Gematit – αFe2O3. Nomi – «gematikos»: rangi qonga o`xshash. U trigonal singoniyali bo`lib, plastinkasimon, romboedrik, ba`zan kichik taxtachasimon kristallar holida uchraydi. Bulardan tashqari zich yaxlit massalar holida, varaq-varaq agregatlarga o`xshash ko`rinishlarda bo`ladi. Gematit rangi – kulrang, qora. Uning chizig`i olchadek qizil, shaffof, ba`zan yarim metall kabi yaltiraydi. Gematitning qattiqligi – 5,5-6,0, solishtirma og`irligi – 5,2, ancha mo`rt bo`ladi. U HCl da sekin eriydi.
Gematit asos, o`rta va nordon intruziv jinslarda paydo bo`ladi, ba`zan gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. Regional metamorfizm hosilasi kristallik slaneslarda va kontaktli metamorfik jinslarda ko`p uchraydi.
Gematit temir olishda asosiy sanoatbop xom-ashyo hisoblanadi.
Magnetit – FeFe2O4. Singoniyasi kubik. Kristallari ko'proq sakkiz qirrali bo'ladi. Ko'pincha yaxlit donador massalar, yoki xol-xol donalar holida uchraydi. Rangi temir kabi qora, chizig'i qora. Yarimmetall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 5,5-6,0. Ulanish tekisligi yo'q. Solishtirma og'irligi 4,9-5,2 g/sm3. Kuchli magnit tortish xususiyatiga ega. U eng muhim temir ma'dani.
Korund - A12O3. Korund sof alyuminiy oksidi, ya'ni suvsiz giltuproqdir. Kristallari bo'chkasimon, ustunsimon piramidal va plastinka shaklida uchraydi. Rangi ko'proq ko'kish va sargish-kulrang bo'lib, xilma-xil rangli shaffof kristallari ham bo'ladi. Qimmatbaho shaffoflari: leykosapfir - rangsiz, rubin (la’l) - qizil, sapfir- ko'k, yoq ut - qizil, sharq ametisti - binafsha, sharq zumradi - yashil. Ulanish tekisligi yo'q, shishasimon yaltiraydi. Mayda xillari najdak deb yuritiladi. Qattiqliligi - 9, solishtirma og'irligi 3,95-4,10 g/sm3. Ba'zan magmatik jinslarda va pegmatitlarda, asosiy qismi esa ohaktoshlarda va gilli tog’' jinslarida metamorfizm natijasida hosil bo'ladi.
Sanoatda va xalq xo'jaligida abraziv material sifatida ishlatiladi. Sapfirlar va rubinlar qimmatbaho toshlardir.
Dostları ilə paylaş: |