxromatik (qalbaki).
Ko’pgina minerallarning nomi uning rangiga qarab berilgan. Masalan: xlorit (grekcha xloros - yashil), rubin (lotincha "ruber" - qizil ), rodonit (grekcha "rodon" - pushti), gematit (qondek - grekcha, gematikos"), al'bit (lotincha "al'bus" - oq). Ko’pgina minerallar tabiiy xolatida doimiy rangga ega bo’ladilar. Buning sababi shundaki, bunday minerallarning tarkibida rang beruvchi kimyoviy elementlar doimo mavjud. Bunday rang beruvchi kimyoviy elementlarga (xromoforlarga) Ti, V, Mn, Co, Ni ba'zan W, Mo, N, Cu elementlari kiradi. Masalan: mineral tarkibidagi xrom unga quyuq rang - qizil (pirop, rubin), och-yashil (uvarovit, zumrad, fuksit) binafsha rang (rodoxrom) beradi. Minerallarning o'ziga xos rangi idioxromatik rang deb yuritiladi.
Doimiy rangli minerallarga magnetit (FeO Fe2O3 ) doimo qora rang, pirit (FeS2) jezsimon sarik rang, kinovar' (HgS) to’q qizil rang, malaxit yashil rang, azurit ko’k rangli minerallar kiradi.
Alloxromatik (o'zgaruvchan) Bulardan tashkari aksariyat bir mineral bir necha rangda xam uchrashi mumkin. Masalan, odatda rangsiz, ko’pincha butunlay shaffof kristallar sifatida topiladigan kvars (tog’ xrustali), ko’rkam binafsha rangli (ametist), pushti, sargish-qo’ng’ir (temir oksidlari bo’lgani uchun), tilla rang ( sitrin), kulrang yoki tutun rang (rauxtopaz), to’q qora (morion), nixoyat sutdek oq xam bo’lishi mumkin. Xuddi shunga o’xshash osh tuzi-galit -oq, kulrang, qo’ng’ir, pushti va ba'zan ko’k rangli bo’lishi mumkin. Minerallarning bunday xilma-xil rangliligi, tarkibidagi mayin zarrachalar bo’lib tarqalgn mexanik aralashmalar biror rangga buyalgan xromoforlar (rang beruvchilar) bilan bog’liq. Bu rang beruvchi moddalar xam anorganiq va organiq moddalardan iborat bo’lishi mumkin. Ular oz miqdorda bo’lganda xam rangsiz minerallarni to’q rangga bo’yash uchun kifoya qiladi. Minerallarning rangi faqat xromofor moddalarning miqdorigagina bog’liq bo’lmay, balki ularning disperslik (maydalanganlik) darajasiga xam bog’liqdir.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin