Ijtimoiy-gumanitar



Yüklə 2,89 Mb.
səhifə8/8
tarix25.12.2019
ölçüsü2,89 Mb.
#30014
1   2   3   4   5   6   7   8
4-5 maruza matni dars rejasi - 2-qism


O’qituvchi F. Mirzayeva.

Tayanch konspekt
1918-yilning noyabr oyidayoq Suriya xalqining milliy-ozodlik kurashi boshlandi. Fallohlar partizan guruhlarini tuza boshladilar. 1919-yil La-

takiyada ko’tarilgan qo’zg’alon 3 yil davom etdi. Parij tinchlik konferensiya-sida Suriyani mustaqil davlat deb tan olishgach, Suriya Bosh kongressi qonuniy mudofaa holati e’lon qildi. 1919-yilning noyabrida joylarda Xalq milliy kengashi tuzildi. Kengash partizan harakati uchun mablag’ va qurol to’plash bilan shug’ullandi. Partizan guruhlariga ko’ngillilarni jalb etdi. Milliy kengash dekabr oyida Suriya hukumatini tuzdi. Biroq mamlakat amiri Faysalning Fransiya bilan kelishuvchilik siyosati milliy-ozodlik kurashi kuchayishiga to’g’anoq bo’la boshladi.

Faysal 1920-yil boshlarida davlat to’ntarishi o’tkazdi va parlament tarqatib yuborildi. Mart oyida o’zini Suriya qiroli deb e’lon qildi. 1920-yilning aprel oyida, San-Remo shartnomasiga ko’ra, Suriya Fransiyaning mandati nazoratiga berildi. Iyul oyida Fransiya armiyasi Damashq shahriga kiri-tildi.

Harbiy vazir Yusuf Azma boshchiligidagi vatanparvar kuchlar Fransiya qo’shinlariga qarshi tengsiz jang qildilar va katta talafot ko’rdilar. Qirol Faysal esa taslimchilik yo’lini afzal ko’rdi. U armiyani qurolsizlantirdi, Damashqni esa Fransiya qo’shinlariga jangsiz topshirdi. Fransiya harbiy ma’muriyati Faysalga ishonmas edi. Uni Buyuk Britaniya manfaatlariga xizmat qiluvchi shaxs, deb hisoblardi. Shuning uchun ham Faysalni Suriyadan chiqarib yubordi.

1925-1927-yillar Suriya tarixiga milliy-ozodlik kurashining yeng yuksalgan davri bo’lib kirdi. Chunki 1925-yilning iyul oyida Jabel-Druz viloyatida dehqonlar ko’targan qo’zg’alon boshlandi. Uning ta’sirida butun mamlakat miqyosida partizanlar harakati kuchaydi. Qo’zg’alonga Xalq partiyasi (1925 -yil fevralida tuzilgan) rahbarlik qildi. 18 -oktabrda partizanlar Damashq shahrini yegalladilar. Fransiya armiyasi Damashqdan chiqib ketishga majbur bo’ldi.

Birinchi jahon urushi yillarida Iroq hududi Buyuk-Britaniya tomonidan ishg’ol qilindi. Bu holurushdan keyin ham davom etdi. Mamlakatning barcha qismlarida ingliz mustamlaka ma’muriyati tashkil etildi. Mustamlakachilik siyosati mamlakat xo’jaligini halokat yoqasiga keltirib qo’ydi. Ishchi kuchi yetishmasligi oqibatida yekin maydonlarining deyarli yarmi tashlandiq holga kelib qoldi. Bu ishga yaroqli yerkak aholining katta qismi dastlab Turkiya armiyasiga, keyinchalik esa ingliz mehnat korpuslariga safarbar yetilganligining oqibati ediMamlakatda ocharchilik yuz berdi. Turli yuqumli kasalliklar keng tarqaldi. Ingliz mustamlakachi ma’murlari katta yer yegalarini o’z tomon-lariga og’dirishga urindilar. Shu maqsadda dehqon jamoalariga qarashli yerlarni ham qabila shayxlari, diniy va dunyoviy rahnamolarga biriktirib qo’yishdi. Biroq bu tadbir Iroqda ham milliy-ozodlik kurashining oldini ololmadi.



Inglizlar bilan kelishuvchilar tarafdorlari esa «Iroq vasiyati» deb ataluvchi jamiyatni tuzdilar. 1920-yilda milliy-ozodlik qo’zg’aloniboshlandi. 30-iyulda Rumeys shahrida yuz bergan qo’zg’alon umumiroq ozodlik urushiga aylanib ketdi. Qo’zg’alonchilar mamlakatning katta qismini ozod qilishga yerishdilar. Buyuk Britaniya bu ozodlik urushini bostirish uchun 150 ming kishilik armiya tashladi. Bu armiya 1920-yilning noyabr oyida ozodlik urushini bostirishga musharraf bo’ldi. Ozodlik urushi to’lqinidan cho’chib ketgan Buyuk Britaniya ichki kuchlar madadiga har qachongidan ham kengroq tayana boshladi. Shularning yordamidagina o’z mavqyeyini saqlab qolishga intildi. Shu maqsadda oktabr oyida Iroqning muvaqqat hukumatini tuzdi, 1921-yilning 23-avgustida esa Angliyaning sodiq malayi Faysal al-Xoshimni (Suriyaning sobiq qiroli) Iroq qiroli deb e’lon qilinishiga yerishdi. Amalda esa hokimiyat, mandat tizimi qoidasiga ko’ra, ingliz Oliy komissari qo’lida edi.

Misr XIX asrning 80-yillarida Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. Buyuk Britaniya hukm-ron doiralari Misrni metropoliya, xomashyobazasiga aylantirdi. Mamlakatda saqlab qolingan qirollik hokimiyati amalda Buyuk Britaniya tayanchiga aylantirildi. Birinchi jahon urushi tugaganidan so’ng ozodlik kurashining yangi to’lqini boshlandi. Vatanparvar kuchlar «Misr vakillari» («Vadf Misri») deb atalgan tashkilot tuzdilar. U Misr mustaqilligi uchun kurashni boshqaruvchi tashkilot edi. Tashkilotni Saad Zag’lul boshqardi. Tashkilot Misrga mustaqillik berishni talab etdi. Bunga javoban inglizlar «Misr vakillari»ning faoliyatini taqiqladi. S. Zag’lul Malta oroliga surgun qilindi. Bular Misrda ozodlik qo’zg’alonining boshlanishiga turtki bo’ldi.

1919-yilning 9-may kuni Qohira aholisi namoyishga chiqdi. Namoyish uch kun davom etdi. «Misr -misrliklar uchun» shiori ostida o’tkazilgan ushbu tinch namoyish mustamlakachilar tomonidan o’qqa tutildi. Bu namoyishning qo’zg’alonga aylanib ketishiga olib keldi. Qo’zg’alon katta qiyinchilikbilanbo’lsa-da, bostirildi. Aholi noroziligini pasaytirish uchun Saad Zag’lul mamlakatga qaytarildi. Ayni paytda u Parij tinchlik konferensiyasiga ham yuborildi. Biroq Zag’lul Misr mustaqilligining tan olinishiga yerisholmadi. Aksincha, Misr ustidan Buyuk Britaniya protek-torati tan olindi. Ammo Buyuk Britaniya hukmron doiralari Misrni bundan buyon yeski usullar yordamida itoatda saqlab turish mumkin emas-ligini yaxshi tushunar edilar. Yendi Buyuk Britaniya «yangi» -sinalgan yo’lni tanladi. Bu yo’l Misrga davlat mustaqilligi berish, biroq turli kuchli vositalar yordamida uning amalda Buyuk Britaniyaga qaramligini saqlab qolish yo’li edi. Shu tariqa Buyuk Britaniya 1922-yilning 28-fevralida Misrning mustaqilligini tan oldi. Misr mustaqil suveren davlat deb e’lon qilindi.



Oqituvchi F. Mirzayeva.
Tayanch konspekt
Yuqorida ta’kidlanganidek, XX asr boshlarida ham Jazoir Fransiya mustamlakasi zulmi ostida edi. (Fransiya Jazoirni 1830-yildayoqbosib olgan edi.) Birinchi jahon uru­shi yillarida Jazoir iqtisodiyoti Fransiya manfaatiga xizmat qildirildi. Fransiya armiyasi saflariga chaqirilgan jazoirliklardan front orti ishlarida foydalanilgan. Urush Fransiyani qiyin ahvolga solib qo’ydi. Bunday sharoitda mustamlakalarda milliy-ozodlik kurashi to’lqinini pasaytirish nihoyatda muhim edi. Shu maqsadda metropoliya hukumati 1919-yilda Jazoir uchun alohida dekret chiqardi. Unga ko’ra, soliq masalasida fransuzlar va jazoirliklar o’rtasida mavjud notenglik tugatildi. Dehqonlar, savdogarlar, ziyolilar, sobiq harbiy xizmatchilar va davlat organlari, amaldorlarga mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkaziladigan saylovda qatnashish huquqi berildi.

Biroq dekret jazoirliklarning boshqa masalalardagi huquqsizligiga daxl qilmadi. Jazoir xalqi milliy-ozodlik kurashini hyech qachon to’xtatgan emas. 1920-yilda Jazoir vatanparvarlari «Yosh jazoirlik» partiyasini tuzdilar. Partiyaga Jazoir xalqining qahramoni Abdul-Qodirning nabirasi Amir Holid rahbarlik qildi.

1940-yilda Fransiya taslim bo’lgach, Jazoir amalda fashistlarga qaram bo’lib qoldi. Bu hol milliy burjuaziya orasida bo’linish yuz berishiga olib keldi. Uning bir qismi Germaniya bilan, katta qismi esa Buyuk Britaniya va AQSh bilan hamkorlik qilish tarafdori edi. Biroq bu holat uzoq davom yetmadi. 1942-yil noyabrida Shimoliy Afrikaga tashlangan ingliz-amerika qo’shinlari nemis-italyan qo’shinlariga qaqshatqich zarba berdi. Fashist qo’shinlari Jazoirdan ham quvib chiqarildi. Lekin bu hodisa Jazoirni mustamlaka zulmidan ozod yetmadi. U Fransiya mustamlakasi bo’lib qolaverdi.

Birinchi jahon urushi oxirigacha ham Marokash-ning katta qismi hali mustamlakachilar tomonidan amalda bosib olinmagan edi. Mamlakatning xuddi shu ozod qismida bo’ysunmas qabilalarning o’z davlatlari mustaqilligini saqlab qolish yo’lidagi kurashi boshlandi.1920-yilda Ispaniya Marokashning Rif viloyatini bosib olish niyatida hujum uyushtirdi. Ispan bosqinchilariga qarshi kurashga Muhammad Abdul Karim boshchilik qildi. 1921-yilning iyulida rifliklar ispan qo’shinlarini tor-mor etdilar. Sentabr boshlarida Rif Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Abdul Karim Respublika prezidenti lavozimini yegalladi. Bundan Marokashning bir qismini bosib olgan Fransiya mustamlakachilari tashvishga tushib qoldilar. Ular qo’zg’alon fransuz mustamlaka hududlariga ham tarqalib ketishidan qo’rqdilar. Yendi Fransiya Rif Respublikasini tugatish payiga tushdi. Shu maqsadda 1924-yilning yozida unga hujum qildi. Biroq Fransiya o’zi rejalashtirgan oson g’alabaga yerisha olmadi. Yendi u Ispaniya bilan birgalikda Rif Respublikasini qonga botirishga kirishdi. 1925-yilning sentabrida bu ikki davlat armiyasi birgalikda Rif Respublikasiga qarshi hu­jum boshladi. Urush harakatlari 1926-yilning may oyigacha davom etdi. Kuchlar teng bo’lmagan bu urushda Rif Respublikasi armiyasi yengildi. Abdul Karim asir olindi. Shundan keyin ham qurolli qarshilik ko’rsatish to’xtamadi va 1934-yilgacha davom etdi. 1934-yilda Marokash milliy burju-aziyasi va ziyolilari «Mag’ribchilar bloki» deb ataluvchi siyosiy tashkilot tuzdilar. Bu tashkilot Marokash sultoni hokimiyatini kengaytirishni talab etdi. Biroq mustamlakachilar bu talabni rad etdilar. 1937-yilda esa tashkilot faoliyati taqiqlandi. Ispaniya Marokashida Franko diktaturasi o’rnatildi.



1940-yilda Fransiya Germaniya tomonidan tor-mor yetilgach, Fransiya Marokashi Vishi hukumati nazorati ostiga o’tdi. Shimoliy Afrikaga tashlangan ingliz-amerika qo’shinlari fashistlar qo’shinlarini tor-mor yetgach, Marokashda Fransiya mustamlakachilik tartibi saqlanib qolaverdi.

XX asr boshlarida Tunis ham Fransiya mustamlakasi edi. To’g’ri, mamlakatini nomiga bo’lsa-da, Tunis biyi boshqargan. Vatanparvar kuchlar 1920-yilda «Dastur» (Kon-stitusiya) deb atalgan partiya tuzdilar. Unda milliy burjuaziya yetakchi mavqyega yega bo’ldi. «Dastur» Parij Tinchlik konferensiyasi Fransiyani Tunisda keng islohotlar o’tkazishga majbur yetadi, deb umid qilardi. Shu maqsadda u o’z delegasiyasini 1920-yilda Parijga yubordi. Biroq bu umid puchga chiqdi. Tez orada «Dastur» mamlakatda juda katta obro’ qozona oldi. Hatto, Tunis biyi ham uning talablariga qarshi chiqmadi. Oxir-oqibatda Fransiya yon berishga majbur bo’ldi.

1922-yilning iyul oyida Fransiya hukumati Tunisda Konstitusiyaviy islohotlar o’tkazish haqida dekret chiqarishga majbur bo’ldi. Unga ko’ra, Tunisda Katta Kengash (parlament) tuzilishiga ruxsat etildi. Biroq unda fransuzlarning vakillari ko’pchilikni tashkil yetishi belgilab qo’yildi. «Das­tur» a’zolarining bir qismi bunga rozi bo’lsa-da, advokat Habib Burg’iba boshchiligidagi guruh undan norozi bo’ldi. Bu guruh 1934-yilda «Yangi dastur» partiyasiga birlashdi. Tez orada partiya rahbarlari hibsga olindi.

1936-yilda Fransiyada Xalq frontining hokimiyat tepasiga kelishi mustaqil mamlakatlardagi siyosiy partiyalarning ochiq faoliyat ko’rsatishiga imkon tug’dirdi. Butun mamlakatni namoyish qoplab oldi. Namoyishchilar Tunisga mustaqillik talab etdilar. Ayni paytda «Yangi dastur» partiyasining obro’si o’sib bordi. Bu narsa Fransiya mustamlakachilarini cho’chitib yubordi. 1938-yilning aprelida namoyishchilarga qarshi tanklar tashlandi. «Yangi dastur» rahbarlari hibsga olindi va partiya faoliyati taqiqlandi. 1939-yilda Tunisda qamal holati joriy etildi. Oldinda mustaqillik uchun kurashning azobli yo’llari turardi.


Oqituvchi F. Mirzayeva.

Tayanch konspekt
Ikkinchi jahon urushi tarixda yeng dahshatli, yeng ko’p talafot va katta vayrongarchilik keltirgan urush sifatida iz qoldirdi. Chunonchi, maxsus adabiyotlarda qayd yetilishicha, bu urushda 65-67 mln kishi halok bo’lgan. Ularning yarmi tinch aholi edi.

Vayrongarchilikdan ko’rilgan zarar va urush xarajati birgalikda 4 trillion dollarni tashkil etdi. Bu urush ayni paytda yeng dahshatli qurollar ishlatilgan urush ham edi. Urush oxirida hatto raketa quroli hamda atom bombasi yaratildi va ular insoniyatga qarshi ishlatildi. Fashizmning dunyoga hukmron bo’lishga intilishi va insoniyat boshiga keltirishi mumkin bo’lgan kulfati antifashistik kuchlarni birlashtirdi. Yerksevar xalqlar birgalikda fashizmga qarshi kurashdilar. Va, nihoyat, g’alaba ham qozondilar. Biroq bu g’alabaga oson-likcha yerishilmadi.

Polshaning Germaniya bilan chegaradosh bo’lgan yerlari Germaniyaga o’tdi. U yerda nemis general-gubernatorligi tuzildi. 1939-yilning 28-sentabrida imzolangan sovet-german shartnomasiga ko’ra, sovet hukumati Boltiqbo’yi respublikalaridan Sovetlar armiyasini bu respublikalarda joy-lashtirish va o’zaro yordam to’g’risida shartnoma imzolashni talab etdi. Boltiqbo’yi respublikalarining bu talabga bo’ysunmaslikka ilojlari yo’q edi.30-noyabr kuni sovet armiyasi Finlandiyaga hujum qildi. Bu qilmishi uchun Sovet davlati Millatlar Ligasidan chiqarildi. (Millatlar Ligasiga 1934-yilda qabul qilingan edi.)

Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qilgan bo’lsalar-da, biroq faol harbiy harakatlar boshlamadilar. Germaniya armiyasining asosiy kuchlari Polsha bilan band bo’lib qolgan paytda bunday imkoniyat bor edi. Buyuk Britaniya va Fransiyaning bu pozisiyasi 1940-yilning bahorigacha davom etdi. Ularning faolsizligi urush tarixiga «g’alati urush» nomi bilan kirdi.

Buyuk Britaniya va Fransiya o’zlarining qudratli harbiy-dengiz flotlari kuchi bilan Germaniyani blokada iskanjasiga olishni rejalashtirgan edilar. Ayni paytda ular Fransiya -Germaniya chegarasida Fransiya bunyod yetgan kuchli mudofaa inshootlari Germaniyaning g’arbga hujumga o’tishiga yo’l qo’ymaydi, bordi-yu hujumga o’tganda ham, uni yorib o’ta olmaydi, deb ishondilar,Bu orada Sovet qo’shinlari Finlandiya armiyasini mag’lubiyatga uchratdi. 1940-yil 12-martda sovet-fin tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra, Kareliya bo’g’ozi Viborg shahri bilan birgalikda Sovet davlatiga o’tdi. Ap-rel oyida Germaniya armiyasi G’arbiy frontda hujumga o’tdi. 9-aprel kuni Daniya va Norvegiya bosib olindi. 14-may kuni Gollandiya, 28-may kuni esa Belgiya taslim bo’ldi. Shimoliy Fransiyada joylashgan ingliz-fransuz harbiy qismlari qurshovga tushib qoldi. Biroq ularning katta qismi ko’p talafotlar bilan Buyuk Britaniyaga o’tib ketishga muvaffaq bo’ldi.



O’z ittifoqchisi Germaniyaning birin-ketin zafarli g’alabalaridan ruhlangan Italiya 10-iyun kuni Fransiya va Buyuk Britaniyaga qarshi urushga kirdi. Qisqa muddat ichida Fransiya qo’shinining katta qismi tor-mor etildi. 14-iyunda nemislar Parijni yegalladi. 22-iyun kuni Kompen o’rmonida Germaniya va Fransiya o’rtasida yarash bitimi imzolandi. 25-iyun kuni shunday yarash bitimi Italiya bilan Fransiya o’rtasida ham imzolandi. Bu bitimlarga, ko’ra Fransiya harbiy harakatlarni to’xtatdi. Armiya va flotni qurolsizlantirdi. Pol Reyno hukumati iste’fo berdi.

Germaniya Fransiya hududining uchdan ikki qismini okkupasiya qildi. Parij shahri ham okkupasiya hududi tarkibida edi. Okkupasiya qilinmagan hududda marshal Peten boshchiligida qo’g’irchoq hukumat tuzildi va uncha katta bo’lmagan Vishi shahrida joylashdi hamda Peten hukumati Germaniya bilan hamkorlik qilish majburiyatini oldi,Dastlab Fransiyaning barcha yirik siyosiy arboblari va mustamlakalar-dagi ma’muriyatlar Peten hukumatini tan olishdi. Faqat u davrda hali mashhur bo’lmagan general de Goll yarash bitimini ham, Peten hukumatini ham tan olmadi. U Buyuk Britaniyaga jo’nab ketdi. U yerda «Yerkin Fransiya» harakatini tuzdi va barcha vatanparvar kuchlarni Germaniyaga qarshi kurashga chaqirdi.



Asosiy raqiblari G’arbiy frontda bandligidan foydalangan Sovet davlati o’z hududini yanada kengaytirishga kirishdi. 1940-yilning 14-16-iyunida Sovet hukumati Boltiqbo’yi respublika-lariga ultimatum topshirdi. Unda hukumat tarkibini o’zgartirishga va Sovetlarning qo’shimcha harbiy kuchlarini kiritishga rozilik berish talab yetilgan edi. Ular noiloj rozi bo’ldilar. Sovet hukumati shu tariqa Boltiq-bo’yini bosib oldi.

Germaniya 1940-yil 15-avgustda harbiy-havo kuchlarini Buyuk Britaniyaga qarshi tashladi («Dengiz sheri» operasiyasi). Biroq Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari ham Germaniyanikidan qolishmas edi. Shunday qilib, Germaniya Buyuk Britaniyani mag’lubiyatga uchratishga yerisha olmadi. Ayni paytda AQSh Buyuk Britaniyaga yordam bera boshladi,1941-yilning bahorida AQSh Kongressi Qo’shma Shtatlar hayotiy manfaatlari uchun mudofaasi muhim bo’lgan davlatlarga lend-liz asosida yordam berish haqida qonun qabul qildi. Buyuk Britaniya davlati mudofaasi AQSh hayotiy manfaatlari uchun muhim edi.
O’qituvchi F. Mirzayeva.

Tayanch konspekt
Ikkinchi jahon urushida tub burilish ro’y berishi va uning Germaniya hamda uning ittifoqchila-rining mag’lubiyatini muqarrar qilib qo’yishi bosib olingan davlatlarda antifashistik va milliy-ozodlik uchun kurashuvchi kuchlarni ruhlantirib yubordi. Bu esa, o’z navbatida, ularning kurashni yanada kuchaytirishlariga olib keldi.

Nemislar asirligidan qochishga muvaffaq bo’lgan turli millat vakillari, shu jumladan, o’zbeklar ham chet davlatlardagi qarshilik ko’rsatish harakatlarida dushmanlarga qarshi qahramonlarcha jang qildilar.

G’arbiy Yevropada qudratli qarshilik ko’rsatish harakati markazi Fransiya va Italiya edi. Fransiyaning barcha vatanparvar kuchlari 1943-yilda Qarshilik



ko’rsatish milliy kengashiga birlashdilar va general de Gollning rahbarligini tan oldilar. Yugoslaviya, Gresiya, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya va boshqa davlatlarda ham qarshilik harakati nihoyatda kuchaydi.Bunday harakat Janubi-Sharqiy Osiyoda ham vujudga keldi. Yer sharining bu mintaqa xalqlari Yaponiya bosqinchilariga qarshi milliy-ozodlik kurashini kuchaytirdilar. Chunonchi, 1943-yilningoxiridapartizanotryadlari Shimoliy Vetnamning bir qismini ozod yetishga muvaffaq bo’ldi. Xitoyda ham yapon bosqinchilariga qarshi kurash kuchaydi.

Yendi, Germaniya va uning ittifoqchilarini tezroq tor-mor yetish va Yevropada urushni tezroq tugallash uchun fashistlarni bir vaqtning o’zida ikki frontda urush olib borishga majbur yetish lozim edi. Buning uchun Buyuk Britaniya va AQSh armiyasi bevosita Yevropada Germaniyaga qarshi urush harakatlarini boshlashi lozim edi. Shunday qilinsa, Germaniya ikki yo’nalishda (frontda), ya’ni Buyuk Britaniya va AQShning birlashgan armiyasiga (G’arbiy front) ham qarshi turishga majbur edi. Binobarin, uning armiyasi ikkiga bo’linib urushishga majbur yetilar edi. Bu esa, Germaniyaning buningsiz ham og’ir ahvolini yanada og’irlashtirgan bo’lardi.

Sovet davlati o’z ittifoqchilari Buyuk Britaniya va AQSh oldiga bunday frontni ochish masalasini 1942-yildayoq qo’ygan edi, biroq ular bu masa-lani turli sabablar bilan orqaga surib keldilar.

Ammo yolg’iz Sovet davlatining o’zi Germaniyani yengishi ma’lum bo’lgach, ular bu masalani ortiq orqaga surish mumkin emas, degan qarorga keldilar. Chunki ularni Sovet davlatining butun Yevropani fashizmdan ozod yetishi, binobarin, butun Yevropa Sovetlar nazorati ostiga tushib qolishi mumkinligi istiqboli xavotirga solib qo’ydi.1943-yilning 27-noyabr -1-dekabr kunlari Eron poytaxti Tehron shahrida 3 buyuk davlat rahbarlarining ikkinchi front masalasida konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada F. Ruzvelt, I. Stalin va U. Cherchill qatnashdi. Buyuk Britaniya va AQSh 1944-yilning yozidan kechiktirmay Yevropada ikkinchi frontni ochishga va’da berdilar. Sovet davlati esa Yevropada urush tugagach, Yaponiyaga qarshi urushga kirish majburiyatini oldi.1944-yilning 6-iyunida Buyuk Britaniya va AQShning birlashgan qurolli kuchlari AQSh generali Yeyzenxauyer qo’mondonligida Fransiya hududiga tashlandi. Shu tariqa Yevropada ikkinchi front ochildi.

Konferensiyada Sovet davlatining Yevropada urush tugaganidan keyin 2-3 oydan so’ng Yaponiyaga qarshi urushga kirishishiga kelishib olindi. Buning yevaziga Mo’g’uliston Xalq Respublikasining oldingi holati saqlanib qolishi, Janubiy Saxalin va Kurill orollari sovetlarga berilishi hamda Xitoyga qarashli Port-Arturda sovetlarning harbiy-dengiz bazasi qurilishi lozim edi. Bundan tashqari, Qrim konferensiyasi qarorlariga ko’ra, xalqaro tashkilot -Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil yetiladigan bo’ldi. Uning maqsadi dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdan iborat bo’lishi zarur edi.

Biroq Yaponiyani taslim yetish oson ish emas edi. Buning uchun AQSh Yevropadagi kuchlarini Yaponiyaga tashlashi zarur edi. Urush esa 1946-yilning oxirigacha cho’zilar va AQSh odam va aslaha jihatidan juda katta zarar ko’rar edi. Shuning uchun ham Sovet davlatining Yaponiyaga qarshi urushga kirishi nihoyatda zarur edi. 26-iyul kuni AQSh, Sovet davlati va Xitoy Yaponiyadan so’zsiz taslim bo’lishni talab etdilar. Biroq Yaponiya bu talabni rad etdi. 8-avgust kuni Sovet hukumati Yaponiyaga urush e’lon qildi. 9-avgustda esa Shimoliy-Sharqiy Xitoy, Shimoliy Koreya, Janubiy Saxalin va Kurill orollarida joylashgan Yaponiya armiyasiga qarshi hujumga o’tdi. Shu orada Xirosima va Nagasaki shaharlariga AQSh aviasiyasi atom bombasini tashladi. Bu ikki atom bombasidan 100 mingdan ortiq kishi halok bo’ldi. 400 mingdan ortiq kishi esa radiaktiv nurlandi.



Ikkinchi jahon urushida o’zbekistonliklarning ishtiroki xususida I. A. Karimov bunday deb yozgan edi: «Ikkinchi jahon urushiga qandayqaralmasin, bu urush qaysi g’oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo’lmasin, o’z Vatani, yel-yurtining yorug’ kelajagi, beg’ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo’lganlarni, o’z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oddiy haqiqatni unutishga hyech kimning haqqi yo’q va bunga yo’l ham bermaymiz» («Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir». T., 1996, 81-bet).


O’qituvchi F. Mirzayeva.

Tayanch konspekt
1954-yilning aprel-iyul oylarida Jenevada Hindixitoyda tinchlik o’rna-tishga bag’ishlangan konferensiya bo’lib o’tdi. Fransiya Hindixitoy davlatlarining mustaqilligini tan oldi va o’z qo’shinlarini bu hududdan olib chiqib ketish majburiyatini oldi. Ayni paytda Vetnam 2 davlatga (Shimolda Vetnam Demokratik Respublikasi, janubda -Vetnam Res­publikasi) bo’lindi. Bu davrda AQSh yer sharining turli nuqtalarida o’z ta’sir doirasini kuchaytirish uchun jon-jahdi bilan harakat qilardi. Shu maqsadda u 1951-yilda ANZYUS (Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQSh ishtirokida), 1954-yilda SEATO (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Pokiston, Tailand, Filippin ishtirokida), 1955-yilda SENTO (Eron, Turkiya, Pokiston va Iroq ishtirokida) harbiy-siyo-siy bloklarini tuzdi. AQSh kommunistlar hukmronligidagi yagona Vet­nam davlati vujudga kelishiga aslo toqat qila olmas edi. 1964-yilning avgust oyida VDRning harbiy-dengiz kuchlari Tonkin qo’ltig’iga kirgan AQSh harbiy kemalariga hujum qildi. AQSh bu voqyeani o’ziga qilingan agressiya, deb baholadi. AQSh samolyotlari VDR hududini bombardi-mon qilishni boshladi. 1965-yildan boshlab esa AQSh qurolli kuchlari VDRga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Biroq AQSh armiyasi Vetnam xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Urush harakatlari 8 yil davom etdi. AQSh Vetnam xalqining irodasini buka olmadi. Nihoyat, 1973-yilning yanvar oyida Parijda Vetnamda urushni to’xtatish va tinchlikni tiklash to’g’risidagi bitimlar imzolandi. AQSh Vetnamdan o’z qo’shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo’ldi. U qo’llab-quvvatlayotgan Janubiy Vetnam hukumati 1975-yilda quladi. 1976-yilning 2-iyulida Vetnam yagona davlatga birlashdi. Bu hodisa AQShning Hindixitoydagi jiddiy mag’lubiyati edi.

50-yillarda Yaqin Sharq G’arbning buyuk davlat-lari va SSSR o’rtasidagi keskin qarama-qarshilik maydoniga aylandi. SSSR arab davlatlarini, AQSh esa Isroilni qo’llab-quvvatlashni yangi kuch bilan davom yettirdi. 1952-yilda amalga oshirilgan inqilob natijasida Misrda Buyuk Britaniya tayanchi bo’lgan monarxiya ag’darildi. 1956-yilda esa Misr Suvaysh kanalini milliylashtirdi. Bunga chiday olmagan Buyuk Britaniya Misrga qarshi agressiya uyushtirdi. Unda Fransiya va Isroil ham qatnashdi. BMT va SSSRning qat’iy pozisiyasi tufayli agressiya to’xtatib qolindi. Shu tariqa 3 davlat agressiyasi muvaffaqiyasizlikka uchradi. Natijada Buyuk Britaniya va Fransiyaning pozisiyalariga katta putur etdi. Ayni paytda Yaqin Sharqda SSSR ning obro’si ko’tarildi. 1958-yilda Iroqda monarxiya ag’darildi. Shunday sharoitda Yeyzenxauyer doktrinasi ilgari surildi. Unga ko’ra, Yaqin Sharqda endi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya o’rnini to’ldirish kerak edi. Bu hodisa SSSR ning G’arb davlatlari bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirib yubordi. «Sovuq urush» vasvasasi kuchaydi.

50-yillarning ikkinchi yarmida SSSR turli tuzum-dagi davlatlarning tinch-totuv yashashi mumkinligi g’oyasini ilgari surdi. Bu g’oyaning puch emasligini isbotlash maqsadida o’z armiyasining sonini 2 mln kishiga qisqartirdi va SSSR -AQSh rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvini o’tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Va, nihoyat, 1960-yilning may oyida SSSR rahbari N. S. Xrushyov va AQSh prezidenti D. Yeyzenxauyerning uchrashuvi o’tkazilishiga kelishildi. Biroq bu uchra-shuv amalga oshmay qoldi. Bunga AQSh 1-may kuni SSSR hududiga josus samolyoti uchirishi sabab bo’ldi. Josus samolyot Sverdlovsk osmonida urib tushirildi. Uchuvchi G. Pauyers tiriklayin asir olindi. AQSh ig’vogarligi fosh bo’ldi.

1961-yilda SSSR va AQSh munosabatlarini nihoyatda keskinlashtirib yuborgan voqyea sodir bo’ldi. Bu Berlin devorining qurilishi voqyeasi edi. Devor Sharqiy Berlinni G’arbiy Berlindan ajratib tashladi. Tez orada dunyoni yadro urushi halokati yoqasiga olib kelib qo’ygan voqyea ham sodir bo’ldi. Bu voqyea tarixga «Karib inqirozi» nomi bilan kirgan. Bu inqiroz qay tariqa yuz berdi? 1959-yilning yanvar oyida Kubada amerikaparast hukumat ag’darildi. Hokimiyat tepasiga F. Kastro boshchiligida vatanparvar kuchlar kelishdi. F. Kastro Kubada sosializm qurilishini e’lon qildi. Tabiiyki, AQSh shundaygina biqinida Kubaga o’xshash sosialistik davlatning vujudga kelishiga toqat qila olmas edi. SSSR rahbariyati esa Kuba inqilobini sosializmning butun dunyo bo’ylab tarqalishi, deb baholadi. Shuning uchun ham Kubani qo’llab-quvvatladi.

O’qituvchi F. Mirzayeva.
Tayanch konspekt
XX asr ikkinchi yarmidan keyingi G’arb taraq-qiyoti o’z boshidan kechirgan yana bir xususiyat -bu konservativlik to’lqini va uni yengib o’tish jarayoni edi. Xo’sh, konservativlik to’lqini nima va u qanday vujudga kelgan?

Konservativlik to’lqini -bu farog’at davlatini tugatish tarafdorlarining hokimiyat tepasiga kelishi edi. 1974-1975-yillarda, shuningdek, 1980-1982-yillarda industrial davlatlarda iqtisodiy inqirozlar ro’y berdi. Natijada ishlab chiqarish va xalqaro savdo hajmi kamaydi. Ishsizlik ommaviy tus oldi. Inflasiya kuchaydi. An’anaviy, yeski tartiblar tarafdorlari (konser­vatorlar) bunda farog’at davlatini ayblay boshladilar. Inflasiya -ijtimoiy sohalarga davlat xarajatlarining haddan tashqari ko’payishi oqibati yekanligini isbotlashga urindilar. Shu tariqa farog’at davlatini tugatish harakati vujudga keldi. U tarixga «konservativlik to’lqini» nomi bilan kirgan. 80-yillarda G’arbning ko’pgina davlatlarida konservatorlar hokimiyat tepasiga keldilar ham. Ular davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirdilar. Yerkin tad-birkorlikning keng rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini ko’rdilar. Inflasiyani pasaytirish uchun qat’iy moliyaviy siyosat yurita boshladilar. Xususan, ijtimoiy xarajatlarni kamaytirdilar. Iqtisodiyotdagi davlat sektori xususiylashtirildi.

Biroq «konservativlik to’lqini» farog’at davlatini tugata olgani yo’q. U faqat ijtimoiy himoya uchun sarflanadigan davlat xarajatlarini davlatning iqtisodiy imkoniyati darajasiga moslashtirdi, xolos. Ayni paytda hayot farog’at davlati ham barcha ijtimoiy muammolarni amalda hal yeta olmasligini isbotladi. Masalan, ishsizlik muammosi jamiyatning doimiy yo’ldoshi bo’lib keldi va hozir ham shundayligicha qolmoqda.



Yollanma mehnat bilan shug’ullanuvchilar soni ishga yaroqli aholining 90 foizini tashkil yetadi. Ularning uchdan ikki qismi xizmat ko’rsatish sohasida mehnat qiladi. Yollanma ishchi kuchi yuqori malakaga yega. Bu hol ularga yuqori ish haqi olish imkonini berdi. Binobarin, ularning moddiy ta’minoti keskin yaxshilandi. Bugungi kunda G’arb davlatlari aholisining uchdan ikki qismini o’rta tabaqa vakillari tashkil yetadi. Aholining o’ndan bir qismigina boy-badavlat qatlamga mansubdir. Aholining 20 foizigacha bo’lgan qismi kambag’al hisoblanadi. Ular davlatning hamda xayriya jamg’armalarining yordamini oladilar.

Keyingi 50 yil ichida G’arbda kommunizm maf-kurasi to’la mag’lubiyatga uchradi. Fashizm g’oya-lari to’la barham topmagan bo’lsa-da, u endilikda ijtimoiy tayanchga yega emas. Bugungi kunda G’arb jamiyatida konservatizm, liberalizm, sosializm vamillatchilik kabi g’oyaviy yo’nalishlar mavjud. Siyosiy partiyalar ularning birini o’z mafkuralariga asos qilib olganlar. Urushdan keyingi yillarda G’arbiy Yevropaning qator davlatlarida konservativ partiyalarning tiklanishi dinning kuchli ta’siri natijasi bo’ldi.

Ayni paytda Fransiya, Belgiya, Avstriya va Gollandiyada ham diniy partiyalar jamiyat siyosiy hayotida sezilarli kuchga aylangan edi. AQSh va Buyuk Britaniyada kuchli ikki partiyaviy tizim saqlanib qolaverdi. Sosialistik va sosial-demokratik partiyalarning ham ta’siri o’sib bordi. XX asr 90-yillari oxiriga kelib Yevropa Hamjamiyatiga a’zo 15 davlatning 13 tasida hukumatni shu partiyalar vakillari boshqarishdi,Urushdan keyingi yillarda G’arbning deyarli barcha yetakchi davlatla­rida (AQShdan tashqari) yangi konstitusiyalar qabul qilindi. Ular zamon talabiga mos demokratik ruhdagi konstitusiyalar edi. Chunonchi, Fransiya, GFR, Italiya va boshqa davlatlar konstitusiyalarida urushning xalqaro mo-jarolarini hal yetish vositasi yekanligini qoralovchi moddalar o’z ifodasinitopdi. Yaponiya Konstitusiyasiga esa Yaponiya urushga milliy siyosat vositasi sifatida qarashdan voz kechadi, degan modda kiritildi.Bugungi kunda ijtimoiy taraqqiyotning quyidagi ikki asosiy modeli mavjud:


  1. Liberal-demokratik taraqqiyot modeli.Totalitar taraqqiyot modeli. Bu ikki model

o’rtasidagi qarama-qarshilik hozirgi kunda ham davom yetmoqda. Agar XX asrning 20-40-yillarida totalitar taraqqiyot modelining mavqyei kuchli bo’lgan bo’lsa, 1950-2001-yillar oralig’ida liberal-demokratik taraqqiyot modeli keng quloch yozdi.

Bugungi kunda dunyo davlatlarining 75 tasida liberal-demokratik tartiblar to’la qaror topgan. Bu kam, albatta. Biroq shuni unutmaslik lozimki, demokratik jamiyat osonlik bilan qaror topmaydi. Hozirgi G’arbda taraq­qiyotning liberal-demokratik modeli to’la qaror topdi. Dunyo tobora liberal-demokratik model izidan bormoqda.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, bu davrda bozor iqtisodi qonunlariga rioya qilgan davlatlarda farovon hayot vujudga keldi. Bu mamlakatlar iqtisodi gullab-yashnadi. Kam rivojlangan davlatlar xomashyo bazasi sifatida saqlab qolindi. Rivojlangan davlatlar siyosatida bozor uchun kurash kuchaydi. Nayrangbozlik, ustomonlik, aldov, qalloblik, ba’zan esa zo’rlik va kuch ishlatildi. Yevropa iqtisodiy aloqalarda yangi bosqichga ko’tarildi. Axborot jamiyati vujudga keldi. Aholining ijtimoiy tarkibida o’zgarishlar yuz berdi. Dunyo siyosiy taraqqiyotida liberal-demokratik model g’alaba qildi.




Oqituvchi F. Mirzayeva.


Tayanch konspekt
1952-yilgi prezident saylovlarida mashhur harbiy qo’mondon, general D. Yeyzenxauyer (Respublikachilar partiyasining nomzodi) g’alaba qozondi. Uning ichki siyosatida o’zgacha fikrlovchilarni ta’qib yetish kompaniyasi boshlandi. Bu kompaniyani senator J. Makkarti boshqardi. Uning rahbarligida AQSh Senati «Amerikaga qarshi faoliyatni tekshirish komissiyasi»ni tuzdi. Komissiya AQShning ichki va tashqi siyosati haqida rasmiy nuqtayi nazardan o’zgacha fikr bildirganlarni qo’poruvchilikda aybladi.

50-yillarda negr xalqining o’z haq-huquqi uchun kurashi kuchaydi. Bu kurashning rahbari ruhoniy Martin Lyuter King edi. U kurashning kuch ishlatmaslik yo’lini tanlagan. 1956-yilda AQSh Oliy sudi avtobuslarda oq tanli va qora tanlilar uchun alohida joy ajratishni, maktablarda esa oq tanli va qora tanlilarni ajratib o’qitishni qonunga zid deb topdi.

1960-yilgi prezidentlik saylovida demokrat J. Kennedi (1961-1963) g’alaba qozondi. U qisqa muddatli prezidentligi davrida katta ishlarni amalga oshirishga ulgurdi. Chunonchi, J. Kennedi kosmosda AQShning yetakchi davlat bo’lishini ta’minlash maqsadida «Apollon» deb ataluvchi dasturni ilgari surdi. Dasturning maqsadi Amerika raketasini Oyga qo’ndirishga yerishish (bu maqsadga 1969-yilda yerishilgan). Iqtisodiy taraqqiyotni rag’-batlantirish uchun ichki bozorni kengaytirishga sarflanadigan xarajatlarni ko’paytirish, minimal ish haqini oshirish, ishsizlik bo’yicha to’lanadigan nafaqani to’lash muddatini uzaytirish, uy-joy qurilishi ko’lamini kengaytirish kabi tadbirlar rejalashtirildi. Bu tadbirlarni amalga oshirish katta mablag’ sarflashni talab yetardi. Hukumat bu xarajatlarni soliqlarni oshirish hisobigaqoplamoqchi edi. Bu hol hukumat-ning yirik korporasiyalar bilan mu-nosabati buzilishiga olib keldi.



Bu esa, o’z navbatida, demok-ratlar partiyasida bo’linishni keltirib chiqardi. J. Kennedi islohoti atrofida kuchli siyosiy kurash boshlandi. Oxir-oqibatda J. Kennedi 1963-yilning 22-noyabrida Dallas shah-rida otib o’ldirildi. Prezident kimlarning buyurtmasi bilan o’ldi-rilganligi haligacha noma’lumligicha qolmoqda. Undan so’ng prezident-lik lavozimini vise-prezident L. Jonson yegalladi.

U «buyuk jamiyat» qurish das-turini ilgari surdi va o’z oldiga kambag’allikni hamda irqiy adolat-sizlikni tugatish vazifasini qo’ydi. «Kambag’allikka qarshi kurash» das-turini amalga oshirish maqsadida kam daromadli oilalarga yordam berish to’g’risida qonun qabul qilindi.

70-yillarning oxiridan boshlab amerika-sovet munosabatlari keskinlashdi. Bu xalqaro keskinlikning yumshashi davri tugashi bilan bog’liq edi. Chunonchi, AQSh Yaqin Sharq muammosini SSSRning ishtirokisiz hal yetishga intildi. J. Karter Misr va Isroil o’rtasida 1978-yilda Kemp-Devid separat shartnomasining imzolanishiga yerishdi.

Eronda 1978-yilning noyabrida islom inqilobining g’alaba qilishi AQSh ni qattiq tashvishga solib qo’ydi. Chunki bu inqilob uni Eron shohidek tayanchdan mahrum etdi. 1979-yilning dekabr oyida SSSR Afg’onistonga armiya kiritgach, amerika-sovet munosabatlari yanada keskinlashdi. SSSR ning chet davlatlar ichki ishlariga qo’pol aralashuvi siyosatiga qarshi AQSh 1980-yilgi Moskva yozgi Olimpiada o’yinlarini boykot qilish tashabbusi bilan chiqdi. G’arb davlatlarini SSSRga g’alla sotmaslikka undadi. Prezident Reygan SSSRga nisbatan juda keskin siyosat yuritdi. SSSRning Sharqiy Yevropa davlatlari hududiga raketa joylashtirishiga javoban G’arbiy Yevropaning 5 davlati hududiga o’zining raketalarini joylashtirish bilan javob qaytardi. «Strategik mudofaa tashabbusi» deb nomlangan dasturni amalga oshirishga kirishishini e’lon qildi.

Ayni paytda AQSh Amerika davlatlari ichki ishlariga qo’pol tarzda aralasha boshladi. Chunonchi, mustaqil siyosat yurita boshlagan Grenada-ga qarshi harbiy hujum uyushtirdi va uning qonuniy hukumatini ag’dardi. 1985-yilga kelib SSSR rahbariyati tashqi siyosatda keskinlikni yumshatish tomon o’zgarish boshlagach, amerika-sovet munosabatlarida keskinlik bi-roz yumshadi. Chunonchi, bu ikki davlat o’rtasida yadro qurollarini ka-maytirish, o’rtacha olislikka uchadigan raketalarni yo’qotish to’g’risida tarixiy hujjatlar imzolandi.AQSh xalqaro miqyosda o’zga davlatlarni xalqaro me’yorlarga amal qilishga majbur yetish siyosatini ham yuritgan. Bu jahon jamoatchiligi tomonidan ijobiy baholangan. Chunonchi, 1990-yilda AQSh va uning ittifoqchilari Iroqqa Quvaytni bosib olgani uchun qattiq zarba berdilar. Quvaytning suvereniteti tiklandi. 90-yillarning ikkinchi yarmida AQSh Bolqonda tinchlikni tiklash ishiga katta hissa qo’shdi,2001-yilning 11-sentabrida xalqaro terrorizm AQShda mudhish jinoyat sodir etdi. Terrorchilar o’zlari yegallab olgan samolyotda Nyu-York shahrida joylashgan «Xalqaro savdo markazi» binosini vayron qildilar. Natijada minglab kishilar halok bo’ldi. Milliardlab dollarlik moddiy zarar yetkazildi.

AQSh hukumati Afg’onistonning tolibon hukumatidan «Al-Qoida» va boshqa terrorchi tashkilotlar faoliyatini taqiqlab qo’yishni hamda tashkilot rahnamosi Usoma ben Ladenni AQShga topshirishni talab qildi. Biroq tolibon hukumati bu talabni bajarmadi. Shundan so’ng AQSh terrorchilarga qarshi harbiy harakat boshlashga qaror qildi. Xalqaro hamjamiyat, uning teng huquqli bir a’zosi sifatida O’zbekiston Respublikasi ham AQShning bu qarorini qo’llab-quvvatladi. Shu tariqa xalqaro terrorizmga qarshi xalqaro koalisiya Afg’oniston hududida joylashib olgan xalqaro terrorchilarni tor-mor etdi. O’zbekiston ham munosib hissa qo’shdi. Bu haqda AQSh Senatining rahbarlaridan biri J. Liberman bunday degan edi: «Biz O’zbekis­tonning yordamisiz terrorchilar ustidan g’alaba qozona olmagan bo’lar edik».

Oqituvchi F. Mirzayeva.

Tayanch konspekt
Ikkinchidan, urush G’arbiy Yevropa davlatlarining Lotin Amerikasidagi mavqyeyini pasaytirib yubordi. Bu esa, o’z navbatida, mintaqada AQSh ta’sirining kuchayishiga olib keldi. Mintaqa davlatlari iqtisodiyoti AQSh moзnopoliyalari ta’siriga tushib qoldi. Chunonchi, AQSh bu mintaqa davlat­lari iqtisodiyotiga 100 mlrd. dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Bu -boshqa barcha davlatlar kiritgan sarmoyadan 20 baravar ko’p edi. Mintaqada AQShning harbiy-siyosiy mavqyei ham kuchayib bordi. Urush yillarida AQSh bu mintaqada 90 dan ortiq harbiy-havo va harbiy-dengiz baza (qarorgoh)larini tashkil yetishga yerishdi.

Milliy islohotchilik tarafdorlari Braziliyada ham katta o’zgarishlarni amalga oshirdilar. Bu islohotlar prezident Vargas nomi bilan bog’liqdir. 1945-yilda mamlakatda to’g’ridan to’g’ri va yashirin ovoz berishni nazarda tutuvchi saylov haqidagi qonun qabul qilindi. Braziliyaning parlament de-mokratiyasiga qaytish demokratik kuchlarning katta siyosiy yutug’i edi.

50-yillarda Braziliya agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. Milliy demokratik kuchlar mamlakat boyliklariga faqat Braziliyaning o’zi yegalik qilishi uchun kurashdilar. 1953-yilning 3-oktabrida Vargas neft sanoati masalasida muhim dekretni imzoladi. Unga ko’ra, mamlakat neft boyligi aksiyalarining 51 foiziga davlat, 49 foiziga esa mamlakat xususiy kompa-niyalari yegalik qiladigan bo’ldi.



1961-yilda AQSh prezidenti J. Kennedi tashabbusi bilan «Taraqqiyot yo’lidagi ittifoq» dasturi ishlab chiqildi va u avgust oyida mintaqaning 19 ta davlati tomonidan imzolandi. Dastur 10 yilga mo’ljallangan bo’lib, u industrlashni jadallashtirishni, iqtisodiyotning yeksport va import qaramligini kamaytirishni nazarda tutar edi. Ayni paytda ijtimoiy-siyosiy hayot demok-ratlashtirilishi, agrar islohot o’tkazilishi, uy-joy qurilishi, sog’liqni saqlash va ta’lim sohalarida ahvolni yaxshilash choralari belgilandi. Lotin Amerikasining 19 davlatida bu dasturning bajarilishi uchun AQSh tomonidan 20 mlrd dollar miqdorida qarz va boshqa yordamlar berilishi ko’zda tutildi. Dastur ayni paytda Lotin Amerikasi mamlakatlarida voqyealar rivojining Kuba varianti takrorlanishining oldini olishga xizmat qilishi ham kerak edi.

1970-yilda G’arbiy yarim sharda ikkinchi bo’lib sosializm qurmoqchi bo’lgan kuchlarni birlashtirgan ittifoq -xalq fronti Chilida hokimiyat tepasiga keldi. Xalq fronti Chili kommunistik, sosialistik va radikallar partiyasi ittifoqi edi. 1970-yil 4-sentabrda Chilida o’tkazilgan prezidentlik saylovida Xalq fronti nomzodi S. Alende g’alaba qozondi. Agar Kubada qurol kuchi bilan hokimiyatni yegallagan kuchlar sosializm qurgan bo’lsalar, Chilida S. Alende hukumati Konstitusiyaviy yo’l bilan sosializm qurishga kirishdi.

Xalq fronti hukumati mamlakatdagi kuchlar nisbatini to’la hisobga olmagan holda inqilobiy islohotlarni boshladi. Hatto o’rta va mayda kor-xonalar ham milliylashtirila boshlandi. Bu esa aholi o’rta tabaqalarining Xalq frontidan yuz o’girishiga olib keldi.

Bundan tashqari, yirik sarmoyadorlar hukumatga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Hukumatning siyosatdagi xatosi Xalq fronti ichida kelishmov-chilik chiqishiga olib keldi. Ayni paytda AQSh S. Alende hukumatiga tazyiq o’tkaza boshladi. Chili Qurolli Kuchlari S. Alendeni qo’llab-quvvatlamadi. 1973-yilda Chili parlamenti S. Alende hukumatini qonundan tashqari, deb e’lon qildi. Bu esa Chili Qurolli Kuchlari rahbariyati uchun ayni muddao edi. 1973-yilning 11-sentabrida Qurolli Kuchlar harbiy to’ntarish o’tkazdilar. Mamlakatda general A. Pinochetning harbiy diktaturasi o’rnatildi (1973-1990).

Shu tariqa Lotin Amerikasi davlatlarida harbiylarning hokimiyatni yegallashlariga yanada keng yo’l ochildi. Harbiy diktaturalar iqtisodiyotni modernizasiyalash siyosatini yuritdilar. Bu siyosatning mazmuni -davlat sektorini qisqartirish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish hamda xususiy tadbirkorlik va yerkin savdoga keng yo’l berishdan iborat bo’ldi. Ayni paytda proteksionizmdan voz kechildi va chet yel sarmoyasi bilan faol hamkorlik yo’liga o’tildi.

1993-1994-yillardan boshlab Kuba rahbariyati ham reallikka tik qaray boshladi. Mamlakatda iqtisodiy islohotni amalga oshirishga kirishildi. Chet yel sarmoyasi ishtirokida qo’shma korxonalar qurilishi rag’batlantirila boshlandi. Mamlakatda chet yel valutasining muomalada bo’lishiga, mayda tadbirkorlikka va chakana savdoga ruxsat etildi. Lotin Amerikasi davlatlari murakkab iqtisodiy ahvolni mumkin qadar yumshatish maqsadida iqtisodiy birlashuvga jiddiy e’tibor berdilar.

Braziliya va Argentina o’rtasida 1986-yilda imzolangan iqtisodiy ittifoq asosida 1991-yilda «Janubiy Amerika umumiy bozori» tuzildi. Ayni paytda, mintaqa davlatlari AQSh bilan iqtisodiy integrasiya masalasiga ham jiddiy e’tibor bilan qaradilar. 1992-1994-yillar davomida AQSh, Kanada va Meksika o’rtasida «Shimoliy Amerika yerkin savdo zonasi» tashkil yetilganligi bu boradagi muhim qadam bo’ldi.


O’qituvchi F/ Mirzayeva

_________






Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin