International scientific journal science and innovation



Yüklə 110,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü110,48 Kb.
#186001
  1   2   3   4   5   6   7   8
ayollar-va-bolalar-salomatligini-saqlash



 
ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 
1870
AYOLLAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI SAQLASH 
Ismailova Feruza 
Sog’liqni saqlashni boshqarish va jamoat salomatligini saqlash 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8372337
 
Annotatsiya.
Maqolada onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash
sog’lom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy 
tadbirlar tizimi bayon etilgan. Bu borada sog’liqni saqlash tizimida onalar va bolalar 
salomatligini yanada muhofaza qilish bo’yicha taklif va tavsiyalar tadqiq etilgan. 
Kalit so’zlar: 
Reproduktiv salomatlik, inklyuziv ta’lim, “Ona va bola skrining”, “Ayollar 
maslahatxona”lari, “Qizlar salomatlik markazlari”, tibbiyot brigadalari, Perinatal markaz. 
Insonning eng katta boyligi bu albatta, uning sog’ligidir. Shu bois, keyingi yillarda 
yurtimizda aholining salomatligini yaxshilash va mustahkamlash borasida katta ishlar qilinmoqda. 
Ayniqsa, xotin-qizlar sog’ligiga qayg’urish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga 
aylandi. Mamlakatimizda bu borada qator vazifalar va chora-tadbirlar belgilanib, yildan-yilga 
ayollarga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati yaxshilanmoqda, ajratiladigan mablag’lar ham sezilarli 
oshirilmoqda. 
Ayollar salomatligi jamiyat boyligi hisoblanar ekan, demak tug’ilgan kunidan boshlab 
qizlarning sog’ligini saqlash va mustahkamlash yo’lida global va mahalliy miqyosda doimiy 
ko’mak va imkoniyatlar berilishi tabiiydir. So’nggi yillarda mamlakatimizda fertil yoshidagi 
ayollarning sog’ligini tiklash maqsadida bepul dori va vitaminlar bilan ta’minlanishi yo’lga 
qo’yildi. 2021 yilda ushbu vazifalarni bajarish uchun 30 milliard so’m ishlatilganligi, 2022 yil 
davomida tug’ish yoshidagi, homilador va bola parvarishidagi ayollarni dori va vitaminlar bilan 
ta’minlash uchun 100 milliard so’m ajratilishi ayollar salomatligiga yana bir muhim qadamdir. 
Kasallikni davolagandan ko’ra, uning oldini olish ma’qulligi hech kimga sir emas. Shuning 
uchun, davlatimiz rahbarining ko’rsatmasiga asosan, 9-12 yoshdagi o’smir qizlarni odam 
papillomasi virusiga qarshi emlash va boshqa turdagi vaktsinalari uchun 2022 yilda 200 milliard 
so’m ajratilganligi to’g’risida xushxabar xalqimiz tomonidan olqishlandi desak mubolag’a 
bo’lmaydi. Undan tashqari, 3 million nafar xotin-qizlarni onkologik skriningdan o’tkazishni 
tashkil etish va bu tadbirlar uchun davlat byudjetidan 40 milliard so’m ajratish belgilandi. Hech 
shubhasiz, davlatimizning ayollar o’rtasida kasalliklar profilaktikasi bo’yicha tizimli va davomli 
tadbirlari o’z natijasini beradi. 
Onalar va bolalar muhofazasi - onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, 
sogʻlom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy 
tadbirlar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida bu tizim ayollar, homiladorlar va emizikli onalar 
mehnatini muhofaza qilish qonunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, 
shuningdek, akusherlik-ginekologiya va pediatriya yordamini koʻrsatadigan maxsus davolash-
profilaktika muassasalari tarmoqlarini yaratishga asoslangan. Mamlakat mustaqillikka 
erishganidan soʻng onalar va bolalarga qaratilgan keng qamrovli choratadbirlar koʻzda tutilgan 
dasturlar ishlab chiqilgan. 1998-yildan Toshkentda “Oila” ilmiy-amaliy markazi faoliyat koʻrsata 
boshladi. Bu markazda Oʻzbekistonda oilani shakllantirish va demografik rivojlantirishga oid 
muammolar yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Davlat tomonidan yosh bolali onalar ish 
soatlari cheklanadi, ularga toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, shuningdek, zaruriyatdan kelib 
chiqib oʻzlariga qulay soatlarda yoki uyda ishlash imkoniyatlari beriladi. Har bir ona va bola 



Yüklə 110,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin