Ijtimoiy-gumanitar


Mavzu: Italiya Respublikasi



Yüklə 2,89 Mb.
səhifə3/8
tarix25.12.2019
ölçüsü2,89 Mb.
#30014
1   2   3   4   5   6   7   8
4-5 maruza matni dars rejasi - 2-qism


Mavzu: Italiya Respublikasi.

Reja:

1) Urush oqibatlari. Italiyada respublika o`rnatilishi.

2) Hukumatning ichki va tashqi siyosati.

3) Italiyada siyosiy beqarorlik. “Ko`rinmas hokimiyat”.

4) Italiya – O`zbekiston munosabatlari.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

208-212 betlar



1-masala:

Italiya. Poytaxti – Rim. Aholisi – 58 mln. kishi (2003). Maydoni – 311 230 kv. km. Rasmiy tili – italyan. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 95 provin-siyaga bo`lingan 20 viloyat. Pul birligi – yevro. Milliy bayrami: 2-iyun – Konstitutsiya kuni (1946).

Fashistik Italiya Ikkinchi jahon urushida fa-shistlar Germaniyasi ittifoqchisi sifatida qat-nashdi. Biroq, urushning oqibati Italiya uchun Germaniya va Yaponiyaga nisbatan o`zgacha-roq bo`ldi. Buning sababi – Italiyaning 1943-yildayoq taslim bo`lganligi, Mussolini fashistik diktaturasining ag`darilganligi va yangi huku-matning Germaniyaga qarshi urush e’lon qil-ganligida edi. Ingliz-amerika qo`shinlari Italiyani taslim bo`lishga majbur etgan bo`l-sada, okkupatsiya tartibini o`rnatmaganlar.

Shunday qilib urush italyan xalqi boshiga katta kulfatlar keltirdi. Fashistlar boshqa-ruvi va urush Italiya iqtisodiyoti va uning jahon maydonidagi ahvoliga ulkan zarar yet-kazdi. Chunonchi, Ikkinchi jahon urushi frontlarida 0,5 mln. italyan askari halok bo`ldi hamda bedarak yo`qoldi. 20 foiz sanoat korxonalari va 40 foiz temir yo`l hamda avto-mobil yo`llari vayron etildi. Sanoat mahsulotlari ish­lab chiqarish hajmi 50 foizga, qish-loq xo`jalik mahsu­lotlari esa 40 foizga qisqardi. 2 mln. kishi ishsiz qoldi. Mamlakat mil-liy boyligining uchdan bir qismini yo`qotdi. Buning ustiga inflatsiya kuchaydi. Oziq-ov-qat, turar-joy yetishmasligi kuchli sezildi. 3 mln. kishi uy-joyidan ajralgan edi.

1947-yilning 10-fevralida Parijda imzolangan tinchlik shartnomasiga ko`ra, Italiya o`z mustamlakalarini yo`qotdi va anchagina miqdorda reparatsiya to`lashi lozim edi.

Mamlakatning demokratik kuchlari respublika tuzumi uchun kurashdilar. Chunki, bu davrda Italiyada konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi hukmron edi. Qirol V.Emmanuel III fashistlar rahbari B.Mussolinini qo`llab-quvvatlab, monarxiya obro`sini to`kkan edi. Bu davrda Italiyada 3 ta nufuzli siyosiy partiya mavjud edi. Bular: Xristian-demokratik par-tiyasi (XDP), Sotsialistik partiya (ISP) va Kommunistik partiya (IKP)lar edi. Ular fashi-zmga qarshi kurashda faol ishtirok etganliklari tufayli obro` qozongan edilar. Ayni payt-da, XDP ularning ichida eng ta’siri kuchli partiya edi. Shuning uchun ham u parlament saylovida eng ko`p ovoz oldi va koalitsion hukumatni boshqardi.

Qirol V.Emmanuel III 1946-yilda o`z o`g`li Umberto II foydasiga taxtdan voz kech-gan bo`lsada, bu hodisa nurab borayotgan monarxiyani saqlab qola olmadi. 1946-yilning 2-iyunida davlat tuzumi masalasida, ya’ni, Italiyada konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi saqlanib qoladimi yoki u respublika tuzumiga almashadimi, degan masalada referendum o`tkazildi. Unda 12,7 mln. saylovchi respublika uchun, 10,7 mln. saylovchi esa konsti-tutsiyaviy monarxiya uchun ovoz berdi. Shu tariqa, Italiya Respublikasi vujudga keldi. Biroq, monarxiya o`rnatilishini qo`llab-quvvatlovchilarning ko`p sonliligi mamlakatda konservativ kayfiyatli unsurlar katta kuch ekanligidan guvohlik berardi.

1946-yil 2-iyunda bir vaqtning o`zida referendum bilan birgalikda Ta’sis Majlisiga ham saylov o`tkazilgan edi. Unda XDP 35 foiz (8,1 mln.), ISP 20 foiz (4,7 mln.) va IKP 19 foiz (4,3 mln.) ovoz oldi. Uchala partiya tuzgan koalitsion hukumatni XDP lideri A. de Gasperi (1881–1954) boshqardi va 1953-yilgacha hokimiyatda turdi. Bu partiyalar vakillari ishtirokida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Konstitutsiya 1948-yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi. Unga ko`ra Italiya parlament respublikasiga aylandi.

2-masala:

1948-yilning aprel oyida o`tkazilgan parlament saylovida XDP mutlaq ko`p ovoz oldi (12,7 mln.). A.de Gasperi endi XDP boshchiligida bir partiyali hukumat tuzdi. Hukumat ichki siyosatda mamlakat iqtisodini rivojlantirishga birinchi darajali masala sifatida qa-radi.



Alchido de Gasperi (1881–1954) – Italiya bosh vaziri. 1881-yil 3-aprelda Trento yaqinida (Avstro-Vengriya, hozirda Italiya tarkibida) dunyoga keladi. 1905-yil Vena universitetini tamom-lab, “Yangi Trentino” (“Nuovo Trentino”) nashrida bosh mu-harrir lavozimini egallaydi. 1911-yildan boshlab to Birinchi ja-hon urushi oxirlarigacha Avstriya parlamentining deputati bo`lib qoladi.

Urushdan so`ng Trentino viloyati Italiya ixtiyoriga o`tgach, A.de Gasperi Xalq parti-yasi tomonidan parlamentga deputat etib saylanadi. B.Mussolini hokimiyat tepasiga ke-lishi bilan hibsga olinadi va 1927-yilgacha qamoqqa mahkum etiladi. Hibsdan ozod bo`lgach, 1931-yildan to 1941-yilgacha Vatikan kutubxonasida ishlaydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida A.de Gasperi Xristian-demokratik partiyasi (XDP)ga raislik qiladi. 1944-yili Italiya ozodlikka erishganidan so`ng, A.de Gasperi Bonomi hukumatida tashqi ishlar vaziri etib tayinlanadi. 1945-yil noyabr oyining oxirlarida bosh vazir lavozimini egallaydi. Uning bosh vazirlik faoliyati 1946-yil iyun oyidan, ya’ni, davlatning konstitut-siyaviy monarxiya boshqaruvidan respublika boshqaruviga o`tishi sababli, davom etadi.

1947-yil 21-mayda A.de Gasperi so`l kuchlardan holi bo`lgan, yangi hukumatni tu-zadi. XDP katolik cherkovining qo`llab-quvvatlashidan foydalanadi. U ibodatga keluv-chilarni qabul qiluvchi ruhoniylar yordamida mamlakat aholisining salmoqli qismiga o`z ta’sirini o`tkazadi. Nihoyat, 1948-yil apreldagi umumxalq saylovlarida xristian-de-mokratlar mutlaq ko`pchilik ovozga ega bo`ladilar. 1951-yilning iyulida u o`zining yet-tinchi hukumatini tuzadi. Shu yili, u Ottavadagi NATO konferensiyasida ishtirok etib, AQSH prezidenti G.Trumen bilan muzokaralar olib boradi. 1953-yil iyunda A.de Gaspe-rining to`rtta partiyadan iborat koalitsiyasi parlamentda ko`pchilik o`rinni egallaydi. Biroq, Deputatlar palatasi uning yangi hukumatiga ishonchsizlik bildirganidan so`ng, iste’foga chiqadi.

A.de Gasperi 1954-yilning 19-avgustida Trento yaqinida vafot etadi.

A.de Gasperi boshchiligidagi hukumat bir qator muhim islohotlarni amalga oshirdi: ishlovsiz yotgan zamindorlar yerlari kambag`al dehqonlarga berildi, oylik ish haqining ko`chma shkalasi kiritildi (u davriy ko`rib chiqilgan va turmush darajasi o`sishiga mos oshirilgan) hamda mehnatkashlarning korxona kasaba uyushmasi roziligisiz ishdan bo`-shatilishi man etildi.

1948-yil 1-yanvarda kuchga kirgan yangi Konstitutsiyada so`z, matbuot, yig`ilishlar o`tkazish erkinligi, mehnat va unga yarasha adolatli to`lov, agrar islohot zaruriyati va ishchilarning korxona boshqaruvidagi ishtiroki huquqi e’lon qilindi, siyosiy va diniy qa-rashlarga ko`ra kamsitish man etildi. Fashist tashkilotlari mavjud bo`lishi va faoliyati ham man etildi. Qirol oilasi a’zolariga muhojirlikdan Italiyaga qaytishga ruxsat beril-madi. Maslahatchilar sudi va sud hokimiyatining to`liq mustaqilligi tamoyili kiritildi.

Qonun chiqaruvchi hokimiyat umumiy ovoz berish yo`li bilan 5 yilga saylanadigan va ikki palatadan – Senat va Deputatlar palatasidan iborat bo`lgan parlamentga tegishli edi. Hukumatni Deputatlar palatasida mutlaq va nisbatan ko`pchilik ovoz olgan partiyalar yo`lboshchilaridan biri tuzadi, odatda u bir necha par­tiyalar vakillaridan iborat bo`ladi va parlament qo`llab-quvvatlab turguncha hukumatni boshqaradi. Respublika prezidenti ikkala palata qo`shma majlisida 7 yilga saylanadi. Uning vakolatlari cheklangan bo`lib, amalda ijro hokimiyati Vazirlar Kengashiga taalluqli edi.

A.de Gasperi hukumati “Marshall rejasi”ga ko`ra, 1,3 mlrd. dollar miqdorida yordam berilishiga erishdi. U asosan yirik koprxonalarni modernizatsiya qilishga va jihozlarni butunlay yangilashga sarflandi. Ayni paytda, yuksak taraqqiy etgan davlatlardan patent va litsenziyalar sotib olindi. Qudratli davlat sektori ham vujudga keltirildi. Bu omillar natijasida 50–60-yillarda mamlakat iqtisodi gurkirab rivojlandi. Iqtisodiy o`sish sur’ati (yiliga 10 foiz) jihatidan Yevropada GFRdan so`ng ikkinchi o`ringa chiqdi. Shu tariqa, “italyan mo`jizasi” degan ibora paydo bo`ldi. U dunyoda eng rivojlangan yetti davlatni-ng biriga aylandi.

Eksportning o`sishi Italiyaga qarzdan qutulish hamda milliy valyuta – liraning barqa-rorligiga erishish imkonini berdi. Fuqarolarning turmush farovonligi oshdi. Italiyada “fa-rog`at davlati” qaror topdi. Ish haqi, ijtimoiy sug`urta tizimi, nafaqalar hajmi bo`yicha Italiya dunyoda oldingi o`rinlardan birida turadi.

Tashqi siyosatda Italiya, birinchi navbatda, G`arb davlatlari integratsiyasini himoya qildi. 1949-yilning aprel oyida NATOga a’zo bo`ldi. Bu bilan 1947-yilda imzolangan Parij tinchlik shartnomasi majburiyatlari o`z kuchini yo`qotdi. 1950-yilning 27-yanvari-da AQSH bilan “Mudofaa maqsadlarida o`zaro yordam to`g`risida” bitim imzolandi. Mamlakat hududida AQSH harbiy bazasi qurildi. GFRning NATOga qabul qilinishini qo`llab-quvvatladi. 1957-yilda Fransiya va GFR o`rtasida “Qurol-yarog`larni standart-lashtirish va yangi qurollarni yaratish yo`lida birgalikda harakat qilish to`g`risida” shart-noma imzolandi. Italiya “Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati”ning faol tashkilotchilaridan biri bo`ldi. Bugungi kunda yuqorida nomlari sanab o`tilgan tashkilotlar ishida faol qat-nashib kelmoqda.

3-masala:

Italiya ichki hayotiga siyosiy beqarorlik xos bo`lgan davlatligi bilan ham ajralib tura-di. Urushdan keyingi davrda 50 dan ortiq hukumat almashganligi buning dalilidir. Bu, o`rta hisobda deyarli har 1–1,5 yilda hukumat almashinuvi sodir bo`ldi, deganidir. Xo`sh, mamlakat hayotidagi siyosiy beqarorlikning sabablari nimalar edi?

Birinchidan, Italiyada siyosiy partiyalarning haddan tashqari ko`pligidir. Mamlakatda 9 ta umummilliy va ko`plab hududiy partiyalar mavjud. Bu hol, tabiiyki, hukumatning tez-tez almashib turishiga olib keladi va, o`z navbatida, siyosiy beqarorlikka ham sabab bo`ladi.

Ikkinchidan, bu hodisa Italiya barcha hududining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan bir xil darajada rivojlanmaganligi bilan izohlanadi. Shimolning gurkirab rivojlanganligi, Janub-ning (Sitsiliya, Neapol) iqtisodiy jihatdan orqada qolganligi bugun ham katta ijtimoiy muammo bo`lib qolmoqda.

Bu hol, o`z navbatida, o`tkir ijtimoiy muammo – ishsizlik muammosini keltirib chi-qardi. Millionlab kishilar ish izlab yurishga majbur bo`lib qolishdi. Hatto, iqtisodiy gur-kirab rivojlangan sharoitda ham ishsizlar soni bir milliondan ortiq bo`ldi. Har yili 200 mingdan ortiq kishi GFR, Shveysariya va Fransiyaga ish izlab ketishiga to`g`ri keldi. Bu ijtimoiy muammo, o`z navbatida, boshqa dahshatli muammolarni – korrupsiya, terro-rizm, jinoyatchilik va mafiyaning siyosatga aralashuvini kuchaytirdi.

1969-yildan keyingi davrda 400 ga yaqin siyosiy arbob, huquqni muhofaza qilish or-ganlari xodimlari o`ng va so`l terrorchilar qurboni bo`lishdi. Ayniqsa, 1978-yilda XDP rahbari A.Moroning o`ldirilishi Italiya jamoatchiligini qayg`uga soldi. U 1963–1968 va 1974-yillarda Italiya bosh vaziri, 1969–1972-yillarda tashqi ishlar vaziri bo`lib ishlagan obro`li siyosiy arbob edi. Italiyada hech bir siyosiy arbob siyosiy terrorizm qurboni bo`-lish xavfidan kafolatlangan emas. Korrupsiya ko`lami bo`yicha Italiya G`arbiy Yevropa davlatlari ichida eng oldingi o`rinda turadi. Bu mamlakat hayotida mafiyaning chuqur il-diz otganligi bilan izohlanadi.

Mafiya (maxfiy terrorchi tashkilot) – bu, jinoiy guruhlarning davlat apparati bilan qo`shilib ketishidir. Ya’ni, davlatning barcha organlarida, siyosiy partiyalar apparatida mafiyaga xizmat qiluvchi kishilar mavjudligidir. Italiyada XDP qo`llarida “ko`rinmas hokimiyat” apparati yuzaga keldi, u xavfsizlik xizmati orqali yo`naltirildi, hokimiyat us-tidan nazorat o`rnatdi va huquqni muhofaza qilish organlarini yo`lga soldi. U qonuniy saylangan hukumatdan ham katta hokimiyatga ega bo`ldi, chunki, yuzaga kelgan ko`p-partiyaviylik tizmi tufayli hukumatlar kuchsiz edi va hokimiyat tepasida uzoq turmasdi.

Italiyada mafiyaning kuchayishiga 1993-yilgacha mavjud bo`lgan saylov tartibi ham qulay sharoit tug`dirgan. Shungacha Italiyada parlamentga saylov proporsional saylov ti-zimi asosida o`tkazilgan. Bu saylov tizimida saylovchilar aniq bir shaxs uchun emas, u yoki bu partiya uchun ovoz berardilar. Parlamentdagi o`rinlar partiyalarning olgan ovo-ziga proporsional ravishda bo`linardi. Qaysi partiyadan kimning deputatlik o`rnini egal-lashi partiya rahbarlari orasida hal etilardi. Saylov tizimi tufayli XDP koalitsiya huku-matida yetakchi sherik bo`lish uchun doimo yetarli miqdorda ovoz olishga muvaffaq bo`lib keldi. Kommunistik xavf-xatardan ustalik bilan foydalanish “Sitsiliya kamorrasi” (mafiyasi) bilan yaqindan aloqa o`rnatish imkonini berdi. Jinoyatchi tashkilot bilan bu it-tifoq davlat xavfsizligi tasavvuri bo`yicha oqlandi. Mafiya esa XDPga yondosh bo`lgani-ning sababi kommunistlar hokimiyat tepasiga kelib qolsa, uni tugatib yuborishidan qo`r-qar edi. XDP, shuningdek, Sotsialistik partiyaning mafiya bilan hamkorligi Italiyada de-mokratik institutlarning kuchsizlanishiga olib keldi.

Bu hol, o`z navbatida, korrupsiyaning kuchayishiga yo`l ochdi. Mafiya esa bundan ustalik bilan foydalandi va jamiyatning hamma sohalariga kirib bordi. U, ayniqsa, Sitsi-liya, Neapol va boshqa janubiy viloyatlarda rivojlandi. U shantaj, talonchilik, qotillik yo`li bilan jamiyatni tahlikaga soldi. Davlat organlari xodimlarini sotib olish mafiya fa-oliyatining asosini tashkil etadi. O`z izmiga yurmaydiganlarni ta’qib etadi va ularning qotiliga aylanadi.

To`g`ri, Italiya jamoatchiligi, mafiya va korrupsiyani jilovlashga tarafdor bo`lgan si-yosiy arboblar jamiyatda ro`y berayotgan bunday falokatlarga qarshi chiqdilar va jami-yatda zarur tartib o`rnatilishini talab etdilar. 1986-yilda eng yirik mafiyachilar ustidan sud jarayoni o`tkazildi. U Italiya mafiyasi vatani Sitsiliya markazi Palermo shahrida bo`-lib o`tdi. Unda 500 nafardan ortiq kishi sud qilindi. Biroq, mafiya yashashda davom etdi.

1992-yilda Italiyada “Toza qo`llar” deb atalgan keng qamrovli tadbir o`tkazildi. Buni-ng natijasida davlat organlari va siyosiy partiyalar rahbarligida ishlovchi 20 mingdan or-tiq kishi tergov ro`yxatiga tushdi. 2 yil davomida korrupsiyada ayblangan 2 mingdan or-tiq kishi hibsga olindi. Tergovga chaqirilganlar ichida, hatto, sobiq bosh vazirlar J.An-dreotti (XDP lideri) va B.Kraksi (Sotsialistik partiya lideri)lar, parlament deputatlari hamda senatorlar ham bor edi. “Ko`rinmas hokimiyat” rahbari sobiq bosh vazir va se-nator J.Andreottining o`zi ekanligi ma’lum bo`ldi. Shu narsa ham aniqlandiki, Italiyada-gi hokimiyatning barcha tuzilmalari jinoyatchi unsurlar bilan aloqador ekan. Neapolni boshqarish va uning iqtisodiyoti kontrabanda va davlat xazinasini talon-taroj qilish bilan qo`shib olib borilgan. Bu yerda korrupsiyada ayblangan 400 kishi, ko`pgina siyosiy ar-boblar, biznesmenlar, amaldorlar va mafiya a’zolari qamoqqa olinib, sudga berilgan. Pa-lermoda ham shunday bo`ldi. Biroq, barcha aybdorlar yengil jazo bilan qutulishdi.

Mafiya bilan aloqada bo`lgan oliy darajadigi arboblarning fosh etilishi Italiya jamoat-chiligini larzaga keltirdi. Bu hodisa Ikkinchi jahon urushidan keyin qaror topgan partiya-viy-siyosiy tizimning inqiroziga olib keldi. 1994-yilning mart oyida o`tkazilgan parla-ment saylovi buni yaqqol isbotladi. Chunonchi, XDP 3 siyosiy oqimga bo`linib ketdi. Sotsialistik partiya esa o`zini tarqatilgan, deb e’lon qildi. Kommunistik partiya saylovga-chayoq o`zining nomini ham, maqsad, vazifa va dasturini ham o`zgartirdi. U saylovda “So`l kuchlar demokratik partiyasi” (SKDP) nomi bilan qatnashdi.

Saylovda mutlaqo yangi kuchlar g`olib chiqdi. Bular “Olg`a, Italiya!”, “Shimol liga-si” va “Milliy alyans” partiyalari edi. Ular “Erkinlik qutbi” blokiga birlashdilar. “Olg`a, Italiya!” partiyasining rahbari S.Berluskoni boshchiligida Italiyada 52-hukumat tuzildi. Biroq, bu hukumat 1994-yilning oxirigacha yashadi, xolos. 53-hukumatni mustaqil siyo-siy arbob L.Dini boshqardi. 1996-yil aprelda parlamentga o`tkazilgan navbatdan tashqari saylovda SKDP g`alaba qozondi. Shunday bo`lsada, 1996–1998-yillar oralig`ida bir ne-cha marta partiyasiz hukumat tuzildi. Va, nihoyat, 1998-yilda Italiya prezidenti L.Skal-faro SKDP rahbari M.Alemaga hukumat tuzishni topshirdi. 2001-yilda esa yana S.Ber-luskoni boshchiligida navbatdagi hukumat tuzildi. 2006-yilgi saylovda R.Prodi bosh va-zirlik lavozimiga keldi. 2008-yil boshida o`z o`rnini S.Berluskoniga bo`shatib berdi. Ita-liyada siyosiy beqarorlik hamon davom etmoqda. Shunga qaramay, Italiya dunyoning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan 7 davlatidan biriligicha qolmoqda.



Qisqacha mazmuni

• Ikkinchi jahon urushi - mamlakat iqtisodiyoti va obro'-e'tiboriga ulkan zarar

• Sanoat ishlab chiqarishi hajmi 50 foizga qisqardi

• 1946-yil 2-iyun - Italiya Respublika deb e'lon qi- lindi

• 1947-yil 10-fevral - Parij tinchlik shartnomasi: Italiya reparatsiyalarni to’laydi va o’z mustamlakala- rini beradi

• ISP, IKP (Palmiro Tolyatti) va XDP (Algido de Gasperi) ta'sirining kuchayishi

• 1948-yil 1-yanvar - yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi

• 1948-1950-yillar - "Marshall rejasi" yordamida iqti- sodiyotning muvaffaqiyatli tiklanishi

• 1950-yil aprel - Italiyaning NATO blokiga qo’shilishi

• 50-90-yillar - Italiya dunyoning yettita eng sanoati rivojlangan mamlakatlari safiga kirdi

• Iqtisodiyotning o’ziga xosligi - davlat ishtirokining yuqori darajasi

• "Yevrokommunizm" konsepsiyasi

• 1993-yil avgust - yangi saylov tizimi haqidagi qonunning qabul qilinishi

• 1994-yil mart - S.Berluskoni bosh vazir

• 1995-yil - Romano Prodi boshchiligidagi hukumat

• 2001-yil - S.Berluskoni boshchiligidagi hukumat


Nazorat uchun savollar:

  1. Ikkinchi jahon urushining Italiya uchun oqibatlari haqida so`zlab bering.

  2. Nega Italiya xalqi umumxalq referendumida respublika uchun ovoz berdi?

  3. 1948-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan Italiya konstitutsiyasi mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz?

  4. “Italyan mo`jizasi”ga qay tariqa erishildi?

  5. Italiya tashqi siyosati haqida nimalarni bilib oldingiz?

  6. Italiyada siyosiy beqarorlikning sabablari nimada deb hisoblaysiz?

  7. Nega siyosiy hayotdagi beqarorlik mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga jiddiy salbiy ta’sir ko`rsata olmaydi?

  8. Italiya – O`zbekiston munosabatlari haqida nimalarni bilasiz?



Mavzu: Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlari.

Reja:

  1. Kommunistik partiyalarning hokimiyatga kelishi. Sovetlar

namunasidagi sotsializmning qurilishi.

  1. Germaniya Demokratik Respublikasi, Vengriya va Polsha.

  2. Chexoslovakiya, Ruminiya va Bolgariya.

  3. Yugoslaviya. Sharqiy Yevropa davlatlari va O`zbekiston.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

221-234 betlar

Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlariga umumiy tavsif:



Albaniya. Poytaxti – Tirana. Aholisi – 3 mln. 582 ming kishi (2003). Maydoni – 28 748 kv. km. Rasmiy tili – alban. Asosiy dinlari – islom (hukmron), pravoslav va katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 26 viloyat (reti). Pul birligi – lek = 100 kintar. Milliy bayrami: 28-noyabr – Mustaqillik kuni (1912).

Bolgariya. Poytaxti – Sofiya. Aholisi – 7 mln. 537,9 ming kishi (2003). Maydoni – 110 912 kv. km. Rasmiy tili – bolgar. Asosiy dinlari – pravoslav (hukmron) va islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 8 viloyat va Sofiya shahri. Pul birligi – lev = 100 stotink. Milliy bayrami: 3-mart – Bolgariyaning Turkiya zulmidan ozod bo`lgan kuni (1908).

Bosniya va Gersegovina. Poytaxti – Sarayevo. Aholisi – 6 mln. 989 ming kishi (2003). Maydoni – 51 129 kv. km. Rasmiy tillari – serb va xorvat. Asosiy dinlari – islom, pra-voslav, protestant va katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 109 obshchina. Pul birligi – Bosniya markasi. Milliy bayrami: 25-noyabr – Mustaqillik kuni (1991).

Vengriya. Poytaxti – Budapesht. Aholisi – 10 mln. 45,4 ming kishi (2003). Maydoni – 93 032 kv. km. Rasmiy tili – venger. Asosiy dinlari – katolik va protestant. Ma’muriy-hu-dudiy bo`linishi – 19 viloyat (mede) va Budapesht shahri. Pul birligi – forint = 100 fil-ler. Milliy bayrami: 23-oktabr – 1956-yil inqilobining birinchi kuni.

Makedoniya. Poytaxti – Skopye. Aholisi – 2 mln. 71,2 ming kishi (2004). Maydoni – 25 713 kv. km. Rasmiy tili – makedon. Asosiy dinlari – pravoslav, islom va katolik. Ma’-muriy-hududiy bo`linishi – 30 viloyat. Pul birligi – dinor = 100 deni. Milliy bayrami: 8-sentabr – Mustaqillik kuni (1913).

Polsha. Poytaxti – Varshava. Aholisi – 38 mln. 622,7 ming kishi (2003). Maydoni – 312 683 kv. km. Rasmiy tili – polyak. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`li-nishi – 16 voyevoda (viloyat). Pul birligi – zlotiy = 100 grosh. Milliy bayrami: 3-may – Konstitutsiya kuni (1791).

Ruminiya. Poytaxti – Buxarest. Aholisi – 22 mln. 271,2 ming kishi (2003). Maydoni – 237,5 ming kv. km. Rasmiy tili – rumin. Asosiy dinlari – pravoslav (hukmron), katolik, iudaizm va islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 40 uyezd (judets) va Buxarest shahri. Pul birligi – ley = 100 banya. Milliy bayrami: 1-dekabr – Barcha rumin hududlari bir-lashgan kun (1878).

Serbiya. Poytaxti – Belgrad. Aholisi – 9 mln. 396,5 ming kishi (2002). Maydoni – 88 361 kv. km. Rasmiy tili – serb. Hukmron dini – pravoslav (shuningdek, islom dini ham tarqalgan). Pul birligi – serb dinori = 100 par.

Slovakiya. Poytaxti – Bratislava. Aholisi – 5 mln. 430 ming kishi (2003). Maydoni – 49 035 kv. km. Rasmiy tili – slovak. Asosiy dinlari – katolik, protestant va pravoslav. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 8 o`lka. Pul birligi – slovak kronasi = 100 geller. Milliy bayrami: 1-yanvar – Slovakiya Respublikasi e’lon qilingan kun (1993).

Sloveniya. Poytaxti – Lyublyana. Aholisi – 2 mln. 11,5 ming kishi (2004). Maydoni – 20 250 kv. km. Rasmiy tili – sloven. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`lini-shi – 60 provinsiya. Pul birligi – tolar = 100 stotin. Milliy bayrami: 25-iyun – Sloveniya davlati e’lon qilingan kun (1991).

Xorvatiya. Poytaxti – Zagreb. Aholisi – 4 mln. 496 ming kishi (2004). Maydoni – 56 538 kv. km. Rasmiy tili – xorvat. Asosiy dinlari – katolik (hukmron), pravoslav va islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 102 jupaniy (rayon) va Zagreb shahri. Pul birligi – kuna = 100 lip. Milliy bayrami: 30-may – Xorvatiya davlati e’lon qilingan kun (1991).

Chernogoriya. Poytaxti – Setine. Aholisi – 672,5 ming kishi (2003). Maydoni – 13,8 ming kv. km. Rasmiy tili – serb. Hukmron dini – pravoslav. Ma’muriy-hududiy bo`lini-shi – 21 obshina (rayon). Pul birligi – yevro. Milliy bayrami: 21-may – Chernogoriya mustaqilligi kuni (2006).

Chexiya. Poytaxti – Praga. Aholisi – 10 mln. 310 ming kishi (2003). Maydoni – 78 864 kv. km. Rasmiy tili – chex. Asosiy dinlari – katolik (hukmron), protestant va pra-voslav. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 8 o`lka va Praga shahri. Pul birligi – chex krona-si = 100 geller. Milliy bayramlari: Kirill va Mefodiy kuni; 6-iyul – Yan Gus yondirilgan kun; 28-oktabr – Chexoslovakiya ozod etilgan kun (1918).

1-masala:

Ikkinchi jahon urushi G`arbiy Yevropa davlatlari qatori Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlari – Polsha, Vengriya, Ruminiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Bolga-riya va Albaniyani ham o`z domiga tortgan edi. Ularning ayrimlari – Polsha, Chexoslo-vakiya, Yugoslaviya, Albaniyani Germaniya va Italiya bosib oldi. Bolgariya, Vengriya va Ruminiya esa fashist davlatlarining ittifoqchisi sifatida urushda ishtirok etdilar. Bu davlatlar siyosiy-tarixiy adabiyotlarda “Sharqiy Yevropa davlatlari” (sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi ham shu qatorga kirgan) deb ham atalgan. Urushdan keyingi yillarda G`arbiy va Sharqiy Yevropa dav­latlari taqdiri turlicha kechdi. Chunonchi, G`ar-biy Yevropa davlatlari iqtisodiyotida erkin bozor munosabatlari to`la qaror topdi. Jami-yat hayotida tub demokratik tamoyillar mustahkamlandi. Ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari ishlab chiqarishga to`la joriy etildi. Natijada, G`arbiy Yevropa davlatlarida aholining yu-qori turmush darajasi ta’minlandi.

Sharqiy Yevropa davlatlarida esa jamiyat hayoti o`zgacha kechdi. Bunda, birinchidan, bu davlatlarni (Albaniyadan tashqari) SSSR armiyasi fashizmdan ozod etganligi hal qi-luvchi rol o`ynadi. Bu omil Sharqiy Yevropa davlatlarida kommunistik partiyalarning hokimiyat tepasiga kelishiga qulay imkoniyat yaratdi. Qolaversa, urush kommunistik partiyalarning obro`sini oshirgan ham edi. Chunonchi, Yugoslaviya va Albaniya kom-munistik partiyalari antifashist harakatga rahbarlik qildilar, boshqa davlatlarda esa kom-munistlar bu harakatda faol ishtirok etgan edilar.

Ikkinchidan, “sovuq urush” tufayli keskinlashgan SSSR-AQSH munosabatlari SSSR-ning Sharqiy Yevropa davlatlari ichki ishlariga aralashuviga qulay sharoit yaratdi. Nati-jada, 1946–1949-yillar davomida Sharqiy Yevropa davlatlarida kommunistlar hokimi-yatni to`la egallab oldilar. Chunonchi, bu davlatlarda, SSSRda bo`lganidek, ko`ppartiya-viylik, masalan, Vengriya, Ruminiya, Yugoslaviya va Albaniyada tugatildi. GDR, Pol-sha, Chexoslovakiya va Bolgariyada nomigagina ko`ppartiyaviylik saqlab qolindi. Ma-salan, GDRda 5 ta siyosiy partiya mavjud bo`lsada, real hokimiyat kommunistik partiya – Germaniya yagona sotsialistik partiyasi (GYASP) qo`lida edi. Boshqa 4 ta siyosiy par-tiya GYASPning yetakchi, rahbar siyosiy kuch ekanligini tan olishga majbur etilgan edi.

Hokimiyatni egallagan kommunistik partiyalar “sotsialistik jamiyat” qurishga kirish-dilar. Aslida, ular qurmoqchi bo`lgan sotsialistik jamiyat SSSRda qurilgan g`ayriinsoniy jamiyat – “totalitar sotsializm”ning deyarli o`zginasi edi. To`g`ri, bu davlatlarning ay-rimlarida (masalan, Yugoslaviyada) qurilgan sotsializm ba’zi jihatlardan SSSRdagidan farq qilsada, amalda, u ham totalitar sotsializm edi. Hokimiyatning bo`linishi tamoyili inkor etildi. Davlatning barcha organlarida kommunistik partiya nazorati o`rnatildi. Dav-lat konstitutsiyalarida fuqarolar uchun e’lon qilingan huquq va erkinliklar amalda ro`-yobga chiqarilmadi. Konstitutsiya nomigagina amal qilardi. Unga ko`ra, umumiy saylov huquqi asosida saylovlar o`tkazib turildi (aslida, u saylov emas, majburiy ovoz berdirish edi). Bu – demokratiyaning amalda yo`qqa chiqarilishi edi. Mavjud tartibga qarshi chiq-qanlar yoki ularga e’tiroz bildirganlar ta’qib etildi, qatag`on qilindi.

Iqtisodiyotda bozor munosabatlari barham topdi. Uning o`rnida SSSRdagidek rejali iqtisodiyot vujudga keltirildi. Deyarli barcha mulk davlat mulkiga aylantirildi. Bu esa, amalda, xususiy mulkchilikning barham topishiga olib keldi. Shu tariqa, Sharqiy Yevro-pa davlatlarida xalq demokratiyasi emas, totalitar sotsializm qurildi.

Bu davlatlar (Yugoslaviyadan tashqari) tashqi siyosatda SSSR manfaatiga bo`ysundi-rildi. Ular, 1949-yilda O`zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O`IYOK) iqtisodiy kengashi-ga, 1955-yilda esa Varshava Shartnomasi Tashkiloti (VSHT) harbiy-siyosiy tashkilotiga birlashtirildi. Albaniya, keyinchalik, VSHTdan chiqqan bo`lsa, Yugoslaviya esa bu tash-kilotga umuman a’zo bo`lmagan. Bundan tashqari, Sharqiy Yevropaning Yugoslaviya va Albaniyadan boshqa barcha davlatlari hududiga SSSR qurolli kuchlari joylashtirilgan edi.

Sharqiy Yevropa davlatlarida “sotsializm qurilishi” xalqning tanlashiga qarab emas, balki, xohish-irodasiga qarshi amalga oshirildi. Chunki, bu dav­latlar aholisining katta qismi SSSR namunasidagi sotsializmni (aslida u totalitar sotsializm edi) istagan emas. Buning sababi – SSSRda qurilgan va ko`klarga ko`tarib maqtalgan “sotsializm” insoni-yatning asl maqsad va manfaatlarini ro`yobga chiqarolmadi.

Nega barcha rivojlangan davlatlarda xususiy mulkchilik saqlab qolingan? Nega ular-ning iqtisodiyotida bozor munosabatlari amal qiladi? Nega bugungi mustaqil O`zbekis-ton iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan erkin demokratik jamiyat qurmoqda? Chunki, shunday jamiyatgina insonning hayotdan ko`zlagan maqsadlarini ro`yobga chi-qarishga imkoniyat yaratadi.

“Totalitar sotsializm” jamiyatida barcha sohalar, hatto, insonning ongi, orzu-umidlari ham qonunga mutlaqo bo`ysunmaydigan davlat nazorati ostiga olinadi. Inson insonpar-varlik tamoyillariga javob beruvchi qonunlar doirasida erkin yashashi kerak. “Totalitar sotsializm” buni istamaydi. Chunki, bunday jamiyatda adolatli qonun amal qilmaydi. Davlat esa hech qanday qonunga bo`ysunmaydi. Oxir-oqibatda bu davlat o`z fuqarola-rini zo`ravonlik bilan itoatda tutishga intiladi. Bu esa jamiyatni inqirozga yuz tuttiradi va uni halok etadi. To`g`ri, bu hodisa birdaniga ro`y bermaydi. Bunga sobiq sotsialistik davlatlar bosib o`tgan yo`l misol bo`ladi. Quyida ularni ko`rib o`tamiz.

2-masala:

1949-yil 7-oktabrda Germaniyaning sharqiy – SSSR okkupatsiyasi hududida Germa-niya Demokratik Respublikasi tashkil etildi. V.Pik GDR prezidenti, O.Grotevol bosh va-zir etib saylandi. Ular hukmron Germaniya yagona sotsialistik partiyasi (GYASP) vakil-lari edilar. GYASP 1952-yilda GDRda sotsialistik jamiyat qurilishini e’lon qildi. 1953-yilda mamlakatda mavjud tuzumga qarshi isyon ko`tarildi va u SSSR qo`shinlari yorda-mida bostirildi. 1960-yilning sentabrida, V.Pik vafotidan keyin, prezidentlik lavozimi tu-gatilib, uning o`rniga Davlat Kengashi tuzildi va unga rais etib GYASP yetakchisi V.Ul-brixt saylandi. O.Grotevol 1964-yilgacha, ya’ni, vafotiga qadar bosh vazirlik lavozimida ishladi.

Bu davrda GDRda sotsialistik jamiyatning inqirozi boshlangan edi. Mavjud tuzumga qarshi qo`zg`olonlar ham ko`tarilishi davom etdi. Ular GDR hududiga joylashtirilgan SSSR armiyasining kuchi bilan bostirildi. Ko`plab aholi G`arbiy Berlin orqali GFRga qochib o`ta boshladi. 1961-yilning avgust oyida GDR hukumati Berlin shahrining shar-qiy qismini g`arbiy qismidan ajratib turuvchi devor qurishga majbur bo`ldi. Bu devor ta-rixga “Berlin devori” nomi bilan kirgan edi.



V.Ulbrixt 1971-yilgacha partiya va davlat rahbari bo`lib turdi hamda keksayib, sog`-lig`i yomonlashgach, o`z lavozimini E.Xonekkerga topshirdi. Iqtisodda davlat sektori hukmron bo`lib qoldi. Zarariga ishlagan korxonalar ishini boshqa korxonalar hisobiga ushlab turish kuchaydi. Lekin, GDR iqtisodiyoti boshqa sotsialistik davlatlarga nisbatan yangi texnologiya bilan ta’minlangan edi. Ishlab chiqarish kombinatlari yalpi mahsulot-ning 94 foizini berardi. Tashqi savdoning 40 foizi SSSR hisobiga to`g`ri kelardi.

Ammo, GFR bilan solishtirganda, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi 1/3 qismni tashkil qilardi. Bor-yo`g`i korxonalar 32 foiz foyda bilan ishlardi. Aholi turmush darajasi GFRga qaraganda 3 baravar past edi. GFRdagi ahvol GDR xalqini o`ziga rom qilardi. 1989-yilning o`zida 400 ming kishi GFRga ko`chib ketdi. Ommaviy norozilik kuchaydi. 1989-yil 18-oktabrda E.Xonekker barcha lavozimlaridan ozod etildi. 9-noyabrda “Berlin devori” buzib tashlandi. 1990-yil 3-oktabrda ikkala Germaniya birlashdi.

1946-yilning 1-fevralida Vengriya Res-publikasi e’lon qilindi. F.Nad bosh vazir lavozimini egalladi. Biroq, u ko`p o`tmay kommunistlar bilan kelisholmay qoldi va Shveysariyaga ketib qoldi. Z.Tildi mamla-kat prezidenti lavozimiga o`tirib, 1948-yil avgustgacha ishladi. Shu davrdan uning o`rniga A.Sakashich keldi.

1948-yil iyunda sotsial-demokratik va kommunistik partiyalar birlashib, Vengriya mehnatkashlar partiyasi (VMP) tashkil top-di. Shu davrdan boshlab M.Rakoshi 1956-yilning iyuligacha partiya rahbari bo`lib ishla-di. 1956-yilning 25-oktabrida Budapeshtda mavjud tuzumga qarshi qo`zg`olon ko`taril-di. Qo`zg`olonni bostirishni va’da bergan I.Nad bosh vazir etib tayinlandi. Lekin, u o`z va’dasini buzib, mamlakatning VSHTdan chiqishini va SSSR qo`shinlarining olib chiqib ketilishini talab qildi. E.Gerening 4 oylik boshqaruvidan so`ng VMP rahbarligiga Ya. Kadar keldi. 1956-yil 4-noyabrda SSSR qo`shinlari isyonni bostirdi. I.Nad qamoqqa oli-nib, 1958-yil 17-iyunda qatl etildi.

60-yillarda iqtisodiyotda kam xomashyo talab qiladigan sohalarni rivojlantirish yo`lga qo`yildi. Aholi talabidan kelib chiqib, ijtimoiy sohaga, xalqni zarur ehtiyoj mollari bilan ta’minlashga e’tibor qaratildi. Qishloqda 98 foiz yer sotsialistik sektor qo`liga o`tdi. SSSR Vengriyaga katta yordam ko`rsatdi.

Lekin, islohotlar kutgan natijani bermadi. 80-yillarda ahvol murakkablashib, mamla-katni 22 yil idora qilgan Ya.Kadar o`rniga K.Grosu keldi. Demokratik kuchlar sotsialis-tik tuzumga qarshi chiqdilar. 1990-yilgi saylovlarda koalitsion hukumat tuzilib, uni I. Antal boshqardi. Mamlakat prezidenti etib Erkin demokratik ittifoq (EDI) rahbari A. Gens saylandi.

1990-yilda yalpi ichki mahsulotning 90 foizini nodavlat sektori bera boshladi. Vengri-yada 1994-yildan ishlab chiqarish o`sdi. Vengriya 1998-yilda NATO va 2004-yilda Yev-ropa Ittifoqiga a’zo bo`ldi. Hozirgi mamlakat prezidenti F.Madldir.

1945-yil 28-iyunda Polsha emigrant hukuma-ti va Polsha milliy-ozodlik komiteti birlashtiri-lib, “Milliy birlik” hukumati tuzildi. Bosh vazir lavozimini E.Osubka-Moravskiy, uning o`rin-bosari lavozimini esa S.Mikolaychik egalladi. Bir qator islohotlar o`tkazilib, yangi jamiyat qu-rishga kirishildi. 1947-yil 17-yanvarda Polsha parlamenti – Seymiga saylovlar bo`lib o`tdi va B.Berut (1892–1956) mamlakat prezidenti, Yu.Sirankevich esa hukumat raisi vazifalari-ni qo`lga kiritishdi. B.Berut 1948-yilning dekabridan Polsha birlashgan ishchi partiyasi (PBIP) rahbari ham bo`lib qoldi.

50-yillarda sanoatda sezilarni o`zgarishlar bo`ldi. 10 mingdan ortiq kooperativlar tu-zildi. Ammo, kollektivlashtirishda jiddiy xatolarga yo`l qo`yildi. 1956-yilning martida B.Berut vafotidan keyin partiyada ham birlik bo`lmadi. Xalqning noroziligi kuchaydi. Mamlakatda siyosiy inqiroz boshlandi. Iyun oyida ishchilar ish tashladi, talabalar namo-yishga chiqdi. Xalq harakati mamlakat armiyasi tomonidan qonga botirildi. To`qnashuv-da 53 kishi o`ldirildi.

1956-yil oktabr oyida V.Gomulka (1905–1982) partiya rahbarligiga keldi. Xalq birligi fronti tuzilib, hukumatga barcha partiyalar vakillari kiritildi va unga Yu.Sirankevich boshchilik qildi. V.Gomulka tutgan yo`l ham o`zini oqlamadi. 1970-yil dekabrda oziq-ovqat tovarlari narxi oshishi e’lon qilindi. Bu ommaviy norozilikka sabab bo`ldi. Nati-jada, 1970-yil 20-dekabrda partiya rahbarligiga E.Gerek (1913–2002) keldi. Hukumat “o`ta industrlashtirish” siyosatini yuritdi. Tashqi qarz 23 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Yetishmovchiliklar kuchaydi, olibsotarlik va jinoyat o`sdi. 1980-yilda ommaviy ish tash-lashlar boshlandi.

1981-yilda “Birdamlik” (“Solidarnost”) harakati vujudga keldi. Uning rahbari ishchi-elektrik L.Valensa edi. 1981-yilning fevralida V.Yaruzelskiy bosh vazir, sentabrda esa partiya rahbari etib saylandi. 14-dekabrda mamlakatda “harbiy holat” e’lon qilindi. “Bir-damlik” taqiqlandi, rahbarlari esa qamaldi.

1983-yilning yozida “harbiy holat” bekor qilindi. Korxonalar xususiylashtirila bosh-landi. 1988-yilning iyulidan 1990-yilning dekabrigacha V.Yaruzelskiy mamlakat prezi-denti lavozimida ishladi. Hukumatni L.Valensaning safdoshi T.Mozaveskiy boshqardi.

1990-yilda PBIP faoliyati tugadi. Dekabr oyida L.Valensa prezidentlikka saylandi. 1993-yilda 70 foiz korxona xususiylashtirildi. “Shok terapiyasi” amalga oshirildi. Demo-kratiyani rivojlantirish choralari ko`rildi. Qator qiyinchiliklar yuzaga keldi.

1995-yilgi saylovlarda A.Kvasnevskiy prezidentlikka saylandi. Polsha Yevropa Ittifo-qi va NATOga qabul qilindi.

3-masala:

1945-yil mart oyida Chexoslovakiyada Milliy front tuzildi. Respublika prezidenti la-vozimini E.Benesh egalladi. 1945-yil 4-aprelda Z.Firlinger boshliq hukumat tuzildi. K. Gotvald bosh vazir o`rinbosari bo`lib qoldi. Bu tarixda “Koshitse hukumati” deb nom ol-di. 1945-yil 21-iyunda fashistlar bilan hamkorlik qilganlarning mulki bepul musodara qilindi. 24-iyunda korxonalar va banklar milliylashtirildi.

1946-yil 26-mayda K.Gotvald hukumat boshlig`i lavozimini egalladi. 1948-yil 6-iyunda E.Benesh iste’foga chiqqach, K.Gotvald mamlakat prezidenti etib saylandi. 50-yillarda sanoat 93 foizga o`sdi, yirik korxonalar qurildi, xalqning turmush darajasi oshdi.

1953-yil martda, K.Gotvald vafotidan keyin, A.Zapoteskiy prezident bo`ldi, 1957-yil-da uning o`rniga A.Novotniy (1904–1975) keldi. Lekin, 1961–1963-yillarda mamlakatda og`ir inqiroz ro`y berdi va u 1966-yilgacha davom etdi. Sanoat va qishloq xo`jaligi o`si-shi, mehnat unumdorligi pasaydi. Xalqning noroziligi kuchaydi. A.Novotniyning uzoq yillik hukmronligi davrida qotib qolgan “totalitar jamiyat”ni o`zgartirishga da’vatkorlar ko`paydi. Natijada, 1968-yilning yanvar oyida Chexoslovakiyada A.Dubchek boshchili-gida jamiyatni islohot yo`li bilan tubdan yangilash tarafdorlari bo`lgan kuchlar hokimi-yat tepasiga kelishdi. A.Novotniy lavozimidan ketdi.

A.Dubchek iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy etish, jamiyatni demokratlash-tirish rejasini e’lon qildi. SSSR oliy siyosiy rahbariyati, shuningdek, Chexoslovakiya kommunistik partiyasi (CHKP)ning KPSSga sodiq qismi bu rejani “aksilinqilobiy reja”, deb hisobladilar. Ayni paytda, A.Dubchek va uning tarafdorlarini o`z rejasidan voz ke-chishga chaqirdilar. Biroq, A.Dubchek boshchiligidagi CHKPning islohotchi rahbariyati o`z fikrlarida qat’iy turdilar.

1968-yil 21-avgust kuni VSHTga a’zo 5 davlat – SSSR, Polsha, GDR, Vengriya va Bolgariya armiyasi Chexoslovakiya hududiga kiritildi. Shu tariqa, “totalitar sotsializm”-ni yo`q qilish yo`lidagi harakat bostirildi. A.Dubchek va uning tarafdorlari hibsga olindi. Tarixga bu voqealar “Praga bahori” nomi bilan kirdi. Bu voqealar Sharqiy Yevropa dav-latlarida sovetlar nusxasidagi sotsializm aholi xohish-istagiga qarshi kuch bilan o`rnatil-ganligini yana bir bor isbotladi.

1968-yilning boshida ishlab chiqilgan dasturdan faqat bittasi – mamlakatni Chexiya va Slovakiyadan iborat Federatsiyaga aylantirish amalga oshdi. 1969-yilning aprelida A. Dubchek lavozimidan bo`shatilib, uning o`rniga G.Gusak saylandi. Mamlakatda totalitar rejim o`rnatilib, siyosiy rahbarlarning bir qismi muhojirlikka ketdi, ko`pchiligi hibsga olindi va yanchib tashlandi. G.Gusakning harakatlariga (ishlab chiqarishni intensivlash-tirish, texnologiyani yangilash, narxlarning nazorat qilinishi, boshqaruv tizimini takomil-lashtirish) qaramasdan iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlari pasayib ketdi. Ishlab chiqa-rilgan mahsulotlarning 3 foizigina jahon standartlari darajasida edi. Natijada, aholini za-rur mahsulotlar bilan ta’minlashda uzilishlar ro`y berdi. Norozilik to`lqinlari kuchaydi. “Xartiya-77” muxolifat guruhi paydo bo`ldi.

1987-yilda liberal islohotchilar harakati boshlandi. 1989-yil 17-noyabrda radikal islo-hotni talab qilgan yoshlarning ommaviy chiqishlari boshlandi. Namoyishlar politsiya yordamida bostirildi. SSSR qo`shinlari betaraflik pozitsiyasida turdi. 18-noyabrda “Fu-qarolik forumi” (FF) tuzildi. 1989-yil 24-noyabrda CHKP rahbariyati iste’foga chiqdi (1987-yil dekabrda CHKP bosh kotibi lavozimini M.Yakesh egallagan edi). 10-dekabrda 77 yoshli G.Gusak prezidentlik lavozimidan ketdi. “Fuqarolik forumi” yo`lboshchisi V. Gavel mamlakat prezidenti, A.Dubchek esa Federal Majlis raisi etib saylandi. Shunday qilib “baxmal inqilobi” amalga oshdi. 1990-yil iyunda saylovlar bo`lib, “Fuqarolik foru-mi” 50 foizga yaqin ovoz oldi. V.Klaus boshliq koalitsion hukumat tuzildi.

Endi, mamlakat ikkiga bo`linish muammosiga duch keldi. 1993-yilning 1-yanvaridan dunyo xaritasida ikkita mustaqil davlat – Chexiya Respublikasi va Slovakiya Respubli-kasi paydo bo`ldi. 1993-yil bahorida M.Kovach Slovakiya prezidenti etib saylandi. V. Michya bosh vazir lavozimini egalladi. Hozirgi paytda Slovakiyada R.Shuster prezident-lik qilmoqda. 1994-yilga kelib Slovakiyada ishlab chiqarish darajasi yuqori sur’atlarda o`sdi. 2004-yilda Chexiya va Slovakiya Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilindi.

Ruminiyada 1945-yil 6-mart kuni eski burjua hukumati o`rniga P.Groza boshliq Xalq demokratik fronti (XDF) hukumati tuzildi. Bu hukumat fashizm tarafdorlari yerlarini, mulklarini musodara qildi va yersizlarga bo`lib berdi. 1945-yil oktabrda G.Georgiu-Dej Ruminiya kommunistik partiyasi (RKP, 1948-yil fevraldan Ruminiya ishchi partiyasi – RIP) rahbari etib saylandi. SSSR namunasidagi sotsializm qurish boshlandi. Korxonalar va banklar davlat mulkiga aylantirildi. 1947-yil 30-dekabrda qirol Mixay taxtdan voz ke-chib, Ruminiya Xalq Respublikasi deb e’lon qilindi. 1952-yil sentabrda yangi Konsti-tutsiya qabul qilindi. P.Groza iste’foga chiqdi va G.Georgiu-Dej Vazirlar Kengashi raisi (1961-yildan prezidentlik) lavozimini ham egalladi. 1958-yilda SSSR qo`shinlari mam-lakatdan olib chiqib ketildi.

50-yillarda 2 ta besh yillik reja bajarildi. 1960-yilda 11,5 mln. tonna neft ishlab chiqa-rildi. Bu 1938-yilga nisbatan 2 baravar ko`p edi. 1962-yili mamlakatda qishloq xo`jail-gini jamoalashtirish tugadi. Qora va rangli metallurgiyani rivojlantirish choralari belgi-landi.

1965-yilning iyulida G.Georgiu-Dej vafot etgach, partiyada uning o`rnini N.Chau-shesku egalladi. Prezidentlik lavozimi tugatilib, 1974-yilda qayta joriy qilindi va N.Cha-ushesku uni ham egalladi. Natijada, mamlakatda uning diktatorligi qaror topdi.

Ruminiya hukumati Ruminiyaning o`ziga xosligini ta’kidlab, “Brejnev doktrinasi”dan saqlanar, O`IYOK integratsiyasi tadbirlarining ba’zilarida qatnashmas, Xitoy Xalq Res-publikasini qo`llab-quvvatlar va xalqaro tashkilotlardan yordam olishga harakat qilardi. 80-yillarda iqtisodiyotning o`sish sur’atlari pasaydi. Yuksak texnologiya va xususiy xo`-jaliklarga e’tibor berilmadi. Aholi ta’minoti yomonlashdi.

1987-yil Brashovada “Yo`qolsin diktator!” shiori ostida bo`lib o`tgan namoyish bosti-rildi. 1989-yil 17-dekabrda Timishoara (Transilvaniya)da protestant ruhoniylarni ko`chi-rish jarayonida g`alayonlar kelib chiqdi va ular qurol yordamida bostirildi. Hokimiyat-dan norozi bo`lganlar Millatni qutqarish fronti (MQF) tuzdilar. Unga I.Iliyesku rahbarlik qildi. 1989-yilning 22-dekabrida N.Chaushesku diktaturasi ag`darib tashlandi. 25-deka-brda diktator va uning xotini sud qarori bilan otib tashlandi.

1990-yilning may oyida saylovda I.Iliyesku prezident etib saylandi. Mamlakat bozor iqtisodiyotiga o`ta boshladi. Xususiylashtirish kuchaytirildi. Lekin, ahvolni yaxshilash-ning iloji bo`lmadi. Aholining turmush darajasi pasaydi. Olibsotarlik va jinoyatchilik ku-chaydi. 1996-yilgi saylovda liberallar rahbari E.Konstantinesku prezidentlik lavozimini egalladi. U xususiylashtirishni tugallash, chet el investitsiyalarini jalb qilish, ishlab chi-qarish samaradorligini va aholi daromadini oshirish uchun qator tadbirlar belgiladi. Le-kin, ahvol baribir yaxshilanmadi. 2000-yilgi saylovlarda yana I.Iliyesku prezidentlik la-vozimiga keldi.

1944-yil 9-sentabrda Bolgariyada Vatan fronti hukumati tuzilib, unga K.Georgiyev boshchilik qildi. 20 yillik emigratsiyadan 1945-yil noyabrda mamlakatga qaytib kelgan G.Dimitrov Xalq Majlisi raisligiga saylandi. 1945-yil noyabrda fashizmga yon bosganlar mulki milliylashtirildi. 1946-yil martda agrar islohot o`tkazildi. 1946-yil 15-sentabrda Bolgariya Xalq Respublikasi deb e’lon qilindi va yangi hukumatga G.Dimitrov bosh-chilik qildi. Mamlakatda sovetlar namunasidagi sotsializm qurish boshlandi. 1947-yilda barcha mulklar milliylashtirildi.

G.Dimitrov 1949-yil iyul oyida, uning o`rniga kelgan V.Kolarov esa 1950-yil yanvar-da vafot etdi. Davlat va kommunistik partiya boshlig`i lavozimini G.Chervenkov egalla-di. Uning shaxsiga sig`inish iqtisodiyotga katta zarar yetkazdi. Sanoat o`sishi, aholini za-rur mahsulotlar bilan ta’minlash darajasi pasaydi. Bir qator shaxslar qatag`on qilindi.

1954-yil martda partiya rahbarligiga T.Jivkov keldi. G.Cherven­kov hukumat boshlig`i lavozimidan ozod qilindi, uning o`rniga A.Yugov tayinlandi. T.Jivkov 1962-yilda A.Yu-gov o`rnini ham egalladi. U 1971-yilning iyulidan mamlakat prezidenti lavozimiga say-landi va o`z diktaturasini o`rnatdi. Mamlakat hokimiyat tuzilmalarida urug`-aymoqchilik avj oldi.

T.Jivkov davrida yangilanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish, ish-lab chiqarishni intensivlashtirish, uning samaradorligini oshirish uchun xo`jalik va bosh-qaruv tizimi o`zgartirib borildi. Mehnat intizomining qattiqlashuvi oylik maosh va nafa-qalarni oshirish, ijtimoiy iste’mol fondlarini kuchaytirish hamda yangi uy-joylar qurili-shi bilan qo`shib olib borildi. Mamlakatda sanoat o`sdi, AESlar qurildi, qishloq xo`jaligi va shaharlar yangi qiyofaga kirdi. Mamlakat O`IYOK ishida faol qatnashdi.

Ammo, ishlab chiqarish samaradorligi deyarli o`zgarmadi, yuksak texnologiyalarni uning asosiy kuchiga aylantirishga muvaffaq bo`linmadi. Investitsiyalar qisqara bordi, milliy boylikning o`sish sur’atlari va mehnatkashlar turmush darajasi pasaydi. Mamla-katda korrupsiya kuchaydi. 80-yillarning ikkinchi yarmida aholining keng qatlamlari tu-zumdan norozi bo`la boshladi. SSSRdagi “qayta qurish”ni T.Jivkov norozilik bilan qar-shi oldi. U 1987-yilda Bolgariyani SSSR tarkibiga qo`shib olishni so`radi, lekin, Sovet Ittifoqi rahbariyati bunga rozi bo`lmadi. Shundan so`ng T.Jivkov mamlakatda “sotsia-lizmning yangilangan modeli”ni qurishga kirishdi.

1988-yildan boshlab hech qanday tayyorgarliksiz korxonalarning o`zini-o`zi boshqa-rishi to`g`risida, qishloq joylarda o`zini-o`zi mablag` bilan ta’minlashni tashkil etish ha-qida farmonlar chiqardi va dunyo bozori narxlarini joriy qildi. Ammo, bu ahvolni yana-da murakkablashtirdi.

1989-yil 10-noyabrda T.Jivkov o`z lavozimidan chetlashtirildi, sud qilinib, qamoq ja-zosiga hukm qilindi. 1996-yildan uy qamog`ida saqlanadigan bo`ldi. 1990-yil yozidagi saylovlardan so`ng J.Jelev prezidentlik lavozimini egalladi. Lekin, ishlab chiqarishning pasayishi, inflatsiyaning o`sishi va oziq-ovqat tanqisligi kuchaydi.

1996-yil kuzidagi saylovlarda mamlakat prezidentligiga P.Stoyanov saylandi. 2001-yilgi saylovlarda G.Parvanov g`alaba qozondi. Bolgariyada Yevropa Ittifoqi bilan yaqin-lashish, bozor iqtisodi qonunlarini joriy etish natijasida milliy valyutaning kuchayishi va inflatsiyaning susayishi ta’minlandi. Aholi sotsialistik xomxayollardan qutula bordi.

4-masala:

Yugoslaviyada 1945-yil 7-martda B.Tito boshchiligida birlashgan vaqtli hukumat tu-zildi. 1945-yil 29-noyabrda Ta’sis Skupshinasi monarxiyani bekor qildi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi e’lon qilindi. 1945-yilning avgustida agrar islohot e’lon qi-lindi. Eng ko`p yer 25–35 gektar deb belgilandi. Traktorsozlik, avtomobilsozlik, asbob-sozlik, qora va rangli metallurgiyani rivojlantirish uchun choralar ko`rildi. Lekin, qish-loq xo`jaligida ahvol og`ir edi. Dehqon mehnat kooperativlari 50 foizgacha dehqonlarni birlashtirdi.

1953-yilning yanvarida mamlakatda prezidentlik lavozimi joriy etildi va B.Tito bu la-vozimni ham egalladi. 1957–1965-yillarda sanoat 7,5 foizga o`sdi. Sotsialistik sektorda 29 foiz haydaladigan yer to`plandi. Ko`rilgan choralar natijasida 50-yillar oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi davrdagidan 3 baravar, qishloq xo`jaligi 40 foiz o`sdi. 1965-yilda yangi islohotlar boshlandi. 1971-yilda 60 foiz traktorlar xusu-siy xo`jaliklar qo`lida edi. Ishchilar vaqtincha chet elga ketib ishlab, mamlakat moliyasi-ga katta yordam berdilar. 1971-yilda 1 mln.dan ortiq yugoslaviyaliklar rivojlangan dav-latlarda ishladilar.

70-yillarga kelib ahvol murakkablashdi. Millatchilar bosh ko`tardi. 1974-yilda ittifoq-dosh respublikalar huquqlarini cheklaydigan yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Shu yil-ning may oyida B.Tito cheklanmagan muddatga prezident etib saylandi. Lekin, iqtiso-diyot og`irlashib bordi. Xorijdan mamlakat 40 mlrd. AQSH dollari miqdorida qarzdor bo`lib qoldi.



Iosif Broz Tito (1892–1980) – Yugoslaviya prezidenti. 1892-yil 7-may-da Xorvatiyaning shimoli-g`arbiy qismida, Zagreb yaqinidagi Kumrovets qishlog`ida dunyoga keladi. 1913-yilda Avstro-Vengriya armiyasiga cha-qiriladi (bu paytda markaziy va janubi-g`arbiy Yevropaning katta qismi Avstro-Vengriya tasarrufida edi) va tez orada serjant unvoniga ega bo`-ladi. 1915-yilda (Birinchi jahon urushi davrida) Karpat frontidagi jang-larda yarador bo`ladi va ruslarga asir tushadi.

B.Tito 1917-yil oktabr to`ntarishidan keyin qizil armiya safiga xizmatga o`tadi. 1920-yil Xorvatiyaga qaytib, Yugoslaviya kommunistik partiyasi (YKP)ga a’zo bo`ladi. 1934-yilda esa Kompartiyaning siyosiy byurosiga a’zo bo`ladi. 1935–1936-yillarda Moskvada Komintern apparatida faoliyat yuritadi. 1937-yilda Yugoslaviyaga qaytadi va 1939-yil-dan YKPga rahbarlik qila boshlaydi.

1941-yildan B.Tito Yugoslaviya hududiga bostirib kirgan fashistlarga qarshilik hara-katiga shaxsan rahbarlik qiladi. Urush yakunlangach B.Tito 1945–1963-yillarda Yugo-slaviya hukumatiga rahbarlik qiladi. 1953-yil yanvarda B.Tito Yugoslaviya prezidenti etib saylanadi.

Yugoslaviyda qishloq xo`jaligini jamoalashtirish aholi tomonidan qattiq qarshilikka uchraydi va nihoyasiga yetmay qoladi. B.Tito Yugoslaviyani buyuk davlatga aylantirish, Bolqon Federatsiyasini tuzis va, Albaniya hududiga o`z qo`shinlarini joylashtirishga ha-rakat qildi. Bu narsa Moskvaga yoqmadi. Natijada, kelishmovchilik paydo bo`ldi. I.Sta-lin B.Titoni kolxozlashtirishda sustkashlikka yo`l qo`yganlikda, iqtisodiy va siyosiy so-hada sotsializmga “xiyonat” qilishda aybladi. Bu esa SSSR va Yugoslaviya o`rtasidagi qarama-qarshilikka sabab bo`ldi. 1949-yilda aloqalar uzildi. N.Xrushchyov tomonidan B.Titoning “sotsializm qurishdagi mustaqil yo`li” tan olingach, u 1957-yilda sotsialistik blokka kirishga tayyor ekanligini bildiradi, ammo, keyinchalik bundan voz kechadi. 1963-yilda B.Tito umrbod Yugoslaviya prezidentligiga saylanadi.

1961-yildan B.Tito “Qo`shilmaslik harakati”ga rahbarlik qiladi. 1968-yilda VSHTga a’zo davlatlar armiyasining Chexoslovakiyaga hujumini qoralaydi va A.Dubchekni qo`l-lab-quvvatlashini bildiradi.

B.Tito 1980-yilning 4-mayida Lyublyanada vafot etadi.

Bu davrga kelib Yugoslaviyaning parchalanishi boshlandi. 1991-yilning iyunida Xor-vatiya, Sloveniya va Makedoniya mustaqil respublikalar deb e’lon qilindi. 1992-yilning yanvarida Bosniya va Gersegovina mustaqil davlat bo`lib oldi. 1989-yildan Yugoslaviya prezidentligi lavozimida ishlayotgan S.Miloshevich mamlakat yagonaligini saqlab qolol-madi. 1991-yil oxirida u faqat Serbiya prezidenti bo`lib qoldi. Shu yili Serbiya va Cher-nogoriya o`z federatsiyalarini Yugoslaviya Respublikalari Ittifoqi (YRI) deb atadi va 1997-yildan S.Miloshevich uning prezidenti bo`ldi.

1991-yilda Xorvatiyada F.Tujman (u 1999-yilda vafot etgach, S.Misich), 1990-yildan Bosniya va Gersegovinada A.Izetbegovich, 1997-yildan Sloveniyada M.Kuchan huku-mat rahbarligida ishlab keldilar. S.Miloshevich Xorvatiya hamda Bosniya va Gersegovi-naga qo`shin kiritdi. 5 ming kishi o`ldirildi, 500 ming kishi qochoqqa aylandi. Yugosla-viyadagi bu voqealardan keyin 10 ming kishi Vengriyaga qochib o`tdi. O`n minglab ki-shilar G`arbiy Yevropa davlatlariga ketdi.

YRIning keyingi rivojlanishidagi murakkab vaziyat S.Miloshevichning Kosovodagi siyosati natijasi bo`ldi. U yerda 1990-yilga kelib alban millatiga mansub bo`lmagan aho-li atigi 10 foizni tashkil qilardi. Ko`pchilikni tashkil etgan albanlar keng muxtoriyatni ta-lab qildi va o`lka huquqlarini cheklashga javoban o`z parlamentini sayladi. Bu parlament esa Kosovo Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi, Konstitutsiyani qabul qildi va prezi-dentni sayladi. Serbiyaning bu respublikaga qurolli kuchlar yordamida barham berishga bo`lgan urinishi Kosovoning qurollangan otryadlariga to`qnash keldi.

Serbiya qo`shinlarining Kosovoga bostirib kirishiga albanlar partizanlik urushi bilan javob qaytarishdi. Urush qurbonlar va qochoqlar sonini oshirdi. Bu urush va S.Miloshe-vichning kosovoliklar bilan muzokora olib borishdan bosh tortishi BMT, YXHT, NATO kabi xalqaro tashkilotlarning va yirik mamlakatlarning aralashuviga sabab bo`ldi. Rossi-yaning e’tirozlariga qaramasdan, NATO 1998-yilda Serbiyani bombardimon qildi.

Buyuk davlatlar Kosovoning Serbiya tarkibida ekanligini tan olib, Kosovodagi fuqaro va etnoslarning huquq va erkinliklarini himoya qilgan holda, Yevropadagi bu urush o`chog`ini yo`q qilishga intilmoqda, ammo, alban separatistlari “Buyuk Albaniya”ni tu-zish uchun qurolli kurashni to`xtatmayaptilar. Serbiyaning bombardimon qilinishi va un-ga qarashli qo`shinlarning Kosovodan chiqarilishidan so`ng YRI qiyin vaziyatda qoldi. Serbiyada taraqqiyot yo`lini o`zgartirish va S.Miloshevichning iste’foga chiqishini talab etuvchi chaqiriqlar faollashdi. Faqat, 2000-yildagina Serbiyada demokratik kuchlar bir-lashishga muvaffaq bo`lishdi va federal prezident saylovlarida S.Miloshevich mag`lubi-yatga uchradi. Hukumat saylovlarni bekor qilishga urindi, ammo, oktabr oyida qo`zg`o-lon darajasiga yetgan xalq chiqishlari S.Miloshevichni iste’foga chiqishga majbur etdi va mamlakat prezidentligiga demokratik kuchlar yetakchisi V.Koshtunitsa saylandi. S.Mi-loshevichning Yugoslaviyadagi xunrezliklari uchun Gaaga xalqaro tribunali 2001-yilda uning ustidan sud boshladi va u qamoqda vafot etdi. Hozirgi kunda B.Tadich Serbiya prezidentidir.

XX-asr oxiriga kelib fuqarolar urushi natijasida sobiq Yugoslaviya Sotsialistik Fede-rativ Respublikasi (YSFR)dagi 6 ta ittifoqdosh respublikadan 4 tasi – Sloveniya, Xorva-tiya, Makedoniya, Bosniya va Gersegovina mustaqil davlat bo`lib ajralib chiqdilar. Bu davrda, oldin Bosniya va Gersegovinaga, so`ngra, Kosova avtonom o`lkasiga AQSH ye-takchiligida BMT qo`shinlari kiritildi va etnik kelishmovchiliklarni tugatish uchun 1999-yilda Kosova BMT protektoratiga aylantirildi.

1992-yildan to 2003-yilgacha Serbiya va Chernogoriyaning ittifoqi Yugoslaviya Res-publikalari Ittifoqi yoki “Kichik Yugoslaviya” deb ataldi. 2003–2006-yillarda Serbiya va Chernogoriya konfederativ davlatlar ittifoqi vujudga keldi. 2006-yil 21-mayda Cherno-goriyada Serbiyadan alohida bo`lish masalasida referendum bo`lib o`tdi. Saylovchilarni-ng 50 foizdan ortig`i Chernogoriyaning mustaqilligi uchun ovoz berdi. 3-iyunda Cherno-goriya ittifoq tarkibidan chiqdi va Serbiyaning bir o`zi qoldi. Yugoslaviya davlati o`z faoliyatini to`xtatdi. 2008-yil 17-fevralda Kosova Respublikasi o`zini mustaqil deb e’lon qildi. Lekin, Serbiya buni tan olmadi. Tinchlik o`rnatuvchi xalqaro kuchlar hamon Ko-sovada turibdi.



YSFRning mustaqil davlatlarga aylangan so-biq respublikalarining taqdiri ana shunday turlicha bo`ldi. YSFRdagi sotsializm original modelining qulashi kommunizm prinsiplari noto`g`riligini bil-dirsa, respublikalar taraqqiyoti liberalizmning jo-zibadorligini anglatadi. Demak, xulosa sifatida shuni aytish kerakki, Chexoslovakiya voqealari-dan so`ng Sharqiy Yevropa davlatlarida totalitar tartib yanada kuchaydi. Xususan, iqtisodiy islo-hotlar to`xtatildi. O`zgacha fikrlovchilarning ta’qib etilishi kuchaydi. Biroq, bu hodisa Sharqiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy ahvolini mushkullashtirdi. 70-yillardan boshlab bu davlatlarning iqtisodiy ahvoli tobora murakkablasha bordi. Ular endi G`arb davlatlaridan qarz olishga majbur bo`ldilar. Bun-dan ko`zlangan maqsad – sanoatda eskirgan uskunalarni yangilash edi. Lekin, bu maq-sadga erishilmadi. Chunki, bozor iqtisodiyotisiz ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari hech qanday samara bermas edi. Buning ustiga, Sharqiy Yevropa davlatlari oldida endi tashqi qarz muammosi ham paydo bo`ldi. Samarasiz iqtisodiyot tashqi qarzni to`lashga imkon bermasdi. Shu tariqa, iqtisodiy ahvol borgan sari yomonlashdi. Bu hodisa, o`z navbatida, aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir etmay qolmadi. Yuqorida ko`rganimizdek, 80-yil-larda birinchi bo`lib Polsha ishchilari bosh ko`tarishdi. 1981-yilda hukumat mamlakatda “harbiy holat” joriy etishga majbur bo`ldi. 1989-yil noyabrda Chexoslovakiyada kom-munistik partiyaning rahbarlik roli barham topdi. Boshqa “sotsialistik” davlatlarda ham ahvol Polsha yoki Chexoslovakiyadagidan yaxshi emas edi.

Shu tariqa, Sharqiy Yevropa davlatlarida hukmron kommunistik partiyalar o`z ta’siri-ni yo`qotib bordilar. Ayni paytda, Sharqiy Yevropa davlatlarida demokratik inqilobiy vaziyat yuzaga kela boshladi. “Totalitar sotsializm” ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham ijti-moiy, ham ma’naviy inqirozga yuz tutdi. Shundan so`ng Sharqiy Yevropa davlatlarida demokratik inqilob uchun zarur sharoitlar yetildi. Bu sharoitning inqilobga o`sib o`tishi uchun faqat tashqi turtki zarur edi, xolos. SSSRda 1985-yilda boshlangan “qayta qurish” siyosati ana shu tashqi turtki vazifasini bajardi. Chunonchi, M.Gorbachyov boshchiligi-dagi yangi rahbariyat Sharqiy Yevropa davlatlarining avvalgi rahbarlarini qo`llab-quv-vatlamay qo`ydi.

Ayni paytda, SSSR rahbariyati bu davlatlarning taraqqiyot yo`llarini o`zlari tanlash huquqini tan oldi. Bu – SSSR Sharqiy Yevropadagi mavjud diktatorlik tartibini saqlab qolish uchun o`z armiyasidan foydalanmaydi, degani edi. Amalda shunday bo`ldi ham. Sotsializm qo`rg`onlari birin-ketin quladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, 1989-yil yanvar oyida Vengriyada parlament demokratiyasiga o`tildi. Iyun oyida Polshada muxolifat saylovda g`olib chiqdi. Shu yilning 4-noyabrida GDRda kommunistlar rejimi quladi. 10-noyabrda Bolgariyada kommunistlar diktaturasi barham topdi. 22-dekabrda esa Rumini-yada sotsialistik rejim ag`darildi.

Shu tariqa, sobiq sotsialistik davlatlarda demokratik inqiloblar g`alaba qozondi. Bu inqiloblar oqibatida totalitar sotsializm barham topdi. Bugungi kunda ularda (GDRdan tashqari, chunki, hozir bunday davlat yo`q) iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslan-gan demokratik jamiyat qaror topmoqda.

Sharqiy Yevropa davlatlari bilan O`zbekiston o`rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar urushdan keyingi yillardanoq rivojlana boshladi. O`zbekiston paxtasi u yerdagi to`qima-chilik korxonalari uchun asosiy xomashyo bo`lib xizmat qildi. Ular O`zbekistonga tay-yor mahsulotlar, turli asbob-uskunalar eksport qildilar. Jumladan, 1987-yilda Chexoslo-vakiya Toshkentda savdo vakilligini ta’sis etgan bo`lib, tramvay, avtobus, trolleybuslar, yengil sanoat uchun uskunalar, xalq iste’moli mollari keltirilardi.

Mustaqillikka erishganimizdan so`ng Sharqiy Yevropa davlatlari bilan aloqalar yangi bosqichga ko`tarildi. Chunonchi, Chexiya bilan 1994-yilda tovar ayirboshlash 45 mln., 1996-yilda 80 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Qo`shma korxonalar tashkil etildi. Jum-ladan, kam tonnali yuk mashinalarini yig`ishga ixtisoslashgan “Avtash”, brezent ishlab chiqarish bo`yicha “Kenaf”, ma’danli suvlar va limonli ichimliklar quyishga moslashgan “Samarqand – Praga” va boshqalar ochildi. 1997-yil yanvarda O`zbekiston Prezidenti Chexiyaga safar qildi. I.Karimov Prezident V.Gavel, bosh vazir V.Klaus va chexiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi. Uzoq muddatli aloqalarning asoslari yaratildi. O`zbekis-ton bilan Chexiya o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish haqida hujjat imzolandi. 1998-yil-ning iyunida Chexiya gepatit kasalligi diagnostikasi va profilaktikasi uchun 70 ming AQSH dollari qiymatida meditsina asbob-uskunalarini gumanitar yordam sifatida “Eko-san” fondiga topshirdi.

Shuningdek, I.Karimov 1997-yil yanvar oyida Slovakiyada ham amaliy tashrif bilan bo`ldi. Prezident M.Kovach, bosh vazir V.Mechyar bilan uchrashdi. O`zbekiston bilan Slovakiya o`rtasida o`zaro munosabatlar va hamkorlik asoslari haqida shartnoma imzo-landi. 1997-yil fevralda “Slovak aksionerlik jamiyati” (YAS – mashhur “Sebo” meros-xo`ri) firmasining vakilligi ish boshladi.

1997-yilning oktabrida Vengriya Prezidenti A.Gens O`zbekistonga tashrif buyurdi va I.Karimov bilan uchrashdi. Rasmiy tashrif yakunida Vengriya va O`zbekiston o`rtasida hamkorlikni, do`stlik munosabatlarini har tomonlama yanada rivojlantirish haqida dek-laratsiya, turizm sohasidagi hamkorlik haqida bitim va boshqa hujjatlar imzolandi.

1998-yil oktabrida O`zbekiston Prezidenti I.Karimov Bolgariyada rasmiy tashrif bilan bo`ldi. Bolgariya Prezidenti P.Stoyanov bilan uchrashdi. Bolgariya va O`zbekiston o`rta-sida do`stlik munosabatlari va hamkorlik haqida shartnoma, investitsiyalarni himoyalash va rag`batlantirish, savdo-iqtisod, madaniyat, turizm, xalqaro yuk va passajirlarni avto-mobilda tashish haqida bitimlar imzolandi.

Sharqiy Yevropa davlatlari bilan O`zbekiston davlati rahbarlari o`rtasida tez-tez ras-miy uchrashuvlar odat tusiga kirdi. 2005-yilning martida O`zbekiston Prezidenti I.Kari-mov Sloveniyada bo`ldi. Prezident Ya.Drnovshek va Milliy Kengash raisi Y.Sushnik bi-lan muzokaralar olib bordi. Xalqaro yo`nalishda avtomobillarda yo`lovchi va yuklarni tashish bo`yicha bitimlar tuzildi.

Demak, Sharqiy Yevropa davlatlari bilan O`zbekiston o`rtasida o`zaro manfaatli iqti-sodiy, madaniy aloqalar o`rnatildi va tobora rivojlanib bormoqda.
Tayanch so`z va iboralar:

fashizm; kommunistik; ko`ppartiyaviylik; sotsialistik; “totalitar sotsializm”; demokrati-ya; O`IYOK; Varshava Shartnomasi; koalitsion; kollektivlashtirish; industrlashtirish; “Birdamlik”; “shok terapiyasi”; “aksilinqilobiy”; “Praga bahori”; federatsiya; “Xartiya-77”; “baxmal inqilobi”; diktator; “Brejnev doktrinasi”; integratsion; korrupsiya; monar-xiya; Skupshina; etnos; avtonom; protektorat.


Nazorat uchun savollar:

  1. Sharqiy Yevropa davlatlarida kommunistik partiyalar qay tariqa hokimiyat te-pasiga keldi?

  2. Nega SSSR namunasidagi “sotsializm” inqirozga yuz tutishi muqarrar edi?

  3. “Totalitar sotsializm”ning qanday jamiyat ekanligini izohlab bera olasizmi?

  4. 80-yillar oxiri – 90-yillar boshida Sharqiy Yevropa davlatlarida ro`y bergan de-mokratik inqiloblarning oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  5. Sharqiy Yevropa davlatlari bilan O`zbekiston o`rtasidagi aloqalarga doir nima-larni bilasiz?



Mavzu: Lotin Amerikasi davlatlari.

Reja:

  1. Ikkinchi jahon urushining oqibatlari. Taraqqiyot yo`llarining tanlanishi.

2) Lotin Amerikasi davlatlarida milliy islohotchilik.

3) Lotin Amerikasi davlatlarida taraqqiyotning inqilobiy yo`li.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

178-184 betlar



Lotin Amerikasi davlatlariga umumiy tavsif:

Argentina. Poytaxti – Buenos-Ayres. Aholisi – 39 мln. kishi (2003). Maydoni – 2 mln. 780,4 ming kv. km. Rasmiy tiliispan. Hukmron dinikatolik. Mamuriy-hududiy bo`-linishi – 22 provinsiya, 1 milliy hudud va poytaxt federal okrugi. Pul birligi – pyeso = 100 sentavo. Milliy bayramlari: 25-may – May inqilobi kuni (1810); 9-iyul – Mustaqillik kuni (1810).

Boliviya. Poytaxti: hukumat qarorgohi – La-Pas; rasmiy – Sukre. Aholisi – 8,59 mln. kishi (2003). Maydoni – 1 mln. 98,6 ming kv. km. Asosiy tillari – ispan (rasmiy), ke-chua, aymara. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 9 departament. Pul birligi – boliviano = 100 sentavo. Milliy bayrami: 6-avgustMustaqillik kuni (1825).

Braziliya. Poytaxti – Brazilia. Aholisi – 183 mln. kishi (2003). Maydoni – 8 mln. 512 ming kv. km. Rasmiy tili – portugal. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`li-nishi – 26 shtat va poytaxt federal okrugi. Pul birligi – real = 100 sentavo. Milliy bay-rami: 7-sentabr – Mustaqillik kuni (1822).

Venesuela. Poytaxti – Karakas. Aholisi – 24 mln. 650 ming kishi (2003). Maydoni – 912,1 ming kv. km. Rasmiy tili – ispan. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`li-nishi – 22 shtat. Pul birligi – bolivar = 100 sentim. Milliy bayrami: 5-iyul – Mustaqillik kuni (1830).

Gaiti. Poytaxti – Port-o-Prens. Aholisi – 7,53 mln. kishi (2003). Maydoni – 27,7 ming kv. km. Rasmiy tili – fransuz. Asosiy dinlari – katolik va protestant. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 9 departament. Pul birligi – gurd = 100 santim. Milliy bayrami: 1-yanvar – Mustaqillik kuni (1804).

Gvatemala. Poytaxti – Gvatemala. Aholisi – 13,9 mln. kishi (2003). Maydoni – 108 889 kv. km. Asosiy tillari – ispan (rasmiy), kiche, kakchikel, mame va kikche. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 22 departament. Pul birligi – ketsal = 100 sentavo. Milliy bayrami: 15-sentabr – Mustaqillik kuni (1821).

Gonduras. Poytaxti – Tegusigalpa. Aholisi – 6 mln. 670 ming kishi (2003). Maydoni – 112,1 ming kv. km. Rasmiy tili – ispan. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`-linishi – 18 departament. Pul birligi – lempira = 100 sentavo. Milliy bayrami: 15-sen-tabr – Mustaqillik kuni (1839).

Kolumbiya. Poytaxti – Bogota. Aholisi – 41,6 mln. kishi (2003). Maydoni – 1 mln. 141,7 ming kv. km. Rasmiy tiliispan. Hukmron dinikatolik. Mamuriy-hududiy bo`-linishi – 32 departament. Pul birligi – pyeso = 100 sentavo. Milliy bayrami: 20-iyulMustaqillik kuni (1810).

Kosta-Rika. Poytaxti – San-Xose. Aholisi – 3 mln. 896 ming kishi (2003). Maydoni – 51,1 ming kv. km. Rasmiy tili – ispan. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`-linishi – 7 provinsiya. Pul birligi – kolon = 100 santim. Milliy bayrami: 15-sentabr – Mustaqillik kuni (1821).

Kuba. Poytaxti – Gavana. Aholisi – 11 mln. 260 ming kishi (2003). Maydoni – 110 860 kv. km. Rasmiy tili – ispan. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 14 provinsiya va 1 maxsus markazga bo`ysunuvchi munitsipiya. Pul birligi – pyeso = 100 sentavo. Milliy bayramlari: 26-iyul – Xalq qo`zg`oloni kuni (1953); 1-yanvar – Ozodlik kuni (1959); 1-may – Xalqaro ishchilar kuni; 10-oktabr – Kubaning Ispaniyaga qarshi mustaqillik kurashining boshlanishi (1853).

Meksika. Poytaxti – Mexiko. Aholisi – 104,9 mln. kishi (2004). Maydoni – 1 mln. 958,2 ming kv. km. Rasmiy tili – ispan. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`-linishi – 31 shtat va poytaxt federal okrugi. Pul birligi – pyeso = 100 sentavo. Milliy bayrami: 16-sentabr – Mustaqillik kuni (1810).

Nikaragua. Poytaxti – Managua. Aholisi – 5 mln. 359 ming kishi (2004). Maydoni – 129 494 ming kv. km. Rasmiy tili – ispan. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 16 ma’muriy tuman. Pul birligi – oltin kardoba = 100 sentavo. Milliy bay-rami: 15-sentabr – Mustaqillik kuni (1821).

Panama. Poytaxti – Panama. Aholisi – 2 mln. 960 ming kishi (2003). Maydoni – 77,1 ming kv. km. Asosiy tillari – ispan (rasmiy) va ingliz. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 9 provinsiya. Pul birligi – balboa = 100 sentesimo. Milliy bayrami: 3-noyabr – Mustaqillik kuni (1903).

Paragvay. Poytaxti – Assunson. Aholisi – 6 mln. 190 ming kishi (2004). Maydoni – 406,7 ming kv. km. Asosiy tillari – ispan (rasmiy) va guarani. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 19 departament. Pul birligi – guarani = 100 santim. Mil-liy bayrami: 14-may – Mustaqillik kuni (1811).

Peru. Poytaxti – Lima. Aholisi – 28 mln. 410 ming kishi (2003). Maydoni – 1 mln. 285,2 ming kv. km. Rasmiy tillari – ispan, kechua va aymara. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 24 departament va 1 konstitutsiyaviy provinsiya. Pul bir-ligi – nuevo sol = 100 santim. Milliy bayrami: 28-iyul – Mustaqillik kuni (1821).

Salvador. Poytaxti – San-Salvador. Aholisi – 6 mln. 740 ming kishi (2003). Maydoni – 21 393 kv. km. Rasmiy tili – ispan. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`li-nishi – 14 departament. Pul birligi – kolon = 100 sentavo. Milliy bayrami: 15-sentabr – Mustaqillik kuni (1821).

Urugvay. Poytaxti – Montevideo. Aholisi – 3 mln. 413 ming kishi (2003). Maydoni – 176,2 ming kv. km. Rasmiy tili – ispan. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`-linishi – 19 departament. Pul birligi – pyeso = 100 sentesimo. Milliy bayrami: 25-avgust – Mustaqillik kuni (1828).

Chili. Poytaxti – Santyago. Aholisi – 15 mln. 820 ming kishi (2004). Maydoni – 756,6 ming kv. km. Rasmiy tili – ispan. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 13 region va alohida poytaxt okrugi. Pul birligi – pyeso = 1000 eskudo. Milliy bayrami: 18-sentabr – Mustaqillik kuni (1810).

Ekvador. Poytaxti – Kito. Aholisi – 13 mln. 710,2 ming kishi (2004). Maydoni – 283,6 ming kv. km. Rasmiy tili – ispan. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 21 provinsiya. Pul birligi – sukre = 100 sentavo. Milliy bayrami: 24-may – Mustaqillik kuni (1822).

Yamayka. Poytaxti – Kingston. Aholisi – 2 mln. 695,9 ming kishi (2003). Maydoni – 10 957 kv. km. Rasmiy tili – ingliz. Hukmron dini – protestant. Ma’muriy-hududiy bo`-linishi – 14 okrug. Pul birligi – Yamayka dollari = 100 sent. Milliy bayrami: avgustning birinchi dushanbasi – Mustaqillik kuni (1962).

1-masala:

Ikkinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlat­lari iqtisodiy taraqqiyotining yuksalishi-ga katta ta’sir ko`rsatdi. Buning sababi, birinchidan, urush tufayli bu mintaqa davlatlari xomashyosiga bo`lgan talabning oshib ketganligida edi. Uning oshishi, tabiiyki, xom-ashyo mahsulotlarining xarid narxini ham ko`tarib yubordi. Ayni paytda, bu davlatlarni-ng sanoati ham tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Bu esa, o`z navbatida, milliy sanoat mulkdorlarining kuchayishiga olib keldi.

Ikkinchidan, urush G`arbiy Yevropa davlatlarining Lotin Amerikasi davlatlaridagi mavqeyini pasaytirib yubordi. Bu esa, o`z navbatida, mintaqada AQSH ta’sirining ku-chayishiga olib keldi. Mintaqa davlatlari iqtisodiyoti AQSH monopoliyalari ta’siriga tu-shib qoldi. Chunonchi, AQSH bu mintaqa davlatlari iqtisodiyotiga 100 mlrd. dollar miq-dorida sarmoya kiritgan. Bu boshqa barcha davlatlar kiritgan sarmoyadan 20 baravar ko`p edi. Mintaqada AQSHning harbiy-siyosiy mavqeyi ham kuchayib bordi. Urush yil-larida AQSH bu mintaqada 90 dan ortiq harbiy-havo va harbiy-dengiz bazalarini tashkil etishga erishdi.

Bundan tashqari, AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga turli xil mazmundagi iqtisodiy, siyosiy va harbiy shartnomalarni qabul qildira oldi.

Mintaqa davlatlarida jamiyat taraqqiyoti yo`li xususida uch katta guruh o`rtasida shid-datli kurash bordi. Bu – taraqqiyotning koservatorlik, milliy islohotchilik va inqilobiy yo`llari tarafdorlari o`rtasidagi kurash edi. Konservatorlik yo`li mavjud holatning saqla-nishidan manfaatdor kuchlar yo`li edi. Konservatorlik latifundiyachilikning saqlanib qo-lishi uchun har qanday o`zgarishga qarshi jon-jahdi bilan kurashar edi. Latifundiyachilik Lotin Amerikasi asriy qoloqligining tub sababi bo`lib keldi.

Biroq, Ikkinchi jahon urushidan so`ng latifundiyachilikning qulashi muqarrar bo`lib qoldi. Bunga, birinchidan, dehqonlar kurashi ta’sirida hukumatning agrar islohot o`tka-zishga majbur bo`lganligi, ikkinchidan, milliy sanoatning gurkirab rivojlanishi, uchin-chidan, kuchli demografik o`zgarish yuz berganligi sabab bo`ldi. Demografik o`zgarish qishloq aholisini shaharga kelishga majbur etdi. Natijada, Ikkinchi jahon urushidan ke-yingi yillardayoq shahar aholisining soni qishloq aholisining sonidan oshib ketdi.

Ayni paytda, siyosiy hayotning markazi ham shaharga ko`chdi. Lotin Amerikasi dav-latlari oldida endi taraqqiyotning qolgan ikki muqobil yo`li turar edi. Mintaqa davlatlari-ning aksariyati milliy islohotchilik yo`lini tanladi.

2-masala:

Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi milliy burjuaziya edi. Ular millatni iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot hamda davlat suverenitetini mustahkamlash yo`lida birlashishga da’vat etdilar. Milliy-islohotchilik harakatlari va partiyalarini tuzdilar.

Milliy-islohotchilik harakati Argentinada katta quloch yozdi. Bu yerda u “peronizm” nomi bilan ataldi. Bu Argentina prezidentligiga saylangan D.Peron nomi bilan bog`liq-dir. D.Peron 1943-yilning 4-iyunida davlat to`ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga kel-gan edi. 1946-yilda u mamlakat prezidentligiga o`tkazilgan saylovda g`alaba qozonadi.

D.Peron chuqur ijtimoiy o`zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, ish haqi oshirildi, umumiy pensiya ta’minoti va haq to`lanadigan ta’til joriy etildi. Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari 1949-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada mustahkamlab qo`yildi. Iqti-sodiy siyosatda chet el kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib olish yo`lini qo`lladi. Temir yo`l, aloqa, Markaziy bank va boshqa muhim sanoat korxonalari milliylashtirildi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yillik rejasi ishlab chiqildi. Milliy sarmo-ya rag`batlantirildi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlarni Argentinaning o`zida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat tarmog`ini yaratish siyosati yuritildi.

Biroq, 50-yillarning o`rtalariga kelib vaziyat o`zgardi. Eksport tovarlarining narxi pa-sayishi davlat daromadining pasayishiga olib keldi. Mamlakat iqtisodiy o`sish sur’ati ham pasaydi. Uni yuqori darajada saqlab turish uchun mablag` yo`q edi. Valyuta zaxi-rasining katta qismi chet elliklarga qarashli kompaniyalarni sotib olishga sarflab qo`yil-gan edi. Bu hol boshlangan keng miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni chuqurlash-tirish imkoniyatini cheklab qo`ydi. Natijada, mamlakatda chuqur norozilik kelib chiqdi. Bundan D.Peronning muxoliflari ustalik bilan foydalandilar. Ular 1955-yilning sentabr oyida davlat to`ntarishini uyushtirdilar. D.Peron mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo`ldi.

Milliy islohotchilik tarafdorlari Braziliyada ham katta o`zgarishlarni amalga oshirdi-lar. Bu islohotlar prezident J.Vargas nomi bilan bog`liqdir. 1945-yilda to`g`ridan-to`g`ri va yashirin ovoz berishni nazarda tutuvchi saylov haqidagi qonun qabul qilindi. Brazili-yaning parlament demokratiyasiga qaytishi demokratik kuchlarning katta siyosiy yutug`i edi.

50-yillarda Braziliya agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. Milliy demok-ratik kuchlar mamlakat boyliklariga faqat Braziliyaning o`zi egalik qilishi uchun kurash-dilar. 1953-yilning 3-oktabrida J.Vargas neft sanoati masalasida muhim dekretni imzola-di. Unga ko`ra, mamlakat neft boyligi aksiyalarining 51 foiziga davlat, 49 foiziga esa xususiy kompaniyalar egalik qiladigan bo`ldi. Shu tariqa, chet el sarmoyasi neft sanoa-tidan siqib chiqarildi. Neft konlarini topish, uni qazib olish, qayta ishlash va sotish dav-lat monopoliyasi, deb e’lon qilindi. Hukumat elektr energiyasi sanoatini ham milliylash-tirish uchun kurash olib bordi. Bu hodisa milliy islohotchi kuchlarning katta g`alabasi edi.

Ayni paytda, hukumat og`ir moliyaviy taqchillikka duch keldi. Mamlakat qishloq xo`-jaligida jiddiy inqiroz yuz berdi. 3 yil davom etgan qurg`oqchilik oqibatida qishloq aho-lisi turmush darajasi og`irlashib ketdi. Buning ustiga, barcha dehqon xo`jaliklarining 3,4 foizini tashkil etuvchi latifundiyachilar jami yer maydonining 62 foizidan ko`piga egalik qilardi. Dehqonlar yerni bo`lib berishni talab eta boshladilar. Hatto, dehqonlar qo`zg`o-loni ham boshlandi. Shunday sharoitda hukumat latifundiyachilar yerlarini sotib olish va ularni dehqonlarga bo`lib berish to`g`risida qonun loyihasini tayyorladi. Biroq, bunday islohotni amalga oshirish uchun hukumatda mablag` yo`q edi.

Ayni paytda, hukumat tadbirlari ichki reaksiyani ham g`azablantirdi. Hukumat ikki o`t oralig`ida qolganligidan foydalangan harbiy kuchlar 1954-yilning 23-avgustida dav-lat to`ntarishini o`tkazdilar. Chorasiz qolgan J.Vargas o`zini-o`zi otib o`ldirishga majbur bo`ldi.

Meksikada ham milliy-islohotchilar hukumati katta o`zgarishlarni amalga oshirdilar. Sanoatning qator tarmoqlari milliylashtirildi. Davlat sektori kengayib bordi. Jami milliy mahsulotda sanoatning ulushi 29 foizni tashkil etdi. Qishloq xo`jaligi ham rivojlandi. 1960-yilda bu soha 1940-yilga nisbatan 3 baravar ko`p mahsulot ishlab chiqara boshladi. Hukumat butun choralar bilan mahalliy sarmoyani rag`batlantirib bordi. Milliy islohot-chilik va fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini kafolatlash birga qo`shib olib bo-rildi. Ayni paytda, agrar islohot ham davom ettirildi. Bularning oqibatida Meksikada muqim konstitutsiyaviy tuzum qaror topdi. Meksika taraqqiyotining yana bir o`ziga xos xususiyati – bu armiyaning siyosiy ahvolga aralashmaganligidir.

3-masala:

Lotin Amerikasida ham mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, keskinlikni inqilob yo`li bilan hal etishga intiluvchi kuchlar mavjud edi. Ular SSSRdagi kabi sotsializm qu-rish orzusida bo`lganlar.



Dastlab inqilob 1959-yilda Kubada boshlandi. 1959-yil 1-yanvar kuni F.Kastro bosh-chiligidagi milliy-vatanparvar kuchlar qo`zg`oloni g`alaba bilan yakunlandi. Shu kuni amerikaparast F.Batista hukumati ag`darildi. Bu hukumatni ag`darish uchun inqilobchi-lar 6 yil kurash olib bordilar. Inqilob rahbari, 32 yoshli F.Kastro bosh vazir lavozimini egalladi. U o`z oldiga Kubani AQSHga har qanday qaramlikdan ozod qilish maqsadini qo`ydi.

Kastro Fidel Rus – Kuba inqilobi yetakchisi, bosh vaziri va pre-zidenti. 1927-yil 13-avgustda Biron (Orient provinsiyasi)da tug`il-gan. U universitet talabaligidayoq Kuba xalq partiyasiga a’zo bo`-ladi. 1952-yilgi saylovlarda Gavana tumanlarining biri tomonidan vakillik palatasiga nomzod etib ko`rsatiladi. 1952-yil 10-mart kuni general F.Batista prezident K.Sokorasani lavozimidan olib tashlab, saylovlarni bekor qiladi. 1953-yil boshlarida F.Kastro F.Batistani ag`darib tashlash uchun maxfiy tashki-lot tuzadi. 1953-yil 26-iyunda Santyagoda hukumatni ag`darishga urinadi. Lekin, uning harakati fosh bo`lib, o`zi hibsga olinadi. 1955-yil F.Kastro avf etiladi va Meksikaga qo-chadi. 2 yil davomida F.Batista armiyasiga qarshi partizantlik harakatini olib boradi. 1958-yilning 31-dekabrida F.Batista mamlakatdan qochadi. F.Kastro Kuba armiyasini boshqarish vazifalarini o`z zimmasiga oladi. 1959-yil fevral oyida hukumat boshlig`i la-vozimini egallaydi. 1976-yil F.Kastro Kuba milliy hukumatining raisi deb e’lon qilinadi.

1960-yil F.Kastro SSSR bilan aloqalarni yo`lga qo`yadi. Bundan AQSH sarosimaga tushib qoladi va 1961-yilda Kuba bilan diplomatik munosabatlarni uzdi hamda qurolli bostirib kirishni tashkil etdi. 1962-yilning oktabrida Kuba oroli AQSH armiyasi tomoni-dan to`liq qurshab olinadi. SSSR Kubaning tarafini oladi va uning hududiga yadroviy raketalarni joylashtiradi. Dunyo yadro urushi yoqasiga kelib qoladi. BuKarib inqiro-zi” nomini oladi. Diplomatik muzokaralar natijasida kelishuvga erishiladi. AQSH hukm-ron doiralari inqilobni iqtisodiy jazolar orqali bo`g`ib tashlashga urinadi. Ular Amerika kompaniyalariga Kubadan shakar sotib olishni man etishdi, unga neft va oziq-ovqat mahsulotlarini sotishni taqiqlashdi.

1960-yil boshlarida F.Kastro hukumatga qarshi ko`pgina qo`zg`olonlarni bostirishga majbur bo`ldi. O`n minglab odamlar qamoqqa olindi yoki surgun qilindi hamda 2 mln. dan ortig`i AQSHga qochishga majbur bo`ldilar. 1961-yil F.Kastro sotsializm qurilishi tarafdori ekanligini ta’kidlaydi.

F.Kastro Afrikadagi inqilobiy harakatlarga astoydil qiziqish bilan qardi. Moskva ro-ziligi bilan Kuba minglab askarlarini Angola (Portugaliya mustamlakasi)ga jo`natadi. 1978-yil boshlarida SSSR ko`magida Kuba harbiy qismlari Efiopiyadagi inqilobiy ha-rakatlarda ishtirok etadi. 60-yillarning oxiriga kelib Kuba askarlarining 40 ming nafari turli davlatlarga jo`natilgan edi. 1977-yil F.Kastro AQSH bilan yana aloqalarni yaxshi-lamoqchi bo`ladi. Diplomatik aloqalarni qayta tiklash uchun AQSH Kubaga Angola va Efiopiyadan o`z askarlarini olib chiqib ketishini talab etadi. Lekin, F.Kastro bunga rozi bo`lmaydi.

80-yillar oxirida SSSRda M.Gorbachyov demokratik islohotlarni boshlagan davrda, F.Kastro kommunistik tartibni davom ettirar edi. SSSR tarqalib ketgach, Kuba muhim savdo sherigini yo`qotadi. 90-yillarning o`rtalarida F.Kastro iqtisodiyotda osoyishta li-beral islohotlarni boshlaydi.

1998-yil yanvar oyida papa Ioann Pavel II Kubaga tashrif buyuradi va uning iltimosi-ga ko`ra bir qancha siyosatchilar hibsdan ozod etildi. 2000-yil dekabr oyida Rossiya Fe-deratsiyasi prezidenti V.Putin Kubaga tashrif buyurdi va Possiya-Kuba munosabatlari yana tiklandi.

2002-yil iyundagi referendumda kubaliklarning 99 foizi konstitutsiyaga sotsialistik tizimdaxlsiz”, deb e’lon qilinishini kiritish uchun ovoz berishdi. Kuba iqtisodiyoti tez suratlarda rivojlanmoqda.

AQSH, o`z navbatida, F.Kastro hukumatini tan olmadi. Ayni paytda, unga qarshi iq-tisodiy qamal chorasini qo`lladi. Bunga javoban F.Kastro hukumati Kubadagi barcha AQSH mulklarini milliylashtirdi va SSSR bilan yaqinlashish yo`lini tutdi. Kuba sotsia-lizmini saqlab qolish uchun SSSR 1961-yilda, hatto, yadro urushiga ham tayyor edi.

1965-yilda Kubadagi barcha inqilobiy kuchlar yagona tashkilot – Kuba kommunistik partiyasi (KKP)ga birlashdilar. F.Kastro uning rahbari etib saylandi. Shu tariqa, Kuba xalqi kommunistik g`oyalarni qabul qildi va SSSR namunasidagi sotsializm qurishni boshladi. 1990-yillarga kelib Kubaning sobiq ittifoqchilari uni qo`llamay qo`ydi. Kuba iqtisodi og`ir ahvolga tushib qoldi.

Lotin Amerikasidagi demokratik va inqilobiy harakatlar AQSH hukumatini tashvish-ga solib qo`ydi. Endi AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan o`z siyosatida o`zga-rish qilishga majbur bo`ldi. 1961-yilda AQSH prezidenti J.Kennedi tashabbusi bilan “Taraqqiyot yo`lidagi ittifoq” dasturi ishlab chiqildi va u avgust oyida mintaqaning 19 davlati tomonidan imzolandi. Dastur 10 yilga mo`ljallangan bo`lib, u industrlashtirishni jadallashtirishni, iqtisodiyotning eksport va import qaramligini kamaytirishni nazarda tutar edi. Ayni paytda, ijtimoiy-siyosiy hayot demokratlashtirilishi, agrar islohot o`tkazi-lishi, uy-joy qurilishi, sog`liqni saqlash va ta’lim sohalarida ahvolni yaxshilash choralari belgilandi. Lotin Amerkasining 19 davlatida bu dasturning bajarilishi uchun AQSH to-monidan 20 mlrd. dollar miqdorida qarz va boshqa yordamlar berilishi ko`zda tutildi. Dastur, ayni paytda, Lotin Amerikasi mamlakatlarida voqealar rivojining Kuba varianti takrorlanishining oldini olishga xizmat qilishi ham kerak edi.

1970-yilda Amerika qit’asida ikkinchi bo`lib sotsializm qurmoqchi bo`lgan kuchlarni birlashtirgan ittifoq – Xalq fronti Chilida hokimiyat tepasiga keldi. Xalq fronti kommu-nistik, sotsialistik va radikallar partiyasi ittifoqi edi. 1970-yil 4-sentabrda Chilida o`tka-zilgan prezidentlik saylovida Xalq fronti nomzodi S.Alyende g`alaba qozondi. Agar, Ku-bada qurolli kuch bilan hokimiyatni egallagan kuchlar sotsializm qurgan bo`lsalar, Chi-lida S.Alyende hukumati konstitutsiyaviy yo`l bilan sotsializm qurishga kirishdi.

Xalq fronti hukumati mamlakatdagi kuchlar nisbatini to`la hisobga olmagan holda inqilobiy islohotlarni boshladi. Hatto, o`rta va mayda korxonalar ham milliylashtirila boshlandi. Bu esa aholi o`rta tabaqalarining Xalq frontidan yuz o`girishiga olib keldi. Bundan tashqari, yirik sarmoyadorlar hukumatga qattiq qarshilik ko`rsatdi. Hukumatni-ng siyosatdagi xatosi Xalq fronti ichida kelishmovchilikka olib keldi. Ayni paytda, AQSH S.Alyende hukumatiga tazyiq o`tkaza boshladi. Chili qurolli kuchlari S.Alyen-deni qo`llab-quvvatlamadi. 1973-yilda Chili parlamenti S.Alyendeni qonundan tashqari, deb e’lon qildi. Bu esa Chili qurolli kuchlari rahbariyati uchun ayni muddao edi. 1973-yilning 11-sentabrida general A.Pinochet davlat to`ntarishini o`tkazdi va uning harbiy diktaturasi o`rnatildi.



Pinochet Avgusto – Chili harbiy diktatori. 1915-yil 25-noyabr-da Vapparoisda dunyoga keladi. Santyagoda harbiy akademiyada tahsil oladi. S.Alyende prezidentligi davrida Santyago shahrining garnizon boshlig`i etib tayinlanadi. 1973-yilda qurolli kuchlar bosh qo`mondoni etib tayinlanadi. 1973-yilgi davlat to`ntarishida (S.Alyendeni lavozimidan tushirishda) ishtirok etadi. S.Alyendeni-ng o`limidan so`ng A.Pinochet prezidentlik lavozimini egallaydi. S.Alyendening o`n minglab tarafdorlari otib tashlanadi.

A.Pinochet konstitutsiyaning tegishli bo`limiga o`zgartirish kiritib, vakolat muddatini 8 yilga uzaytiradi. Uning diktatorlik rejimi xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tanqid qilina boshladi va 1986-yil A.Pinochetga suiqasd uyushtiriladi. Jahon bozorida misga nisbatan talablarning pasayishi mamlakatdagi iqti-sodiy vaziyatni qiyinlashtirdi. 1989-yilning dekabr oyida amaldagi muxolifat yetakchisi P.Eylvin prezident etib saylanadi. A.Pinochetning o`zi 1998-yil 11-martgacha hukumat-da faoliyat yuritadi.

Qo`mondonlik lavozimidan iste’foga chiqqach A.Pinochet bir umrga Senat a’zosi etib saylanadi. 1998-yilda Buyuk Britaniyaga davolanishga kelgan A.Pinochet, uni diktatura davrida bir necha yuz ispanning o`limida ayblagan ispan prokuraturasi talabi bilan qa-moqqa olinadi va 16 oy mobaynida uy qamog`ida saqlanadi. Faqat, 2000-yilning 3-mar-tida ingliz sudi uning keksa yoshini hisobga olib, Chiliga jo`natishga ruxsat berdi.

Shu tariqa, Lotin Amerikasi davlatlarida harbiylarning hokimiyatni egallashlariga ya-nada keng yo`l ochildi. Harbiy diktaturalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash siyosatini yuritdilar. Bu siyosatning mazmuni – davlat sektorini qisqartirish, davlatning iqtisodi-yotga aralashuvini kamaytirish hamda xususiy tadbirkorlik va erkin savdoga keng yo`l berishdan iborat bo`ldi. Ayni paytda, proteksionizmdan voz kechildi va chet el sarmoya-si bilan faol hamkorlik yo`liga o`tildi.

Harbiy diktatorlar (Braziliya, Chili, Boliviya, Urugvay, Paragvay va boshqa mamla-katlarda) o`z rejalarini izchillik va qattiqqo`llik bilan amalga oshira oldilar. Konstitutsi-yaviy demokratik tartibga amal qilgan davlatlarda esa 80-yillargacha modernizatsiyalash avvalgi milliy islohotchilik ruhida davom etdi. Bular o`z natijasini bermay qolmadi. 1980-yilda Lotin Amerikasi davlatlarining yalpi ichki mahsuloti 1960-yilga nisbatan 3 baravar ko`paydi.

Ayni paytda, Lotin Amerikasi davlatlarining tashqi qarzi ham tez sur’atlarda ko`payib bordi. Agar, 1970-yilda mintaqa davlatlarining qarzi 20 mlrd. AQSH dollarini tashkil et-gan bo`lsa, 80-yillarda bu ko`rsatkich 400 mlrd. AQSH dollariga yetdi.

AQSH Lotin Amerikasi davlatlaridagi harbiy to`ntarishlarga qarshi chiqmadi. Aksin-cha, ularga mintaqa davlatlari ichki ishi, deb baho berdi. Chunki, harbiylar hukumatlari AQSH manfaatiga zid siyosat yuritmadilar, aksincha, AQSH bilan mustahkam ittifoqda bo`lishga intildilar. Faqat, AQSH prezidenti J.Karter davrida harbiy to`ntarishlarga mu-nosabat o`zgardi. Chunki, J.Karter inson huquqlari masalasini o`z siyosatining asosiy masalalaridan biri, deb e’lon qilgan edi. Demokratiya bor joydagina inson huquqlari ka-folatlanadi. Harbiy to`ntarishlar esa demokratiyaga zid hodisadir. AQSH siyosatida har-biy to`ntarishlarga nisbatan qarashning o`zgarishi oxir-oqibatda harbiy diktaturalarning barham topishini muqarrar qilib qo`ydi.

80-yillar davomida Lotin Amerikasida harbiy-diktatorlik hukumatlari birin-ketin tarix sahnasidan keta boshladi. Chunonchi, 1980-yilda Peruda, 1982-yilda Boliviyada, 1983-yilda Argentinada, 1985-yilda Gvatemala, Gonduras, Braziliya va Urugvayda, 1989-yil-da Salvador va Paragvayda, 1990-yilda esa Chilida harbiy diktatura barham topdi. Pa-ragvayda general Stresner diktaturasi 35 yil, Chilida Pinochet diktaturasi 17 yil hokimi-yatni boshqardi.

Faqatgina ikki davlat – Gaiti va Kubadan boshqa barcha Lotin Amerikasi davlatlarida demokratiya qaror topdi. Demokratiyaning qaror topishi juda katta qiyinchiliklar bilan kechdi. 1993-yilda Chilida E.Frey, 2000-yilda R.Eskobar hukumatlari tayinlandi. 1999-yilda Venesuelada U.Chaves hokimiyati o`rnatildi. U plebitsey o`tkazish yo`li bilan pre-zident bo`lgach, mamlakatning yangi konstitutsiyasini tasdiqladi. 2000-yilning 1-yanva-ridan mamlakat yangi nom bilan Venesuela Bolivarcha Respublikasi deb atala boshladi.

U.Chaves dasturi mamlakatni qashshoqlik va korrupsiyadan ozod etishni ko`zda tutdi. Xalqaro siyosatda yangi Venesuela dunyoni demokratik asosda qayta qurish va Lotin Amerikasi davlatlari Konfederatsiyasini tashkil etish tarafdori bo`lib chiqmoqda. Shu ta-riqa, Venesuelada qon to`kishlarsiz demokratik inqilob ro`y berdi.

Biroq, bu hol neft eksporti daromadlarining katta qismi hisobiga shohona yashashga ko`nikkanlarni qoniqtira olmasdi. 2000-yil dekabrda yirik tadbirkorlar va kasaba uyush-malari namoyondalari U.Chavesni ag`darib tashlash maqsadida umumxalq ish tashlashi-ni uyushtirdilar. U bir necha oy davom etdi va 2002-yil aprelda avjiga chiqib, qurolli qo`zg`olonlar ro`y berdi. Ommaviy harakatni qo`shin qo`llab-quvvatladi. U.Chaves qa-moqqa olinib, harbiy lagerga jo`natildi. O`tish davri hukumatini tuzish haqida muzoka-ralar boshlandi. Endi ko`chaga xalq chiqdi. Xalq chiqishlari davlatga qarshi kuchlarni chekinishga majbur etdi. U.Chaves hokimiyatga qaytdi. Xalq uning neft daromadlarini kambag`allar foydasiga qayta taqsimlash yo`lini ma’qulladi. Qariyb butun Lotin Ameri-kasi U.Chavesni qo`llab-quvvatladi.

1993–1994-yillardan Kuba rahbariyati ham reallikka tik qaray boshladi. Mamlakatda iqtisodiy islohotni amalga oshirishga kirishildi. Chet el sarmoyasi ishtirokida qo`shma korxonalar qurilishi rag`batlantirila boshlandi. Mamlakatda chet el valyutasining muo-malada bo`lishiga, mayda tadbirkorlikka va chakana savdoga ruxsat etildi. Lotin Ame-rikasi davlatlari murakkab iqtisodiy ahvolni mumkin qadar yumshatish maqsadida iqti-sodiy birlashuvga jiddiy e’tibor berdilar.

Mintaqadagi yangi hukumatlar davlat korxonalarini chet elga sotishga majbur bo`ldi-lar. Davlatning kapital mablag` sarflash hajmi kamaydi. Ijtimoiy soha xarajatlari qisqar-tirildi. Ish haqi muzlatildi. Oqibatda aholi turmush darajasi pasaydi. 1992-yilga kelib mintaqa aholisining 46 foizi (jami aholisi 442 mln. kishi) kambag`allik chegarasidan pastda yashadi. Narkobiznes va terrorizm kuchaydi.

Braziliya va Argentina o`rtasida 1986-yilda imzolangan iqtisodiy ittifoq asosida 1991-yilda “Janubiy Amerika umumiy bozori” tuzildi. Ayni paytda mintaqa davlatlari AQSH bilan iqtisodiy integratsiya masalasiga ham e’tibor bilan qaramoqdalar. 1992–1994-yillar davomida AQSH, Kanada va Meksika o`rtasida “Shimoliy Amerika erkin savdo hududi” tashkil etilganligi bu boradagi muhim qadam bo`ldi. Lotin Amerikasining ba’zi davlatlari ham bu shartnomaga qo`shilishga inqitilmoqda.


Tayanch so`z va iboralar:

konservatorlik; milliy islohotchilik; inqilobiy; latifundiyachilik; demografik; oligarxiya; imperializm; muxolif; monopoliya; reaksiya; kommunistik; sotsializm; diktatura; plebit-sey; proteksionizm; integratsiya.

Nazorat uchun savollar:

1. Ikkinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlari uchun oqibatlari haqida ni-malarni bilib oldingiz?

2. Ikkinchi jahon urushidan so`ng Lotin Amerikasi davlatlari taraqqiyotning qanday yo`llaridan bordilar?

3. Argentina, Braziliya va Meksikada milliy-islohotchilik hukumatlari amalga oshir-gan tadbirlar haqida nimalarni bilasiz?

4. Kuba va Chilida sotsializm qurish uchun tanlangan yo`llarni taqqoslang.

5. Lotin Amerikasi davlatlarida juda ko`p davlat to`ntarishlari amalga oshirilganligini qanday izohlaysiz?

6. Qanday omil bu mintaqada harbiy diktaturalarning birin-ketin qulashiga sabab bo`ldi?
Mavzu: Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi va

Boltiqbo`yi Respublikalari.

Reja:

1) Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligining tashkil topishi.

2) Moldova, Ukraina va Belorussiya respublikalari mustaqilligining tiklanishi va

rivojlanishi.

3) Kavkazorti respublikalari mustaqilligining tiklanishi va rivojlanishi.

4) Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyot yo`llarining turli-tumanligi.

5) Boltiqbo`yi respublikalarining mustaqillikka erishuvi va rivojlanishi.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

296-331 betlar



MDH va Boltiqbo`yi davlatlariga umumiy tavsif:



Armaniston. Poytaxti – Yerevan. Aholisi – 3 mln. 326,4 ming kishi (2003). Maydoni – 29,8 ming kv. km. Rasmiy tili – arman. Hukmron dini – pravoslav. Mamuriy-hududiy bo`linishi – 10 viloyat va Yerevan shahri. Pul birligi – dram. Milliy bayrami: 28-may – Mustaqillik kuni (1991).

Belorussiya. PoytaxtiMinsk. Aholisi – 10 mln. 322,2 ming kishi (2003). Maydoni – 207,6 ming kv. km. Rasmiy tillari – belorus va rus. Asosiy dinlari – pravoslav va katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 6 viloyat. Pul birligi – Belorus rubli. Milliy bayrami: 25-avgust – Mustaqillik kuni (1991).

Gruziya. PoytaxtiTbilisi. Aholisi – 4 mln. 934,4 ming kishi (2003). Maydoni – 69,7 ming kv. km. Rasmiy tili – gruzin. Hukmron dinipravoslav. Mamuriy-hududiy bo`lini-shi – 9 o`lka, 2 o`lka tipidagi shahar va 2 muxtor respublika. Pul birligi – lari = 100 tet-ri. Milliy bayrami: 9-aprel – Mustaqillik kuni (1991).

Latviya. PoytaxtiRiga. Aholisi – 2 mln. 348,8 ming kishi (2003). Maydoni – 63,7 ming kv. km. Rasmiy tililatish. Asosiy dinlari – protestant, katolik va pravoslav. Ma’-muriy-hududiy bo`linishi – 26 tuman va 7 katta shahar. Pul birligi – lat = 100 santim. Milliy bayrami: 19-noyabr – Mustaqillik kuni (1918).

Litva. PoytaxtiVilnyus. Aholisi – 4 mln. 564 ming kishi (2003). Maydoni – 65,2 mi-ng kv. km. Rasmiy tililitva. Hukmron dinikatolik. Mamuriy-hududiy bo`linishi – 44 tuman va 11 markazga bo`ysunuvchi shahar. Pul birligi – lit = 100 santim. Milliy bay-rami: 16-fevralMustaqillik kuni (1918).

Moldava. PoytaxtiKishinyov. Aholisi – 4 mln. 446 ming kishi (2004). Maydoni – 33,7 ming kv. km. Asosiy tillari – rumin (rasmiy) va rus. Hukmron dini – pravoslav. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 9 uyezd, 1 munitsipiya va 2 muxtor respublika. Pul bir-ligi – ley = 100 banya. Milliy bayrami: 27-avgust – Mustaqillik kuni (1991).

Ozarbayjon. PoytaxtiBoku. Aholisi – 8,1 mln. kishi (2003). Maydoni – 86,6 ming kv. km. Rasmiy tili – ozarbayjon. Hukmron diniislom (pravoslav dini ham tarqalgan). Mamuriy-hududiy bo`linishi – 59 tuman va Naxichevan muxtor respublikasi. Pul birligi – manat = 100 gapik. Milliy bayrami: 28-may – Mustaqillik kuni (1991).

Tojikiston. Poytaxti – Dushanbe. Aholisi – 7 mln. 11 ming kishi (2004). Maydoni – 143,1 ming kv. km. Rasmiy tili – tojik. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`li-nishi – 2 viloyat va 1 muxtor viloyat. Pul birligi – somoniy = 100 tanga. Milliy bayrami: 9-sentabr – Mustaqillik kuni (1991).

Turkmaniston. Poytaxti – Ashgabad. Aholisi – 4 mln. 775,5 ming kishi (2003). May-doni – 488,1 ming kv. km. Rasmiy tili – turkman. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hu-dudiy bo`linishi – 5 viloyat. Pul birligi – manat = 100 tanga. Milliy bayrami: 27-oktabr – Mustaqillik kuni (1991).

Ukraina. PoytaxtiKiyev. Aholisi – 49,1 mln. kishi (2003). Maydoni – 603,7 ming kv. km. Rasmiy tiliukrain. Hukmron dinipravoslav. Mamuriy-hududiy bo`linishi – 24 viloyat va 1 muxtor respublika. Pul birligigrivna = 100 kopeek. Milliy bayrami: 24-avgustMustaqillik kuni (1991).

Estoniya. Poytaxti – Tallin. Aholisi – 1 mln. 408,6 ming kishi (2003). Maydoni – 45 ming kv. km. Rasmiy tilieston. Asosiy dinlari – protestant va pravoslav. Mamuriy-hududiy bo`linishi – 15 uyezd (maakond) va 6 markazga bo`ysunuvchi shahar. Pul birli-gi – krona = 100 sentim. Milliy bayrami: 24-fevralMustaqillik kuni (1918).

Qirg`iziston. PoytaxtiBishkek. Aholisi – 5,01 mln. kishi (2003). Maydoni – 198,5 ming kv. km. Rasmiy tili – qirg`iz. Hukmron dini – islom (shuningdek, pravoslav dini ham tarqalgan). Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 6 viloyat. Pul birligi – som. Milliy bay-rami: 31-avgust – Mustaqillik kuni (1991).

Qozog`iston. Poytaxti – Astana. Aholisi – 16 mln. 763,8 ming kishi (2003). Maydoni – 2 mln. 717,3 ming kv. km. Asosiy tillari – qozoq (rasmiy) va rus. Asosiy dinlari – islom va pravoslav. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 20 viloyat va 3 respublikaga bo`ysunuvchi shahar. Pul birligi – tenge = 100 tiyn. Milliy bayrami: 16-dekabr – Respublika kuni (1991).

1-masala:

1991-yil 19–21-avgust voqealaridan keyin SSSR tarkibidagi respublikalar birin-ketin o`zlarini mustaqil davlat deb e’lon qildilar. Sovet Ittifoqi chuqur siyosiy inqirozga uch-radi va parchalana boshladi.

1991-yil 8-dekabrda Minskka yaqin Viskuli (Belovej pushchesi)da uch respublika – Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari – B.Yelsin, L.Kravchuk, S.Shushkevichlar-ning uchrashuvi bo`ldi. O`sha kuni uch davlat boshliqlari SSSRning tugatilganligi va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH)ni tuzish to`g`risida Shartnoma imzoladilar. Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank sistemasi bo`ladi, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, harbiy so-hadagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va uning Konstitutsiyasi to`xtatiladi, deb e’lon qilindi.

Rossiya, Ukraina va Belorussiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922-yil 30-dekabrdagi SSSRni tuzish to`g`risidagi shartnomani bekor qildilar. Mazkur respublikalarning SSSR Oliy Sovetidagi deputatlari chaqirib olin-di. SSSR Prezidenti bo`lmish M.Gorbachyovning Ittifoqni yangi shaklda saqlab qolish yo`lidagi urinishlari barbod bo`ldi. Mamlakatda uni quvvatlovchi birorta siyosiy kuch topilmadi.

Har bir respublikaga o`z hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish kor-xonalari, aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish mahsulotlari ko`rsatkichi nasib etdi.

1991-yilning 13-dekabrida Ashgabatda Qozog`iston, O`zbekiston, Turkmaniston, Qir-g`iziston va Tojikiston prezidentlari uchrashdilar va Minskda imzolangan MDH haqi-dagi shartnoma munosabati bilan vujudga kelgan ahvolni muhokama qildilar. Besh dav-lat rahbarlari MDHga uni ta’sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildiradilar.

1991-yil 21-dekabrda Almatida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog`iston, O`zbe-kiston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston va Moldova davlat boshliqlarining kengashi bo`ldi. O`sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovej push-chesi shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, “Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar” maqomida MDH muassisi bo`ldilar. Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi:



  • hamdo`stlik qatnashchilarining o`zaro aloqalari ular o`rtasidagi tenglik asosida tu-ziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi;

  • MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas;

  • xalqaro strategik barqarorlikni va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy-stra-tegik kuchlarning birlashgan qo`mondonligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saq-lab qolinadi;

  • MDH ochiqdir, uning barcha a’zolari roziligi bilan sobiq Ittifoqning a’zolari va boshqa dablatlar ham unga qo`shilishi mumkin;

  • umumiy iqtisodiy makonni, Umumyevropa va Yevropa-Osiyo bozorlarini vu-judga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi;

  • MDHning tuzilishi bilan Ittifoqning mavjudligi to`xtatiladi;

  • hamdo`stlik qatnashchilari o`z Konstitutsiyalaridagi tartib-qoidalarga binoan sobiq Ittifoqning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarini baja-rilishiga kafolat beradilar;

  • MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og`ishmay rioya etish maj-buriyatini oladilar.

1993-yilda MDHga Gruziya ham qo`shildi va unga a’zolar soni 12 taga yetdi. Bol-tiqbo`yi davlatlari – Estoniya, Litva va Latviya MDHga a’zo bo`lib kirishmadi. Shu ta-riqa Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi tashkil topdi.

MDH oldidagi katta muammolarni yechish uchun Hamdo`stlik mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlari tez-tez uchrashib, muhim hujjatlar va tadbirlarni ishlab chiqdilar.

Xulosa qilib aytganda, MDH mamlakatlari tarixan qisqa muddatda bir tuzumdan ik-kinchi tuzumga o`tishda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini vujudga keltirishda xilma-xil qiyinchiliklarni boshdan kechirdilar. Ularning ba’zilarida bu muammo qisman hal bo`lsada, ba’zilarida hamon davom etmoqda. Ushbu muammolar deyarli barchasida bir xil bo`lib, quyidagilardir:

– ijtimoiy-siyosiy hayotni barqarorlashtirish, mamlakatda huquqiy demokratik davlat tuzish;

– bozor iqtisodiyotining uzluksiz ishlaydigan chinakam mexanizmini yaratish;

– aholini ish bilan ta’minlash, ularning normal yashashi uchun sharoit yaratish;

– dunyo hamjamiyatida mustahkam o`rin egallash;

– mamlakat xavfsizligini ta’minlash, turli terroristik, diniy-ekstremistik guruhlardan xoli bo`lish, ular xavfini bartaraf qilish;

– ekologiya tangligi, yerni asrash, toza suv muammolari va boshqalar.

2-masala:

Moldova Respublikasi

80-yillarning oxirida Moldovada umuman mol-dovaliklar aholining 64 foizini tashkil etdi, ilgarigi muxtoriyat – Dnestrbo`yida esa aholining ko`pchi-ligi – 60 foizi ruslar va ukrainlardan iborat edi. Bu mintaqalar o`rtasidagi farqlar mamlakat taqdiriga ta’sir ko`rsatdi. Boltiqbo`yidagi xalq frontlari hara-kati, keyinchalik esa Ruminiyadagi inqilob haqida-gi xabarlar Yagona Moldova Xalq fronti (YMXF)ning tashkil etilishiga, uning tomoni-dan mamlakatda 1989-yilda rumin tiliga davlat tili maqomini berish va mamlakatni su-veren deb e’lon qilishga bo`lgan intilishlarni rag`batlantirdi. YMXF ommaviylashdi va Kishinyov ko`chalariga yuz minglab tarafdorlarini chiqardi.

1990-yilning bahorida SSSR Xalq deputatlari s’ezdiga saylangan deputatlarning ko`p-chiligi konservativ kayfiyatda edi, ammo, avgustga kelib Oliy Sovet rumin tiliga davlat tili maqomini berish to`g`risidagi qonunni qabul qilib, har bir elatga o`z tilida gapirishga imkon berdi. Keyinchalik, Xalq fronti 1990-yildagi Oliy Sovet saylovlarida muvaffaqi-yatga erishib, respublika rahbariyatidan Kompartiyani chetlashtirdi. 1990-yil avgustda Oliy Sovet Moldova mustaqilligi to`g`risidagi deklaratsiyani e’lon qildi. Yangi hukumat fuqarolarning huquq va erkinliklarini yoqladi. Mamlakatda demokratlashtirish avj olib, bir qator liberal-demokratik, milliy-demokratik hamda sotsial-demokratik yo`nalishdagi partiya va harakatlar paydo bo`ldi. Ulardan ba’zilari Moldovaning Ruminiyaga qo`shili-hi tarafdorlari edilar. Ammo, ular referendumda ko`pchilik ovozga ega bo`lolmadilar. 1991-yil oxirida Oliy Sovet respublika prezidenti etib liberal-demokratlar yetakchisi M. negurni sayladi.

Shu bilan birga, 1990-yildayoq SSSRning parchalanishiga to`sqinlik qilishga harakat qiluvchi Ittifoq hukumati ishtiroki bilan Moldovaning janubidagi uchta mintaqada ya-shovchi gagauzlar va Dnestr o`ng qirg`og`i hamda Benderi shahri aholisining ko`pchiligi rumin tili va SSSR tarkibidan chiqishga qarshi norozilik bildirishdi. Gagauzlar o`z mus-taqil respublikalarini e’lon qilishdi. Shimolda esa 1991-yilda sovet tuzumini saqlab qo-layotgan mustaqil Dnestrbo`yi Moldova Respublikasi (DMR) paydo bo`ldi.

Agar gagauzlar bilan olib borilgan uzoq muddatli muzokaralardan so`ng ular Gagau-ziyaning Moldova tarkibida maxsus huquqiy maqomga ega bo`lishiga rozilik bildirgan bo`lsa, Tiraspol shahrida joylashgan DMR hukumati Moldova hukumatining muxtoriyat to`g`risidagi taklifini rad etdi va sovet harbiylari yordamida Moldovaning tartib o`rna-tuvchi kuchlariga qarshilik ko`rsatdi. 1992-yilda Moldova qurolli kuchlari bilan DMR qurollangan otryadlari va ularga yordam berayotgan 14-sobiq Sovet armiyasi o`rtasida bo`lgan janglarda yuzlab odamlar halok bo`ldi va yarador qilindi, xalq xo`jaligiga katta moddiy zarar yetkazildi. O`n minglab muqim yashovchilar qochoqlarga aylandi. Moldo-vada prezident “favqulodda holat” e’lon qildi.

Moldova va DMR o`rtasidagi qurolli to`qnashuvlar faqat Moldova va Rossiya o`rtasi-dagi shartnoma imzolanib, 14-armiya tarqatib yuborilgach va urush mintaqasiga Xalqaro tinchlik o`rnatuvchi kuchlar kiritilganidan keyingina to`xtatildi. Qarama-qarshi tomonlar o`rtasidagi muzokaralar va vositachilar urinishlariga qaramasdan to`qnashuvlar 1994-yilgacha davom etdi. Shu yili tomonlarning zo`ravonlikni to`xtatish to`g`risidagi o`zaro kelishuvlari to`qnashuvlarga chek qo`ydi.

Parlamentga (1994-yilda) va mahalliy (1995-yilda) saylovlar arafasida korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish bir oz olg`a siljidi, ammo, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishilmadi. Davlat ixtiyoridagi asosiy sohalar – vino ishlab chiqarish va ta-maki sanoatida ishlab chiqarish samaradorligi pastligicha qolmoqda edi. Moldova Ros-siya kompaniyalari tomonidan keltirilayotgan energiya tashuvchilarni sotib olish uchun mablag`ga ega emas edi. Beqarorlik investitsiya oqimiga salbiy ta’sir ko`rsatayotgan edi. Uzoq davom etgan ishlab chiqarishning qisqarishi va inflatsiya aholi ahvolining yomon-lashishiga sabab bo`ldi. Ommaning noroziligi, eng avvalo, ijtimoiy muammolarni hal etishga chaqirayotgan sotsial-demokratik partiyalarning kuchayishiga olib keldi. 1996-yilning oxirida prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ular tomonidan qo`llab-quvvatlangan erkin nomzod P.Luchinskiy g`alaba qozondi.

1998-yilga kelib mamlakat mulkining 75 foizi (DMRdan tashqari) aksioner-investor, korxona xodimlari, menejerlar va xususiy tadbirkorlar qo`liga o`tdi. Ammo, iqtisodiyot-ning jonlanishi va aholi ahvolining yaxshilanishiga erishilmadi.

Muzokaralar yo`li bilan P.Luchinskiy Moldova birligining Rossiya va Ukraina tomo-nidan e’tirof etilishiga va ular bilan hamkorlikni kuchaylirishga erishdi. Mamlakat birli-gini tiklash uchun Moldova YXHT va boshqa xalqaro tashkilotlarga tayanmoqda. Yoqil-g`i-energiyaga ega bo`lish maqsadida Ozarbayjon bilan mustahkam munosabatlar o`r-natmoqda. Ruminiya va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.

2000-yil bahoridan boshlab, prezident tanlagan yo`l mamlakat aholisi ba’zi qismining manfaatlariga mos kelmasligi tufayli, noroziliklar kuchayib ketdi. Bu noroziliklarga ta-yanib, parlamentdagi turli ruhdagi muxolif kuchlar Konstitutsiyani o`zgartirishga erish-di. 2001-yil fevral oyidagi parlament saylovlarida demokratlar rahbarligida mamlakat qi-yinchiliklari bartaraf etilishidan umidini uzgan saylovchilar kommunistlar uchun ovoz berdilar. Yangi parlament V.Voroninni prezident etib sayladi. Bozor iqtisodiga o`tish qi-yinchiliklari davom etmoqda.

Moldova YIM 2007-yilga kelib 4,8 mlrd. dollarga yetdi va yillik o`sish 3 foizni tash-kil qildi. Sanoatning 87 foizi qayta ishlash sanoatiga to`g`ri keladi. Qishloq xo`jaligida biroz pasayish sezildi. Import eksportga nisbatan ancha ustun. 170 dan ortiq vino korxo-nalari ishlab turibdi.

Ukraina Respublikasi

Aholisining soni va sanoat salohiyati bo`yicha SSSRda ikkinchi o`rinda turgan Ukrai-nada milliy harakatlar Boltiqbo`yiga nisbatan kechroq boshlandi. Ammo, bu harakat chuur tarixiy ildizga ega bo`lib, hech qachon tugamagan va, ayniqsa, g`arbiy hududlarda ancha kuchliroq edi. “Qayta qurish” yillarida ruslashtirishga qarshi chiqqan dissidentlar faollashdi, mamlakat mustaqilligi uchun kurashuvchi milliy-ozodlik harakati qatnashchi-ari ochiq faoliyat yurita boshladi. Ular tuzgan eng obro`li tashkilot I.Droch va V.Cherno-illar boshchilik qilgan Ukraina Xalq harakati (Rux) edi.

Qariyb 73 foizi ukrainlardan iborat bo`lgan aholi konformistik (loqaydlik, be-farqlik) ruhda emas edi. Ammo, 1989-yil-ning bahorida SSSR Xalq deputatlari s’ez-dida qatnashgan Ukraina vakillarining ko`pchiligi SSSRni saqlab qolish tarafdori bo`lib chiqdilar. Faqatgina, oktabrga kelib Oliy Rada ukrain tilini davlat tili deb e’lon qildi. 1990-yilda Oliy Radaga bo`lgan saylovlarda o`rinlarning choragini Rux tomonidan tuzilgan demokratik blok egalladi. Uning tashabbusi bilan Oliy Rada 1990-yil yozida Ukraina suverenitetini e’lon qildi va Kiyevda bo`lib o`tgan son-sanoqsiz ommaviy na-moyishlardan so`ng kommunistlardan bo`lgan bosh vazirni vazifasidan chetlashtirdi. Oliy Rada raisi milliy-demokratlardan bo`lgan L.Kravchuk bo`ldi.

1991-yil avgustda Oliy Rada Ukraina mustaqil bo`lganligini e’lon qildi va bunga qar-shilik ko`rsatgan Kompartiyani taqiqladi. Kam sonli millatlarga muxtoriyat huquqi beril-di. 1991-yil dekabrda bo`lib o`tgan umumxalq referendumida fuqarolarning 80 foizidan ko`prog`i, jumladan, aholining 22 foizini tashkil etgan ruslarning ko`pchiligi ham mam-lakat mustaqilligi uchun ovoz berdi. Konstitutsiyaga o`zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan respublika prezidenti saylandi. U L.Kravchuk bo`ldi.

Qisqa muddat ichida Ukraina o`z hududida joylashgan o`nlab sovet diviziyalari va ularning quroli asosida mustaqil mamlakat uchun zarur bo`lgan qurolli kuchlar va max-sus xizmatlarni tashkil etishga ulgurdi. Ammo, xalq ham, yangi partiyalar ham, eski so-vetlar ham islohotlarga tayyor emas edi. Ittifoq buyurtmalari va yoqilg`i-energiya man-balaridan mahrum bo`lgan sanoatda 1992-yilda mahsulot ishlab chiqarish 30 foizga qis-qardi va kamayishda davom etdi. Energiya manbalarini sotib olish va ishlab chiqarishni yangilash uchun mablag` yo`q edi. Dastlabki fermerlar paydo bo`lgan bo`lsada, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi ham qisqardi. 1994-yilda aholi jon boshiga YIM 200 AQSH dollarigacha pasayib ketdi. Milliy valyuta – avval karbovanes, keyinchalik grivna joriy etilishiga qaramasdan, inflatsiya o`sib bordi.

Avvaliga davlat tomonidan qisqartirilgan narxlarning tartibga solinishi 60 foizga tik-landi. Ammo, bu yashirin iqtisodiyotning o`sishi va korrupsiya (mansabdorlarni pora bi-lan sotib olish)ning avj olishiga ta’sir ko`rsatolmadi. 1994-yilgi oziq-ovqat narxi 1990-yildagiga nisbatan 4–5 baravar yuqori edi. YIMning 40 foizdan ko`prog`i ijtimoiy ta’mi-notga yo`naltirilganligiga qaramasdan, aholining qashshoqlikda yashashi, ishchilarning yirik ommaviy norozilik chiqishlariga sabab bo`ldi.

Hukumat boshqa muammolarga ham duch keldi. Uniatlar, katolik-greklar va rim-ka-toliklarning diniy markazlari hamda pravoslav cherkovi muxtoriyati qatoriga undan ajra-lib chiqqan Ukrain pravoslav cherkovi markazi ham qo`shildi. Ko`pgina ruslar yashaydi-gan sharqiy mintaqalarda rus tiliga ham davlat tili maqomini berishni va, hatto, Ukrai-naning federativ tuzumini yoqlab chiqqan harakat ham yuzaga keldi. Qrimda ko`pchi-likni tashkil etuvchi rus aholining asosiy qismi yarim orolning Rossiyaga qo`shilishi yo-ki unga mustaqillik berilishini talab qildi. Bu vaziyatni Rossiyadagi obro`li doiralarning Qrimga, Qora dengiz floti va uning Qrimdagi bazalari, eng avvalo Sevastopolga da’vo qilishlari yanada murakkablashtirdi. Qrimdagi ko`pchilik ruslarning ommaviy chiqishla-ri 1992-yilda Ukraina hukumatini Qrimning maxsus mavqeyini tan olishga majbur etdi. Ammo, keyinchalik Qrimning maxsus maqomga ega bo`lishi uchun harakatlar bozor is-lohotlari tarafdorlari va kommunistlar o`rtasidagi keskin kurash tufayli to`xtatildi. Nati-jada, 1995-yilda “Qrim davlatchiligi” barham topdi va viloyat hukumatiga bo`ysundi.

Murakkab muzokaralardan so`ng, 1994-yil boshida Ukraina, Rossiya va AQSH o`rta-sida unga SSSRdan meros qolgan raketa-yadro quroli Ukrainaga tegishli ekanligi, ular-ning Rossiyada zararsizlantirilishi va AQSH tomonidan ikkilamchi xomashyoning sotib olinishi to`g`risidagi bitim tuzildi. Bu Ukrainaga o`zining yadro qurolidan voz kechgan-ligini tasdiqlash va uni tarqatmaslik to`g`risidagi shartnomaga qo`shilishga imkon berdi.

Qora dengiz floti va uning bazalari hamda energiya tashuvchilarni sotib olish to`g`ri-sida Rossiya bilan 1992-yilda boshlangan muzokaralar uzoq cho`zildi va ularni nihoya-siga yetkazish boshqa prezidentga nasib etdi.

1994-yilning yozidagi yangi prezidentlik saylovlarida ikkinchi bosqichdagi keskin kurashdan so`ng L.Kuchma g`alaba qozondi. U iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mulkchilik va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash hamda mamlakatning dunyo hamjami-yatida faol qatnashishi tarafdori edi.

Qiyinchiliklarni chetlab o`tish maqsadida, L.Kuchma hokimiyat to`g`risidagi buyru-g`ida hukumat va uning faoliyatini prezidentga bo`ysundirdi. Bu 1994-yilning kuzidan boshlab ko`p yillik bozor islohotlari dasturini amalga oshirish imkonini berdi. Ammo, parlamentdagi muxolifat islohot uchun zarur qonunlarning qabul qilinishiga to`sqinlik qilardi. 1996-yilda Oliy Rada qayta saylanganidan keyingina prezident milliy-liberallar va milliy-demokratlar yordami bilan yangi Konstitutsiya qabul qilinishiga erishdi. Ta’-lim tuzilishi va tarkibini yangilash, sog`liqni saqlashni isloh qilish, ukrain tilini qo`llash-ni kengaytirish va ukrain madaniyatini rivojlantirish faollashdi. Bu rusiyzabon aholi bir qismining noroziligiga sabab bo`ldi.

Ukrainada o`tkazilgan islohotlar mulkchilik va ishlab chiqarish tuzilishini asta-sekin o`zgartirdi. 1998-yilga kelib davlat ixtiyorida barcha korxonalarning atigi 15,4 foizi qol-di. Ularning katta qismi menejer va aksionerlar qo`liga o`tdi. Ammo, iqtisodiyot va aholi ahvolining umuman yaxshilanishiga erishish uchun samarali mulk egalari yetishmas edi. Aholi turmush darajasining sekin o`zgarishi, hukumat yo`l qo`ygan xatoliklar va korrup-siya ko`pchilikda prezident tanlagan yo`ldan norozilik va unga nisbatan shubha uyg`otdi. Ammo, kommunistlar va boshqa raqiblarning chiqishlariga qara­masdan, 1999-yilda L. Kuchma yana prezidentlikka saylandi. Biroq, 2000-yil oxirida muxolifatchi kuchlar L. Kuchma va maxsus xizmatni bir jurnalistning o`limiga daxldorlikda aybladi va prezident iste’fosini talab qiluvchi harakatlar yuzaga keldi. Mamlakatda uzoq muddatli va jiddiy siyosiy inqiroz boshlandi.

2004-yil oxirida prezidentlikka saylovlar nihoyatda murakkab sharoitda o`tdi. V.Ya-nukovich g`alaba qilgan birinchi saylov natijalari noqonuniy deb e’lon qilindi. Dekabrda ikkinchi marta ovoz berishda V.Yushchenko g`alaba qildi. “Zarg`aldoq inqilob” amalga oshdi va mamlakatda g`arbchilar pozitsiyasi mustahkamlandi. 2005-yilda u hukumat rahbarini almashtirdi. 2009-yil oxiridagi prezidentlik saylovida nihoyat V.Yanukovich g`alaba qozondi.

Ukraina bilan Rossiya o`rtasida do`stlik va hamkorlik to`g`risidagi uzoq muddatli shartnoma imzolangan va ularning 2004-yilgacha iqtisodiy hamkorligi dasturi kelishib olingan edi. Nihoyat, Rossiya Qora dengiz flotining katta qismiga egalik qildi. Ukraina-dan uning ulushidagi ko`pgina kemalarni oldi va Sevastopoldagi flot bazasini ijaraga oldi.

Yalpi ichki mahsulotning yarmini tashkil etgan tashqi qarzlardan qutulish, o`sib bo-rayotgan inflatsiyani bartaraf qilish uchun Ukraina hukumati Xalqaro valuta fondi va boshqa xalqaro tashkilotlardan yordam so`radi. U Gruziya, Ozarbayjon va Moldova dav-latlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilmoqda. Qora dengiz davlatlari tashkilotida ishtirok etmoqda. Ukraina rahbariyati Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda va xavfsizlik kafolati sifatida NATOning “Tinchlik uchun sheriklik” shartnomasiga amal qilmoqda.

Ukraina hozirgi vaqtda xalq xo`jaligini bozor iqtisodiga moslab rivojlantirish yo`lidan bormoqda. Rossiya gazini yetkazib berishdagi ishkalliklar tufayli gidroenergetika va shaxta metanidan foydalanish, shuningdek, O`rta Osiyo neftini olib kelish rejalari tuzil-moqda. YIM 131,2 mlrd., o`rtacha aholi jon boshiga mahsulot yetishtirish 2829 AQSH dollarini tashkil qiladi.

Belorussiya Respublikasi

Mustaqillikka erishish va taraqqiyot yo`lini tanlash Belorussiya uchun murakkab va qiyin bo`ldi. Aholining 76 foizi belorus millatidan iborat bo`lishiga qaramasdan, u SSSR ittifoq-dosh respublikalari ichida eng ruslashgani edi: belorus tili, madaniyati va milliy o`zlikni ang-lash chetga surib qo`yilgan edi. Respublika SSSR Qurolli Kuchlari uchun eng muhim har-biy platsdarm vazifasini o`tardi.

80-yillarda faollashgan belorus tili va madaniyati, milliy o`zlik himoyachilari 1989-yilda Z.Poznyak boshchiligida Belorus Xalq frontini tuzdi, kelasi yili esa bir nechta li-beral-vatanparvar va liberal-demokratik kayfiyatdagi partiyalar ham tuzildi. Ammo, ularni aholining atigi to`rtdan bir qismi qo`llab-quvvatladi.

Tarkibi ko`pchilik kommunistlardan iborat bo`lgan hukumat va Oliy Sovet aholi eh-tiyojini qondirish uchun iqtisodiy mustaqillik, ya’ni, xo`jalikning respublika ixtiyoriga to`la o`tishini yetarli, deb hisobladi. 1991-yilda Oliy Sovet tomonidan Belorussiya mus-taqilligining e’lon qilinishi va Oliy Sovet raisi S.Shushkevich tomonidan SSSRning par-chalanganligi to`g`risidagi Belovej hujjatining imzolanishi kommunistlarning Belorussi-yadagi hokimiyatini Rossiya va boshqa respublikalarda g`alaba qilgan liberal-islohotchi-lar hujumidan himoya qildi.

Ammo, SSSR parchalanishi bilan Belorussiya sanoati buyurtmalarning 86 foizidan hamda respublikada mavjud bo`lmagan xomashyo va energiya manbalari oqimidan mah-rum bo`ldi. SSSR harbiy platsdarmining yo`qolishi Belorussiyani daromadning yana bir manbayidan mahrum qildi. 1992-yildayoq ishlab chiqarish 21 foizga, 1994-yilda esa 40 foizdan ko`proqqa qisqardi. Inflatsiya halokatli tus oldi, aholi qashshoqlashdi. V.Kebich hukumati tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish or-qali inqirozni bartaraf etish dasturi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1991-yilda korxonalar-ni xususiylashtirish va ishlab chiqarish tuzilmasini qayta qurish boshlandi, keyinchalik “shoksiz bozor munosabatlariga o`tish” dasturi taklif qilindi. Ammo, buni amalga oshi-rish uchun mablag` topilmadi.

Oliy Sovet raisi S.Shushkevich bo`hton va ayblovlar bilan vazifasidan chetlashtiril-gandan so`ng, 1994-yilda prezidentning umumxalq saylovlari orqali saylanishini ko`zda tutgan yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Saylovlarning ikkinchi bosqichida, “men o`ng-lar bilan ham, so`llar bilan ham emas, balki xalq bilan birgaman”, deb bayon qilgan A. Lukashenko g`alaba qozondi. U korrupsiyaning oldini olish va Rossiya bilan birlashish orqali farovonlikka erishishni va’da qildi.

1994-yilning may oyida A.Lukashenko yangi parlament saylovlari bilan birgalikda re-ferendumni ham o`tkazdi. Bu referendum oldingi davlat ramzlarini qaytardi, rus tilini hali o`z mavqeyiga ega bo`lishga ulgurmagan belorus tiliga tenglashtirdi, Rossiya bilan qo`shilishni ma’qulladi va, eng asosiysi, prezidentning parlament ustidan hukmronligini ta’minladi. Faqatgina dekabr oyiga kelib yakunlangan parlament saylovlari natijalari muxolifatni bostirish va islohotlarni to`xtatishga urinayotgan prezidentga ma’qul emas edi. Hukumat kolxoz va sovxozlar tizimining uchdan ikki qismi kasod bo`lish holatida ekanligiga qaramasdan, ularni saqlab qoldi. Prezident endigina boshlanayotgan xususiy-lashtirishni to`xtatdi, iqtisodiyot davlat tomonidan boshqarilishini va narxlar tartibga so-linishini kuchaytirdi, tadbirkorlikni butunlay to`xtatdi. Rossiyadan imtiyozli narxlar bi-lan energiya resurslarining sotib olinishi hukumatga ishlab chiqarishni o`stirish va qash-shoqlikni barqaror saqlashga imkon berdi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli og`irligicha qolmoqda edi. Hukumat prezident tanlagan yo`lga qarshi turuvchilarga shafqatsizlik bi-lan munosabatda bo`ldi.

A.Lukashenko o`z hokimiyatini kuchaytirish maqsadida 1996-yilda referendum o`tka-zish yo`li bilan ham parlament, ham konstitutsion sud vakolatlarini cheklashga erishdi. U parlamentdan muxolifat vakillarini chetlashtirishga va o`z vakolatlarini uzaytirishga erishdi. Bu voqealar va qatag`onlarning kuchayishi Belorussiyada avtoritar tuzum shakl-lanishiga olib keldi. Parchalangan milliy-demokratik muxolifat kuchlari hech qanday ta’sirga ega bo`lmay qoldi.

Avtoritarizm yo`li bilan mamlakatning “bo`ysunuvchanligi”ga erishish hukumatga 2000-yilda korxonalarni xususiylashtirish, kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash, soliq tizimini isloh qilish, eksportni yanada rivojlantirishga qaratilgan besh yillik ijtimo-iy-iqtisodiy rivojlanish dasturini qabul qilish imkonini berdi. Ammo, og`ir moliyaviy-iqtisodiy ahvol uni amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda.

1997-yil bahorida Belorussiya va Rossiya o`rtasida ikkala davlat hamdo`stligini tu-zish to`g`risidagi shartnoma, 1999-yil oxirida esa har bir mamlakat o`z suverenitetini saqlab qolgan holda dualistik davlat tuzish to`g`risida ittifoq shartnomasi imzolandi. A. Lukashenko Rossiya tomonidan hech qanday shartlarsiz Belorussiya qarzlarining katta qismidan voz kechilishiga va Rossiyadan xomashyo hamda energiya resurslarini imti-yozli narxlarda olib turishga muvaffaq bo`ldi.

Ammo, kelishuvlarning amalga oshirilishini ikkala mamlakat o`rtasidagi iqtisodiy in-tegratsiyaning sustligi va iqtisodiyot hamda siyosiy tuzumning keskin farq qilishi mu-rakkablashtirmoqda. Rossiya va Belorussiya hukumatlari bajarish amri mahol bo`lgan ishga qo`l urgan: ular turli mafkuraviy-siyosiy tuzumga ega davlatlar konfederatsiyasini tuzmoqchilar.

Belorussiyada 2006–0-yillarga mo`ljallangan rejada asosan kichik va o`rta korxo-nalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 2007-yilda yillik o`sish 8 foizni tashkil qildi. Import eksportga nisbatan yuqori. Eksportning asosini neftni qayta ishlash mahsu-lotlari tashkil qiladi. Metallurgiya bo`yicha mahsulot ishlab chiqarishda 2006-yilda Be-orussiya MDH mamlakatlari ichida to`rtinchi o`rinni egalladi. Belorussiya territoryasi-dan g`arbga Rossiyaning katta neft va gaz quvurlari o`tadi hamda Rossiyaning 27 foiz gazi Belorussiya orqali eksport qilinadi.

3-masala:

80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Kavkazorti SSSRda milliy-ozodlik harakat-lari faolligi bo`yicha ikkinchi mintaqaga aylandi. Ular tanlagan yo`l SSSRning boshqa respublikalari tanlagan yo`llardan keskin farq qilardi. Bu respublikalarda yangi davlat-chilikning shakllanishi va taraqqiyoti juda murakkab kechdi, uzoq muddatli va keskin to`qnashuvlarga sabab bo`ldi.

Gruziya Respublikasi

1985–1989-yillar davomida gruzin madani-yati va mustaqilligining tiklanishi uchun kura-shuvchi yig`inlar va namoyishlar o`tkazgan yuzdan ortiq turli tashkilotlar va guruhlar pay-do bo`ldi. Tbilisi shahrida 1989-yil 9-aprelda bo`lib o`tgan ko`p ming kishilik miting qat-nashchilariga sovet qo`shinlarining hujum qi-lishi oqibatida ko`plab tinch aholining halok bo`lishi butun mamlakatning g`azabini qo`zg`atdi va junbushga keltirdi. 1989-yilning kuzida Milliy ozodlik qo`mitasi tashkil qilindi. Kommunistik rahbariyatning obro`si va ta’siri ildiziga bolta urildi. Sentabr oyida umumxalq so`rovida fuqarolarning 89 foizi mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berdi.

1991-yil aprel oyidagi referendum natijalari asosida Oliy Kengash Gruziya mustaqil-ligini va 1921-yilgi Konstitutsiyani qayta tikladi. May oyida umumxalq ovoz berish yo`-li bilan Gamsaxurdiya Gruziya prezidenti etib saylandi. Mamlakatda sovetlar va sobiq ij-timoiy-siyosiy tashkilotlar bekor qilindi. Boshqaruv, xo`jalikni liberallashtirish va de-mokratlashtirish boshlandi. Ammo, hukumat va xalqning diqqat-e’tiborini bu o`zgarish-lar chog`ida yuzaga kelgan to`qnashuvlar chalg`itdi.

1990–1991-yillarda M.Gorbachyov tomonidan o`tkazilgan tazyiqqa javoban Gamsa-xurdiya SSSR bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bu esa tang ahvoldagi iqtisodiy vaziyat-ni yanada og`irlashtirdi. Buyurtmalar, energiya manbalari va xomashyoning yo`qligi ish-lab chiqarishni falajlantirdi. llgarigi qishloq xo`jalik mahsulotlari bozoridan mahrum bo`lish aholi turmush darajasini pasaytirib yubordi.

Ittifoq maxsus xizmatlarining ko`magi va yordamida Janubiy Osetiya va Abxaziya avtonom respublikalaridagi osetinlar va abxazlar 1989-yildan boshlab SSSR bilan alo-qani uzishga qarshi kurash boshladi. Osetiyaliklar o`z hududlarini avtonom respublika deb elon qilishgan bo`lsa, abxaziyaliklar Abxaziya suverenitetini e’lon qilishdi. Bunga javoban Gruziya parlamenti Janubiy Osetiyani muxtoriyatdan mahrum qildi va u yerga ayirmachilar bilan jang qilish uchun gruzin qurolli kuchlarini jo`natdi. Ko`pchilik aholi yashash joylarini tark etdi. Keyinchalik Rossiya tinchlikparvar kuchlari yordamida urush to`xtatildi, ammo, bu muammoning siyosiy yechimi hozirgacha topilgani yo`q.

Gamsaxurdiya tarafdorlari bo`lgan qurollangan guruhlar aholisining asosiy qismi gru-zin bo`lgan Abxaziyaga ham kiritildi. Ammo, V.Ardzinba rahbarligidagi Abxaziya sepa-ratistlariga sovet qo`shinlari yordam berayotgan edi. Bu, 1991-yil kuzida Gruziya huku-matini ular bilan kelishuvga majbur etdi. Unga ko`ra, Abxaziya Oliy Kengashida aho-lining atigi 17 foizini tashkil etgan abxazlarga 28 o`rin, 46 foiz aholini tashkil etgan gru-zinlarga atigi 26 o`rin, boshqa millat vakillariga esa jami 11 o`rin nasib etdi. Bu fuqaro-larning huquqi qaysi millatga mansubligiga ko`ra belgilanishiga sabab bo`ldi va Abxazi-yada etnokratiya (alohida millat hukmronligi) o`rnatilishiga olib keldi.

Gamsaxurdiya xatolarining og`ir oqibatlari mamlakat aholisi katta qismining norozili-giga sabab bo`ldi. O`z qurolli guruhlariga ega bo`lgan muxolifatchilar hukumat harakat-larini puchga chiqarardi. 1991-yil 22-dekabrda esa ular Tbilisidagi hukumat binolariga hujum qilib, Gamsaxurdiyani Armanistonga qochishga majbur qildi. Keyinchalik u Che-chenistonga qochib o`tdi va u yerda halok bo`ldi. 1992-yil 2-yanvaridan bosh­lab Tbi-lisida hukumat Gamsaxurdiya raqiblari tomonidan tuzilgan Harbiy Kengash qo`liga o`t-di. Yangi hukumat Gamsaxurdiya konstitutsiyasini bekor qildi, parlamentni tarqatib yu-bordi va “favqulodda holat” joriy qildi.

Yangi rahbariyat mamlakatni boshqarish uchun gruzinlar orasida mashhur bo`lgan E. Shevardnadze nomzodini taklif qildi. Bir-biri bilan kelishmaslikka harakat qilayotgan kuchlar bu vaziyatdan foydalanmoqchi bo`lishdi, ammo, ularning barcha umidlari puch-ga chiqdi. Demokratik ittifoq yordami bilan E.Shevardnadze 1992-yildayoq Harbiy Ken-gash o`rniga Davlat kengashini tuzdi, boshqaruv organlari, qurolli kuchlar, flot va che-gara qo`shinlarini tuzish ishlarini boshladi. Gruziya o`zini zarur qurollar bilan ta’minlab turgan Rossiya bilan aloqani tikladi. Gruziya mustaqilligi o`nlab mamlakatlar tomonidan e’tirof etildi. Mustahkamlanib olgan hukumat keng tus olgan fitnalarning va E.Shevard-nadzedan norozi bo`lgan rahbarlarning isyonlarini bartaraf etdi.

Gruziya davlatchiligini mustahkamlash maqsadida E.Shevardnadze va uning tarafdor-lari 1995-yil yozida yangi Konstitutsiyani qabul qildi. Noyabr oyida yangi parlament saylandi va unda Fuqarolar ittifoqi, Tiklanish ittifoqi va Milliy-demokratik partiya ko`p-chilik o`rinlarga ega bo`lishdi. Prezident etib E.Shevardnadze saylandi. Raqiblarning fit-na va suiqasdlariga va qiyinchiliklarga qaramasdan, hokimiyat kuchaya bordi va 2000-yilda E.Shevardnadze yana prezident etib saylandi.

Hokimiyatning mustahkamlanishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga imkon ber-di. 1998-yilga kelib davlat ixtiyoridagi mulkning 76 foizi, jumladan, barcha korxonalar-ning 90 foizi asosan menejerlar, hissador-investorlar va xususiy tadbirkorlar qo`liga o`t-di, yerlarning uchdan ikki qismi xususiy mulkka aylandi. Gruziya milliy valutasi – lori joriy qilindi. Ammo investitsiya va energiya manbalari tanqis edi, tashqi qarzlar ko`pa-yib bordi. Mamlakatda 1990-yilga nisbatan to`rt baravar kam mahsulot ishlab chiqarildi. Xo`jalikni oyoqqa turg`azish nihoyatda qiyin kechdi. Aholi turmush darajasi pastligicha qoldi.

Gruziyaning turli mintaqalaridagi taraqqiyot darajasining turlichaligi joylarda, ayniq-sa, muxtor Janubiy Osetiyada mahalliychilikni keltirib chiqardi. Abxaziyada separatist-lar Gamsaxurdiya tarafdorlari mag`lubiyatidan foydalanib, 1992-yilda Abxaziyani suve-ren davlat deb e’lon qilgan eski Konstitutsiyani tikladi. Abxaziya tomonidan mustaqillik e’lon qilinishiga javoban E.Shevardnadze u yerga hali to`liq shakllanmagan Gruziya qo`shinlarini kiritdi. Ammo, sal o`tmasdan abxaz qurolli otryadlari Checheniston va boshqa ko`ngillilarning qo`shinlari yordamida yana hujumga o`tdi. Rossiya harbiylarini-ng norasmiy aralashuvi bilan ular 1992-yil kuzigacha Abxaziyadan gruzin qo`shinlarini siqib chiqarib, Suxumi shahrini ishg`ol qildi. Ammo, dunyodagi birorta davlat Abxaziya mustaqilligini tan olgani yo`q.

2003-yilning oktabrida Gruziyada parlament saylovlari bo`lib o`tdi. Saylovlarning soxtalashtirilganidan norozi bo`lgan demokratik kuchlar – M.Saakashvili boshchiligida-gi Milliy birlik harakati va N.Burjanadze boshchiligidagi Demokratik blok norozilik na-moyishlarini boshladi. 2003-yilning 22-noyabrida muxolifat kuchlari parlament binosini egalladi va E.Shevardnadzening iste’foga ketishini talab qildi. 23-noyabrda prezident E. Shevardnadze bilan muxolifat liderlari o`rtasida Rossiya tashqi ishlar vaziri I.Ivanov vo-sitachiligida muzokara bo`lib o`tdi. Shundan keyin E.Shevardnadze o`zining iste’foga chiqqanligini ma’lum qildi. Prezidentlik vazifasini vaqtincha N.Burjanadze o`z qo`liga oldi. Shunday qilib, Gruziyada, hokimiyat almashuvi – “atirgul inqilobi” qon to`kishlar-siz g`alaba qildi va 2004-yilning yanvar oyida prezidentlikka saylovlarda M.Saaka­shvili g`alaba qildi.

Gruziya hukumati AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlikni mus-tahkamlamoqda. Gruziyaga xorijiy kredit va investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Ozarbayjon bilan birgalikda Transkavkaz neft quvuri loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu yo`l bilan uning energiya manbalariga tanqisligini bartaraf etishga yordam berish kutilmoqda. O`z xavfsizligini mustahkamlash maqsadida Gruziya NATO bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

Gruziya hozirgi paytda iqtisodi agrar-industrial yo`nalishdagi mamlakatdir. Sanoat mustaqillik yillarida deyarli o`z faoliyatini to`xtatdi. 90-yillarda deyarli barcha katta kor-xonalar yopildi. Bunga mamlakatdagi notinchlik ham sabab bo`ldi. Hozir oziq-ovqat va energetika sanoati ishlab turibdi. Qishloq xo`jaligida 40 foiz aholi shug`ullanadi va lekin yetishtirilgan mahsulot YIMning 17 foizini tashkil qiladi. Gruziya 2008-yil avgustda Ja-nubiy Osetiyaga qarshi hujum qildi.

Armaniston Respublikasi

1988-yil fevralidagi qudratli arman milliy harakatiga Ozarbayjondagi voqealar turtki bo`ldi: Tog`li Qorabog` aholisining 70 foizidan ko`prog`ini tashkil etgan armanlarning ozarbayjonlik rahbarlar o`zboshimchaligiga qarshi noroziliklari va armanlarning Sumga-itdagi Ozarbayjon millatchi ekstremistlariga qarshi ommaviy chiqishlari bunga misol bo`ladi. Aybdorlarni jazolash talabi va noroziliklar bilan yuz minglab odamlar chiqish-di. Arma­niston vatanparvarlari arman xalqini himoya qilish uchun “Qorabog qo`mitasi”-ni tashkil qildi. Aholi kimyoviy korxonani va seysmik halokati butun xalqni yo`q qilishi mumkin bo`lgan AESni to`xtatishga erishdi. SSSR hukumatining yer qimirlashdan zarar ko`rgan aholiga katta yordam ko`rsatishiga qaramasdan, xalq ommasining katta qismi Tog`li Qorabog`ning Armanistonga berilishini rad etgan sovet hukumatining qaroridan g`azabga kelib, respublika mustaqilligini tiklashni talab qilib chiqdilar. 1990-yil aprel oyida Oliy Sovetga saylovlarda Armaniston umummilliy harakati g`alaba qozondi. Ho-kimiyat milliy demokratlar qo`liga o`tdi. Ularning yetakchisi A.Ter-Petrosyan Oliy So-vet raisi etib saylandi.

1990-yil avgust oyida Oliy Sovet Armaniston mustaqilligi to`g`risida siyosiy bayonot berdi. Ma’muriy-huquqiy tizimning yangilanishi va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni bosh-lagan konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. 1991-yil yozida prezidentlik lavozimi joriy etilgandan so`ng, unga A.Ter-Petrosyan saylandi. Sentabr oyida, umumxalq referendumi natijalariga ko`ra, Oliy Sovet Armaniston respublikasining SSSR tarkibidan chiqishi ha-qida bayonat berdi.

1991-yildagi Tog`li Qorabog` poytaxti – Stepanakert uchun bo`lib o`tgan shafqatsiz urushlardan so`ng arman-qorabog` qo`shinlari dushman qo`shinlarini ancha ortga surib, Ozarbayjonning katta hududini ishg`ol qildi. Ammo, Ozarbayjon aloqa tarmoqlari va energiya manbalari oqimini kesib, Armaniston va Tog`li Qorabog`ni blokada qilib qo`y-di.

Xomashyo, energiya manbalari va xorijiy bozorlarning yo`qligi sababli Armaniston sanoati to`xtab qoldi va qishloq xo`jaligi samaradorligi pasaydi. 1994-yilga kelib YIM 75 foizga qisqardi. Bu paytda yer qimirlash asoratlari to`la bartaraf qilingani yo`q edi. Tabiiy ofatdan zarar ko`rgan va Ozarbayjondan kelgan yuz minglab qochoqlar vaqtin-chalik yotoq joylarda yashamoqda edi. Boshqa mahsulotlar u yoqda tursin, oziq-ovqat va yonilg`i ham yetishmas edi. Hayot manbayini topolmagan 800 ming kishi muhojir bo`l-di. Ulkan insonparvarlik yordami va boy mamlakatlar kreditlari hamda diasporaning sa-hovatli yordami bo`lmaganda, minglab kishilar halok bo`lishi turgan gap edi. Yevropa Ittifoqi 1991–1996-yillar davomida Armanistonga 340 mln. dollarlik yordam jo`natdi. Xalqaro valyuta fondi bir necha yillar davomida Armaniston byudjet xarajatining 45 fo-izini qoplab keldi. Jahon banki 260 mln. dollarlik maqsadli kreditlar ajratdi.

Hukumat qiyinchiliklarga qaramasdan, xorijiy yordam tufayli islohotlar o`tkazdi. Oliy Sovetda respublika tizimi to`g`risida bo`lib o`tgan o`tkir munozaralardan so`ng 1995-yilda referendum orqali yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Armanistonda milliy valuta – dram joriy qilindi va, mamlakat tashqi qarzlari 1 mlrd. AQSH dollaridan oshganiga qa-ramasdan, uning barqarorligiga erishildi. Sanoat va yerni davlat tasarrufidan chiqarish natijasida 1998-yilga kelib korxonalarning 70 foizi xususiylashtirildi va xususiy yerlarda 350 ming xo`jalik yuzaga keldi. Asbob-uskunalar eskirganligi, energiya manbalari, xom-ashyo, o`g`it va mashinalar yetishmasligi sababli ularning unumdorligi nihoyatda past edi. Elektr energiya ishlab chiqarishni oshirish maqsadida hukumat seysmik jihatdan xavfli bo`lgan AESni qayta ishga tushirishga majbur bo`ldi. 1994-yildan boshlab ishlab chiqarishning o`sishi boshlandi va u 90-yillarning oxiriga kelib yiliga 10 foizdan ortiq bo`ldi. 1996-yildan boshlab qishloq xo`jaligi jonlana boshladi.

1996-yilda prezidentlikka qayta saylangan A.Ter-Petrosyanning Tog`li Qorabog` ma-salasida yon berishga moyilligidan norozi bo`lgan harbiylar va muxolifatchi kuchlar taz-yiqi ostida u 1997-yilda iste’foga chiqdi. Keskin kurash natijasida ilgari Tog`li Qora-bog`ni, keyinchalik Armaniston hukumatini boshqargan R.Kocharyan prezident etib say-landi. R.Kocharyan tuzumni barqarorlashtirish va Armanistonning xalqaro pozitsiyasini mustahkamlashga intildi. Turli muxolif guruhlarning davom etayotgan chiqishlari mam-lakat rivojlanishini orqaga surmoqda edi. 2007-yildagi prezidentlik saylovida S.Sarkis-yan g`alaba qozondi.

Armaniston uchun uning MDH va YXHTda ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega. Rossiya bilan yaqin hamkorlik iqtisodiyotning rivojlanishi va xavfsizlikning ta’minlani-shiga yordam beradi. Armaniston eng ilg`or mam­lakatlar hamda Eron bilan aloqalarni kengaytirmoqda. Turkiya bilan o`zaro aloqalarni normallashtirishga urinmoqda. Ozar-bayjon va YXHT bilan muzokara yuritib Tog`li Qorabog` manfaatlarini himoya qilish yo`llarini izlashga harakat qilmoqda. Biroq, Ozarbayjon va Turkiya bilan ahvol yaxshi-lanib ketmayapti.

Armanistonda hozirgi paytda iqtisod ancha jonlanmoqda. Qishloq xo`jaligi iqtisodi-yotning o`rtacha 20 foizini tashkil qiladi. 2003-yilda Armaniston Jahon savdo tashki-lotiga a’zo bo`ldi. 2008-yilga kelib YIM 22,4 mlrd., aholi jon boshiga esa 6312 AQSH dollarini tashkil etdi. Mamlakat importi eksportga nisbatan 1,5 mlrd. dollarga ko`pdir.

Ozarbayjon Respublikasi

1989-yilda Ozarbayjon hukumati SSSR Xalq deputatlari s’ezdiga hali ko`pchiligi so-vet tartibotini saqlash tarafdori bo`lgan deputatlarni jo`natishi mumkin edi. Ammo, yil oxiriga borib Tog`li Qorabog`dagi qurolli to`qnashuvlar keskinlashdi. Mamlakatning turli mintaqalarida aholining 8 foizini tashkil etgan armanlarning chiqishlari kuzatildi. Bokuda esa millatchilar, liberallar va demokratlar Kompartiyaga muxolif bo`lgan Xalq frontini tashkil qildi. U tezda katta ta’sirga ega bo`ldi. 1989-yil kuzidan boshlab Ozar-bayjon suvereniteti va liberal islohotlarni talab qilgan Xalq fronti qudratli namoyishlar va mitinglar qildi. 1990-yil boshida u muqobil hokimiyat organlarini va o`z qurolli ot-ryadlarini tuzdi, huquq-tartibot organlarini boshqarishga harakat qildi.

Hokimiyatning Xalq fronti qo`liga o`tmasligi uchun SSSR rahbariyati 1990-yilning 20-yanvarga o`tar kechasi Bokuga sovet qo`shinlarini kiritib, Xalq fronti va norozilik ko`rsatgan aholi bilan ayovsiz kurash olib bordi. Yuzlab odamlar o`ldirildi, yarador qi-lindi. Ommaviy chiqishlar bekor qilindi va “favqulodda holat” joriy qilindi. Kompartiya rahbariyati shuning evaziga hokimiyatni saqlab qoldi.

Ozarbayjon 1991-yil avgust oyi oxirida mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyani qabul qildi. Dekabr oyida Ozarbayjonning MDHda ishti­rok etishiga rozilik bildirishi kommu-nistlar hukumatining umrini uzaytirdi.

Ishlab chiqarishning pasayishi va narx-navoning ko`tarilishi 1992-yil bahoriga kelib aholi katta qismining va Tog`li Qorabog`dan kelayotgan qochoqlarning ahvolini og`ir-lashtirdi. M.Mutalibov rahbarlik qilayotgan kommunistlar hukumatidan norozilik omma-viy tus oldi. Mart oyida bu hukumat ag`darildi. Ammo raqiblar o`rtasidagi kelishmov-chiliklar M.Mutalibovga may oyida yana hokimiyatga qaytishga imkon berdi. Biroq, ik-ki kun o`tgandan so`ng bu hukumat Xalq fronti va “Kulrang bo`rilar” tashkiloti kuchlari tomonidan ag`darib tashlandi.

1992-yilgi umumxalq saylovida mamlakat prezidentligiga o`zini “Otaturk askari” deb atagan milliy-demokrat A.Elchibey saylandi. Uning hukumati narxlarni liberallashtirdi va yangi valuta – manatni joriy qildi, ammo, islohotlarni davom ettirishdan cho`chib tur-di. Asosiy e’tibor sovet qurollari zaxirasiga ega bo`lgan qurolli kuchlarni shakllantirish va ularning turk murabbiylari tomonidan tarbiyalanishiga qaratildi.

Biroq, 1992-yilda iqtisodiy-ijtimoiy ahvolning yomonlashuvi, frontdagi mag`lubiyat va Tog`li Qorabog` o`z mustaqilligini e’lon qilganidan keyin kuchaygan turli mahalliy urug`-aymoqlarning ig`volari, muxolif partiyalarning kuchayishi, talish va lezgin ayir-machilarining faollashuvi hamda Xalq frontidagi kelishmovchiliklar A.Elchibey hokimi-yati susayishiga olib keldi. 1992-yilning yozida Ganja shahrida frontdagi mag`lubiyati uchun prezident bergan tanbehlardan g`azabga kelgan polkovnik S.Guseynov o`z polki-da isyon ko`tardi va prezidentning iste’foga chiqishini talab qilib, Bokuga yurish qildi. A.Elchibey qarshilik ko`rsatishdan cho`chidi va sobiq kommunistlar yetakchisi G.Ali-yevdan yordam so`rab, poytaxtdan qochdi.

1990-yilda sovet qo`shinlarining Bokuga kiritilishidan noroziligini namoyish qilib, KPSS safini tark etgan G.Aliyev o`sha paytda o`z ona yurti Naxichevan avtonom vilo-yatida edi. U “Yangi Ozarbayjon” milliy-demokratik partiyasiga tayanib, Bokuga keldi va S.Guseynov bilan kelishuvga erishdi. S.Guseynov hukumat boshlig`i bo`lishga rozi bo`ldi, G.Aliyev esa parlament raisi etib saylandi. 1993-yilda G.Aliyev milliy-liberal dasturi bilan chiqdi va, Tog`li Qorabog`ni Ozarbayjonga qaytarib olish va’dasini bergan-dan keyin, u umumxalq saylovlarida Ozarbayjon prezidenti etib say­landi. Fitnalarga ara-lashgan S.Guseynov o`z vazifasidan chetlashtirildi va sudga tortildi. G.Aliyev va uning yangi hukumati ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning tarqoqligini va qayta guruhlanishini bartaraf etdi.

1995-yil noyabrida referendum yo`li bilan yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Unda Ozarbayjon demokratik, huquqiy va dunyoviy respublika deb e’lon qilindi. Qirqqa yaqin partiyalar ishtirok etgan Majlis saylovlarida o`rinlarning 45 foizini “Yangi Ozarbayjon” milliy-demokratik partiyasi egalladi. Siyosiy barqarorlikni 1998-yilda G.Aliyevning ya-na prezident etib saylanishi mustahkamladi.

Hukumat o`rta va oliy ta’lim tuzilishi hamda mazmunini yangiladi, sog`liqni saqlash tizimini isloh qildi. Sud-huquq tizimi qayta qurildi va jinoyatchilikka qarshi kurash ku-chaytirildi. Kaspiyning ifloslanishiga qarshi choralar ko`rildi. Bularning amalga oshirili-shiga ulkan harbiy xarajatlar (byudjetning 50–70 foizi) va iqtisodiyotning og`ir ahvolda ekanligi salbiy ta’sir ko`rsatdi. 1994-yilda hukumat erkinlashtirish va xo`jalikni davlat tasarrufidan chiqarishga urinib ko`rdi. 1995-yildan boshlab, Xalqaro valyuta fondiga ta-yanib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish choralari amalga oshirila boshladi. Tuzilmaviy is-lohotlar o`tkazilishini Jahon banki moliyalashtirdi. Eng rivojlangan mamlakatlardan kat-ta kreditlar olishga va Turkiya hamda Eron bilan hamkorlikni kengaytirishga erishildi. Ozarbayjonning MDHga qaytishi uning hamdo`stlik mamlakatlariga eksport ko`lamini oshirdi.

1996–1997-yillarda shu paytgacha muttasil qisqarib kelgan YIMni barqarorlashtirish-ga erishildi. XVFning yordami milliy valyuta – manatni kuchaytirish va xorijiy investit-siya hamda texnologiyalarni jalb qilishga imkon berdi. Dunyodagi eng yirik xalqaro kor-poratsiyalar bilan kimyoviy, metallurgiya, elektrotexnika va mashinasozlik sanoatining rivojlanishini ta’minlaydigan “asr shartnomasi”ning tuzilishi 1990–1995-yillar mobayni-da ikki baravarga qisqarib ketgan neft qazib olishni ko`paytirish imkonini berdi. Ozar-bayjon o`z neftini Gruziya va Turkiya orqali Yevropaga o`tkazilishiga umid qilmoqda.

90-yillarning oxirida inflatsiya cheklandi va ishlab chiqarish jonlana boshladi. 2003-yilgi prezidentlik saylovida G.Aliyevning o`g`li I.Aliyev prezidentlikka saylandi.

Ozarbayjon ko`pgina xalqaro tashkilotlar, jumladan, 10 ta Osiyo davlati Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)da hamda YXHTda faol ishtirok etib kelmoqda. U Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik qilmoqda. Armanistonga qarshi uni qo`llab-quvvatla-yotgan Turkiya bilan yaqin aloqada. MDHda Gruziya, Ukraina va Turkmaniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga urinmoqda hamda Tog`li Qorabog`ni qaytarishni qo`llab-quvvatlovchilarni izlaydi. Ozarbayjon hukumati Rossiya tomonidan Armanistonga qurol-aslaha berilishidan norozi va Tog`li Qorabog`ning taqdiri belgilana-digan xalqaro muzokaralarda Tog`li Qorabog`ni qatnashchi sifatida tan olmaydi.

Hozirgi vaqtda Ozarbayjon agrar-industrial mamlakat bo`lib, qazib olish sektori niho-yatda rivojlangan. Iqtisodiyotning o`sishi 1996-yilda YIMning o`sishi bo`yicha jahon re-kordini qo`ydi – 36,6 foiz. 2007-yilga kelib YIM 31,6 mlrd., aholi jon boshiga esa 6476 AQSH dollarini tashkil etdi. Ozarbayjon eksportining 90 foizini neft tashkil etadi. 1 mlrd tonna neft zaxiralari mavjud. 2008-yilda sutkasiga 1 mln barrel neft qazib chiqarildi. 2007-yilda 10,4 mlrd. kubometr gaz qazib olindi. Mamlakatda yollanib ishlaydigan ish-chilarning o`rtacha ish haqi 196 dollarni tashkil etadi.

4-masala:

Markaziy Osiyo respublikalari SSSRning Yevropa qismidagi va Kavkazorti respub-likalaridan etnik, ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy-siyosiy jihatdan katta farq qilardi. Ulardagi turmush darajasining boshqa ittifoqdoshlariga nisbatan pastligi va aholi o`sishi-ning yuqoriligi konformizmning hukmron bo`lishiga xalaqit bera olmas edi. Ulardagi sa-noat qoloqroq va tarqoqroq edi. Yakkahokimlik (monokultura)ga asoslangan qishloq xo`jaligi sobiq Ittifoq markazi uchun xomashyo tayyorlab berishga moslashtirilgan edi. Islom dini va urug`-aymoqchilik ta’siri kuchliligicha qoldi. Ko`p asrlik madaniyat va milliy o`zlikni anglashga avval chor Rossiyasi, so`ngra, sovet mustabid tuzumi amalga oshirgan ommaviy qatag`onlar, yozuvning o`zgartirilishi va etnik chegaralarning yopili-shi yordamida misli ko`rilmagan darajada zarar yetkazildi.

O`xshash taqdirlar va sovetcha “tenglashtirishga” qaramasdan, 80-yillarda bu respub-likalardagi ahvol turlicha edi hamda ularning taraqqiyot yo`llari ham bir-biridan keskin farq qilardi. Tojikistonda “real sotsializm”ni saqlab qolishga urinishdan tortib, Qirg`i-zistonda liberal-demokratik islohotlarning o`tkazilishigacha, O`zbekistonda bozor iqtiso-diyotiga bosqichma-bosqich o`tish usulidan tortib, Qozog`istonda “boshqariladigan de-mokratiya” orqali iqtisodiyotni erkinlashtirishgacha va Turkmanistonda milliy-totalitar tuzumning barpo etilishigacha bo`lgan yo`llarni ko`rish mumkin. Vaqtincha iqtisodiyot samaradorligining yetarli emasligi, aholi turmush darajasining rivojlangan davlatlarga nisbatan pastligi va yangi davlatchilikni shakllantirish qiyinchiliklaridan foydalanib qol-moqchi bo`lgan, mustaqil taraqqiyotni ko`rolmagan tajovuzkor, hokimiyatparast kuchlar Tojikiston, O`zbekiston va Qirg`izistonda agressiv islom fundamentalizmi va ekstremiz-mi hamda xalqaro terrorizmning konstitutsiyaviy tuzumga qarshi faollashuviga sabab bo`ldi.

Qozog`iston Respublikasi

Markaziy Osiyoning hudud jihatidan eng yirigi Qozog`istonda uch urug` ittifoqi – juz-larga bo`linishni yo`qotmagan qozoqlar aho-lining 40 foizini tashkil etadi. Asosan, res-publika shimolida yashovchi ruslar ham aho-lining 40 foizini, ukrainlar, nemislar, o`zbek-lar, qirg`izlar, tatarlar, uyg`urlar qolgan 20 foizini tashkil etadi.

1986-yilda Almatida Ittifoq markazi ko`rsatmasiga ko`ra respublika va Kompartiya rahbariyatining o`zgarishiga qarshi ommaviy norozilik qozoqlarda milliy o`zlikni ang-lash tiklanishining cho`qqisi bo`ldi. Norozilik qatnashchilarining shafqatsiz jazolanishi ko`pchilikning g`azabini qo`zg`atdi. Shu bilan birga, Qozog`iston hududida yadro sinov-lari o`tkazilishi va ularning oqibatlariga qarshi harakat kuchaya boshladi. Qozoq aholi ichida qozoq tilining ilgarigi mavqeyi va yozuvining tiklanishi, qozoq xalqi tarixi, mada-niyati va dinining o`rganilishi va tiklanishi to`g`risidagi talablar ommaviylashdi.

1989-yil bahoridagi SSSR Xalq deputatlari s’ezdida qatnashgan respublika vakillari sovet tuzumini saqlab qolish tarafdorlaridan iborat edi. Kuzda Oliy Sovet qozoq tilini davlat tili, rus tilini millatlararo so`zlashuv tili, deb e’lon qildi. Kompartiya rahbari N. Nazarboyev respublika ko`p millatli jamiyati birligini va M.Gorbachyovning SSSRni saqlab qolishga urinishlarini qo`llab-quvvatladi. Oliy Sovet 1990-yil bahorida uni pre-zident etib sayladi, oktabrda esa, qarshiliklarga qaramay, Qozog`iston suverenitetini e’lon qildi. Hukumat 70 foizi Ittifoq markazi ixtiyorida bo`lgan barcha zaxiralarni res-publika mulkiga aylantira boshladi. Moskvadagi “avgust to`ntarishi”ni respublika rahba-riyati jimlik bilan kutib oldi, so`ngra, hukumat amalda tarqalib ketgan kompartiya mul-kini milliylashtirdi.

Qozoq va rus xalqlarini hamjihatlikka va Rossiya bilan yaqin aloqalarni saqlab qo-lishga chaqirgan N.Nazarboyev 1991-yil oxiridagi umumxalq saylovlarida yana prezi-dent etib saylandi. Ammo, Oliy Sovet Qozog`iston mustaqilligi to`g`risida hammadan keyin – 1991-yil 16-dekabrda deklaratsiya qabul qildi.

Davlatchilik shakllanishi uchun bir necha yil kerak bo`ldi. 1993-yil boshlarida Oliy Sovet qabul qilgan Konstitutsiyada prezidentga keng vakolatlar berilishi va konstitutsion sud tashkil qilinishi belgilangan edi. Ammo, unda aholining milliy tavofutlari, islohotlar kelajagi hisobga olinmadi va sovet tizimi saqlab qolindi. 1993-yilning oxiridayoq N.Na-zarboyev boshchiligidagi rahbariyat bu konstitutsion tizimning yangi muammolarini hal etish uchun yetarli emasligini fahmlab yetdi. Sovetlarning o`z-o`zidan tarqalib ketishiga 1993-yil kuzida Rossiyada ro`y bergan voqealar turtki bo`ldi. Qozog`istonda sovetlarni-ng tarqalib ketishiga hech kim qarshi chiqmadi – “tinchgina davlat to`ntarishi” ro`y ber-di.

1994-yil mart oyidagi yangi qonun chiqaruvchi organ saylovlari urug`-aymoqlar va guruhlar tomonidan qonunlarning qo`pol buzilishi bilan o`tdiki, konstitutsion sud tergov o`tkazgandan so`ng bu saylovlarni haqiqiy emas deb hisobladi. Prezident saylangan de-putatlarni tarqatishga majbur bo`ldi va qonun chiqaruvchi hokimiyat vaqtincha uning qo`liga o`tdi. Konstitutsiya va parlamentning yangilanishigacha siyosiy barqarorlikni saqlab qolish uchun Qozog`iston xalqlari Assambleyasi qarorlariga ko`ra o`tkazilgan re-ferendum prezident vakolatini 2000-yilgacha uzaytirdi.

1995-yilning oxirida hukumat tomonidan Senatga ko`rsatilgan nomzodlarning bilvo-sita va muqobilsiz saylovlari hamda orasida muxolifat vakillari bo`lmagan Majlisga ko`rsatilgan ko`p sonli nomzodlar o`rtasida keskin kurash bilan umumxalq saylovlari bo`lib o`tdi. Prezident va uning tarafdorlari, ommaviy axborot vositalari va har ikki yilda bir marta saylanadigan parlament deputatlarining bir qismi urug`-aymoqlar va guruhlar-ning ig`volariga qarshilik qilib, korrupsiyaga qarshi kurashib, radikal-milliy qozoqlar va ruslar hamda islomiy tanqidchilarning yo`lini to`sib qo`ygan holda saylovlarni to`la boshqarib bordi. Ko`p millatli jamiyatni birlashtirish uchun prezident qoshida maslahat-mashvarat organi – Qozog`iston xalqlari Assambleyasi tuzildi.

Prezident N.Nazarboyevning tashabbusi bilan 1997-yilda, qozoq-rus birligini mustah-kamlash va eng kuchli juz ta’sirini susaytirish maqsadida, poytaxt mamlakatning janubi-sharqiy burchagida joylashgan Almatidan ko`pchilik aholisi ruslardan iborat bo`lgan va eng muhim industrial-agrar mintaqada joylashgan Astana shahriga ko`chirildi.

2000-yilda qabul qilingan qonun prezidentga muddati tugagandan so`ng ham sobiq prezident sifatida hukumat siyosatiga aralashishga to`la imkon berdi.

N.Nazarboyev tomonidan 15–20 yilga mo`ljallangan samarali ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish qiyinligi osh-kor bo`lib qoldi. Tabiiy resurslarni qayta ishlovchi sohalar ularni qazib oluvchi sohalar-ga nisbatan orqada qoldi, chunki, sanoatdagi deyarli barcha jihozlar eskirgan edi. G`alla yetishtirish va chorvachilikda mashinalar va zamonaviy texnologiyalar yetishmas edi. Eng asosiysi – sobiq Ittifoq buyurtmalari va investitsiyalarining to`xtab qolishi tarqoq sohalar sharoitida sanoat va qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining keskin pasayishiga olib keldi, natijada, 1991-yildan to 1996-yilgacha bo`lgan davrda YIM 31 foizga qisqar-di. Sanoat mahsulotlari va, hatto, oziq-ovqat yetishmas edi. Mehnatkashlarning asosiy qismi ishsiz qoldi. Inflatsiya tez o`sa boshladi. Qish paytida uylar isitilmas, korxonalar to`xtab qolardi. Yem yo`qligidan qoramol qirilib ketdi.

Shunday sharoitda iqtisodiy islohotlar Milliy kengashi tuzildi. Hissadorlik jamiyatla-riga aylantirilayotgan korxonalar aksiyalarining 50 foizi avvaliga davlat ixtiyorida qoldi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi oshgandan keyin bu aksiyalar sotilardi. Yerni mulk sifatida emas, balki, uzoq muddatli ijaraga berish ma’qulroq, deb topildi. Ji-noyatchilikka, ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirildi. Monopoliyaga qarshi qonunlar qabul qilindi.

1994-yildan Qozog`iston valyutasi – tenge muomalaga kiritildi. Ammo, narx-navo o`sishi davom etdi va tengeni mustahkamlash uchun Xalqaro valyuta fondidan yordam olindi. Xorijiy kompaniyalarga mamlakat tabiiy resurslarini ishlab chiqarish uchun lit-senziyalar berildi, ular ishtirokida neft va gaz qazib olish hamda Kaspiy orqali Yevro-paga hamda Xitoyga quvurlar yotqizish uchun qudratli korporatsiyalar barpo etila bosh-landi.

1996–1998-yillarda xususiylashtirish davom etishi natijasida xususiy sektor ancha o`sdi. Davlat ixtiyorida ilgarigi mulkning atigi 16,1 foizi qoldi, ularning ham 45 foizi xorijiy kompaniyalar qo`liga o`tdi. Bir necha milliard dollar investitsiya jalb etildi, in-flatsiya pasaydi va 1996–1997-yillardan boshlab ishlab chiqarish o`sa boshladi. Shu bi-lan birga iqtisodiyotda xususiy sektor afzalligi mustahkamlandi, u asr oxiriga kelib Qo-zog`iston yalpi mahsulotining 75 foizini ishlab chiqara boshladi.

Rossiyadagi 1998-yil inqiroziga bog`liq qiyinchiliklarga qaramasdan, neft va boshqa qimmatbaho xomashyoni sotishdan kelgan daromadlar hissadorlikning oshishi, ishlab chiqarish va YIM o`sishiga yordam berdi. Ijtimoiy muammolarni hal qilish yo`llarini iz-lash faollashmoqda. Mulkdorlar yangi sinfini shakllantirish, bandlikni va nochor oilalar-ga yordamni kuchaytirishdan tashqari, hukumat aholi demografik tarkibini qozoqlar foy-dasiga hal qilishga urinmoqda. Tug`ilishning nihoyatda ko`pligi, qo`shni mamlakatlarda-gi qozoqlar bir qismining ko`chib kelishi, ruslarning emigratsiyasi tufayli qozoqlar ulu-shi tobora oshib bormoqda. Ruslarning ko`chib ketishini hukumat rag`batlantirayotgani yo`q, ammo, boshqaruvning “qozoqlashib” borishi va qozoq madaniyatining ustunligi ularni Rossiyaga ko`chib ketishga majbur qilmoqda. Hukumat qozoqlarning butun mam-lakat bo`ylab tarqalishiga katta e’tibor bermoqda. Asr oxirida qozoqlar allaqachon aholi-ning yarmini tashkil etdi.

Tayanch so`z va iboralar:

deklararatsiya; konservativ; kompartiya; muxtoriyat; dissident; konformistik; korrupsi-ya; muxolifat; “zarg`aldoq inqilob”; platsdarm; referendum; dualistik; konfederatsiya; separatistlar; etnokratiya; “atirgul inqilobi”; blokada; avtonom; liberallashtirish; mono-kultura; diniy ekstremizm; terrorizm; islom fundamentalizmi; assambleya; kosmodrom; assotsiatsiya; nomenklatura; “lola inqilobi”; amnistiya; neytralitet; muhojir; imperiya; vaucher.

Nazorat uchun savollar:


  1. Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi qachon va nima uchun tuzildi?

  2. Ukrainada L.Kuchmaning hokimiyatdan ketishi va yangi prezidentning saylanishi

qanday yuz berdi?

  1. Belorussiyada A.Lukashenkoning ichki siyosati qanday kechmoqda?

  2. Gruziyada “hokimiyat almashuvi” qanday yuz berdi?

  3. Armanistonda Kocharyanning hokimiyatga kelishini tariflang.

  4. Ozarbayjonda G.Aliyev faoliyati qanday kechdi?

  5. Qozog`istonda bozor iqtisodiyotiga o`tish va uning muvaffaqiyatlari zamirida ni-

ma yotadi?

  1. Qirg`izistonda “lola inqilobi” nima uchun yuz berdi?

  2. Turkmaniston bozor iqtisodiyotiga qanday o`tmoqda?

  3. Tojikistonda I.Rahmonov hokimiyatni mustahkamlash uchun qanday ishlarni

amalga oshirdi?

  1. Estoniyada “kuylayotgan inqilob”ning mazmuni nimadan iborat edi?

  2. Latviya bozor iqtisodiyotiga qanday o`tdi?

  3. Litvada mustaqillikning tiklanishi qanday kechdi?


Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin