Ijtimoiy-gumanitar


Mavzu: Yangi industrial davlatlar



Yüklə 2,89 Mb.
səhifə5/8
tarix25.12.2019
ölçüsü2,89 Mb.
#30014
1   2   3   4   5   6   7   8
4-5 maruza matni dars rejasi - 2-qism


Mavzu: Yangi industrial davlatlar.

Reja:

1) “Yangi industrial davlatlar” tavsifi va ularning iqtisodiy taraqqiyot modeli.

2) Koreya Respublikasi va Singapur.

3) Indoneziya, Myanma ittifoqi va Malayziya.

Adabiyotlar:



  1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

275-281 betlar

Yangi industrial davlatlarga umumiy tavsif:



Indoneziya. Poytaxti – Jakarta. Aholisi – 238,5 mln. kishi (2004). Maydoni – 1 mln. 919,4 ming kv. km. Rasmiy tili indonez. Asosiy dinlari – islom (hukmron), xristian va buddizm. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 27 provinsiya. Pul birligi – Indoneziya rupiyasi = 100 sen. Milliy bayrami: 17-avgust – Mustaqillik kuni (1945).

Koreya Respublikasi. PoytaxtiSeul. Aholisi – 48,3 mln. kishi (2003). Maydoni – 98 480 kv. km. Rasmiy tilikoreys. Asosiy dinlari – xristian va buddizm. Mamuriy-hu-dudiy bo`linishi – 9 provinsiya hamda Seul va Pusan shaharlari. Pul birligi – vona = 100 xvan. Milliy bayrami: 15-avgustMustaqillik kuni (1948).

Kipr. Poytaxti – Nikosiya. Aholisi – 771,7 ming kishi (2003). Maydoni – 9251 kv. km. Rasmiy tillari – grek va turk. Asosiy dinlari – pravoslav va islom. Ma’muriy-hududiy tu-zilishi – 6 shahar (3 shahar greklar va yana 3 shahar turklar qismida). Pul birliklari – Kipr funti va turk lirasi. Milliy bayramlari: 1-oktabr – Mustaqillik kuni (greklar qismi-da, 1960); 15-noyabr – Mustaqillik kuni (turklar qismida,1974).

Malayziya. Poytaxti – Kuala-Lumpur. Aholisi – 23,09 mln. kishi (2003). Maydoni – 332,8 ming kv. km. Rasmiy tili – malayya. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 13 shtat va 2 federal hudud. Pul birligi – ringit = 100 sen. Milliy bayrami: 31-avgust – Mustaqillik kuni (1957).

Myanma (Birma). Poytaxti – Yangon. Aholisi – 47,8 mln. kishi (2003). Maydoni – 676 577 kv. km. Rasmiy tili – birman. Asosiy dinlari – buddizm, xristian, induizm va is-lom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 7 ma’muriy va 7 milliy viloyatlar. Pul birligi – chja (kyat) = 100 paysa. Milliy bayrami: 4-yanvar – Mustaqillik kuni (1948).

Singapur. Poytaxti Singapur. Aholisi – 4 mln. 608,6 ming kishi (2003). Maydoni – 622 kv. km. Asosiy tillari – ingliz, xitoy (mandarin dialekti), malayya va tamil. Asosiy dinlari – buddizm, xristian, islom, induizm, taoizm va konfutsiy. Pul birligi Singapur dollari = 100 sent. Milliy bayrami: 9-avgust – Mustaqillik kuni (1965).

Tailand. Poytaxti Bangkok. Aholisi – 64 mln. 265,3 ming kishi (2003). Maydoni – 513 115 kv. km. Rasmiy tili – tay. Hukmron dini – buddizm. Ma’muriy-hududiy bo`lini-shi – 73 provinsiya (changvada). Pul birligi bat. Milliy bayrami: 5-dekabrQirol tu-g`ilgan kun.

Filippin. Poytaxti Manila. Aholisi – 84 mln. 620 ming kishi (2003). Maydoni – 299 765 kv. km. Rasmiy tili – filippin. Hukmron dini – katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 74 provinsiyadan iborat 12 ma’muriy hudud. Pul birligi – Filippin pyesosi. Milliy bay-rami: 12-iyun – Mustaqillik kuni (1898).

1-masala:

XX-asrning 60–80-yillari rivojlanayotgan davlatlar ichidan “Yangi industrial davlat-lar” (YaID)ning ajralib chiqish davri bo`ldi. Bugungi kunda bunday davlatlar Osiyo va Lotin Amerikasida mavjud. Osiyoda ularning eng rivojlangani Koreya Respublikasi va Singapur bo`lsa, Lotin Amerikasida Argentina, Braziliya va Meksikadir. Mutaxassislar YaID qatoriga Malayziya, Tailand, Hindiston, Chili, Kipr, Tunis, Turkiya, Indoneziya, Filippinni ham kiritadilar.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisoblash uslubiga ko`ra, u yoki bu davlatni yangi industrial davlatlar safiga qo`shishda quyidagi ko`rsatkichlar hisobga olinadi:



  • yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga taqsimoti ko`rsatkichi;

  • yalpi ichki mahsulotning yillik o`sish sur’ati (qo`shimcha);

  • qayta ishlash sanoatining yalpi ichki mahsulotdagi solishtirma salmog`i (u 20 foiz-dan yuqori bo`lishi zarur);

  • sanoat mahsulotlarining eksportdagi salmog`i;

  • xorijga chiqarilgan investitsiya salmog`i.

Bu ko`rsatkichlar bo`yicha YaID rivojlanayotgan davlatlardan ajralib turadilar. Ba’zi sohalar bo`yicha esa ular, hatto, ayrim rivojlangan davlatlardan o`zib ham ketdilar. 90-yillarning boshlariga kelganda bu davlatlarda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daro-mad 4 baravarga oshdi.

Yangi industrial davlatlar shakllanishida chet el sarmoyasi katta rol o`ynadi. Chunon-chi, 80-yillarning birinchi yarmida YaID iqtisodiga kiritilgan sarmoya chet davlatlarning rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiga kiritgan jami sarmoyasining 42 foizini tashkil etdi. YaID iqtisodiga eng ko`p sarmoya kiritgan davlat AQSH (chetga chiqarilgan barcha sar-moya­sining 10 foizi)dir.

1995-yilda xalqaro tashkilot – “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti” Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo`lib Singapurga industrial rivojlangan davlat maqomini berdi. 30 yil ichida barqaror iqtisodiy taraqqiyot Singapurni kichik bir bandar-gohdan jahondagi eng boy davlatlardan biriga aylantirdi (yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga taqsimoti hajmi bo`yicha dunyoda 9-o`rinda turadi). Shu yili aholi jon boshi-ga o`rtacha daromad 22300 AQSH dollarini tashkil etdi. Keyingi o`rinda Yaponiya tura-di.

Chet el sarmoyalari YaIDning sanoatini rivojlantirishda va eksportning raqobatbar-dosh bo`lishida muhim rol o`ynadi. Bunga Koreya Respublikasi iqtisodi misol bo`la ola-di. Bu davlat iqtisodiga joylashtirilgan jami sarmoyalarning yarmidan ko`pi Yaponiya sarmoyasidir. Bu sarmoya Koreya Respublikasida mashinasozlik, avtomobilsozlik, elek-trotexnika jihozlari, kemasozlik komplekslari yaratilishiga asos bo`ldi.

Bugungi kunda YaID iqtisodiyotida xorij sarmoyasi joylashtirilmagan biror-bir soha qolmadi. Ayni paytda, Osiyo YaID iqtisodiyotiga kiritilgan chet el sarmoyalarining da-romad keltirish ulushi Lotin Amerikasi davlatlarinikidan yuqoridir. Bundan tashqari, ke-yingi qator o`n yilliklarda transmilliy korporatsiyalar ilm talab qiluvchi ishlab chiqarish-ni rivojlantirishga katta e’tibor berdi. Osiyoning YaID bunday o`zgarishga tayyor bo`lib chiqdilar.

Ayni paytda, quyidagi omillar ham transmilliy korporatsiyalarning aynan Osiyo hudu-diga kirib kelishida katta rol o`ynadi:



  • Osiyo YaIDning qulay geografik o`rni. Ularning deyarli hammasi dunyo iqtisodiy yo`llari kesishgan nuqtalarda hamda AQSH va Yaponiyaga yaqin joylashgan;

  • Osiyo YaIDda mustahkam siyosiy barqarorlikning tiklanganligi hamda demokratik va siyosiy qayta qurishlarning iqtisodiy islohotlar manfaatiga xizmat qilganligi;

  • Osiyo YaID aholisining o`ta mehnatkashligi, tirishqoqligi va intizomliligi.

Yuqoridagi omillar Osiyo YaIDda xorij sarmoyasi xavfsizligiga yuqori kafolat berili-shini ta’minladi.

Yangi industrial davlatlar o`z iqtisodiyotini rivojlantirishda quyidagi ikki modeldan birini tanlaganlar:

a) milliy iqtisodiyotni tashqi bozor – eksportga yo`naltirgan holda rivojlantirish;

b) milliy iqtisodiyotni ichki bozor – import o`rnini o`zi qoplashi yo`nalishida rivojlan-tirish.



Birinchi yo`l samarasi AQSH, G`arbiy Yevropa davlatlari va Yaponiya tajribasida is-botlangan edi. Osiyoning YaID ham asosan shu modelni qo`lladilar. Lotin Amerikasini-ng YaID esa, asosan, ikkinchi modelni qo`lladilar. Tabiiyki, bu ikki modeldan birini tan-lashning o`zigina muvaffaqiyatni ta’minlamaydi. U yoki bu model uni tanlagan davlat hukumatining oqilona iqtisodiy siyosati bilan to`ldirilgan. Buningsiz hech qanday mu-vaffaqiyatga erishib bo`lmaydi. Barcha omillarning uyg`unligini ta’minlay olgan Osiyo-ning YaID juda qisqa tarixiy muddat oralig`ida yuksak rivojlanish darajasiga erishdilar. Masalan, Yaponiya 100 yilda bosib o`tgan yo`lni ular 25 yilda bosib o`tdilar.

3-masala:

Koreya 1910-yilda Yaponiya mus-tamlakasiga aylanib qolgan edi. Bu hol 1943-yilgacha davom etdi. 1943-yilda Koreya mustaqillikka erishgan bo`lsa-da, keyinchalik u ikki davlatga bo`li-nib ketdi. Bu – 1945-yilda Koreyaning shimolini SSSR armiyasi, janubini esa AQSH armiyasi egallaganligining oqi-bati bo`ldi. 1945-yilgi Potsdam konfe-rensiyasi 38-parallel kenglikni SSSR va AQSH armiyasi o`rtasidagi chegara chizig`i, deb belgiladi. Bu ikki o`ta buyuk davlatning siyosiy xaritani o`z xohishlariga ko`ra tuzishga urinishlari oxir-oqibatda Koreyaning ham ikkiga bo`linib ketishiga olib keldi.

1948-yilning 15-avgustida Koreyaning janubida Li Sin Man boshchiligida Koreya Respublikasi tashkil topdi. Shu yilning 9-sentabrida esa shimolda Kim Ir Sen boshchi-ligida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. 1950-yilda bu ikki koreys davlati o`rtasida urush harakatlari boshlandi. Bu urushga AQSH, SSSR va XXR ham aralashdi. Ikki yillik muzokaralardan so`ng, nihoyat, 1953-yilning 27-iyulida yarash bitimi imzolandi.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda bu ikki koreys davlati taraqqiyoti turlicha yo`ldan bordi. Shimoliy Koreya sovet nusxasidagi “sotsializm” qurishga kirishdi. Buni-ng oqibatida u Osiyoning eng kam taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylandi. 1994-yil-da Kim Ir Sen vafot etgach, uning o`g`li Kim Chen Ir prezidentlik lavozimini egalladi. 1994-yilda aholi jon boshiga 920 AQSH dollariga teng yalpi milliy mahsulot ishlab chi-qarildi. Shunday bo`lsada, Shimoliy Koreya zo`r berib qurollanmoqda. Hatto, o`z atom bombasi va uni mo`ljalga yetkazib qo`yuvchi vositalarga ega bo`lish imkoniyati reallik-ka aylanishi mumkinligi jahon hamjamiyatini tashvishga soldi. 2005-yildan buyon Shi-moliy Koreya hukumati xalqaro hamjamiyat e’tirozlariga qaramasdan bir necha marta yadro sinovlarini muvaffaqiyatli o`tkazishga erishdi.

Janubiy Koreyada Li Sin Man 1960-yilda o`ldirilgach, hokimiyat Pak Chjon Xi qo`li-ga o`tdi. U ham 1979-yilda suiqasd qilib o`ldirildi va 1980–1987-yillarda prezidentlik lavozimini Chon Du Xvan boshqardi. 1987-yilgi saylovlarda general Ro De Vu g`alaba qozondi. 1993-yilgi saylovlarda esa Kim Yen Sam hokimiyatni egalladi.

Koreya Respublikasi 60–70-yillarda juda tez taraqqiy qildi. Hukumat markazlashdi. DEU, Samsung, Hyunday, Lak-Goldstar kabi kompaniyalar juda katta foyda oldilar. Ke-masozlik, avtomobilsozlik, elektronika va boshqa sohalar o`ta tez rivojlandi. Keyingi 20 yil ichida har yili 10 foizdan rivojlandi. Lekin, inqirozlar ham yuz berdi. 1997-yildagi inqiroz tufayli yuzlab korxonalar sindi. Xalqaro valyuta fondidan 47 mlrd. AQSH dollari miqdorida qarz oldi. Bu davrda koreys xalqi haqiqiy vatanparvarligini ko`rsatdi. Fuqaro-lar milliardlab pul yig`dilar, ayollar oxirgi taqinchoqlarigacha davlatga topshirdilar.

Janubiy Koreya bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlaridan biriga ay-landi. Chunonchi, 2006-yilda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami milliy mahsulot 19500 AQSH dollarini tashkil etdi. 2003-yilning fevralida No Mu Xyon mamlakat prezi-denti etib saylandi. 2008-yilning fevralida bu lavozimni Li Myon Bak egalladi.

Koreya Respublikasi va O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlar yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Janubiy Koreyaning O`zbekiston iqtisodiyotiga qo`ygan kapitali 1,5 mlrd. AQSH dollaridan oshdi. 128 ta qo`shma korxona ishlamoqda. O`zbekistonda chiqarila-yotgan “Neksiya”, “Damas”, “Matiz”, “Lasetti” avtomobillari, qator to`qimachilik kor-xonalarining qurilishi ikki davlat o`rtasidagi hamkorlikning kelajagi yanada porloqligini ko`rsatmoqda.



Singapur 1958-yilgacha Buyuk Britaniya mus-tamlakasi bo`lib keldi (1828-yilda Buyuk Britaniya-ning mustamlaka hududiga aylangan edi). 1959-yil-da unga Britaniya Millatlar Hamdo`stligi tarkibida muxtoriyat maqomi berildi. 1963-yilda esa Malayzi-ya Federatsiyasi tarkibiga kirdi.

Biroq, tez orada iqtisodiy masalalarda federatsiya sub’ektlari o`rtasida chuqur kelishmovchiliklar yu-zaga keldi. Natijada, 1965-yilda Singapur federatsi-ya tarkibidan chiqdi va shu yilning 9-avgustida o`zini mustaqil respublika deb e’lon qil-di.

Mustaqillik yillarida Singapur Janubi-Sharqiy Osiyoning eng rivojlangan davlatiga aylandi. 1994-yilda aholi jon boshiga 19940 AQSH dollariga teng yalpi mahsulot ishlab chiqarildi va jami yalpi milliy mahsulot 57 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu yerda hozir 4 mln. aholi yashaydi. Tug`ilish kamaymoqda, yiliga 50 ming bola tug`iladi. Bosh vazir G.Ch.Tong millatni ko`p farzand ko`rishga chaqirdi. S.R.Natan mamlakat prezi-denti lavozimida ishlamoqda.

3-masala:



1942-yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan Indo-neziya 1945-yilda ozod bo`ldi va shu yilning 4-sentabri-da Sukarno boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin, 1947-yilning iyulida mamlakatga Gollandiya armiyasi bostirib kirdi. BMTning aralashuvi va AQSHning ta’siri bilan 1949-yilda Gollandiya Indoneziya mustaqilligini tan olishga majbur bo`ldi. Mamlakatda mustaqilikning besh tamoyili: millatparvarlik; bay-nalmilallik; demokratiya; ijtimoiy adolat; xudoga e’tiqod asosida ish olib borildi.

Sukarno (1901–1970) – Indoneziya prezidenti. 1901-yil 6-iyunda Su-raboy (Yava oroli)da o`qituvchi oilasida dunyoga keladi. 1926-yili Ban-dung texnika kollejini tamomlab injener diplomini qo`lga kiritadi. 1927-yilda Sukarno boshchiligida Bandung bilim klubi Indoneziya milliy par-tiyasiga asos soladi.

1945-yil 17-avgustda u Indoneziyaning mustaqilligini e’lon qiladi. Ertasi kuni yangi konstitutsiya qabul qilinadi va Sukarno davlat prezidenti etib saylanadi. Sukarno bir vaqtning o`zida AQSH va SSSRdan yetarli darajadagi moddiy va harbiy yordam oladi.

1965-yilning kuzida Sukarno so`l kuchlar g`alayonini bostirishni buyuradi. Armiya kompartiya va boshqa so`l tashkilotlarning a’zolarini jismoniy yo`qotish payiga tushadi. Sukarnoni esa ko`pgina vakolatlaridan ozod qilib, bu vakolatlarni Vazirlar Mahkama-siga berishga majbur qiladilar. Bu davrda Vazirlar Mahkamasiga general Suxarto o`zi-ning katta ta’sirini o`tkazar edi. 1967-yilning mart oyida parlament Sukarnoni prezi-dentlik lavozimidan voz kechishini talab qiladi va Suxartoni prezidentlik majburiyat-larini ijro etuvchi etib tayinlaydi. Sukarno umrining oxirigacha uy qamog`ida saqlanadi va 1970-yil 21-iyunda Jakartada vafot etadi.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Neft konlari va ka-uchuk plantatsiyalari milliylashtirildi. Oziq-ovqat, to`qimachilik mollari, tayyor kiyimlar tayyorlash kuchaytirildi. Tabiiy boyliklar xalq qo`liga o`tdi. 1965-yilning 30-sentabrida Kommunistik partiya a’zolari davlat to`ntarishi uyushtirmoqchi bo`ldilar. Lekin, uning oldi olinib, hokimiyat saqlab qolindi. Kommunistlar qatag`on qilindi.



1968-yilda general Suxarto Indoneziya prezidenti etib saylandi va mamlakatni 1998-yil iyunigacha boshqardi. Bu davrda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlik hukm surdi. 1970-yilning oxiriga kelib Indoneziyaga AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarni-ng kompaniyalari 1,3 mlrd. dollar miqdorida investitsiya kiritdilar. Kapital, asosan, kon sanoati, daraxt kesish va baliq ovlash sohalariga kiritildi. Milliylashtirilgan korxonalar o`z egalariga qaytarildi. Indoneziya siqilgan tabiiy gaz va neft eksport qiluvchi mamla-katga aylandi.
Suxarto – Indoneziya prezidenti, mashhur davlat arbobi. 1921-yil 8-iyunda Jokyakarta (Markaziy Yava) sultonligida mayda amaldor oilasi-da dunyoga keladi. Gollandiya armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilib (1940–1942) serjant lavozimini egallaydi. 1943–1945-yillarda yapon-lar armiyasida rota qo`mondoni vazifasini o`taydi. Gollandiya hukm-ronligiga qarshi milliy-ozodlik urushida (1947–1949) batalyonga qo`-mondonlik qiladi. 1962-yilda general-mayor unvoniga ega bo`ladi.

Sukarno prezidentligining oxirgi yillarida Suxarto Indoneziya armiyasiga qo`mon-donlik qiladi. 1967-yilning mart oyida prezident o`rinbosari etib tayinlanadi. 1968-yil-ning mart oyida esa prezidentlikka saylanadi. Ushbu lavozimga 1973, 1978, 1983, 1988, 1993 va 1998-yillarda qaytadan saylanadi. Mamlakatda jamiyat hayotining hamma so-halarida harbiylar ustun bo`lgan avtoritar tartib o`rnatiladi.

1997-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi moliyaviy inqiroz Indoneziyani ham chetlab o`tmadi. Suxarto Jakarta va boshqa shaharlarda bo`lib o`tgan hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar tufayli 1998-yil iyun oyida iste’fo berishga majbur bo`ladi.

90-yillarda mamlakat iqtisodiyotiga 4 yil ichida 35 mlrd. AQSH dollari miqdorida xo-rijiy kapital kiritildi. Turli avtomobillar va zamonaviy samolyotlar yig`ildi. Lekin, 1997-yilda mamlakatda iqtisodiy inqiroz yuz berdi. 70 foiz korxona va banklar yopildi, ishsiz-lar soni 20 mln.ga yetdi hamda tashqi qarz 138 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.

1998-yilning iyunida prezident Suxarto iste’foga chiqib, shu yilning noyabrida B.Ha-bibiy uning o`rnini egalladi. Ammo, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlay olmadi. 1999-yil oktabrda umumxalq saylovlari natijasida musulmon diniy partiyasi – “Naxdatul Ulamo” rahbari A.Vohid prezident etib saylandi. U ham vaziyatni barqarorlashtira olma-di. Inflatsiya 20 foizga yetdi. 1975-yilda Gollandiyadan tortib olingan Sharqiy Timor mustaqillikka erishdi. Achexa ham shunday huquqni qo`lga kiritdi.

2001-yilda M.Sukarnopuri mamlakat prezidenti lavozimini to`la egalladi. Indoneziya hozirgi kunda neft mahsulotlari, sanoat gazi, rezina, ko`mir, mis, qo`rg`oshin, nikel, ba-liq mahsulotlari, kofe va choyni katta miqdorda eksport qiladi. O`zbekiston bilan yaqin hamkorlik o`rnatgan.

Buyuk Britaniya mustamlakasi bo`lgan Bir-mani 1942-yilda Yaponiya butunlay bosib ol-di. 1945-yilda mamlakatdan yaponlarni quvib chiqargan milliy-ozodlik harakati kuchaydi. 1947-yil 24-sentabrda Ta’sis Majlisi Birma Ittifoqi Konstitutsiyasini qabul qildi. 1947-yil 17-oktabrda “Xalq ozodligi antifashistik liga-si” yangi yo`lboshchisi U Nu Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzoladi. Unga muvofiq Bir-ma Ittifoqi 1948-yil 4-yanvardan mustaqil deb e’lon qilindi. U Nu bosh vazir etib tayin-landi va 1952-yilgacha mamlakatni boshqardi.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun g`alla, makkajo`xori, paxta, jut, shakar-qamish va boshqa mahsulotlarni ko`paytirishga harakat qilindi. Guruch tozalash, yog`, choy, tamaki, shakar ishlab chiqarish korxonalari yangi texnologiyalar bo`yicha rekon-struksiya qilindi.

1952–1957-yillarda Ba U, 1957–1962-yillarda U Vin Maung prezi­dentlik lavozimini bajardilar. 1962-yil martda harbiylar general Ne Vin boshchiligida davlat to`ntarishini o`tkazdilar. 1947-yilgi konstitutsiya bekor qilindi. Endi, mamlakat Birma Ittifoqi Sotsia-listik Respublikasi deb atala boshlandi. Yangi sotsialistik jamiyat qurish 1988-yilgacha davom etdi. Lekin, rivojlanish ko`ngildagidek bo`lmadi.

1988-yilda mamlakat Myanma Ittifoqi deb ataldi va U So Maung prezidentlik lavo-zimini egalladi. Endi bozor iqtisodiga o`tish boshlandi. Chet el investitsiyasiga keng yo`l ochildi va ahvol birmuncha yaxshilandi. Yalpi mahsulotning o`sishi yiliga 8 foizga ko`-tarildi.

1992-yilda hokimiyatga kelgan Tan Shve mamlakat iqtisodini yanada ko`tarish, xori-jiy mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilash yo`lini tutmoqda. Hozirgi vaqtda rangli metallar, neft, kumush, qimmatbaho toshlar qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, metal-lurgiya kombinatlari, qo`rg`oshin-rux korxonalari rivojiangan.

Malayziya davlati yerlari, xususan, “Nort Barkes” kompaniyasiga qarashli Shimoliy Borjo, Malakka orolining janubiy qismi, Kalimantan oroli shimolidagi Saravak va Sabak urushgacha bo`lak-bo`lak holda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi. 1941-yil 8-dekabrda Malakka oroliga yaponlar bostirib kirdi va 1942-yil fevralda uni butunlay egalladi.

Yaponiyaga, undan so`ng, Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik harakati keng avj oldi va aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi. 1945-yilda inglizlar kelib Malayya It-tifo-qini tuzdilar. Lekin, u ham uzoq yashamadi. 1947-yilda Birlashgan xalq fronti yuza-ga keldi va u yosh davlat mustaqilligini mustahkamlashda asosiy kuch bo`lishi kerak edi. Lekin, ushbu frontda birlik bo`lmadi, ichki kurashlar avj oldi. 1948-yil 1-fevralda Ma-layziya Federatsiyasi tuzildi. Singapur ajratildi. Konstitutsion monarxiya tuzumi o`rna-tildi. 1957-yilga kelib hozirgi G`arbiy Malayziya mustaqil deb e’lon qilindi. 1963-yilda Singapur, Saravak va Sabak Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi va mamlakat bir-lashtirildi. Lekin, 1965-yilda Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib, o`zini mustaqil deb e’lon qildi. Malayziya hukumatida 1981-yildan musulmon malayziyaliklar katta ta’sir kuchiga egadirlar.

Mamlakat iqtisodining asosini qayta ishlash, tog`-kon sanoati va qishloq xo`jalik ish-lab chiqarishi tashkil etadi. Malayziya jahonning 50 foiz kauchugini va 40 foiz qalayini ishlab chiqaradi. Ularning qariyb yarmini Buyuk Britaniyaning kapitali nazorat qiladi. AQSH va Yaponiya kapitali ham katta ta’sirga ega. Elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil sanoati rivojiangan. Tabiiy gaz, neft, qalay, mis, temir ruda konlari yangi texnologiya asosida mahsulot beradi. Yerning katta qismi zamindor-larga qarashli. Tabiiy kauchuk, kakao, palma yog`i, qalampir, ananas yetishtiriladi va eksport qilinadi. Malayziya tashqi siyosatda qo`shilmaslik yo`lini tutgan. Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari hamkorligi tashkiloti – ASEANga a’zo. O`zbekiston bilan yaqin aloqa-lar o`rnatgan.

Tayanch so`z va iboralar:

YaID; investitsiya; “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti”; transmilliy korporat-siyalar; “sotsializm”; muxtoriyat; federatsiya; “avtoritar”; “Nakdatul Ulamo”; “antifa-shistik”; ASEAN.

Nazorat uchun savollar:


  1. “Yangi industrial davlatlar” nima va unga qaysi davlatlar kiradi?

  2. BMT qanday mezonlar asosida yangi industrial davlat ekanligini aniqlaydi?

  3. Qanday omillar transmilliy korporatsiyalar e’tiborini Janubi-Sharqiy Osiyo davlat-lariga qaratdi?

  4. YaID iqtisodiyotini rivojlantirishda tanlangan taraqqiyot yo`llari nimalardan ibo-rat?

  5. Koreya Respublikasi va Singapur haqida nimalarni bilib oldingiz?

  6. Indoneziya haqida nimalarni bilib oldingiz?

  7. Myanma Ittifoqi haqida nimalarni bilib oldingiz?

  8. Malayziya haqida nimalarni bilib oldingiz?


Mavzu: Arab davlatlari.

Reja:

  1. Arab davlatlariga umumiy tavsif. Yaqin Sharq muammosi.

  2. Kemp-Devid bitimi va uning oqibatlari.

  3. Iroq, Saudiya Arabistoni va Suriya.

  4. Misr, Jazoir, Marokash, Tunis va Liviya.

Adabiyotlar:

  1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

281-293 betlar

Arab davlatlarining umumiy tavsifi:



Bahrayn. Poytaxti – Manama. Aholisi – 688,3 ming kishi (2005). Maydoni – 695,15 kv. km. Rasmiy tili – arab. Hukmron dini – islom. Pul birligi – Bahrayn dinori = 1000 fils. Milliy bayrami: 16-dekabr – Milliy kun (1971).

Birlashgan Arab Amirliklari. Poytaxti – Abu-Dabi. Aholisi – 2 mln. 484,8 ming kishi (2003). Maydoni – 83 657 kv. km. Rasmiy tili – arab. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 7 amirlik. Pul birligi – dirham. Milliy bayrami: 2-dekabr – Federat-siya tashkil topgan kun (1971).

Jazoir. Poytaxti – Al-Jazoir. Aholisi – 32 mln. 820 ming kishi (2003). Maydoni – 2 mln. 381 741 kv. km. Asosiy tillari – arab (rasmiy) va fransuz. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 48 viloyat. Pul birligi – Jazoir dinori = 100 santim. Mil-liy bayrami: 1-noyabr – Inqilob kuni (1954).

Iordaniya. Poytaxti – Ommon. Aholisi – 5,6 mln. kishi (2004). Maydoni – 89 kv. km. Rasmiy tili – arab. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 8 muhofa-zat. Pul birligi – Iordaniya dinori = 1000 fils. Milliy bayrami: 25-may – Mustaqillik ku-ni (1946).

Iroq. Poytaxti – Bag`dod. Aholisi – 25,4 mln. kishi (2004). Maydoni – 434 924 kv. km. Asosiy tillari – arab (rasmiy) va kurd. Hukmron dini – islom (qisman xristian dini ham tarqalgan). Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 18 muhofazat, shulardan uchtasi Kurd av-tonom viloyati tarkibida. Pul birligi – Iroq dinori = 1000 fils. Milliy bayrami: 17-iyul – Inqilob kuni (1958).

Livan. Poytaxti – Bayrut. Aholisi – 4,3 mln. kishi (2003). Maydoni – 10,4 ming kv. km. Rasmiy tili – arab. Asosiy dinlari – islom, pravoslav va katolik. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 6 muhofazat. Pul birligi – Livan funti = 100 piastr. Milliy bayrami: 22-no-yabr – Mustaqillik kuni (1943).

Liviya. Poytaxti – Tripoli. Aholisi – 5,6 mln. kishi (2004). Maydoni – 1 mln. 759 540 kv. km. Rasmiy tili – arab. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 13 mu-nitsipalitet. Pul birligi – Liviya dinori = 100 dirham. Milliy bayrami: 1-sentabr – Inqi-lob kuni (1969).

Marokash. Poytaxti – Rabot. Aholisi – 31,7 mln. kishi (2003). Maydoni – 446 550 kv. km. Asosiy tillari – arab (rasmiy), fransuz, ispan va berber. Hukmron dini – islom. Ma’-muriy-hududiy bo`linishi – 3 provinsiya (ular o`z navbatida prefektura, okrug va kom-munalarga bo`lingan). Pul birligi – Marokash dirhami = 100 santim. Milliy bayrami: 3-mart – Qirol taxtga o`tirgan kun (1961).

Misr. Poytaxti – Qohira. Aholisi – 74 mln. 718,8 ming kishi (2003). Maydoni – 1 mln. 1 450 kv. km. Rasmiy tili – arab. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 26 muhofazat. Pul birligi – Misr funti = 100 piastr. Milliy bayrami: 23-iyul – Inqilob ku-ni (1952).

Saudiya Arabistoni. Poytaxti – Er-Riyod. Aholisi – 24 mln. 293,8 ming kishi (2003). Maydoni – 2,2 mln. kv. km. Rasmiy tili – arab. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hudu-diy bo`linishi – 13 viloyat. Pul birligi – Saudiya riali = 20 kirsham = 100 halol. Milliy bayrami: 23-sentabr – Qirollik e’lon qilingan kun (1932).

Suriya. Poytaxti – Damashq. Aholisi – 17 mln. 585,5 ming kishi (2003). Maydoni – 185,2 ming kv. km. Rasmiy tili – arab. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`li-nishi – 14 muhofazat. Pul birligi – Suriya funti = 100 piastr. Milliy bayrami: 17-aprel – Mustaqillik kuni (1946).

Tunis. Poytaxti – Tunis. Aholisi – 9 mln. 924,7 ming kishi (2003). Maydoni – 164 150 kv. km. Rasmiy tili – arab. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 20 pro-vinsiya (governator). Pul birligi – Tunis dinori = 100 millim. Milliy bayrami: 20-mart – Mustaqillik kuni (1956).

Ummon. Poytaxti – Maskat. Aholisi – 2 mln. 903 ming kishi (2004). Maydoni – 306 ming kv. km. Rasmiy tili – arab (shuningdek, ingliz, beluj, urdu va hind tillari ham tar-qalgan). Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 3 gubernatorlik (ular o`z navbatida 59 viloyatga bo`lingan). Pul birligi – Ummon riali = 100 bayza. Milliy bay-rami: 18-noyabr – Sultonning tug`ilgan kuni (1940).

Falastin. Poytaxti – yo`q. Mamlakat ikkiga bo`lingan – Iordan daryosi g`arbiy sohili va G`azo sektori. Aholisi – 2 mln. 133 ming 313 kishi (1995). Maydoni – 26 ming kv. km. Rasmiy tili – arab va ivrit. Hukmron dini – islom. Pul birligi – Isroil shekeli hamda Ior-dan dinori.

Yaman. Poytaxti – Sano. Aholisi – 20 mln. 25 ming kishi (2004). Maydoni – 527 970 kv. km. Rasmiy tili – arab. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 17 pro-vinsiya. Pul birligi – Yaman riali = 100 fils. Milliy bayrami: 22-may – Yaman birligi ku-ni (1990).

Qatar. Poytaxti – Doxa. Aholisi – 840,3 ming kishi (2004). Maydoni – 11 437 kv. km. Rasmiy tili – arab. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 5 gubernator-lik. Pul birligi – Qatar riali = 100 dirham. Milliy bayrami: 3-sentabr – Mustaqillik kuni (1971).

Quvayt. Poytaxti – Al-Quvayt. Aholisi – 2 mln. 257 ming kishi (2004). Maydoni – 17 818 kv. km. Rasmiy tili – arab. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 5 gubernatorlik. Pul birligi – Quvayt dinori = 1000 fils. Milliy bayrami: 25-fevral – Milliy kun.

1-masala:

Ikkinchi jahon urushidan keyin arab xalqlari milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi. Qator davlatlarda (Misr, Iroq, Liviya, Yaman) mustamlakachi davlatlar qo`g`irchog`iga aylanib qolgan hukmron doiralar hokimiyati ag`darildi. Dastlab Jazoir, Marokash, Tunis va Sudan kabi davlatlar mustaqillikni qo`lga kiritdilar. Chet el kapitali egallab olgan milliy boyliklar (Misrda Suvaysh kanali kompaniyasi, Iroqda neft kompaniyasi – Iroq petroleum) milliylashtirildi.

Mustaqil davlatlar ijtimoiy-siyosiy ittifoqlarga qo`shilmaslik siyosatini yuritdilar. Bi-roq, arab davlatlarining o`zaro munosabatlari o`tgan tarixiy davr mobaynida jiddiy si-novlarga duch keldi. Bu munosabat ba’zan do`stona, ba’zan raqobat, hatto, dushmanlik tusini ham oldi. Ayni paytda, arab davlatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasi ham bir xil emas.

Arab davlatlarining ba’zilarida (Iroq va Suriya) uzoq vaqt yakka shaxs diktaturasi hukm surdi yoki hukm surmoqda. Falastin arab xalqi esa hamon o`z mustaqil davlatiga ega emas. Biroq, bu xalq o`z davlatiga ega bo`lish yo`lida qat’iy kurash olib bormoqda. O`zbekiston deyarli barcha arab davlatlari bilan teng manfaatdorlik tamoyili asosida mu-nosabatlarni rivojlantirib kelmoqda.

1947-yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat – yahudiylarning Isroil va arablar-ning Falastin davlatini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Parij tinchlik konferensiya-sidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlati-ni tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy ya-shardi. Dunyo bo`ylab tarqalib ketgan yahudiylarni bir joyga – Falastinga to`plashda ularning xalqaro tashkiloti katta rol o`ynadi. Bu tashkilot “Sion tashkiloti” deb ataladi (bu nom Falastindagi Sion tog`i nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni shu atrofda to`planishga da’vat etadi). Ayni paytda, sionizm g`oyasi ham vujudga keldi.

1942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0,5 mln.ga yetdi. Ulardan yaxshi harbiy tayyor-garlikka ega, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan zamonaviy qurollar bilan qurollan-tirilgan armiya tuzildi. Yahudiylar arablar uchun ajratilgan hududlarni ham ishg`ol qilib oldilar.

1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi D.Ben Gurion Isroil davlati tu-zilganligini e’lon qildi. Tel-Aviv shahri bu davlatning poytaxti bo`lib qoldi. Falastin arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil birinchi arab-Isroil urushi yuz ber-di. Bu urushda ishtirok etgan arab davlatlari armiyasi yengildi. Chunki, ular qoloq, za-monaviy armiyaga ega bo`lmagan davlatlar edi.

Yahudiylar Falastin arablarini o`z yerlaridan quvib chiqara boshladilar. Buning natija-sida 0,5 mln. falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib o`tishga majbur bo`ldi. Misr, Suriya, Livan va Iordaniya Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur bo`ldilar.

Dunyo sionistik tashkilotlari ko`rsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga to`lagan 1 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi tovon hamda AQSH ko`rsatgan katta yor-dam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq mintaqasi xomashyo – neftga boy o`lka. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mav-jud. AQSH bu o`lkani o`z hayotiy manfaati doirasiga kiritgan. Ayni paytda, unga bu hu-dudda ishonchli ittifoqchi ham zarur edi. Isroilni ana shu ittifoqchilikka eng mos davlat sifatida tanladi.

Arab davlatlari esa qoloqligicha qolaverdi. Buning ustiga arab davlatlari o`rtasida mustahkam ittifoq ham yo`q edi. Buning asosiy sababi, birinchidan, mustamlakachi dav-latlarning arablarga mustaqillik berish davrida bir arab davlati hududining bir qismini ik-kinchi arab davlati hududiga qo`shib yuborganligi edi. Ikkinchidan, Saudiya Arabistoni, Iroq (1958-yilgacha), Iordaniya davlatlarida hukmron sulolalar o`zaro nizoda edilar. Li-vanda esa davlat boshqaruvi diniy jamoachilik tamoyiliga asoslanganligi uchun ularning har biri o`z manfaatini umumarab manfaatidan ustun qo`yardilar.

“Yaqin Sharq muammosi” Buyuk Britaniya va Fransiyani ham befarq qoldirmadi. Bu ikki davlat ham Yaqin Sharqdagi manfaatlaridan voz kechishni aslo istamas edi. Ular arab davlatlarida hokimiyat tepasida o`zlariga sodiq hukumatlarning turishi uchun bar-cha choralarni ko`rdi. Manfaatlariga katta xavf tug`ilgan paytda ular agressiya uyushti-rishdan ham tap tortmadilar. Chunonchi, 1956-yilda shunday bo`ldi. Shu yilning oktabr oyida Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil Misrga qarshi agres­siya uyushtirdilar. Faqat-gina, SSSRning Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash uchun zarur bo`lsa kuch ishlatishga tayyor ekanligi haqidagi qattiq bayonoti agressiyani to`xtatishga majbur etdi. Falastin arab xalqi kurashini to`xtatgani yo`q.



1964-yilda Livan hududida Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) tuzildi. FOTning raisi etib Yosir Arofat saylandi. Bu tashkilot o`z oldiga mustaqil Falastin davlatini tuzish va-zifasini qo`ydi. Tez orada u 15 minglik yaxshi tayyorgarlik ko`rgan armiyaga ega bo`ldi.

Arofat Yosir (1929–2004) – Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) raisi. Quddusda dunyoga kelib, G`azoda katta bo`ladi. Qohira universitetida o`qib, 1952–1956-yillarda Falastin talabalar ligasiga boshchilik qiladi. 1960-yildan Isroilga qarshi terroristik operatsiyalarni olib boruvchi FOT harakatini tuzishda ishtirok etadi. Isroilning “olti kunlik” urushda g`alaba qozonishi 1965-yilda tuzilgan FOT harakatini kuchaytirib yubo-radi. 1969-yil Y.Arofat FOT raisi etib saylanadi.

Y.Arofat falastinliklar mustaqilligining xalqaro miqyosda e’tirof qilinishi va FOTning davlat vakillik organi sifatida tan olinishi uchun astoydil harakat qiladi. 1960-yilning oxirlarida Falastin Milliy Kengashi (FMK) tashabbusi bilan Falastin hududida demok-ratik davlatni tuzish uchun partizanlar urushi boshlanib ketadi. AQSH FOTning Isroil qonunchiligini tan olishini va terroristik harakatlarga chek qo`yishini qattiq turib talab qiladi.

1990-yil Iroq qo`shinlarining Quvaytga bostirib kirishi va 1991-yil Fors qo`ltig`idagi urush FOT yetakchisinining pozitsiyasini susaytirdi va xalqaro siyosatda yakkalanib qo-lishiga sabab bo`ldi. Chunki, Y.Arofat bu urushda betaraflik e’lon qilgan edi.

1991-yilning oktabrida Madridda navbatdagi arab-Isroil muzokaralari boshlandi. Ayni paytda, Osloda FOT bilan Isroil o`rtasida muzokaralar olib borild va u 1993-yil 10-sentabrda tinchlik bitimi imzolanishi bilan tugadi. Y.Arofat va Isroil bosh vaziri I. Rabin rasmiy ravishda qo`l berib ko`rishadilar. Bitimning birinchi qismida Isroil 1994-yilning may oyigacha Iyerixon va G`azo hududidan o`z qo`shinlarini olib chiqib ketishi ko`zda tutiladi. 1994-yil Y.Arofat, I.Rabin va Isroil tashqi ishlar vaziri Sh.Peres Nobel mukofotiga sazovor bo`ladilar.

1996-yilning yanvarida Falastinda birinchi marta demokratik saylovlar bo`lib o`tadi. Y.Arofat Falastin Muxtoriyatining prezidenti etib saylanadi. Lekin, 1995-yilning noya-brida I.Rabinning o`ldirilishi Falastin-Isroil munosabatlarining yana keskinlashuviga sabab bo`ladi. 1997–1998-yillar davomida ikki o`rtada tinchlik muzokaralari olib boril-di, ammo, samara bermadi.

Y.Arofat 2004-yil 11-noyabrda Parij yaqinidagi gospitalda vafot etadi.

1967-yilning 5-iyulida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta talofat yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr ichida Isroil o`z hudu-didan 2 baravar katta bo`lgan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyin-chalik anneksiya ham qilina boshlandi. Misr Sinay yarim orolini, Suriya Jo`lan tepali-gini, Iordaniya esa Iordan daryosining g`arbiy qirg`og`ini boy berdi. SSSR 10 yil davo-mida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qo`liga o`tdi. G`azo sektori va Falastin davlati poytaxti bolishi kerak bo`lgan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. Bu mag`lubiyat boshqa arab davlatlarini tashvishga solib qo`ydi.

1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi o`tkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara o`tkazmaslik, Isroilni tan olmaslik va u bilan tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga o`z davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi.

Isroilning ittifoqchilari ham qo`l qovushtirib o`tirmadi. Ular Isroilga katta miqdorda yordam ko`rsatishni davom ettirdilar. 1969–1979-yillar oralig`ida Isroil 20 mlrd. AQSH dollariga teng yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashti-rish siyosatini yuritdi. Arab davlatlari ham o`zlarining harbiy salohiyatlarini mustahkam-lash choralarini ko`rdilar. SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi.

1973-yil 6-oktabrda yana arab-Isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr-Suriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor Isroilni og`ir ahvolga solib qo`y-di. Ayni paytda, FOTning xalqaro obro`si oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni Fa-lastin arab xalqining yagona vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi.

Isroilning og`ir ahvolga solib qo`yilishi uning it­tifoqchilarini befarq qoldirmaydi. AQSH arab-Isroil munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi, birinchidan, Isroilning xalqaro obro`sini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi. AQSH o`z maqsadiga erishdi ham. 1979-yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr o`rtasida separat Kemp-Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga ko`ra, Isroil o`z qo`shinlarini 1982-yil aprelgacha Si-naydan olib chiqib ketishga rozilik berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yor-dam ko`rsatish majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yo`lga qo`yishda Misrga yordam ko`rsatdi. Arab ekstremistlari Misr prezidenti A.Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va 1981-yilning 6-oktabrida uni o`l-dirishga muvaffaq bo`ldilar.

1980–1990-yillarda arab davlatlari o`rtasida “Yaqin Sharq masalasi”da bo`linish yuz berdi. Boy arab davlatlari – Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA va Ummon davlatlari mu-ammoni Isroil bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Iordaniya va Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv yo`lini inkor et-dilar.

1994-yildan boshlab “Yaqin Sharq muammosi”ni hal etish yangi bosqichga kirdi. Is-roil Falastin milliy muxtoriyatini tuzishga ijozat berdi. Biroq, bir qancha muzokaralar o`tkazilsada, Falastin davlatini tuzish muammosi hamon ochiqligicha qolmoqda. Y.Aro-fat vafot etgach, 2005-yilda uning o`rniga kelgan Mahmud Abbos bu ishni davom ettir-moqda. 2005-yilning avgustidan Isroil G`azo sektoridan 8,5 mingdan ortiq yahudiylarni ko`chirib olib chiqib ketdi. Bu narsa Isroilda munosabatni ancha keskinlashtirdi, falas-tinliklar esa bayram qildi.



Arab-Isroil muammosi mana necha yildirki hal etilmay kelayotir. Quyida ushbu mu-ammoni ijobiy hal etish yo`lidan borgan, yoki, aksincha yo`l tutgan davlat arboblarining tarjimayi holi keltiriladi:

Rabin Isxoq (1922–1995) – Isroil bosh vaziri. 1992-yil 1-martda Quddusda dunyoga keladi. Rabinning otasi rossiyalik bo`lib, u yerdan dastlab AQSHga, II-jahon urushi yillarida Falastinga qochadi. Suriya va Livandagi fashistlarga qarshi janglarda ishtirok etadi. 1948-yil-dagi birinchi arab-Isroil urushida Quddusni qo`riqlash brigadasiga boshchilik qiladi. 1954-yildan armiya generali, Isroil mudofaa qo`-shinlari qo`mondoni, keyinchalik, bosh shtab qo`mondoni vazifasida faoliyat yuritadi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin