International scientific journal science and innovation


ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ



Yüklə 110,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix19.12.2023
ölçüsü110,48 Kb.
#186001
1   2   3   4   5   6   7   8
ayollar-va-bolalar-salomatligini-saqlash

 
ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 
1875
salomatlik markazlari” uchun shtatlar ajratish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari 
shtat meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati umumiy 
amaliyot shifokorlarining ish yuklamalarini qayta koʻrib chiqib, ularning sonini optimallashtirish 
hisobiga oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida akusher-ginekolog hamda pediatr, 
qizlar uchun bolalar ginekologi shtat birliklarini joriy etish taklifi bildirildi. 
Prezidentning 25.04.2022 yildagi “2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza 
qilishni kuchaytirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi hujjat OʻzAda e’lon qilindi. Qaror bilan 
2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar 
rejasi tasdiqlandi.Hujjatga koʻra, quyidagilar tashkil etildi: 
- Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi binosini yangidan qurish orqali Nukus shahrida 
“Bolalar tibbiyot klasteri”; 
- Yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar 
reanimatsiyasi boʻlimi; 
- 2022 yil 1- maydan boshlab tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, 
shuningdek, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar boʻlimi; 
- Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amaldagi shtat birliklari doirasida bolalar 
anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlari hamda kecha-yu kunduz shoshilinch tibbiy yordam 
koʻrsatuvchi pediatriya postlari; 
- Respublika iхtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-
genetik, shu jumladan, orfan kasalliklarga barvaqt tashхis qoʻyish boʻyicha Referens laboratoriya 
va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalari. Shuningdek, Respublika perinatal markazi, 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar 
koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022-2023 yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda 
shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 2022 yil 1 
maydan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida 
davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaхslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul 
ovqatlanish joriy qilindi. 
Keyingi yetti yillikda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida ulkan islohotlar olib 
borilyapti. Shu yilning 8 sentyabrda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Onalar va 
bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga 
xizmat qiladi. 
Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 oktyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi 
ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning 14 hududiy filiali tashkil etiladi. Birlamchi tibbiyot-
sanitariya yordami muassasalarida “tibbiyot brigadalari” o‘zlariga biriktirilgan hududlarda 
homilador ayollarni aniqlaydi, ularni hisobga olish va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil 
etadi, homilador ayollar holatini doimiy monitoring qilib boradi, tug‘uruqdan keyingi davrda ona 
va bolaning davriy patronajini olib boradi. 
Shuningdek, Markazning hududiy filiallari xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy 
tekshiruvdan o‘tkazadi, ularni davolaydi, irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori 
vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Respublika perinatal markazi esa erta 
tug‘uruq xavfi bo‘lgan homiladorlarga, shuningdek, muddati yetmasdan (22-28 haftalik) tug‘ilgan 
chaqaloqlarga barcha turdagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi. Homilador ayollar va yangi tug‘ilgan 
bolalar skriningi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan hamda yuqori texnologik diagnostika va davolash 



Yüklə 110,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin