International scientific journal science and innovation


ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ



Yüklə 110,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü110,48 Kb.
#186001
1   2   3   4   5   6   7   8
ayollar-va-bolalar-salomatligini-saqlash

 
ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 
1874
bolalarga koxlear implant o’rnatiladi. Spinal mushak atrofiyasi bor 112 nafar bolalarni davolash 
uchun 120 milliard so’mlik dori vositalari etkazib beriladi. Mamlakatimizda aholining reproduktiv 
salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom bola tugʻilishi, 
jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish sogʻliqni saqlash sohasida amalga 
oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoniga aylandi.
So’ngi kunlarda Respublikamizda istiqomat qilayotgan nogironligi mavjud bo’gan bolalar 
uchun alohida Inklyuziv ta’lim joriy etilmoqda. UNICEF inklyuziv ta’limni O’zbekiston ta’lim 
tizimiga kiritish masalalari bilan shug’ullanadi Inklyuziv ta’lim vazofasi bolalarning qobilyatlari 
va holatidan qat’iy nazar ularning bariga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, 
inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega 
bo’lishlari uchun oilada yashashlari va o’z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari 
lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagibola yaqin atrofda 
joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o’zlashtirishda qiynalayotgan bo’lsa , o’qish va 
yozishga o’rganish uchun maxsus yordamga ega bo’lishi, darslarga qatnamay qo’ygan bolaga esa 
maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko’rsatilishini kafolatlaydi. Axborotda qayd etilganidek, 
soʻnggi yillarda onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini 
kengaytirish, ularga ixtisoslashgan va yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish, reproduktiv 
salomatlikni saqlash, goʻdaklar va bolalar oʻlimining oldini olishga qaratilgan qator qonunlar, 
Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi. Mazkur yoʻnalishda bugungi kunda respublikaning 
barcha hududlarida perinatal, skrining, reproduktiv salomatlik va diagnostika markazlari, tugʻruq 
boʻlimlari, koʻp tarmoqli poliklinika, oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlari tomonidan 
aholiga tibbiy xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Yurtimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza 
qilish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar deputatlar tomonidan eʼtirof etildi. Xususan, ayollar 
va oʻsmir qizlarni sogʻlomlashtirish va boʻlajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, 
homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish, onalar salomatligini mustahkamlash 
maqsadida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida “Ayollar maslahatxona”lari, qizlar 
salomatligi boʻlimlari tashkil etilgan. Aholini profilaktik koʻrik, tizimli patronaj bilan qamrab olish 
va reproduktiv salomatligini mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan choralar oʻz natijasini 
bermoqda.Shuningdek, ginekologik kasalliklarni zamonaviy xalqaro talablarga mos tashxislash, 
davolash va reabilitatsiya usullari amaliyotga keng tatbiq etilmoqda. Onalik va 
bolalikni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan markazlardagi malakali mutaxassislarining joylarga 
chiqib homiladorlar, reproduktiv yoshdagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi, mahorat darslari 
va oʻquv-seminarlari tashkil etishi yoʻlga qoʻyilgan.Joriy yilning oʻtgan davri davomida 
hududlardagi tugʻruq muassasalari mutaxassislarining 15 nafari xorijiy mamlakatlarda (13 nafari 
Rossiyada, 1 nafardan Polsha va Turkiyada malaka oshirdi.Hozirgi kunda koronavirus 
infeksiyasiga chalingan homilador ayollar uchun respublikadagi 15 ta muassasa qoshida 
ixtisoslashtirilgan 820 shifo oʻrni tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, yigʻilish 
ishtirokchilari sohada kuzatilayotgan ayrim muammolar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar borasida 
oʻz fikr va mulohazalarini, shuningdek ularning yechimlari hamda sohaga oid normativ-huquqiy 
hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni bildirishdi. Shuningdek, deputatlar onalar va 
goʻdaklar oʻlimi jumladan, erta neonatal oʻlim, voyaga yetmaganlar orasidagi tugʻruqlarni 
kamaytirish borasida kadrlar salohiyatini kuchaytirish, tizimga yangicha yondashish borasida bir 
qator takliflar berdilar. Xalq vakillari tomonidan hududlarda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar 
va fertil yoshdagi ayollar sonidan kelib chiqqan holda “Ayollar maslahatxonasi” va “Qizlar 



Yüklə 110,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin