Давлат қарзи: Профицит, дефицит ва дефицитни қоплаш усуллари



Yüklə 225,5 Kb.
səhifə1/7
tarix31.03.2022
ölçüsü225,5 Kb.
#54551
  1   2   3   4   5   6   7
Давлат арзи Профицит, дефицит ва дефицитни оплаш усуллари


Davlat qarzi: Profitsit, defitsit va defitsitni qoplash usullari

Reja
Kirish

  1. Moliyaviy faoliyat va uni boshqarishning mohiyati, vazifalari va ahamiyati

  2. Moliya maqsadlari va funktsiyalari

  3. O’zbekistonda moliya sohasidagi zgarishlar. Moliyaviy siyosat

  4. Davlat qarzi. Profitsit va defitsit

  5. Defitsitni qoplash usullari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish

Mamlakatimiz iqtisodiyoti mustaqillik yillarida yuqori darajada rivojlanish sur’atlariga ega bo’ldi. Barcha soha va tarmoqlarda tub o’zgarishlar amalga oshirilib, aholining turmush darajasi yuksalib bormoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti rivojlanishi bilan bir qatorda uning moliyaviy jihatdan ta’minlanishi va resurslarni to’plash sohasida tub o’zgarishlarni boshidan kechirdi. Markazlashtirilgan buyruqbozlik tizimi davrida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya faoliyatiga va moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi. Unga ikkinchi darajali omil sifatida qarash mavjud edi. Mustaqillikka erishish va bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga to’sqinlik qilib qolgan moliyaviy faoliyat va moliyaviy siyosat o’z kamchiliklarini namoyon qildi.

Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini buzib ko’rsatish sodir bo’ldi, moliya va moliyaviy dastaklarning aktiv ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo’ljallangan ibratlik kontseptsiyalarni ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko’zlab qo’yilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni og’ir ahvolga olib keldi.

O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga o’tishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo’lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to’g’ri keldi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiy strategiya quyidagi vazifalarni bajarishni ko’zda tutdi:

  1. Mamlakatimiz xududida mavjud bo’lgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimining oqibatlarini yengish, iqtisodiy tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish vazifasi.

  2. Mamlakatimizning o’ziga xos bo’lgan sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda uning xududlarida bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.

Hozirgi davr hususiyatlarini hisobga olib tuzilgan iqtisodiy strategiyadan kelib chiqqan holda, bozor iqtisodiyotini birinchi bosqichida moliya va soliq siyosatining birinchi darajadagi chora-tadbirlari va ustivor yo’nalishlari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  1. Barqaror moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat byudjeti defitsitini iloji boricha kamaytirish, byudjetdan beriladigan dotatsiya va subsidiyalarni barcha turlarini bosqichma-bosqich qisqartirib borish.

  2. Byudjet mablag’larini daromad tushgandan keyingina
    taqsimlanadigan yo’ldan og’ishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag’ ajratish.

  3. Iqtisodiyot tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun byudjetdan qaytarib olmaslikni ko’zda tutib ta’minlash amaliyotidan voz kechish, ana shu maqsadlarda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish.

  4. Mavjud bo’lgan soliq tizimini takomillashtirish byudjet daromadlarini barqaror sur’atda to’lab turishni ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi qayta ishlaydigan va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaradigan qo’shma korxonalarni rivojlanishini rag’batlantiradigan soliq siyosatini olib borish.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat tufayli moliya tizimida bozor sharoitiga mos keladigan qator o’zgarishlarni amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi amalga oshdi. Mamlakat eksporti o’sishi bilan bir qatorda eksportning tarkibi ham o’zgarib bordi, uning tarkibidagi tayyor mahsulotlarning ulushi 70,0 foizga yetdi. 2019 yili mamlakatimizda iqtisodiy o’sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga ko’paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi.

SHu kabi o’zgarishlar bilan bir qatorda moliya sohasida hali amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar mavjud. Foydalanilmayotgan imkoniyatlardan foydalanishni yo’lga qo’yish hozirgi davrning muhim masalalaridan hisoblanadi. Davlat qarzi sohasida o’rganilishi lozim bo’lgan masalalar mavjud. Davlat qarzida defitsitni yuzaga kelishi va uni o’z vaqtida qoplash masalalari ana shunday masalalardandir. Bu haqda Prezidentimiz SH.Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida quyidagilarni ta’kidladi:

“Byudjet mablag’larining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarur.



Joriy yilda davlat tashqi qarzining yuqori chegaralarini belgiladik. Bundan buyon xalqaro moliya tashkilotlaridan olinadigan mablag’larni qaytarish imkoniyati va ularning natijadorligiga jiddiy e’tibor qaratiladi.”1

Prezidentimiz tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda xalqaro ekspertlarni jalb etgan xolda, “Davlat moliyaviy nazorati to’g’risida” va “Davlat qarzi to’g’risida”gi qonunlar loyihalarini ishlab chiqish topshirildi.

Ushbu kurs ishida Davlat qarzi: Profitsit, defitsit va defitsitni qoplash usullarini o’rganishga harakat qilamiz.



  1. Yüklə 225,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin