International scientific journal science and innovation


ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ



Yüklə 110,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü110,48 Kb.
#186001
1   2   3   4   5   6   7   8
ayollar-va-bolalar-salomatligini-saqlash

 
ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 
1872
Reproduktiv huquq – bu barcha er-xotin juftliklar va alohida shaxslarning
farzandlar soni, 
ular orasidagi oraliq va ularning tug‘ilish vaqti haqida erkin
hamda to‘liq mas’uliyat hissi bilan 
qaror qabul qilishi va buning uchun shart
bo‘lgan ma’lumot va vositalarga ega bo‘lishi borasidagi 
asosiy huquqlarni tan
olish sanaladi. Reproduktiv salomatlikka erishish uchun quyidagi tamoyillar:
jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni oldini olish, tashxislash va davolash
(OITSning oldini 
olish), bepushtlikning oldini olish, o‘sma kasalliklari va
o‘sma oldi kasalliklarining oldini olish, 
farzandlarni ona suti bilan boqish,
onalik va bolalikning muhofazasi, o‘smirlar reproduktiv 
salomatligi va jinsiy
tarbiyasiga amal qilinishi lozim. Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlarning
reproduktiv salomatligini muhofaza qilish – bu davlat siyosati darajasida eng
ko‘p e’tibor 
qaratilayotgan masalalardan biridir. Respublikamizda ona va
bola salomatligini muhofaza qilish 
tizimi rivojlanib, har bir viloyat va yirik
shaharlarda perinatal va skrining markazlari tashkil 
etilgan. Umuman olganda,
sog‘lom farzandni voyaga yetkazish, aholi, xususan, bolalar va 
o‘smirlarning
reproduktiv salomatligini mustahkamlash bo‘yicha qator amaliy ishlar olib
borilmoqda. Qarindoshurug‘lar o‘rtasida nikoh, erta homiladorlik, alkogol, narkotik moddalarni 
iste’mol qilish, chekish va uning homilaga ta’siri, ekologiya va ijtimoiy holat reproduktiv 
salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sirasiga kiradi.
Reproduktiv salomatlik nafaqat ayolning, balki erkakning ham o‘zidan
sog‘lom zurriyot 
qoldira olish davridagi salomatligidir. Ayniqsa, bu borada
o‘smir yigit-qizlarning salomatligiga 
jiddiy e’tibor qaratish zarur. Bunda
asosiy e’tibor oila farovonligini ta’minlash, ularda ijobiy 
psixologik iqlimning
hukm surishi, onalar va bolalar salomatligini saqlash, oilalarning tom 
ma’noda
ta’sirini ko‘rsatadi. Ko‘rsatib o‘tilgan xavf omillari keyinchalik ularning
oilalarida irsiy 
kasalliklarga chalingan farzandlarning dunyoga kelishi,
homilada fiziologik jarayonlarning normal 
kechishining buzilishida kuzatiladi.
Reproduktiv salomatlikka kuchli tahdid soladigan omillardan biri irsiy
kasalliklar sanaladi. 
Naslda irsiy kasalliklar yuzaga kelishining oldini olish
maqsadida nikohlanadigan yoshlar tibbiy-
genetik konsultatsiyadan o‘tishi
qonun bilan belgilangan. Tug‘ma kasalliklarni irsiy kasalliklardan 
farq etish zarur. Tug‘ma kasalliklar homilaning rivojlanishidagi buzilishlar, masalan, onaning 
homiladorlik davrida og‘ir infeksiya kasalliklariga chalinishi, chekish va alkogol ichimliklarini 
qabul qilinishi, oiladagi notinchlik, asab buzilishi, ichki va tashqi muhitning zararli omillari 
ta’sirida vujudga keladi, aksari hollarda nasldan naslga o‘tmaydi

Vazirlar Mahkamasining “Respublikada onalar va bolalarning salomatligini 
mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. 
Loyiha bilan 2020 — 2025 yillarda 15 yoshgacha bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi 
vitaminlar, bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari bepul tarqatish bo‘yicha 
kompleks chora-tadbirlar dasturi hamda respublikada ayollar va bolalar salomatligini 
mustahkamlash uchun xarid qilinadigan, 15 yoshgacha bolalar va homilador ayollarga polivitamin 
maxsus komplekslarini va bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari xarid qilish, 
taqsimlash va ajratish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi. 
Shuningdek, respublikada onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlash borasida 
quyidagi tartib o‘rnatildi: 
a)
2021 yil 1 iyundan boshlab: 6 - 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan 
ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan 
bolalar «A» vitamini bilan; 2 - 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus 
preparatlar bilan bepul ta’minlandi; 



Yüklə 110,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin