Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə1/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
амалиёт


KIRISH

Kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga ega bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi. Tarkibi va tuzilishi bir xil bo’lgan, er po’sti ichkarisida va yuzasida sodir bo’ladigan turli-tuman jarayonlar natijasida xosil bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi.


Yer qobig’ining ichida va uning sirtida bo'lib turadigan xima-xil fizik-kimyoviy va termodinamik jarayonlar natijasida vujudga kelgan tabiiy kimyoviy birikmalar yoki sof tug’ma elementlar minerallar deb yuritiladi.
Minerallar sun'iy yol bilan xam olinishi mumkin. er po’stining turli qismlarida ma’lum fizik-kimyoviy sharoitlarda-bosim, xarorat va turli miqdordagi eritmalar ta'sirida va ishtirokida xosil bo’lgan minerallar, faqat shu sharoit uchun o’zgarmas va barqaror hisoblanadi. Ko’pgina hollarda sharoit o’zgarishi bilan ular o’zgaradi yoki yangi sharoitga xos bo’lgan yangi mineral birikmalarini hosil qiladi.
Minerallar yakka kimyoviy elementdan (oltingugurt, olmos, grafit, sof, tugma, mis) yoki qator elementlarning (kvarts, slyuda, ortoklaz) kimyoviy birikmalaridan tashqil topishi mumkin.
Xozirgi vaqtda 5000 dona mineralning nomi ma’lum. Ulardan taxminan 2500 tasi mustaqil minerallar hisoblanadi, qolganlari esa ularning boshqa ko’rinishlariga yoki sun'iy usul bilan olingan kimyoviy birikmalarga kiradi. Bu minerallarning ko’pgina qismi er po’stida kamdan-kam uchraydi va faqat 50ga yakini keng tarqalgn va tog’’jinslarini xosil qiluvchi minerallar xisoblanadi. Tabiatdagi minerallar, asosan qattiq holatda uchraydi, lekin simob, suv va neft kabi suyuq minerallar ham bor. Gazsimon minerallardan esa karbonat angidridi, vodorod sul’fidi, sul’fid angidrid gazi va boshqalarni misol qilib ko'rsatish mumkin.
Qattiq minerallarning aksariyat ko’pchiligi kristall xolatida, ozgina qismi esa amorf xolatda uchraydi. Kristall va amorf xolatlarining farqi shundan iboratki, kristallik minerallardagi ionlar shu jism uchun ma'lum aniq bir tartibda joylashadi va struktura panjarasini xosil qiladi. Amorf minerallarda esa ionlarning joylashishida konuniy tartib bo’lmaydiKristallik va amorf jismlarning ichki to’zilishidagi bunday farq ularning fizik xossalariga (issiklik o’tkazuvchanligi, ulanishi, qattiqligi va boshqalarga) ta'sir o’tkazadi. Shuning uchun ularni anizotrop jismlar deyiladi. Amorf jinslarda esa ularning fizik xossalari xamma yo’nalishlar bo’yicha bir xil bo’ladi. Bu jinslarni izotrop deyiladi.
Minerallar uch, to’rt, olti qirrali prizmalar yoki piramidalar, boshqalari kublar, oktaedrlar ko’rinishiga ega bo’ladi. Kristallning chegaralanish yuzasi uning yonlari, yonlar kesishgan chiziqni uning qirrasi, qirralar kesishgan nuqtani uning uchi (chuqqisi) deyiladi. Masalan kubning 6 tomoni, 12 qirrasi va 8 uchi bor.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin