International scientific journal science and innovation


ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ



Yüklə 110,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü110,48 Kb.
#186001
1   2   3   4   5   6   7   8
ayollar-va-bolalar-salomatligini-saqlash

 
ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 
1876
amaliyotlarini joriy etadi. Akusherlik-ginekologiya, tibbiy-genetik maslahat, sog‘lom oilani 
rejalashtirish, molekulyar-genetik tekshiruv, plastik va estetik ginekologiya, yordamchi 
reproduktiv texnologiyalar xizmatlarini tashkil etadi. 2023 yil 1 oktyabrdan birlamchi tibbiyot-
sanitariya yordami muassasalarida mutaxassislarni joriy etilayotgan yangi tizim bo‘yicha o‘qitish 
yo‘lga qo‘yiladi. 2024 yil 1 oktyabrdan har yili 100 tagacha imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga 
yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullari muvaffaqiyatli qo‘llanganda ushbu amaliyotni 
amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi. 
Qaror bilan shuningdek, Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza 
qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dasturga ko‘ra, 
homilador ayollar uy varaqasini raqamlashtirish va amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan. 
Insonning eng katta boyligi bu albatta, uning sog’ligidir. Shu bois, keyingi yillarda yurtimizda 
aholining salomatligini yaxshilash va mustahkamlash borasida katta ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, 
xotin-qizlar sog’ligiga qayg’urish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. 
Mamlakatimizda bu borada qator vazifalar va chora-tadbirlar belgilanib, yildan-yilga ayollarga 
tibbiy xizmat ko’rsatish sifati yaxshilanmoqda, ajratiladigan mablag’lar ham sezilarli 
oshirilmoqda. 
Yurtimizda onalar va bolalar salomatligiga davlat siyosati darajasida katta
e’tibor qaratib 
kelinmoqda. Zero, mustahkam sog‘liqqa ega avlod istiqbolimizning
metin poydevori, davlat va 
jamiyat ravnaqining tayanchi sanaladi.
Respublika «Ona va bola skrining» markazi faoliyatining 
asosiy vazifasi
«Sog‘lom ona – sog‘lom bola» tamoyilini amalga oshirishga xizmat qilishdir.
Bola 
tug‘ilishidan avval uning sog‘lig‘i haqida bilish mumkin. Bularning
barchasi skrining (inglizcha 
screening – tanlab olish, saralash), ya’ni sog‘liqni
saqlashni tashkil etishda klinik belgilarsiz 
kechadigan kasalliklarni aniqlashga
qaratilgan strategiyani amalga oshirish imkonini beradi. 
Ushbu strategiyaning
maqsadi kasalliklarni imkoni boricha erta aniqlashdan iborat bo‘lib, bu
nogironlikning oldini olish uchun davolashni o‘z vaqtida boshlashda muhim
ahamiyatga ega.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda
chaqaloqlarning 5 foizi tug‘ma 
va irsiy xastaliklar bilan tug‘ilmoqda.
Homiladorlik davrida turli o‘tkir yuqumli kasalliklarni 
boshdan kechirish,
endokrin va surunkali xastaliklar, bo‘lajak onalarning noto‘g‘ri ovqatlanishi,
ayollar organizmida yod, foliy kislotasi, tuz tanqisligi, ekologik omillar,
jumladan, ayrim dori 
preparatlarini qabul qilish buning asosiy sabablaridir.
Bugungi kunda skrining tizimi barcha 
viloyatlardagi hududiy, Qoralpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi Respublika skrining
markazidan iborat bo‘lib, ular homilador ayollar va chaqaloqlar skrining
tekshiruvlaridan 
o‘tkazmoqda. Ushbu bo‘limlar faoliyati oilada bolalarning
tug‘ma va irsiy xastaliklar bilan 
tug‘ilishining oldini olishga qaratilgan.
Genetik, nevropatolog, endokrinolog, ginekolog 
shifokorlarning maslahatlari,
shuningdek, bemorni maxsus usullar yordamida tekshirish irsiy 
kasallikka
tashxis qo‘yish va kasallik alomatlariga qarab davolash, oilada irsiy kasallik
bilan bola 
dunyoga kelishining oldini olish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Respublika «Ona va bola 
skrining» markazida faoliyat
ko‘rsatayotgan genetika laboratoriyasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar 
tug‘ma
gipotireoz va fenilketonuriya kasalligi bo‘yicha hamda boshqa xromosoma
sindromlarini 
aniqlash uchun tekshiruvlar o‘tkazilib tashxis qo‘yiladi. 
Ayollar salomatligi jamiyat boyligi 
hisoblanar ekan, demak tug’ilgan kunidan boshlab qizlarning sog’ligini saqlash va mustahkamlash 
yo’lida global va mahalliy miqyosda doimiy ko’mak va imkoniyatlar berilishi tabiiydir. So’nggi 
yillarda mamlakatimizda fertil yoshidagi ayollarning sog’ligini tiklash maqsadida bepul dori va 
vitaminlar bilan ta’minlanishi yo’lga qo’yildi. 2021 yilda ushbu vazifalarni bajarish uchun 30 



Yüklə 110,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin