Ijtimoiy-gumanitar



Yüklə 2,89 Mb.
səhifə4/8
tarix25.12.2019
ölçüsü2,89 Mb.
#30014
1   2   3   4   5   6   7   8
4-5 maruza matni dars rejasi - 2-qism


Mavzu: Yaponiya davlati.

Reja:

1) Urush oqibatlari. Yaponiyaning yangi konstitutsiyasi.

2) Tinchlik shartnomasining imzolanishi. AQSH-Yaponiya ittifoqi.

3) Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti.

4) Tashqi siyosat. Yaponiya – O`zbekiston munosabatlari.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

234-240 betlar

1-masala:

Yaponiya. PoytaxtiTokio. Aholisi – 127,3 mln. kishi (2004). Maydoni – 377 535 kv. km. Rasmiy tili – yapon. Asosiy dinlarisintoizm, buddizm va xristian. Mamuriy-hudu-diy bo`linishi – 47 prefektura. Pul birligi – yena = 100 sen. Milliy bayrami: 23-dekabr – Imperator tug`ilgan kun.

Urush Yaponiyani vayronaga aylantirdi. Ishlab chiqarish urushdan oldingi darajani-ng 30 foiziga tushib qoldi. 10 mln. kishi ishsiz qoldi. Yaponiya taslim bo`lganidan ikki haftadan so`ng uning hududi AQSH ar-miyasi tomonidan okkupatsiya qilindi. Bu armiyaga general D.Makartur rahbarlik qil-di. U Yaponiyada cheklanmagan hokimi-yatga ega edi.



Makartur Duglas (1880–1964) – Ikkinchi jahon urushi davrida (1941–1945) AQSH-ning Uzoq Sharqdagi qurolli kuchlari qo`mondoni va Tinch okeani janubi-g`arbiy qis-midagi ittifoqchilar qo`shinlari bosh qo`mondoni bo`lgan. 1945-yildan Yaponiyadagi okkupatsion qo`shinlar qo`mondoniga aylangan. 1950–1951-yillarda Koreyadagi Ame-rika va Janubiy Koreya qurolli kuchlari operatsiyalariga rahbarlik qilgan.

Yaponiya qurolsizlantirilishi va mamlakatda demokratik tartib o`rnatilishi kerak edi. Bu vazifaning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida Tokio shahrida ittifoqchi davlatlar – AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Xitoy vakillaridan iborat Ittifoq Kengashi tuzildi.

Amerikaliklar Iosudani bosh vazir qilib qo`ydilar. U 1944-yildan qurol-yarog` vaziri bo`lib ishlagan va amerikaliklarga “kommersiya xabari”ni yetkazishda ayblanib, 1945-yilning boshida qamoqqa olingan edi. Iosuda ozgina tanaffus bilan (1947–1948) mam-lakatni 1954-yilning dekabrigacha boshqardi.

Urushdan keyingi yillarda mamlakat armiyasi demobilizatsiya qilindi. Harbiy muas-sasalar tarqatib yuborildi va militaristik tashkilotlar taqiqlandi. Harbiy va siyosiy jino-yatchilar sudga tortildi. Davlat apparati jinoyatchi unsurlardan tozalandi. Yashirin polit-siya tugatildi. Kasaba uyushmalarining faoliyati tiklandi. Demokratik siyosiy partiyalar tuzildi. Bular: Liberal (1955-yildan Liberal-demokratik), Taraqqiyparvar va Sotsialistik partiyalar edi. Urushdan keyingi davrda ko`p vaqtlar hukumat tepasida Liberal-demokra-tik partiya turdi. Mamlakat demokratik yo`ldan taraqqiy etishi uchun barcha zarur chora-lar ko`rildi.

Shu tariqa, Ikkinchi jahon urushida Yaponiyaning mag`lubiyatga uchrashi yapon xal-qi va mamlakat kelajagi uchun katta ijobiy ahamiyatga ham ega bo`ldi. Chunki, mag`lu-biyat tufayli Yaponiyada militarizm tugatildi. Bu esa Yaponiyani Osiyo va Tinch okeani havzasida yangi bosqinchilik urushlari olib borish imkoniyatidan mahrum etdi. Bu hol Yaponiya hukumatiga butun imkoniyatni tinch bunyodkorlik ishlariga qaratishga sharoit yaratdi. Ayni paytda, AQSHning Yaponiyani ishg`ol etishi oxir-oqibatda bu mamlakat-ning kelgusi taqdiri uchun katta ijobiy hodisa bo`ldi. Chunki, aynan AQSHning D.Ma-kartur boshchiligidagi okkupatsion ma’muriyati Yaponiyada chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar o`tkazilishining kafolati vazifasini bajardi.

1947-yilda Yaponiya parlamenti mamlakatning yangi konstitutsiyasini qabul qildi. Bu konstitutsiyaga ko`ra, Yaponiyada konstitutsion monarxiya tuzumi saqlanib qoldi. Impe-rator hokimiyati saqlanib qolgan bo`lsada, Yaponiya demokratik davlat, deb e’lon qilin-di. Imperator amalda real hokimiyatdan mahrum etildi. Imperatorlik millat birligi ramzi sifatida saqlanib qoldi. Konstitutsiyaga ko`ra, bosh vazirni imperator tayinlasada, uni parlament tasdiqlashi zarur edi.

Shuningdek, yangi konstitutsiyaga Yaponiyaning kelgusi taraqqiyoti uchun juda katta ijobiy rol o`ynagan bir modda kiritildi. Bu – Yaponiyaning urushdan millatning suveren huquqi sifatida voz kechganligi va mamlakatning armiyaga ega bo`lishi huquqini taqiq-laganligi to`g`risidagi modda edi.

2-masala:

Yaponiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash maqsadida 1951-yilda AQSHning San-Fransisko shahrida xalqaro konferensiya chaqirildi. Konferensiya yakunlariga ko`ra, 1951-yil 2-sentabrda bir tomonlama tinchlik shartnomasi imzolandi va bu shartnoma 1952-yil 28-apreldan kuchga kirdi. Unga ko`ra, Yaponiya Koreya mustaqilligini tan oldi. Tayvan, Peskador, Kurill orollari va Janubiy Saxalinga daxl qilmaydigan bo`ldi. Ittifoq-chi davlatlardan SSSR bu shartnomani imzolamadi. Buning sababi, “sovuq urush” bosh-langach, AQSH Yaponiyaga nisbatan munosabatini o`zgartirdi. Chunki, AQSH Uzoq Sharqda SSSR ta’sirining kuchayishini xohlamas edi. Yaponiya bilan harbiy-siyosiy itti-foq tuzgan AQSH uni SSSRga qarshi qayray boshladi. AQSH Senati 1951-yilgi Yalta konferensiyasi qarorlarini ratifikatsiya qilib, uning Yaponiyaga tegishli bandlarini shub-ha ostiga ola boshladi. Ma’lumki, mazkur konferensiya qarorlarida Kurill orollari va Ja-nubiy Saxalin SSSRga berilganligi qayd qilingan edi. Ayni paytda, Yaponiya o`zining shimoliy yerlaridan bir qismi SSSRga berilganligiga toqat qila olmas edi.

AQSH-Yaponiya harbiy itifoqi buning kafolati bo`lishi kerak edi. Shunday sharoitda, Yaponiya uchun ham AQSHdek qudratli tayanch zarur edi. Ikki davlat manfaatlarining mushtarakligi amerika-yapon harbiy ittifoqini tuzish masalasini ko`ndalang qo`ydi. San-Fransisko konferensiyasida Yaponiya bilan tuziladigan tinchlik shartnomasi AQSH-Ya-poniya harbiy ittifoqi to`g`risidagi shartnoma bilan birgalikda imzolanadigan bo`ldi. SSSR bunga qarshi chiqdi va norozilik belgisi sifatida konferensiya ishida qatnashishni to`xtatdi. Shundan beri Kurill tizmasiga kiruvchi Xabomai, Shikotan, Iturup hamda Ku-nashir orollari SSSR va Yaponiya o`rtasidagi doimiy qarama-qarshilik manbayiga aylan-di.

1951-yil San-Fransisko shahrida AQSH va Yaponiya o`rtasida imzolangan “Xavfsiz-lik to`g`risida”gi shartnoma ikki davlat o`rtasidagi harbiy-siyosiy ittifoqni rasmiylashtir-di. Shartnoma Yaponiyada ushbu mamlakat “suvereniteti”ini ta’minlaydigan AQSH qu-rolli kuchlarini ushlab turishni nazarda tutar edi. Mazkur shartnoma mamlakatda AQSH harbiylarining bo`lishini abadiylashtirib qo`ydi va yapon qurolli kuchlarini tashkil etish-ga yo`l bermadi. Ayni paytda, Yaponiyada AQSHning okkupatsiya tartibi bekor qilindi.

1952-yilgi AQSH-Yaponiya shartnomasiga ko`ra, barcha harbiy bazalar AQSH qurol-li kuchlariga qaraydigan va ularni ushlab turganligi uchun AQSH Yaponiyaga har yili 150 mln. dollar to`laydigan bo`ldi. AQSH, amalda, Yaponiyaning barcha hududini nazo-rat qilish huquqini qo`lga kiritdi.

Nihoyat, 1960-yilgi AQSH va Yaponiya o`rtasidagi “O`zaro hamkorlik va xavfsizlik-ka kafolat” to`g`risidagi shartnoma bu ikki mamlakatning harbiy-siyosiy ittifoqini ras-miylashtirishni yakunladi va Yaponiyani AQSHning Uzoq Sharqdagi sherigiga aylantir-di. Mazkur shartnomaga ko`ra, Yaponiyaning Okinava oroli AQSHning Tinch okean havzasidagi doimiy harbiy-havo kuchlari bazasi bo`lib qoldi.

3-masala:

1946-yilda Yaponiya parlamenti agrar islohot to`g`risida qonun qabul qildi. Unga ko`ra, pomeshchik yer egaligi tugatildi. Davlat yer egalari yerlarini sotib oldi va ularni dehqonlarga sotdi. Endilikda qishloq xo`jaligida fermer xo`jaliklari asosiy rol o`ynay boshladi.

Sanoatni tiklash uchun ham barcha zarur choralar ko`rildi. Ayni paytda, AQSH repa-ratsiya olishni to`xtatdi. Yapon xalqi yuksak vatanparvarlik, mehnatsevarlik, intizomli-lik, toqatlilik va sabr-bardoshlilik namunalarini ko`rsatib mehnat qildi. Ayni paytda, ya-pon xalqi o`ta tejamkor xalq hamdir. Bundan tashqari, ish beruvchilar bilan xodimlar o`rtasida yaponlargagina xos bo`lgan hamkorlik vujudga keldi. Unga ko`ra, ish beruvchi bilan xodim o`rtasida tuzilgan shartnomaga ko`ra, korxona xodim to pensiyaga chiqqun-cha ish bilan ta’minlash, xodim esa shu yillar mobaynida sidqidildan mehnat qilish maj-buriyatini olardi. Bundan tashqari, Yaponiyaning harbiy xarajatlari nihoyatda kam bo`-lib, yillik ijtimoiy mahsulot qiymatining atigi 1 foizini tashkil etardi. Bu hol butun ka-pital mablag`ning juda katta qismini ishlab chiqarishga imkon berardi. Yaponlarga xos yana bir xususiyat o`zgalar yutug`ini erinmay o`rganish va ulardan unumli foydalana olishdir.

Shu bilan birga, yapon-amerika shartnomasi tuzilishi Yaponiya iqtisodini rivojlanti-rishning negizi bo`lib qoldi. Yaponiya Amerika bozoriga kirish imkonini oldi. AQSH bozori o`ziga xos qat’iy qoidalarga ega: bu yerga keltiriladigan tovarlar eng yuqori si-fatli, zamon talablariga javob beradigan va raqobatbardosh bo`lishi lozim. Yaponiya sa-noati o`zini ko`rsata oldi. Hozirda boshqa birorta mamlakat Amerika bozorida Yaponiya bilan raqobat qila olmaydi. Har yili Yaponiya AQSH bozoriga 100 mlrd. dollardan ortiq miqdorda tovar yetkazib beradi.

Yuqoridagi omillar Yaponiya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishini ta’minladi. Chu-nonchi, 1951-yildayoq sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaga yetdi. 1951–1970-yillar oralig`ida yalpi milliy ishlab chiqarishning yillik o`sishi o`rtacha 14,6 foizni tashkil etdi. Amerika bozoriga shunchalik keng kirib borganligi uchun 50-yillarning ik-kinchi yarmida yapon industriyasini ommaviy ravishda qayta jihozlash boshlandi. Qirq yil ichida Yaponiyada ishlab chiqarishni strukturaviy qayta o`zgartirish yakunlandi. Il-miy-texnika inqilobi yuz berdi. Sanoatning barcha tarmoqlari qayta jihozlandi, dunyoda-gi eng ilg`or texnologiya va ilmiy yutuqlar tatbiq etildi.

1955–1970-yillar oralig`ida yapon iqtisodiga 15 mingdan ortiq yangi texnika patenti va litsenziyasi joriy qilin­di. Mehnat resurslarini o`zgartirishdagi siljishlar va “nou-xau”-ning ommaviy import qilinishi yapon iqtisodining tezlik bilan oldinga chiqib olishidagi texnologiya bazasini ta’minladi. Harbiy ehtiyojlarga xarajatlar (yalpi milliy mahsulotni-ng 1 foizi) sarflanmasligi sababli Yaponiya butun ish­lab chiqarishdagi kuchini sanoatni-ng yangi texnologik va ilmiy sohalariga yo`naltirish imkoniga ega bo`ldi. 1960-yilga ke-lib, Yaponiyada sanoatning yillik o`sishi 20 foizni tashkil qildi. Bunday o`sish hech bir mamlakatda bo`lgan emas edi. “Yapon mo`jizasi” dunyoni lol qoldirdi.

Mutaxassislarning kuzatishicha, bu mo`jizaning siri quyidagi sabablarga bog`liqdir:



  • asosiy kapitalning yangilanishi. 50-yillarda sanoatdagi barcha eskirgan jihozlar yan-gilandi. 1960-yilda bu o`rta va mayda korxonalarga ham joriy etildi;

  • harbiy buyurtmalar. Koreya va V’etnam urushlari munosabati bilan berilgan buyur-tmalar sanoatchilarga juda katta foyda keltirdi. Keyinchalik mamlakatning o`zida bu-yurtmalar ko`paydi;

  • harbiy xarajatlarning yo`qligi. Chunki, AQSH 80 foiz harbiy xarajatlarni moliyalash-tirdi. Harbiy xarajatlar 1970-yilga kelib byudjetning 1,2 foizini tashkil etdi;

  • konsernlarning ko`ptarmoqliligi. Masalan, kemasoslik korxonalari qiyin paytlarda mashinasozlik, kimyo jihozlari, turbinalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashtirilgan;

  • davlat monopolizmining xususiy korxonalar bilan yaqinligi. Iqtisodiy rejalashtirish qo`mitasi ichki va tashqi bozor muhitini o`rganadi hamda ilmiy-texnikaviy axborotni barcha korxonalarga tarqatadi.

Davlat eng muhim sanoat tarmoqlari – atom sanoati, raketasozlik va boshqalarni hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtiradi hamda kapital qo`yilishini muvofiq-lashtiradi. Yaponiyada rejalashtirishdan ustalik bilan foydalaniladi.

Yana bir muhim tomoni, ma’lum bir tumanda uy-joy, kommunikatsiya va boshqa infratuzilmani yuzaga keltirish bilan davlat ishlab chiqarish kuchlarini jamlaydi. Dav-lat hisobidan ko`plab sanoat korxonalari yangi joylarga ko`chiriladi;



  • boshqa mamlakatlar tajribasidan texnik yordam to`g`risida bitimlar tuzish, litsenziya-lar sotib olish yo`li bilan juda keng foydalaniladi. Lekin, bu narsa mamlakatda ilmiy-tadqiqot bazasiga salbiy ta’sir etishini hisobga olib, ilmiy-texnik izlanishlarga har 10 yilda 6 baravardan ko`p mablag` sarflanmoqda;

  • ilmiy-texnika inqilobini bevosita ishlab chiqarishda nihoyatda tez qo`llab samarador-likka erishilmoqda. Masalan, bir soha chiqindilari boshqa siklga yo`naltiriladi. Jumla-dan, neftni qayta ishlash – sintetik materiallarga, kimyo – qurilish materiallariga va hokazo;

  • xodimlarga “psixologik yondashuv”. Korxonalar ishchilarni ishga layoqatsiz bo`lib qolguncha yoki umrbod ish bilan ta’minlash to`g`risida shartnoma tuzadi. Ishchi esa intizomli, har qanday qiyinchilikka chidaydigan, korxonani o`ziniki deb biladigan, unga xiyonat qilmaydigan bo`lishi zarur;

  • iqtisodiyotning rivojlanishida tashqi savdoning muhimligi. 100 foiz paxta, jun, kau-chuk, nikel, boksitni, 99 foiz neftni, 90 foiz temir rudasi, ya’ni, 80 foiz xomashyo va 20 foiz oziq-ovqatni chetdan sotib oladi. 1965-yildan keyin eksport importdan ko`-paydi.

1968-yilga kelib Yaponiya jami milliy mahsulot hajmi jihatidan Fransiya, Buyuk Bri-taniya va GFRni ortda qoldirib, AQSHdan so`ng dunyoda ikkinchi o`ringa chiqib oldi. 1981-yilda yana bir mo`jiza ro`y berdi. Yaponiya yengil avtomobil ishlab chiqarish bo`-yicha AQSHni ortda qoldirdi. Mamlakatda videotexnika, rangli televizor va boshqa mai-shiy xizmat texnikasi misli ko`rilmagan darajada o`sdi. Raqamli axborot texnologiyasi, robotlar ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o`rinda turibdi. Mitsui, Mitsubisi, Sumito-mo, Toyota, Kavasaki kabi gigant korporatsiya (dzaybatsu)lar milliardlarcha foyda ko`r-moqda.

Mamlakatda temir va ko`mir konlari bo`lmasada, elektron sanoatning tayyor mahsu-lotlari, avtomobillar, kimyo mahsulotlari, optika, sintetik tola va boshqa muhim tovar-larni eksport qiladi. Yaponiya avtomobillar, kemalar, maishiy xizmat buyumlari, sanoat robotlari ishlab chiqarish, asbobsozlik jihatidan, shuningdek, baliqchilik bo`yicha dun-yoda birinchi o`rinni egallaydi. Dunyoning 2 foiz aholisiga ega bo`lgan Yaponiya jahon-ning 13,3 foiz mahsulotini ishlab chiqaradi.

4-masala:

Yaponiya tashqi siyosatida 1951-yildagi San-Fransisko shartnomasidan so`ng AQSH asosiy rol o`ynadi. 1954-yil dekabrda bosh vazirlik lavozimini egallagan Xatoyama o`z dasturining bir bandini SSSR bilan munosabatlarni yaxshilashga bag`ishladi. Natijada, 1956-yil oktabrda ikki mamlakat o`rtasida diplomatik munosabatlar tiklandi. SSSRdagi Yaponiya fuqarolari o`z vatanlariga qaytarildi. 1957-yil dekabrda sovet-yapon savdo shartnomasi imzolandi va tovar ayirboshlash yo`lga qo`yildi.

Shu bilan birga, 1960-yilda Kisi hukumati AQSH bilan “xavfsizlik shartnomasi”ni imzoladi va u 1970-yilda uzaytirildi. Unga muvofiq, Yaponiya hududida AQSHning 118 ta harbiy ob’ekti bo`lib, ularga 50 mingga yaqin harbiylar joylashtirilgandi. Yaponiya AQSHning V’etnamdagi urushini qo`llab-quvvatladi.

Sobiq bosh vazir Tanaka AQSHning “Lokxid” aviakompaniyasidan katta miqdorda pora olganligi fosh bo`ldi. Mamlakatda korrupsiya kuchaydi. 1974-yil dekabrda bosh va-zirlik lavozimiga kelgan Miki zo`rg`a 2 yil hukumatni boshqardi va Fukudaga o`z o`rni-ni bo`shatib berdi. Uning davrida Yaponiyaning “Umumiy bozor” davlatlari bilan raqo-bati kuchaydi. 1972-yilda Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o`rnatildi. 1978-yilda esa tinchlik va do`stlik to`g`risida bitim tuzildi.

1990-yillarda Yaponiya o`z taraqqiyotining yuqori cho`qqisiga ko`tarildi. Lekin, Osi-yoda uning Janubiy Koreya, Tailand, Malayziya, Singapur kabi raqobatchilari kuchayib bormoqda.

Siyosiy hayotda 1955-yildan beri Liberal-demokratik partiya hukmronlik qilib kel-moqda. Korrupsiya, poraxo`rlik, tovlamachilik tez-tez ko`zga tashlanadi.

XXI-asr boshlariga kelib Yaponiyada siyosiy kuchlar qayta guruhlandi. 2000-yildagi saylovlar natijasida Liberal-demokratik partiya yetakchisi Mori bosh vazirlik lavozimiga saylandi. Lekin, u ham korrupsiya bilan bog`liq janjalga aralashib qoldi va iste’foga chi-qishga majbur bo`ldi. Shundan so`ng, J.Koidzumi bosh vazir bo`ldi va u tartibni ancha kuchaytirdi. Hukumatda siyosiy beqarorlik davom etib, 2006-yil sentabrda S.Abe, 2007-yil sentabrda Ya.Fukudo bosh vazirlik lavozimiga keldi.

Yaponiya birinchilardan bo`lib O`zbekiston mustaqilligini tan oldi. 1992-yil 28-av-gustda Yaponiyaning O`zbekistondagi birinchi elchisi Sulilo Edammura O`zbekiston Prezidenti I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. Ikki davlat o`rtasida o`zaro manfa-atli hamkorlik yildan-yilga kengayib bordi. 1994-yilning 16–19-may kunlari I.Karimov-ning Yaponiyaga tashrifi bu ikki davlat aloqalarini yanada rivojlantirishda muhim rol o`ynadi.

Yaponiya-O`zbekiston munosabatlari rivojining XXI-asr boshlarida yangi bosqichga ko`tarilishida O`zbekiston rahbarining 2002-yilning 28–31-iyul kunlari rasmiy tashrif bi-lan Yaponiyada bo`lishi katta ahamiyatga egadir. Unda O`zbekiston Prezidenti I.Kari-mov va Yaponiya bosh vaziri J.Koidzumi muhim siyosiy hujjat – “Do`stlik, strategik sheriklik va xalqaro hamkorlik to`g`risida”gi bayonotni imzoladilar. Bundan tashqari “O`zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to`g`risida”, “O`zbekistondagi islohotlarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida” va yana boshqa qator hujjatlar imzolandi.

Yaponiya O`zbekiston bilan har tomonlama yaqin hamkorlik qilib kelayotgan davlat-lardan biri hisoblanadi. Shu paytgacha Yaponiyaning O`zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasining hajmi 1,6 mlrd. AQSH dollaridan oshib ketdi. Ayni paytda, O`zbekiston-da 18 ta yapon kompaniyasining vakolatxonasi, 10 ga yaqin qo`shma korxona faoliyat ko`rsatmoqda. Bundan tashqari, Yaponiyaning “Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturi doirasidagi 100 mln. AQSH dollaridan ziyod mablag`i O`zbekistonga ajratilgan.

Siyosiy sohada ikkala tomonning fikrlari bir-biriga yaqin va xalqaro terrorizmga qar-shi kurash masalasida o`zaro hamkorlik qiladi. Ayni paytda, O`zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo`lishini yoqlab kelmoqda.

Shunday qilib, Yaponiya XX-asrning ikkinchi yarmida vayronalikdan chiqib, qudratli rivojlangan davlatga aylandi. Bunga “amerika omili”ning ta’siri, harbiy xarajatlarning kamligi, eng muhimi, yapon millatining ma’naviy yuksakligi sabab bo`ldi. Xalqning ya-gona kuch bo`lib birlashuvi, o`z manfaatlarini xalq, yurt manfaatlari bilan muvofiqlash-tirgan holda suiiste’mol qilmay olib borishi g`alabaning asosiy tayanchi bo`ldi. Yapon millati o`zining buyuk millat ekanligini dunyoga ko`rsatdi. Dunyo bugun “yapon mo`ji-zasi”dan hayratlanmoqda va tajriba sifatida foydalanmoqda.


Tayanch so`z va iboralar:

okkupatsiya; “kommersiya xabari”; demobilizatsiya; militaristik; konstitutsion monarxi-ya; imperator; “sovuq urush”; ratifikatsiya; suverenitet; pomeshchik; reparatsiya; “nou-xau”; “yapon mo`jizasi”; “psixologik yondashuv”; dzaybatsu; “xavfsizlik shartnomasi”; “Umumiy bozor”; korrupsiya.

Nazorat uchun savollar:


  1. II-jahon urushining Yaponiya uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. 1951-yilgi San-Fransisko konferensiyasi qanday masalaga bag`ishlangan edi?

  3. Yaponiyaning SSSR bilan munosabatlari haqida nimalarni bilasiz?

  4. Yaponiyada iqtisodiy islohotlar qachon boshlandi va u nimalarga asoslandi?

  5. “Yapon mo`jizasi”ning siri nimada?

  6. Yaponiya tashqi siyosatidagi asosiy yo`nalishlar nimalardan iborat?

  7. Yaponiya – O`zbekiston munosabatlari qanday rivojlanib bormoqda?



Mavzu: Hindiston.

Reja:

  1. Hindiston Respublikasining tashkil topishi. Iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot.

  2. Hindiston taraqqiyoti yo`lidagi ijtimoiy-siyosiy muammolar.

  3. Tashqi siyosat. Hindiston – O`zbekiston munosabatlari.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

246-252 betlar

1-masala:



Hindiston. PoytaxtiDehli. Aholisi – 1 mlrd. 49 mln. 700,1 ming kishi (2003). May-doni – 3 mln. 287 732 kv. km. Rasmiy tillari: hind va ingliz (yana 14 ta til turli shtatlar-da rasmiy til hisoblanadi). Asosiy dinlari – induizm, islom, xristian, sikx va buddizm. Mamuriy-hududiy bo`linishi – 25 shtat va 7 ittifoqdosh hududlar. Pul birligi – hind ru-piyasi = 100 paysa. Milliy bayrami: 26-yanvar – Respublika e’lon qilingan kun (1950).

Ikkinchi jahon urushidan so`ng Hindiston xalqining milliy-ozodlik kurashi yanada kucha-yadi. Bu harakatga, hatto, Buyuk Britaniya ar-miyasida xizmat qilayotgan hind askar va mat-roslari ham qo`shilishdi. 1946-yilning fevralida Bombey harbiy-dengiz bazasi matroslarining bosh ko`tarishini deyarli butun Hindiston qo`l-lab-quvvatladi. Shunday sharoitda Buyuk Brita-niya hukumati Hindistonga mustaqillik berilishini e’lon qilishga majbur bo`ldi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri K.Ettli 1947-yil 20-fevralda Hindiston to`g`risida yangi deklaratsiya bilan chiqdi va hokimiyatni “hindlar qo`liga” topshirishini bayon qildi. Shu yilning iyunida Hindiston vitse-qiroli lord Mauntbetten “Hindiston hokimiyatini topshi-rish to`g`risida”gi aktni e’lon qildi. 1947-yilning 15-avgustida Hindiston mustaqilligi to`g`risida qonun qabul qilindi. Bunga ko`ra, Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindis-tonni ikki dominion – Hindiston Ittifoqi va Pokistonga bo`lib yubordi. Shu tariqa, Buyuk Britaniya yana bir marta o`zining “Bo`lib tashla, hukmronlik qil!”, shioriga sodiqligini namoyon qildi. Bu bo`linishni eng nozik belgi – diniy belgi asosida amalga oshirdi.

Hindiston hududida aholining katta qismi hinduiylik diniga e’tiqod qilishardi. Biroq, musulmonlar ham kam emas edi. Pokiston aholisining katta qismi esa islom diniga e’ti-qod qilardi. Bu yerda hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar ham kam emas edi. Bir dav-latning ikkiga bo`linishi jarayoni katta diniy to`qnashuvlar va qirg`inlar sharoitida amal-ga oshirildi. Ikkala tomondan qochoqlar soni 8 mln.dan ortiqni tashkil etdi.

Ayniqsa, Kashmir viloyatining Hindistonda qoldirilishi (bu viloyat aholisi asosan mu-sulmonlardan iborat edi) Hindiston va Pokiston o`rtasida urush harakatlarini keltirib chi-qardi. 1947-yil kuzida Pokiston qo`shinlari Kashmirga kirdi va Hindiston armiyasi bilan janglar bo`ldi. Mahatma Gandi bu diniy to`qnashuvlarga qarshi chiqdi. Hindistonda mu-sulmonlarning hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratishni talab qildi. Bunga shovi-nist hind burjuaziyasi qarshi chiqdi. 1948-yil 30-yanvarda 70 yoshli M.Gandi o`ldirildi. 1949-yil 1-yanvarda bu ikki dominion o`rtasida urushni to`xtatish haqida bitim imzola-nishiga erishildi.

1949-yilda Hindiston Ta’sis Majlisi mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi va u 1950-yilning yanvaridan kuchga kirdi. 1950-yil 26-yanvarda Hindiston Respublikasi e’lon qi-lindi. Shunday qilib, hind xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachiligiga qarshi salkam 100 yil davomida olib borgan milliy-ozodlik kurashi mustaqil davlatga ega bo`lish bilan yakunlandi. Bu kurashga Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlik qildi. Birinchi hukumatni HMK rahbari Javoharla’l Neru boshqardi. Ayni paytda, Hindiston Britaniya Millatlar Hamdo`stligi tarkibida qoldi.



Neru Javoharla’l (1889–1964) – Hindiston bosh vaziri. 1889-yil 14-noyabrda Allohobodda dunyoga keladi. Boshlang`ich ta’limni uyda oladi. Xarrou va Triniti kollejlari hamda Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya)da tahsil oladi. 1912-yil Hindistonga qaytib, Hin-diston Milliy Kongressi (HMK)ning Bankipur s’ezdiga deputat etib saylanadi.

1916-yilda M.Gandi bilan birinchi marta uchrashadi. 1923–1925-yilarda HMK bosh kotibi va Allohobod munisipaliteti raisi sifatida faoliyat yuri-tadi. J.Neru 1929-yildan HMK raisligiga bir necha bor saylanadi. 1946-yil sentabr oyi-da o`tish davridagi Hindiston hukumatiga vitse-rais etib tayinlanadi va, ayni paytda, tashqi ishlar vaziri hamda hamdo`stlik ishlari vaziri lavozimlarini egallaydi. 1947-yil 15-avgustda Hindiston bosh vaziri lavozimini egallaydi. 1951- va 1957-yillarda bo`lib o`tgan umumxalq saylovlarida o`z lavozimini saqlab qoladi.

1959-yilda chegara masalasida Hindiston va Xitoy o`rtasida tortishuv boshlanib, qu-rolli to`qnashuv xavfi tug`iladi. J.Neru yagona pozitsiyada turib oladi, ya’ni, u Hindis-ton zarurat tug`ilgan chog`ida hududiy mudofaa uchun kuch ishlatishi mumkinligini ta’-kidlaydi.

J.Neru davlat arbobi bo`lish bilan birga ajoyib yozuvchi ham edi. U 1964-yilda vafot etadi.

Yangi hukumat o`tkazgan dastlabki muhim islohot agrar islohot bo`ldi. Unga ko`ra, yer bevosita unda ishlayotganlarga berilishi ko`zda tutildi. Biroq, zamindorlarning qattiq qarshilik ko`rsatishi oqibatida hamma dehqonlar ham yerli bo`la olmadi. Shunga qara-may, yerni zamindorlardan ijaraga olib ishlayotganlarning katta qismi yerli bo`lib qoldi.

1966-yilgacha Hindiston hukumati uchta besh yillikni amalga oshirdi. To`g`ri, aholi-ning barchasi ham to`q yashamayotgan yoki ma’lum qismi och holatda yashayotgan bo`lsada, islohot tufayli Hindiston o`z aholisini oziq-ovqat bilan asosan o`zi ta’minlash imkoniga ega bo`ldi. Mustaqillik yillarida qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish haj-mi ikki baravardan ortiq ko`paydi.

Hindiston hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e’tibor berdi. Natija-da, sanoat ishlab chiqarish hajmi deyarli 4 baravar ko`paydi. Hindiston agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. Elektr energiya, yoqilg`i va po`lat ishlab chiqarish kes-kin ko`paydi. Avtomobil, avtobus, radio, televizor ishlab chiqarish yuksak sur’atlarda ri-vojlanmoqda. Traktor ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri hi-soblanadi.

Hindiston iqtisodiyotida davlat sektori yildan-yilga kamayib bormoqda. Bugungi kun-da u jami milliy mahsulotning 20 foizini ishlab chiqaradi, xolos. Hindiston siyosiy hayo-tida parlamentarizm mustahkam qaror topdi.

2-masala:



Hindiston Respublikasi butun taraqqiyoti yillarida katta ijtimoiy-siyosiy muammolar-ga duch keldi va hozirgacha ular o`z yechimini topganicha yo`q. Bular:

  • hinduiylar bilan musulmonlar o`rtasidagi diniy qirg`inlar;

  • musulmonlarning Kashmirni Pokiston bilan birlashtirish uchun kurashi;

  • sikxlarning siyosiy muxtoriyat uchun kurashi;

  • Panjobning Hindiston tarkibidan ajralib chiqish uchun kurashi.

Bunga yana 20 foiz aholining yersizligi, 30 mln.ga yaqin aholining ishsizligi va 60 fo-iz aholining hamon savodsizligi kabi muammolar ham qo`shiladi.

1957-yilning martida bo`lib o`tgan saylovlarda J.Neru yana bosh vazirlikka saylandi. R.Prasad prezidentlik lavozimini egalladi. J.Neru vafotidan so`ng 1964-yil 2-iyunda La’l Bahodir Shastri Hindiston bosh vaziri bo`ldi. Lekin, u 1966-yil 11-yanvarda Toshkentda Pokiston bilan urushni to`xtatish haqida M.Ayubxon bilan bitimni imzolagach vafot etdi. Uning vafotidan so`ng Indira Gandi (J.Neruning qizi) 1966–1977-yillarda Hindiston hu-kumatini boshqardi.



Gandi Indira (1917–1984) – Hindiston bosh vaziri. 1917-yil 19-noyabrda Allohobodda dunyoga keladi. Hindistonning birinchi bosh vaziri J.Neruning qizi. U Hindiston va Shveysariyada bilim oladi, shu bilan birga, Oksford universiteti (Buyuk Britaniya)da ham tahsil ola-di. 1941-yili Hindistonga qaytib, advokat F.Gandiga turmushga chi-qadi.

1959-yilda HMKga rais etib saylanadi. 1960-yilda, turmush o`rto-g`ining vafotidan so`ng, bu lavozimdan ketadi. 1964-yil axborot vazi-ri etib tayinlanadi. 1966-yil L.B.Shastrining vafotidan so`ng HMK yetakchisi va bosh vazirlik lavozimlarini egallaydi.

Ichki siyosatda I.Gandi hukumati bir qator ommabop bo`lmagan siyosatni yuritadi. Bu hol xalqda unga qarshi kayfiyat uyg`otadi va siyosiy muxolifatchilar pozitsiyasini ku-chaytiradi. Shunday bo`lsada, 1971-yil mart oyida bo`lib o`tgan saylovlar bosh vazirga g`alaba keltiradi. Shu yilning dekabrida Pokiston armiyasi mamlakat sharqida mag`lu-biyatga uchratiladi. Bu hol Sharqiy Bengaliyaning Pokistondan ajralib chiqib, mustaqil Bangladesh davlati sifatida tashkil topishiga olib keladi. G`arbda ham Pokiston qo`-shinlari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi va mag`lub bo`ladi. Ushbu g`alaba hamda urush-dan keyin olib borilgan muvaffaqiyatli muzokaralar I.Gandi obro`-e’tiborini kuchaytira-di.

Biroq, I.Gandi 1975-yilda 1971-yilgi saylovlarda qonunni buzganligi uchun sud to-monidan ayblanadi. Javob tariqasida I.Gandi “favqulodda vaziyat” e’lon qiladi va ho-kimiyatni o`z qo`liga jamlashni ko`zlab, konstitutsiyaga o`zgartirishlar kiritadi. 1975-yil iyunda I.Gandi siyosatiga qarshi bo`lgan minglab kishilar hibsga olinadi, matbuotda senzura paydo bo`ladi. Iyulda ko`pchilik siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlanadi va par-lament I.Gandining favqulodda vakolatini tasdiqlaydi. Muxolifat partiyalar Morarji De-sai yetakchiligidaJanata parti”ga birlashadi. Mamlakat fuqarolar urushi yoqasiga bo-rib qoladi.

Ayni paytda, u oilani rejalshtirish dasturini e’lon qiladi. Tug`ilishni suniy kamayti-rishni targ`ib qilish mamlakatda umumiy norozilikni keltirib chiqaradi. Xalq tomonidan bu, shaxsiy hayotga tahdid, ananaviy va diniy urf-odatlarni buzish, deb baholanadi. I. Gandining xalq turmush tarzini yaxshilash va uni demografik inqirozdan qutqarishga mo`ljallangan choralari teskari natija beradi. Natijada, 1977-yilgi saylovlar I.Gandini mag`lubiyatga olib keladi.

1978-yil noyabr oyida I.Gandi yana parlamentga saylanadi. 1978-yil dekabrda I. Gandi parlament imtiyozlarini suiiste’mol qilganligi uchun hibsga olinadi. U qamoqda atigi bir hafta bo`ladi va shuning o`zi mamlakatdagi ilgarigi obro`-e’tiborini tiklash uchun yetarli bo`ladi. Bundan tashqari M.Desai hukumati mamlakatda barqarorlikni tiklash va inflatsiyani qisqartirishga qodir emasligi ma’lum bo`lib qoladi.

1980-yil yanvar oyidagi saylovlarda HMK g`alaba qozonadi va I.Gandi yana bosh vazir lavozimini egallaydi. 1980-yillar boshida I.Gandi bir qator diniy va etnik mojaro-larga duch keladi. Terroristik guruhlarning bir qismi Amritsardagi sikx dinining asosiy qadamjosi – Oltin ibodatxonani egallab oladilar. Fuqarolar urushining oldini olish maqsadida I.Gandi 1984-yil 5-iyunda Oltin ibodatxonani bosib olishga buyruq beradi. To`qnashuvda 300 dan ortiq kishi halok bo`ladi va mingdan ortiq kishi yaralanadi. Oradan besh oy o`tgach, 1984-yil 31-oktabrda sikxlarga mansub tan soqchi I.Gandiga uch marta o`q uzib o`ldiradi. Sikxlar ayovsiz jazolanadi: minglab sikxlar o`ldiriladi, 50 mingdan ko`prog`i boshqa shtatlarga qochib ketadi. I.Gandining o`rnini uning o`g`li R. Gandi egallaydi. U mamlakat birligi yo`lidagi o`z onasining kurashini davom ettiradi.

I.Gandi o`z mavqeyini mustahkamlash uchun 1970-yilda 4-besh yillik rejani qayta ko`rib chiqdi va davlat sektorini mustahkamlash choralarini ko`rdi. 14 ta bank, ulgurji savdoning bir qismi milliylashtirildi va monopoliyalarning roli cheklandi. Mayda ishlab chiqarishni rivojlantirish choralari ko`rildi. Ba’zi shtatlarda mayda yer uchastkalariga soliq bekor qilindi, katta yer egalari yerlarining maksimal darajasini pasaytirish, sobiq rojalarning nafaqa va imtiyozlarini bekor qilish choralari ko`rildi. Bu narsa parlamentda muxolifat qarshiligini kuchaytirdi. 1971-yilda sug`urta ustidan nazorat o`rnatildi, yengil sanoatda davlat korxonalari paydo bo`ldi va xususiy mulkni milliylashtirish to`g`risida konstitutsiyaga tuzatish kiritildi.

Bu tadbirlar yirik burjuaziya va monopolistik unsurlarning noroziligini kuchaytirdi. HMKda ham bo`linish yuz berdi. 1975-yilda hukumat yangi dasturni e’lon qildi. Unda xalqni g`alla va tovarlar bilan ta’minlash uchun davlat ta’minot tizimini joriy qilish, yer uchastkalarining maksimal darajasini cheklash va ortiqcha yerni yersiz dehqonlarga be-rish haqidagi qonunni barcha shtatlarda joriy qilish, qishloq xo`jalik ishchilarining mini-mum ish haqini belgilash, uy qurish uchun bepul yer ajratish, qaram mehnatni bekor qi-lish, eng kambag`al dehqonlar qarzini bekor qilish, shtatlarda yer uchastkasining maksi-mal darajasini belgilash va olibsotarlikka yo`l qo`ymaslik belgilangan edi. Shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar: oziq-ovqatni noqonuniy to`plab qo`yganlik, kontrabanda va soliqlar-ni to`lamaganlik uchun jazolash ham o`z ifodasini topdi. Lekin, bu islohotlar chala va yarim-yorti qolib ketdi.

Muxolifat “Janata parti” (Xalq partiyasi)ni tuzdilar va 1977-yil martida parlamentga o`tkazilgan saylovlarda Morarji Desai boshliq hukumat tuzdilar. Janata partidan ajralib chiqqan va 1980-yilda tashkil topgan “Bxaratiya janata parti” (BJP) mamlakatda diniy o`ziga xoslikni shior qilib olgan partiya bo`ldi. Bu partiya Hindistonni faqat hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar davlatiga aylantirish maqsadini ilgari surdi. Ayni paytda, mu-sulmonlarni siyosat va iqtisoddan chetlatishni targ`ib etdi. Aholining 11 foizi musulmon-lardan iborat bo`lgan davlatda bunday g`oyaning ilgari surilishi mamlakat siyosiy birli-gini katta xavf ostiga qo`yadi.

Bundan tashqari, mamlakat birligiga sikxlar harakati ham jiddiy xavf solmoqda. Ular sikxiylik diniga e’tiqod qiladilar va oz sonli bo`lsada davlat hayotida katta mavqega ega. Bugungi Hindistonda 17 mln. sikx yashaydi. 1980-yil yanvardagi saylovlarda bosh va-zirlikka qaytgan HMK vakili I.Gandi ba’zi siyosiy xatoliklarga yo`l qo`ydi. Chunonchi, u hind tilini davlat tiliga aylantirishga harakat qildi. Buni boshqa millat va elatlar vakil-lari milliy kamsitish sifatida qabul qildilar. Panjob shtatida yashovchi sikxlar bunga qar-shi ajralib chiqish harakatini boshlaydilar. Ular o`z oldilariga Panjobni Hindistondan aj-ratib olib, mustaqil “Xoliston” davlatini tuzish maqsadini qo`ydilar. Ayni paytda, ular terrorni ham kuchaytirdilar. Tabiiyki, markaziy hukumat Hindistonning bo`linib ketishi-ga toqat qila olmasdi.

Fuqarolar urushi kelib chiqishining oldini olish maqsadida 1984-yilning 5-iyunida I. Gandi sikxlarning muqaddas joyi – Oltin ibodatxonani bosib olishga buyruq berdi. Sikx-lar qattiq qarshilik qildilar va 300 kishi o`ldirildi. Ayni paytda, hukumat armiyasi sikx-larning yana 37 ta ibodatxonasini egallaydi. Sikxlar harakati bostirilgan bo`lsada, ular I. Gandidan suiqasd yo`li bilan o`ch oldilar. 1984-yilning 31-oktabrida I.Gandining sikx-lardan bo`lgan shaxsiy soqchisi uni otib o`ldirdi.

Onasining o`rnini egallagan Rajiv Gandi (1984–1989) sikx terrorchiligiga chek qo`-yishga qaror qildi. 1987-yilning may oyida Panjob to`g`ridan-to`g`ri markaziy hukumat-ga bo`ysundirildi. Bu esa shtatni muxtor vakolatdan mahrum etishni anglatar edi. Sikxlar bunga qattiq qarshilik ko`rsatdilar. Hukumat armiyasi bunga jaboban 1988-yilning may oyida yana Oltin ibodatxonani egallaydi. Oqibatda minglab kishilar halok bo`ldi. Bu esa 1989-yilda R.Gandining bosh vazirlikdan ketishiga sabab bo`ldi. 1989-yil noyabrdagi saylovlarda Milliy front rahbari Rajendra Pratap Sinx bosh vazir etib saylandi. 1991-yil 21-mayda parlament saylovoldi uchrashuvida R.Gandi ham o`ldirildi. Diniy va etnik to`qnashuvlar keyingi yillarda ham davom etdi.

1992-yil dekabrda hinduiy fanatiklar (mutaassiblar) XVI-asrda qurilgan musulmonlar masjidini buzib tashlaydilar. Bu esa Bombey va Kalkutta shaharlarida hinduiylar va mu-sulmonlar o`rtasida qirg`inlarni keltirib chiqardi. Oqibatda 300 kishi halok bo`ldi va 1,2 mingdan ortiq kishi yaralandi. Kashmirda asosan musulmonlar yashaydi. Markaziy hoki-miyat bu shtatda ham to`g`ridan-to`g`ri boshqaruv joriy etishga uringan edi. Bu esa se-paratchilik harakatini kuchaytirdi hamda Hindiston va Pokiston munosabatlarini keskin-lashtirdi.

Bu kabi o`ta murakkab muammolarni bartaraf etish yo`lida jiddiy harakatlar qilindi. Ayni paytda, Hindiston bu muammolarga qaramasdan ildam taraqqiy etib bordi.

1991-yilning mayida bo`lib o`tgan saylovlarda HMK g`alaba qozonib, Narasimxo Rao boshliq hukumat tuzildi va u mamlakatni 8 yil boshqardi. Iqtisodiyotda davlat tasar-rufidan chiqarish davom ettirilib, zarar ko`rib ishlayotgan korxonalar yopildi. Investitsi-ya ko`paytirildi, mehnat intizomi yaxshilandi, sanoatga katta miqdorda sarmoya qo`yildi va qishloq xo`jaligida mayda dehqonlarning ulushi ko`paydi. 1994–1995-yillarda sano-atning yillik o`sishi 10 foizga, yalpi milliy mahsulotning yillik o`sishi 5 foizga chiqdi. Bu Hindiston uchun katta ahamiyatga ega edi.

HMK rahbariyatida korrupsiya, poraxo`rlik va boshqa jinoyat holatlari yuz berdi. 1996-yilda 30 dan ortiq yuqori tabaqa rahbarlar sudlanib, jazo oldilar. Bu davrga kelib jangovar hinduizm millatchiligi kuchaydi. 72 foiz aholisi hindoriylardan iborat bo`lgan aholining shovinistik qatlamlari kayfiyatini o`zida mujassamlashtirgan BJP 1998-yil fev-raldagi saylovlarda g`alaba qozondi va uning yetakchisi Atal Bexari Vajpai bosh vazir etib saylandi. Hukumat tepasiga millatchi kuchlarning kelishi Pokiston bilan aloqalarni qaytadan ziddiyatga olib keldi. 1999-yil may-iyun oylarida Pokiston bilan chegaradosh Kashmirda ikki mamlakat qo`shinlari o`rtasida keyingi o`n yillikdagi eng o`gir to`qna-shuv yuz berdi. Shu yilning aprel oyida Hindiston Rajastonda bir necha bor yadro quroli sinovini o`tkazdi. Bunga javoban Pokiston ham o`z yadro qurolini bir necha marta si-novdan o`tkazdi. Ikki davlat o`rtasidagi janjal yangi bosqichga ko`tarildi.

2004-yilning yanvarida Islomobodda Hindiston bosh vaziri A.Vajpai va Pokiston pre-zidenti P.Musharraf uchrashdi. Ular ikki mamlakat o`rtasidagi mojaroni tinch yo`l bilan hal etishga intilishlarini namoyon etishdi. May oyida hokimiyatda o`zgarish bo`lib, bosh vazirlik lavozimini Manmoxan Singx egalladi.

3-masala:

Hindiston tashqi siyosatida muhim muammolardan biri Pokiston bilan munosabatlar-dir. 1947-yildan beri Kashmir masalasida ikki mamlakat janjal qilib keladi. Deyarli har 10 yilda qurolli to`qnashuvlar bo`lib turadi. Hindiston tashqi siyosatida tinch-totuv ya-shashning o`zi tashabbuskor bo`lgan besh tamoyiliga (“pancha chila” – 1955-yilgi Ban-dung konferensiyasida Osiyo xalqlari o`rtasida xalqaro munosabatlarga asos qilib olin-gan) amal qiladi. J.Neru SEATO va SENTO bloklarining tuzilishini qoralaydi. U bir qancha mahalliy janjallarni tinchitishda o`z hissasini qo`shdi.

Hindiston SSSR bilan aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor bilan qaraydi. So-vet Ittifoqi Hindistonga 60 dan ortiq sanoat korxonalarini qurishda yordam berdi. Shu-ningdek, harbiy-texnika bilan ham ta’minlaydi.

“Qo`shilmaslik harakati”ning yetakchilaridan biri va “olti mamlakat guruhi” a’zosi bo`lmish Hindiston qurollanish poygasini to`xtatish, qurolsizlanish, yadro urushi xavfini yo`q qilish, kosmosni harbiylashtirishga yo`l qo`ymaslik, yangi xalqaro iqtisodiy tartib o`rnatishga qaratilgan muhim takliflar bilan bir necha bor xalqaro maydonga chiqdi.

Hindiston Hind okeanini tinchlik hududiga aylantirish yo`lidagi kurashga salmoqli hissa qo`shdi. AQSHning Diyego-Garsiya oroliga harbiy bazasini joylashtirishiga qarshi chiqdi. Yangi mustamlakachilikka, irqiy kamsitish va aparteidga qarshi faol kurashib keldi. Hindiston Janubiy Osiyo mahalliy hamkorligi uyushmasi (SAARK) faoliyatida ishtirok etmoqda. Shri Lanka va Janubiy Osiyodagi ahvolni yaxshilashga muhim hissa qo`shmoqda.

O`zbekiston bilan Hindiston o`rtasidagi aloqalar mustaqillikdan oldin ham ancha ri-vojlangan edi. O`zbekiston mustaqilligidan keyin bu aloqalar yangi bosqichga ko`tarildi. Ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida O`zbekiston rahbari I.Kari-movning mustaqillik arafasidagi Hindistonga tashrifi katta ahamiyatga ega bo`ldi. So-vetlar davridagi mavjud tamoyillarni buzib, Hindiston bilan mustaqil hamkorlikni ken-gaytirishga birinchi bo`lib kirishdi. Natijada, Hindiston bilan O`zbekiston o`rtasida bi-rinchi marta teng huquqli mamlakatlar kabi iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madani-yat, sog`liqni saqlash, fan, ta’lim, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to`g`risida bitimlar tuzildi.

Hindiston yordami bilan Toshkent, Buxoro va Samarqandda zamonaviy mehmonxo-nalar qurildi. Respublikamizga uskunalar va boshqa xil tovarlar xarid qilish uchun 1993-yilda Hindiston 10 mln. AQSH dollari mablag` ajratdi.

1993-yilning may oyida Hindiston bosh vaziri N.Rao O`zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, havo yo`llarini ochish, zamonaviy mehmonxonalar qurish bilan shug`ullanuvchi hind-o`zbek qo`shma korxonalarini ochish haqida 10 ta bitim imzolandi. Undan tashqari hind firmalari mam-lakatimizdagi sheriklari bilan jami 100 mln. AQSH dollariga teng mahsulot yetkazib be-rish bo`yicha 15 ta savdo shartnomasiga imzo chekishdi.

O`zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarishda hindlar katta yordam ko`rsatmoqda. Buning uchun Surxondaryoda maxsus qo`shma korxona barpo etildi. O`zbekiston FA-ning 20 dan ortiq ilmiy-tadqiqot instituti Hindistondagi sheriklari bilan hamkorlik qil-modqa. “O`zbeksanoat” davlat assotsiatsiyasi Hindistonning “Xabar grupp” firmasi bi-lan yiliga 4 ming tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurdi. Hindistonning “Modi”, “Rotan”, “Shri eksport” va boshqa firmalari O`zbekistonda katta obro` qozondi.

2005-yil aprel oyida I.Karimov rasmiy tashrif bilan Hindistonda bo`ldi. Shu yilning 1-yanvar holatiga ko`ra O`zbekiston va Hindiston o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 150 mln. AQSH dollariga yetdi. 1993-yildan beri 800 ga yaqin o`zbek mutaxassislari axborot texnologiyalari, bank ishi, kichik biznes yo`nalishlari bo`yicha Hindistonda ta’lim olish-di. Ikki mamlakat o`rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish ucnun 45 ta shartnoma imzolangan.

Shunday qilib, Hindiston hozirgi kunda metall quyish, to`qimachilik, mashinasozlik, tog`-kon ishlari, neftni qayta ishlash, elektronika, kimyo sanoati tez rivojlanayotgan mamlakatdir. U 2004-yilda 12,5 mlrd. AQSH dollariga teng axborot texnologiyalarini xorijga eksport qildi. Yalpi ichki mahsulotning 30 foizi qishloq xo`jaligiga to`g`ri keladi. Hindiston g`alla bilan o`zini-o`zi to`la ta’minlaydi. Sholi yetishtirishda dunyoda ikkinchi o`rinda turadi. Turli texnik ekinlarni katta miqdorda yetishtiradi. Lekin, asosan, mamla-kat janubida millionlab kishilar qashshoqlikda yashaydi. Eng muhim muammo – inflat-siyaning kuchayishi va tashqi qarzning o`sishidir.
Tayanch so`z va iboralar:

dominion; hinduizm; HMK; Millatlar Hamdo`stligi; parlamentarizm; muxtoriyat; roja; monopoliya; burjuaziya; “Janata parti”; “Bxaratiya janata parti”; sikxiy; “Xoliston”; fa-natik; korrupsiya; hindoriy; shovinistik; “pancha chila”; “olti mamlakat guruhi”; aparte-id; SAARK.

Nazorat uchun savollar:


  1. Hindistonning mustaqilikka erishishi qanday yuz berdi?

  2. J.Neru davrida Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli qanday edi?

  3. Hindiston bilan Pokiston o`rtasidagi mojaroning asosiy sababi nimada?

  4. M.Desai davrida Hindiston taraqqiyoti haqida nimalarni bilasiz?

  5. “Bxaratiya janata parti” qanday partiya hisoblanadi?

  6. Hindistonning tashqi siyosati to`g`risida nimalarni bilib oldingiz?

  7. Hindiston – O`zbekiston munosabatlariga doir nimalarni o`rgandingiz?


Mavzu: Pokiston va Afg’oniston.

Reja:


  1. Pokiston davlatining tashkil topishi. Kashmir muammosi.

  2. Harbiy diktatura o`rnatilishi. Pokiston 60–90-yillarda.

  3. Pokiston so`nggi yillarda. Pokiston – O`zbekiston munosabatlari.

  4. Urushdan keyingi ahvol. Afg`oniston Respublikasining tashkil topishi.

  5. Aprel to`ntarishi va uning oqibatlari. Fuqarolar urushining davom etishi.

  6. Tolibonlarning hokimiyatni egallashi.

  7. O`zbekistonning Afg`oniston muammosiga munosabati.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

252-259 betlar

1-masala:

Pokiston. Poytaxti – Islomobod. Aholisi – 159,2 mln. kishi (2004). Maydoni – 796 095 kv. km. Rasmiy tillari – urdu va ingliz. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hududiy bo`li-nishi – 4 provinsiya, qabilalar hududi va poytaxt federal hududi. Pul birligi – Pokiston rupiyasi. Milliy bayramlari: 14-avgust – Mustaqillik kuni (1947); 23-mart – Pokiston kuni.

Pokiston davlati 1947-yilning 14-avgustida tash-kil etildi. Bu hodisa Hindistonning ikkiga bo`lib yu-borilishi natijasi edi. Bu bo`linish diniy belgi asosida amalga oshirilganligi uchun Pokiston hududi amalda ikki – g`arbiy va sharqiy qismdan iborat bo`lib qol-di. Bu qismlarni 1600 km.lik masofa ajratib turar edi.

Pokiston 1947-yildan 1958-yilgacha inglizlarning 1935-yildagi Hindistonni boshqarish haqidagi qonu-ni va 1947-yildagi mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyasi bo`yicha parlament tizimi aso-sida boshqarib kelindi. Lekin, oliy qonun chiqaruvchi organga saylovlar o`tkazilmas edi. Mamlakatdagi siyosiy ahvol beqaror edi. 1947-yilda hukumatga Musulmon Ligasi parti-yasining kelishi bilan uning rahbariyati milliy iqtisod zarari hisobiga o`z pozitsiyalarini mustahkamlash va shaxsan boyish uchun foydalandi.

Pokiston davlati dastlabki kunlardanoq katta muammolarga duch keldi. Ma’lumki, Hindistonning ikkiga bo`linishi ayovsiz diniy qirg`inlarni keltirib chiqargan edi. Buning oqibatida faqat Hindiston hududidan dastlabki yillarda 7 mln. kishi Pokistonga qochib o`tdi. Ularni yashash joyi va ish bilan ta’minlash muammosi buningsiz ham ahvoli og`ir bo`lgan yosh davlatning ahvolini yanada qiyinlashtirib yubordi.

Pokiston va Hindiston o`rtasidagi hududiy kelishmovchiliklar katta qurbonlarga sabab bo`lgan urushlarni keltirib chiqardi. Asosiy hududiy muammo bu Kashmir viloyati mu-ammosi edi. Kashmir aholisning asosiy qismi musulmonlardan iborat bo`lgan. Pokiston ana shu omilga urg`u berdi. Hindiston esa Kashmirni asrlar osha hind maxaraji (rojasi) boshqarib kelganligiga urg`u berdi. Maxaraj 1947-yilning iyul oyida Hindiston tarkibida qolish istagini e’lon qildi. Bu qaror ommaviy to`qnashuvlarni keltirib chiqardi. “Kash-mir muammosi” BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama qilindi. Kengash urush hara-katlarini to`xtatish, har ikki davlat qo`shinlarini Kashmirdan olib chiqib ketish va BMT nazorati ostida bu yerda referendum o`tkazish to`g`risida qaror qabul qildi.

Biroq, Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashi qarorini bajarmadi. 1954-yilning mayida Kashmirni Hindistonga qo`shib oldi. “Kashmir muammosi” hamon ikki davlat o`rtasida-gi munosabatlarning keskinligicha saqlanib qolishiga sabab bo`lib kelmoqda. Ayni payt-da, bu keskinlik har ikki davlatni ittifoqchilar izlashga majbur etdi. Hindiston, “Qo`shil-maslik harakati” a’zosi bo`lsada, SSSR bilan, Pokiston esa AQSH bilan yaqinlashish si-yosatini yuritdilar. Har ikki davlat ham kuchli armiya tuzishga urindilar. Pokiston 1954-yilda SEATO, 1955-yilda esa “Bag`dod pakti” (keyinchalik SENTO)ga a’zo bo`lib kir-di.

2-masala:

Britaniya mustamlakachilik siyosatining og`ir oqibatlari, katta harbiy xarajat Pokis-tonning iqtisodiy jihatdan sekin rivojlanishiga, agrar davlatligicha qolishiga sabab bo`l-di. Bu esa muhim ijtimoiy sohalarni (sog`liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot va bosh-qalar) zarur mablag` bilan ta’minlash imkonini bermagan. Aholi turmush sharoitining og`irligi, boshqa millatlar huquqlarining kamsitilishi mamlakatdagi ichki ahvolni yanada murakkablashtirdi. Pokiston hukumati mamlakatning butun hududida urdu tilini davlat tiliga aylantirishga urindi.

Sharqiy Pokiston (hozirgi Bangladesh)da asosan bengallar yashar edi. Biroq, ular dav-lat xizmatchilarining atigi 10 foizini tashkil etardilar. Sharqiy Pokiston iqtisodiga butun davlat byudjetining 1/3, ta’limga esa 1/16 qismi sarflanar edi. Bu hududdan eksport qili-nishi natijasida davlat xazinasiga tushgan valyuta asosan G`arbiy Pokiston ehtiyojlari uchun sarflanardi. Bu hol, tabiiyki, Sharqiy Pokistonda milliy harakatni vujudga keltirib chiqardi. Bu harakatni Xalq Ligasi partiyasi boshqargan.

Mamlakatdagi bu ichki ahvolni adolatli hal etish o`rniga hukmron Musulmon Ligasi partiyasi repressiya, zo`ravonlik siyosati bilan javob qaytardi. 1954-yilda Sharqiy Pokis-tonda qonuniy yo`l bilan hokimiyatga kelgan Birlashgan front hukumati ag`darib tash-landi. Ayni paytda Pokiston parlamenti ham tarqatib yuborildi. Butun mamlakat hududi-da “favqulodda holat” joriy etildi. 1956-yil 23-martda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko`ra, davlatning rasmiy nomi Pokiston Islom Respublikasi deb e’lon qilindi. Shu-ningdek, mamlakat prezidenti musulmon kishi bo`lishi kerak, deb belgilab qo`yildi.

1958-yilga kelib davlatning iqtisodiy ahvoli yanada yomonlashdi. Aholi turmush da-rajasi pasaydi. Natijada, aholining o`z haq-huquqi uchun kurashi kuchaydi. Ayni paytda, turli siyosiy guruhlar o`rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi. Mamlakatda korrup-siya avj oldi. Bu hol hokimiyat beqarorligini keltirib chiqardi. Mamlakatni chuqur iqtiso-diy va siyosiy tanglik qamrab oldi. Shunday sharoitda, Pokiston armiyasi qo`mondonligi hokimiyatni qo`lga olishga qaror qildi. Ular 1958-yil 27-oktabrda davlat to`ntarishini amalga oshirdilar. Butun hokimiyat armiya bosh qo`mondoni, general M.Ayubxon qo`li-ga o`tdi. Mamlakatda “harbiy holat” o`rnatildi. 1960-yilning fevralida saylovlar o`tkazi-lib, M.Ayubxon g`alaba qozondi va Pokiston prezidenti etib saylandi.

M.Ayubxon hukumati siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqlab qo`ydi. Ommaviy axborot vositalariga nisbatan qattiq senzura o`rnatdi. Ayni paytda, mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan qator islohotlar boshlandi. Chunonchi, 1959-yilda agrar islohot o`tkazildi. Unga ko`ra, katta yer egaligi 500 akr (200 gektar) hajmida cheklab qo`yildi. Ortiqcha yerlar sotib olindi va ular kam yerlilarga sotildi. Bundan tashqari, hukumat qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtirishni ko`paytirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Sanoat, savdo va soliqqa tortish sohasida o`tkazilgan qator tadbirlar ish-lab chiqarishning o`sishi uchun qulay sharoit yaratdi.

Bu omillar Pokistonning iqtisodiy taraqqiyotini birmuncha tezlashtirdi. Biroq, islohot-larning cheklanganligi va izchil bo`lmaganligi Pokistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’-minlashga imkon bermadi. Chetdan millionlab tonna oziq-ovqat mahsulotlari keltirishga majbur bo`lindi.

Mamlakatda “harbiy holat” uzoq davom etishi mumkin emas edi. Buni tushunib yet-gan M.Ayubxon 1962-yil 8-iyunda “harbiy holat”ni bekor qildi. Shu yili mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Musul-mon Ligasi partiyasi yetakchi partiya bo`lib qoldi. Uni M.Ayubxonning o`zi boshqardi. 1965-yilda M.Ayubxon yangi muddatga prezident etib saylandi.

Mamlakatning tashqi siyosatida biryoqlamalikdan, ya’ni, G`arb davlatlari bilan yaqin-lashishdan qaytish yuz bera boshladi. Osiyo va Afrika davlatlari bilan munosabatlarda ijobiy tomonga o`zgarish yuz berdi. Pokiston Isroilning arab davlatlariga qarshi agressi-yasini qoraladi. O`zining SEATO va SENTO bloklaridagi ishtirokini cheklab qo`ydi.

Ayni paytda, Hindiston bilan munosabatlarda o`zgarish yuz bermadi. Bu davlatlar o`r-tasida 1965-yilning o`zida ikki marta qurolli to`qnashuv yuz berdi. SSSR bu ikki davlat munosabatlarini normallashtirish uchun barcha diplomatik choralarni ko`rdi. 1966-yilni-ng yanvar oyida Toshkent shahrida Hindiston bosh vaziri L.B.Shastri va Pokiston prezi-denti M.Ayubxon o`rtasida ikki davlat munosabatlarini yaxshilash haqida kelishuvga erishildi.

Biroq, Pokistonda ichki vaziyat beqarorligicha qolaverdi. Buning asosiy sababi – mamlakatning iqtisodiy qoloqligi oqibatida aholi turmushi past darajada qolayotganligi edi. Mamlakatni ish tashlashlar va namoyishlar to`lqini qamrab oldi. Ayni paytda, Shar-qiy Pokistonda milliy harakat kuchaydi. Hukumat amalga oshirgan repressiya vaziyatni yanada keskinlashtirdi, xolos.

Mamlakatda vujudga kelgan chuqur siyosiy tanglik 1969-yilning 25-martida M.Ayub-xonni iste’fo berishga majbur etdi. Hokimiyat armiya bosh qo`mondoni, general Yahyo-xon qo`liga o`tdi. U mamlakatda “harbiy holat” joriy etdi. Biroq, bu siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermadi.

1970-yilning dekabrida Pokiston tarixida birinchi marta umumxalq saylovlari o`tka-zildi. Mamlakatni demokratik asosda qayta qurish dasturi bilan chiqqan partiyalar – G`arbiy Pokistonda Z.A.Bxutto boshliq “Xalq partiyasi” va Sharqiy Pokistonda esa M. Rahmon boshliq “Xalq Ligasi” partiyasi g`alaba qozondi. Lekin, ular hokimiyatga birda-niga kela olmadilar. Hukumat repressiya siyosatini boshladi. Bunga javoban, 1971-yilda Sharqiy Pokistonda milliy-ozodlik kurashi boshlandi. Shu yilning 26-martida Sharqiy Pokiston hududida Bangladesh Xalq Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.

Bu harakatni Hindiston qo`llab-quvvatladi va, oqibatda, Pokiston-Hindiston urushi yuz berdi. Bu urushda Pokistonning g`arbiy frontdagi armiyasi yengildi, Bangladeshdagi armiyasi esa taslim bo`ldi. Mag`lubiyat Yahyoxon harbiy diktaturasining qulashiga olib keldi. Shu tariqa, fuqarolik hukumati tuzilishiga yo`l ochildi. 1971-yilning 20-dekabrida Pokiston Xalq partiyasi hokimiyatga keldi. Uning rahbari Zulfiqor Ali Bxutto bosh vazir lavozimini egalladi. Mamlakatda “harbiy holat” bekor qilindi.

Yangi hukumat sanoatning yetakchi tarmoqlarini, bank va sug`urta kompaniyalarini milliylashtirdi. Mamlakatda agrar islohot o`tkazildi. Unga ko`ra, katta yer egaligi hajmi 150 akr (60 gektar) yer bilan cheklab qo`yildi. Ortiqcha yerlar kam yerli va yersiz deh-qonlarga tekinga bo`lib berildi. Bu islohot 1977-yilda yana davom ettirildi. Endi, yer egaligi hajmi 100 akr (40 gektar) yer bilan cheklab qo`yildi. Soliq o`ziga to`q dehqonlar va katta yer egalaridan olinadigan bo`ldi. Mamlakat tarixida birinchi marta pensiya ta’-minoti joriy etildi.

1973-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko`ra, Pokiston parlament respub-likasi deb e’lon qilindi. Z.A.Bxutto hukumati xalqaro miqyosda real vaziyatni hisobga olgan holda siyosat yurita boshladi. Chunonchi, 1972-yilda Pokiston SEATOdan chiqdi. 1974-yilda mustaqil Bangladesh davlatini tan oldi. 1976-yilda esa Hindiston bilan diplo-matik aloqalar tiklandi.

Biroq, Pokistonda fuqaro hukumati ko`p yashamadi. 1977-yilning 5-iyunida Pokiston tarixida ikkinchi marta harbiy to`ntarish amalga oshirildi. Bunga, mamlakatda yuz ber-gan chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz yo`l ochgan edi. Chunonchi, 1973-yilda Yaqin Sharqdagi urush munosabati bilan yuz bergan energetika inqirozi Pokiston iqtisodiga katta salbiy ta’sir ko`rsatdi. Mamlakatda keng iste’mol tovarlarining narxi ko`tarilib ket-di. Ishsizlar soni kundan-kunga oshib bordi. Bu hol boshlangan islohotlarni oxiriga yet-kazishga imkon bermadi. Buning ustiga diniy mutaassiblar 1974-yilda yirik jamoaviy to`qnashuvni keltirib chiqardi. Natijada, 1975-yil fevralda Z.A.Bxutto hukumati asosiy muxolifatchi partiya – Milliy Xalq partiyasi faoliyatini taqiqlab qo`yishga majbur bo`ldi.

Og`ir siyosiy sharoitda bo`lsa ham 1977-yilda parlament saylovlari o`tkazildi. Unda Z.A.Bxuttoning Pokiston Xalq partiyasi g`alaba qozonganligi e’lon qilindi. Biroq, mu-xolifatchi partiyalar ittifoqi – Pokiston Milliy alyansi buni tan olmadi va hukumatga qar-shi keng kampaniyani avj oldirdi. Shunday sharoitda, yuqorida ta’kidlanganidek, harbiy-lar navbatdagi davlat to`ntarishini amalga oshirdilar. 1977-yil 5-iyulda hokimiyat gene-ral Ziyoulhaq qo`liga o`tdi. Mamlakatda “harbiy holat” joriy etildi. Z.A.Bxutto hibsga olindi. 1973-yilgi konstitutsiyaning amal qilishi to`xtatib qo`yildi va parlament tarqatib yuborildi. 1979-yildan barcha siyosiy partiyalar taqiqlandi. Jahon jamoatchiligining e’ti-rozlariga qaramay 1979-yilda Z.A.Bxutto qatl etildi.

Ziyoulhaq ichki siyosatda jamiyat hayotini to`la islomlashtirish siyosatini yuritdi. 1979-yilda Pokiston SENTO blokidan chiqdi. “Qo`shilmaslik harakati”ning qatnashchisi bo`ldi. Qo`shni Afg`onistonga SSSR qo`shinlarining kiritilishi bilan bog`liq voqealar AQSH rejasiga ko`ra Pokistonning harbiy platsdarm sifatidagi ahamiyatini oshirdi. Po-kistonda qochoqlar uchun lagerlar tashkil etildi va u afg`on jangarilari uchun tayanch bazasiga aylandi. Pokiston 1981–1987-yillarda AQSHdan 3,2 mlrd. dollar miqdorida harbiy-iqtisodiy yordam oldi. Harbiylarning navbatdagi hokimiyatdan ketishiga Ziyoul-haqning 1988-yil 17-avgust kuni samolyot halokati oqibatida halok bo`lishi sabab bo`ldi. G`ulom Ishoqxon Pokiston prezidenti bo`ldi.

1988-yil 16-noyabr kuni parlament saylovi o`tkazildi. Unda Z.A.Bxuttoning qizi – Benazir Bxutto boshqarayotgan Pokiston Xalq partiyasi g`alaba qozondi va u bosh vazir lavozimini egalladi. B.Bxutto siyosiy tajribasizligi oqibatida ba’zi xatolarga yo`l qo`ydi. Uni korrupsiyada ayblab, 1990-yilda hokimiyatdan chetlashtirishdi va o`rniga Navoz Sharif bosh vazirlikka tayinlandi. Lekin ahvol o`zgarmadi. Pokiston prezidenti Legari yangi saylov belgilashga majbur bo`ldi.



Bxutto Benazir (1953–1) – Pokiston bosh vaziri. 1953-yil 21-iyunda Qarochida dunyoga keladi. Otasi Zulfiqor Ali 1971–1977-yil-larda Pokiston bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. B.Bxutto Qarochidagi o`rta maktabni tamomlagach, dastlab Garvard univer-siteti (AQSH), keyinchalik esa Oksford universiteti (Buyuk Britani-ya)da tahsil oladi.

U otasining siyosiy faoliyatidagi qarama-qarshilik tufayli 1979-yildan 1984-yilgacha tez-tez hibsga olinar edi. 1984-yildan boshlab Buyuk Britaniyada yashaydi va 1986-yil otasi tomonidan tuzilgan Pokiston Xalq partiyasiga muxolifat yetakchisi sifatida qayta-di. Ziyoulhaq aviatsiya halokatida olamdan o`tgach, 1988-yilgi parlament saylovlarida Pokiston Xalq partiyasi muvaffaqiyat qozonadi va B.Bxutto bosh vazir lavozimini egal-laydi. 1990-yil oktabrda prezident G`.Isxoqxon B.Bxuttoni lavozimidan olib tashlaydi va Pokiston Xalq partiyasi saylovda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

1993-yildagi saylovlarda B.Bxutto yana bosh vazir lavozimini egallaydi. 1993-yil no-yabr oyida uning akasi Murtazo Bxutto emigratsiyadan qaytib, partiya boshqaruvini un-ga topshirishini talab qiladi. Biroq, M.Bxutto Qarochida terrorizmda ayblanib hibsga olinadi va 1994-yil iyun oyida garov evaziga ozod etiladi. 1996-yil sentabr oyida M. Bxutto politsiya bilan to`qnashuvda vafot etadi. Uning o`limida B.Bxuttoning eri Asif Ali Zardoriyni ayblashadi.

Ayni paytda, B.Bxutto keng qamrovli korrupsiya va yollanma qotilliklarni tashkil etishda ayblanadi. 1997-yil parlamentga bo`lgan saylovlarda Pokiston Xalq partiyasi mag`lubiyatga uchraydi. 1998-yilning boshlarida B.Bxutto, uning onasi va eri rasmiy ravishda korrupsiyada ayblanadi hamda ularning Britaniya va Shveysariya banklarida-gi hisob raqamlari muzlatib qo`yiladi. Biroq, tez orada ular oqlanib, ayblov bekor qili-nadi.

2002-yil 30-avgustdagi Larkon shahridagi Pokiston saylov komissiyasi oktabr oyidagi parlament saylovlariga B.Bxuttoning nomzodini rad etdi. 2002-yil iyul oyida quvg`inda yashayotgan B.Bxutto korrupsiyada ayblanib, 3 yilga qamoq jazosiga hukm etiladi.

1-yilda B.Bxutto Pokiston Xalq partiyasining yetakchisi sifatida saylov oldi kam-paniyasi vaqtida terrorchilik oqibatida qurbon bo`ladi.

1993-yilgi parlament saylovida ham B.Bxutto partiyasi g`alaba qozondi. Biroq, ichki siyosiy vaziyat nihoyatda chigal bo`lgan Pokistondek davlatni boshqarish oson emas edi. Siyosiy tartibsizlik B.Bxuttoga mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta’minlash imkonini bermadi. U yana korrupsiyada ayblandi.



1997-yilgi parlament saylovida esa Musulmon Ligasi g`olib chiqdi. Uning rahbari N. Sharif bosh vazirlik lavozimini egalladi. Bu partiya hukmronligiga oxir-oqibatda navbat-dagi – uchinchi harbiy to`ntarish chek qo`ydi. Bu davrda mamlakat tashqi qarz botqog`i-ga botgan edi. Hindiston bilan munosabatning yomonligi Pokistonni katta harbiy xara-jatlar qilishga majbur etardi. Bu esa tashqi qarzning tobora ortishiga olib kelgan asosiy omil edi. 1999-yilning may oyida o`tkazilgan yadro bombasi sinovi juda katta xarajatlar, ya’ni, xalq ommasi rizqi evaziga amalga oshganligi sir emas.

Biror-bir siyosiy partiya mamlakatni inqirozdan olib chiqishga muvaffaq bo`la olma-di. Ular uchun bir-birlarini korrupsiyada ayblash odatiy holga aylanib qolgan edi. Bu esa aholi ko`z o`ngida ularning obro`sini to`kardi. Harbiylar vujudga kelgan vaziyatdan yana foydalandilar. 1999-yil 3-oktabrda ular hokimiyatni qo`lga oldilar. Armiya bosh shtabi boshlig`i, general Parvez Musharraf harbiy to`ntarish amalga oshirdi va N.Sharif o`rniga bosh vazir etib saylandi.



Musharraf ParvezPokiston prezidenti. 1943-yil 2-avgustda Deh-lida dunyoga keladi. 1947-yilda oilasi bilan Pokistonga ko`chib o`ta-di. Lahor shahrida Forman kollejini tamomlaydi va harbiy akademi-yada tahsil oladi (1964-yilgacha).

1965- va 1971-yillardagi Pokiston-Hindiston mojarolarida ishtirok etadi. 1991-yil general invoniga ega bo`ladi. 1998-yil bosh shtabga qo`mondonlik qiladi, keyinchalik, shtab boshliqlarining birlashgan qo`mitasiga raislik qiladi va Pokiston armiyasining bosh qo`mondoni sifatida faoliyat yuritadi.

1999-yil oktabr oyida harbiy to`ntarish natijasida bosh vazir N.Sharif olib tashlanadi va P.Musharraf hokimiyat tepasiga keladi. Boshlangan tartibsizliklar tufayli favqulod-da holat e’lon qilinadi va parlament tarqatib yuboriladi. Yangi harbiy boshqaruvchi korrupsiyani tugatish, xalqaro siyosatda Hindiston bilan Kashmir masalasida muzoka-ralar olib borish va terrorizmga qarshi kurash kabi muammolarni hal etish kabi va’da-larni beradi.

Pokiston Oliy sudi general P.Musharrafga 2002-yil oktabr oyigacha davlatni demok-ratik tizimga qaytarish shartini qo`yadi. 2001-yil P.Musharraf prezident etib saylanadi. Ayni paytda, P.Musharraf ijro etuvchi hokimiyatning boshlig`i va qurolli kuchlar oliy bosh qo`mondoni ham edi. Pokiston prezidenti etib saylangan P.Musharrafga Pokiston Xalq partiyasi yetakchisi B.Bxutto qarshilik ko`rsatadi va u generalni konstitutsiyani buzganlikda ayblaydi. 2002-yil apreldagi referendumda P.Musharrafning vakolati 5 yil-ga uzaytiriladi.

1999-yil oktabr oyida harbiy to`ntarish natijasida bosh vazir N.Sharif olib tashlandi va P.Musharraf hokimiyat tepasiga keldi. Mamlakatda “favqulodda holat” e’lon qilindi va parlament tarqatib yuborildi. P.Musharraf korrupsiyani tugatish, xalqaro siyosatda Hin-diston bilan Kashmir masalasida muzokaralar olib borish va terrorizmga qarshi kurash kabi muammolarni hal etish kabi va’dalarni beradi.

Pokiston Oliy sudi general P.Musharrafga 2002-yil oktabr oyigacha davlatni demok-ratik tizimga qaytarish shartini qo`ydi. 2001-yil P.Musharraf prezident etib saylandi. Ay-ni paytda, P.Musharraf ijro etuvchi hokimiyatning boshlig`i va qurolli kuchlar oliy bosh qo`mondoni ham edi. P.Musharrafga Pokiston Xalq partiyasi yetakchisi B.Bxutto qarshi-lik ko`rsatdi va u generalni konstitutsiyani buzganlikda ayblaydi. 2002-yil apreldagi re-ferendumda P.Musharrafning vakolati 5 yilga uzaytirildi.

3-masala:

Mustaqillik yillarida Pokiston va Hindiston taraqqiyotini taqqoslaydigan bo`lsak, ular o`rtasida qator jiddiy farqlar borligini ko`rishimiz mumkin. Masalan, Hindiston parla-ment respublikasi bo`lsa, Pokiston esa prezidentlik respublikasi hisonlanadi. Pokistonda jamiyat hayotini diniy asosda qurish bu davlat hududiy yaxlitligiga tahdid solmaydi. Hindistonda esa bu omil uning parchalanishiga sabab bo`lishi mumkin. Pokistonda 3 marta harbiy to`ntarish sodir bo`lgani holda, Hindistonda biror marta ham bunday hodisa sodir bo`lgani yo`q.

Ayni paytda, har ikki davlat mustaqillik yillarida sanoat potensialini yarata oldi. Hin-diston bu borada ancha ilgarilab ketdi, ham. Buning isboti o`laroq, u 1980-yilda o`zining sun’iy yer yo`ldoshini uchirishga muvaffaq bo`ldi. Har ikkala davlat ham yadro qurolini sinovdan o`tkazishga erishdi. Bu hodisa Osiyo qit’asida tinchlikning barqaror bo`lishiga xizmat qilmaydi, albatta.

Harbiy xarajatlar Pokiston iqtisodi uchun katta kulfat keltirdi. Endilikda, Afg`oniston bilan bog`liq kaltabin siyosat tufayli javob berish payti keldi. Mamlakat byudjetidagi do-imiy taqchillik deyarli 8 foizni tashkil etadi. 1999-yilda Pokistonning yadro quroliga ega bo`lishi mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamladi, ammo, iqtisodiy ahvolini yo-monlashtirdi.

1-yilda Pokiston uchun og`ir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda P.Musharraf hokimiyat-dan voz kechishga majbur bo`ldi. Muxolif Pokiston Xalq partiyasi yetakchisi B.Bxutto saylov oldi kampaniyasi avj olgan paytda terror qurboni bo`ldi. Mamlakatda siyosiy tar-tibsizlik yuzaga keldi. Parlament saylovida Pokiston Xalq partiyasi g`alaba qozondi va B.Bxuttoning eri Asif Ali Zardoriy bosh vazir bo`ldi.

O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng Yaqin Sharq mamlakatlari orasida bi-rinchilardan bo`lib Pokiston bosh vaziri N.Sharif 1992-yil 27–28-iyun kunlari O`zbekis-tonga tashrif buyurdi. Unda ikki mamlakat o`rtasida davlatlararo munosabatlar va ham-korlik to`g`risida shartnoma, hukumatlar o`rtasida madaniyat, sog`liqni saqlash, fan, tex-nika, kadrlar tayyorlash, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to`g`risida bitimlar imzolandi.

1992-yilning avgustida O`zbekiston Prezidenti I.Karimov Pokistonga javob tashrifi bilan bordi. U yerdagi uchrashuvda 5 ta muhim bitim imzolandi. Xususan, banklar to`g`-risida, investitsiyalarni himoya qilish, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya, tele-kommunikatsiya sohasida hamkorlik qilish haqidagi bitimlar o`tgan yillar davomida o`z samarasini berdi. Pokistonning “Tabani korporeyshn”, “Metro garmen tes”, “Lahor”, “Pia”, “Mekuriy” va boshqa firmalari O`zbekistonda faoliyat ko`rsatdi.

Urdushunos olim A.Ibrohimov Lahor shahrida o`zbek tili kurslarini tashkil etdi. O`z-bekistonning pilla, shoyi matolari, shisha va billurlari, yengil sanoat uchun mashina va uskunalari Pokistonda sevib xarid qilinsa, pokistonliklarning tayyor kiyimlari, charm kamzullari, shakar va kakaosi O`zbekiston aholisiga manzur bo`ldi. 2004-yilda bu ikki mamlakat o`rtasida tovar ayirboshlash hajmi 8,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2005-yilning martida Pokiston prezidenti P.Musharrafning O`zbekistonga qilgan tash-rifi chog`ida hamkorlikni yanada mustahkamlash to`g`risida qo`shma bayonot, 2005–2009-yilllarga mo`ljallangan madaniy aloqalar dasturi va xalqaro terrorizmga qarshi ku-rash sohasidagi hamkorlik to`g`risida bitimlar imzolandi. Hozirgi kunda Pokiston sarmo-yasi ishtirokida O`zbekistonda 42 ta qo`shma korxona faoliyat ko`rsatmoqda va ular 2004-yilda 19,5 mlrd. so`mlik mahsulot ishlab chiqardilar.


4-masala:

Afg`oniston. Poytaxti – Qobul. Aholisi – 28 mln. 717,2 ming kishi (2003). Maydoni – 652 090 kv. km. Rasmiy tillari – doriy va pushtun. Hukmron dini – islom. Ma’muriy-hu-dudiy bo`linishi – 30 viloyat. Pul birligi – afg`oni = 100 pulam. Milliy bayramlari: 19-avgust – Mustaqillik kuni (1919); 4-may – Xotira kuni.

Afg`oniston konstitutsiyaviy-monarxiya davlati edi. Davlat boshlig`i qirol hisoblan-gan. Urushdan keyingi yillarda ham Muhammad Zokirshoh (1933-yildan buyon) qirol edi. Uning hukmronligi davrida mamlakat ichki hayotida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o`zga-rishlar yuz bermadi. Mamlakat hayotida o`rta asrchilik munosabatlari hukmronligicha qolaverdi.

Urush yillarida ichki siyosiy hayot keskinlashdi. 1946-yildan hukumatga qirolning to-g`asi Shoh Mahmud boshchilik qila boshladi. Tashqi siyosatda dastlab AQSH bilan ya-qinlashish boshlandi. Ammo, AQSH janubdagi irrigatsiya inshootlarini vaqtida tugalla-may, 1949-yilda qo`shimcha mablag` talab qildi hamda Afg`onistonni noqulay vaziyatda 39,5 mln. dollarlik asoratli zayom olishga majbur etdi. Shu sababli, ko`p o`tmay bu siyo-sat o`zgara boshladi. Buning ustiga AQSH va Buyuk Britaniyaning betaraf Afg`oniston-ni harbiy-siyosiy ittifoqlarga jalb etishga urinishlari, ikkinchi tomondan esa, Afg`onis-ton-Pokiston munosabatlaridagi keskinlikning vujudga kelishi ahvolning chigallashuviga sabab bo`ldi.

Ma’lumki, Afg`onistonning Pokiston bilan chegara hududlarida pushtun xalqi yashay-di. Buyuk Britaniya bu hududlarni ham Pokiston hududiga qo`shib yuborgan edi. Afg`o-niston hukumati Pokistondagi pushtunlarga (Afg`oniston aholisining katta qismini push-tunlar tashkil etadi) o`z taqdirini o`zi belgilashi huquqi berilishi tarafdori edi. Bunga ja-voban, 1955-yilda Pokiston Afg`oniston tovarlarining o`z hududi orqali o`tkazilishini ta-qiqlab qo`ydi. Bunday sharoitda, SSSR o`z hududi Afg`oniston tashqi savdosida tranzit vazifasini o`tashi mumkinligini ma’lum qildi. 1955-yilda bu xususda sovet-afg`on bitimi imzolandi.

M.Zokirshohning 40 yillik hukmronligi davrida mamlakat taraqqiyoti o`ta sekin rivoj-landi. Mamlakatda atigi 300 ta katta-kichik sanoat korxonalari qurildi, xolos (uning 140 tasi SSSR yordami bilan qurilgan edi). Buning oqibatida mamlakat qoloqligicha, aholi turmush darajasi esa pastligicha qolaverdi.

Mamlakatda Afg`onistonni zamon ruhiga monand davlatga aylantirishni istovchi dav-lat arboblari ham yo`q emas edi. Bu arboblardan biri – qirolning qarindoshi Muhammad Dovud (1908–1978) edi. U 1953–1963-yillarda bosh vazir lavozimida ishladi. M.Dovud iqtisodning davlat yo`li bilan boshqarilishi va mamlakat ichki hayotini liberallashtirish tarafdori edi. 1956-yilda hukumat besh yillik rejani qabul qildi. Unda asosiy e’tibor sa-noat, transport va qishloq xo`jaligiga qaratildi. 1959-yilda ayollarning chodra yopinib yurishi bekor qilindi.

M.Dovud hukumati boshlagan o`zgarishlar islohotga qarshi kuchlarning qattiq qarshi-ligiga duch keldi. Bu kuchlar mamlakat hatotida chuqur o`zgarishlarga tayyor bo`lmagan aholi katta qismiga tayanar edi. Natijada, M.Dovud 1963-yilda iste’fo berishga majbur bo`ldi.

M.Dovud hukumatidan keyingi hukumatlar ham (M.Yusuf 1963–1967, N.A.Etimodi 1967–1971 va M.Sharif 1972–1973) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida biror jiddiy o`zgarish qila olmadilar. Aksincha, iqtisodiy qiyinchilik kuchaydi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash qiyinlashdi. Mamlakatda kuchaygan ijtimoiy-iqtisodiy mu-ammolar oxir-oqibatda hukmron doiralarda bo`linish yuz berishiga olib keldi.

Shunday sharoitda, 1973-yilning 17-iyulida harbiylar davlat to`ntarishini o`tkazdilar. Hokimiyat Afg`oniston Markaziy Qo`mitasi qo`liga o`tdi. Uning tarkibi harbiylardan tashqari fuqaro arboblaridan ham iborat edi. Ularga sobiq bosh vazir M.Dovud rahbarlik qildi. Markaziy Qo`mita M.Dovudni davlat boshlig`i va bosh vazir etib tayinlaydi. Shu tariqa, monarxiya quladi va Afg`oniston Respublikasi e’lon qilindi.

Davlat to`ntarishi yuz bergan vaqtda M.Zokirshoh chet el (Italiya) safarida edi. U 1973-yilning avgust oyida taxtdan voz kechganligini e’lon qildi. M.Dovud mamlakatni 5 yil boshqardi. Biroq, u mamlakat hayotida tub o`zgarishlar qila olmadi. Uning siyosati, birinchidan, konservativ qatlamlar – ruhoniylar, katta yer egalari va davlat amaldorlari-ning qattiq qarshiligiga duch keldi. Ikkinchidan esa, M.Dovud mamlakatda o`z rejimini o`rnatishga intildi. Chunonchi, u 1964-yilgi konstitutsiyani bekor qildi. Parlamentni tar-qatib yubordi va yakka partiyaviy tizimni joriy etdi. Bu rasmiy partiyaga uning o`zi rah-barlik qildi.

1976–1978-yillarda hukumat mavjud tartibga qarshi kuchlarni qatag`on qilishni ku-chaytirdi. Terror va repressiyadan mamlakat harbiylari orasida ham o`z ta’siriga ega bo`lgan Afg`oniston xalq-demokratik partiyasi (AXDP) ham chetda qolmadi (u 1965-yilda tuzilgan edi). M.Dovud rejimi diniy-ekstremistik kuchlar bilan yaqinlashdi. Rejim bu kuchlardan o`z raqiblariga qarshi kurashda foydalandi. Bu yo`l M.Dovud rejimiga qarshi ikki guruh muxolifatni vujudga keltirdi. Ularning biri diniy muxolifat bo`lsa, ik-kinchisi esa harbiy muxolifat bo`ldi. Harbiy muxolifat AXDP bilan yaqin aloqani o`rna-tishga erishdi.

2-masala:

Armiya qismlari 1978-yilning 27-aprelida AXDP rahbarligida davlat to`ntarishini o`t-kazdilar. To`ntarishni polkovnik Abdulqodir boshqardi. Hokimiyat Inqilobiy Kengash qo`liga o`tdi. Bu kengashga AXDP rahbari Nur Muhammad Taraqqiy rahbarlik qildi. Babrak Karmal unga o`rinbosar bo`ldi. M.Dovud va uning yaqin safdoshlari o`ldirildi. 1977-yildagi konstitutsiya bekor qilinib, 1978-yil 30-aprelda mamlakat Afg`oniston De-mokratik Respublikasi deb e’lon qilindi. N.M.Taraqqiy o`z mavqeyini mustahkamlash maqsadida SSSR bilan munosabatni yaxshilay boshladi.

Yangi hukumat Afg`onistondagi real hayotni hisobga olmay islohotlar o`tkazishga ki-rishdi. Bu islohotlar SSSRda o`tkazilgan islohotlar andazasiga o`tish edi. Shuning uchun ham Afg`oniston xalqi bu islohotlarni qabul qilmadi. Ruhoniylar hukumat siyosatini is-lom asoslaridan qaytish, deb baholadi. Ular aholini sovetparast hukumatga qarshi ku-rashga chaqirdi. Millionlab kishilar Pokiston va Eron hududiga qochib o`tdi. Hukumatga qarshi kuchlar ittifoqi vujudga keldi. AXDPda ham birlik bo`lmadi. 1978-yil 17-avgust-da B.Karmal, Abdulqodir va boshqalar fitnada ayblanib qamoqqa olindilar. Bu omillar mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishini muqarrar qilib qo`ydi. Bu e’lon qilinmagan urushni G`arb davlatlari rag`batlantirdi.

Buning ustiga, AXDP ichida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Shunday sharoitda, 1979-yilning sentabrida N.M.Taraqqiy o`ldirildi. Hokimiyatni uning o`rinbosari, suiqasd tashkilotchisi Hafizullo Amin egalladi. Mamlakatda terror va zo`ravonlik avj oldi. “Ap-rel inqilobi” (“savr inqilobi”) shu bilan barham topdi.

Bu davrga kelib, harbiy muxolifat kurashni kuchaytirdi. Ular H.Amin hukumatini qi-yin ahvolga solib qo`ydi. Hukumat qo`shinlari nazorati ixtiyorida faqat Qobul va yana bir nechta shahar qoldi, xolos. Shunday sharoitda, Afg`onistonning o`z strategik maq-sadlari doirasidan chiqib ketishini istamagan SSSR avantyuraga qo`l urdi.

1979-yilning 25-dekabrida Moskva qo`li bilan H.Amin hukumati ag`darildi. SSSRga sodiq bo`lgan va Praga (Сhexoslovakiya)dagi elchilik vazifasidan Afg`onistonga qaytib kelgan B.Karmal prezidentlik lavozimiga o`tqazildi. 28-dekabrda SSSR o`z harbiy qism-larini Afg`oniston hududiga kiritdi. Tez o`rada bu qo`shinlar soni 85 mingga yetdi. Ja-hon jamoatchiligi SSSRning bu harakatini qattiq qoraladi. Ayni paytda, SSSR-AQSH munosabatlari yanada keskinlashdi. 1982-yildan Jeneva (Shveysariya)da bu masala bo`-yicha BMT komissiyasi ish boshladi.

Asosan, Pokiston hududiga joylashgan muxolifatchi kuchlar (mujohidlar) AQSHning zamonaviy qurollari bilan qurollantirildi. SSSR qo`shinlari Afg`oniston hududida 10 yil turdi va harbiy operatsiyalarni amalga oshirdi. Biroq, u himoya qilgan rejim hech narsa-ga erisha olmadi. Xo`sh, nega shunday bo`ldi?

Chunki, birinchidan, Afg`oniston hukumati sovet nusxasidagi jamiyatni qurmoqchi bo`lgan edilar. Afg`onistonda bunday jamiyatni qurishning esa iloji yo`q edi. Ikkinchi-dan, afg`on xalqi ko`z o`ngida yangi jamiyat ateistik (xudosiz jamiyat) davlat armiyasini o`z davlati hududiga kiritib katta gunohga botgan edi. Bunday hukumatni qo`llash esa undanda katta gunoh bo`lur edi. Shu tariqa, SSSR Afg`onistonda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Buni yaxshi tushunib yetgan M.Gorbachyov SSSR armiyasini Afg`onistondan olib chiqib ketishga qaror qildi va 1989-yilning fevral oyida bu vazifa amalga oshirildi. 10 yil davomida 15 mingdan ortiq sovet jangchilari halok bo`lishdi.

Poytaxt Qobul shahrida AXDP rahbarlaridan biri, 1986-yilda B.Karmal o`rniga kel-gan Najibullo hokimiyatni saqlab turdi. Ayni paytda, muxolifat kuchlar ham o`z huku-matini tuzdilar. S.Mujadaddiy mamlakat prezidenti etib saylandi.

Muxolifat kuchlar 1992-yilda Najibullo hukumatini ag`darishga muvaffaq bo`ldilar. Najibullo BMTning Afg`onistondagi vakolatxonasida boshpana topdi. Shu tariqa, SSSR-ning Afg`onistondagi tayanchi quladi. Jahon jamoatchiligi 10 yil davom etgan va mam-lakatni vayronaga aylantirgan, millionlab kishilar boshiga cheksiz kulfatlar solgan urush shu bilan tugadi, deb umid qilgan edi. Biroq, bunday bo`lmadi. Afg`onistonda fuqarolar urushi davom etaverdi. Buning sababi muxolifat kuchlar g`alabasidan so`ng ular o`rtasi-da hokimiyat uchun boshlangan kurash edi. Muxolifat kuchlar Afg`onistonda yashovchi turli etnik (pushtunlar, tojiklar, o`zbeklar va boshqalar) hamda diniy guruhlarning vakil-lari edilar.

Najibullo ag`darilgach, Qobul shahrini birinchi bo`lib general Ahmad Shoh Mas’ud boshchiligidagi tojiklarning qurolli kuchlari egalladi. Afg`oniston Islom Respublikasi tu-zilganligi e’lon qilindi. Shu etnik guruh vakili Burhoniddin Rabboniy esa prezidentlik lavozimini egalladi. Tojiklarning hokimiyatni egallaganligiga pushtunlar lideri Hikmat-yor toqat qila olmadi. Boshqa etnik guruhlar esa o`zlari egallab kelayotgan hududda mustahkamlanib ola boshladilar. Ba’zilar goh u tomon, goh bu tomon bilan kelishishga intildi. Shu tariqa, fuqarolar urushi yangi bir sharoitda davom etdi. Buning oqibatida minglab begunoh tinch aholi halok bo`ldi. Prezident B.Rabboniy mamlakatning kelgusi taqdirini hal etishi lozim bo`lgan Ta’sis Majlisini chaqirishni istamadi. Bosh vazir Hik-matyor esa norozilik belgisi sifatida iste’fo berdi. Qurolli kurash yana avj oldi. Mamla-katda siyosiy vaziyat borgan sari og`irlashdi.

3-masala:

Mana shunday sharoitda, Afg`oniston siyosiy hayotida hech kutilmagan yangi siyosiy kuch – tolibonlar (Alloh toliblari) harakati paydo bo`ldi. Ular 1994-yilning noyabr oyida kurash maydoniga chiqdilar. Xo`sh, tolibonlar kimlar edi?

Ular Afg`onistonda jahmiyat hayotini sof islom asosida qayta qurish uchun kurashga bel bog`lagan diniy-siyosiy guruh vakillaridir. Ularning katta qismini fuqarolar urushi davrida yetim qolgan bolalar tashkil etardi. SSSR armiyasi Afg`onistonga kiritilgach, ular Pokiston hududida boshpana topgan edilar. Urush davrida Pokistonga qochib o`tgan 5 mln. afg`on qochoqlari farzandlarining ham ma’lum qismi tolibonlar safiga jalb etil-gan. Tolibonlar Pokistondagi harbiy mashq maktablarida puxta tayyorgarlikdan o`tgan-lar va zamonaviy qurollarning deyarli barchasi bilan mukammal muomala qilishga o`r-gatilgan. Tolibonlar rahnamosi diniy mutaassib Mulla Umar edi. U ismoiliylik va vahho-biylik oqimlari vakili edi. Tolibonlar, o`z navbatida, Pokiston va Saudiya Arabistoni to-monidan qo`llab-quvvatlandi. Xalqaro terrorist, “Al-Qoida” yetakchisi Usoma ben La-den bilan mustahkam aloqa bog`ladilar. To`xtovsiz qonli urushdan charchagan aholining katta qismi ularni qo`llab-quvvatladi. 1995-yilning yanvarida ular Kobulga hujum bosh-ladilar. Mamlakat vayron etildi, hamma joyda ocharchilik boshlandi va shu bois poytaxt-ni egallash qiyinchilik tug`dirmadi. Tolibonlarga qarshi kuchlar o`rtasidagi o`zaro ke-lishmovchiliklar ularga qo`l keldi. 1996-yilning oktabr oyida tolibonlar Qobul shahrini egalladi. Tolibonlarga qarshi muxolifat kuchlari parchalanib ketdi. Prezident B.Rabbo-niy A.Sh.Mas’udning asosiy kuchlari joylashgan Badaxshonga qochdi. O`zbeklar qurolli kuchlari yetakchisi, general Abdurashid Do`stum o`z harbiy otryadlari bilan shimolga yo`l oldi va Hirot, Balx, Mozori Sharifni o`z tayanch punktlariga aylantirdi. Pushtunlar yetakchisi Hikmatyor o`z tarafdorlari bilan Jalolobodni egalladi. Agarda mag`lubiyatga uchrab qolsa, Pokistonga qochishni mo`ljalladi.

Tolibonlar Afg`onistonda jamiyatni to`la islomlashtirish siyosatini yurita boshladilar. Dunyoviy maktablar yopildi. Ayollar paranji yopinishga, erkaklar soqol qo`yishga maj-bur etildi, qarshilik ko`rsatganlar ayovsiz jazolandi. Vahhobiylik tamoyillariga muvofiq ayollarga o`qish va ishlash man etildi. Ular ko`chada ochiq yuz bilan yura olmasdi. Qo-bulda zo`ravonlik odatiy tusga kirdi. Milhonlab kishilar mamlakatdan tashqariga qochib ketdi, qolganlari esa tirikchilik uchun kurash olib bordi.

Afg`oniston uzra islom fundamentalizmi va mamlakatning terroristik markazga ayla-nishi xavfi paydo bo`ldi. Tolibonlar tuzumining o`zi terroristik edi. Ular odamlarni tele-vizor ko`rgani, radio tinglagani uchun ham, shariat meyyorlarini buzgani uchun ham qatl etdirdilar. Musiqa, raqs va konsertlar butunlay taqiqlandi. Bomiyon viloyatida 15 asrdan buyon mavjud bo`lgan budda haykali vahshiylarcha portlatib yuborildi. Tarix tolibonlar tuzumidan ham g`ayriinsoniy tuzumni ko`rmagan, desak mubolag`a bo`lmaydi.

1997-yilning iyunida tolibonlar muxolifat kuchlarni – tojik A.Sh.Mas’ud va o`zbek A.Do`stum kuchlarini tor-mor etish yo`lida urushni davom ettirdi. Mamlakat hududining 90 foizi tolibonlar nazoratiga o`tdi. Tolibonlarga qarshi kuchlar mamlakat shimoliga si-qib qo`yildi. Ular endi birlashishga majbur bo`ldilar. Shu tariqa, “Shimoliy Alyans” deb atalgan ittifoq vujudga keldi.

4-masala:

To`xtovsiz davom etgan fuqarolar urushi Afg`onistonni narkotik moddalar yetishtirish va xalqaro terrorchilik bo`yicha jahonning asosiy markaziga aylantirib qo`ydi. Ayni paytda, “Afg`oniston muammosi” Markaziy Osiyo davlatlarida siyosiy barqarorlikni xavf ostiga qo`ydi. Terrorizm qanchalik yovuz kuchga aylanganligini 2001-yilning 11-sentabrida AQSHda amalga oshirilgan vahshiyona voqealar yana bir bor tasdiqladi.

O`zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jahon jamoatchiligi e’ti-borini Afg`onistondagi fuqarolar urushini to`xtatish muammosiga qaratib keldi. Prezi-dent I.Karimov 1993-yildayoq BMT minbaridan turib, bu muammoni hal etishning dast-labki qadami sifatida ayrim davlatlarning muxolifat tomonlarga qurol-yarog` yetkazib berishini taqiqlash haqida qaror qabul qilishga, muxolifat tomonlarni esa Afg`oniston muammosini tinch yo`l bilan hal etishga chaqirdi.

Shu maqsadda, Tolibon hukumati va Shimoliy Alyans vakillarini muzokaralar stoliga o`tqazishga harakat qildi hamda bunday uchrashuvni Toshkent shahrida o`tkazishni tak-lif etdi. Va, nihoyat, 1998-yil Toshkentda “6+2” deb shartli nom bilan ataluvchi davlat-lar – Eron, Pokiston, Turkmaniston, O`zbekiston, Qirg`iziston, Tojikiston, shuningdek, AQSH va Rossiya vakillarining uchrashuvini o`tkazishga muvaffaq bo`lindi. Unda To-libon hukumati va Shimoliy Alyans vakillari ham qatnashdi. Uchrashuv so`ngida “Tosh-kent Deklaratsiyasi” deb nomlangan hujjat qabul qilindi. Uzoq yillardan beri davom eta-yotgan Afg`onistonda tinchlik o`rnatish muammosini bir uchrashuv bilan hal etib bo`l-masdi. Shunday bo`lsada, Toshkent uchrashuvi o`tkazilishining o`zi jahon hamjamiyati e’tiborini yana bir bor bu muammoga qaratishda o`ziga xos ahamiyatga ega bo`ldi.

Ayni paytda, I.Karimov xalqaro terrorizmga qarshi kurash jahon jamoatchiligining asosiy vazifalaridan biri ekanligini qayta-qayta ta’kidlamoqda. Chunonchi, 1999-yilning 18–19-noyabr kunlari Istambul shahrida bo`lib o`tgan YXHT sammitida xalqaro terrori-zmga qarshi kurash vazifasini yana bir bor ko`tardi. I.Karimov yig`ilishda so`zlagan nut-qida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash uchun BMT doirasida xalqaro markaz tuzishni taklif etdi. Uning mazmuniga yanada aniqlik kiritib, bu haqda, jumladan, quyidagilarni ta’kidlaydi: “Xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini kes-kin qo`yishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Markazning asosiy vazifasi terro-rizm ko`rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro terrorizmni mablag` bilan ta’min-layotgan, qo`llab-quvvatlayotgan, qurol-yarog` bilan ta’minlab, joylarga jo`natayotgan manbalarga qarshi kurash bo`yicha qabul qilingan qarorlarning so`zsiz bajarilishi bo`yi-cha faoliyatlarni muvofiqlashtirishdan iborat bo`lishi lozim”.

Afsuski, I.Karimov takliflariga o`z vaqtida quloq solinmadi. Oqibatda, xalqaro terro-rizm 2001-yil 11-sentabrda AQSHda vahshiyona jinoyat sodir etdi. AQSHdagi fojiadan keyingina buyuk davlatlar harakatga tushib qoldilar. AQSH hukumati Afg`oniston hudu-diga joylashib olgan xalqaro terrorchilarni yo`qotish hamda ularni tayyorlovchi markaz-larni yo`q qilishga qaratilgan harbiy operatsiyalar o`tkazish haqida qaror qabul qildi. Ay-ni paytda, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat yordamiga umid bog`lashini bildirdi.

O`zbekiston ham xalqaro terrorizmga qarshi kurashda qatnashuvchi davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. 2001-yilning oktabrida AQSH Mudofaa vaziri D.Ramsfeld O`zbekistonga tashrif buyurdi. O`zbekistonning AQSH yuk samo-lyotlari hamda vertolyotlari uchun bitta harbiy aerodrom ajratishi haqida kelishivga erishildi. Bu havo kuchlari faqat gumanitar hamda qidiruv-qutqaruv ishlaridagina qatna-shishi qat’iy belgilandi. Shuningdek, O`zbekiston hukumati o`z hududidan Afg`oniston-ga havodan yoki yerdan hujum uyushtirilishiga yo`l qo`ymasligini ochiq-oydin ma’lum qildi.

AQSH hukumati 2001-yilning 8-noyabridan Afg`onistondagi terrorga tayyorlovchi markazlarni yo`qotishga qarshi qaratilgan harbiy operatsiyalarni amalga oshirishga ki-rishdi. Bu operatsiyalar xalqaro terrorizmga qarshi koalitsiya yordamida muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazildi. Mamlakatni H.Karzay boshchiligidagi vaqtli demokratik hukumat boshqardi va u 2004-yil 9-oktabrda Afg`oniston prezidenti etib saylandi.



Karzay Hamid – Afg`oniston prezidenti. 1957-yil 24-dekabrda Qandahorda “Qanda-hor qiroli” va M.Zokirshohning do`sti, senator Abulahad Karzay oilasida dunyoga ke-ladi. Politologiya mutaxasisligi bo`yicha Hindistonda tahsil oladi.

1978-yildan Afg`onistonda SSSR qo`shinlariga qarshi kurash harakatiga qo`shiladi. AQSHning Afg`onistonga moliyaviy yordam ko`rsatishida yagona vositachi vazifasini o`tagan. 1992-yildan Afg`oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri o`rinbosari la-vozimiga tayinlanadi va bu lavozimdan 1994-yilda iste’foga chiqadi. Ayni paytda, to-libonlar harakati yetakchisi Mulla Umar bilan tanishadi hamda unga qurol va pul bilan yordam ko`rsatadi.

1999-yilda otasining vafotidan keyin 500 ming kishidan iborat bo`l-gan pushtun qabilasiga (Qandahordagi) rahbarlik qiladi. Tolibonlar tomonidan otasining o`limida ayblanganidan so`ng, ularga qarshilik ko`rsatish harakatining tuzilishni e’lon qiladi. 2001-yilning kuzida, Af-g`onistonda antiterroristik operatsiyalar boshlanganida tolibonlarga qarshi operatsiyalarga shaxsan o`zi rahbarlik qiladi. H.Karzay uning oilasi egalik qilayotgan restoranlarda AQSH harbiy rahbariyati bilan maxfiy ravishda uchrashib turar edi.

2001-yil 25-dekabrda Afg`oniston muvaqqat hukumatini boshqarish vakolatini qo`lga kiritadi. 2004-yil 9-sentabrda mamlakat prezidenti etib saylanadi.

Bugungi kunda Afg`onistonda nisbatan tinch bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. O`zbekistonning yordami tufayli Xayraton (Termiz) – Mozori Sharif birinchi temir yo`li qurildi. O`zbek quruvchilari Afg`oniston shimolidagi barcha ko`priklarni tikladi. Lekin, ahvol murakkabligicha qolmoqda. Xalqaro hamjamiyat bu borada Afg`onistonga zarur yordamini berayotir. To`g`ri, 20 yillik fuqarolar urushidan so`ng Afg`oniston iqtisodiyo-tini qayta tiklash, mustahkamlash va siyosiy barqarorlikni qaror toptirish ishi oson kech-maydi.

Tayanch so`z va iboralar:

“Kashmir muammosi”; referendum; SEATO; SENTO; Musulmon Ligasi; Xalq partiya-si; Xalq Ligasi; senzura; agressiya; harbiy to`ntarish; “harbiy holat”; repressiya; mu-xolifat; korrupsiya.

konstitutsion-monarxiya; tranzit; chodra; muxolifat; AXDP; avantyura; mujohidlar; ate-istik; repressiya; fuqarolar urushi; etnik; tolibonlar; “Al-Qoida”; ismoiliylik; vahhobiy-lik; islomlashtirish; Shimoliy Alyans; xalqaro terrorizm; “6+2”; “Toshkent Deklaratsiya-si”; sammit; koalitsiya.
Nazorat uchun savollar:


  1. Pokiston davlati qachon tashkil topdi va 1958-yilgacha qanday idora qilindi?

  2. Pokistonda nega “harbiy diktatura”lar vujudga kelgan?

  3. Bangladesh mustaqillikka qanday qilib erishdi?

  4. Z.A.Bxutto va B.Bxuttolar qanday siyosat yuritdilar?

  5. Hozirgi bosqichda Pokiston – Hindiston munosabatlari qanday?

  6. AQSHning Pokiston bilan munosabatlari qanday bo`ldi?

  7. O`zbekiston – Pokiston munosabatlariga doir nimalarni bilib oldingiz?

  8. Urushdan keyingi Afg`onistonning ahvoli qanday edi?

  9. Afg`oniston nima uchun 50-yillarda SSSR ta’sir doirasiga tushib qoldi?

  10. 1953–1963-yillarda mamlakatda qanday o`zgarishlar amalga oshirildi?

  11. 1973-yil 17-iyuldagi M.Dovudning davlat to`ntarishi haqida nimalarni bilib oldin-giz?

  12. 1978-yil aprel oyidagi davlat to`ntarishi qanday oqibatlarga olib keldi?

  13. SSSR qo`shinlarining Afg`onistonga kiritilishi qanday oqibatlarga olib keldi?

  14. Nega xalqaro hamjamiyat Afg`onistonda fuqarolar urushini to`xtatishga erisha ol-madi?

  15. O`zbekiston xalqaro terrorizmga qarshi kurashishga qanday hissa qo`shmoqda?

Mavzu: Eron Islom Respublikasi.

Reja:

  1. 1945-yil voqealari. Eron nefti uchun kurash.

  2. Oq inqilob”. Eron “islom inqilobi”.

  3. Eron inqilobdan so`ng. Eron – O`zbekiston munosabatlari.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

259-268 betlar

1-masala:



1-masala:

Ikkinchi jahon urushi oxirida Eron shoh Muhammad Rizo Pahlaviy to-monidan boshqarilar, hukumat bosh-lig`i Qavas as-Sulton edi. 1947-yilda Hakimiy va undan so`ng Razmariy hukumat boshlig`i etib tayinlandi.

1945-yili Eronda yashovchi ozar-bayjon va kurd xalqlarining milliy muxtoriyat uchun kurashi boshlandi. Eron Ozarbayjonida faoliyat ko`rsata boshlagan “Ozarbayjon demokratik partiyasi” quyidagi talablarni ilgari surdi: madaniy hayot va mahalliy boshqaruv sohasida muxtoriyat berish; ozarbayjon tilini muxtoriyat hududida rasmiy til deb tan olish; o`z parlamentiga ega bo`lish.

Bu talablar shoh hukumatining boshqa millat vakillariga nisbatan o`tkazayotgan sho-vinistik siyosati oqibati edi. 1945-yilning oxirida Eron Ozarbayjoni parlamenti (Majlis)-ga saylov o`tkazildi. Parlament shu yilning 9-dekabrida Ozarbayjon Muxtor Respublika-si tuzilganligini e’lon qildi. Saylovdan so`ng tuzilgan hukumat markaziy hokimiyatni tan olishini hamda uning muxtoriyat manfaatlariga zid bo`lmagan barcha ko`rsatmalarini ba-jarishini ma’lum qildi. Maktablarda ta’lim ozarbayjon tilida olib borila boshlandi. Ozar-bayjon davlat universiteti ochildi.

Shuningdek, 1945-yilning oxirida Shimoliy Kurdistonda ham muxtoriyat uchun ku-rash boshlandi. Tez orada muxtor Kurd Xalq Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Bu kurashga “Kurdiston demokratik partiyasi” rahbarlik qildi. Biroq, bu harakatlar, aslida, SSSR tomonidan rag`batlantirilgan va qo`llab-quvvatlangan edi. Bu esa, o`zga davlatlar ichki ishlariga bevosita aralashish edi. Ayni paytda, SSSR Eron kommunistik partiyasi (Tude)ni qo`llab-quvvatlaydi. Eron hukumati, tabiiyki, Eron Ozarbayjoni va Shimoliy Kurdistondagi voqealarni separatchilik harakati, deb baholadi.

Buyuk Britaniya hukumati esa SSSRning Eron ishki ishlariga aralashuviga qattiq qar-shilik ko`rsatdi. Chunonchi, Eronga qo`shimcha harbiy kuchlar jo`natdi. SSSR manevr qilishga majbur bo`ldi. 1946-yil 4-aprelda Eron bilan aralash sovet-eron neft kompani-yasi tuzish haqidagi shartnoma evaziga o`z qo`shinini Shimoliy Erondan olib chiqib ke-tishga majbur bo`ldi. 1946-yilning oxiriga kelib Eron hukumati bu shartnomani bekor qildi va mamlakat shimolini to`la o`z nazoratiga bo`ysundirdi. Ozarbayjon hamda Kurd muxtor respublikalarini tugatdi. SSSR bu voqealarga aralashmadi. Chunki, bunday ara-lashuv Buyuk Britaniya va AQSHning birgalikdagi aks aralashuviga duch kelishi mum-kin edi.

Ayni paytda, Eronda Buyuk Britaniya-AQSH ta’siri kuchayib bordi. 1947-yilda Eron armiyasida Amerika mutaxassislarining rahbarlik lavozimini egallashlari mumkinligini ham ko`zda tutuvchi Erondagi AQSH missiyasining faoliyati haqida Eron-AQSH shart-nomasining imzolanishi Eronda AQSH mavqeyini yanada mustahkamladi. 1950-yilda bu masala yangi shartnoma bilan mustahkamlandi. Ayni paytda, Buyuk Britaniya-AQSH qarama-qarshiligi kuchaydi.

Ingliz-eron neft kompaniyasi (IENK) Buyuk Britaniya uchun katta ahamiyatga ega edi. Bu kompaniya 1933-yilda tashkil etilgan bo`lib, uning daromadining asosiy qismini Buyuk Britaniya olar edi. Ikkinchi jahon urushidan so`ng ham ushbu kompaniyani saq-lab qolishga zo`r berib urinildi. Shu maqsadda, Buyuk Britaniya 1949-yilda “Qo`shim-cha shartnoma” deb ataluvchi shartnoma ishlab chiqdi. Unda kompaniya daromadidan Eronga beriladigan ajratma miqdorini qisman oshirish ko`zda tutilgan edi. Eron xalqi bunga qarshi chiqdi. Buyuk Britaniya shu yo`l bilan IENKda o`z xo`jayinligini saqlab qolmoqchi bo`ldi. Biroq, Eron hukumati buni rad etdi.

1951-yilning 15-martida mamlakat parlamenti IENKni milliylashtirish to`g`risida qa-ror qabul qildi. Shu yilning 29-aprelida bosh vazir lavozimiga tayinlangan, Milliy front (Eronning chet davlatlarga iqtisodiy va siyosiy qaramligiga qarshi kuchlar) rahbari M. Mosoddiq bu qarorni bevosita amalga oshirishga kirishdi. Buyuk Britaniya va AQSH har xil yo`llar bilan bunga to`sqinlik qildilar. Ular bu masalani Xalqaro tribunal (Gaaga) sudida hal etmoqchi bo`ldilar. Biroq, Eron hukumati bu sud vakolatini tan olmadi. Bu-yuk Britaniya endi BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qildi. Xavfsizlik Kengashi Eron neftini xalqaro kompaniya ixtiyoriga berish to`g`risida qaror qabul qildi. Biroq, M.Mosoddiq bu qarorni rad etdi. U Eron nefti Eronning milliy boyligi ekanligini, uni milliylashtirish Eronning ichki ishi ekanligini ta’kidladi.

Bunga javoban, Buyuk Britaniya Eronga nisbatan iqtisodiy qamal tashkil etdi. Eron hukumati esa Buyuk Britaniya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi. Shoh boshchiligi-dagi ichki g`arbparast kuchlar Buyuk Britaniya va AQSHning qo`llab-quvvatlashiga ta-yanib, 1953-yilning 19-avgustida davlat to`ntarishini o`tkazdilar. Unga general Zohidiy rahbarlik qildi. Shoh uni bosh vazir etib tayinlaydi. Barcha siyosiy partiyalar, tashkilot-lar va M.Mosoddiq siyosatini qo`llab-quvvatlagan vaqtli matbuot nashrlari tor-mor etil-di. Shu tariqa, Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy o`z mavqeyini mustahkamlab oldi.

Yangi hukumat 1954-yilda “Xalqaro neft konsorsiumi” bilan shartnoma imzoladi (un-da AQSH va Buyuk Britaniya neft kompaniyalari yetakchi mavqega ega edi). Shartno-maga ko`ra, Eron nefti 25 yil muddatga (1979-yilgacha) ushbu konsorsium ixtiyoriga berildi. Konsorsiumning neft qazib chiqarishi yildan-yilga o`sib bordi. Xususan, 1950-yilda u 32 mln. tonnani tashkil etgan bo`lsa, 1961-yilga kelib bu ko`rsatkich 57 mln. ton-naga yetdi.

Ayni paytda, Eron ham neft eksportidan katta daromad topa boshladi. 70-yillar o`rta-lariga kelganda bu daromad 20 mlrd. AQSH dollaridan oshdi. Eron 1955-yilda “Bag`dod pakti” (SENTO)ga a’zo bo`ldi. “Eyzenxauer doktrinasi”ni qo`llab-quvvatladi. 1959-yil-da AQSH bilan shartnoma tuzib, unga deyarli qaram bo`lib qoldi. Byudjetning 40 foizi harbiy maqsadlarga ketdi.

4-masala:

1955-yildagi qonun bilan Eronda 1000 dan ortiq turli firmalar ish ko`rar edi. Buning oqibatida Eronning mahalliy sanoati sindi. Ko`plab korxonalar yopildi. Import eksport-dan 5 baravar ortdi. Eron AQSHdan g`alla sotib oldi. Eron shohi mamlakat taraqqiyotini jadal sur’atlarda tezlatishga, og`ir iqtisodiy ahvoldan qutilishga va mamlakat hayotida G`arb davlatlariga munosabatlarni qaror toptirishga, to`xtovsiz davom etayotgan norozi-lik to`lqinlarini bostirishga harakat qildi.

Shu maqsadda, 1963-yilning 23-yanvarida quyidagi 6 ta qonun loyihasi yuzasidan re-ferendum o`tkazildi: 1. yer islohoti; 2. o`rmonlarni milliylashtirish; 3. yer islohotini mo-liyalashtirish uchun davlat korxonalarini sotish; 4. ishchilarning korxona foydasidan ulush olishi; 5. parlament saylovi qonuniga o`zgartirish kiritish; 6. savodsizlikka qarshi kurashish uchun “maorif korpusi”ni tuzish.

Shoh bu islohotlar ahamiyatini inqilobga tenglashtirdi va uni “oq inqilob” deb atadi. Sanoat ishlab chiqarishining yillik o`rtacha o`sish sur’ati 10–15 foizni tashkil etdi. Islo-hot natijasida Eron agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. Ayollarga erkaklar bilan teng saylov huquqi berildi. Hayotga yevropacha tus berila boshlandi. Mamlakat “Garb dunyosi”ning bir qismiga aylandi.

Biroq, islohot xalqning turmush darajasini yaxshilamadi. Chunki, Eron jamiyati agrar islohotga tayyor emas edi. Buning ustiga, islohot juda tez sur’atlar bilan o`tkazila bosh-landi. Aholining ongi esa buni o`ziga singdira olmadi. Chunki, iqtisodiy islohot dastlab aholi turmush darajasini pasaytirib yuborishi tabiiydir. Bundan tashqari, islohot aholini-ng ma’lum tabaqasini haddan tashqari boyitib yubordi. O`n millionlab odamlar esa kam-bag`allashdi. Jamiyatdagi bu o`zgarishlar aholi ko`z o`ngida islom an’analaridan, asrlar osha davom etib kelayotgan turmush tarzidan voz kechishdek gavdalandi. Xalq norozi-ligi kuchaydi. Xalqqa qarshi maxfiy politsiya (SAVAK) tashkil etildi. Uning yerto`lala-rida 380 mingdan ortiq eronliklar yo`q qilindi. Bu hodisa g`arbcha tamoyillar asosida o`tkazilayotgan islohotlarga boshdanoq qarshi bo`lgan ruhoniylarga qo`l keldi.

Diniy mutaassiblik aholi ongini chulg`ab olgan jamiyatda ruhoniylarning mavjud hukmron doiralarga qarshi turishi ular uchun juda katta xavf tug`dirar edi. Shoh huku-mati muxolifat kuchlarga qarshi repressiyani kuchaytirdi. Bu hol shohga qarshi kurash harakatini vujudga keltirdi. Harakatni islomning shia oqimi ruhoniylari boshqardi. Ular-ning rahnamosi Eronning oliy diniy arbobi Oyatullo Ruhullo Musovi Xumayniy edi. U ham 1964-yilda shoh repressiyasiga duchor etilgan edi. U inqilob arafasida Parijda ya-shar edi.

Eron aholisining juda katta qismi shohga qarshi kurashga qo`shildi. Armiyaning katta qismi shohni qo`llamay qo`ydi. Natijada, 1979-yilning 16-yanvarida shoh Muhammad Rizo Pahlaviy mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo`ldi. Shu yilning 11-fevralida esa umumiy qurolli qo`zgolon boshlandi va armiya ham qo`zg`olonchilar tomoniga o`tdi. Shu tariqa, Eronda inqilob g`alaba qildi. Bu inqilob “islom inqilobi” edi. 15-fevral kuni Oyatullo Xumayniy Eronga qaytib keldi. U “islom inqilobining rahnamosi” deb e’lon qi-lindi. Mamlakat ruhoniylari yangi hukumat tuzdilar.

1979-yilning 1-aprelida davlatning rasmiy nomi ham o`zgardi. Endi, u Eron Islom Respublikasi deb ataladigan bo`ldi. Ayni paytda, yangi Konstitutsiya ham qabul qilindi. Konstitutsiya Oyatullo Xumayniyni umrbod mamlakatning oliy siyosiy va diniy rahbari deb e’lon qildi. Hatto, mamlakat prezidenti ham unga bo`ysunar edi. 1979-yilda Tehron-da AQSH diplomatlari garovga olindi va 1981-yilning yanvarida Eron-AQSH bitimidan keyin ozod etildi. 1980-yilda mamlakat prezidenti va parlamenti (Majlis) saylandi. Diniy bo`lmagan hamda milliy partiyalar faoliyati taqiqlandi.

Garchand, Eron ham ko`p millatli davlat bo`lsada, oliy rahbariyat barcha musulmon-larning tengligini ro`kach qilib, mamlakatda milliy masala tan olinmasligini ta’kidladi. Shu tariqa, yangi rahbariyat ichki siyosatda jamiyat va davlat hayotini to`la islomlashti-rish siyosatini yurita boshladi.

Ichki muxolifatni tugatish maqsadida Oyatullo Xumayniy “islom madaniy inqilobi”ni e’lon qildi. Bu hol hukmron doiralar orasida ham kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Mamlakatning birinchi prezidenti Banisadr Xumayniy atrogidagilarning ekstremistik ha-rakatiga qarshi chiqdi. Oxir-oqibatda u mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo`ldi.

5-masala:

Oyatullo Xumayniy o`z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida uning rejimiga qar-shi chiqqanlarni qatag`on qilishni uyushtirdi. Natijada, 1982–1984-yillar davomida 70 mingdan ortiq kishi o`ldirildi. Biroq, jahon jamoatchiligi talabi Eron rahbariyatini o`z ichki siyosatini yumshatishga majbur etdi.

1989-yilda Oyatullo Xumayniy vafotidan so`ng mamlakat prezidentligiga saylangan Ali Akbar Xoshimiy-Rafsanjoniy iqtisodiy islohot o`tkaza boshladi. Ayni paytda, ijtimo-iy hayotni liberallashtirish yo`lini tutdi. Biroq, bu yo`l katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bu, bir tomondan, 1980–1988-yillarda davom etgan Eron-Iroq urushi oqibatida ko`rilgan katta iqtisodiy yo`qotish (350 mlrd. AQSH dollari miqdorida zarar ko`rildi, 700 ming eronlik o`ldi) bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan, AQSHning Eronni xalqaro terro-rizm markazlaridan biri deb e’lon qilishi bilan bog`liq edi. AQSH Eron bilan savdo alo-qalarini to`xtatib qo`ydi. Boshqa G`arb davlatlari esa Eronga ilg`or texnologiya kiritishni taqiqlab qo`yishdi.

Aholining ishlab chiqarish sur’atiga nisbatan tez ko`payishi, jahon bozorida neft nar-xining pasayishi, ayni paytda, Eronda neft ishlab chiqarishning 2 baravar kamayishi va-ziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday sharoitda, 1997-yilning avgust oyida Mu-hammad Xotamiy mamlakat prezidentligiga saylandi. U shia ruhoniylarining yangi avlo-diga mansub edi. M.Xotamiy tashqi siyosatda AQSH va G`arbning boshqa davlatlari bi-lan munosabatlarni yumshatishga intildi. Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlan-tira boshladi. Rossiya Eronga kimyo sanoatini rivojlantirishda, atom elektr stansiyasi qu-rishda hamda armiyani zamonaviy qurollar bilan qurollantirishda yordam berdi. Ayni paytda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlandi. 1996-yilda Mashxad (Eron) – Saraxs (Turkmaniston) temir yo`li qurilishini tugallashga mu-vaffaq bo`lindi. Buning natijasida Markaziy Osiyo respublikalari Fors ko`rfaziga chiqish imkoniga ega bo`ldilar. Eron rahbariyati Afg`onistondagi voqealarga ham faol aralashib keldi. Uning bu aralashuvi Afg`onistonning muxolifatchi kuchlaridan biri – Shimoliy Alyansni qo`llab-quvvatlashdan iborat bo`ldi.

2001-yildagi prezidentlik saylovida yana M.Xotamiy g`alaba qozondi. Eronda jamiyat hayotini liberallashtirish siyosati davom etdi. 2005-yilgi prezidentlik saylovidan keyin esa Mahmud Ahmadiy Najod mamlakat prezidenti lavozimiga keldi.

Eron Islom Respublikasi 1992-yil 10-mayda O`zbekiston bilan diplomatik munosa-batlarni o`rnatdi. O`zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1992-yil noyabr oyidagi Eronga rasmiy safaridan so`ng mamlakatlarimiz o`rtasida hamkorlik miqyosi yanada kengaydi. Eronning “Pars grupp”, “Sepand grupp” va boshqa firmalari respublikamizda faoliyat ko`rsatmoqda. Bir qancha qo`shma korxonalar tashkil etilgan.

Eron Islom Respublikasining O`zbekistondagi elchisi S.Gulpoyagoniy 1993-yilning oktabrida O`zbekiston FAning Sharqshunoslik institutiga fors tilining ko`p jildli mu-kammal lug`atini hamda Alisher Navoiyning dastxati nusxalarini taqdim etdi. Respub-lika madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasi huzurida O`zbekiston-Eron aloqalari ri-vojlanishidan minnatdorligini bildirdi.

1993-yilning 18-oktabrida Eron Prezidenti A.A.Xoshimiy-Rafsanjoniyning O`zbekis-tonga rasmiy tashrifi mamlakatlar o`rtasida hamkorlikning yanada samarali bo`lishiga ko`maklashdi. Unda tranzit aloqalarini tartibga solish, xalqaro avtomobil qatnovi haqida va boshqa bitimlar imzolandi. 1992–1996-yillarda uzunligi 295 km. bo`lgan Mashhad – Saraxs – Tajan temir yo`li qurilishi O`zbekistonning Fors qo`ltig`iga chiqishiga imkon yaratdi.

Shunday qilib, Eron hozirgi kunda dunyo diqqat markazida turgan mamlakatdir. Uni-ng yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish dasturi AQSH va boshqa G`arb davlatlariga yoqmayapti. Ular Eronni turli tarafdan siquvga olishga harakat qilmoqdalar. Lekin, Eron rahbariyati o`z yo`lidan qaytmayapti.
Tayanch so`z va iboralar:

repressiya; Buyuk Millat Majlisi; “favqulodda holat”; senzura; korrupsiya; “Umumiy bozor”; muxtoriyat; shovinistik; Tude; manevr; missiya; IENK; “Qo`shimcha shartno-ma”; Milliy front; Xalqaro tribunal; konsorsium; “Bag`dod pakti”; SENTO; “Eyzenxa-uer doktrinasi”; “oq inqilob”; SAVAK; “islom inqilobi”; “islom madaniy inqilobi”; libe-rallashtirish.

Nazorat uchun savollar:


  1. Urushdan keyingi yillarda Turkiyaning ahvoli qanday edi?

  2. Demokratik partiya qanday qilib hokimiyatga keldi?

  3. 1960-yilda nega davlat to`ntarishi o`tkazildi?

  4. 1971-yildagi davlat to`ntarishini kimlar o`tkazdilar?

  5. Turkiya tashqi siyosati to`g`risida nimalarni bilasiz?

  6. Turkiya – O`zbekiston aloqalari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  7. Urushdan keyingi yillarda Eronning ahvoli qanday edi?

  8. M.Mosoddiq siyosati haqida nimalarni bilib oldingiz?

  9. “Oq inqilob”ning mohiyati nimada edi?

  10. Eronda “islom inqilobi” qanday amalga oshdi?

  11. Oyatullo Xumayniy kim edi?

  12. Eron tashqi siyosati qanday kechdi?


Mavzu: Xitoy Xalq Respublikasi.

Reja:

  1. 1946–1949-yillardagi fuqarolar urushi. XXRning tashkil topishi.

  2. XXRda yangi kuchlarning hokimiyatga kelishi. Iqtisodiy yuksalish.

  3. Tashqi siyosat. XXR – O`zbekiston munosabatlari.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

240-246 betlar

1-masala:



Xitoy. Poytaxti – Pekin. Aholisi – 1 mlrd. 298,5 mln. kishi (2004). Maydoni – 9 mln. 597 ming kv. km. Rasmiy tili – xitoy (mandarin dialekti). Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 22 provinsiya, 5 avtonom tuman va 3 markazga bo`ysunuvchi shahar. Pul birligi – yuan = 100 fen. Milliy bayrami: 1-oktabr – XXR e’lon qilingan kun (1949).

Ikkinchi jahon urushi tugashi arafasi-da Xitoyda amalda 3 ta hokimiyat mav-jud edi. Bular:



  1. Xitoydagi Yaponiya ma’muriyati;

  2. shimol va shimoli-sharqda Xitoy kommunistik partiyasi (XKP) boshchili-gidagi hokimiyat;

  3. janubi-g`arbda Gomindan huku-mati (Chan Kayshi yetakchiligida).

Yaponiya tor-mor etilgach, uning Xi-toydagi ma’muriyati ham quladi. 1946-yilning yozida Gomindan armiyasi XKP armiyasi egallab turgan hududga hujum qildi. Shu tariqa, yana fuqarolar urushi boshlandi va bu urush 1949-yilning kuzigacha davom etdi. Nihoyat, urushda Gomindan armiyasi yengil-di. Uning qolgan-qutgan qismi Chan Kayshi boshchiligida Tayvan oroliga (AQSH pano-hida) joylashib oldi.

XKP hokimiyatni to`la egallagach, 1949-yilning 1-oktabrida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tashkil etildi. XKP mamlakatda sotsializm qurilishini e’lon qildi. 1950-yil 30-iyundagi qonun asosidagi islohot natijasida katta yer egaligi tugatildi. Dehqonlarga 47 mln. gektar yer bo`lib berildi. 1950-yilda Tibet bosib olindi va Dalaylama Hindistonga qochdi. 1956-yilgacha qishloq xo`jaligi shirkatlari tuzildi. Bir vaqtning o`zida, mamla-katda industrlashtirish ham boshlandi. Bu borada SSSR XXRga katta yordam ko`rsatdi. Uning yordami bilan 250 dan ortiq yirik sanoat korxonalari qurildi.

XXRda ham xalq xo`jaligi, SSSRda bo`lgani kabi, besh yillik rejalar asosida rivojlana boshladi. 1953–1957-yillarda birinchi besh yillik rejani bajarish uchun kurash bordi va u muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu muvaffaqiyat XKP rahbariyatini ruhlantirib yubordi. Barcha kommunistik partiyalarga xos bo`lgan xomxayollik Mao Szedun boshchiligidagi XKP rahbariyatini ham chetlab o`tmadi.

1958-yilda XKP “Katta sakrash” deb atalgan, 1958–1962-yillarga mo`ljallangan, yan-gi bosh yo`lni tasdiqladi. Uning mazmuni iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, katta sakrashni amalga oshirish va kommunistik jamiyat qurishdan iborat edi. “Insoniyatning baxtli kelajagi”, deb e’lon qilingan kommunizmni qurishning asosiy vositasi haq to`lan-maydigan mehnat bo`lishi zarur edi. Bu narsa “uch yillik qattiq mehnat – o`n ming yil-lik baxt-saodat” shiori ostida o`tishi kerak edi. Qishloq xo`jaligi shirkatlari o`rniga o`rta-cha 20 ming dehqonni birlashtirgan “xalq kommunalari” tuzildi. Unda hamma narsa umumiylashtirildi. Mahsulotni hammaga baravar taqsimlash tamoyili joriy etildi. Sanoat 6,5 baravar, qishloq xo`jaligi esa 2,5 baravar o`sishi mo`ljallandi. Dehqon mehnati qattiq tartibga bo`ysundirildi. Ular ishga saf tortgan holda borardilar.

Biroq, tez orada “Katta sakrash” barbod bo`ldi. Ikki yilda (1958–1960) xalq xo`jaligi 100 mlrd. yuan zarar ko`rdi. Qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi kamay-di. Hatto, ayrim hududlarda ocharchilik ham boshlandi. Sanoat ishlab chiqarishi ham pa-saydi. Shu tariqa, iqtisodiy inqiroz yuz berdi. Oqibatda, M.Szedun siyosatiga qarshi mu-xolifat vujudga keldi va uning siyosatini qattiq tandiq qila boshladi. Bunga javoban M. Szedun qatag`on siyosatini qo`lladi. Bu siyosat, Xitoy tarixiga “buyuk proletar madaniy inqilobi” nomi bilan kirgan.

1966-yildan boshlangan va 1976-yilgacha davom etgan “madaniy inqilob”, aslida, ja-miyatdagi M.Szedun siyosatiga qarshi kuchlarni amalda yo`q qilishni anglatar edi. Bu-ning oqibatida ko`plab partiya, davlat va harbiy kadrlar qatag`on qilindi. Xitoy chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshdan kechira boshladi. “Xunveybin”lar otryadlarining bosh-boshdoqliklari avj oldi. Kishilarni to`g`ridan-to`g`ri ko`chalar va uylardan ushlab, qayta tarbiyalash “maxsus lagerlari”ga jo`natish oddiy holga aylandi. Ular orasida taniqli olimlar, partiya arboblari, davlat muassasalari xizmatchilari, san’at xodimlari ham bor edi. “Xunveybin”lar otryadlari maktab o`quvchilari, talabalar, daydilar va hayotda ishi yurishmagan omadsizlardan tashkil topgan edi. Ulardan 100 mln.ga yaqin kishi jabr ko`rdi. Mamlakat iqtisodiyoti 500 mlrd. yuan zarar ko`rdi.

2-masala:

1976-yilning sentabrida M.Szedun vafot etdi. Bu hodisa Xitoyda hokimiyat uchun ku-rashni avj oldirdi. XKP rahbarligiga Xua Gofen keldi. M.Szedunning xotini Szyan Sin va yana XKP Siyosiy byurosining uch a’zosi (“to`rtlar to`dasi”) “ishlab chiqarishga juda katta zarar keltirganlikda” ayblanib, qamoqqa olindi. Oxir-oqibatda hokimiyat tepasiga “pragmatiklar” deb atalgan guruh keldi. Bu guruhga “madaniy inqilob” yillarida qata-g`on qilingan Den Syaopin rahbarlik qilardi. XKPning yangi rahbariyati M.Szedun yo`-lini xato deb e’lon qildi. “Katta sakrash”, iqtisodiyotning to`la davlat nazoratiga olingan-ligi mamlakat va xalqqa ulkan kulfat keltirganligi tan olindi hamda ular qoralandi.

1978-yildan “pragmatiklar” aralash iqtisodiyotni yoqlab chiqdilar. Davlat rahbarligida bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`li tanlandi. Bu tarixga “iqtisodiy va siyosiy hayotni mo-dernizatsiya qilish”, degan nom bilan kirdi. Chet el sarmoyalari oqimini barqarorlashti-rish uchun mamlakatning janubiy hududlarida bir qator maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi. Qishloqda “xalq kommunalari” tarqatib yuborildi va shirkat tizimi bekor qilindi. Ularning o`rniga “oila pudrati” joriy etildi. Shu yo`l bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash vazifasi hal etildi.

Sanoatda ham chuqur islohotlar o`tkazildi. Chunonchi, davlat korxonalari xo`jalik hi-sobi asosida ishlaydigan bo`ldi. Kichik va o`rta tadbirkorlikka keng yo`l ochildi. Ayni paytda, sanoatning maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Yangi siyosat o`z samarasini bermay qolmadi. 80-yillar oxiriga kelib Xi-toy ko`mir, televizor, shoyi-gazlama, sement ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda birinchi o`ringa chiqdi. Mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari bilan o`zini-o`zi ta’minlaydigan bo`l-di. Bular, o`z navbatida, aholi turmush darajasining o`sishiga olib keldi.

90-yillarda mamlakatda po`lat, rangli metallar eritish, sement, mineral o`git ishlab chiqarish, ko`p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To`qimachilik sanoati mahsulotlari ja-hon bozorini egalladi. An’anaviy hunarmandchilik: ipakdan, suyakdan badiiy buyumlar yasash, chinni mahsulotlar ishlab chiqarish mashhur bo`ldi. Dengiz mahsulotlari, dorivor o`simliklar, yog`och mahsulotlarni ishlab chiqarish ko`paydi. Ishlab chiqarishda samara-dorlik oshdi.

1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy islohotning yangi bosqichi boshlandi. Bu bos-qich islohotni jadallashtirish va chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatni mafkuradan xoli qi-lish va rejali boshqaruvdan bozor iqtisodiyotiga izchillik bilan o`tish bosqichi, deb nom oldi. Bu bosqich, ayni paytda, iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayib borishini ham o`z ichiga oladi. Amalda shunday bo`lmoqda ham.

Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25 davomida olamshumul muvaffa-qiyatlar qo`lga kiritildi. 1998-yilda ichki ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1978-yil-dagidan 5,4 hissa ortiq bo`ldi. Xitoyda ishlab chiqarish qoldiqlarini qayta ishlash keng yo`lga qo`yildi. Xitoy har yili rivojlangan davlatlardan ishlab chiqarish qoldiqlarini sotib olib, qayta ishlaydi va milliardlab foyda oladi. Xitoy har yili AQSHdan 14 mlrd. dollar-ga chiqindi sotib oladi.

Hatto, 1998-yilda Osiyodagi moliyaviy inqiroz hamda tarixda kam uchraydigan kuch-li suv toshqiniga duch kelinganda ham Xitoyda ishlab chiqarishning umumiy qiymati 7,8 foizga o`sdi. Bu davrda qator sanoat va qishloq xo`jalik mahsulotlari, masalan, guruch, paxta, go`sht, yog`-moy, ko`mir, po`lat, sement, gazlama, televizor ishlab chiqarish bo`-yicha Xitoy dunyoda birinchi o`ringa chiqdi. Davlat tashqi pul muomalasi zaxirasi 45 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Xitoy oldingi iqtisodiy qoloq holatdan AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiyadan keyin dunyoda 7-o`ringa chiqdi.

Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir ko`rsatayotgan eng muhim sabablardan biri davlatning to`g`ri iqtisodiy siyosati va bu iqtisodiy islohot mobaynida tuzilgan iqtisodiy qonunlardir. Xitoy iqtisodiy islohot davomida bozor xo`jaligini yo`lga qo`ygan davlat-larning tajribalarini ijodiy o`zlashtirib, o`tgan yillar davomida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan ko`plab qonun, nizom, qoida va qarorlarni qabul qildi hamda ularni yangidan vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar xarakteriga moslashtirib, vaq-ti-vaqti bilan tuzatib bordi. Bu qonunlar islohot natijalarini himoyalash va mustahkam-lashni, bozor munosabatlariga oson o`tish va uning mo`tadil rivojlanishini kafolatlagan.

90-yillardan belgilangan “sotsialistik bozor xo`jaligi”ga o`tishning mazmuni shuki, qishloq xo`jaligini tartibga solish, yerni ayrim xonadonlarning yakka xo`jalik yuritishiga asoslangan “oilaviy pudrat” deb atalgan usulda ishlash, dehqonlarning tomorqa uchast-kalarini kengaytirish, yordamchi hunarmandchilikni rivojlantirish, ortiqcha mahsulotni bozorda dehqonning o`zi sotishi imkoniyatini yaratishni ko`zda tutadi. Shaharlarda “di-rektiva asosida rejalashtirilgan sohani qisqartirish”, sanoat korxonalarini “mustaqil xo`-jalik tashkilotlari”ga aylantirish, tovar munosabatlarini rivojlantirish, “narx-navo davlat yo`li bilan bir xil qilib belgilab qo`yiladigan sohani toraytirish”, chog`roq xususiy va ja-moa korxonalari, kosibchilik ustaxonalari faoliyatini, asosan, xizmat ko`rsatish va sav-do-sotiq xususiy korxona egaligini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiga chet el sarmoyasi-ni jalb qilish xo`jalik tizimi islohotining bosh bo`g`ini bo`ldi.

XXR rahbariyatining so`zlariga qaraganda, mamlakatdagi sotsialistik asosda bozor iq-tisodiga o`tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilmoqda:


  • 2000-yilgacha sanoat va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining yalpi mahsuloti 4 baravar ko`payib, xalq turmushi o`rtacha darajasiga erishildi;

  • 1-yilgacha (XKPning 100 yilligi) Xitoyni o`rtacha rivojlangan mamlakat dara-jasiga ko`tarish;

  • 9-yilgacha (XXRning 100 yilligi) Xitoyni yuksak darajada rivojlangan zamo-naviy davlatga aylantirish vazifasi qoyilgan.

Xitoyda iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunlar ikkiga: fuqarolik va iq-tisodiy qonunlarga bo`linadi. Ular bozor sub’ektlarini, ya’ni, korxonalarning vujudga ke-lishi, ularni boshqarish ishlarini zamonaviylashtirish va faolligini ishga solishni, o`zgar-tirilishi, bekor qilinishi, qonunni buzuvchilarning javobgarligini o`z ichiga oladi. Shuni-ngdek, bozor tartibini muqim ushlab turish, bozorning rolidan to`liq foydalanish, mono-poliya va noqonuniy raqobatni cheklash, mahsulot sifatiga kafolat berish, iste’molchilar-ning huquq va manfaatlarini himoya qilish, patent va tovar markasini berish, turli shart-nomalar tuzish, ijaraga berish, aksiya savdosi bilan shug`ullanish, chek hujjatlarini tar-tibga solish, uy-joy, tijorat hamda bularni buzuvchilarni qanday jazolash haqida maxsus qonunlar mavjud bo`lib, ularning bajarilishi qattiq nazorat qilinadi. Korrupsiya va pora-xo`rlik eng og`ir jinoyat hisoblanadi. 2004-yilda yuzlab kishilar poraxo`rlik uchun otish-ga hukm qilindi.

Ayni paytda, bozor boyliklarini joylashtirishda makro jihatdan nazorat qilish, davlat-ning umumiy manfaati va kelajagini, xalq xo`jaligining uzluksiz, muhim, to`g`ri yo`ldan rivojlanib borishini kafolatlash, ijtimoiy taraqqiyot va xalq xo`jaligi rejalarini tuzish, to`g`ri statistika qilish, soliqni tartibga solish, bahoni belgilash va nazorat qilish masala-lari aniq tartibga solingan. Ijtimoiy kafolat ham qonun orqali himoyalangan, raqobat ja-rayonida xavf-xatar yuzaga kelsa, davlat bu ishga aralashadi.

1993-yildan to 2003-yilgacha XKP yetakchisi va XXR raisi Szyan Szemin bo`ldi. 2003-yildagi konstitutsiyaga muvofiq u iste’foga chiqdi va uning o`rnini Xu Szintao egalladi. 2004-yilning 28-sentabrida 78 yoshli S.Szemin Markaziy Harbiy Kengash raisi lavozimidan iste’fo berdi. XXR raisi Xu Szintao ushbu lavozimni ham egalladi.

3-masala:

Urushdan keyin Xitoy SSSR bilan yaqin munщsabatda bo`ldi. Yuqorida aytib o`tilga-nidek, 1950–1960-yillarda SSSR 250 dan ortiq korxona qurishda ko`maklashdi va 11 mingdan ortiq sovet mutaxassislari ishladi. Lekin, 60-yillardan XXR-SSSR munosabat-lari buzildi. 1962-yilda Himolaydagi chegara masalasida Hindiston bilan qurolli mojaro kelib chiqdi. 60-yillarda Xitoy V’etnamga iqtisodiy va harbiy yordam ko`rsatdi.

70-yillardan Xitoy AQSH bilan munosabatlarni yaxshiladi. 1971-yilda AQSH prezi-dentining Milliy xavfsizlik bo`yicha yordamchisi G.Kissinjer maxfiy ravishda Xitoyga keldi va ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, XXRni SSSRga qarshi qo`yishda katta xizmat qildi. 1972-yilda AQSH prezidenti R.Nikson XXRga rasmiy tashrif buyur-di. 1979-yilda XXR bilan AQSH o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

M.Szedun vafotidan keyin XXR-SSSR munosabatlarida biroz iliqlik paydo bo`ldi. 1979-yilda V’etnam Kambojadagi xitoyparast “qizil kxmerlar” hukumatini ag`dargani-dan so`ng Xitoy V’etnamga qarshi harbiy harakat uyushtirdi. SSSR rahbari M.Gorba-chyovning 1989-yildagi XXRga rasmiy safaridan keyingina sovet-xitoy munosabatlari yaxshilandi. Biroq, birozdan keyin SSSR parchalanib ketdi hamda Xitoy-Rossiya muno-sabatlari o`ziga xos yo`ldan bormoqda.

1997-yilda Buyuk Britaniya Xitoyga Gongkongni qaytarib berdi.

XXR BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi. Uning siyosati Osiyo qit’asida tinchlikni saqlashdan iborat. Mamlakatda tinch-totuv yashashning besh tamoyili (“pan-cha chila”) ishlab chiqildi: hududiy butunlik va suverenitetni o`zaro hurmat qilish; hu-jum qilmaslik; bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik; tenglik va o`zaro foyda; tinch-totuv yashash. XX-asr oxiriga kelib Xitoy dunyoning barcha davlatlari bilan yaxshi mu-nosabatlar o`rnatdi. Bu narsa jahonda Xitoyning obro`si oshishiga katta ta’sir ko`rsatdi.

1992-yilning martida O`zbekiston Prezidenti I.Karimovning Xitoy Xalq Respublikasi-ga rasmiy safari bo`ldi. Bu safar davomida 16 ta hujjat imzolandi. XXR raisi Li Shankun Xalq majlislari uyida O`zbekiston delegatsiyasini qabul qilish marosimida: “Xitoy bilan O`zbekiston hukumat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning ko`pgina masalalari-ni hal etishlari mumkin. Chunki, bundan avval ham ikki mamlakat o`rtasida yaxshi mu-nosabatlar o`rnatilgan edi”, – deb ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikka katta baho ber-di. Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda qator bi-timlar, jumladan, axborot ayirboshlash, radio-televideniya, banklar, transport, aloqa, sar-moyalarni rag`batlantirish, hamjihatlik, tovarlar yetkazib berish va davlat krediti, sog`-liqni saqlash, ta’lim hamda sport masalalari bo`yicha tuzilgan shartnomalar va bitimlar ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko`tardi.

1992–1993-yillarda Xitoy ajratgan kredit hisobidan respublikamizga minglab tonna guruch va choy keltirildi. O`zbekiston Xitoyga “Il-76” samolyotlarini yetkazib bermoq-da. 1994-yilda O`zbekistonda 78 ta o`zbek-xitoy qo`shma korxonasi faoliyat ko`rsatdi. Jumladan, Urganch ipak ishlab chiqarish birlashmasida “Suju” firmasi bilan hamkorlik-da velyur, pambarxit kabi materiallar ishlab chiqaradigan korxona qurildi. Toshkentdagi 59-makrab xitoy tilini o`rganishga ixtisoslashgan litseyga aylantirildi.

1994-yilning aprelida XXR Davlat Kengashi rahbari Li Pen O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi va qator bitimlar imzolandi. Jizzaxda Xitoyning “Nunkel” firmasi bi-lan hamkorlikda yog`och tolali plita ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.

XX-asr 90-yillarining o`xiri – XXI-asr boshlarida O`zbekiston Prezidenti I.Karimov XXRga bir necha bor rasmiy tashrif bilan bordi hamda bu tashriflar ikki mamlakat o`r-tasidagi hamkorlik va do`stlik aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o`ynadi. 2005-yil-ning bahorida XXR raisi Xu Szintao boshliq delegatsiya O`zbekistonda bo`ldi. Xavfsiz-lik masalasi va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik bo`yicha fikr almashildi. O`zbekiston Prezidentining 2005-yil may oyidagi XXRga rasmiy tashrifi natijasida qator bitimlar imzolanib, Xitoy tomoni O`zbekistonga 1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida kre-dit ajratadigan bo`ldi. Ushbu mablag` xalq xo`jaligini rivojlantirish uchun muhim ahami-yatga ega bo`ldi. Xitoy bilan O`zbekiston o`rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnika-viy aloqalar tez rivojlanib bormoqda.

Shunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi XX-asrning ikkinchi yarmida murakkab yo`l-ni bosib o`tdi. “Totalitar sotsializm” yo`li maqbul emasligini, uning xalq ehtiyojlarini qondirolmasligini isbot qildi. Xitoy hukumati sotsialistik rahbarlikka o`zgartirishlar kiri-tib, uni bozor iqtisodiga moslashtirgan va katta yutuqlarni qo`lga kiritgan yagona dav-latdir. Bunga u “kommunistik mafkura” yakkahokimligini tugatib, iqtisodni siyosatdan ustun qo`yganligi tufayli erishdi. Mamlakatga chet el investitsiyasi kiritilishiga yo`l ochilib, xususiylashtirish keng yo`lga qo`yildi va shu sababli xususiy xo`jaliklar roli o`s-di. Agar, 1980-yilda davlat sektorida sanoat mahsulotlarining 80 foizi ishlab chiqarilgan bo`lsa, 90-yillarda bu ko`rsatkich 50 foizni tashkil etdi. 1990-yillardan “sotsialistik bo-zor xo`jaligi”ga o`tish va XXI-asrda Xitoyni rivojlangan davlatga aylantirish boshlandi. Bugungi Xitoy – iqtisodiyoti gurkirab rivojlanayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy – yak-kapartiyaviylik va totalitar tartib saqlangan holda bozor munosabatlarini bosqichma-bos-qich qaror toptirayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy – BMT Xavfsizlik Kengashining doi-miy a’zosi bo`lgan, yadro quroliga ega qudratli davlatlardan biridir.


Tayanch so`z va iboralar:

XKP; Gomindan; sotsializm; besh yillik; “Katta sakrash”; kommunistik jamiyat; “mada-niy inqilob”; “Xunveybin”; ”to`rtlar to`dasi; pragmatiklar; modernizatsiya; “oila pudra-ti”; korrupsiya; “qizil kxmerlar”; “totalitar sotsializm”; “kommunistik mafkura”; “sotsia-listik bozor xo`jaligi”.

Nazorat uchun savollar:



  1. 1946–1949-yillardagi fuqarolar urushining oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. Xitoy Xalq Respublikasiga SSSR qanday yordam ko`rsatdi?

  3. XKP rahbariyatining “Katta sakrash” dasturi qanday oqibatlarga olib keldi?

  4. XXRning 80-yillardan gurkirab rivojlanishi, ya’ni, modernizatsiya sabablarini izohlab bering.

  5. “Sotsialistik bozor xo`jaligi”ga o`tishning mazmuni nimadan iborat edi?

  6. Xitoy – O`zbekiston aloqalari to`g`risida nimalarni bilasiz?


Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin